{"id":1653,"date":"2021-09-23T06:37:27","date_gmt":"2021-09-23T03:37:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1653"},"modified":"2021-09-23T06:37:28","modified_gmt":"2021-09-23T03:37:28","slug":"osimliklar-qayerdan-paydo-bolgan","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/osimliklar-qayerdan-paydo-bolgan\/","title":{"rendered":"O&#8217;simliklar qayerdan paydo bo&#8217;lgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>Zamonaviy ilmiy nazariyalarning tasdiqlashicha, bir zamonlar yer yuzida na o&#8217;simliklar va na hayotning boshqa bir turi bo&#8217;lmagan. So&#8217;ngra, bundan yuz million yillar muqaddam noma&#8217;lum sabablarga ko&#8217;ra, protoplazmaning dastlabki zarralari paydo bo&#8217;lgan. Biologlar o&#8217;simliklar va hayvonlardan topgan birlamchi tirik materiya protoplazma deb ataladi. Olimlarning taxminicha, yerdagi tirik organizmlar o&#8217;sha uvoq zarralardan kelib chiqqan. O&#8217;simlikka aylangan protoplazma qalin tashqi qoplam hosil qilishni va butun hayotini bir joyda qimirlamasdan o&#8217;tkazishni o&#8217;rgandi. Bundan tashqari, u ilk marta yashil rangli modda \u2014 xlorofill ishlab chiqardi. Bu modda yerdagi jamiki tirik mavjudot hayoti uchun birinchi darajali ahamiyatga ega. Xlorofillning xossalari o&#8217;simliklarga, havo va yerdan zarur ashyolarni olgan holda, o&#8217;z ehtiyoji uchun ozuqa ishlab chiqarish imkonini beradi. Ilk yashil o&#8217;simliklar bir hujayrali bo&#8217;lgan, ammo keyinchalik ko&#8217;p hujayrali shaklga o&#8217;tgan. O&#8217;sha vaqtlar ular qurib qolishdan himoyalana olmagani uchun faqat suvliklarda yashagan. Ko&#8217;pgina birlamchi o&#8217;simliklar, ko&#8217;rinishi o&#8217;zgarib ketgan bo&#8217;lsa-da, shu kunlargacha saqlanib qolgan. Bunga hammamizga tanish suv o&#8217;tlarini misol qilib keltirish mumkin. O&#8217;simliklarning alohida bir guruhi, boshqalaridan farqli o&#8217;laroq, o&#8217;ziga xlorofill yordamisiz ozuqa topishni o&#8217;rganib oldi. Bakteriyalar va zamburug&#8217;larning aksariyati bunday yashil bo&#8217;lmagan o&#8217;simliklarga kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirgi o&#8217;simlik turlari, asosan, suv o&#8217;tlaridan kelib chiqqan. Ularning bir qismi dengizdan quruqlikka chiqqanidan so&#8217;ng ildiz otib, tuproqda o&#8217;rnashib qoldi. Ularda qurib qolishdan saqlaydigan yupqa teri bilan qoplangan yaproqlar hosil bo&#8217;ldi. Shu tariqa ilk yo&#8217;sinlar va qirqquloqlar vujudga keldi. Barcha qadimgi o&#8217;simliklar oddiy bo&#8217;linish yoki urug&#8217;lik vazifasini bajaruvchi mayda changsimon zarralar \u2014 sporalar yordamida ko&#8217;paygan. Sporalarda, urug&#8217;lardan farqli o&#8217;laroq, ozuqa zahirasi bo&#8217;lmaydi. Vaqt o&#8217;tishi bilan ayrim sporali o&#8217;simliklarda yangi organlar \u2014 gullar paydo bo&#8217;lgan va natijada urug&#8217;lar yordamida yangicha ko&#8217;payish usuli qaror topgan. O&#8217;simliklarning ikki guruhi bor: urug\u2019lilar va tuxumlilar. Tuxumlarning urug\u2019lardan farqi mevaning himoya po&#8217;sti bilan qoplanganidir. Bu o&#8217;simliklar sayyoramizdagi o&#8217;simlik dunyosi taraqqiyotining (hozircha) oliy bosqichidir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Zamonaviy ilmiy nazariyalarning tasdiqlashicha, bir zamonlar yer yuzida na o&#8217;simliklar va na hayotning boshqa bir turi bo&#8217;lmagan. So&#8217;ngra, bundan yuz million yillar muqaddam noma&#8217;lum sabablarga ko&#8217;ra, protoplazmaning dastlabki zarralari paydo &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/osimliklar-qayerdan-paydo-bolgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1653","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1653","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1653"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1653\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1654,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1653\/revisions\/1654"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1653"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}