{"id":2002,"date":"2021-09-25T10:24:44","date_gmt":"2021-09-25T07:24:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=2002"},"modified":"2021-09-25T12:31:01","modified_gmt":"2021-09-25T09:31:01","slug":"mustaqillik-ozbek-xalqning-azaliy-orzu-intilishi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mustaqillik-ozbek-xalqning-azaliy-orzu-intilishi\/","title":{"rendered":"Mustaqillik \u2013 o\u2019zbek xalqning azaliy orzu-intilishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Mustaqillik azaldan insoniyatning orzu-umidlari, armon va iztiroblarini o\u2019zida mujassam etgan. Darhaqiqat, inson tabiatning gultoji sifatida hamisha ozodlik va hurriyatga intilib yashaydi. U hamisha har jihatdan o\u2019zini erkin his qilishga, tahlikasiz turmush kechirishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham kishilik tarixi turli davrlarda Yer sharining barcha mintaqalarida ozodlik uchun kurashni, shaklan turlicha, mohiyatan o\u2019xshash bo\u2019lgan hurriyatga intilish hodisalarini ko\u2019p ko\u2019rgan.<\/p>\n\n\n\n<p>XX asr intihosida dunyoning qarib uchdan bir qismida misli ko\u2019rilmagan hodisalar sodir bo\u2019ldi. Sotsializm deb atalgan totalitar tuzum, kommunistik mafkura deb atalmish zo\u2019ravonlik va tazyiqqa asoslangan mafkura tanazzulga uchradi. Jahonga, Yer yuziga hokimi mutloqni da\u2019vo etgan SSSR jamiyat sifatida ham, davlat sifatida ham jarga quladi. Uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalar tom ma\u2019nodagi mustaqil davlat maqomini oldilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustaqillikka erishish g\u2019oyasi xalqimizga azaldan meros, shu maqsad xalqimizga ajdodlar orqai ming yilliklar qa\u2019ridan bizgacha yetib kelmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Prezident I.Karimov <strong>\u201cBuyuk kelajagimizni huquqiy kafolati\u201d nomli risolasida \u201co\u2019zbek millati azaldan o\u2019z fikri-zikri o\u2019z istiqloli uchun kurashib yashagan. Bunga moziy guvoh. Millatimiz tarixi haqidagi haqiqat, yurtimizning fidoiy, o\u2019z yo\u2019lidan, maslagidan, so\u2019zidan qaytmaydigan farzandlariga ochilishi lozim. Bilishimiz shart bo\u2019lgan tarix sahifalarini qunt bilan varaqlash hammamiz uchun ham, qaraz ham farz\u201d,<\/strong> &#8211; deganda ana shu holatni nazarda tutadi. Xalqimizning uzoq tarixi u o\u2019z o\u2019tmishida ozodlik, istiqlol uchun tinimsiz kurash olib borganidan guvohlik beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiston o\u2019zining keyingi bir yarim ming yillik tarixida bor-yo\u2019g\u2019i 376 yil hur mamlakat rutbasida bo\u2019lgan (B.Ahmedov). Boshqa paytlar esa bosqinchilar zulmi ostida kun kechirgan. Shundan ham ko\u2019rinib turibdiki, Turkiston tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlarida turli shaklda bo\u2019linishlarga, uning xalqi o\u2019zgalar tomonidan tahqirlanishga, kamsitishlarga duchor bo\u2019lgan. Xalqimizning grek, makedoniyaliklar zulmiga, arablar istilosiga, mo\u2019g\u2019ul-tatar bosqinchiligiga, va nihoyat Chorizm mustamlakachiligiga qarshi olib borgan milliy-ozodlik harakatlari tarix sahifalarida abadiy qolgan. Ayni chog\u2019da yaqin tariximda, sovet hokimiyati yillarida O\u2019zbekistonning markazga tobeligiga qarshi, aniqrog\u2019i shu davrda O\u2019zbekistonning milliy mustaqillikka erishishi uchun tarixiy vaziyatga qarab goh oshkora, goh pinhona, yashirin tarzda olib borgan kurashlarini qator manbalar orqali tobora chuqurroq bilib boryapmiz. Bir so\u2019z bilan aytganda xalqimiz azal-azaldan o\u2019z fikri-zikri bilan mustaqil, ozod, erkin yashash uchun tinimsiz intilgan?<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Xo\u2019sh, mustaqillikning o\u2019zi nima? Istiqlol nimalarga asoslanadi va uning mazmun \u2013 mohiyati nimalardan iborat?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Eng avvalo shuni aytish kerakki, mustaqillik tenglik sari qo\u2019yilgan birinchi qadam. Chunki, tenglik bo\u2019lmagan joyda kimdir kimgadir tobe bo\u2019ladi. Mutelik bor joyda hukmronlik, o\u2019zgalar hisobiga yashash kabi illatlar paydo bo\u2019ladi. Natijada biz so\u2019nggi bir yarim asr mobaynida boshimizdan o\u2019tkazgan mustamlakachilik dunyoga keladi. \u201cTenglik\u201d so\u2019zining qudrati shundaki, u odamlarning o\u2019zaro munosabatlaridan tortib, mamlakatlararo munosabatlargacha hamma narsani me\u2019yor-mezonga soladi, turli kamsitishlar yoki ortiqcha ta\u2019zim-tavozega chek qo\u2019yadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Istiqlol \u2013 o\u2019zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini tan olish, bir-birini qadrlash asosida mamlakat fuqarolari o\u2019zaro munosabatida ham, jahon davlatlari o\u2019rtasidagi aloqalarda ham ana shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, ana shu umuminsoniy mezonlar asosida yashash demakdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustaqillik \u2013 jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o\u2019z taqdiri bilan bog\u2019liq bo\u2019lgan istiqbol haqida o\u2019ylashdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Istiqlol \u2013 erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustaqil yashashga, mustaqil fikrlashga, o\u2019z taqdirini o\u2019zi belgilashga, o\u2019z hayotini o\u2019zi izga solishga qodir odam ziddiyatlarni osonlik bilan yengadi, dunyoning shiddatli muammolar bo\u2019roni qarshisida dovdirab qolmaydi. Ana shu oddiy hayotiy haqiqatni davlat mustaqilligiga ham qiyoslash mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustaqillik mustamlakachilikning har qanday shaklini, u taqozo etadigan to\u2019siqlar va zo\u2019ravonliklarni inkor etadi. Ayni paytda mustaqillik jahon taraqqiyotining ilg\u2019or tajribalari asosida o\u2019z ravnaqining o\u2019ziga xos tamoyillarini ishlab chiqish bilan birga yagona zamin, yagona makon taqdirini belgilashda o\u2019zaro hamkorlikning yangi, sifat jihatidan yuqori bo\u2019lgan, umuminsoniy manfaatlarga mos keladigan andozasi asosida yashash demakdir. Agar u hamkorlik, o\u2019zaro hamjihatlik, mamlakatlararo, davlatlararo va mintaqalararo siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarni qaror toptirmasa o\u2019z qobig\u2019ida qolib ketishi, milliy mahdudlik doirasidan chiqolmasligi mumkin. Shuning uchun ham istiqlolning ana shu hayot tajribasidan o\u2019tgan tamoyillari hamma vaqt dolzarb bo\u2019lib qolaveradi. Chunki u doimiy ravishda rivojlanib, o\u2019z-o\u2019zini boyitib, takomillashtirib, ong va tafakkurni o\u2019stirib boradigan voqelikdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustaqillik \u2013 tabiatan ongli yashash, ongli munosabatni qaror toptirish mezoni. Ayni paytda u harakatlarning, intilishlar va qobiliyatlarning kuchayishini taqozo etadigan hodisa. Bu ayniqsa sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan mustaqil mamlakatlar, xususan O\u2019zbekiston hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Nima uchun?<\/p>\n\n\n\n<p>Totalitar tuzum davrida davlat mamlakat boshqaruv tizimidan tortib alohida-alohida shaxslarning kundalik turmushiga va istiqboliga daxldor bo\u2019lgan har qanday katta-kichik masalalarni hal etishni o\u2019z zimmasiga olgani uchun mehnatkash xalq moddiy va fikriy boqimandalik kayfiyatiga duchor bo\u2019lgan edi. U faqat ishlash huquqiga ega edi, xolos. Mehnat deb atalgan hissiz mashinaning murvatiga aylanib qolgan edi. Ertadan-kechgacha mehnat qilasan, mehnatingga yarasha ochdan o\u2019lmaslikka yetadigan haqqingni olasan, tamom-vassalom. Bu \u2013 sobiq ittifoqda qonun kuchiga ega bo\u2019lgan davlat siyosati edi. Odamzot shunchaki ishlar, shunchaki umr kechirardi, xolos. Tiriklik degan buyuk ne\u2019matning, hayot degan oliy tushunchaning mag\u2019zini chaqishga o\u2019zida rag\u2019bat ham, ehtiyoj ham sezmas edi. Binobarin, aql bilan ish tutish, voqelikni idrok qilish, bunyod etish, yaratish tuyg\u2019ulari butunlay so\u2019ndirilgan edi. Shuning uchun ham mamlakat taraqqiyoti sustlashib, odamlar turmush darajasi pasayib borardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Donishmandlar aytganidek, har qanday faollik tamoyillari harakatlar erkinligiga zamin yaratishi, unga suyanishi kerak. Aks holda boqimandalik illatlari surunkali kasallikka aylanadi. Demak, har qanday xatti-harakat, har qanday intilish o\u2019z-o\u2019zidan bunyodkorlik, yaratuvchilik ruhi bilan yo\u2019grilgan bo\u2019ishi darkor. Ana shunda erkinlik samarasiz, faoliyatsiz hodisaga aylanmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sobiq ittifoqda hukm surgan qayta qurish siyosati uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalarnin mustaqillikka chiqishiga yo\u2019l qo\u2019ymaslik maqsadida qilingan makkorona harakat edi. Davlat to\u2019ntarishia urinish, zo\u2019ravonlik va tazyiq o\u2019tkazish siyosatini chuqurlashtirishga intilish bu jarayonning yakuni bo\u2019ldi. Mustaqillik imkoniyatlarini oldindan payqagan, mamlakat ijtimoiy siyosiy jarayonlarining borishini to\u2019g\u2019ri kuzatib, to\u2019g\u2019ri baholay bilgan O\u2019zbekiston ittifoqdoshlari orasida birinchilardna bo\u2019lib mustaqilligini e\u2019lon qildi. 1991 yil 31 avgust kuni qabul qilingan O\u2019zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to\u2019g\u2019risidagi Bayonot O\u2019zbekiston hukumatining siyosiy yo\u2019lini to\u2019la qonunlashtirib berdi. Bu tarixiy hujjatda quyidagi xulosalar ilgari surilgan edi:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\"><li>\u201cO\u2019tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o\u2019zgarishlarni e\u2019tiborga olib,<\/li><li>Xalqaro-huquriy hujjatlarda qayd etilgan o\u2019z taqdirini o\u2019zi belgilash huquqiga asoslanib,<\/li><li>O\u2019zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas\u2019uliyatni anglab,<\/li><li>Shaxs huquq va erkinliklarining, mustaqil davlatlar o\u2019rtasidagi chegaralarning buzilmasligi to\u2019g\u2019risidagi Xelsinki shartnomalariga qat\u2019iy sadoqatini bayon etib,<\/li><li>Millati, diniy e\u2019tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat\u2019iy nazar, respublika hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot kechirishini, sha\u2019ni va qadr-qimmatini ta\u2019minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib.<\/li><li>Mustaqillik Deklaratsiyasini amalga oshira borib, O\u2019zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O\u2019zbekistonning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat \u2013 O\u2019zbekiston Respublikasi tashkil etilganligi tantanali ravishda e\u2019lon qiladi.<\/li><\/ul>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Respublikasining o\u2019z tarkibidagi Qoraqalpog\u2019iston respublikasi bilan birga, hududi bo\u2019linmas va daxlsizdir. O\u2019zbekiston respublikasining boshqa davlatlarga hududiy da\u2019volari bo\u2019lmay, u o\u2019z hududi va tabiiy boyliklariga nisbatan oliy huquqqa egadir\u201d. O\u2019zbekiston parlamentining bu bayonoti o\u2019zining qonun kuchi bilangina emas, siyosiy mantig\u2019i, ma\u2019naviy qudrati, xalqaro huquq normalariga mos kelishi va eng muhimi millat taqdirini hal etadigan tarixiy qadriyat ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Bu hujjat SSSRning 73 yillik hayoti naqadar ayanchli va fojeali ekanligini ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat, bu mamlakatda inson huquqlari har tomonlama poymol etilganigini, endu bu tuzumda ortiq yashab bo\u2019lmasligini hayotning o\u2019zi tasdiqlab turardi. Biroq, mamlakatlar aholisining aksariyat qismi va ayrim milliy respublikalar rahbariyati ongiga singib qolgan tobelik va mute\u2019lik tuyg\u2019ulari keskin harakat qilishga, o\u2019z xalqi manfaatini mardona turib himoya qilishga yo\u2019l qo\u2019ymas edi. Ammo, o\u2019sha paytda O\u2019zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat \u2013 O\u2019sh, Farg\u2019ona, Qo\u2019qon, Guliston, Parkent va Bo\u2019kada yuz bergan mash\u2019um voqealar, millatlararo nizolarning paydo bo\u2019lgani, xalq hayotining tahlikali tus olgani ortiqcha kutib turishni taqozo etmas edi. Jarayonlarga o\u2019z vaqtida yetarli baho berib, zarur xulosaga kelish kerak edi. Shuning uchun ham Farg\u2019ona voqealari birmuncha izga tushgach, mamlakat aholisining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, turmush sharoitini va farovonligini oshirish borasida amaliy choralar ko\u2019rildi. Jumladan:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\"><li>Aholini qo\u2019shimcha tomorqalar bilan ta\u2019minlash, yakka tartibda uy-joy qurishga keng imkon berish, shaxsiy yordamchi xo\u2019jaliklarni rivojlantirish, chorvachilik va parrandachilikni taraqqiy toptirish;<\/li><li>Pensiyalar, talabalar va o\u2019qituvchilarning maoshlarini oshirish, og\u2019ir ijtimoiy ahvol natijasida kamqonlik kasaliga uchragan homilador ayollarga imtiyozli ovqatlanish, boshlang\u2019ich sinf o\u2019quvchilariga bepul oziq-ovqat ajratish va shunga o\u2019xshagan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning markaz bilan hisoblashmay hal etilishi mamlakat aholisiga qanchalik ma\u2019qul kelsa, ittifoq rahbariyatida shunchalik norozilik tug\u2019dirar edi.<\/li><li>O\u2019zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishi qator xorijiy mamlakat bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo\u2019l qo\u2019yishi u o\u2019z taraqqiyot yo\u2019lini tanlab olganini ko\u2019rsatar edi.<\/li><\/ul>\n\n\n\n<p>Bu borada shuni aytish kerakki, O\u2019zbekistonda bu masalalarning hammasi mustaqil ravishda hal etila borildi, mavjud muammolarni yechishda ittifoq idoralaridan sezilarli ravishda oldin borildi. Bu xususda markazdagilarning birortasi ham O\u2019zbeistonda amalga oshirilgan ishlarni olqishlab qabul qilmadi. Moskvadagi karomatgo\u2019ylar aksincha, go\u2019yo bu \u2013 O\u2019zbekiston Prezidentining o\u2019zboshimchaligi, bularning hammasi ittifoq ko\u2019rsatmalariga muvofiq kelmaydi yoki ularga zid deb baho bera boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday bo\u2019lsada O\u2019zbekiston hukumati SSSRda mavjud ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borishini boshqalardan ko\u2019ra tezroq anladi va munosib baholadi. Shuning uchun ham u qat\u2019iy xulosaga keldi. 1991 yilning 31 avgustida \u201cO\u2019zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to\u2019g\u2019risidagi qonun\u201dni qabul qildi va ana shu qonun doirasida O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining bundan keyin O\u2019zbekiston SSRni O\u2019zbekiston Respublikasi deb atash, 1 sentabrni Mustaqillik kuni deb e\u2019lon qilish, O\u2019zbekiston Konstitutsiyasiga o\u2019zgartishlar va qo\u2019shimchalar kiritish, shuningdek, ittifoqning va uning tarkibiga kiradigan barcha mustaqil davlatlarning oliy qonun chiqaruvchi idoralariga, barcha xorijiy davlatlarning oliy qonun chiqaruvchi idoralariga, barcha xorijiy davlatlarga va jahon hamjatiyatiga murojaat qilib, ularni respublikaning davlat mustaqilligi e\u2019lon qilingan hujjatini tan olishga da\u2019vat etish to\u2019g\u2019risida qaror qabul qildi. Bu bevosita O\u2019zbekiston mustaqilligining dastlabki huquqiy poydevori edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat, biz ijtimoiy-siyosiy jarayonlar odamlar hayotini keskin tarzda bir o\u2019zandan ikkinchi o\u2019zanga burib yuborgan, hayotimiz butunlar boshqacha tus olgan va turmushimiz o\u2019zgacha mazmun kasb etgan murakkab ruhiy-ma\u2019naviy holatni boshdan kechirdik. Natijada yillar mobaynida qotib qolgan tushunchalarimiz o\u2019zgarmoqda va mudrab qolgan ongimiz uyg\u2019onmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Istiqlol tufayli \u201cmustaqillik\u201d, \u201churriyat\u201d degan so\u2019zlar butun jozibasi bilan birga beqiyos qudratini, buyuk o\u2019zgartiruvchilik mo\u2019jizasini ko\u2019rsata boshladi. U dunyoqarashlarimizni tubdan o\u2019zgartirib, fikrimiz, tafakkurimizni boyitmoqda. Voqealar rivojini butun mohiyati bilan anglashni, dunyoga kengroq va tiyrakroq nazar bilan qarashni, bu ko\u2019hna olamda sho\u2019ro tuzumidan boshqa adolatli tuzumlar ham borligini, boshqacha yashash ham mumkin ekanligini, kommunistik mafkuradan bo\u2019lak hayot lazzatini, inson qadru qimmatini himoya qiladigan g\u2019oyalar ham mavjudligini ko\u2019rsatib berdi. Zotan, istiqlolning buyuk mohiyati, beqiyos qadriyati ana shunda. Mustamlakachilikning kishilik tarixida anduh va kulfatlar yog\u2019dirgan beqiyos fojeasi \u2013 uning insonning mustaqil fikrlashdek ulkan iqtidoridan marhum etganida. Mustaqillik ana shu insoniy fojeaning achchiq mazmunini ochib berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Istiqlol bizga o\u2019zligimizni anglatdi. O\u2019zini anglash \u2013 olamni anglash, olamni tushunish \u2013 odamni tushunish, demakki, hayotning mazmunini idrok etishdir. Inson o\u2019zini butun mohiyatini, insonligini qanchalik chuqur tushunsa, yashash mazmun-mohiyatini ham shunchalik chuqur anglaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zligini anglagan kishi olamning butun rang-barangligi bilan birga hayot mazmunini, o\u2019zini shunchaki tiriklik va mavjudlik belgisi emas, aksincha, tabiatning betakror mo\u2019jizasi ekanligini, shu asnoda inson qadru qimmatini tobora teranroq anglay boshlaydi. Ma\u2019rifatga muhtojligiga, xurofot va jaholat hayot kushandasi, manqurtlik \u2013 o\u2019zligini va olamni unutish ekanligiga tobora ko\u2019proq ishonadi. Demak, bevosita ichki bir da\u2019vat va ilohiy quvvat bilan ma\u2019naviy yetuklikka, komillikka intiladi. Bu \u2013 istiqlolning yana bir mo\u2019jizasi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustaqillikning asosiy qadriyatlaridan biri uning ijtimoiy, ma\u2019naviy mohiyati bevosita omma fikrini uyg\u2019otishda, xalqning o\u2019tmishi, buguni va kelajagi xususida qayg\u2019urish hissini kuchaytirishdan iborat. Aks holda tub islohotlarning umri qisqa, taqdiri esa fojea bilan tugashi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Biz tarixning ayni burilish davrida yashamoqdamiz. Ana shu burilish nuqtasining o\u2019ziyoq tafakkurimizni, tor dunyo-qarashlarimizni, har tomonlama chegaralab qo\u2019yilgan tushunchalarimizni o\u2019zgartirishni taqozo etmoqda. Uzoq yillar mobaynida bir qolipdagi hayotdan so\u2019ng beixtiyor olis o\u2019tmishni eslashga, uni o\u2019rganishga, o\u2019zligini anglashga kuchli ehtiyoj tugildi. Ichki bir tabiiy kuch million-million kishilar qalbida mudrab yotgan tuyg\u2019ularni harakatga keltirib yubordi. Natijada odamlarning hayotga munosabati o\u2019zgarib, o\u2019z taqdiri bilan bog\u2019liq bo\u2019lgan zamin istiqbolini o\u2019ylashga zarurat sezmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Butun borlig\u2019imizdan, ma\u2019naviy bisotidan judo qilingan xalq erkinlik tufayli katta tashnalik bilan o\u2019z tarixini bilishga intila boshladi. Bu borada ming yillar davomida vujudga kelgan, xalqimizning daholik qudratini, quvvai hofizasini, tab\u2019i nazmini, qolaversa, ma\u2019naviy-ruhiy holatini belgilab beradigan xalq og\u2019zaki ijodiga sho\u2019ro hukumati davrida ongli ravishda yuz bergan munosabatinigina eslatish joizdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Sir emas sovet davrida asrlar mobaynida tildan-tilga ko\u2019chib, avlodlar davomiyligi va vorisliyligini saqlashda oltin halqa bo\u2019lgan afsonalar, rivoyatlar, ertaklar, topishmoqlar va latifalar zo\u2019ravonlik bilan yo\u2019q qilindi. \u201cAlpomish\u201d, \u201cGo\u2019ro\u2019g\u2019li\u201d, \u201cHasanxon\u201d, \u201cNurali\u201d, \u201cSherali\u201d singari dostonlarga, milliy qo\u2019shiq va lapalar g\u2019oyaviy nuqtai nazardan zararli deb topildi. Umuman, barcha milliy-madaniy yodgorliklar singari o\u2019zbek xalq og\u2019zaki ijodining yuksak namunalariga ham kommunistik mafkura nuqtai nazaridan qaraldi va ana shu o\u2019lchov bilan baho berildi, deydi kuyinib professor M.Murodov.<\/p>\n\n\n\n<p>Birgina misol \u201cAlpomish\u201d dostonida go\u2019yoki xonlar va beklar sha\u2019niga hamdu sanolar o\u2019qilarmish, bosqinchilik va zo\u2019ravonlik tashviq qilinar emish, diniy ohanglar, ilohiy kuchga ishonish, ilohiyatning mavjudligi kabi g\u2019oyalar targ\u2019ib qilinar emish\u2026<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019lumki, o\u2019zbek xalq dostonlarida diniy ohanglar. Allohning mavjudligi va uning irodasi xususidagi talqinlar azaldan bo\u2019lgan. Biroq Kommunistik partiyaning dahriylik mafkurasi dostonning ana shu jihatlariga yopishib olib, uni xudosizlik tashviqoti quroliga aylantirmoqchi bo\u2019ldi. Mazkur mafkuraning ana shu qabih g\u2019oyasi tufayli inson qalbidagi ishonch, e\u2019tiqod tuyg\u2019usi mahv etildi. Tabiiyki, xudodan qaytgan odam har qanday razolat va qabohatdan qaytmaydi. Xudobexabarlik iymonsizlik va diyonatsizlikni keltirib chiqaradi. Natijada na Vatanga, na millatga, na o\u2019tmish, na istiqbolga e\u2019tiqod qoladi. Tabiiyki, e\u2019tiqodsizik \u2013 xurofotga, xurofot jaholatga, jaholat esa halokatga olib keladi. Jaholat, nodonlik hukmron bo\u2019lgan joyda tanazzul chuqurlashadi. Manqurtlik shaklidagi yovvoyi va ibtidoiy hayot vujudga keladi. Sovet tuzumining \u201culug\u2019 mafkurachi\u201dlariga ayni shu narsa kerak edi. Shuning uchun ham ezgulik himoyachisi sifatida xalqimizning ma\u2019naviy qahramoniga aylangan Alpomish obrazi atay buzib tanqiq etildi. Aniqrog\u2019i, unga tuhmat qilindi, ta\u2019na toshlari otildi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek xalq ijodiyotining odamlarni inson va diyonatga, imon va e\u2019tiqodga, mehnatsevarlik va yurtparlikka, odob-axloq va madaniyatga chorlovchi asosiy g\u2019oyalaridan foydalanish o\u2019rniga ular o\u2019tmishni ideallashtiradi, pirlar, aziz avliyolar, podshohlar, muqaddas qadamjolar, maqbaralaru madrasalarni ulug\u2019laydi. Shu tariqa odamlar ongini eskilik sarqitlari bilan zaharlab, ular e\u2019tiborini sovet tuzumidan chetga tortadi, deb qoralandi. Xalq ijodiyotining ko\u2019plab asarlari, masalan, mashhur xalq kuychisi O\u2019tar shoir Safarov aytgan \u201cOyparcha\u201d dostoni qayta ishlanib, xohlagancha qisqartilib, qaychilanib zamonaviylashtirilganidan, undagi asl g\u2019oyalar tushirilib qoldirilganidan keyingi nashr etildi. O\u2019tar shoir Safarov o\u2019g\u2019li Qorabaxshiga kitobni o\u2019qitib o\u2019ksigan, bu aytgan doston emas, deb yig\u2019lagan ekan.<\/p>\n\n\n\n<p>30-yillardagi qatag\u2019onda o\u2019zbek xalqining eng iste\u2019dodli namoyandalari yo\u2019q qilindi. Ularga turli ayblar qo\u2019yilib, har xil bahonalar bilan qatl etildi. Biroq, sho\u2019ro tuzumini maqtab, \u201cxalqlar otasi\u201dni kuylagan ayrim shoirlarga ham kun berilmadi. Sababi, ularning beqiyos iste\u2019dod ekanligi. Bir kun kelib baribir o\u2019z xalqiga yon bosishni oldindan payqagan qizil imperiyachilar ularni ham otib tashladi. Xususan, Xolyor Abdukarim o\u2019g\u2019li xalqimizning iste\u2019dodli baxshilaridan bo\u2019lgan. Filologiya fanlari doktori, professor Malik Murodovning aytishicha, \u201cXoliyor Abdukarim o\u2019g\u2019li \u201cAmir qochdi\u201d dostonini yaratib Sho\u2019ro tuzumini madh etgani ma\u2019lum. Biroq baribir 1937 yilda qatl etilgan. U o\u2019limi oldidan do\u2019mburasini olib bo\u2019zlab kuylaganda hatto soqchilar ham: \u201cZo\u2019r ekansan-ku, baxshi, ammo ilojimiz yo\u2019q-da\u201d, degan ekanlar. Yoxud dehqonodlik Farmon baxshi quloq qilinishiin sezib qolgach, goh Surxondaryo, goh Tojikiston, goh Qashqadaryoda qishloqma-qishloq, ovulma-ovul darbadar bo\u2019lib yashashga majbur bo\u2019ldi. Ham o\u2019zbek, ham tojik tilida dostonlar kuylagan Farmon baxshining bebaho merosi yozib olinmadi. Bedodlik shu darajaga yetdiki, unga o\u2019z qishlog\u2019iga kelib o\u2019lishga ham ruxsat berilmadi, xoki o\u2019zga joylarda qolib ketdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Bunday hodisalar qariyb 130 yillik mustamlakachilik yillarida turli sohalarda, turli shakllarda yuz bergan. Qatag\u2019onlar, mahv etishlar, otib tashlashlar xalq ruhiyatini sindirdi. Odamlar bu mislsiz qirg\u2019inlar natijasida bir umr tahlika va qo\u2019rquv bilan yashadi. Ana shu hadiksirash millat hayotini zaharladi. Turmush lazzatini, yashash zavqini zaqqumga aylantirdi. Jadidchilik harakatining faollari, ma\u2019rifatparvarlar, xalqimizning chin farzandlari ona yurt istiqloli, millat istiqboli yo\u2019lida tinimsiz kurashdilar. Buyuk ma\u2019rifatparvar Abdulla Avloniyning fig\u2019on va dard to\u2019la quyidagi satrlariga befarq qarab bo\u2019lmaydi: \u201cXonimoni xarob, boyqushlarga hamdam, farzandlari haykaldek jonsiz, vayrona Turkiston! Yo\u2019q, yo\u2019q sahni jonlik janoza birla to\u2019lgan buyuk mozor! Unga o\u2019lik kimsalar \u2013 madfun zindalar qo\u2019yilgan. Bu tirik o\u2019liklar edi. Turkistonning bu kungi noqobil avlodlaridir. Uning ahvoliga Yer ham, Osmon ham yig\u2019ladi. U ham fikr, ham haqir. Uning ahvoli chindan-da og\u2019ir. Bir tarafdan behad yomon dardga giriftorlik, ikkinchi tomondan xorlik.<\/p>\n\n\n\n<pre class=\"wp-block-verse\">Marizning bir tarafdan, bir tarfdan xorsan \u2013 millat,\r\nBadandan doimo qon oldirar bemorsan \u2013 millat!\r<\/pre>\n\n\n\n<p>Uning ta tili, na qulog\u2019i bor. U surat, devor! Mudhish xol!\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu satrlar bezovta yurak qoni bilan, millat dardiga darmon bo\u2019lish ilinjida to\u2019kilgan achchiq ko\u2019z yoshlari bilan yozilmagan deb kim aytadi? Mustamlakachilik dardi tobelik va mutelik suyak-suyagidan o\u2019tib ketgan kishigina milliy ozodlik, hurriyat va erkinlik xususida ana shunday quyib aytadi, kuyib so\u2019zlaydi, yonib kuylaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019 bobokalonimiz Abdulla Avloniy \u201cMa\u2019rifat \u2013 shijoatdir\u201d degan edi. Darhaqiqat ma\u2019rifatli kishigina shijoatli bo\u2019ladi. U o\u2019zini himoya qilishga, o\u2019z qadru qimmatini o\u2019rniga qo\u2019yishga qodir bo\u2019ladi. Afsuski chorizm va undan keyingi qizil imperiya davri bizni ayni ana shu qalb shijoatidan, yurak da\u2019vatidan, dil charog\u2019idan mahrum etdi, ma\u2019rifatsizlikka mahkum qildi. Ulkan olim, taniqli adib va yirik jamoat arbobi Abdurauf Fitrat istiqlol kunlarini, hurriyat damlarini orziqib kutdi. Uning umri faryod va alam bilan o\u2019tdi:<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cEy ulug\u2019 Turon, asrlonlar o\u2019lkasi! Senga ne bo\u2019ldi? Holing qalaydir? Nechuk kunlarga qolding?<\/p>\n\n\n\n<p>Ey Temurlarning, O\u2019g\u2019uzlarning oilalarining shonli beshiklari! Qani uchiqdiging yuksak o\u2019rinlar? Qullik chuqurlarig\u2019a nedan tushding?!<\/p>\n\n\n\n<p>Dunyoni \u201curho\u201dlari bilan titragan yo\u2019lbars yurakli bolalari qani? Nechun tovushlari chiqmaydi?<\/p>\n\n\n\n<p>Yer tuprog\u2019ini ko\u2019klarga uchiraturg\u2019on tog\u2019 gavdali o\u2019g\u2019lonlaring qani?<\/p>\n\n\n\n<p>Yer yuzining bir necha polvonlari bo\u2019lgan botir turklaring qani? Nechun chekindilar? Nechuk ketdilar? Kurash maydonlarin o\u2019zgalarga nechun qo\u2019ydilar? Nechun\u2026 nechun\u2026 nechun?<\/p>\n\n\n\n<p>Gapir menga, ey ulug\u2019 Turon, arslonlar o\u2019lkasi! Senga ne bo\u2019ldi?<\/p>\n\n\n\n<p>Yer yuzining buyuk saltanatlarini sen qurmadingmi? Hindistonning, Eronning, Ovrupaning ulug\u2019 xoqonlarini sen yubormadingmi? Ey, xoqonlar o\u2019chog\u2019i? Ey, qahramonlar to\u2019g\u2019oyi! Qani u chaqmoq chopishli botir xoqonlaring? Qani avval- o\u2019q yurishli otli beklaring? Nechuk \u201curho\u201dlari eshitilmaydur?<\/p>\n\n\n\n<p>Dunyo xalqini bo\u2019ysuntirgan saltanatlaring nechuk buzuldi?<\/p>\n\n\n\n<p>Insonlik olamini qanotlari ostida olgan xoqonliging nechun kuchi o\u2019ldi. Kuchingmi ketdi? Kimsasizmi qoldi?<\/p>\n\n\n\n<p>Yo\u2019q\u2026 yo\u2019q\u2026 Tangri haqqi uchun, yo\u2019q? Sen kuchsiz emassan, sen kimsasiz emassan! Bugun Yer yuzida sakson million bolang bor. Bularning tomirlaridagi qon Chingizlarning, Temurlarning qonidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Bularning kuchlari sening kuchingdir!<\/p>\n\n\n\n<p>Ey ulug\u2019 Turon, arslonlar o\u2019lkasi! Qayg\u2019urma! Eski davlating, eski saltanating, eski yigitlaring, eski arslonlaring hammasi bor, hech biri yo\u2019qolmamishdur.\u201d<\/p>\n\n\n\n<p>Va nihoyat Mustaqillik ana shu iztiroblar, qon yutishlar iskanjasida qolgan xalqimiz qalbiga nur, umidlariga qanot, dardlariga malham bo\u2019lib keldi. Mustaqillikning ma\u2019naviy-ijtimoiy mazmuni, uning beqiyos mohiyati ana shunda. Mazkur xulosalardan kelib chiqib Prezident Islom Karimov: <strong>\u201cMustaqil o\u2019zbek davlati \u2013 xalqimizning tarixiy yutug\u2019idir. Xalqi yuz yillar mobaynida ozodlikni orzu qilgan O\u2019zbekiston chinakam mustaqillikni qo\u2019lga kiritib, gullab-yashnashni va farovonlikka erishishni, taraqqiy etgan demokratik davlatlar qatori xalqaro hamjamiyatda munosib o\u2019rinni egallashi \u2013 biz ko\u2019zlayotgan oliy maqsaddir\u201d<\/strong>, deganida tom ma\u2019noda butun xalqimizning orzu-umidini, maqsad va intilishlarini ifoda etgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustaqillikning mohiyati, uning tarixiy ahamiyati milliy uyg\u2019onish va milliy tiklanish jarayoni bilan bog\u2019liq. Xalqimiz millat sifatidagi beqiyos qadriyatlarini, asrlar mobaynida shakllangan ma\u2019naviy-ruhiy boyliklarni qanchalik chuqur anglasa, milliy uyg\u2019onish hissi shunchalik kuchayadi. Qalbidan millat, vatan, ajdodlar oldidagi burch tuyg\u2019ulari qanchalik chuqur joy olgan bo\u2019lsa, o\u2019zligini anglashga, o\u2019z milliy qadriyatlarini tiklashga shunchalik ko\u2019proq ehtiyoj sezadi. Bunday odamda kurashchanlik, tashabbuskorlik, o\u2019z-o\u2019zini, demakki, millatini va vatanini himoya qilish qudrati beqiyos bo\u2019ladi. Shuning uchun ham biz mustaqillik uchun kurashning butun mazmun-mohiyatini shaxs ma\u2019naviy barkamolligi, uning har tomonlama yetukligi bilan bog\u2019liq holda tushunmog\u2019imiz kerak. Ana shunda mustaqillikning taraqqiyot yo\u2019llari, ijtimoiy-iqtisodiy, ma\u2019naviy-madaniy, g\u2019oyaviy-axloqiy asoslari mustahkam bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Milliy tiklanish, uyg\u2019onish hodisasi juda keng, murakkab tarixiy jarayondir. U xalqimiz hayotining hamma sohalarini qamrab oladi. Iqtisodiyot, siyosiy faoliyat, ma\u2019naviyat, ilm-fan, til, tarix, urf-odatlar, hunarmandchilik, me\u2019morchilik barcha-barchasini inson kamoloti bilan bevosita daxldor barcha masalalarni ham o\u2019z ichiga qamrab oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Milliy tiklanishga birdaniga erishib bo\u2019lmaydi. Milliy tiklanish uzoq davom etadigan, ko\u2019p yillarni qamrab oladigan murakkab jarayon.<\/p>\n\n\n\n<p>Biz ana shunday mashaqqatli va sharafli jarayonni boshdan kechirmoqdamiz. Butun O\u2019zbekiston \u2013 ulkan xonadonimizning ruhiyatimiz, tuyg\u2019ularimiz, eng nozik hissiyotlarimiz tiniqlashmoqda, ravshanlashmoqda, turli change g\u2019uborlardan tozalanmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Istiqlol mohiyati, uning millat va mamlakat taqdirida tutgan o\u2019rni, ulug\u2019 ajdodlarimiz, boy va noyob tariximiz hamda istiqboldagi vazifalarimiz xususida gapirar ekan, Prezident Islom Karimov buni muxtasar qilib shunday tushuntiradi: <strong>\u201cBiz uchun mustaqillik \u2013 eng avvalo o\u2019z taqdirimizni qo\u2019limizga olish, o\u2019zligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, urf-odatlarimiz tiklash, hammamiz uchun mo\u2019tabar shu vatanda, har bir xonadonda tinchlik-osoyishtalikni, barqarorlikni saqlashdir. Aziz vatanimizda adolat, insof, dinu diyonat, mehru oqibatni qaror toptirishdir.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Biz uchun mustaqillik \u2013 Allohning o\u2019zi el-yurtimizga in\u2019om etgan tabiiy boyliklarga egalik qilish, xalqimiz qudrati, salohiyati, aqlu zakovatiga tayanib, O\u2019zbekistonda yashayotgan har bir inson, har bir oila uchun munosib hayot qurish, kelajak avlodlar uchun ozod va obod Vatan qoldirishdir.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Biz uchun istiqlol \u2013 millatimiz, mamlakatimizning jahonda obro\u2019-e\u2019tibori, shon-shavkatini ko\u2019taradigan sog\u2019lom avlodni, har jihatdan barkamol va fidoyi o\u2019g\u2019il-qizlarni tarbiyalash, ularni voyaga yetkazish va baxtini ko\u2019rishdir. Har bir fuqaro uchun \u2013 millati, irqi va diniy e\u2019tiqodidan qat\u2019i nazar \u2013 erkinlik, tenglik, birodarlik, munosib sharoit yaratib berishdir\u201d.<\/strong> Biz bugun dunyoni yangi ko\u2019z bilan ko\u2019rish, uni yangicha tafakkur bilan idrok qilish jarayonlari ichra ulg\u2019ayib borayapmiz. Bugun barcha yo\u2019qotilgan qadriyatlarni, boy berilgan madaniy va ma\u2019naviy boyliklarni qaytadan to\u2019plash, qadimiy Turkiston an\u2019analarini tiklash, o\u2019z milliy qiyofasi bilan jahon xalqlari safidan munosib o\u2019rin olishdek g\u2019oyat murakkab va mashaqqatli vazifalar qarshisida turibmiz. Zimmamizda yillar davomida yo\u2019l qo\u2019yilgan xatoliklar va kelajak oldidagi qarzdorlikning ulkan, zalvorli yuki bor. Biroq buyuk ajdodlarimiz qoldirgan merosni qayta tiklash, o\u2019zligimizni, insoniy his-tuyg\u2019ularimiz, sha\u2019nimiz va oriyatimizni himoya qilishga, uni hamisha baland tutishga imkoniyat tug\u2019ilganining o\u2019z barcha mashaqqatlardan ko\u2019ra huzurbaxshroqdir. Ana shu imkoniyatning o\u2019ziyoq kishiga beqiyosh kuch-g\u2019ayrat, qudrat va jur\u2019at baxsh etadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mustaqillik azaldan insoniyatning orzu-umidlari, armon va iztiroblarini o\u2019zida mujassam etgan. Darhaqiqat, inson tabiatning gultoji sifatida hamisha ozodlik va hurriyatga intilib yashaydi. U hamisha har jihatdan o\u2019zini erkin his qilishga, tahlikasiz &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mustaqillik-ozbek-xalqning-azaliy-orzu-intilishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-2002","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2002","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2002"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2002\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2008,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2002\/revisions\/2008"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2002"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}