{"id":2151,"date":"2021-09-27T07:04:29","date_gmt":"2021-09-27T04:04:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=2151"},"modified":"2021-09-27T07:04:30","modified_gmt":"2021-09-27T04:04:30","slug":"skripkachilar-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/skripkachilar-nima\/","title":{"rendered":"Skripkachilar nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Kulgili savol, deyishingiz mumkin. Ikkiga kirgan bola ham skripkachi skripka chalayotgan odam ekanini biladi. Bu, albatta, to&#8217;gri. Biroq skripka tugul o&#8217;yinchoq garmonni chala olmaydigan skripkachilar bo&#8217;lar ekan: ular jimitday krablardir. Nar skripkachilar feruza-qizg&#8217;ish rang, urg&#8217;ochilari anchayin oddiy: och jigarrang bo&#8217;ladi. Narlari kalta qisgichlarining biridan faqat ovqat bo&#8217;lagini, boshqa \u2014 kattasidan esa krabning o&#8217;ziday keladigan ovqatni yeyishda foydalanadi. Zo\u2019ryodlari suv pasayib ketgan serbalchiq joyda sayru sayron qilishni xush ko&#8217;radi. Balchiqda sayr etarkan, krablar ulkan qisgichlarini to&#8217;xtovsiz yuqoriga-pastga, skripka kamonini xayolda jonlantirayotganday ko&#8217;tarib tushiradi. Uning nomi ham shundan olingan. Skripkachi ko&#8217;p sonli imlab chaqiruvchi krablar oilasiga kiradi. Ularning hammasi urg&#8217;ochilarini qisgichlarini imlab chaqiradi. Yuzaki qaraganda, krab qisgichlarini to&#8217;xtovsiz siltayotganday tuyuladi. Aslida esa, u panjalarida tik turib, urg&#8217;ochisini ko&#8217;rgan zahoti imlab chorlaydi. Agar sabotli xushtor o&#8217;zining latif harakati bilan juftini asir etsa, jufti unga jajji chiroyli qisgichlarini ochib-yopib peshvoz chiqadi. Narining imo-ishorasi tagida ikki xil ma&#8217;no yotadi. Imlash faqat urg&#8217;ochisiga qaratilgan bo&#8217;ladi. Boshqalari uchun bu harakat: &#8220;hudud band, mening uyimga yaqinlashma, yaqinlashsang o&#8217;zingdan ko&#8217;r&#8221;, degan ma&#8217;noni anglatadi. Haqiqatan ham in atrofiga allaqanday bezbet krab yaqinlashsa, narlari o&#8217;rtasida rosmana janjal chiqadi. Raqiblar katta qisgichlarini ishga solib, bir-birini loydan chiqarib o&#8217;zidan yiroq otib yuborishga tirishadi. Yutib chiqqan krab quvonganidan raqsga tushib ketadi. Bordiyu biror urg\u2019ochisi urushayotganlar yonidan o&#8217;tib qolsa, u to&#8217;xtab, jang natijasini kutib turadi va jasoratli janjalkash, raqqos bilan birga yashashga rozi bo&#8217;ladi. Boshqacha bo&#8217;lishi mumkinmi? G&#8217;olibning raqsi \u2014 bu urg&#8217;ochisiga qaratilgan uzun, otashin va ishonchli so&#8217;zdir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kulgili savol, deyishingiz mumkin. Ikkiga kirgan bola ham skripkachi skripka chalayotgan odam ekanini biladi. Bu, albatta, to&#8217;gri. Biroq skripka tugul o&#8217;yinchoq garmonni chala olmaydigan skripkachilar bo&#8217;lar ekan: ular jimitday krablardir. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/skripkachilar-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-2151","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2151","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2151"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2151\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2152,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2151\/revisions\/2152"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2151"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}