{"id":1981,"date":"2021-09-25T08:24:54","date_gmt":"2021-09-25T05:24:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1981"},"modified":"2021-09-25T08:24:55","modified_gmt":"2021-09-25T05:24:55","slug":"brontozavrlar-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/brontozavrlar-nima\/","title":{"rendered":"Brontozavrlar nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Brontozavrlar reptiliya asri deb atalmish davrda yashagan dinozavr-reptiliyalar oilasining vakillaridir. Bu asr bundan ikki yuz o&#8217;ttiz million yil burun trias deb nomlangan geologik davrda boshlangan. Bu \u2014 dinozavrlar asri yuz oltmish million yil davom etganini anglatadi. Dinozavrlar yerda yurgan reptiliyalarning vakillaridir. Garchi ularning ayrimlari ko&#8217;pincha daryo, ko&#8217;l yoki botqoqlikka tushib turgani bilan dengizga sira yo&#8217;lamagan. Ular orasida yirtqich va alafxo&#8217;rlari ham bor edi. Ayrimlari keyingi oyoqlari bilan, boshqa birlari to&#8217;rttala oyog&#8217;i bilan yurgan. Ular sovuqqon bo&#8217;lib, aksariyatining tanasi tangachalar bilan qoplangan. Yirik dinozavrlarning bir guruhi zauropod deb yuritilgan. Ularning besh panjali ulkan oyog\u2019i kaltakesaknikiga o&#8217;xshagan. Zauropodlar sayyoramizda qachonlardir yashagan hayvonlar orasida eng bahaybatidir. Brontozavrlar ham shu siraga kiradi. Brontozavrni so&#8217;zma-so&#8217;z tarjima qilsak, &#8220;yer bilan yakson etuvchi kaltakesak&#8221; ma&#8217;nosini beradi: yer ularning og&#8217;irligini ko&#8217;tarolmay titrab-qaqshagan bo&#8217;lsa ajab emas. Brontozavrlarning bo&#8217;yni uzun bo&#8217;lgani bilan kallasi otnikiday kichik edi. Tanasi filnikiday haybatli, ammo dumi anchagina uzun bo&#8217;lgan. Bu hayvonlar qirq tonnagacha tosh bosgan, deb hisoblashadi. Shunga qaramay bu semiz jonivor harakatlana olgan, o&#8217;ziga o&#8217;simlik ozuqasi topgan va millionlab yil ichida ro&#8217;y bergan iqlim o&#8217;zgarishlariga moslashgan. Brontozavrlar, nazarimizda, asosan suvda yashagan. Shu bois tanasining og&#8217;irroq qismi \u2014 orqa oyoqlari va dumi birmuncha vaznini yo&#8217;qotgan. Chuhurroq suvliklarda ular ulkan panjalarini harakatga keltirib, suza olgan. Suv ularni bahaybat etxo&#8217;r raqiblari kaltakesaklardan muhofaza qilgan. Ular daryo va ko&#8217;llar bo&#8217;yidagi suv o&#8217;tlari va har xil maysalarni yeb kun kechirgan. Urg&#8217;ochi brontozavrlar tuxum qo&#8217;ygani qirg&#8217;oqqa chiqqanlarida etxo&#8217;r kaltakesaklar hujumiga tez-tez duch kelgan va dinozavrlarning ko&#8217;p turi shu tariqa qirilib ketgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Brontozavrlar reptiliya asri deb atalmish davrda yashagan dinozavr-reptiliyalar oilasining vakillaridir. Bu asr bundan ikki yuz o&#8217;ttiz million yil burun trias deb nomlangan geologik davrda boshlangan. Bu \u2014 dinozavrlar asri yuz &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/brontozavrlar-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1981","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1981","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1981"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1981\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1982,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1981\/revisions\/1982"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1981"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}