{"id":1874,"date":"2021-09-24T10:50:53","date_gmt":"2021-09-24T07:50:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1874"},"modified":"2021-09-24T10:50:54","modified_gmt":"2021-09-24T07:50:54","slug":"bugdoyning-yoshi-nechada","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bugdoyning-yoshi-nechada\/","title":{"rendered":"Bug&#8217;doyning yoshi nechada?"},"content":{"rendered":"\n<p>Bug&#8217;doy inson yetishtira boshlagan eng qadimiy ne&#8217;matlardan biridir. Bundan ko&#8217;p ming yillar muqaddam ibtidoiy odam oziq qidirib yurib, bug&#8217;doy donini tatib ko&#8217;radi. U yeyishli bo&#8217;lishi bilan birga to&#8217;yimli ham edi. Odamlar dastlab xom donni chaynashgan, keyinchalik uni ko&#8217;rga ko&#8217;mib pishiradigan bo&#8217;lishdi. Ko&#8217;moch nomi shundan kelib chiqqan. Kimdir dondan un tortib, oddiy non pishirgunga qadar oradan ming yillar o&#8217;tgan. Ilk nonni kim qayerda yopgani ma&#8217;lum emas, ammo undan tayyorlangan xamirning oshishi dastlab tropiklarda aniqlangan. U yerda mashhur &#8220;non daraxti&#8221; o&#8217;sadi. Uning mevasi pishishi bilan hech bir qo&#8217;shimchalarsiz oshadi va tayyor &#8220;non xamiri&#8221;ga aylanadi. Xamirdan faqat non yopishgina qoladi. Undan non daraxtiga &#8220;o&#8217;xshash yo&#8217;sinda&#8221; achitqi qo&#8217;shilgan xamir qorilayotganidan beri bug&#8217;doy haqiqatan ham non o&#8217;simligi bo&#8217;lib qoldi. Odamlar: &#8220;bug&#8217;doy qayerda paydo bo&#8217;lgan?&#8221; degan savol ustida ko&#8217;p marta bosh qotirishgan. Uning izlarini birinchi bo&#8217;lib arxeologlar topishdi. Qazishmalardan ma&#8217;lum bo&#8217;lishicha, Eronda bundan 6500 yil muqaddam bug&#8217;doy yetishtirilgan. Misrliklar uni muqaddas deb bilgan va marhumlar bilan birga qabrga bug&#8217;doy ham ko&#8217;mishgan. Bundan besh ming yil avval dafn etilgan fir&#8217;avnlarning dahmasidan ham don topilgan. Arxeologlar Misr ehromlaridan birida topilgan nonning yoshi 4000 yil ekanini aniqlashdi. Bu eng ko&#8217;hna non ayni paytda Londondagi Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Sobih SSSR o&#8217;rnida vudjudga kelgan yangi mustaqil davlatlar hududida ham qadim zamonlardan beri bug&#8217;doy yetishtiriladi. Arxeologik qazishmalarning shahodat berishicha, Turkmanistonda miloddan oldingi V \u2014 III ming yilliklarda, Gurjiston va Armanistonda III, Ukrainada IV \u2014 III asrlarda bug\u2019doy ekilgan. Ulug&#8217; rus sovet olimi Nikolay Ivanovich Vavilov ko&#8217;plab ekspeditsiyalar chog&#8217;ida yig\u2019ilgan boy materiallarga asoslanib, bug&#8217;doyning asl vatani Old Osiyo ekanini aniqladi. Uning eng ko&#8217;p turi Kavkazorti mintaqasida o&#8217;sar ekan. Bug&#8217;doy qadim zamonlarda shu yerdan Evropa va Osiyoga hamda qisman Afrikaga kirib borgan. Amerika va Avstraliya u bilan oradan 200 \u2014 400 yil o&#8217;tib tanishgan. Yevropaliklar uni AQShga 1602 yili, Kanadaga esa 1812 yili olib kelishgan. Bugungi kunda bug&#8217;doy dunyodagi eng ko&#8217;p tarqalgan madaniy o&#8217;simlik bo&#8217;lib, 250 million gektarga yaqin maydonni egallaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bug&#8217;doy inson yetishtira boshlagan eng qadimiy ne&#8217;matlardan biridir. Bundan ko&#8217;p ming yillar muqaddam ibtidoiy odam oziq qidirib yurib, bug&#8217;doy donini tatib ko&#8217;radi. U yeyishli bo&#8217;lishi bilan birga to&#8217;yimli ham edi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bugdoyning-yoshi-nechada\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1874","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1874","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1874"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1874\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1875,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1874\/revisions\/1875"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1874"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}