{"id":1856,"date":"2021-09-23T19:18:53","date_gmt":"2021-09-23T16:18:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1856"},"modified":"2021-09-23T19:18:54","modified_gmt":"2021-09-23T16:18:54","slug":"tomat-bilan-pomidor-ortasida-qanday-farq-bor","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tomat-bilan-pomidor-ortasida-qanday-farq-bor\/","title":{"rendered":"Tomat bilan pomidor o&#8217;rtasida qanday farq bor?"},"content":{"rendered":"\n<p>Gapning po&#8217;stkallasini aytganda, ular o&#8217;rtasidagi farq vaqtdangina iborat. Biz aynan bir xil o&#8217;simlik \u2014 polizlar qiroli xususida so&#8217;z yurityapmiz. Keling, gapni bir boshdan boshlay qolaylik. Kimdir meva, boshqa birov esa reza meva deb ataydigan bu o&#8217;simlikning vatani kartoshkaniki bilan bir xil: Janubiy Amerika qit&#8217;asidagi Peru va Chilining shimoli hamda Galapagos orollaridir. Ular bugungi kunda ham o&#8217;sha yerda yovvoyi holda uchraydi. Hindular, inklar va asteklar uni &#8220;Tomatl&#8221;, ya&#8217;ni &#8220;katta reza meva&#8221; deb atashgan. Bu nom ham o&#8217;simlikka, ham uning mevasiga taalluqlidir. Pomidorlarning o&#8217;z vatanida ham bir yillik, ham ko&#8217;p yillik turlari bor. Ular orasida butalar, tikka o&#8217;sadiganlari, yerda sudralib o&#8217;sadigan egri-bugri poyalilarini ham ko&#8217;rish mumkin. Hatto bo&#8217;yi besh metrlik ulkan &#8220;tomat daraxti&#8221; ham bor. U pomidorning uzoq qarindoshidir. Ispanlar XVI asrning o&#8217;rtalarida Yevropaga pomidorni &#8220;pomi del Peru&#8221; \u2014 &#8220;Peru olmasi&#8221; nomi bilan olib kelishdi. Ispaniyada pomidordan manzarali, ayrim hollardagina dorivor o&#8217;simlik sifatida foydalanilgan. Italiyada esa u tez orada yangi va suyumli sabzavotga aylandi. Ba&#8217;zida u goh hazil, goh chin sinor \u2014 janob deb atalgan. Pomidor tasviri tushirilgan ilk surat &#8220;Poma Amoris&#8221; (&#8220;muhabbat olmasi&#8221;) degan nom olgan. Bu nomni fransuzlar bergan, degan taxmin bor. Ammo barcha nomlar ichidan italyancha &#8220;pomo d &#8216;ora&#8221; (&#8220;oltin olma&#8221;) yashab qoldi. U sal o&#8217;zgargan holda bizning kunlarimizgacha yetib keldi. Yana bir qiziqarli dalilga murojaat qilaylik: pomidor Shimoliy Amerikaga keyinroq o&#8217;z vatani qolib, Yevropadan kirib borgan. Uni Yevropadan bu yerga ko&#8217;chib kelgan italyanlar o&#8217;zi bilan olib kelishgan. U uzoq vaqt zaharli meva deb hisoblangan, odamlar yeb ko&#8217;rishga qo&#8217;rqishgan. 1870 yilning yozida Italiyadagi rus elchisi qirolicha Yekaterina II ga ancha meva-cheva jo&#8217;natadi, ularning aksariyati pomidor edi. Pomidorning tashqi ko&#8217;rinishi ham, notanish mevaning ta&#8217;mi ham saroy a&#8217;yonlariga yoqib qoladi va Yekaterina pomidorni muttasil keltirib turishni va dasturxonga tortishni buyurdi. Qirolicha &#8220;muhabbat olmasi&#8221; deb nomlangan pomidor ko&#8217;p yillardan beri o&#8217;z saltanatining Qrim, Astraxan, tavrida va Gurjiston kabi chekka o&#8217;lkalarida o&#8217;stirilayotganidan bexabar edi. Pomidor tez orada Rossiya polizlarining qiroliga aylandi. Pomidor ekilgan maydonlar miqdori bo&#8217;yicha dunyoning hech bir mamlakati hali-hanuz Chor Rossiyasiga teng kela olgani yo&#8217;q. Vaholonki, o&#8217;sha vaqtdan beri pomidor ekiladigan maydonlar miqdori o&#8217;n barobar oshdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Gapning po&#8217;stkallasini aytganda, ular o&#8217;rtasidagi farq vaqtdangina iborat. Biz aynan bir xil o&#8217;simlik \u2014 polizlar qiroli xususida so&#8217;z yurityapmiz. Keling, gapni bir boshdan boshlay qolaylik. Kimdir meva, boshqa birov esa &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tomat-bilan-pomidor-ortasida-qanday-farq-bor\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1856","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1856","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1856"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1856\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1857,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1856\/revisions\/1857"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1856"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}