{"id":1858,"date":"2021-09-23T19:20:17","date_gmt":"2021-09-23T16:20:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1858"},"modified":"2021-09-23T19:20:19","modified_gmt":"2021-09-23T16:20:19","slug":"kartoshka-dastlab-qayerda-paydo-bolgan","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kartoshka-dastlab-qayerda-paydo-bolgan\/","title":{"rendered":"Kartoshka dastlab qayerda paydo bo&#8217;lgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>Kartoshka deganda ko&#8217;pchilikning ko&#8217;z oldiga Irlandiya keladi. Buning muayyan sababi bor. Kartoshka Irlandiya tarixida katta rol o&#8217;ynagan. Bu mamlakat aholisining hayoti yuz yillar muqaddam ma&#8217;lum ma&#8217;noda asosiy oziq-ovqat mahsuloti kartoshkaga bog&#8217;liq bo&#8217;lgan. 1846 yili butun kartoshka hosili yo&#8217;q qilib tashlangani uchun 600 000 kishi ochlikdan qirilib ketgan. Ammo Irlandiyada suyukli sabzavot sifatida qadrlangan kartoshkaning asl vatani boshqa joy, ya&#8217;ni Ekvador va Perudagi baland tog&#8217;liklardir. Hatto bugungi kunda ham u yerlarda yovvoyi holda o&#8217;sayotgan kartoshkani uchratish mumkin. Ispanlar Peruga kelishganida, kartoshkaga duch kelishgan va uni o&#8217;zlari bilan XVI asrning boshlarida Ispaniyaga olib qaytishgan. U Ispaniyadan butun Yevropaga tarqalgan va hamma xush ko&#8217;rib iste&#8217;mol qiladigan sabzavotga aylanib qoldi. Ayrim kishilarning fikricha, ispanlar kartoshkani dastlab Shimoliy Amerikaga olib borishgan. Ammo u 1719 yili Nyu-Hempsherga Irlandiyadan olib kelingani to&#8217;g&#8217;risida ma&#8217;lumotlar bor. Kartoshka ituzumgullilar oilasiga mansub. Kartoshka yo&#8217;g&#8217;onlashgan ildizdir. Uning &#8220;ko&#8217;zchalari&#8221; esa rivojlanmay qolgan kurtaklardir. Bugungi kartoshka o&#8217;zining Janubiy Amerikadagi ajdodidan keskin farq qiladi. Undagi o&#8217;zgarishlar turli ishlov berish usullari yordamida vujudga kelgan. Kartoshka o&#8217;stirgan har bir kishi uning sifatini oshirish ustida tinmay ish olib boradi. Odamlar hamisha kartoshkaning hosildor, kasalliklarga chidamli, uzoq saqlanadigan, rangi ta&#8217;bga o&#8217;tiradigan turlarini ishlab chiqarishga intilib kelgan. Shuning uchun ham kartoshkaning eng yaxshi tuganaklari urug&#8217;likka tanlab olingan. Kartoshka urug\u2019dan emas, tuganaklardagi &#8220;ko&#8217;zchalar&#8221; \u2014 kurtaklardan ko&#8217;payadi. Bu kurtaklar nishga aylanadi. Kartoshkaning oq yoki binafsharang nishlari bo&#8217;ladi. Kartoshka butasining bo&#8217;yi 30 \u2014 90 sm. ga yetadi. Uning poyasi so&#8217;lib qolgach, hosilini yig\u2019ishtirib olish mumkin. Kartoshka ovqatga ishlatiladi, undan kraxmal ishlab chiqarish va spirt olishda foydalaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kartoshka deganda ko&#8217;pchilikning ko&#8217;z oldiga Irlandiya keladi. Buning muayyan sababi bor. Kartoshka Irlandiya tarixida katta rol o&#8217;ynagan. Bu mamlakat aholisining hayoti yuz yillar muqaddam ma&#8217;lum ma&#8217;noda asosiy oziq-ovqat mahsuloti kartoshkaga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kartoshka-dastlab-qayerda-paydo-bolgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1858","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1858","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1858"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1858\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1859,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1858\/revisions\/1859"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1858"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}