{"id":2059,"date":"2021-09-25T19:08:58","date_gmt":"2021-09-25T16:08:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=2059"},"modified":"2021-09-25T19:08:59","modified_gmt":"2021-09-25T16:08:59","slug":"chayon-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chayon-nima\/","title":{"rendered":"Chayon nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8220;Chayon&#8221; so&#8217;zining o&#8217;ziyoq bizni xavfli zahar haqida o&#8217;ylashga majbur etadi. Haqiqatan ham chayonga duch kelinganda ko&#8217;ngilsizlik ro&#8217;y berishi mumkin. Chayonlar o&#8217;rgimchaklarga qarindoshdir. Chayonning to&#8217;rt juft oyog&#8217;i va o&#8217;ljasini ushlab turadigan ikkita kuchli qisqichsimon tirnoqlari bor. Chayonning uzun bo&#8217;gimli dumi bo&#8217;lib, uning uchida zaharli bez tomirlariga ulangan o&#8217;tkir nishi mavjud. Chayon yurganda dumini yoysimon o&#8217;rab, ko&#8217;tarib oladi. Qisqichsimon tirnoqlari bilan o&#8217;ljani ushlab olganda, chayon dumini boshi ustidan oshirib, qurboniga nish sanchadi. Zahar chayon o&#8217;zi yeydigan hasharotlarni, o&#8217;rgimchaklarni va boshqa jonivorlarni yo o&#8217;ldiradi, yo falaj etib tashlaydi. Chayonlar tunda yurishni ma&#8217;qul ko&#8217;radi va kunduz kunlari soyalarda, masalan, toshlar tagida, pustlar ostida yoki uyning qorong&#8217;i burchaklarida pusib yotadi. Katta chayonlar odatda yolg&#8217;iz yashaydi va yuradi. Chayonlar tuxum qo&#8217;ymay bolalaydigan hayvondir, jajji chayonlar dastlab onasining yelkasiga chiqib oladilar, ammo u bolasini boqmaydi, bir necha kun o&#8217;tgandan so&#8217;ng kichkintoylar o&#8217;z holicha kun kechira boshlaydilar. Chayonlar issiq iqlimda yashaydi. Ularning uzunligi 1 santimetrdan 17 santimetrgacha bo&#8217;ladi, eng yirik turlari esa tropik o&#8217;lkalarda uchraydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;Chayon&#8221; so&#8217;zining o&#8217;ziyoq bizni xavfli zahar haqida o&#8217;ylashga majbur etadi. Haqiqatan ham chayonga duch kelinganda ko&#8217;ngilsizlik ro&#8217;y berishi mumkin. Chayonlar o&#8217;rgimchaklarga qarindoshdir. Chayonning to&#8217;rt juft oyog&#8217;i va o&#8217;ljasini ushlab turadigan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chayon-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-2059","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2059","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2059"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2059\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2060,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2059\/revisions\/2060"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2059"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}