{"id":2284,"date":"2021-09-27T20:47:15","date_gmt":"2021-09-27T17:47:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=2284"},"modified":"2021-09-27T20:47:17","modified_gmt":"2021-09-27T17:47:17","slug":"somoniylar-davlatining-tashkil-topishi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/somoniylar-davlatining-tashkil-topishi\/","title":{"rendered":"Somoniylar davlatining tashkil topishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Xalifalik Turkistonni Xuroson viloyatining tarkibiga kiritib, u yerga tayinlangan hokim orqali o\u2019lkani boshqarib turdi. Ammo unga goh Turkistonda, goh Xurosonning o\u2019zida ko\u2019tarilgan qo\u2019zg\u2019olonlarga qarshi kurashishga to\u2019g\u2019ri keldi. Hatto ba\u2019zan Xurosonning o\u2019zi mustaqilligini tiklagan vaqtlari ham bo\u2019ldi. Biroq xalifalik o\u2019z hukmronligini tiklashga muvaffaq bo\u2019lgan edi. Umuman aytganda oddiy xalqning ham, yuqori tabaqa vakillarining orasida ham xalifalik hukmronligia qarshi kuchlar mavjud edi. Natijada qonli to\u2019qnashuvlar sodir bo\u2019lgan xalifalik Xuroson viloyatining hokimi orqali Turkistondan har yili katta hajmda mablag\u2019 olib turgan. Masalan, Samarqand \u2013 326 ming dirham, Farg\u2019ona \u2013 280 ming dirham, Toshkent \u2013 607 ming dirham, Usrushana \u2013 50 ming dirhamni soliq tarzda xalifa saroyiga yuborib turgan. Bunday hajmdagi to\u2019lovlar o\u2019z davri uchun salmoqli mablag\u2019 hisoblangan. Xalifalik tomonidan mustaqillik va ozodlikni barbod etilishi, zulm va adolatsizlik nafaqat mehnatkash ommani, balki mahalliy yuqori tabaqaning ilg\u2019or vakillarini ham kurashga otlantirgan edi. Bunday kishilardan tashkil topgan Somoniylar sulolasining faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Bu sulolaning asoschisi Somon qishlog\u2019i boshlig\u2019i Somonxudot hisoblanib, Xuroson hokimi Ma\u2019munning hurmatiga sazovor bo\u2019lgan. Hatto, hokim uning nevaralarini Turkiston viloyatlariga rahbar etib tayinladi. Xususan, Nux \u2013 Samarqandni, Ahmad \u2013 Farg\u2019onani, Yax\u2019yo \u2013 Toshkent va Usrushaning hokimi bo\u2019ldi. Dastavval ular xalifalikning xizmatini sidqidillik bilan ado etib katta ishonch qozondilar. Uchta aka-ukalar bamaslahat o\u2019lkani boshqardilar. Ularning tepasida Ahmad Somoniy turgan edi. Bu vaqtga kelib, xalifarlik ancha zaiflashib ketganligi tufayli Ahmad Somoniy o\u2019lka mustaqilligini tiklash choralarini amalga oshirib bordi. Bu siyosatni uning Farg\u2019onada tug\u2019ilgan o\u2019g\u2019li Nasr yanada kuchaytirdi. 874 yilda u ukasi Ismoilni Buxoroga hokim etib tayinlandi. Bu hokim 893 yilda akasi Nasrning vafotidan keyin butun Movarounnahrni o\u2019z qo\u2019liga birlashtirib mustaillik siyosatini yurgizadi. Bundan g\u2019azablangan xalifa Mu\u2019tazid (892-902) Ismoil Somoniyga qarshi qo\u2019shin jo\u2019natadi. 900 yilda bo\u2019lgan jangda Ismoil Somoniy dushman qo\u2019shinini tor-mor etib, Xurosonni ham egallab, mustaqillikni tiklaydi. Bunda xalqning qo\u2019llab-quvvatlashi va qatnashishini muhim o\u2019rinni egalladi. VIII asrning ikkinchi yarmida mamlakatning mudofaasiga katta ahamiyat berilgan edi. Xususan Buxoro vohasi \u201cKampirak\u201d nomli uzundan uzun va bahaybat devor bilan o\u2019rab olindi. \u201cBu devor Konimex rayonida Qoratog\u2019dan boshlanib, Zarafshon daryosining o\u2019ng betide Konimex, Qiziltepa, G\u2019ijduvon, Shofirkon rayonlarining shimolidagi cho\u2019l chegarasini o\u2019rab olgan. So\u2019ngra hozir qum bosib qolgan joylardan o\u2019tib, Buxoro viloyatining qadimgi obod yerlarini g\u2019arb va janub tomondan o\u2019raydi. So\u2019ngra Qiziltepa rayoniga chiqib, Zarafshonning chap tomoni bilan ketib, Karmana bilan Qiziltepa oralig\u2019ida daryo labida tugaydi. Devorning uzunligi taxminan 350 kilometrga yaqin bo\u2019lib kengligi ba\u2019zi yerlarda 2 metrdan oshiqroq saqlangan. Devo ham g\u2019isht va paxsadan qurilgan bo\u2019lib, bir qancha joylarda darvozalari bo\u2019lgan. Tekshirishlarga qaraganda, bu devor haqiqatan ham VIII asrning ikkinchi yarmida obod, suvli yerlarni o\u2019rab olgan. Obod yerlarning maydoni o\u2019sha vaqtlarda hozirgina nisbatan bir muncha keng bo\u2019lgan. Chunki Buxoro viloyatining hozirgi sug\u2019oriladigan yerlari bilan \u201cKampirak\u201d devor chegarasi o\u2019tgan oraliqdagi yerlar cho\u2019lga aylangan katta maydonni tashkil qiladi. Bu yerlarda xarob bo\u2019lib qolgan ko\u2019hna qishloq izlari, uy joy qoldiqlari va ro\u2019zg\u2019or buyumlarining siniqlari juda ko\u2019p\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu nihoyatda katta va uzun devor Ismoil Somoniy vaqtida ta\u2019mirlanishni talab etgan. Bu haqda unga gapirilganda: \u201cMeni o\u2019zim Buxoro devoriman\u201d, &#8211; deb javob bergan. Bu bilan Ismoil Somoniy o\u2019zining kuch-qudratini anglatib, devorsiz ham Buxoroni saqlashini bayon etgan. Haqiqatan ham u aql-idrokli, mard va jasoratli davlat arbobi bo\u2019lgan edi. Shuning uchun u mamlakat mustaqilligini tiklashda hal qiluvchi o\u2019rinni egalladi. Ismoil Somoniy 907 yilda vafot etgan. Uning davrida mamlakatda taraqqiyot ko\u2019zga tashlanib, poytaxt sifatida Buxoro shahrining mavqei juda oshdi. \u201cU, &#8211; deydi Narshaxiy, &#8211; yigirma yil Xuroson amiri bo\u2019ldi. Hukmronlik muddati o\u2019ttiz yil edi. Xudoyi taolo uni rahmat qilsin, negaki uni davrida Buxoro poytaxt bo\u2019ldi, Somoniylar sulolasidan chiqqan hamma amirlar Buxoroda turadigan bo\u2019ldilar. Undan oldin Xuroson amirlarining hech biri Buxoroda turgan emas. U Buxoroda turishni o\u2019zi uchun muborak deb hisoblar, uning ko\u2019ngli Buxorodan boshqa hech bir yerda orom topmas va u qayerda bo\u2019lmasin: \u201cbizning shahar, ya\u2019ni Buxoro, ana bunda, &#8211; ana shunday der edi\u201d. Xullas Ismoil Somoniy Movarounnahr va Eronni o\u2019z ichiga olgan mustaqil va qudratli davlatni tashkil etib, arab xalifaligining hukmronligini tugatdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xalifalik Turkistonni Xuroson viloyatining tarkibiga kiritib, u yerga tayinlangan hokim orqali o\u2019lkani boshqarib turdi. Ammo unga goh Turkistonda, goh Xurosonning o\u2019zida ko\u2019tarilgan qo\u2019zg\u2019olonlarga qarshi kurashishga to\u2019g\u2019ri keldi. Hatto ba\u2019zan Xurosonning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/somoniylar-davlatining-tashkil-topishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-2284","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2284","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2284"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2284\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2285,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2284\/revisions\/2285"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2284"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}