{"id":1965,"date":"2021-09-25T06:30:27","date_gmt":"2021-09-25T03:30:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1965"},"modified":"2021-09-25T06:30:28","modified_gmt":"2021-09-25T03:30:28","slug":"qazilma-organizmlar-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qazilma-organizmlar-nima\/","title":{"rendered":"Qazilma organizmlar nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Qazilma o&#8217;simliklar va hayvonlarni o&#8217;rganish tariximizni, million yillar oldin qanday hayvonlar yashaganini bilishimizga yordam beradi. Bu bilan &#8220;paleontologiya&#8221; fani shug&#8217;ullanadi. Ayrim odamlar qazilma organizmlar juda qadim zamonda yashagan hayvonlarning qoldig&#8217;i, deb o&#8217;ylashadi. Aslini olganda, qazilma organizmlarning uch turi mavjud. Birinchi turiga chirimay qolgan va shu kunga qadar asl holini yo&#8217;qotmagan organizm a&#8217;zolari kiradi. Qazilma organizmlar hayvon yoki o&#8217;simlikning qay tariqa yo&#8217;qolishidan so&#8217;ng o&#8217;sha hayvon yoki o&#8217;simlikning shakl-shamoyilini ko&#8217;z o&#8217;ngimizga keltiradigan nusxa yoki bosib tushirilgan iz tarzida bo&#8217;lishi mumkin. Hayvonning loy yoki tuproqning yuza qismida qolgan izi ham qazilma organizm hisoblanadi. Shu kunlarda biror a&#8217;zodan iborat bo&#8217;lgan qazilma organizmlar, asosan organizmning qattiq a&#8217;zolari \u2014 skelet, chig&#8217;anoqlari topilmoqda. Yumshoq to&#8217;qimalar chirib ketadi. Ayrim hollarda, 99 foizi suvdan tarkib topgan Meduza kabi jonivorlar qoyalarda juda yaxshi iz qoldirgan. Muzliklarda topilgan ayrim jonzotlarning nafaqat skelet, balki suyak to&#8217;qimalari ham saqlanib qolganiga guvoh bo&#8217;lish mumkin. Qazilma organizm sifati uning katta-kichikligiga bog&#8217;liq emas. Masalan, qahrabo parchasida bundan bir necha million yil oldin yashagan mitti chumoli juda yaxshi saqlanib qolgan. Hayvon yoki o&#8217;simlikning saqlanish darajasi ular yashagan joyga bog&#8217;liq. Qazilmalar orasida eng ko&#8217;p topilgani dengiz jonivorlarinikidir, chunki ular nobud bo&#8217;lgach, tanalari tezda suv tagidagi cho&#8217;kindilar bilan qoplanib, natijada chirishdan saqlanib qoladi. Yerdagi hayvon va o&#8217;simliklar havo va atrof muhitning yemiruvchilik ta&#8217;siri ostida bo&#8217;ladilar. Qazilma organizmlarni o&#8217;rganishimiz sharofati bilan biz yuz millionlab yil ilgarigi hayvonot olami qanday bo&#8217;lganini bilib olamiz. Misol uchun, qoyatoshdan topilgan qazilma organizm bizga million yil oldin sudralib yuruvchilar davri bo&#8217;lgani, o&#8217;sha paytlarda uzunligi 24 metr va og&#8217;irligi 56 tonna keladigan bahaybat maxluq yashaganini ma&#8217;lum qiladi. Bular dinozavrlar edi. &#8220;Arxeopteriks&#8221; deb nomlanuvchi ilk qushni ham biz topilgan ikkita nusxasidan bilib olganmiz.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qazilma o&#8217;simliklar va hayvonlarni o&#8217;rganish tariximizni, million yillar oldin qanday hayvonlar yashaganini bilishimizga yordam beradi. Bu bilan &#8220;paleontologiya&#8221; fani shug&#8217;ullanadi. Ayrim odamlar qazilma organizmlar juda qadim zamonda yashagan hayvonlarning qoldig&#8217;i, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qazilma-organizmlar-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1965","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1965","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1965"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1965\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1966,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1965\/revisions\/1966"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1965"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}