{"id":1619,"date":"2021-09-22T15:44:44","date_gmt":"2021-09-22T12:44:44","guid":{"rendered":"http:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1619"},"modified":"2021-11-03T19:01:11","modified_gmt":"2021-11-03T16:01:11","slug":"adabiyot","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/adabiyot\/","title":{"rendered":"Adabiyot"},"content":{"rendered":"<p>[sp_wpcarousel id=&#8221;7554&#8243;]<\/p>\n\n\n\n<p>ADABIYOT (Arabcha \u2014 adab so&#8217;zining ko&#8217;pligi) \u2014 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy Adabiyot, qishloq xo&#8217;jaligi Adabiyoti, siyosiy Adabiyot va boshqalar). 2. San&#8217;atning bir turi (badiiy Adabiyot deb ham ataladi); voqelikni so&#8217;z yordamida obrazlar orqali aks ettiradi. Adabiyot avval og&#8217;zaki bo&#8217;lgan, yozuv paydo bo&#8217;lgandan so&#8217;ng yozma shaklga o&#8217;tgan. Adabiyot so&#8217;z orqali insonning his-tuyg&#8217;ularini keng va chuqur aks ettirish imkoniyatiga ega, shuning uchun ham u san&#8217;atning eng ommaviy turi hisoblanadi. Badiiy Adabiyotning yetakchi 3 turi \u2014 epos, lirika, drama mavjud. Epos voqelikning o&#8217;zini in&#8217;ikos etadi, lirikada esa insonning voqelikdan olgan taassurotlari qo&#8217;shib tasvirlanadi. Sharq qadimdan she&#8217;riyat tuyg&#8217;ulari o&#8217;lkasi bo&#8217;lgan. Shu boisdan Sharq badiiy Adabiyotida ayniqsa lirika keng rivojlangan. Drama hayotni harakatda ifodalab, muallif nutqisiz aks ettiradi. Adabiyotda qorishiq turlar ham mavjud. Masalan, lirika va epos xususiyatlari birlashib liro-epik to&#8217;rni tashkil etadi. Liro-epik turga poema, ballada, doston, masal kabilar kiradi. Epos, odatda, 3 ga bo&#8217;linadi: kichik epik shakl (latifa, ocherk, ertak, hikoya), o&#8217;rta epik shakl (qissa) va katta epik shakl (roman). Lirika mazmun va shaklga ko&#8217;ra, g&#8217;azal, muxammas, marsiya, ruboiy, qasida, sonet, qo&#8217;shiq va boshqalarga bo&#8217;linadi. Dramatik Adabiyotning ham mazmunan 3 xili bor: drama, komediya va tragediya (fojia). Adabiyot san&#8217;atning boshqa turlari kabi mafkuraviy hodisadir. Adabiyotda voqelikni aks ettirish tamoyiliga ko&#8217;ra, adibning ijodiy usuli paydo bo&#8217;ladi. Voqelikdagi tipik hodisalar umumlashtirilgan holda haqqoniy aks ettirilsa, realistik Adabiyot deyiladi. Yozuvchi ayni voqelikni emas, balki u haqidagi o&#8217;z orzu-umidlarini ham ifoda etsa, romantik Adabiyot bo&#8217;ladi. Adabiyotning badiiylik mezoni uning g&#8217;oyaviy-badiiy jihatdan mukammal bo&#8217;lishini taqozo qiladi. Bu hol asar mavzuining dolzarbligi, ifoda etadigan g&#8217;oyasining to&#8217;g&#8217;riligi, tasvir haqiqatining chuqurligi, badiiy shakl tarkibiy qismlarining mukammalligidan yuzaga keladi. Har bir Adabiyot milliydir, shunga ko&#8217;ra har bir xalq madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Xalqning tarixiy hayotidagi va ruhiyatidagi xususiyatlar Adabiyotning milliyligi mazmunini tashkil etadi va o&#8217;ziga xos milliy shaklni yuzaga keltiradi. Milliy shaklning yuzaga kelishida Adabiyot tomonidan uzoq davr mobaynida yig&#8217;ilgan tajriba va an&#8217;ananing ham ahamiyati katta. Xalq hayotidagi yangi davr esa Adabiyotni yangi, yuqoriroq bosqichga ko&#8217;taradi, uning mazmuni va shaklini ham yangilaydi, ham boyitadi. Yangilangan Adabiyot o&#8217;z navbatida yangi jamiyatning mustahkamlanishida qudratli qurol vazifasini o&#8217;taydi. Hozirgi zamon o&#8217;zbek Adabiyotda Adabiyotning tasvir ob&#8217;yekti umuman ijtimoiy voqelik bo&#8217;lsa, bosh tasvir ob&#8217;yekti esa insondir. Adabiyotda insonning ijtimoiy mohiyati umumlashtirilgan holda ifoda etiladi. Shuning uchun ham Adabiyotning maqsadi ma&#8217;lum bir ijtimoiy-siyosiy kuchning mohiyatini to&#8217;la ifodalash va ayni vaqtda keskin individuallashgan badiiy obraz yaratmoqdir. Yaratilgan bunday obrazlarning eng mukammali &#8220;tip&#8221; deb ataladi. Navoiy asarlaridagi Farhod, Shirin, Majnun, Layli, Iskandar obrazlari; Shekspir asarlaridagi Otello va Hamlet; Abdulla Qodiriy asarlaridagi Otabek va kumush tip darajasiga ko&#8217;tarilgan obrazlardir. Adabiyot voqelikni aks ettirar ekan, unga go&#8217;zallik qoidalari nuqtai nazaridan yondashadi. Binobarin, asar predmetini tanlash ham g&#8217;oyat muhim ijodiy nuqtadir. Chunonchi, asarning ta&#8217;sirli chiqishi, boshqa ko&#8217;p mezonlar qatori, shunga asos qilib olingan fikrning emotsionalligi, ko&#8217;tarinkiligiga ham bog&#8217;liq bo&#8217;ladi. Milliy mustaqillikka erishgan o&#8217;zbek xalqi hayotning barcha jabhalarida o&#8217;zligini namoyon etmoqda. Jumladan, istiqlol davri Adabiyoti tub sifat o&#8217;zgarishlariga erishmoqda. Budavrda ijodkor olam va odam haqida avvalgidan farqli fikrlash mumkinligini chuqur anglab faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. Natijada olamni, odamni, ularning tuyg&#8217;ularini turlicha ifodalaydigan badiiy asarlar yaratish boshlandi. Bu davr Adabiyotida tasvirlanayotgan inson o&#8217;zining bashariyat, Vatan, el-yurt oldidagi mas&#8217;uliyatini chuqur his etgan holda namoyon bo&#8217;lmoqda. Istiqlol Adabiyoti mavzu nuqtai nazaridan ham, badiiy tasvir tamoyillari jihatidan ham ilgarigi qoliplarga sig&#8217;maydigan, tabiiy ravishda rivojlanayotgan yangi estetik hodisadir. U odamlarga yo&#8217;l ko&#8217;rsatishni zimmasiga olmaydi, o&#8217;quvchiga aql o&#8217;rgatmaydi, hayotiy muallimlikni da&#8217;vo qilmaydi, balki tasvirning noziqligi, ifodalarning favquloddaligi, obrazlarning kutilmaganligi bilan o&#8217;quvchida munosabat uyg&#8217;otadi. Bu Adabiyotning jozibasi zohirda emas, botinda \u2014 matn zamiriga joylangan. Istiqlol davri o&#8217;zbek Adabiyoti chinakamiga rang-barang Adabiyotdir. Uning bag&#8217;rida turli-tuman ijodiy tajribalar kechadi, ijodiy yo&#8217;nalish va oqimlar kesishadi va shu orqali cheksiz olam bag&#8217;rida kechayotgan insonning murakkab &#8220;men&#8221;i kashf etiladi. Bahodir Sarimsoqov.<\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"http:\/\/milliycha.uz\/ozbek-ziyolilari\/\">O&#8217;zbek ziyolilari<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ADABIYOT (Arabcha \u2014 adab so&#8217;zining ko&#8217;pligi) \u2014 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy Adabiyot, qishloq xo&#8217;jaligi Adabiyoti, siyosiy Adabiyot va boshqalar). 2. San&#8217;atning bir turi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/adabiyot\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1619","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1619","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1619"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1619\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7556,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1619\/revisions\/7556"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1619"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}