{"id":1910,"date":"2021-09-24T12:23:27","date_gmt":"2021-09-24T09:23:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1910"},"modified":"2021-09-24T12:23:28","modified_gmt":"2021-09-24T09:23:28","slug":"gullarning-nega-hidi-va-rangi-boladi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gullarning-nega-hidi-va-rangi-boladi\/","title":{"rendered":"Gullarning nega hidi va rangi bo&#8217;ladi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Ne ajabki, biz umuman gulligini bilmasdan qaysidir o&#8217;simlikning &#8220;gulidan&#8221; zavqlanamiz! Bordiyu biz o&#8217;simlikdagi yorqin rangli o&#8217;simtani gul deb hisoblasak, unda katta xato qilgan bo&#8217;lamiz. Masalan, bahorda ochiladigan qizilgulning &#8220;gultoji&#8221; hech qachon gultoj emas. Boshqa tomondan olganda, maysa uchidagi soqolli popuk guldir! Pishib yetilmagan makkajo&#8217;xori so&#8217;tasi ham gul. Botaniklarning aniqlashicha, gul-gulchang yoki urug&#8217;, yoki unisini ham, bunisini ham birga ishlab chiqaradigan o&#8217;simlik a&#8217;zosidir. Faqat urug&#8217;dan ko&#8217;payadigan o&#8217;simliklarning guli bo&#8217;ladi. O&#8217;simlikning urug&#8217; hosil qilishi va yetilishiga bevosita tegishli a&#8217;zosigina gulga mansub bo&#8217;lishi mumkin. Nima uchun gullar hid taratadi? Gullarning gultojlarida ma&#8217;lum yog&#8217; bo&#8217;lsagina hidi bo&#8217;ladi. Bu yog&#8217;ni o&#8217;simlik ishlab chiqaradi va uning o&#8217;sish tarkibiy a&#8217;zosi hisoblanadi. Ayni yog&#8217;lar murakkab tarkibga ega. Ayrim hollarda bu tarkib parchalanib, tez bug&#8217;lanib ketadigan uchuvchan moylar hosil qiladi. Mana shu hol ro&#8217;y berganda biz gul taratayotgan hidni sezamiz. Gullar taratadigan turli hidlar uchuvchan moylarning kimyoviy tarkibiga bog&#8217;liq bo&#8217;lib, ularning birikmasi turli hidlar hosil etadi. Aytgancha, ayni yog&#8217;lar nafaqat gullarda, balki o&#8217;simliklarning barglarida, po&#8217;stida, ildizida, hosil va urug&#8217;larida ham bo&#8217;ladi. Misol uchun, bunday yog\u2019 limon va apelsin mevasida, bodomning urug&#8217;ida, dolchinning po&#8217;stlog&#8217;ida mavjuddir. Gullarning rangi qanday hosil bo&#8217;ladi? Gullarga qizil, ko&#8217;k, och binafsha, gunafsha va boshqa nozik tus beradigan pigmentlar &#8220;antosianin&#8221; deb aytiladi. Sariq, to&#8217;q sariq, yashil ranglar boshqa pigmentlardan hosil bo&#8217;ladi. Bu xil pigmentlar xlorofill, karotin va hokazo deyiladi. Bu pigmentlarning kimyoviy tarkibi ham turlichadir. Shunday qilib, gullarning rangi pigmentlar \u2014 antosianin va plastidlarning mavjudligiga bog&#8217;liq. Ayrim pigmentlar bir rang bersa, boshqasi boshqacha rang beradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ne ajabki, biz umuman gulligini bilmasdan qaysidir o&#8217;simlikning &#8220;gulidan&#8221; zavqlanamiz! Bordiyu biz o&#8217;simlikdagi yorqin rangli o&#8217;simtani gul deb hisoblasak, unda katta xato qilgan bo&#8217;lamiz. Masalan, bahorda ochiladigan qizilgulning &#8220;gultoji&#8221; hech &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gullarning-nega-hidi-va-rangi-boladi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1910","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1910","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1910"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1910\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1911,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1910\/revisions\/1911"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1910"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}