{"id":2043,"date":"2021-09-25T19:01:50","date_gmt":"2021-09-25T16:01:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=2043"},"modified":"2021-09-25T19:01:51","modified_gmt":"2021-09-25T16:01:51","slug":"zuluk-qancha-vaqt-ovqatlanmasligi-mumkin","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zuluk-qancha-vaqt-ovqatlanmasligi-mumkin\/","title":{"rendered":"Zuluk qancha vaqt ovqatlanmasligi mumkin?"},"content":{"rendered":"\n<p>Ikki yil! Bir tomchi qonsiz, qornini bir to&#8217;ydirib olsa bas! Zulukning bo&#8217;g&#8217;zida uchta jag&#8217;io&#8217;tmas lappaklari bor. Zuluk terini andak tilib, qonni shimadi. Uning so&#8217;lak bezlari bu paytda qon quyulishiga imkon bermaydigan girudin moddasi ajratib chiqaradi. Shu sababli qon hech bir qarshiliksiz, ko&#8217;p qon ketadigan, katta o&#8217;simtali oshqozonga kelib tushadi. Buni qarangki, nisbatan kichkina bu maxluq (ayrimlariniki 12 santimetrdan oshadi) bir kunda 50 grammgacha qon &#8220;ichadi&#8221;. Uning ichagidagi ayricha bakteriyalar so&#8217;rilgan qonni ajib yo&#8217;sinda qayta ishlaydiki, pirovardida qon buzilmaydi va xiyla vaqt tozaligini yo&#8217;qotmaydi. Shuning uchun ham zuluklar taxminan olti oyda bir marta oziqlanadi, ammo yuqorida aytganimizdek, ikki yil deganda ochqaydi. Zuluklarning bu g&#8217;aroyib qobiliyati tufayli olimlar ularga yorqin kelajak: ular uzoq vaht uchishga mo&#8217;ljallangan kosmik parvozlar payti tajribaga yaroqli hayvon bo&#8217;lishini bashorat qilmoqdalar. Zuluk umurtqali hayvonning qonini so&#8217;rayotganda, tushib ketmasligi uchun ikkita-oldi va orqasida joylashgan so&#8217;rg&#8217;ichi bilan yopishadi. Zulukning ko&#8217;zi ham bor! Besh juft ko&#8217;zi &#8220;boshi&#8221; atrofida joylashgan. Zuluklar har xil bo&#8217;ladi. Ularning 400 dan ortiq turi bor. Qon so&#8217;ruvchilaridan tashqari yirtqichlari ham mavjud: ular o&#8217;z kuchi yetadigan chuvalchanglarga, hasharotlar lichinkasiga hujum qiladi, o&#8217;ldiradi va yeydi. Zuluklarning aksariyati chuchuk suvli hovuzlar, ariq-zovurlar, ko&#8217;llar va sekin oqar daryolarni o&#8217;zlarining yashash joylari etib tanlagan. Suvi unchalik sho&#8217;r bo&#8217;lmagan Azov va Kaspiy dengizlari ham zuluklarning ayrim turlariga boshpana bergan. Qora dengizda zuluklar yashamaydi. Subtropik va tropik o&#8217;lkalarda suvni butkul tark etgan quruqlik zuluklari hayot kechiradi. Ularning ba&#8217;zilari ko&#8217;pgina hayvonlar, hatto fillar uchun turgan bitgani azob. Fil xartumi bilan cho&#8217;p olib, so&#8217;rayotgan zulukni sidirib tashlaydi va ezg&#8217;ilab o&#8217;ldiradi. Bordiyu buning uddasidan chiqolmasa, podadagi boshqa bir fil uning bu qon so&#8217;rg&#8217;ichdan xalos bo&#8217;lishiga yordam beradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ikki yil! Bir tomchi qonsiz, qornini bir to&#8217;ydirib olsa bas! Zulukning bo&#8217;g&#8217;zida uchta jag&#8217;io&#8217;tmas lappaklari bor. Zuluk terini andak tilib, qonni shimadi. Uning so&#8217;lak bezlari bu paytda qon quyulishiga imkon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zuluk-qancha-vaqt-ovqatlanmasligi-mumkin\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-2043","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2043","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2043"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2043\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2044,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2043\/revisions\/2044"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2043"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}