{"id":138315,"date":"2024-07-30T09:46:28","date_gmt":"2024-07-30T06:46:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=138315"},"modified":"2024-07-30T13:31:14","modified_gmt":"2024-07-30T10:31:14","slug":"bolani-kunduzi-uxlatish-shartmi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bolani-kunduzi-uxlatish-shartmi\/","title":{"rendered":"Bolani kunduzi uxlatish shartmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Ko\u2019pchilik oilalarda bolalarni kunduzi uxlashga ota-ona, buvilar zo\u2019rlashmaydi, mayli uxlamasa uxlamasin, deyishadi. Bolalr bog\u2019chasida esa albatta, hatto majburan uxlatishadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xo\u2019sh, bola kunduzi uxlashi kerakmi, kerak bo\u2019lsa nima uchun?<\/p>\n\n\n\n<p>Pediatrlar va bolalar nevropatologlari 5-6 yashar bola kunduzi kamida 1,5-2 soat uxlashi shart, degan fikrni aytadilar. Bola qanchalik yosh bo\u2019lsa, unda uyquga bo\u2019lgan ehtiyoj shunchalik kuchli bo\u2019ladi. Yangi tug\u2019ilgan bola bir kunda 19 soat, 3-5 oylikda 17 soat, olti oylikda 15 soat, 9-12 oylikda 13 soat, 2-3 yasharligida 12,5 soat, 4-5 yasharligida 11,5 soat, 6 yashar bo\u2019lganida bola 10 soat uxlashi kerak. Bu bolaning sixat-salomat o\u2019sishi uchun tabiatning o\u2019zi belgilab qo\u2019ygan zaruratidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola yorug\u2019 dunyoga kelgan zahoti kun bilan tunni ajrata olmaydi, u bir sutkada 4 martaadn 11 martgacha uxlaydi, 1,5 yashar bo\u2019lganda har 4,5 soatda 1,5-2 soat uxlatiladi. 3 yoshga to\u2019lguncha 2,5-3 soat, 4-6 yoshgacha 1,5 soat uxlatiladi. Faqat 7 yoshga borib, bola organizmi tungi uyquga moslashadi. 7 yashar bola kechasi yaxshi uxlamagan bo\u2019lsa, maktabda toliqsa, shamollagan yoki holi qurigan bo\u2019lsa uni kunduzi uxlatish kerak, shunda quvvati tezroq asli holiga keladi. Demak, bola kunduzi albatta uxlagani ma\u2019qul. Chunki bola kunduzi uxlaganida organizmdagi eng muhim bo\u2019lgan uyqu va tetiklik bioritmlarini tabiatning o\u2019zi bir maromda ishlatadi. Bola kunduzi uxlamasa, bioritmlar uyg\u2019un bo\u2019lmay qoladi. Natijada bola jahldor bo\u2019lib, tez toliqadi, asabiy-ruhiy va jismoniy rivojlanishi sekinlashadi, yaxshi o\u2019smaydi, immuniteti susayib ketadi, tez-tez shamollaydigan bo\u2019lib qoladi, bolalar infektsiyalari salga yuqadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola kunduzi miriqib uxlaganda yangi bilimlarni yaxshi o\u2019zlashtiradi, ish sifati yaxshi bo\u2019ladi. Bola qanchalik yosh bo\u2019lsa, shunchalik ko\u2019p narsalarni bilib olishi va eslab qolishi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola kunduzi uxlasa, kechasi ham to\u2019yib uxlaydi, ishonmaysizmi? Bolam kunduzi uxlasa kechqurun vaqtli uxlamaydi. Kunduzi uxlasa uxlamasin, keyin ertalabgacha to\u2019yib, miriqib uxlaydi, deb o\u2019ylashadi. Lekin, ochig\u2019ini aytganda vaqtida dam olmagan bola kechga borib bezovtalanadi, xohlasa ham uxlashga qiynaladi. Kunduzi taassurotlarga to\u2019lib toshgan miya ularni kechasi qayta ishlashga qiynaladi, binobarin bola aloq-chaloq tushlar ko\u2019rib chiqadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharda yashaydigan bolalar ko\u2019proq uxlashi kerak. Chunki mashinalarning shovqin-suroni, zarali chiqindilar bolaning nerv sistemasini \u201czaharlaydi\u201d, bir maromdagi hayotini izdan chiqaradi. Shuning uchun ham ular qishloq bolalariga qaraganda ko\u2019proq charchaydi. Bola uxlab yotganda miyaning maxsus himoya oqsili ishlanib chiqadi, u esa miyani zo\u2019r keladigan narsalarga moslashtiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sizlarga maslahatimiz shuki, 2,5 oygacha bo\u2019lgan chaqaloqlarni emizib bo\u2019lgan zahoti uxlating, 3 oylik bolani qorni to\u2019yganidan keyin 15-20 minut o\u2019tgach, yarim soat yoki bir soatdan so\u2019ng uxlating.<\/p>\n\n\n\n<p>1,5 yoshli bolani kunduzi endi faqat bir mahal uxlating. Ozroq tixirlik qiladiyu, lekin keyin ko\u2019nikib ketadi. Faqat har kuni ma\u2019lum bir vaqtda, o\u2019rgangan joyida uxlasin.<\/p>\n\n\n\n<p>Tabiatning o\u2019zi shunday tartib o\u2019rnatganki, ayol kishi har 28 kunda hayz ko\u2019radi, shuning uchun qizaloq bo\u2019lsa shu kunlar kelganda 2-4 kun vaqt ichida uxlashga qiynaladi, uyqusi siyrak bo\u2019ladi, injiq, bezovta bo\u2019lib qoladi, masalan, o\u2019rniga yotishga hecham unamasligi mumkin. Lekin baribir aldab-sildab uni uxlatish shart. Buni qarangki, katta qiz bo\u2019lganida hayz ko\u2019rishi qizaloqqa bolaligigdan belgi berar ekan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola 15-20 minut yotsayu, lekin uyqusi kelmasa, mayli turaqolsin, uxlamaydiganga o\u2019xshaydi, deb o\u2019ylamang. Bu fikringiz mutlaqo xat\u00f3. Chunki u o\u2019rinda yotar ekan, demak dam oladi, ikkinchidan, 1,5-3 yashar bola naq bir soatda 4-6 yashargacha 30 minutda uxlab qoladi. Eng qizig\u2019i shuki, mazasi qochib turgan bolaning uxlashiga ancha ko\u2019p vaqt ketadi. Endi, bolalar bog\u2019chasiga boradiganlar haqida ikki og\u2019iz.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola kunduzi uxlar ekan bog\u2019cha sharoitiga moslashadi, tarbiyachisiga, o\u2019rtoqlariga o\u2019rganadi. Chunki bola o\u2019rtoqlari bilan birga xuddi uyidagidek yechinadi, karavotda ular bilan birga ma\u2019lum bir vaqtda gaplashib, kulishib, o\u2019ynashib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bir oyda bir martami, ikki martami bolani hayvonot bog\u2019iga yoki dalaga olib borsangiz, unda uxlamasa ham bo\u2019ladi. Ba\u2019zan-ba\u2019zan kun tartibini buzish bilan bioritmlarni mashq qildiramiz. Bu esa bola sog\u2019lig\u2019i uchun faqat foyda keltiradi, xolos.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola yoshidan oshgandan boshlab, qo\u2019lidan keladigan barcha ishlarda: kiyinish, yechinish, yuvinishda qatnashishi kerak. Shunda bola bu ishlarni keyinchalik aytmasangiz ham o\u2019zi jon-jon deb qilaveradi. Bola kiyintirib bo\u2019lguningizcha indamay jim tura olmaydi, sho\u2019xlik qila boshlaydi. Shunda aslo uni jerkimang, koyimang. Uning o\u2019zini birorta ishga jalb qilish va shu bilan birga qurbi yetadigan, biroq uning uchun ancha qiyin bo\u2019lgan ishlarga, masalan, paypoq yechish, ko\u2019ylak kiyish va hokazoga o\u2019rgatish lozim. Bola 2 yashar bo\u2019lganidayoq paypog\u2019ini, botinkasini, ishtonini o\u2019zi kiya oladi. 3 yasharligida o\u2019zi bemalol kiyinadi. Bola kiyinayotganida uni saranjom-sarishta bo\u2019lishga o\u2019rgating.<\/p>\n\n\n\n<p>Ota-onalar kichkintoyga yangi odatlarga o\u2019rganishida har tomonlama yordam berishlari kerak. Agar 3 yoshga to\u2019lmagan bola kiyinayotganda charchab qolsa, unga yordamlashish, uni ovutish, qo\u2019lga olish kerak. Unga muloyimlik bilan talab qo\u2019yish, lozim. Masalan, bola qo\u2019lini yuvishdan bosh tortsa, unga: \u201cQani, dadangga qo\u2019lingni qanday oppoq qilib yuvishingni ko\u2019rsatib qo\u2019y-chi\u201d, deyilsa bas, u o\u2019zining bilag\u2019onligini ko\u2019rsatish uchun yugurib ketadi. Bolalarni birorta ishni yaxshi qilgani uchun \u201cbarakalla\u201d, \u201cjuda yaxshi qilding\u201d, deb maqtab qo\u2019yish lozim.<\/p>\n\n\n\n<p>Bilim va malakalarning paydo bo\u2019lish muddatlari bolaning ilgari orttirgan tajribasiga, bularni unga qanday o\u2019rgatilganiga va o\u2019zinign qobiliyatiga bir qadar bog\u2019liq bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolani ovqatlanishga oqillik bilan o\u2019rgatish kerak. Bunda ovqat bolaning yoshiga mos kelishi, har xil bo\u2019lishi kerak; ovqatlanishda qat\u2019iy tartibga rioya qilish juda zarur. Ovqatlantirish o\u2019rtasida bolaga aslo shirinlik bermang, aslo zo\u2019rlab ovqat yedirmang, ovqat yegisi kelmasa, zo\u2019rlamay, bir-ikki marta ovqatlanishini o\u2019tkazib yuborib, o\u2019rniga faqat choy ichiring.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola doimo ma\u2019lum bir joyda o\u2019tirib ovqat yesin, stol, stul bo\u2019yiga mos bo\u2019lsin. Bolani taxminan 1 yasharu 2 oylik \u2013 1 yasharu 3 oylik bo\u2019lgunicha kombinirlangan kresol-stolga o\u2019tqizib, ovqatlantirish kerak, shunda katta odamga qulay bo\u2019ladi. Bola bir yarim yashar bo\u2019lgandan boshlab pastak stolda o\u2019tirib ovqat yeyishi lozim, shunda uning o\u2019zi kichkina stulchaga borib o\u2019tira oladi, unga o\u2019tirishga yordam bering.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolani mustaqil ovqatlanishga o\u2019rgatish zarur. 2-2,5 oylik bola qo\u2019llari bilan onasining ko\u2019kragini yoki shisha idishni ushlab turishga, 4-4,5-5 oyligidan boshlab qoshiqchadan ovqatni nonni ushlashga o\u2019rganishi kerak, shu yoshdan boshlab uni piyoladan choy ichishga o\u2019rgating. 10-11 oylik bo\u2019lganda bola piyolani o\u2019zi ushlab choy icha oladi. Bola yoshiga yetganda piyolani stol chetidan oladigan, uni og\u2019ziga olib boradigan, choy ichayotganda ko\u2019tarib turadigan va bo\u2019sh piyolani stol ustiga qo\u2019yadigan bo\u2019lsin. 1 yasharu 1 oy-1 yasharu 2 oyligidan boshlab bolani qoshiqni ushlab ovqat yeyishga o\u2019rgatish kerak. Qoshiq o\u2019rta miyona bo\u2019lgani ma\u2019qul. Bola 1,5 yashar bo\u2019lganda (uni muntazam ravishda mashq qildirib turganda) quyuq ovqatni o\u2019zi yeydigan bo\u2019ladi, 2 yashar bo\u2019lganda har xil ovqatlarni yeyaveradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolaning qo\u2019liga birinchi marta qoshiq tutqazar ekansiz, uni qoshiqqa ovqat olishga va qoshiqni og\u2019ziga olib borishga o\u2019rgating. So\u2019ngra bola qo\u2019lidan keladigan ba\u2019zi oddiy harakatlarni qila oladigan bo\u2019lganida ancha murakkab harakatlarni o\u2019rgating: \u201cqoshiqni mana bunday ushla\u201d deb ko\u2019rsating. Unga: \u201csuyuq oshni non bilan ich\u201d, \u201clikopchani surib qo\u2019y\u201d, deb o\u2019rgatib turing. Bola biror ishning uddasidan chiqqanda \u201cbarakalla, darrov yeb qo\u2019yding-a\u201d deb maqtab qo\u2019yish juda muhim.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola dasturxonga faqat qo\u2019lini yuvib o\u2019tirish, ovqatlanish paytida tozalikka va odob-axloqli bo\u2019lishga rioya qilish kerakligini bilsin. Nonni maydalab tashlashga ruxsat bermang. 3 yashar bola ovqat yeb bo\u2019lganidan keyin og\u2019zini sochiqqa artishi, rahmat aytib, dasturxondan turishi kerak. Bu axloq qoidalarini unga tez-tez eslatib turing.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola saranjom-sarishtalikka o\u2019rgatilar ekan, hamma narsani: kir bo\u2019lgan yuzini yuvish, ho\u2019l kiyimini yechishni oldin o\u2019zingiz qilib ko\u2019rsating. Juda erta, 1 yashar bo\u2019lgandan boshlab, bolani ozodagarchilikka o\u2019rgatish kerak, 2 yoshga to\u2019lmagan kichkintoylarga, masalan, cho\u2019ntagidan dastro\u2019molini olib, burnini artishga yordam berish mumkin. 2 yoshdan oshgan bola dastro\u2019mol bilan burnini o\u2019zi artishi mumkin. Shuni eslatib o\u2019tish kerakki, xuddi 1 yashardan 3 yashargacha bo\u2019lgan bola bu harakatlarni jon-jon deb qiladi. Maktabgacha yoshdagi ancha katta bo\u2019lib qolgan bola barcha ishlarni kattalar yordamida qilishga o\u2019rganib oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolaga shoshmasdan, injiqlik qilishini, sal narsadan ta\u2019sirlanishini esda tutgan holda tarbiya bering.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolani o\u2019z vaqtida tuvakka o\u2019tirishga o\u2019rgatish muhim. Agar ona bolaning qachon tuvakka o\u2019tirishini va qanchalik tez-tez siyib turishini bilsa, bolani 1,5 yasharligidan boshlab tuvakka o\u2019tirishni so\u2019rashga o\u2019rgatsa bo\u2019ladi. Bolani 7-8 oyligidan boshlab, ya\u2019ni u o\u2019tiradigan bo\u2019lganda tuvakka o\u2019tqizish lozim. Bola uxlab turganidan keyin uni albatta tuvakka o\u2019tkazish kerak. Tuvak doimo bitta joyda tursin va nihoyatda toza bo\u2019lsin.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola 3 yoshga kirganida tuvakka o\u2019zi bemalol o\u2019tiradigan bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Deyarli barcha bolalar qo\u2019llarini yuvishni va cho\u2019milishni yaxshi ko\u2019radilar. Bu malakalarni mustahkamlash uchun bolani ko\u2019proq erkin qo\u2019yib qo\u2019yish kerak. Bola 2 yashar bo\u2019lganidan boshlab tishlarni tozalashga o\u2019rgating. Tishlar orasiga kirib qolgan qand va kraxmal tutgan ovqat qoldiqlari chirib, sut kislota ajratadi, u tishlarni ishdan chiqaradigan bakteriyalarning ko\u2019payishi uchun yaxshigina muhit hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yemirilgan sut tishlarni tish do\u2019xtiriga borib davolatish kerak, shunda tish ildiziga infeksiya kirmaydi. Buzilgan qimirlamaydigan sut tishlarni oldirmay turgan yaxshi, chunki hosil bo\u2019lgan bo\u2019sh joy tufayli qo\u2019shni tishlar noto\u2019g\u2019ri o\u2019sishi mumkin, natijada ular doimiy tishlarning o\u2019sishiga halaqit qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolaga o\u2019zining tashqi qiyofasiga va xulqiga e\u2019tibor berishni ham o\u2019rgating. Bola paypog\u2019i tushib ketsa, uni o\u2019zi ko\u2019tarib qo\u2019yishi, botinkasining ipini o\u2019zi taqishi yoki kattalardan yordam so\u2019rashi kerak. Bola polda paypoq bilan yurib bo\u2019lmasligini, poyabzal bilan divanga chiqish, oyoqni artmasdan xonaga kirmasligini bilishi shart. U har bir buyumning ma\u2019lum bir joyda turishi kerakligini bilsin.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolaning umumiy rivojlanishi, xulqidagi yaxshi xususiyatlar asosan qarindosh-urug\u2019lari bilan bo\u2019lganda, ular bilan o\u2019ynaganda, atrofdagi narsalarni kuzatganda paydo bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolaning chaqqon bo\u2019lishi, tobora murakkab harakatlarni o\u2019zlashtirishi va ularni tez, aniq bajara olishi uchun harakatlarini chegaralab qo\u2019ymang, o\u2019ylagan ishini qilishiga xalaqit bermasligi kerak. Harakatlar, xususan, yangi harakatlar bolaga juda yoqadi. U o\u2019zi o\u2019ynaganida, yurganida, yugurganida, baland joyga chiqqanida, u yerdan tushganida va hokazolarda o\u2019z harakatlarini takomillashtiradi. Harakatlarning rivojlanishiga o\u2019yinchoqlar, masalan, aravacha yordam beradi va bola unda qo\u2019g\u2019irchog\u2019ini yoki ayiqni tashiydi, har xil mashinalar yoki g\u2019ildirakli hayvonlarni sudraydi, qishda belkurak, chelak, chana, yozda \u2013 halqa va xususan velosiped o\u2019ynaydi. Koptok umumiy harakatlarning va qo\u2019l harakatlarining rivojlanishi uchun juda yaxshi o\u2019yinchoq hisoblanadi. Koptokning yaxshiligi shundaki, u o\u2019yinda bir nechta bolalarni birlashtiradigan o\u2019yinchoqlardan hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019pincha bolaga baland joyga chiqishda va u yerdan tushishda, koptok o\u2019ynashda, velosiped minishda yordam berishga to\u2019g\u2019ri keladi. Ba\u2019zan bolani harakatlar qilishga undash, qo\u2019rquvni yengishga o\u2019rgatish kerak (masalan, baland joydan chanada tushishda). Bolaga hayoti uchun xavfli bo\u2019lgan o\u2019yinlar o\u2019ynashnigina man etish kerak. Aga bola yiqilib tushsa yoki biror yerini urib olsa, qo\u2019rqqaningizni aslo bildirmang. Bolaga \u201cyiqilib tushdingmi? Hech narsa qilmaydi, turaqol, qo\u2019llaringni art\u201d, deb dalda berish lozim.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola erkinlik va kattalarning bergan yordami tufayli hayotining 2-3-yilida faqat tekis joydan emas, balki o\u2019tlar ustidan yuradi, to\u2019siqlardan o\u2019tadi. Uning harakatlari tobora uyg\u2019unlasaha boradi. Bola yurib ketayotganida boshqa harakatlar ham qiladi \u2013 u biror narsani ko\u2019tarib yuradi, biror narsani oldiga itarib yoki sudrab boradi. Bola 3 yashar bo\u2019lganida endi yuguradi, sakraydi, stulga chiqadi, undan tushadi, velosiped minishga o\u2019rganadi, qishda \u2013 chanada uchadi, agar kattalarning yordamisiz bularning uddasidan chiqsa, juda xursand bo\u2019lib ketadi. Bola koptokni mo\u2019ljalga otishi, uni ilib olishi, yumalatishi mumkin va hokazo.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolani bemalol harakat qiladigan qilib kiyintirish kerak, kiyimi yengil, havo o\u2019tkazadigan, kiri oson ketadigan matodan tikilgan bo\u2019lishi lozim. Ko\u2019pchilik ota-onalar bolalariga qimmatbaho kostyum kiygizadilar va kiyimni iflos qilib qo\u2019yishdan qo\u2019rqib, o\u2019yin o\u2019ynayotganida doimo tergab turadilar. Bunday qilmaslik kerak, chunki bola o\u2019zicha turli o\u2019yinlar o\u2019ynaganidan keyin ishtaha bilan ovqat yeydi, qattiq uxlaydi va yaxshi rivojlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola juda to\u2019polon qilsa, darhol to\u2019xtatish kerak. Kichkintoyni boshqa narsaga jalb qilish yo\u2019li bilan unga ta\u2019sir eting, ancha katta bolalarga bunday qilishning yaramasligini aytish, \u201cnega yostiqni otding, axir kir bo\u2019ladi-ku\u201d, \u201cagar senga kerak bo\u2019lmasa, olib qo\u2019yaman\u201d deyish zarur.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola juda yoshligidan \u201cmumkin emas\u201d degan so\u2019zni qat\u2019iy uqib olsin. Biroq, bu so\u2019zni juda kamdan-kam hollarda aytish kerak, chunki hadeb qaytaraveriladigan bo\u2019lsa, bola gap o\u2019tmaydigan surbet bo\u2019lib qoladi va kattalarning aytganini qilmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolaga gapingizni o\u2019tkazing. Bunda hollarda bir so\u2019zlik va qat\u2019iylik bolada sizga nisbatan faqat hurmat uyg\u2019otadi. Bola, masalan, hadeganda uxlay qolmaydi, yana o\u2019ynagisi keladi, biroq siz uxlashi kerakligini qat\u2019iy talab qilsangiz uyqusi yaxshi bo\u2019ladi, binobarin, bola tinch, har narsaga g\u2019ingshimaydigan bo\u2019ladi. Ota-onaning bir so\u2019zligi bolani gapga kiradigan qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolaga baqirmang. Bola bilan muloyim yotig\u2019i bilan gaplashing, bu eng yaxshi vosita. Kichkintoylar kattalar tovushini sal baland qilishi bilanoq ularning gapiga darrov kiradilar, aksincha, baqiriq-chaqiriqqa o\u2019rgangan bolalar uncha parvo qilmaydilar, shu tufayli kattalar yana ham \u201cta\u2019sirchan\u201d chorani axtaradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ota-onalar ko\u2019pincha taltayib ketgan erkatoy bolani qanday qilib qayta tarbiyalasa bo\u2019ladi, deb so\u2019raydilar. Buning uchun albatta bir so\u2019zlik bo\u2019lish va so\u2019zni o\u2019tkazish lozim. Uy ishining kundalik jadvalini tuzib qo\u2019ying va har kuni go\u2019yo uni qilayotgandek bo\u2019ling. Agar bola ko\u2019tarishingizni yoki u bilan o\u2019ynashingizni so\u2019rasa, ish qilayotganingizni muloyimlik bilan ayting. 1,5-3 hafta davomida qunt va sabot bilan xuddi shunday qilish kerak. Bola xarxasha qilayotgan yoki yig\u2019layotgan bo\u2019lsa, unga aslo pand-nasihat qilmang, foydasi bo\u2019lmaydi. Uning tinchishini kutib turingda, bu ishining noto\u2019g\u2019riligini tushuntiring.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolaning tili o\u2019z vaqtida chiqsa, u bilan gaplashish oson bo\u2019ladi. Bola yoshiga yetganda u endi 8-10 ta so\u2019zni biladi. Keyin nutqi tezda takomillasha boradi. Katta odam bolaning har bir so\u2019zidan quvonadi, biroq quvonishning o\u2019zi yetmaydi, hali bolaga yordam berish kerak. Kichkintoy kattalarning nutqiga darrov taqlid qiladi. Agar katta odam buyumlarning nominigina aytmasdan, balki ularning sifatini ham aytsa (koptok-yumaloq, shakarli choy-shirin, gul-qizil), u holda bola bu tushunchalarni darrov o\u2019zlashtirib oladi. Shuni ham hisobga olish kerakki, bolaga faqat buyumning nomini aytmasdan, balki uni ushlab ko\u2019rishga ruxsat etilsa, ya\u2019ni ayni bir vaqtda bir necha analizatorlar ta\u2019sir etganda o\u2019rganib olishi oson bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola nutqining rivojlanishi ikkita bosqichni o\u2019tadi: u dastlab asosan so\u2019zni tushunadi, biroq kam gapiradi (bu sensor nutq deb ataladi), keyin esa faol nutq ham rivojlanadi. Bolalar so\u2019zni juda erta tushuna boshlaydilar. Bola 7 oylik bo\u2019lganidayoq nomi bir necha marta aytilgan, ma\u2019lum bir joyda turgan narsani, masalan, \u201ckoptok qani?\u201d deganda ko\u2019zi bilan qidirib topadi va agar \u201ckoptokni ber\u201d deyilsa, uni olib beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola 9 oylik bo\u2019lganida nigohi bilan bir nechta narsani, ular qayerda turgan bo\u2019lishidan qat\u2019i nazar, qidirib topadi. Bola 10-11 oylik bo\u2019lganda ba\u2019zi so\u2019zlari umumlashgan tabiat kasb etadi. Masalan, bola ilgari juni silliq narslarning hammasini mushuk deb aytgan bo\u2019lsa, endi u mushukka o\u2019xshab ketadigan narsalarni-mayin junlinisini ham, matodan tikilganini ham, plastmassadan yasalganini ham mushuk, deb aytaveradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Keyinchalik bola katta bo\u2019la borishi bilan umumlashtirishga bo\u2019lgan qobiliyat tobora rivojlanadi. 2-3 yoshligida \u201co\u2019yinchoq\u201d deganda bola qo\u2019g\u2019irchoqni ham, kubikni ham, koptokni ham, idish-tovoqni ham, ya\u2019ni o\u2019zi o\u2019ynaydigan barcha narsalarni ham umumlashtiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola 3 yashar bo\u2019lganida faqat harakatlar va narsalarni umumlashtirmay, balki ularning sifatlarini ham umumlashtiradi. Masalan, nima qizil bo\u2019ladi deyilganda \u201cgul, ko\u2019ylak, koptokcha\u201d deb aytishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolani so\u2019zga o\u2019rgatayotganda katta yoshli odam barcha harakatni gapirib turib ko\u2019rsatish kerak. Masalan, bola ovqat yev turgan bo\u2019lsa, unga \u201cbo\u2019tqa yeyapmiz\u201d, agar uxlashga yotayotgan bo\u2019lsa, \u201chozir uxlaymiz\u201d deyish kerak. Bola yoshidan oshganda bolani taqlid qilish takomillashtirish va oddiy \u201ctik-tik\u201d, \u201cbi-bip\u201d degan so\u2019zlarga o\u2019rgatish lozim, ayni vaqtda oson so\u2019zlar bilan bir qatorda \u201ctik-tik soat\u201d, \u201cbi-bip mashina\u201d va hokazo kabi haqiqiy so\u2019zlarni ham aytish zarur. Bola eshitayotgan so\u2019zlariga taqlid qila boshlaganidan keyin odatdagi so\u2019zlarga o\u2019taverish kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Iloji boricha bolani ko\u2019p gapirishga harakat qiling. Ba\u2019zan ota-onalar bolaning birgina imo-ishorasi bilan uning istagini bajarib, xat\u00f3 qiladilar. Bu noto\u2019g\u2019ri, chunki u faol nutq rivojlanishining to\u2019xtab qolishiga olib boradi. Aga bolaning nima demoqchi ekanini aniq bilib tursangiz ham uni o\u2019z istaklarini: \u201colma bering, deb ayt\u201d degan so\u2019zlar bilan gapirishga undash kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolani so\u2019zga to\u2019g\u2019ri o\u2019rgatilsa, u o\u2019zining lug\u2019at boyligini tez to\u2019ldiradi. Bola 1 yasharu 11 oylik bo\u2019lganida, qizlar esa, bundan ham erta 2-3 ta so\u2019zdan iborat qisqa jumlalarni aytishi mumkin, 3 yoshida esa oson topishmoqlarni topadi, qiyin bo\u2019lgan hikoyalarni tushunadi. Bu davrda nutqning rivojlanishiga katta ahamiyat bering. Buning uchun birorta aniq harakat tasvirlangan suratlardan, masalan, mushukning uxlayotgani, qizchaning koptok o\u2019ynayotgani, mashinaning yo\u2019ldan ketayotgani tasvirlangan rasmlardan foydalanish kerak. Suratning mazmunini aytib berishini so\u2019rang, notanish buyumlar va harakatlarning nomini tushuntiring. Bolaga ko\u2019proq savollar bilan murojaat qiling.<\/p>\n\n\n\n<p>3 yoshdan oshgan bola endi qiyin jumlalarni aytishi mumkin, ko\u2019pincha noto\u2019g\u2019ri talaffuz qiladi va harflarni hamda so\u2019zlarni joyida ishlatmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019pincha tarbiyada xat\u00f3 bo\u2019lganida nutqning rivojlanishi 3,5-4 yoshgacha to\u2019xtab qoladi. Agar bola boshqa jihatdan yaxshi rivojlanayotgan bo\u2019lsa, bundan hech xavotir olmang. Faqat unga o\u2019rgatishni sal tezlashtiring va yo\u2019qolgan vaqtning o\u2019rnini to\u2019ldiring.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola hayotida uning his-tuyg\u2019ulari holati katta ahamiyatga ega. Unda hissiyotlarning yaxshi bo\u2019lishiga harakat qiling. Biror narsadan maroqlanishi, xursand bo\u2019lishi, o\u2019ynab-kulish bolaning faolligini oshiradi, bu barcha fiziologik jarayonlarga yaxshi ta\u2019sir qiladi. Bolaga yaxshi e\u2019tibor berilmasa, unda turli xildagi taassurotlar bo\u2019lmasa, psixikaning rivojlanishi tug\u2019ilgandagi juda oddiy hissiyotlar darajasida turib qoladi, bular ham keyinchalik \u201cishlatilmasligi\u201d natijasida asta-sekin so\u2019na boshlaydi. Bir yashar bolaning tabiiy sharoitlarda juda boy bo\u2019lgan ichki dunyosida ovqatga va uyquga bo\u2019lgan ehtiyojni qondirilishiga bog\u2019liq bo\u2019lgan juda oddiy hissiyotlargacha torayib qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola dunyoga kelgan birinchi oylardan boshlaboq kattalar bilan doimo muloqot qilishga muhtoj bo\u2019ladi. Shuning uchun bolani yo\u2019rgaklayotganda yoki kiyintirayotganda u bilan gaplashing, tovushing ohangini o\u2019zgartirib turing, shunda bolada yaxshi kayfiyat paydo bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolaning doimo harakatda bo\u2019lib turishiga: narsalarga qarashiga, eshitishga, harakat qilishiga intiling. Go\u2019dak bolalar turli xildagi ta\u2019sirotlarni tinch sharoitda yaxshi idrok etadilar. Bolaning tovush bilan javob qilish reaktsiyasi ham unga sekin gapirganda va javob reaktsiyasini olish uchun bir oz vaqt kutib turganda oson paydo bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola kattaroq bo\u2019lib qolganda uning o\u2019yinini tashkil qilish lozim. O\u2019yin o\u2019ynashni biladigan bola doimo band bo\u2019ladi, kayfiyati ham yaxshi bo\u2019ladi. U o\u2019yin o\u2019ynar ekan, unda o\u2019zi ko\u2019rgan, eshitgan narsalarni aks ettiradi, shu tariqa xulqning ma\u2019lum shaklini mustahkamlaydi. Bolaning mustaqil ravishda fikr-diqqatini yig\u2019ib o\u2019ynashi uchun yoshiga va rivojlanishiga mos keladigan o\u2019yinchoqlar sotib oling. O\u2019yinchoqlarning juda ko\u2019p bo\u2019lishi zararli: o\u2019yinchoqlar ko\u2019p bo\u2019lsa, bola ularga qiziqmay qo\u2019yadi. Shu sababli, hozircha bola kam o\u2019ynayotgan o\u2019yinchoqlarni ma\u2019lum vaqtgacha olib qo\u2019yish kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolaga uyda kuchi yetadigan birorta ishda qatnashishiga imkon bering. Masalan, qoshiqni olib kelish, to\u2019kilgan suvni artib olish, gulga suv qo\u2019yish, uning qo\u2019lidan keladi. Bu ishlarni qilganda bola quvonadi va ishidan xursand bo\u2019ladi. Faoliyatlari bilan har tomonlama rivojlanadi. U atrof dunyo bilan tobora keng va chuqurroq tanisha boradi. Bolada atrof-tevarakka qiziqishni, o\u2019z ishidan xursand bo\u2019lishini har qanday yo\u2019l bilan mustahkamlash kerak. Bolaning harakatini cheklab qo\u2019ysangiz, biror qiziqqan narsasi bilan shug\u2019ullanishiga ruxsat etmasangiz xafa bo\u2019lib, yig\u2019laydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola ma\u2019lum bir ishni yoki harakatni qilishga uzoq vaqt urinib ko\u2019rganidan keyin (piramidadagi bacha halqalarni yig\u2019ib bo\u2019lishi, divanga chiqib olishi, g\u2019ishtlardan uycha qurib olishi) unda paydo bo\u2019ladigan quvonch va qoniqish hissi juda qimmatlidir. Bolaga muloyimlik bilan kulib boqish, yaqin qarindoshlarning maqtab yoki hazillashib erkalab aytgan so\u2019zlari, ularning o\u2019yinda qatnashishi bolaning kayfiyatini yaxshi qiladi, sho\u2019x, harakatchan o\u2019yinlar (\u201cushla-ushla\u201d, koptok o\u2019ynash, bekinmachoq o\u2019ynash) bolani juda-juda quvontiradi. Musiqa, gullar, chiroyli buyumlar, suratlar unga estetik rohat beradi. Bu hisni qo\u2019llab-quvvatlash va rivojlantirib turish kerak. Rahmdillik, hamdardlik, muloyimlik, hayvonlarni sevish, mehrli bo\u2019lish, g\u2019amxo\u2019rlik qilish va boshqa hislarni ham tarbiyalash lozim.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolada salbiy hissiyotlar paydo bo\u2019lishiga yo\u2019l qo\u2019ymaslik uchun hayotini to\u2019g\u2019ri tashkil qilish zarur. Biroq, shu xildagi hissiyotlar paydo bo\u2019lgudek bo\u2019lsa, har bir aniq hodisada bu uning nima sababdan yuzaga kelganiga qarab, ish tutish kerak. Agar bola charchab qolganidan yoki uyqusi kelganidan tixirlik qila boshlasa, yerga o\u2019tirib yoki yotib olib yig\u2019lasa, yaxshisi, unga birorta qiziqarli narsani aytib berib, uyga olib keeling. Agar bola biror narsani qilishiga yo\u2019l qo\u2019ymaganingiz tufayli yig\u2019lay boshlasa, uning har qanday dod-voyidan qo\u2019rqmang, unga parvo qilmang.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolani qo\u2019rqishidan asrang, bola hayotining birinchi yilida qattiq qichqiriq, qattiq tovushni eshitganida, birorta g\u2019ayri oddiy narsani ko\u2019rganida qo\u2019rqib ketishi mumkin. Hayotining ikkinchi-uchinchi yilida bola salga qo\u2019rqishi mumkin, chunki bu davrda u atrof-tevarakdagi narsalarni darrov ilg\u2019ab oladigan bo\u2019ladi. Bola avtomobildan qo\u2019rqmasligi, biroq ko\u2019cha o\u2019rtasida o\u2019ynab bo\u2019lmasligini, itdan qo\u2019rqmasligi, biroq egasi ruxsat bermasa, itga qo\u2019l tekkizib bo\u2019lmasligini bilishi lozim va hokazo. Bolalarni aslo qo\u2019rqita ko\u2019rmang, chunki vahima hissini boshidan kechirishi ko\u2019pincha bolaning ruhiyatida bir umrga asar qoldiradi. Bundan tashqari, bola gapingizga kirmasa, \u201calvasti\u201d, \u201copala\u201d, \u201camaki\u201d, \u201cmilitsioner\u201d opketib qoladi, deb qo\u2019rqitar ekansiz, siz uni faqat yuraksiz, qo\u2019rqoq qilib emas, balki atrofdagi odamlarga ishonmaydigan qilib tarbiyalaysiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolaning begona odam bilan munosabati haqida ham gapirib o\u2019tish o\u2019rinli bo\u2019lur edi. Bola 3 oylik bo\u2019lguniga qadar begona odamga befarq bo\u2019ladi, 5 oylik bo\u2019lganida u begona kishidan yotsiraydi, ba\u2019zan u qo\u2019liga olmoqchi bo\u2019lganida chinqiradi, 1 yasharu 1 oylik bo\u2019lganda salga ozor topadigan bo\u2019lib qoladi. Shu munosabat bilan katta odam yosh bolaga nisbatan kattaroq bolalarga qaraganda ancha boshqacharoq ish tutishi kerak: bolani dastlab begona odamga o\u2019rgatish lozim.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola onasini va qarindoshlarini barvaqt taniy boshlaydi. 4 oylik bo\u2019lar-bo\u2019lmas kichkintoy tanish qiyofa yaqinlashganda quvonadi. Bolada yaqin qarindoshlariga nisbatan mehr uyg\u2019otish, ularga mehribon qilib tarbiyalash, ularni aytganlariga kiradigan qilib o\u2019stirish lozim. Bolaga istagan hamma narsasi darhol bajarilavermasligini tushuntiring.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolaga rahm qilib yoki uning xarxashasiga, yig\u2019isiga yuragi dosh bermay, nima desa shuni qiladigan ota-onalar katta xatoga yo\u2019l qo\u2019yadilar. Oqibat-natijada shunday bo\u2019ladiki, bola 3 yoshga kirganida hamma narsa men uchun qilinishi kerak, deb o\u2019ylaydi. Talablari bajarilmaganda yig\u2019laydi, injiqlik qiladi. Bunday vaqtda ota-ona kelishib ish ko\u2019rishi kerak. Bolalar hayotidagi hamma narsa ota-onaning nazorati ostida bo\u2019ladi, ana shu nazoratni ota-ona hamjihatlik bilan olib borishi zarur. Bola, masalan, birorta o\u2019yinchoqni sotib olib berishlarini so\u2019raydi. Ota bunga unamaydi, chunki bola keyingi vaqtlarda o\u2019zini yomon tutgan. Ona esa otaning yonini olish o\u2019rniga shu o\u2019yinchoqni olib beradi, shunda ham otadan yashirincha olib beradi. Ota-onalarning bunday harakati bolalarni yolg\u2019on gapirishga majbur qiladi. Ba\u2019zi olalarda bola doimo qattiqqo\u2019l ota oldida yuvosh bo\u2019lib turadi, ko\u2019ngli bo\u2019sh onasining oldida esa xohlagan narsasini qiladi. Ota-onaning bola oldida janjallashishi, xususan, bola tarbiyasi ustida tortishi juda yomon. Bunda bolaning fikri buziladi, u kattalarning talablariga umuman quloq solmaydigan yoki ota-ona o\u2019rtasidagi kelishmovchilikdan osongina foydalanadigan bo\u2019lib qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolalar haqida hamjihatlik bilan ish ko\u2019rish har bir alohida hodisada qanday ish ko\u2019rish kerakligi haqida kelishib oling, bu juda muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Masalan, bolaga kattalar o\u2019ynaydigan o\u2019yinni (shaxmat-shashka) olishga ruxsat berish yoki bermaslik, unga qanday topshiriqlar berish va hokazo. Ota-ona bolani, uning qiziqishlari va mayl-istaklari borligini kuzatib borishar ekan, xulqidagi u yoki bu xususiyatlarga qanday qarash kerakligini hal qilishadi. Bola, masalan, bir joyda tik tura olmaydi, kitob o\u2019qib berganda tinch turib eshitmaydi. Shunda ota-ona maslahatlashib, kerakli tarbiya vositasini qidirishadi. Ota-ona hamjihatlik bilan ish ko\u2019rar ekanlar, o\u2019zlarining bolalarga ko\u2019rsatadigan ta\u2019sirlarini ancha oshiradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolaning birorta ishni yaxshi qilganda maqtang, birorta ayb qilib qo\u2019yganda muloyimlik bilan aybini ayting, buni tushunishga o\u2019rgating, faqat baqiriq-chaqiriq bilan bo\u2019ysundirmang. Bolani chaqaloqligidanoq gapga kiradigan, mo\u2019min qilib tarbiyalash kerak. Bu bolaning xavfsizligi va butun umrini to\u2019g\u2019ri tashkil qilish, shuningdek, kattalarga gap qaytarishning oldini olish uchun zarur, ba\u2019zan esa arzimagan narsadan chiqqan janjal katta odamning ham, bolaning ham dilini og\u2019ritadi, yurakda og\u2019ir iz qoldiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolaning gapga kiradigan bo\u2019lishi uchun unga oqilona va qo\u2019lidan keladigan talablarni qo\u2019ying. Man etishlar asosli bo\u2019lishi lozim. Hamma narsani qilishga ruxsat bermang, biroq hamma narsani ham man etmang.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolaning bo\u2019ysunishi qanchlik muhim bo\u2019lmasin, u tarbiyaning asosiy maqsadi bo\u2019lmasligi kerak. Bolaning istagini va faolligini bosish yaramaydi, uni har qanday topshiriqni avtomatik ravishda bajaradigan mahluqqa aylantirmaslik kerak. Bo\u2019ysunish chin dildan rozi bo\u2019lish oqibati bo\u2019lsin, biroq ko\u2019r-ko\u2019rona bo\u2019sunmasin. Ana shunday qilganidagina bola shaxsi to\u2019g\u2019ri rivojlanadi va kattalarga nisbatan unda sog\u2019lom, yaxshi munosabatda paydo bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday ham bo\u2019ladiki, bola o\u2019yin bilan ovora bo\u2019lib yoki biror narsaga berilib ketib qulog\u2019iga gap kirmaydi, kattalar esa undan birorta narsani: cho\u2019milishni, birorta narsani olib kelishini talab qiladilar. O\u2019z ishi bilan band bo\u2019lgan bola ota-onasining so\u2019zlarini go\u2019yo eshitmaydi. Bolaning bunday xulqini hamisha ham quloqsizlik deb hisoblamang. Boladan birorta narsani iltimos qilmoqchi bo\u2019lsangizu, biroq uning qiziqish ish bilan band bo\u2019lib turganini ko\u2019rsangiz, dastlab uning diqqatini chalg\u2019iting, boshqa ishga o\u2019tishiga imkon bering, shundan keyingina iltimos qiling.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola 3 yoshga kirib, unda taqlid qila bilish yaxshi rivojlanganda, u kattalardan va bolalardan yomon qiliqlarni o\u2019rganishi: tuflashi, so\u2019kinishi mumkin. Unga bunday qilish yaxshi ish emasligini aytish va bu ishning noma\u2019qulligini tushuntirish kerak. Shu yoshda bolani ma\u2019lum odob-axloq qoidalariga rioya qilishga: rahmat aytishga, salomlashishga, \u201cyaxshi yotib-turinglar\u201d deyishga, ko\u2019chadan o\u2019tish qoidalariga rioya qilishga o\u2019rgatish lozim, maysazor ichida yugurib yurishga ruxsat etmaslik kerak va hokazo.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola 3 yoshga kirganida atrofidagi chiroyli narsalarni zavqlanib tomosha qiladi, tabiatdagi turli hodisalarni: qo\u2019ng\u2019izning qanday o\u2019rmalashini, kapalak yoki qushning qanday uchishini zo\u2019r diqqat bilan kuzatadi. Katta yoshli odam uyda avvalo o\u2019zi saranjom-sarishta bo\u2019lishga harakat qilishi, bunga bolani ham o\u2019rgatishi juda muhim, u go\u2019zallikni ko\u2019rishga o\u2019rgatilsa yaxshi bo\u2019ladi, musiqaga, badiiy so\u2019zga muhabbat uyg\u2019otish, she\u2019rlar o\u2019qishga va ertak aytishga o\u2019rgatish muhim.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolaga teleeshittirishlarni ko\u2019rishga ruxsat berish mumkinmi, degan savol tug\u2019ilishi tabiiy. Bu savolga mumkin, deb javob berish kerak, biroq bolaga kichkintoylar uchun beriladigan eshittirishlarni ko\u2019rishga ruxsat etish lozim. Teleeshittirishlarni ko\u2019p ko\u2019rsa, bola juda toliqib qoladi. Shu sababli bola televizorni sayr qilib kelganlaridan keyin ko\u2019pi bilan 30-40 minut ko\u2019rish lozim, televizorni ekrandan 2-5 metr uzoqda, yorug\u2019roq joyda ko\u2019rish kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolalarning o\u2019yin faoliyatini ham uyda, ham sayrda tashkil qilganda har xil faoliyat turlarining almashinib turishini kuzatib borish zarur, bunda bola harakat qilsin va fikrini yig\u2019ib, biror ish bilan shug\u2019ullansin va boshqa bolalar bilan o\u2019ynasin, atrofdagi narsalarni kuzatsin.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolaning rivojlanishi va uni to\u2019g\u2019ri tarbiyalash uchun u bilan bevosita shug\u2019ullanish katta ahamiyatga ega. Shunda bola ota-onalarga mehr-muhabbatli bo\u2019ladi va ularni hurmat qilishga o\u2019rganadi. Mashg\u2019ulotlarni qiziqarli qilish kerak. Bolani qo\u2019nimli va diqqat-e\u2019tiborli bo\u2019lishga o\u2019rgatish zarur. Mashg\u2019ulotlarni o\u2019tkazishda bolaning qiziqishlari bilan hisoblashish va iloji boricha uning istaklarini qondirish kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola katta bo\u2019la borgani sayin o\u2019yinlarni xilma-xil qilib, murakkablashtira borish kerak: narsalarni yasash kabi ancha murakkab o\u2019yinga o\u2019tish, keyinchalik taxminan 2 yoshdan boshlab bolaga narsalarni yopishtirish uchun imkon berish zarur, lekin bu ishda albatta unga qarashish kerak: sharchalar qilish, ayrim narsalarni bir-biriga qanday qilib yopishtirish va boshqalarni ko\u2019rsatish lozim.<\/p>\n\n\n\n<p>Ota-onalar ko\u2019pincha: chapaqaylikka o\u2019rganib qolgan bolani albatta o\u2019ng qo\u2019l bilan ish qilishga o\u2019rgatish shartmi, deb so\u2019rashadi. O\u2019ng qo\u2019lning ustun bo\u2019lish muddatlari va chapaqay bolani albatta o\u2019ng qo\u2019ldan ish qilishga o\u2019rgatish xususida turli fikrlar bor. Ba\u2019zi mualliflarning fikricha, o\u2019ng qo\u2019lning ustinligi bola hayotining ikkinchi oyida, boshqalarning fikriga ko\u2019ra, bola yoshiga yetganda, ba\u2019zilar esa 2-3 yoshda paydo bo\u2019ladi. Har qalay bolani \u201cyo\u2019rgakdanoq\u201d o\u2019ng qo\u2019lidan foydalanishga o\u2019rgatish kerak: o\u2019yinchoqlarni o\u2019ng qo\u2019lga berishga harakat qilish, qoshiqni to\u2019g\u2019ri ushlashga o\u2019rgatish, biror narsani o\u2019ng tomondan berish va hokazo. Hamma narsani faqat chap qo\u2019liga olaveradigan va 3-4 yashar bo\u2019lganda chapaqay bo\u2019lib qolgan bolani nima qilish kerak? Bu savolga javob berish uchun u yoki bu qo\u2019ldan foydalanishdagi dominanta manbalar ustida bir oz to\u2019xtalib o\u2019tamiz. Oyoq-qo\u2019llar harakatini miya boshqaradi: o\u2019ng yarimshar chap qo\u2019lni, chap yarimshar o\u2019ng qo\u2019lni boshqaradi. Ko\u2019pincha bir umrga chapaqay bo\u2019lib qolishga shu narsa sabab bo\u2019ladiki, mutaxassislarning aytishicha, ba\u2019zi bolalarda ancha rivojlangan o\u2019ng yarimshari yetakchi bo\u2019lib tug\u2019iladi, binobarin, chap qo\u2019l yetakchi bo\u2019ladi. Bu hodisa irsiy-genetik zamin natijasida yoki tug\u2019ruq paytida chap yarimsharning shikastlanishi oqibatida paydo bo\u2019ladi. Ko\u2019pchilik hollarda bolalarning butunlay chapaqay bo\u2019lib qolishi, agar bunga tug\u2019ruq paytida shikastlanish sabab bo\u2019lgan bo\u2019lsa, boshqa nuqsonlar, masalan, ko\u2019rish assimetriyasi bilan kechadi. Vrach chapaqay bo\u2019lib qolishga uchta sababdan qaysi biri asos bo\u2019lganini: irsiyatmi, tug\u2019ruq paytida shikastlanishmi yoki tarbiyadagi xatolik ekanligini bilib olishingizga hamisha yordam beradi. Bu borada bola tarbiyasida xatoga yo\u2019l qo\u2019yilgan bo\u2019lsa, endi ayniqsa jon kuydirish kerak bo\u2019ladi. Biroq, bolani o\u2019ng qo\u2019lga o\u2019rgatib bo\u2019lmasa, siz qo\u2019lingizdan kelgancha harakat qilsangizu, lekin sizning urinishingiz qarshilikka uchrasa, bolani asti zo\u2019rlamang. Demak, sizning farzandingiz ochiqdan-ochiq chapaqay. Ba\u2019zan bolani chqp qo\u2019ldan o\u2019ng qo\u2019lga o\u2019tishiga zo\u2019rlab majbu qilganingizda bolada turli xildagi duduqlanib qolishdan tortib, to tildan qolishgacha borib yetadigan nevrozlar paydo bo\u2019ladi. Lekin bolani tinch qo\u2019ysangiz, u holda nutq tiklanadi va dududlanish o\u2019tib ketadi. O\u2019ng qo\u2019l bilan ham, chap qo\u2019l bilan ham yozish, ovqatlanish va boshqalarning zarari yo\u2019q. Mashhur odamlar ham chapaqay bo\u2019lishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarbiya berishda bolaning o\u2019ziga munosib ish tutish zarur. Ma\u2019lumki, bola mavhum bir nasl surgan sifatlar: nerv jarayonlarining tipologik xususiyatlari, ochlikka, og\u2019riqqa va boshqalarga, turli xil kuchdagi reaksiya bilan tug\u2019iladi. Bola ancha qo\u2019zg\u2019aluvchan yoki kamroq qo\u2019zg\u2019aluvchan bo\u2019lib tug\u2019iladi. Ba\u2019zi bolalar ko\u2019proq o\u2019tirishni ma\u2019qul ko\u2019radilar, boshqalari esa pitir-pitir bo\u2019ladilar. Tabiiyki, bunday bolalarga pedagogik jihatdan turlicha munosabatda bo\u2019lish kerak bo\u2019ladi. Pedagogikaning umumiy tamoyillariga amal qilgan holda ba\u2019zi bolalarni harakat qilishga rag\u2019batlantirish, boshqalarini tinchlantirish, ko\u2019proq o\u2019tirishga, ya\u2019ni qo\u2019nimli bo\u2019lishga o\u2019rgatish lozim. Bola qaysi narsadan orqada qolayotgan bo\u2019lsa, o\u2019shalarini rivojlantirish va shakllantirish, unda shundoq ham kuchli bo\u2019lgan narsalarga kamroq ahamiyat berish kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019pincha ota-onalar nima uchun o\u2019sha bitta oilada va bir xilda tarbiya qilganda bolalar mutlaqo bir-birlariga o\u2019xshamasdan o\u2019sadilar, deb so\u2019rashadi. Bu savolga javob berish oson: buning sababi shuki, nerv faoliyati turlicha bo\u2019lgan bolalarga tarbiyaning bir xil usuli qo\u2019llaniladi. Bola nerv sistemasining o\u2019ziga xos xususiyatlarini hisobga olish va tarbiya usullarining eng yaxshi yo\u2019llarini topish murakkab vazifa, biroq jon kuydirib bergan tarbiyangiz oqibati albatta yaxshi bo\u2019ladi. \u201cQush uyasida ko\u2019rganini qiladi\u201d, degan maqol bor. Bolani yoshligidan ota-onasiga, qarindosh-urug\u2019lar va boshqalarga mehribon, halol, iymon-e\u2019tiqodli, odob-axloqli, ona Vatanga sadoqatli, rahmli qilib o\u2019stirsangiz u albatta kelajaka baxtli-saodatli bo\u2019ladi, el-yurt oldida obro\u2019-e\u2019tibor topadi. Buni aslo unutmang!<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ko\u2019pchilik oilalarda bolalarni kunduzi uxlashga ota-ona, buvilar zo\u2019rlashmaydi, mayli uxlamasa uxlamasin, deyishadi. Bolalr bog\u2019chasida esa albatta, hatto majburan uxlatishadi. Xo\u2019sh, bola kunduzi uxlashi kerakmi, kerak bo\u2019lsa nima uchun? Pediatrlar va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bolani-kunduzi-uxlatish-shartmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-138315","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138315","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=138315"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138315\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":138322,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138315\/revisions\/138322"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=138315"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}