{"id":1476,"date":"2021-09-21T10:04:47","date_gmt":"2021-09-21T07:04:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1476"},"modified":"2021-09-21T10:04:47","modified_gmt":"2021-09-21T07:04:47","slug":"dengizning-ham-ovozi-bormi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dengizning-ham-ovozi-bormi\/","title":{"rendered":"Dengizning ham ovozi bormi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Savolga javob izlayotib, xayolingizga keladigan ilk fikr, bu yerda dengiz shovqini, to&#8217;g&#8217;rirog&#8217;i, uning to&#8217;lqinlari shovqini nazarda tutilayotgan bo&#8217;lsa kerak, qabilida bo&#8217;lishi shubhasiz. Qisman bunda ham jon bor. Ammo bu go&#8217;zal shoirona tashbih, o&#8217;xshatishdir, xolos. Shu tariqa shamolni osmonning ovozi, aks-sadoni esa tog&#8217;larning ovozi deyish ham mumkin. Ammo &#8220;dengiz ovozi&#8221; degan rasmiy atama muomalaga kirganiga yarim asrdan oshdi va u, inson nuqtai nazariga ko&#8217;ra, ko&#8217;ngilsiz tabiat hodisasini anglatadi. Asrimizning 40-yillari oxirida kunlardan bir kun Malakka bo&#8217;goziga kirgan kemalar halokatga uchragan kemaning yordam so&#8217;rayotgani to&#8217;g&#8217;risida signal olishadi. G&#8217;alati bir radiogramma keladi: &#8220;hamma halok bo&#8217;ldi&#8230; Mendan boshqa hech kim tirik qolmagan bo&#8217;lsa kerak&#8230;&#8221;Yetib kelgan qutqaruvchilar joni uzilayotgan radistning gaplarini tasdiqlashdi. Ular paroxod bortiga chiqib, dahshatli manzaraning guvohi bo&#8217;lishdi: paluba dahshatdan ko&#8217;zlari baqrayib, yuzlari qiyshayib qolgan dengizchilarning jasadi bilan to&#8217;la, ammo kemaning hech bir yeriga shikast yetmagan edi. Dengiz odatdagiday to&#8217;lqinlanib turar, atrofida qaroqchilar ham ko&#8217;rinmas edi. Unda ekipaj nega halok bo&#8217;ldi? Mutaxassislar ko&#8217;pchilikning bir vaqtda halok bo&#8217;lishiga uzoq vaqt javob qidirishdi. Har xil farazlar o&#8217;rtaga tashlandi. Alaloqibat, odamlarni &#8220;dengiz ovozi&#8221; nobud qilgan, degan xulosaga kelindi. Bu qanday dahshatli hodisaki, birdan shuncha odamning umriga zomin bo&#8217;lsa? &#8220;Dengiz ovozi&#8221; juda past (10-15 gers atrofida, u infratovush ham deb ataladi) chastotadagi tovush tebranishlaridir. Bunday ovoz suv yuzasida o&#8217;rkachli to&#8217;lqinlar ortida girdob hosil bo&#8217;lishi va uning atrofida shamol esishi natijasida hosil bo&#8217;ladi. Shamol kuchaygan sari to&#8217;lqinlar ko&#8217;tarilib boradi va &#8220;dengiz ovozi&#8221; yaqinidagi odamlarni o&#8217;lim komiga torta boshlaydi. &#8220;Dengiz ovozi&#8221; odamlarni halok etishining bir necha sababi bor. Bizning qon aylanish sistemamiz o&#8217;zining past chastotali tebranish harakatiga ega. &#8220;Dengiz ovozi&#8221; tebranishlari bizning qon aylanish sistemamiz tebranishlariga qo&#8217;shilib, ma&#8217;lum sharoitlarda yurak urish amplitudasini keskin oshirib yuboradi. Oqibatda arteriya qon tomirlari qonni o&#8217;ziga sig&#8217;dira olmay holadi. Ikkinchi sabab shuki, havo infratovushni yutmaydi va u pasaymasdan, uzoq masofalarga tarqalish xususiyatiga ega. Ko&#8217;pincha dengizda shtorm ko&#8217;tarilganda, suvliklardan uzoqda yashaydigan kishilar ko&#8217;proq aziyat chekishadi. Bu ulargacha yetib kelayotgan sokin, ammo xavfli infratovush oqibatidir. U yurakning tepish maromini buzadi (yo tez urdiradi, yo to&#8217;xtatib qo&#8217;yadi), kuchli bosh og&#8217;riqlari qo&#8217;zgaydi. Odamlarni yoqtirmaydigan &#8220;dengiz ovozi&#8221; mana shu.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Savolga javob izlayotib, xayolingizga keladigan ilk fikr, bu yerda dengiz shovqini, to&#8217;g&#8217;rirog&#8217;i, uning to&#8217;lqinlari shovqini nazarda tutilayotgan bo&#8217;lsa kerak, qabilida bo&#8217;lishi shubhasiz. Qisman bunda ham jon bor. Ammo bu go&#8217;zal &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dengizning-ham-ovozi-bormi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1476","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1476","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1476"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1476\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1478,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1476\/revisions\/1478"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1476"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}