{"id":2560,"date":"2021-09-30T13:48:24","date_gmt":"2021-09-30T10:48:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=2560"},"modified":"2021-09-30T13:48:24","modified_gmt":"2021-09-30T10:48:24","slug":"jonli-planyorlar-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jonli-planyorlar-nima\/","title":{"rendered":"Jonli planyorlar nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Olimlar nayburunlar guruhiga kiruvchi albatroslar, bo&#8217;ronqushlarni tirik planyorlar deb atashadi. Qushlar bu nomni bekorga olishmagan: ularning burun kavagi muguz naylarga ulangan. Ularning guruhiga 120 ga yaqin qushlar kiradi. Ochiq okeanning million yillardan buyon o&#8217;zlashtirilishi bilan nayburunlarda ajoyib fazilatlar, birinchi galda sekin-asta pastlab uchish qobiliyati paydo bo&#8217;ldi. Havoni shiddat bilan tilib uchayotgan albatroslarni kema ustida turib kuzatish naqadar zavqli. U uchganda deyarli qanotlarini silkitmaydi. Tirik planyorlar to&#8217;lqindan qaytgan shamol kuchidan foydalanadi. Bu usul, dinamik parvoz deyiladi. U yerdan ko&#8217;tarilayotgan issiq havo oqimi qushlarning (qoraqushlar, laylaklar va hokazo) ko&#8217;tarilish kuchiga xizmat qiladigan turg&#8217;unlikdan farqlanadi. Shiddat bilan uchadigan va yaxshi suzadigan qushlar quruqlikda juda qiynalib yuradilar. Oyoqlarining pardali tuzilishi ularning o&#8217;zlarini u yon-bu yonga tashlab, kelishmagan, lapanglab yurishga majbur etadi. Hidni sezish bo&#8217;shliqlarining kuchli rivojlangani va murakkab tuzilishi nayburun qushlarning g&#8217;aroyib xususiyatidir. Olimlar qushlarning to&#8217;lqindan qaytgan havo oqimi, uning kuchi va tezligini bilib olish qobiliyatini aviatsiyada qo&#8217;llaniladigan va fizikada &#8220;Pito naylari&#8221; deb ataladigan oddiy moslama bilan izohlaydilar. Ikkita perpendikulyar holatda joylashtirilgan naylardagi bosim farqini o&#8217;lchash (nayburunlarda bu og&#8217;iz va burun bo&#8217;shlig&#8217;i) shamolning tezligini aniqlash imkonini beradi. Nayburunlar hozirgi vaqtda janubiy yarim qutbda yashaydi. Ayrimlarigina shimoliy qutbga yetib borishi mumkin. Dengizchilar orasida o&#8217;lgan odamlarning ruhi albatroslarga jo bo&#8217;ladi, degan fikr yashaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Olimlar nayburunlar guruhiga kiruvchi albatroslar, bo&#8217;ronqushlarni tirik planyorlar deb atashadi. Qushlar bu nomni bekorga olishmagan: ularning burun kavagi muguz naylarga ulangan. Ularning guruhiga 120 ga yaqin qushlar kiradi. Ochiq okeanning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jonli-planyorlar-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-2560","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2560","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2560"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2560\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2561,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2560\/revisions\/2561"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2560"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}