{"id":1671,"date":"2021-09-23T07:30:45","date_gmt":"2021-09-23T04:30:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1671"},"modified":"2021-09-23T07:30:48","modified_gmt":"2021-09-23T04:30:48","slug":"nima-uchun-osimliklar-kraxmal-ishlab-chiqaradi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nima-uchun-osimliklar-kraxmal-ishlab-chiqaradi\/","title":{"rendered":"Nima uchun o&#8217;simliklar kraxmal ishlab chiqaradi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Oilangizda parhez saqlaydigan kishi bormi? Agar bo&#8217;lsa, u qaysidir ovqatni yemasdan: &#8220;uning kraxmali ko&#8217;p, menga to&#8217;g&#8217;ri kelmaydi&#8221;, deganini eshitganmisiz? Mabodo, uyda o&#8217;smirlar bo&#8217;lsa, ular &#8220;yaxshiroq o&#8217;sish uchun&#8221; ko&#8217;proq kraxmal tanovul qilishadi. Kim nima deyishidan qat&#8217;i nazar, kraxmal dunyodagi eng muhim moddalardan biridir. Insoniyat kraxmaldan boshqa har qanday moddadan ko&#8217;proq oziq oladi. Biz kraxmalni o&#8217;simliklardan olamiz. U o&#8217;simliklarda mayda donalar shaklida bo&#8217;ladi. O&#8217;simliklar qanday qilib kraxmal ishlab chiqaradi? Ular xlorofill va Quyosh nuri yordamida tuproqdan oladigan suvni havodan oladigan uglerod ikki oksidi birlashtiradi va qand moddasi hosil qiladi hamda uni kraxmalga aylantiradi. O&#8217;simliklar kraxmalni mayda donalar holida tana va poyalarida, ildizlarida, yaproqlarida, urug&#8217;larida to&#8217;playdi. Kartoshka, makkajo&#8217;xori, guruch va bug\u2019doyda kraxmal ko&#8217;p. O&#8217;simliklar kraxmalni hali uni ishlab chiqarish quvvatiga ega bo&#8217;lmagan o&#8217;z nihollari va novdalari uchun ishlab chiqaradi. Shuning uchun ham, tarvaqaylab ketayotgan o&#8217;simlikka ko&#8217;zingiz tushsa, uning o&#8217;sishi uchun yig\u2019ilib qolgan kraxmal zaxirasi ozuqa bo&#8217;lib xizmat qilayotganini yodda tuting. Kraxmal odamlar va jonivorlar uchun quvvat manbai bo&#8217;lgan oziqadir. Qand singari u ham uglerod, vodorod va kisloroddan tarkib topadi. Kraxmal shirin emas. U, odatda, ta&#8217;msiz bo&#8217;ladi. Og&#8217;iz, oshqozon va ichakdagi kimyoviy moddalar kraxmalli oziqni uzum qandiga aylantiradi. Uni esa hazm qilish oson. Inson kraxmalni o&#8217;simliklarning u to&#8217;planib qolgan joyini maydalash yo&#8217;li bilan oladi. So&#8217;ngra kraxmal suv bilan yuvib chiqariladi va katta idishlarning tubiga cho&#8217;kib qoladi. Undan keyin ho&#8217;l kraxmalning suvi siqiladi, quritilgach, qirib, kukun olinadi. Tayyor kraxmal kukun holida bo&#8217;ladi. Kraxmal juda ko&#8217;p joylarda qo&#8217;llaniladi. Masalan, kiyimlarni yuvishda yelim sifatida, gazmollar va pardoz-andoz ashyolari ishlab chiqarishda asos bo&#8217;lib xizmat qiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oilangizda parhez saqlaydigan kishi bormi? Agar bo&#8217;lsa, u qaysidir ovqatni yemasdan: &#8220;uning kraxmali ko&#8217;p, menga to&#8217;g&#8217;ri kelmaydi&#8221;, deganini eshitganmisiz? Mabodo, uyda o&#8217;smirlar bo&#8217;lsa, ular &#8220;yaxshiroq o&#8217;sish uchun&#8221; ko&#8217;proq kraxmal tanovul &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nima-uchun-osimliklar-kraxmal-ishlab-chiqaradi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1671","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1671","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1671"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1671\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1672,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1671\/revisions\/1672"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1671"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}