{"id":1914,"date":"2021-09-24T12:25:06","date_gmt":"2021-09-24T09:25:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1914"},"modified":"2021-09-24T12:25:07","modified_gmt":"2021-09-24T09:25:07","slug":"gullar-vaqtni-bilishi-mumkinmi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gullar-vaqtni-bilishi-mumkinmi\/","title":{"rendered":"Gullar vaqtni bilishi mumkinmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Agar siz ertalab o&#8217;rmonga sayrga otlansangiz, ayrim gullar hali o&#8217;z qalpoqchalarini ochmaganini ilg\u2019ab olasiz. Mana shu paytda ba&#8217;zi o&#8217;simliklar butkul uyg&#8217;onib, tong quyoshi tomon talpinadi, boshqalari esa qattiq uyqusini buzmagan, harqalay, ularning qalpoqchasi ochilmagan bo&#8217;ladi. Bordiyu siz ularni bir necha kun kuzatsangiz, o&#8217;zingiz uchun ajoyib kashfiyot qilasiz. Quyosh chiqishi bilan gullar bir vaqtda ochilavermaydi. Darvoqe, odamlar buni qadim zamonlardayoq kashf etishgan. Ular gullarni kuzatib, ularning hayoti ma&#8217;lum biologik maromga bo&#8217;ysunishini anglab olganlar. Ayrim gullar o&#8217;z gulchambarini erta tongdayoq ochadi va quyosh tik ko&#8217;tarilganda yopadi, boshqalari esa kunduzi yoki kechga yaqin &#8220;uyqudan turadi&#8221;. Qadim Yunonistonda va Rimda shakldor gulzorga gullarni shunday ekishganki, ularga qarab vaqtni bilish mumkin bo&#8217;lgan. Hozir shved botanigi Karl Linneyning bundan 260 yil avval yaratgan mashhur gulsoatlarini hamma biladi. Uning Upsala shahridagi shakldor gulzorida o&#8217;sgan gullar tong azon soat 3 \u2014 5 dan to yarim kechaga qadar birin-ketin ochilgan. U yerda hammaga tanish qoqigul, zig&#8217;ir, kartoshka, yorqin sarana, oddiy kislichka, qo&#8217;ng&#8217;iroqgul va boshqa gullar o&#8217;sgan. Olim o&#8217;z kuzatishlari natijalarini kunda maxsus jadvalga yozib borgan. U jadvalga kunning qaysi vaqtida qaysi gul o&#8217;z gulkosasini ochishini qayd etgan. O&#8217;sha jadvalga qarab, kun vaqtini bilish qiyin bo&#8217;lmagan. Agar siz bu tajribani takrorlamoqchi bo&#8217;lsangiz, sinab ko&#8217;ring, bu juda qiziharli. Ammo bir muhim shartni nazardan qochirmang: gullarning biologik maromi siz yashayotgan joyning jo&#8217;g&#8217;rofiy holatiga bog&#8217;liq. Shu sababdan gullarni mahalliy shart-sharoitdan kelib chiqib tanlang. Masalan, Rossiyaning o&#8217;rta mintaqasida hammadan avval, soat 3 dan 5 ga qadar echkisoqol o&#8217;t \u2014 poyi chiroyli sariq sertuk gul &#8220;uyg&#8217;onadi&#8221;. Tonggi soat 4 \u2014 5 da qip-qizil bo&#8217;lib qizg&#8217;aldoq, ko&#8217;m-ko&#8217;k bo&#8217;lib sachratqi gultojlari ochiladi. So&#8217;ng bo&#8217;ztikan va krasnodnev &#8220;uyg\u2019onadi&#8221;. Soat 6 ga yaqin quvnoq qoqigul, zigirning nafis gullari, kartoshkaning och-binafsha gullari ochiladi. Bordiyu siz kislitsaning nafis gultojlari va to&#8217;q sariq gulhamishabahorni ko&#8217;rsangiz, soat 9 bo&#8217;lganiga ishonch hosil qilavering, chunki bu gullar ayni shu vaqtda &#8220;uyqudan turadi&#8221;. Na&#8217;matakning yorqin gullari kun bo&#8217;yi ochilib turadi. Soat gullar kechki va tungi vaqtni ham aniqlab berishi mumkin. Hammamizga besh qo&#8217;lday ayon xushbo&#8217;y tamaki tungi gullar sirasiga kiradi. Uning gullari kunduzi yopilib, faqat kechqurun ochiladi. Quyosh botishi bilan tungi binafsha xushbo&#8217;y hid tarata boshlaydi. Yarim tunda &#8220;Tungi malika&#8221; kaktusining gulkosasi ochiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Agar siz ertalab o&#8217;rmonga sayrga otlansangiz, ayrim gullar hali o&#8217;z qalpoqchalarini ochmaganini ilg\u2019ab olasiz. Mana shu paytda ba&#8217;zi o&#8217;simliklar butkul uyg&#8217;onib, tong quyoshi tomon talpinadi, boshqalari esa qattiq uyqusini buzmagan, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gullar-vaqtni-bilishi-mumkinmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1914","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1914","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1914"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1914\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1915,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1914\/revisions\/1915"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1914"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}