{"id":1777,"date":"2021-09-23T15:05:27","date_gmt":"2021-09-23T12:05:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1777"},"modified":"2021-09-23T15:05:28","modified_gmt":"2021-09-23T12:05:28","slug":"banyan-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/banyan-nima\/","title":{"rendered":"Banyan nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Banyan ulkan daraxtlar qatoriga kiradi. Ma&#8217;lumki, tabiatda mavjud barcha yirik narsalar noqulay vaziyatlarga tushib qoladi. Daraxtlar ham bundan istisno emas. Masalan, nam va ozuqa moddalarining yo&#8217;g&#8217;on daraxtlar tanasi bo&#8217;ylab yuqoriga ko&#8217;tarilishi qiyin bo&#8217;ladi. Shu bilan birgalikda, ularning tanasi sinib ketmaslik uchun mustahkam, to&#8217;g&#8217;ri bo&#8217;lishi, unchalik uzun bo&#8217;lmasligi kerak. Bunday daraxtga enli shox-shabbalarning zalvorli yukini ko&#8217;tarish uchun yo&#8217;g&#8217;on tana kerak bo&#8217;ladi. Agar shoxlar haddan tashqari uzun va og\u2019ir bo&#8217;lib ketsa, keyinchalik daraxtni u yoki bu tomonga og&#8217;dirib qulatib yuborishi ham mumkin. Hindiston va Malayziyada o&#8217;sadigak ulkan Banyan daraxti bu muammoni o&#8217;ziga xos yo&#8217;l bilan hal eta olgan. Bu daraxtning eng qiziq jihati shoxlarining o&#8217;sishidir. Son sanoqsiz va og\u2019ir shox-shabbalar daraxtning baquvvat tanasidan turli tomonlarga qarab tarvaqaylab ketadi. Albatta, tana, mustaqil ravishda bunday shox shabbalarni ko&#8217;tara olmaydi. Hamma balo shundaki, shoxlar og&#8217;irlikning bir qismini o&#8217;z zimmasiga oladi. Har bir shoxdagi yergacha tik osilib tushadigan qalin butoq banyanning havodagi ildizlaridir. Dastlab kalta bo&#8217;lgan butoqlar yillar o&#8217;tishi bilan o&#8217;sib boradi va nihoyat yerga tegadi. Yerga mahkam o&#8217;rnashib olgan butoqlar shoxlarga qo&#8217;shimcha yordam beribgina qolmasdan, ozuqa moddalari va suv bilan ta&#8217;minlab turadi. Asta-sekin ular yangi tanalarga aylanadi va natijada Banyan bo&#8217;yi barobarida eniga ham o&#8217;sa boshlaydi. Nihoyat bosh tana atrofida yumaloh &#8220;ayvon&#8221; hosil bo&#8217;ladi, ularning diametri ba&#8217;zida 450 metrgacha etadi. Qizig&#8217;i shundaki, yog\u2019ingarchiliklar payti pana joy vazifasini o&#8217;taydigan bunday &#8220;ayvonlar&#8221;da mahalliy aholi bozor tashkil etadi yoki majlislar va boshqa ijtimoiy tadbirlarni o&#8217;tkazadi. Bundan tashqari, daraxtning silliq havo ildizlaridan uzun va tekis xodalar olinadi, ularning tolasidan pishiq arqonlar eshiladi. Daraxt ulkan o&#8217;lchamga ega bo&#8217;lishiga qaramasdan, mevasi mayda va yorqin qizil rangda bo&#8217;ladi. Odamlar uni yemaydi, ammo qushlar va ko&#8217;rshapalaklar xush ko&#8217;rib, iste&#8217;mol qilishadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Banyan ulkan daraxtlar qatoriga kiradi. Ma&#8217;lumki, tabiatda mavjud barcha yirik narsalar noqulay vaziyatlarga tushib qoladi. Daraxtlar ham bundan istisno emas. Masalan, nam va ozuqa moddalarining yo&#8217;g&#8217;on daraxtlar tanasi bo&#8217;ylab yuqoriga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/banyan-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1777","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1777","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1777"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1777\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1778,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1777\/revisions\/1778"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1777"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}