{"id":2613,"date":"2021-09-30T15:43:04","date_gmt":"2021-09-30T12:43:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=2613"},"modified":"2021-09-30T15:43:05","modified_gmt":"2021-09-30T12:43:05","slug":"totilar-qayerdan-kelgan","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/totilar-qayerdan-kelgan\/","title":{"rendered":"To&#8217;tilar qayerdan kelgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>To&#8217;tilar mavjud qushlarning eng qadimiy turlaridan biri hisoblanadi. To&#8217;tilarning tarixgacha bo&#8217;lgan davrga tegishli tosh qoldiqlari topilgan, minglab yillar o&#8217;tishiga qaramay ular o&#8217;z qiyofasini saqlab qolgan. Hozirgi paytda to&#8217;tilarning 600 dan ziyod turi bor, ular yashaydigan mintaqa esa tropik hududlarga to&#8217;g&#8217;ri keladi. To&#8217;tilar Janubiy Osiyoda, Shimoliy Afrikada, Avstraliya va Malayya orollarida keng tarqalgan. To&#8217;tilar ancha sabotli qush va uzoq yashaydi. Ular har qanday sharoitga tez moslashadi. Mana shu sababdan dengizchilar ularni o&#8217;zlariga hamroh qilib olganlar. Bu qushlarning tusi yorqin va alomatli, agar ularning gapira oladigani bo&#8217;lsa, atrofdagilarning anchagina vaqtini xushlaydi. To&#8217;ti garchi tropik qush sanalsa-da, tutqunlikda ham, sovuq ob-havoda ham o&#8217;zini juda yaxshi his etadi. To&#8217;tilar o&#8217;z vatanlarida gala-gala bo&#8217;lib, o&#8217;rmonlarda yashaydi. Shu narsa ma&#8217;lumki, to&#8217;tilar juda jasur va ishonchli qushlardir. Xavf tug&#8217;ilgan chog&#8217;lar ular darrov birlashib, xavfni bartaraf etishga kirishadi. To&#8217;tilar et emas hush bo&#8217;lib, mevalar, kurtaklar, palma va anjir yong\u2019oqlari bilan oziqlanadi. Ular maymunlar kabi shoxdan-shoxga qo&#8217;nib ovqat izlaydi. Shoxdan-shoxga sakrayotganda ular tumshuqlari va oyoqlaridan ham foydalanadi. Agar siz biror gal to&#8217;tining ovqatlanganini ko&#8217;rgan bo&#8217;lsangiz, u oyoqlaridan qo&#8217;l sifatida foydalanishini bilasiz. U tanlagan ovqatini tirnoqlarida changallab, lazzat qilib yeydi. To&#8217;tilar o&#8217;z uyalarini daraxtlar kavagiga qo&#8217;yadi. Ularning tuxumi oq bo&#8217;ladi. Ota-onalari polaponlariga juda g\u2019amxo&#8217;r bo&#8217;ladi va ovqat topish ilinjida juda uzoqlarga sayrga chiqadi. To&#8217;tilar yurishni xohlamaydi, ammo ular juda yaxshi sakraydi va uchadi. Eng qobiliyatli &#8220;gapiruvchi&#8221; to&#8217;ti \u2014 Afrika kulrang to&#8217;tisidir, buning ustiga u eng aqlli qushlardan hisoblanadi. Odamlar to&#8217;tining gapirishiga mahliyo bo&#8217;lishadi: axir bu o&#8217;ziga xos ermak-da. Ammo hozirga qadar bizga bu qushning odam nutqini qay tariqa o&#8217;xshatishi noma&#8217;lum bo&#8217;lib qolmoqda! Ayrimlar to&#8217;tining tili uzunligi va qalinligi hamda uning o&#8217;ziga xos tuzilishi tufayli gapira oladi, deb hisoblaydilar. Balki, tilining aynan shundayligi uning gapirishiga imkon berar, ammo bular gapirish uchun majburiy sharoitlar emas. Boshqa &#8220;gapiradigan&#8221; qushlar, masalan, tropik chug&#8217;urchiq-mayna, qarg&#8217;alar unikiday qalin va katta tilga ega emas. Qirg&#8217;iylar va lochinlarning esa tili unikiga o\u2019xshaydi, ammo gapira olmaydi! Balki uning gapirishiga boshqa qushlardan ko&#8217;ra &#8220;hissiy&#8221; qobiliyati yuksakligi sababchidir? Bizningcha, bu ham uning gapirishiga sabab bo&#8217;la olmaydi. Aytgancha, ko&#8217;p biologlar to&#8217;tilar va boshqa gapira oladigan qushlar o&#8217;zlari aytgan so&#8217;zning farqini bilmaydilar, muayyan ifodalar va harakatlar o&#8217;rtasidagi aloqalarni fahm etadilar, deb hisoblaydilar. To&#8217;tilarning &#8220;gapirishiga&#8221; ularning eshitish va ovoz mexanizmlari boshqa qushlarnikidan ko&#8217;ra sekinroq ishlayotgani sababchidir. Odamning tovushi tabiat to&#8217;tilarga bergan ovozga o&#8217;xshashligi va bu uning odam tovushini o&#8217;xshata olishiga imkon berishi ham mumkin. To&#8217;tilarning eng yirigi kakapo yoki boyo&#8217;g&#8217;li to&#8217;tidir. Uning tik holatdagi bo&#8217;yi 60 santimetrga yetadi. Kakapo deyarli uchmaydi, 20 \u2014 30 metrga pastlab uchishi mumkin. Yangi Zelandiyada yashaydigan kakapolar hozirgi paytda kamayib bormoqda. Ulardan bor-yo&#8217;g&#8217;i 40 ta qolgan, ularning ham 12 tasi makiyondir. Parrandashunos olimlar ayni paytda boyo&#8217;g&#8217;li to&#8217;tiqushi sonini oshirish ustida ish olib bormoqdalar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>To&#8217;tilar mavjud qushlarning eng qadimiy turlaridan biri hisoblanadi. To&#8217;tilarning tarixgacha bo&#8217;lgan davrga tegishli tosh qoldiqlari topilgan, minglab yillar o&#8217;tishiga qaramay ular o&#8217;z qiyofasini saqlab qolgan. Hozirgi paytda to&#8217;tilarning 600 dan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/totilar-qayerdan-kelgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-2613","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2613","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2613"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2613\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2614,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2613\/revisions\/2614"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2613"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}