{"id":2397,"date":"2021-09-29T12:37:48","date_gmt":"2021-09-29T09:37:48","guid":{"rendered":"http:\/\/milliycha.uz\/?page_id=2397"},"modified":"2021-09-29T12:37:48","modified_gmt":"2021-09-29T09:37:48","slug":"kaltakesaklar-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kaltakesaklar-nima\/","title":{"rendered":"Kaltakesaklar nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Kaltakesaklar timsohlar, toshbaqalar va ilonlar kabi reptiliyalar, sudralib yuruvchilar sinfiga mansubdir. Kaltakesaklarning 3 mingdan ziyod turi mavjud. Kaltakesakning panjasi to&#8217;rtta, tanasi ingichka va dumi uzun bo&#8217;ladi. Kaltakesaklarning hammasi bir yilda bir necha marta o&#8217;zlarining tangachali terisini almashtiradi. Ular qutb mintaqalaridan tashhqari, dunyoning qolgan hamma burchagida yashaydi. Tropik vohalar ular uchun eng qulay maskandir, ammo ular mo\u2019tadil iqlimda ham yashay oladi. Kaltakesaklar qishni uxlab o&#8217;tkazadi. Kaltakesaklar asosan kalta bo&#8217;ladi: odatda ularning bo&#8217;yi yarim metrdan oshmaydi. Eng katta kaltakesaklar Indoneziyaning Komodo orolida yashovchi varanlardir; ularning bo&#8217;yi uch metrgacha bo&#8217;ladi, og&#8217;irligi esa 140 kilogrammdan oshiq keladi. Ular ko&#8217;rinishidan afsonalardagi ajdarholarni eslatadi. Odatda, kaltakesaklar uzoq yashamaydi. Ayrimlarigina ikki uch yil yashashi mumkin. Eng uzoq umr ko&#8217;rgan kaltakesak tutqunlikda o&#8217;sib, 25 yil yashagan. Kaltakesaklar, odatda, uchib borayotgan hasharotlarni uzun tili bilan tutib ovqatlanadi. Ular o&#8217;ljasini chaynamasdan yutadilar. Ular tutgan o&#8217;ljasini tishi bilan ushlab tursa-da, ulardan kamdan-kam hollarda foydalanadi. Ayrim kaltakesaklar o&#8217;ziga xos &#8220;parhez&#8221; qiladi. Masalan, muguzli kaltakesaklar, asosan chumolilar bilan ovqatlanadi. Boshqa kaltakesaklar o&#8217;t yoki mevalar bilan oziqlanadi. Katta varanlar ayrim turdagi eti zaharli timsohlarni yeb kun kechiradi. Ular o&#8217;laksalar, gohida kichik yovvoyi cho&#8217;chqalarni tutib, butunlay yutadilar. Ko&#8217;pchilik kaltakesaklar tuxumdan ochib chiqadi, ammo bolalaydiganlari ham bor. Urg&#8217;ochisi tuxumini yerga yoki chirib yiqilgan daraxtlar poyiga qo&#8217;yib bekitadi. Ular, ko&#8217;pincha, tuxumlarini boshqa mazaxo&#8217;rak hayvonlardan muhofaza qiladi. Tuxumdagi kaltakesaklarning o&#8217;ziga xos &#8220;tuxum tishlari&#8221; jag&#8217;ining ustki qismidan o&#8217;sib chiqadi. Bu tishlardan tuxumdan chihqish payti yetib kelganda, tuxum qobig\u2019ini sindirishda foydalaniladi. Keyinroq bu tishlar yo&#8217;qolib ketadi. Kaltakesaklarning ko&#8217;p turi sahrolarda yashaydi. Ular aksariyat hayvonlar bardosh berolmaydigan issig\u2019u qurg&#8217;oqchilikka chidamlidir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kaltakesaklar timsohlar, toshbaqalar va ilonlar kabi reptiliyalar, sudralib yuruvchilar sinfiga mansubdir. Kaltakesaklarning 3 mingdan ziyod turi mavjud. Kaltakesakning panjasi to&#8217;rtta, tanasi ingichka va dumi uzun bo&#8217;ladi. Kaltakesaklarning hammasi bir yilda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kaltakesaklar-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-2397","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2397","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2397"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2397\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2398,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2397\/revisions\/2398"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2397"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}