{"id":2584,"date":"2021-09-30T14:35:07","date_gmt":"2021-09-30T11:35:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=2584"},"modified":"2021-09-30T14:35:08","modified_gmt":"2021-09-30T11:35:08","slug":"qarga-nega-zararli-qush-sanaladi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qarga-nega-zararli-qush-sanaladi\/","title":{"rendered":"Qarg&#8217;a nega zararli qush sanaladi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Aksariyat qushlarga biz xayrixohlik bilan qaraymiz va ularni do&#8217;stlarimiz, deb bilamiz. Gap qarg&#8217;a haqida ketganda, darrov kayfiyatimiz xomush tortadi. Ma&#8217;lumki, fermerlar ko&#8217;rganda qo&#8217;rqadi va yaqin yo&#8217;latmaydi, degan o&#8217;y bilan ularga qarshi qo&#8217;rg&#8217;ich o&#8217;rnatadilar. Garchi qarg&#8217;alarning axlatchi sifatida sal-pal foydasi tegsa-da, ularning foydasidan zarari bisyor. Birinchidan, qarg&#8217;alar ustasi farang o&#8217;g&#8217;ri bo&#8217;ladi. Ular nafaqat boshqa uyalardagi tuxumlarni, balki polaponlarni ham o&#8217;g&#8217;irlaydilar! Ular hatto tovuqxonalarga ham tuxum qidirib tushadi va endi ochilgan jo&#8217;jalarni ushlab olsa, o&#8217;zi bilan olib ketadi. Eng yomoni ular hosilga juda katta ziyon yetkizadi. Qarg&#8217;alar ekinlarni rosa yeb va payhon qilganidan fermerlar ularni o&#8217;zlarining ashaddiy dushmani, deb biladilar. Qarg&#8217;alarning uzunligi 48 santimetr atrofida bo&#8217;ladi. Uning tusi, jumladan, panja va tumshug&#8217;i ham qop-qora. Har yerda hozir nozir bu qush o&#8217;zining kattagina tumshug&#8217;idan har xil maqsadlarda foydalanadi. Uning ishtahasi yomon emas, u mevalarni, urug\u2019u donlarni, parrandalar tuxumiyu hasharotlarni yoki qurbonining toza go\u2019shtini yeydi. U har xil ovqatlarni tanovul etgani uchun ham biron joyga uchib ketishga ehtiyoj sezmaydi (ayrimlari qishda janub tomonlarga uchib ketadi). Qarg\u2019alar favqulodda o&#8217;tkir nigohli va eshituvchan. Ularni ko&#8217;pincha katta va kichik gala bo&#8217;lib yurgan holatda ko&#8217;rish mumkin, gala bo&#8217;lganda ular dushmandan unchalik hayiqmaydi. Qargalar juda ayyor hisoblanadi, ammo ularni aldash uchun ham ko&#8217;pgina usullar o&#8217;ylab topilgan. Qarg&#8217;alar o&#8217;z polaponlariga juda sadoqatli bo&#8217;ladi. Shuning uchun ham ular makiyon qarg&#8217;aning xirillagan va keskin tovush chiqarishi bilan bir joyga to&#8217;planadi. Yana ular ba&#8217;zi paytlari qirg&#8217;iy va boyo&#8217;g&#8217;lilarga hujum qiladi, shuning uchun ularni tutish maqsadida qirg&#8217;iy va boyo&#8217;g&#8217;lilar tulumidan foydalaniladi. Qarg&#8217;alar uyalarini daraxtlarga 9 metrdan kam bo&#8217;lmagan holda quradi va erta bahorda bola ochadi. Mana shu vaqtda ular yakka holda kun kechiradi. Yosh qarg\u2019a uchishi bilan gala yana to&#8217;planadi. Qishda ular keng bir daraxtzor joyga to&#8217;planadilar va tunni shu yerda o&#8217;tkazadilar. Ertalab ular har yoqqa ovqat izlab uchib ketadi va kun botishi bilan shu yerga qaytib keladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Aksariyat qushlarga biz xayrixohlik bilan qaraymiz va ularni do&#8217;stlarimiz, deb bilamiz. Gap qarg&#8217;a haqida ketganda, darrov kayfiyatimiz xomush tortadi. Ma&#8217;lumki, fermerlar ko&#8217;rganda qo&#8217;rqadi va yaqin yo&#8217;latmaydi, degan o&#8217;y bilan ularga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qarga-nega-zararli-qush-sanaladi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-2584","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2584","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2584"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2584\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2586,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2584\/revisions\/2586"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2584"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}