{"id":2232,"date":"2021-09-27T10:15:43","date_gmt":"2021-09-27T07:15:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=2232"},"modified":"2021-09-27T10:15:44","modified_gmt":"2021-09-27T07:15:44","slug":"qaysi-hasharot-eng-mechkay","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qaysi-hasharot-eng-mechkay\/","title":{"rendered":"Qaysi hasharot eng mechkay?"},"content":{"rendered":"\n<p>Bu savolga javob berish oson emas, sababi, bu haqda hech kim o&#8217;ylab ko&#8217;rmagan. Odatda yirik jonivorlar: bo&#8217;rilar, sherlar, yo&#8217;lbarslar ko&#8217;p ovqat yeydi, deb o&#8217;ylashadi. Eng mechkay hayvon ninachidir. O&#8217;simliklar ustida taralla-bedod qilib yuruvchi zohiran bu chiroyli mavjudotning biror payt ovqatlanayotganini ko&#8217;rmaysiz. Ninachilarning nuqul yallo qilib yurishi Krilovning masalida ham insho etilgan. Esladingizmi? &#8220;Ninachi sho&#8217;x kuylab chaldi soz, sayrlarda o&#8217;tdi go&#8217;zal yoz. Tomoshadan bo&#8217;shay demadi, qish g&#8217;amini sira yemadi&#8230;&#8221; Chumoliga o&#8217;xshab qishni o&#8217;ylash qayerda deysiz, ninachi uni ham yeb qo&#8217;yadi, yeganini esa bilmaydi. Gap bu yerda ninachilarning bir turi \u2014 ninachi-so&#8217;zanak haqida bormoqda. U bir soatning ichida yigirmatacha chivinni paqqos tushiradi. Ninachi-so&#8217;zanak chivin tutish maqsadida kun bo&#8217;yi uchib yuradi, tutganini yeb, yana o&#8217;lja qidiradi. Bir soat ichida u taxminan yuz chaqirim yo&#8217;l bosadi, buning uchun chiroyli yorqin qanotlarini 1600 marta qoqsa kifoya. Ninachi-so&#8217;zanak kimlargadir hakalakchi bo&#8217;lib tuyulishi mumkin, chunki u hech qachon to&#8217;g&#8217;ri uchmaydi. U g&#8217;iz etib yuqoriga ko&#8217;tariladi yoki pastga tushadi, shu on keskin buriladi, alqissa, chivin undan qochib qutulolmaydi. Ninachi-so&#8217;zanakning ko&#8217;zlari o&#8217;tkir. Uning ko&#8217;zi juda g\u2019ayrioddiy tuzilgan. Uning boshqa hasharotlarnikiday ikkita, ammo har bir ko&#8217;zi 30 mingta alohida ko&#8217;z-faset (hasharotlarning sodda ko&#8217;zdan iborat ko&#8217;rish a&#8217;zolari) dan iborat. Shu bois u birvarakayiga oldidagi, ortidagi, yoni va orqasidagi narsalarni ko&#8217;ra oladi. Ustiga ustak uning ko&#8217;z-fasetlari har xil ravishda ko&#8217;radi. Birlari olisda turgan narsani, boshqasi yaqinda turgan narsani, uchinchilari esa, ba&#8217;zi hayvonlarga xos bo&#8217;lmagan ranglarni ajratadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bu savolga javob berish oson emas, sababi, bu haqda hech kim o&#8217;ylab ko&#8217;rmagan. Odatda yirik jonivorlar: bo&#8217;rilar, sherlar, yo&#8217;lbarslar ko&#8217;p ovqat yeydi, deb o&#8217;ylashadi. Eng mechkay hayvon ninachidir. O&#8217;simliklar ustida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qaysi-hasharot-eng-mechkay\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-2232","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2232","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2232"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2232\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2233,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2232\/revisions\/2233"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2232"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}