{"id":1765,"date":"2021-09-23T15:01:48","date_gmt":"2021-09-23T12:01:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1765"},"modified":"2021-09-23T15:01:49","modified_gmt":"2021-09-23T12:01:49","slug":"kedr-qayerda-osadi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kedr-qayerda-osadi\/","title":{"rendered":"Kedr qayerda o&#8217;sadi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Qadim zamonlardan to shu kungacha kundalik suzlashuv tilida &#8220;kedr&#8221; so&#8217;zi turlicha talqin qilinadi. Livan kedri &#8220;haqiqiy kedr&#8221; sifatida hamisha odamlarning e&#8217;tiborini tortib kelgan. U muhaddas daraxt hisoblangan va Livanning gerbida ham o&#8217;z aksini topgan. Rivoyatlarda aytilishicha, Sulaymon alayhissalom bu qimmatbaho daraxtdan ibodatxona qurish maqsadida odamlarni kedr olib kelish uchun boshqa yurtlarga jo&#8217;natar ekan. Kedr qarag&#8217;aylar oilasiga mansub. Bu oilaga yana tilog&#8217;och, oqqarag&#8217;ay, archa, qarag\u2019ayning o&#8217;zi va boshqa bir qancha ninabargli daraxtlar kiradi. Daraxtlarni nomlashdagi chalkashliklar xristian dini muqaddas kitoblaridan, xususan, Tavrotdan kelib chiqqan. Unda &#8220;kedr&#8221; so&#8217;zining botanikaga oid tavsifi keltirilmaydi. Shuning uchun Shimoliy Amerika o&#8217;rmonlariga ilk qadam qo&#8217;ygan kishilar yog&#8217;ochi xushbo&#8217;y barcha ninabargli daraxtlarni kedr deb atayvergan. Bunday chalkashlik rus tilida ham bor. Oddiy so&#8217;zlashuv tilida, hatto, o&#8217;rmonshunoslikka oid kitoblarda Sibir qarag&#8217;ayi &#8220;kedr&#8221; deb ataladi. Mashhur kedr yong\u2019og\u2019i aslida Sibir qarag&#8217;ayi yong&#8217;og&#8217;idir. Haqiqiy kedr yong&#8217;og&#8217;i va urug\u2019larini yeb bo&#8217;lmaydi. Kedr doimiy yashil tusdagi kuchli daraxt bo&#8217;lib, uzunligi 50 metrgacha boradi. Ular ming va undan oshiq yil umr ko&#8217;radi. Uning to&#8217;rtta turi bor. Shulardan uchtasi O&#8217;rta yer dengizi mamlakatlarida o&#8217;sadi: atlas kedr Afrika shimolida, Livan kedri Livan, Turkiya va Suriya tog\u2019larida, Kipr kedri esa Kipr orolida o&#8217;sadi. To&#8217;rtinchi tur \u2014 Himolay kedri Afg&#8217;oniston, Pokiston va Hindiston tog&#8217;larida o&#8217;sadi. Kedr yog&#8217;ochi hasharotlar va zamburug&#8217;lar ta&#8217;siriga chidamli bo&#8217;lgani uchun kemasozlikda va turli narsalar tayyorlashda ishlatiladi. Arxeologik qazishmalar chog&#8217;ida, asosan, Livan kedri yog&#8217;ochidan tayyorlangan buyumlar topilib turadi. Masalan, Misr fir&#8217;avni Tutanxamon tobutining kedrdan yasalgan yog&#8217;och qismlari, oradan 3200 yil vaqt o&#8217;tganiga qaramasdan, juda yaxshi saqlangan. Kedr Hindistonda ham muqaddas daraxt hisoblangan va uning yog&#8217;ochi tarixiy obidalar qurilishida ishlatiladi. Hamadon shohining ustunlari kedrdan ishlangan masjidi 1426 yili qurilgan edi. Kedrning barcha turlari manzarali bo&#8217;lgani uchun ham butun dunyoda ko&#8217;kalamlashtirishda keng qo&#8217;llaniladi. Ular Qrimda ilk marta 1826 yili ekilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qadim zamonlardan to shu kungacha kundalik suzlashuv tilida &#8220;kedr&#8221; so&#8217;zi turlicha talqin qilinadi. Livan kedri &#8220;haqiqiy kedr&#8221; sifatida hamisha odamlarning e&#8217;tiborini tortib kelgan. U muhaddas daraxt hisoblangan va Livanning gerbida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kedr-qayerda-osadi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1765","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1765","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1765"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1765\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1766,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1765\/revisions\/1766"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1765"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}