{"id":2134,"date":"2021-09-26T13:03:15","date_gmt":"2021-09-26T10:03:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=2134"},"modified":"2021-09-26T13:33:24","modified_gmt":"2021-09-26T10:33:24","slug":"ahmoniylar-davlatining-bosqiniga-qarshi-kurash","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ahmoniylar-davlatining-bosqiniga-qarshi-kurash\/","title":{"rendered":"Ahmoniylar davlatining bosqiniga qarshi kurash"},"content":{"rendered":"\n<p>Miloddan avvalgi VII asrda Xorazm vohasida birinchi o\u2019zbek davlati tashkil topgan edi. Bu davlat keyingi salkam uch ming yil mobaynida birin-ketin hukm surgan davlatlarning asosi sifatida namoyon bo\u2019ldi. Afsuski uning tarixiga doir yozma manbalar juda oz va qisqa saqlangan bo\u2019lib, chuqur va atroflicha ta\u2019riflashning iloji yo\u2019q. Ayrim ma\u2019lumotlarga ko\u2019ra mintaqadagi podshohlardan biri uning nafratiga duchor bo\u2019lgan 400 kishini Xorazmga surgun qilgan. U bir necha yillardan keyin ularning ahvolini bilish maqsadida o\u2019z odamlarini yuborgan ekan. Natijada shu narsa ma\u2019lum bo\u2019ladiki, surgun qilingan kishilar sog\u2019-salomat hayot kechirganlar. Podshoh bu xabarni olgach, 400 kishidan iborat turkiy ayollarni ularning ixtiyoriga jo\u2019natgan ekan. Shundan keyin Xorazmda oilalar yuzaga kelib odamlarning soni ko\u2019payib borgan. Shubhasiz u yerga atrof-joylardan boshqa odamlar ham kelib o\u2019rnashganlar. Shu tariqa Xorazmda aholi ko\u2019payib, vaqtlarning o\u2019tishi bilan shaharlar ham paydo bo\u2019lgan. Vohada Amudaryo tufayli sun\u2019iy sug\u2019orish rivojlanib, dehqonchilik, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo o\u2019sgan. Davlat va qo\u2019shinning kuch-qudrati oshgandan keyin ulug\u2019 davlatchilik g\u2019oyalari yuzaga kelib, uzoq joylarga harbiy yurishlar uyushtirilgan. Natijada Xorazm davlati yirik imperiyaga aylangan. Xususan, uning chegarasi Qora dengiz bo\u2019ylari va Gruziyagacha borib taqalgan. Shunisi diqqatga sazovorki, 1944 yilda Kamchatkada miloddan avvalgi asrlarda Xorazmda zarb etilgan tanga topilgan. Ehtimol, buyuk Xorazm davlatining chegarasi yoki ta\u2019sir doirasi Kamchatkaga yetgandir.<\/p>\n\n\n\n<p>Xorazm davlati asosan sak nomi bilan ataluvchi turkiy aholini o\u2019z ichiga olgan. Bu xalq o\u2019sha qadimiy davrlarda g\u2019arbda Dnepr daryosidan tortib, sharqda Tyan-Shan tog\u2019larigacha cho\u2019zilgan ulkan yerlarda hayot kechirganlar. Ammo, ularning ilg\u2019orlashgan qismi hozirgi O\u2019zbekiston hududida istiqomat qilganlar. Eradan avvalgi ikki minginchi yilning ikkinchi yarmida yozilgan hindlarning \u201cMahobxarata\u201d dostonida ko\u2019rsatilishicha, Turkiston zaminida o\u2019sha davrda istiqomat qilgan qadimiy aholi yung, ipak, paxta va boshqa narsalardan to\u2019qilgan gazlamalardan liboslar kiyishgan. Bu holat o\u2019sha chuqur tarixiy davrlardayoq dehqonchilik rivojlanganligidan dalolat beradi. Hunarmandchilikda esa gazlamalarni to\u2019qish, tikuvchilik va bo\u2019yoqchilik o\u2019sgan edi. Grek manbalaridan birida qayd qilinishicha aholining ko\u2019ylaklari o\u2019simliklardan tayyorlangan bo\u2019yoqlar bilan bezatilgan ola-bular rangli gazlamalardan tikilgan. Aholi charm kiyimlaridan ham foydalanganlar. Ular kiyimlarini qimmatli toshlar bilan bezatib turli xushbo\u2019y hidli atirlarni ishlatganlar. Ularning harbiy qurollari ham ancha takomillashgan edi. Zero, janglarda o\u2019tkir qilich, xanjar, bolta, o\u2019q-yoy, qalqon va temirdan yasalgan qurollardan keng foydalanilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Demak, mintaqada ma\u2019danchilik rivojlangan edi. Aholi o\u2019zining jasoratliligi va jangovarligi bilan shuhrat qozongan. Qo\u2019shin otliq va piyoda askarlardan tashkil topgan. Grek tarixchisi Klavdiy Ellanning yozishicha, saklarda kimki uylanmoqchi bo\u2019lsa qiz bilan kuras tushishi shart bo\u2019lgan. Mabodo bu kurashda qiz g\u2019alabaga erishsa, u vaqtda yigit uning asiri hisoblangan. Bordi-yu yigit ustun kelsa, qizga uylanish huquqini olgan. Bunday tartib bejiz qo\u2019llanilmagan, albatta. Chunki u davrlarda ichki o\u2019zaro kurashlar va chet el bosqinchilarining hujumlari tez-tez bo\u2019lib turadigan voqea edi. Shu bois nafaqat erkaklar balki xotin-qizlarni ham janglarda qatnashishi muqaddas burch hisoblangan. Hatto ayollardan maxsus harbiy qismlar tashkil etilib, ulardan mohir lashkarboshilar yetishib chiqqan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019rilayotgan davlarda \u201char bir satrap qo\u2019l ostida yaxshi qurollangan, yollanma askar to\u2019dasi bo\u2019lar edi. Bulardan tashqari satraplikdagi har bir urug\u2019 yoki qabila boshlig\u2019i hamda qal\u2019a boshliqlari o\u2019z qo\u2019l ostidagi qurolli xalq olomonini boshlab urushga chiqar edi. Askar otliq va piyodalarga ayrilar edi. Jangchilar o\u2019q-yoy, nayza ham shamshir (xanjarga o\u2019xshagan to\u2019g\u2019ri va uzun qilich) ishlatar edi. Har qo\u2019shinda ikki g\u2019ildirakli jang aravasi qismlari ham bo\u2019lar edi. Har bir jangchining egnida ham boshida o\u2019q va shamshir o\u2019tmaydigan temir sovut, qo\u2019lida qalqon bo\u2019lar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yollangan qismlardan tashqari har bir jangchi safarga chiqishda talqon, qurut, go\u2019sht va suv idishni olib yurishga majbur edi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Xavf-xatarli sharoit shaharlarni qalin va baland devorlar bilan qurshab olinishiga olib keldi. Buni bunyod etish uchun ko\u2019p mehnat bilan mablag\u2019 sarflanib, azob-uqubatlari xalqning zimmasiga tushgan. Ammo, uning vatanparvarligi shu darajada kuchli bo\u2019lganki, mamlakat mustaqilligi va ozodligi uchun jonini ham, molini ham tikkan. Natijada shaharlarni devor bilan o\u2019rab olish keng quloch yoygan. \u201cBu davrda, deb yozadi akademik Yahyo G\u2019ulomov, &#8211; shaharlarning hammasi devor bilan o\u2019ralgan bo\u2019lib, har qanday dushmanga qarshi bardosh bera oladigan darajada mustahkam qilib qurilgan edi. Ular biro dam zo\u2019rg\u2019a ko\u2019tara olarlikxom g\u2019ishtlardan solingan. Shu davrda qurilgan qal\u2019alardan Jonbosqal\u2019ani olsak, uning bo\u2019yi 200, eni 170 metr bo\u2019lib, ikki qator devori orasida uzun ost-ust ikki qator tor-mor tuynuklar qo\u2019yilgan. Bu tuynuklarda qal\u2019adagilar dushmanga o\u2019q otib, uning hujumiga qarshi turganlar. Qal\u2019aning ichi 400 xonadondan iborat uylar bilan liq to\u2019lib o\u2019rtada faqat bir ko\u2019chagina bo\u2019lgan. Qal\u2019aning to\u2019rida zardo\u2019shtlar ibodatxonasi \u2013 \u201cotash-kada\u201d bo\u2019lgan. Unda doimiy ravishda muqaddas olov yonib turgan. Qal\u2019aning g\u2019arbidagi yolg\u2019iz darvozasidan tashqarida asosiy aholi turadigan devorsiz shahar maydoni bo\u2019lgan\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Mazkur ma\u2019lumotlar Xorazmdagi faqat bir qal\u2019aga tegishli bo\u2019lsa-da, lekin unga o\u2019xshashlari ko\u2019p bo\u2019lgan. Chunonchi amalda harbiy qal\u2019aga aylantirilgan shaharlar Turkistonning barcha yerlarini qamrab olgan. Xorazm davlatidan keyin Turkiston mintaqasida Baqtriya davlati yuzaga kelgan. Bu davlatning tarkibiga Amudaryoning o\u2019rta oqimidagi yerlar, hozirgi Tojikistonning janubiy tumanlar, O\u2019zbekistonning Surxondaryo viloyati, Turkmanistonning sharqiy qismi va Afg\u2019onistonning shimoliy tomoni kirgan. Uning poytaxti Balxning atrofidagi Zariaspa shahri hisoblangan. Baqtriya davlatida dehqonchilik, hunarmandchilik va savdoning rivojlanganligi haqida ma\u2019lumotlar mavjud. Uning dovrug\u2019i uzoq mamlakatlargacha taralgan. Shu bois grek, hind va eron manbalarida tilga olingan. Miloddan avvalgi III asr boshida Sirdaryoning o\u2019rta oqimida Qang\u2019a davlati tashkil topdi. Uning aholisini negizini Toshkent vohasi va janubiy Qozog\u2019istonda istiqomat qilayotgan saklar tashkil etgan. Olim S.P.Tolstov Qang\u2019ani Xorazm davlatinign mantiqiy davomi ekanligini aytib, uni Qang\u2019a-Xorazm davlati deb ta\u2019kidlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qang\u2019a davlatining poytaxti Sirdaryoning o\u2019rta oqimidagi Qanqa shahri bo\u2019lgan. U hozirgi Toshkent viloyatining Oqqo\u2019rg\u2019on tumanidagi Qanqa tepaligini o\u2019rnida edi. Uning xarobasi 150 gektardan oshiqroq yerni tashkil etgan. \u201cQang\u2019aliklar, &#8211; deb yozadi, &#8211; grek olimi Strabon, &#8211; eng yaxshi otliq va piyoda askarlar hisoblanib, o\u2019q-yoy, qilich, qalqon, mis boltalar bilan qurollangan. Ular janglarda oltin belbog\u2019ni boylab oladilar\u201d. Qang\u2019a davlati hozirgi O\u2019zbekiston hududini egallagan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, miloddan oldingi asrlarda Turkiston zaminida Xorazm, so\u2019ngra Baqtriya va Qang\u2019a davlatlari hukm surgan edi. Shuningdek Zarafshon vodiysidan so\u2019g\u2019d nomida davlat yuzaga kelganligi ma\u2019lumdir. Ularning orasida Xorazm davlati eng qadimiysi hisoblanadi. Umuman, mintaqaning tub aholisi \u2013 saklar ko\u2019plab xalqlar hamon ibtidoiy jamiyatda yashayotganlarida o\u2019zlarining qudratli davlatlarni tashkil etib, madaniyat sohalarida ulkan yutuqlarni qo\u2019lga kiritgan edilar. Shuning uchun ham qadimgi grek manbalarida \u201cqadimiylikda ular (saklar) misrliklar bilan bahslashadilar\u201d \u2013 deb qayd qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Miloddan avvalgi VIII asrning oxirgi \u2013 VII asrning birinchi choragida Eronda Ahmoniy boshchiligida fors qabilalarining ittifoqi yuzaga kelgan edi. Undan keyin uning o\u2019g\u2019li Chishtish taxtga o\u2019tiradi. Shu tariqa Ahmoniylar davlatiga zamin hozirlangan edi. Miloddan avvalgi VI asrning o\u2019rtalarida Kir II qudratli Ahmoniylar davlatini tashkil etadi. Bu davlatdan oldin hozirgi Eronning shimoli-g\u2019arbida Midiya davlati yuzaga kelgan. Miloddan avvalgi 550 yilda Kir II uni egallab Eronni bir mamlakatga birlashtirdi. Bu vaqtlarda Turkistonda, yuqorida ko\u2019rsatilganidek, \u201cKatta Xorazm\u201d va Baqtriya davlatlari hukm surmoqda edi. Kir II ning shaxsan o\u2019zi katta qo\u2019shin bilan bu davlatlarga qarshi harbiy yurisharni uyushtirdi. Vatan himoyachilari dushmanga qarshi qahramonona jang qildilar. Shunday dahshatli janglarning birida Sparetra ismli ayol 200 ming erkak va 200 ming xotin-qizlardan tashkil etilgan askarlar bilan Kir II qo\u2019shinini mag\u2019lubiyatga uchratib, eri Amargani asirlikdan qutqargan.<\/p>\n\n\n\n<p>Demak, ozodlik kurashlarida ayollar ham faol qatnashib, mohir jangchilar sifatida namoyon bo\u2019lganlar. Bu ularning vatanparvarligi, harbiy jasorati va mardligidan dalolat beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kir II qattiq janglardan keyin katta talafotlar evaziga Turkistonni bo\u2019ysundiradi. Ammo o\u2019lkada bosqinchilarga qarshi kurash to\u2019xtamaydi. Shu bois miloddan avvalgi 530 yilda Kir II ko\u2019p sonli qo\u2019shin bilan yana hujumni boshlaydi. Bu vaqtda Turkistonda saklarning hukmdori To\u2019maris ismli ayol dushmanga qarshi urushga mohirona boshchilik qiladi. Kir II To\u2019marisning kuch-qudratini anglab avval unga uylanmoqchiligini elchi orqali ma\u2019lum qiladi. Bu bilan u tinchlik bilan Turkistonni qo\u2019lga kiritishni ko\u2019zlagan. To\u2019maris Kirning shum niyatini anglab, taklifini rad etadi hamda urushishga tayyorligini ma\u2019lum qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kir II qo\u2019shin bilan Amudaryodan kechib o\u2019tib harbiy lager quradi. Ammo u bu yerda ko\u2019p vino va noz-ne\u2019matlarni qoldirib, go\u2019yo chekingandek bo\u2019lib orqaga qaytadi. To\u2019maris bundan xabar topib, o\u2019g\u2019li boshchiligida harbiy qismni jo\u2019natadi. Uning o\u2019g\u2019li bu yerga kelgandan keyin yoshligi va tajribasizligi tufayli dushman tomonidan qoldirilgan vinolarni askarlari bilan me\u2019yoridan ortiq ichishib, hushyorlikni yo\u2019qotadilar. Xuddi mana shunday holatni kutgan Kir to\u2019satdan hujum qilib vatan himoyachilarini qirib tashlaydi. Shu jumladan To\u2019marisning o\u2019g\u2019li ham o\u2019ldiriladi. Bundan qattiq g\u2019azablangan To\u2019maris dushmanga qarshi jangni boshlab yuboradi. Bu jang shu darajada dahshatli tus oladiki, dushmanning 200 minglik askari qirib tashlanadi. Bu olamshumul ahamiyatga moliyk g\u2019alaba Ahmoniylar davlatig berilgan qattiq zarba bo\u2019lib, To\u2019marisning davrug\u2019i grek dunyosigacha tarqaladi. Ayniqsa qudratli imperiyaning podshohi Kirni ayol kishi tomonidan mag\u2019lubiyatga uchratilishi o\u2019ta sharmandali voqea sifatida tarix sahifalariga bitildi. To\u2019maris Kir II ning kallasini qon to\u2019ldirilgan xaltaga solib: \u201cSen butun umring bo\u2019yi qonga to\u2019ymading, mana endi uni to\u2019yib ich\u201d, &#8211; deb xitob qilgan. Ahmoniy davlati katta talafotga qaramay qanday bo\u2019lmasin Turkistonni bo\u2019ysindirish uchun hech narsadan toymadi. Uning podshohi Doro I Turkistonga bostirib kirib Sirdaryo bo\u2019yiga joylashadi. Bu yerga Shiroq ismli bir oddiy otboqar quloq-burni kesilgan holda kelib shunday deydi: \u201cSak hukmdori meni nohaq shunday jazoladi, agar men sizlarni yaqin yo\u2019ldan ular ustiga boshlab borsam, o\u2019zimning o\u2019chimni olib berasizlarmi?\u201d Doro podachining so\u2019rovini bajonidil inobatga olib, uning ketidan yo\u2019lga chiqadi. Ular yetti kun yurishgandan keyin suvsiz sahroga kelishadi. Bu vaqtda dushman askarlarining o\u2019zlari bilan olib yurgan suvlari tugagan edi. Shunda Shiroq ularni halok etish uchun bu yerga olib kelganligini xursandchilik bilan aytadi. Bunday oddiy bir kishining vatanga o\u2019ta sodiqligi va ongli ravishda quloq-burnini kesib, o\u2019zini qurbon etishi tarixda uchramaydi. Shu bois uning nomi mana ikki ming yildan oshdiki kishilarning xotirasida hamon saqlanmoqda. Shiroqning jasorati va vatanparvarligi umummillat va davlat manfaati uchun kurashning eng yorqin namunasidir. Doro va uning o\u2019g\u2019li Saraxs (Kserks) qator janglardan so\u2019ng Turkistonni bosib oldilar. Umumlashtirganda Ahmoniy bosqinchilari 200 yildan ortiq o\u2019lkada hukmronlik qilib, boyliklarni taladilar. Shu orada Turkiston xalqi ozodlik kurashini to\u2019xtatmadi. Bu haqda podshoh Doro I yozadi: \u201cMen Bobil (Vavilon)da band bo\u2019lib, sust harakat qilgan paytimda tubandagi mamlakatlar mendan bosh tortib, ayrilib ketdilar: Sug\u2019diyona, Midiya, Asur, Armeniya, Parfiya, Marg\u2019iyona (Marv), Sattakidiya va saklar\u201d. Marg\u2019iyonadagi va Parfiyadagi kurash haqida shunday yozadi: \u201cMarg\u2019iyona viloyati mendan bosh tortdi. Unda Firaat (Farhod) degan kishi bor edi; uni o\u2019zlariga hukmdor qilib ko\u2019tardilar. Men unga qarshi Baqtriya satrapi boshliq askar yubordim\u2026 Shundan keyin bu viloyat yana menga qaram bo\u2019ldi. Parfiyaliklar ham Girkaniya (Gugon)liklar menga qarshi bosh ko\u2019tarib, Firaat (Farhod)ning tomoniga o\u2019tdilar, men saklarga qarshi yurish qildim, dushmanni o\u2019ldirdim va asir oldim. Menga qarshi bosh ko\u2019targan (saklar boshlig\u2019i Sakuka nomli kishi edi\u2026) men uni yengdim\u201d. Ammo, o\u2019lkada Ahmoniylarning hukmronligiga qarshi kurash to\u2019xtamadi. Miloddan oldingi IV asrda Baqtriya o\u2019z mustaqilligini tikladi, lekin u yana Ahmoniylar tomonidan bosib olindi. Shundan keyin Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo havzalaridagi joylar Baqtriya tarkibiga kiritildi. Ayrim ma\u2019lumotlarga ko\u2019ra Xorazm, so\u2019ngra Sirdaryo atrofida yashovchi saklar mustaqillikka erishganlar. Xullas Ahmoniylar qirg\u2019in-barot va vayronagarchiliklar hisobiga hukmronlikni o\u2019rnatib tub aholini qattiq zulm ostida ushlab turdi. Bu holat o\u2019lkaning izchillik bilan rivojlanishiga yo\u2019l bermadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019rilayotgan davrda Ahmoniylar imperiyasi Gretsiya va Makedoniyada Aleksandr boshliq yuzaga kelgan kuchli davlat qarshiligiga uchraydi. Ularning o\u2019rtasida jahonda yakkahokimlik uchun kurash qizg\u2019in tus olib boradi. Oqibatda har ikki tomon o\u2019rtasida urush boshlanib, makedoniyalik Aleksandr birin-ketin Ahmoniylar davlatiga zarba berib boradi. So\u2019ngra u katta qo\u2019shin bilan Turkistonga harbiy yurishni boshlaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Miloddan avvalgi VII asrda Xorazm vohasida birinchi o\u2019zbek davlati tashkil topgan edi. Bu davlat keyingi salkam uch ming yil mobaynida birin-ketin hukm surgan davlatlarning asosi sifatida namoyon bo\u2019ldi. Afsuski uning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ahmoniylar-davlatining-bosqiniga-qarshi-kurash\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-2134","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2134","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2134"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2134\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2138,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2134\/revisions\/2138"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2134"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}