{"id":1983,"date":"2021-09-25T08:25:48","date_gmt":"2021-09-25T05:25:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1983"},"modified":"2021-09-25T08:25:49","modified_gmt":"2021-09-25T05:25:49","slug":"ajdarholar-haqiqatan-ham-yashaganmi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ajdarholar-haqiqatan-ham-yashaganmi\/","title":{"rendered":"Ajdarholar haqiqatan ham yashaganmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Qo&#8217;rqinchli ajdarholar sayyoramizning turli burchaklarida istiqomat qiladigan ko&#8217;p xalqlarning ertak va afsonalarida uchraydi. Ular ulkan, ilonsimon, odamlarga sirtdan dahshat solib turuvchi maxluq tarzida tasvirlanadi. Ajdarholar kom va burun teshiklaridan tutun aralash olov purkab, qattiq na&#8217;ra tortganida hatto yer ham titrab ketadi. Bizga qadimgi yunon afsonalaridan to&#8217;qqizbosh Gidra ma&#8217;lumu mashhurdir. U Geraklning qo\u2019lida halok bo&#8217;lgunga qadar juda ko&#8217;p qizlarning boshiga yetgan. Yunonlar tasvirlagan yana bir ajdarho Ximeradir: komidan olov purkaladigan bu maxluqni Bellerofon ismli yosh jangchi o&#8217;zining Pegas degan qanotli arg&#8217;umog&#8217;i yordamida mahv etgan. Rus xalq ertaklarida ajdarho qiyofasida bizga besh qo&#8217;lday ayon bo&#8217;lgan ajdarho Gorinich gavdalanadi. Ertaklarda ko&#8217;plab ajdarholar behisob boyliklarni qo&#8217;riqlagani haqida ma&#8217;lumotlar keltiriladi. Masalan, oltin junli qo&#8217;y terisini ko&#8217;zi yuzta bo&#8217;lgan maxluq qo&#8217;riqlagan. Garchi ertak va afsonalarda ajdarholar adadsiz yovuzlik timsoli sifatida keltirilsa, ba&#8217;zi o&#8217;rinlarda ular odamni himoya qiladigan kuch-qudrat sohibiga aylanadilar. Qadim o&#8217;tgan zamonlarda jangchilar dushmanlari yuragiga qo&#8217;rquv urug&#8217;ini solish maqsadida o&#8217;z qalqonlariga ajdarholar suratini tushirishgan. Shuni aytish lozimki, odamlar ba&#8217;zi paytlarda ajdarholar chindan ham borligiga ishonishgan. Kolumbga qadar dengiz sayyohlari go&#8217;yo dengizlar qa&#8217;rida yashovchi, kemalarni yamlamay yutib yuboruvchi ulkan maxluqlardan cho&#8217;chib, notanish dengizlardan suzishga ahyon-ahyon jur&#8217;at etganlar. O&#8217;z-o&#8217;zidan ayonki, ular yanglishganlar, chunki ajdarholar faqat ertak va afsonalarda yashaydi. Unda odamlar nima uchun ularning mavjudligiga ishonishgan? To&#8217;g&#8217;riroq javoblardan biri shuki, tarixdan avvalgi davrlarda yerda bahaybat maxluqlar yashagan. Ulardan eng qo&#8217;rqinchlisi sanalgan dinozavrlar odam paydo bo&#8217;lgunga qadar yer yuzidan qirilib ketgan. Biroq g&#8217;or odamlari davrida yerda har xil bahaybat reptiliyalar uchrab turgani ehtimoldan yiroq emas va aynan ular ertaklardagi ajdarholarning timsollari bo&#8217;lgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qo&#8217;rqinchli ajdarholar sayyoramizning turli burchaklarida istiqomat qiladigan ko&#8217;p xalqlarning ertak va afsonalarida uchraydi. Ular ulkan, ilonsimon, odamlarga sirtdan dahshat solib turuvchi maxluq tarzida tasvirlanadi. Ajdarholar kom va burun teshiklaridan tutun &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ajdarholar-haqiqatan-ham-yashaganmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1983","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1983","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1983"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1983\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1984,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1983\/revisions\/1984"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1983"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}