{"id":2095,"date":"2021-09-26T06:47:04","date_gmt":"2021-09-26T03:47:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=2095"},"modified":"2021-09-26T06:47:05","modified_gmt":"2021-09-26T03:47:05","slug":"kalmar-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kalmar-nima\/","title":{"rendered":"Kalmar nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Kolumb dengiz kengliklarini kezib yurgan paytlarda suvdan otilib chiqib, kemani cho&#8217;ktiradigan yoki dengizchini okean tubiga tortib ketadigan qo&#8217;li uzun bahaybat maxluqlar haqidagi tarixni eshitish mumkin edi. Bunday hikoyalar mubolag&#8217;aga asoslangan. Bunday bahaybat maxluqlar hech qachon uchramagan, dengizchilar bizningcha, o&#8217;shanda ulkan sakkizoyoq yoki kalmarlarni ko&#8217;rgan bo&#8217;lsa ajab emas. Bu ikki maxluq ham mollyuskalarning boshoyoqlilar guruhiga kiradi, chunki ularning oyog&#8217;i paypaslagich qo&#8217;llariga o&#8217;xshash bo&#8217;lib, boshi atrofidan o&#8217;sib chiqqan va cho&#8217;zinchoqdir. Haqiqiy kalmarning qotma tanasi atrofida uchburchak cho&#8217;ziq suzgichlari, to&#8217;rtburchak kichkina boshida o&#8217;tkir ko&#8217;zi va o&#8217;nta paypaslagichi bor. Paypaslagichlarining tagida mustahkam, qattiq doirachali bir nechta so&#8217;rg&#8217;ichlari joylashgan. Mo&#8217;ylovsimon qo&#8217;llarining ikkitasi boshqalariga nisbatan uzun va egiluvchandir. &#8220;Qo&#8217;lga&#8221; o&#8217;xshash so&#8217;rg&#8217;ichlari paypaslagichlari uchida joylashgan. Kalmar ikkita uzun paypaslagichidan o&#8217;z o&#8217;ljasini ushlash uchun foydalanadi. Qolgan sakkiztasi ovqatni og&#8217;ziga olib borish, shuningdek, paypaslagichlardan tarkib topgan doira markazidagi og\u2019iz atrofida joylashgan qattiq jag&#8217;lari bilan kavshayotganda uni ushlab turish vazifasini o&#8217;taydi. Mantiyasi ich-ichida kemirchaksimon lappak joylashgan, bu chig&#8217;anoq qoldig&#8217;idir. Kalmar, ehtimol, unga qachonlardir ega bo&#8217;lgan. Kalmarlarning turi ko&#8217;p, ulardan biri bahaybat kalmar bo&#8217;lib, umurtqasizlarning yer yuzidagi eng yirik vakilidir. Shimoliy Atlantikadan tutilgan kalmarlarning ayrim turlari (cho&#8217;zilgan paypaslagichlari bilan) 16 metrga yetadi. Bahaybat kalmarlarning boshqa guruhining uzunligi ikki metrgacha bo&#8217;ladi. Kalmar sakkizoyoq va sepiyalar singari atrofidagi suvni loyqalatish uchun siyohsimon suyuqlik chiqaradi. Bir guruh kalmarlar fosforessentsiyalash, ya&#8217;ni nur tarqatish xususiyatiga ega. Nur tarqatuvchi a&#8217;zolari mantiyasida, paypaslagichlarida, mantiyaning ichki qismida va ko&#8217;z atrofida o&#8217;rnashgan. Ular kechasi juda chiroyli ko&#8217;rinadi. &#8220;Uchuvchi&#8221; deb ataladigan kalmar suv sathida uchish qobiliyatiga ega.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kolumb dengiz kengliklarini kezib yurgan paytlarda suvdan otilib chiqib, kemani cho&#8217;ktiradigan yoki dengizchini okean tubiga tortib ketadigan qo&#8217;li uzun bahaybat maxluqlar haqidagi tarixni eshitish mumkin edi. Bunday hikoyalar mubolag&#8217;aga asoslangan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kalmar-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-2095","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2095","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2095"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2095\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2096,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2095\/revisions\/2096"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2095"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}