{"id":1673,"date":"2021-09-23T07:31:29","date_gmt":"2021-09-23T04:31:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1673"},"modified":"2021-09-23T07:31:30","modified_gmt":"2021-09-23T04:31:30","slug":"tsellyuloza-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tsellyuloza-nima\/","title":{"rendered":"Tsellyuloza nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;simliklar va jonivorlarning yumshoq joylarida tsellyuloza bo&#8217;ladi. Aynan tsellyuloza o&#8217;simliklarni qayishqoq qiladi. Amalda barcha yashil o&#8217;simliklar o&#8217;z ehtiyojlari uchun tsellyuloza ishlab chiqaradi. Uning tarkibi ham, qandniki singari uglerod, vodorod va kisloroddan iborat. Ushbu elementlar havo va suvda mavjud. Qand o&#8217;simliklarning yaprog\u2019ida hosil bo&#8217;ladi va sharbatda erib, butun tanaga tarqaladi. Qandning aksariyati o&#8217;simlikning o&#8217;sishiga yordam berish va tiklanish ishlariga sarf bo&#8217;ladi, qolgani esa tsellyulozaga aylanadi. O&#8217;simlik uni yangi hujayralarga qobiq yasashga ishlatadi. Tsellyuloza sun&#8217;iy yo&#8217;l bilan hosil qilish mumkin bo&#8217;lmagan tabiiy mahsulotlar sirasiga kiradi. Ammo biz uni turli sohalarda ishlatamiz. Inson o&#8217;simliklarni kesib va quritib tsellyuloza oladi. Masalan, yovvoyi paxta tabiiy tsellyulozaning eng toza ko&#8217;rinishlaridan biridir. Inson undan o&#8217;ziga kiyim-kechak tayyorlashda foydalanadi. Tsellyuloza inson tanovul qiladigan salat, selderey (kashnichsimon oshko&#8217;k), shuningdek, kepak mahsulotlari tarkibiga ham kiradi. Inson organizmi tsellyulozani hazm qila olmaydi, ammo u parhez saqlovchilar uchun &#8220;dag&#8217;al yemish&#8221; sifatida foydalidir. Ayrim hayvonlar, jumladan, qo&#8217;y, tuyalar oshqozonida tsellyulozani hazm qilishga yordam beradigan bakteriyalar mavjud. Tsellyuloza qimmatbaho xom ashyodir. Inson undan turli buyumlar oladi. Tarkibining 99,8% tsellyulozadan iborat bo&#8217;lgan paxta inson tsellyuloza tolasidan nimalar olishi mumkinligiga yorqin misoldir. Agar paxta azot va oltingugurt kislotalari bilan qayta ishlansa, undan portlovchi modda \u2014 piroksilin olish mumkin. Tsellyulozani kimyoviy yo&#8217;l bilan qayta ishlash natijasida boshqa xil buyumlar ham tayyorlasa bo&#8217;ladi. Ulardan fotoplyonka uchun zarur material, laklarga qo&#8217;shimcha, gazmol ishlab chiqarish uchun viskoza tolasi, tsellofan va boshqa plastik ashyolar olish mumkin. Qog\u2019oz ishlab chiqarishda ham tsellyulozadas foydalaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;simliklar va jonivorlarning yumshoq joylarida tsellyuloza bo&#8217;ladi. Aynan tsellyuloza o&#8217;simliklarni qayishqoq qiladi. Amalda barcha yashil o&#8217;simliklar o&#8217;z ehtiyojlari uchun tsellyuloza ishlab chiqaradi. Uning tarkibi ham, qandniki singari uglerod, vodorod va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tsellyuloza-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1673","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1673","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1673"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1673\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1674,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1673\/revisions\/1674"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1673"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}