{"id":393,"date":"2021-08-31T12:59:26","date_gmt":"2021-08-31T09:59:26","guid":{"rendered":"http:\/\/milliycha.uz\/?page_id=393"},"modified":"2025-09-17T13:33:33","modified_gmt":"2025-09-17T10:33:33","slug":"samarqand-tarixi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/samarqand-tarixi\/","title":{"rendered":"Samarqand tarixi"},"content":{"rendered":"\n<p>Samarqand 2500 yoshda<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandni buyuk Sovetlar diyorining barcha mehnatkashlari va horijiy ellar yaxshi biladi. Mamlakatimizning boshqa shaharlari singari Samarqand ham kun sayin go\u2019zallashib bormoqda. Samarqand \u2013 ellikta sanoat korxonasida va ko\u2019plab qurilayotgan zavod va fabrikalarda mehnat qilayotgan ishchilar, injenerlar, texniklar, xizmatchilar shahri; oltita oliy o\u2019quv yurti va ko\u2019plab o\u2019rta o\u2019quv yurtlarida xizmat qilayotgan professorlar va o\u2019qituvchilar shahri; davlat va jamoat tashkilotlarida, energetika sistemalarida, kommunal korxonalarda, kooperativ muassasalarda ishlayotgan xodimlar shahridir.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulkan archalar, baland teraklar va asriy eman daraxtlari bilan qoplangan keng K.Marks ko\u2019chasi, Lenin prospekti, Toshkent ko\u2019chasi, universitet oldidagi M.Gorkiy xiyoboni qadimiy shaharning chiroyiga-chiroy qo\u2019shib turibdi. Davlat opera va balet teatrining ko\u2019rkam binosi va unga tutashib ketgan keng maydon \u2013 shaharliklarning sevimli oromgohlaridan biri. Maydon yaqinidagi balandlikd qadimiy Registon joylashgan. Samarqand mehnatkashlari 1917 yilning noyabrida shu yerda tantanali va qat\u2019iy ohangda Revolyutsiya bo\u2019lsin, reaksiya, pomeshchik-burjua mustamlakachilik tuzumi esa yo\u2019qolsin deb baralla aytganlar. O\u2019sha paytdan buyon Samarqand uzra tinchlik va sotsializm, ozodlik va xalqlar do\u2019stligi ramzi bo\u2019lgan Qizil bayroq ulug\u2019 Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi va O\u2019zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini sharaflab hilpirab turibdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sovetlar mamlakatning ajralmas bir qismi bo\u2019lgan Samarqandda shiddatli sinfiy kurashda davlat hokimiyatini o\u2019z qo\u2019liga olgan va barcha sovet xalqi bilan birgalikda lenincha Kommunistik partiya rahbarligida haqiqatan ham ajoyib ishlarni amalga oshirayotgan xalqning moddiy va ma\u2019naviy kuchlari ravnaq topmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Mehnatkash ommaning mehnati, zo\u2019r mahorati, iste\u2019dodi, dahosi tufayli bunyod etilgan qadimiy va hamisha navqiron Samarqandning 2500 yilligini bayram qilinishi sotsialistik voqeligimizning yorqin dalillaridan biridir.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand bunyod etilgan vaqtdan to hozirgi kunimizga qadar murakkab tarixiy yo\u2019lni bosib o\u2019tdi: u miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Afrosiyob xarobalari o\u2019rnida mudofaa devoir bilan o\u2019ralgan qadimiy qishloq edi, miloddan avvalgi IV asrda Marokanda, milodiy eraning V-VII asrlarida \u2013 Afrosiyob, milodiy eraning XIII asrigacha Samarqand-Simizkent va XIV-XV asrlarda Movarorounnahrning poytaxti \u2013 Simizkent-Samarqand deb ataldi; XVI asrning oxiridan to XIX asrning o\u2019rtalarigacha Samarqand Buxoro amirligi, 1868 yildan 1917 yilgacha chor mustamlakasi tarkibida bo\u2019ldi va nihoyat Samarqand Sovetlar zamonasida.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand hayotidagi har bir tarixiy davr o\u2019z xususiyatlariga ega bo\u2019lib, zamon ruhini o\u2019zida aks ettiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahondagi barcha shaharlar singari Samarqand ham insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyotning ob\u2019yektiv qonunlari (hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi, hokimiyatning markazlashuvi hamda yirik davlatning vujudga kelishi) asosida tashkil topdi va rivojlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bizning nuqtai nazarimizcha, Samarqand tarixini beshta asosiy davrga bo\u2019lib ko\u2019rsatish mumkin: birinchi davr \u2013 urug\u2019-qabilachilik tuzumi va tuzumi va quldorlik ijtimoiy munosabatlari shakllana boshlagan, yirik aholi punkti sifatida shaharning vujudga kelish davri bo\u2019lib, miloddan oldingi VIII-VII asrga to\u2019g\u2019ri keladi, ikkinchi davr \u2013 miloddan oldingi VI-IV asrlardagi quldorlik davri hamda feudal munosabatlarining vujudga kelish va rivojlanish davridan to XIII asrgacha bo\u2019lgan vaqtni o\u2019z ichiga oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1965-1968 yillarda Afrosiyobda olib borilgan arxeologik qazish ishlari shuni ko\u2019rsatdiki, bu davr mobaynida shahar territoriyasi hozirgi \u201ceski shahar\u201d hisobiga kengayadi, ammo shaharning asosiy qismi avvalgidek Afrosiyob territoriyasi bo\u2019lib qolaveradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chingizxonning istilochilik yurishlari natijasida 1220 yilda shahar yer bilan yakson qilib yuborildi va so\u2019ngra shahar Afrosiyob chegarasidan tashqarida bo\u2019lgan yangi joyda, hozirgi \u201ceski shahar\u201d territoriyasida yana vujudga keldi. Samarqand hayotining yangi (uchinchi) davri XIV asrning oxirlariga to\u2019g\u2019ri kelib, bu davrda u Temuriylar davlatining poytaxtiga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahar hayotidagi to\u2019rtinchi davr O\u2019rta Osiyoning Rossiyaga qo\u2019shib olinishi bilan bog\u2019liq bo\u2019lib, bu davrda o\u2019rta asrga oid ko\u2019hna shahar bilan bir qatorda uning Yevropa tipidagi yangi qismi ham paydo bo\u2019ldi<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019 Oktabr tufayli revolyutsion harakat markazlaridan, O\u2019rta Osiyo sotsialistik ekonomika va madaniyatni boshlab bergan shaharlardan biri bo\u2019lgan Samarqand tarixida ham yangi era boshlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomli SamDU ning D.N.Lev rahbarligidagi arxeologik ekspitsiyasi 1958-1968 yillarda hozirgi shahar markazida, Komsomol ko\u2019li territoriyasida joylashgan Samarqand paleolit davri manzilgohida arxeologik qazishmalar o\u2019tkazib, Afrosiyob, Marokanda, Samarqandning eng qadimiy davriga oid ko\u2019p ma\u2019lumotlar to\u2019pladi. Bu ma\u2019lumotlar Samarqand manzilgohining yuqori paleolit davriga mansub ekanligini yozma tarixdan ancha ilgari ham hozirgi Samarqand territoriyasida chaqmoqtoshdan mehnat qurollari tayyorlagan qadimgi odamlar yashaganligini ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>D.N.Lev bunday deb yozgan edi: \u201cCho\u2019ponota tepaligida juda ko\u2019p yashil chaqmoqtosh koni aniqlanib, Samarqand manzilgohida topilgan ko\u2019pgina qurollar ana shu chaqmoqtoshdan yasalgan. Manzilgohda yashagan odamlar o\u2019zlari uchun kerak bo\u2019lgan xom ashyoning bir qismini xuddi shu joylardan qazib olishgan degan taxminni tasdiqlash uchun bu yerda bundan keyin ham qazishma ishlarini olib boorish zarur\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>1965-1968 yillarda qadimiy Afrosiyobning pastki qatlamlarini o\u2019rganish borasida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida bu yerda miloddan avvalgi VII asrdayoq ko\u2019p tarmoqli hunarmandchilik ishlab chiqarishi rivoj topganligi va sertarmoq irrigatsiya shoxobchalari mavjud bo\u2019lganligi aniqlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>1965-1968 yillarda o\u2019tkazilgan arxeologik qazishmalar vaqtida ko\u2019plab sopol idishlar hamda boshqa uy-ro\u2019zg\u2019or anjomlari topildiki, bular o\u2019sha davr hunarmandchiligi haqida boy materiallar beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Siyob soyi yaqinidagi xandaqlar bilan o\u2019ralgan tepalikda joylashgan Afrosiyobning o\u2019z qal\u2019asi, mustahkam mudofaa devorli to\u2019rt davrozasi: Shimoliy, Sharqiy, Janubiy va G\u2019arbiy darvozalari bo\u2019lgan. Shoir Firdavsiyning o\u2019lmas \u201cShahnoma\u201d asarida kuylangan afsonaviy Turon podshosi Afrosiyob mazkur tepalikni keyinchalik o\u2019z qarorgohlaridan biriga aylantirgan bo\u2019lishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Yunon tarixchilarining, shu jumladan, Kvint Kurtsiyning ma\u2019lumotlariga qaraganda, miloddan avvalgi 329 yilda makedoniyalik Iskandar bosib olgan vaqtda Samarqand (aylanasi 10 kilometrdan ko\u2019proq) mudofaasi mustahkam, obod shahar, xalqi esa mard, yuksak madaniyatli va olijanob bo\u2019lgan. Yunon tarixchilari so\u2019g\u2019diylarning Spitamen boshchiligidagi kurashini tasvirlab yozgan asarlarida Marokanda deb ehtimol Samarqandni aytgandir.<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat, 1965 yili Afrosiyobdan topilgan VII asr saroy zallaridan birining devoridagi so\u2019g\u2019dcha xatda ham Samarqand so\u2019zi Smarakansa shaklida uchraydi. So\u2019g\u2019dshunos olimlarning yozishicha, Marokanda Samarqandning qadimiy Smarakansa shaklidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Yunon tarixchilarining yozishicha, makedoniyalik Iskandar miloddan avvalgi 328 yilda So\u2019g\u2019diyona poytaxti Marokandani zabt etib, uni vayron qilgan, so\u2019ngra o\u2019zining harbiy garnizoni uchun qal\u2019ani qaytadan tiklagan. Bobir makedoniyalik Iskandarning Samarqandni qurishi haqida yozganida xuddi ana shu qal\u2019ani nazarda tutgan bo\u2019lsa kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Keyinchalik Samarqand O\u2019rta Osiyoning boshqa joylari kabi makedoniyalik Iskandar sarkardalaridan biri Salavk tomonidan asos solingan Salavkiylar davlati, so\u2019ngra esa mahalliy oqsuyak hokimlar bilan grek-makedon harbiylari ittifoqi asosida tashkil topgan Grek-Baktriya podsholigi tarkibiga kirdi. Miloddan avvalgi ikkinchi asrda bu davlat mahalliy aholi, asosan ko\u2019chmanchi qabilalar zarbasi bilan parchalanib ketdi. Keyinchalik esa milodiy eraning boshida Grek-Baktriya podsholigi o\u2019rnida Kushan qabilalaridan tashkil topgan va tarixiy adabiyotda Kushan podsholigi deb atalgan davlat vujudga kelib, Samarqand ham shu podsholikka kirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>G.A.Pugachenkovaning keying yillarda olib borgan tadqiqotlarida keltirilgan ma\u2019lumotlarga qaraganda, bu podshohlikning markazi hozirgi O\u2019zbekistonning janubiy qismida bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019sha vaqtda Samarqand, shubhasiz, rivojlangan shaharlardan biri bo\u2019lgan. V.A.Shishkinning Samarqandning o\u2019sha davr tarixiga oid ma\u2019lumotlarini kitobxonlar diqqat-e\u2019tiboriga havola qilmoqchimiz. V.A.Shishkin ko\u2019hna shaharning shimoliy qismida Siyob bo\u2019yida yirik kvadrat shaklidagi g\u2019ishtlardan qurilgan binoni qazib topgan. Bino bir necha xonali bo\u2019lib, bulardan birida o\u2019choq saqlanib qolgan. Bu, aftidan, uyda o\u2019tga topinish uchun olov yoqiladigan o\u2019choq bo\u2019lgan. Unda chiroyli qilib ishlangan nafis sopol idishlar: uzun oyoqli qadahlar, turli shakldagi kosa va ko\u2019zalarni ko\u2019plab uchratish mumkin. Arxeologik ma\u2019lumotlarga ko\u2019ra, shahar milodgacha va milodning birinchi yuz yilligida ancha-muncha rivojlangan bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>V.A.Shishkinning yozishicha, Kushan podsholigida dastlabki davrlarda boy va qudratli davlat bo\u2019lsa ham, ammo to\u2019xtovsiz ichki janjallar va doimiy urushlar natijasida milodiy eraning III-IV asrlarida chuqur inqirozga yuz tutgan. Bunda ayniqsa sotsial iqtisodiy o\u2019zgarishlar ko\u2019proq rol o\u2019ynagan bo\u2019lsa kerak. Samarqandning shahar sifatidagi mavqei milodiy eraning V-VI asrlarida O\u2019rta Osiyoda eftalitlar, undan keyingi asrda esa turk xoqonlari o\u2019z hukmronliklarini o\u2019rnatdilar. Ammo ularning har ikkalasi ham O\u2019rta Osiyoda feodal davlatlarining ichki ishlariga kam aralashganliklari va bularning ichki taraqqiyotiga erka berganliklari tufayli O\u2019rta Osiyo xalqlarining xo\u2019jalik va madaniy taraqqiyoti yanada yuksalib bordi.<\/p>\n\n\n\n<p>VII asrning boshlarida O\u2019rta Osiyoda bo\u2019lgan xitoylik elchi Vey Tsze bunday deb yozgan edi: \u201cSamarqandning barcha aholisi mohir savdogar; bola besh yoshga kirishi bilanoq unga savod o\u2019rgata boshlaydilar, o\u2019qishni bilib olgandan so\u2019ng uni savdo ishlarini o\u2019rganishga majbur etadilar\u201d. Samarqandlik savdogarlar Yettisuvning ancha ichkarisiga va Xitoy chegaralarigacha yetib borib, u yerlarda savdo-sotiq qilganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>1965 yilning bahorida Afrosiyobda ajoyib kashfiyot qilindi. Bu yerda VII asrda qurilgan boy va nufuzli feodallardan biriga mansub bo\u2019lgan katta turar-joy binosi xarobasining bir qismi topildi. Ba\u2019zi xonalarning devorlari suratlar bilan yoppasiga bezatilgan bo\u2019lib, ularning qoldiqlari o\u2019sha davrdagi mo\u2019yqalam sohiblarining ajoyib san\u2019atiga munosib baho berish imkoniyatini tug\u2019diradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sharqdagi bir qancha mamlakatlarni o\u2019ziga bo\u2019ysundirgan arab istilochilari rivoj topayotgan va boy Samarqandga ketma-ket hujum boshlaydilar. Xalifalikning Xurosondagi noibi Qutayba 712 yilda Samarqandni ishg\u2019ol qiladi. Bu yerda istilochilar mazlum aholining arab istilochilariga qarshi birin-ketin bo\u2019lib turgan qo\u2019zg\u2019olonlaridan qo\u2019rqa-pisa yashardilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Qutayba 712 yili shaharda bir qism qo\u2019shinlarini qoldirib, Marvga qaytib kelganida, So\u2019g\u2019d aholisi shimoliy viloyatlardan ko\u2019chmanchi turklarni yordamga chaqiradi. Arablarning qo\u2019l ostida faqat Samarqandgina qoladi. Mamlakat arablarga bo\u2019ysunishdan bosh tortadi va natijada Qutayba keyingi yili mamlakatni yana qaytadan bosib oladi. Lekin bus afar ham arablar So\u2019g\u2019d territoriyasini butunlay zabt eta olmaydi. Isyonlar keyingi o\u2019n yilliklar mobaynida ham davom etib turadi. Shunday paytlar ham bo\u2019lganki, arablar qo\u2019lida faqat Samarqand va yaxshi mustahkamlangan ayrim punktlargina qolgan. VIII asrning 30-yillarida esa g\u2019alayon ko\u2019targan aholi Samarqandni ozgina vaqt bo\u2019lsa-da, yordamga kelgan ko\u2019chmanchi turklar bilan birga egallab turgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Istilochilar faqat harbiy kuch bilangina harakat qilib qolmaganlar. Arablar VII asrning birinchi yarmida Makka va Madina shaharlarida vujudga kelgan yangi din \u2013 islomni aholi o\u2019rtasida yoyish yo\u2019li bilan undan yerli aholini tutqunlikda saqlash vositasi sifatida foydalangan. Arablar ba\u2019zi joylarda zo\u2019rlik va tahdid bilan, ba\u2019zi yerlarda turli sohta imtiyozlar, jumladan, islomni qabul qilganlarni soliqlardan ozod etishni va\u2019da qilib, O\u2019rta Osiyoda islom dinini yoyishga uringanlar. Ular otashparastlarga mansub bo\u2019lgan so\u2019g\u2019diylarning eski ibodatxonalarini vayron etib, kohinlarni ta\u2019kib qilganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>X-XI asrlarda yashagan o\u2019rta osiyolik mashhur olim Beruniy bunday deb yozgan edi: \u201cXorazm yozuvini yaxshi bilgan, ularning rivoyatlaridan xabardor bo\u2019lgan va xorazmliklardagi mavjud ilm-fanlarni o\u2019rgatuvchi kishilarni Qutayba qirib tashladi va turli qiynoq-azoblarga soldi\u201d. Istilochilarning madaniyatidan shubhasiz ancha yuqori turgan mahalliy madaniyatga qarshi kurash So\u2019g\u2019dda ham olib borildi.<\/p>\n\n\n\n<p>IX asrning boshlarida Samarqandda katta qo\u2019zg\u2019olon boshlandi. Bu safar mahalliy aholining harakatiga arab lashkarboshlaridan biri Rafi ibn Lays boshchilik qildi. Qo\u2019zg\u2019olon qariyb to\u2019rt yil davom etdi, lekin bostirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Arab istilochilari bo\u2019ysunishni istamagan So\u2019g\u2019d, Farg\u2019ona va Shosh aholisiga qarshi bir yuz ellik yildan ortiq vaqt qattiq kurash olib bordi. Bu kurash mamlakatni og\u2019ir ahvolga solib qo\u2019ydi, chunki deyarli uzluksiz davom etgan urush harakatlari mamlakatni xarob qilib, vayronagarchilik keltirdi, qishloq va shaharlarni yo\u2019q qilib yubordi. Masalan, Panjikent shahri vayron etilib, ahoisi shaharni tashlab, yangi joyga ko\u2019chib ketishga majbur bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Afrosiyobda o\u2019tkazilgan qazishmalar vaqtida ham vayrongarchiliklarning izlari topilmoqda. Yuqorida aytib o\u2019tilgan va devorlariga suratlar chizilgan bino, aftidan, ancha vaqtgacha bo\u2019sh qolib, hech kim turmagan bo\u2019lsa kerak. Noma\u2019lum kimsalar, ehtimol, arablar devordagi odamlar tasvirini ko\u2019rib, islom dini taqiq etgan bunday suratlarni pichoq yoki biror o\u2019tkir narsa bilan buzib tashlagan. Shahar territoriyasining hammasi bo\u2019lmasa ham ancha qismi bir qancha vaqt kimsasiz huvillab yotgan, keyin samarqandliklarning o\u2019zlari, ehtimo, vayron etilgan boshqa shahar va qishloqlarning aholisi ko\u2019chib kekib, uni yana obod qilgan deb faraz qilish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Arab xalifaligidan ozod bo\u2019lish uchun olib borilgan kurash Somoniylar davlatining tashkil topishi bilan tugallandi. Samarqand dastlab bu davlatning poytaxti bo\u2019lib turdi, so\u2019ngra IX asrning oxiridan boshlab, Ismoil Somoniy hukmronlik qilgan davrda poytaxt Buxoroga ko\u2019childi. Biroq o\u2019sha vaqtda ham Samarqand Buxoro bilan bir qatorda Movarounnahrning iqtisodiy va madaniy markazi bo\u2019lib turdi.<\/p>\n\n\n\n<p>IX asrning ikkinchi yarmi va X asrning birinchi yarmida Movarounnahrning, shu jumladan, Samarqand aholisining iqtisodiy va mdaniy hayoti ancha yuksaldi. Vayronalar ustida shahar yangitdan qad ko\u2019tardi, shu bilan birga, shaharning o\u2019zi ham kengaydi, yangi binolar uning husniga husn qo\u2019shdi. Samarqand ko\u2019hna Afrosiyob joylashgan butun tepalikni egalladi va to\u2019rt darvozali baland devorlar bilan o\u2019rab olindi. Shahardan janubroqda, Hazrati Xizr machiti yaqinidagi Kesh darvozasi narii tomonida bozor va hunarmandlarning ustaxonalari bo\u2019lgan savdo-sotiq rabotlari vujudga keldi. Shahar markazi asta-sekin janubga tomon, hozirgi vaqtda Bibixonim machiti xarobalari turgan joydan Registonga va Chokardiza mahallasini o\u2019z ichiga olgan yerlarga yoyildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Lekin Afrosiyob tepaligidagi shaharning ko\u2019hna qismida ham jo\u2019shqin hayot davom etardi. Shaharning bu qismi Hazrati Xizr machiti yaqinidan boshlanadigan bir necha kanal orqali suv bilan yaxshi ta\u2019minlangan edi. Kanallarning biri to\u2019ppa-to\u2019g\u2019ri shimolga qarab, hozirgi daraxtlar xiyoboni tomon oqib baland damba bo\u2019ylab qal\u2019a tepaligi etagidagi joylarni kesib o\u2019tib, sopol quvurlardan yasalgan vodoprovod orqali shaharning shimoliy qismini suv bilan ta\u2019minlab turgan. Boshqa ikki magistral kanal hozirgi vaqtda Toshkentga va aeroportga boriladigan yo\u2019llar tomon oqqan.<\/p>\n\n\n\n<p>Kesh darvozasi yonidan boshlanadigan asosiy magistral ko\u2019chalar kanallar yoqalab ketgan; g\u2019arbiy magistral ko\u2019cha Buxoro darvozasi tomon (Siyob ko\u2019prigidan aeroport yo\u2019nalishi tomon), o\u2019rta magistral ko\u2019cha qal\u2019a tomon, sharqiy magistral ko\u2019cha esa ko\u2019hna shahar sharqi-shimoliy burchagida joylashgan darvoza tomon olib borgan. Qazish ishlari vaqtida Shohizinda tomon o\u2019tkazilgan yana bir kanal qoldiqlari ham aniqlandi. Kanallardan suv taqsimlaydigan kichik shoxobchalar chaqirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Suv taqsimlanadigan hitfa (Hazrati Xizr machiti yonida) suv janubdan, aftidan, Chokazdiza mahallasi orqali o\u2019tgan kanaldan oqib kelgan bo\u2019lsa kerak. Bu mahalla bilan shaharning qadimiy qismi devorlari o\u2019rtasidagi joy pastqam bo\u2019lganligi uchun qadimgi irrigatorlar o\u2019sha davr uchun ajoyib inshoot qurishgan va natijada suv qadimiy Rimdagi mashhur vodoprovodlar singari akveduklar (osma novalar) orqali o\u2019tgan. Osma novalar qo\u2019rg\u2019oshin bilan qoplangan bo\u2019lgani uchun bu kanal Jun Arziz (\u201cQo\u2019rg\u2019oshin arig\u2019i\u201d) nomi bilan mashhur bo\u2019lgan. Qadimiy quruvchilarning yuksak mahoratidan dalolat beruvchi bu inshoot barpo etilgan vaqt sanasi hali aniq bo\u2019lmasa-da, har qalay kanal arablar istilosiga qadar qurilgan bo\u2019lsa kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharda chuqur qazilgan quduqlar ko\u2019p bo\u2019lgan, chunki bu yerda yer osti suvlari yer yuzasidan juda chuqurda joylashgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019rta asr tarixchilari va geografilarning yozishicha, o\u2019sha vaqtdagi Samarqand ko\u2019chalariga tosh yotqizilgan. Buni arxeologik tadqiqotlar tasdiqlaydi. Chunonchi, 1965 yilda ko\u2019hna ularning ko\u2019pchiligiga Cho\u2019ponotadan keltirilgan slanets bo\u2019laklari yotqizilgan edi. V.A.Shishkinning ilmiy tadqiqotlaridan keltirilgan bu parchalar Samarqandning o\u2019sha davrdagi tarixi qisqa, ammo ravshan ifodalab beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixchilar va arxeologlarning yakdillik bilan bildirgan fikrlariga ko\u2019ra, dev yozadi V.A.Shishkin, Samarqand 1220 yilning martida yangi, ehtimol, eng dahshatli voqealarni boshidan kechirgan. O\u2019sha yilning fevralida Buxoro va Zarafshon vodiysining talay qismini zabt etgan Chingizxon askarlari shaharga yaqinlashib qolgan edi. O\u2019sha vaqtda O\u2019rta Osiyoning viloyatlarini birlashtirib hukmronlik qilayotgan Xorazm shohi Muhammadning shaharni mustahkamlash choralarini ko\u2019rganligini Afrosiyob devorlarini o\u2019rganish ishi ko\u2019rsatib turibdi. Devorlarning ma\u2019lum qismi tuzatilgan. Shaharning o\u2019zida qo\u2019shib ko\u2019p sqlangan (ba\u2019zi ma\u2019lumotlarga ko\u2019ra 100 mingdan ziyod, ayrimlarida qirq mingga yaqin qo\u2019shin bo\u2019lgan, deyiladi). Biroq mamlakatda hukm surgan ichki feodal nizo-janjallar, shohlar bilan ularga bo\u2019ysunmagan feodal lashkarboshilari o\u2019rtasidagi dushmanlik chinakamiga mudofaa uyushtirish imkonini bermagan. Mo\u2019g\u2019ullar Samarqandni qamal qilganlaridan keyin, shaharning qo\u2019shin boshliqlari taslim bo\u2019lishga qaror qilganlar. Shaharning ancha mustahkam bo\u2019lgan shimol qismidagi bir guruh dovyuraklar uni mudofaa qilishni davom ettirganlar. Lekin mo\u2019g\u2019ullar hujum qilib, shaharning bu qismini ham ettirganlar. Jome machitda yashiringan ming kishiga yaqin so\u2019nggi himoyachilar qirib tashlangan, machitning o\u2019ziga o\u2019t qo\u2019yilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Machit joylashgan yerda olib borilgan arxeologik ishlar shuni ko\u2019rsatadiki, machit yog\u2019och ustunlar bilan o\u2019ralgan to\u2019g\u2019ri burchakli katta hovlidan iborat bo\u2019lgan. Ustun va to\u2019sinlar o\u2019yma naqshlar bilan bezatilgan. Naqsh izlari usti kuygan yog\u2019och bo\u2019laklarida hozir ham yaxshi bilinib turibdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahar shafqatsiz ravishda talangan, Samarqandga shuhrat keltirgan ming-minglab mohir hunarmandlar olib ketilib, Chingizxonning o\u2019g\u2019illari va qarindosh-urug\u2019lariga berilgan. Hunarmandlar ularning qo\u2019llarida qul sifatida ishlagan. Aholining qolgan qismiga katta o\u2019lpon solingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandda bo\u2019lgan Xitoy sayyohining yozishicha, ana shunday dahshatli urushdan keyin shaharda ko\u2019pi bilan aholining chorak qimi qoldi. Tirik qolgan aholi Samarqandning hozir \u201ceski shahar\u201d deb ataluvchi va ilgarigi savdo-sotiq raboti joylashgan shimoliy qismiga o\u2019rnashgan. Afrosiyob tepaligidagi shaharning qadimiy qismi esa vayronalarga aylanib, u yerda qaytadan shahar tiklanmagan. Afrosiyob bundan keyin hayot tiklanmaslining, asosiy sabablaridan biri, shubhasiz, shaharni suv bilan ta\u2019minlab turuvchi \u201cQo\u2019rg\u2019oshin arig\u2019i\u201d deb ajoyib inshootning mo\u2019g\u2019ullar tomonidan buzib tashlanganligi bo\u2019lgan. Xarob bo\u2019lgan va talangan Samarqand bu kanalni tiklay olmas edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand XIII va XIV asrlarga kelib asta-sekin, biroq muntazam ravishda tiklanib bordi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur davrida Samarqandda katta qurilish ishlari olib borildi. Bunga qadar o\u2019tgan 150 yil mobaynida shaharda hech qanday yirik qurilish bo\u2019lmagan edi. Sharafuddin Ali Yazdiy va Temurning Samarqanddagi saroyi qoshida bo\u2019lgan Ispaniya elchisi (1403-1406 yillar) Ryui Gonzales de Klavixo ham ana shu haqda yozadilar. V.V.Bartold juda to\u2019g\u2019ri ta\u2019kidlab o\u2019tganidek, Temurning fikricha, Samarqand jahonda birinchi shaharga aylanishi kerak edi. Samarqand atrofida barpo etilgan bir qancha qishloqlarga musulmon mamlakatlaridagi asosiy shaharlar \u2013 Bog\u2019dod, Damashq, Misr, Sheroz va Sultoniya nomining berilganligi ham bu fikrni tasdiqlab turibdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimgi yunon tarixchilari, solnomachilari Samarqand (Marokanda) haqida yozganlar, shoir va yozuvchilar uning to\u2019g\u2019risida qo\u2019shiq va g\u2019azallar to\u2019qiganlar, Sharq va G\u2019arbdagi ko\u2019pgina mamlakatlarning sayohatchilari va olimlari badiiy va ilmiy tafakkur markazi sifatida, xalq dahosini asrlar davomida gavdalantirib bergan, tasvirlab qoldirgan ustalar, mohir me\u2019morlar, qo\u2019li gul binokorlarning ajoyib hamda sahovatli ijodi mahsuli to\u2019plangan joy sifatida unga qoyil qoldilar. Bobir Mirzo ma\u2019lumotlariga ko\u2019ra, Samarqandning Feruza, Ohanin, Shayxzoda, Gozuriston, So\u2019zangaron va Chorraha singari darvozalari bo\u2019lgan. Samarqand qal\u2019asi devorining ichki aylanasi 10&nbsp;600 qadamga teng kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirgi zamon tarixchilari Temur feodal davlatidagi sotsial-iqtisodiy munosabatlari har tomonlama o\u2019rganish nihoyatda zarur ekanligini asrimizning qirqinchi yillaridayoq yozgan edilar. O\u2019shandan buyon 25 yildan ziyod vaqt o\u2019tdi. Biroq, afsuski, mazkur muammo haqida hanuzgacha yirik ilmiy asar yozilganicha yo\u2019q. Tarixiy hujjatlar, jumladan, Temur davlatidagi chuqur sinfiy munosabatlar va antagonistic ziddiyatlarni, siyosiy oqimlar hamda ular o\u2019rtasidagi kurashni ochishga bizga yordam bergan bo\u2019lur edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayboniyxon boshliq ko\u2019chmanchilar O\u2019rta Osiyoni bosib olganlaridan keyin Samarqand hayotida yangi davr boshlanadi. Shayboniylar davlatining poytaxti Buxoroga ko\u2019chirilgandan keyin Samarqnad shahri uning tarkibida qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Movarounnahrni xonavayron qilgan feodal ichki nizo-janjallar va Eron hukmdori Nodirshohning O\u2019rta Osiyoga qilgan yurishi natijasida XVII asrlar davomida bunyod etilgan ajoyib madrasa va machit binolari o\u2019z holiga tashlab qo\u2019yildi. Qayoqqa borishini bilmagan bir to\u2019da oilalargina shahar qal\u2019asida kezib yurdi. Ammo shundan keyin ham shahar o\u2019z qaddini yana rostlay boshladi va XIX asrning o\u2019rtalarida qaytib kelgan, shuningdek, boshqa viloyat va rayonlardan ko\u2019chib kelgan aholi hisobiga shahar hayot qaytadan jonlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>N.V.Xanikovning XIX asrning qirqinchi yillari boshida yozgan ma\u2019lumotida quyidagilarni o\u2019qiymiz: \u201cShoirlar Jannat deb atagan Samarqandning ahvoli hikoyalarda aytilganiidek achinarli bo\u2019lmasa ham, har holda u o\u2019zining hozirgi holatiga kelishi uchun ko\u2019p qiyinchiliklarni boshidan kechirishi kerak edi. Shahar devori yaxshi saqlangan bo\u2019lib, to\u2019g\u2019ri to\u2019rtburchak shaklida, uning shimoliy tomoni sal kengroq edi. Uning g\u2019arb tomonida ba\u2019zi nomuvozanatliklar ko\u2019zga tashlanadi, bu yerda qal\u2019a shahar devorida ham nishon tuynuk va burjlar qilingan, uning balandligi va qalinligi Buxoro devornikicha kelardi. Shaharda oltita darvoza bo\u2019lib, ular: 1) Darvozai Buxoro, 2) Davrozai Payqobaq, 3) Darvozai Hazrati Shohizinda, 4) Darvozai Qalandarxona, 5) Darvozai So\u2019zangaron, ) Darvozai Xo\u2019ja Ahror deb atalardi. Shaharning aylanasi o\u2019n uch chaqiqim bo\u2019lib, uning maydoni 2280000 kvadrat serjinga yoki 2533,3 tanobga teng edi. Bu raqam Buxoro shahri egallab turgan maydondan 500 tanob ziyod bo\u2019lib, u shaharda mavjud bo\u2019lgan bog\u2019lar hisobiga to\u2019g\u2019ri kelardi. Ilgari vaqtlarda shahar egallab turgan maydon ancha katta edi, shaharni o\u2019rab turgan devorning qoldiqlari g\u2019arb tomondan hozirgidan to\u2019rt chaqirim narida joylashgan, shimol tomondan esa deyarli Zarafshonga qadar, ya\u2019ni olti chaqirimni butun maydon Afrosiyob qal\u2019asi deb aytib o\u2019tish kerakki, shahar Temur taxtga chiqishidan oldin ham shunday maydonga ega bo\u2019lgan. Temur davrida esa shahar maydoni hozirdagidek edi. Farqi faqat shundaki, uning atrofida foydalaniladigan yerlar hozirgiga qaraganda ancha ko\u2019p bo\u2019lgan, chunki yerdan ancha uzoqda bir vaqtlar Samarqand atrofidagi bog\u2019larga tutashib ketgan eski bog\u2019larning qoldiqlari hozir ham uchrab turadi. Shahar Og\u2019aliq tog\u2019ining shimoliy etaklaridan oqib chiqadigan uch soy suvi bilan ta\u2019minlanar edi. Birinchi soy suvi shaharga Xo\u2019ja Axror darvozasidan sal Sharqdan oqib kirib, qal\u2019aning sharqiy va shimoliy devorlarini aylanib o\u2019tar va Samarqand atrofidagi ekinzorga chiqardi. Ikkinchi soy shaharga So\u2019zangaron darvozasi yaqinidan oqib kirib, devorning sharqiy tomonidan oqib chiqar va uchinchi soy suviga qo\u2019shilardi. Bu suv shaharning sharqiy tomonidan o\u2019tib, shimol tomondan oqadigan Obimashhad yoki xalq tilida Obimashat deb nomlangan ariqqa qo\u2019shiladi. Oqar suv shu qadar serob bo\u2019lishiga qaramay, shaharda hovuzlar v qazilgan ariqlar ko\u2019p edi, lekin hozurlarning aniq soni bizga ma\u2019lum emas. Shaharda toshdan ishlangan ikkita karvonsaroy, uch hammom bo\u2019lib, bulardan ikkitasini Xo\u2019ja Ahror hammomi, uchinchisi esa Miriy hammomi deb ataydilar. Shaharning ko\u2019rkam diqqatga sazovor asosiy joylari o\u2019tmishdan qolgan. Hozirgi avlod maqtovga loyiq biror narsa qurish u yoqda tursin, balki ilgari bunyod etilganlarini ham vayron qilmoqda. Samarqand qal\u2019asi g\u2019oyat ulkan; u Buxoro va hatto Qarshidagi qal\u2019alardan ham katta bo\u2019lib, aylanasi uch chaqirim yuz sarjinga teng. U egallab turgan maydon sathi 90 ming kvadrat sarjin yoki 100 tanob keladi. Bu yerda Qutbi Chahorduhum qabristoni, Amir saroyi joylashgan. Mazkur saroyda har bir xon o\u2019z amirligida shubha tug\u2019dirmasligi uchun tantanali vaziyatda o\u2019tirishi lozim bo\u2019lgan mashhur ko\u2019k tosh bor\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Xanikov ma\u2019lumotlari 1868 yilda Samarqandni zabt etishi bilan shahar qiyofasi ancha tez o\u2019zgarib ketdi. Qal\u2019aning devorlari, darvozalari buzilib ketdi, Samarqandning yangi qismi asosini tashkil etuvchi Yevropa tipidagi yangi qurilishlar yuzaga keldi. Eski Samarqanddan Temuriylar davrining bir necha yirik inshootlari va Afrosiyobdagi vayronalargina qoldi, xolos.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu davrda Samarqand Toshkentdagi Turkiston general-gubernatoriga bo\u2019ysungan chor samoderjaviyesi mustamlaka ma\u2019muriyatining muhim tayanchlaridan biriga aylanadi. Mustamlakachi ma\u2019murlar keng mehnatkashlar ommasiga milliy va sotsial zulmni yanada kuchaytiradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Agar antik dunyo sharoitida Samarqand So\u2019g\u2019diyona poytaxti sifatida qullar, hunarmandlar va dehqonlarni turli yo\u2019llar bilan ekspluatatsiya qilish markazi bo\u2019lgan bo\u2019lsa, feodal ishlab chiqarish usuli hukmronlik qilgan davrga kelib dehqon va kosiblarni har tomonlama ezishning muhim bazasi bo\u2019lib xizmat qildi, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Samarqand va uning okruglari birgina sotsial zulmning emas, balki milliy mustamlakachilik zulmining ham makoniga aylandi. Bu davrda Samarqand bilan uning atrofidagi qishloqlar o\u2019rtasidagi qarama-qarshilik yangi asosda chuqurlashdi va kuchayib bordi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkistonda Oktabr revolyutsiyasi g\u2019alaba qozongungacha va mustamlaka yoki yarim mustamlaka holatida bo\u2019lgan Xiva va Buxoroda xalq sovet revolyutsiyalari amalga oshirilgunga qadar u viloyatlar Rossiyaning markaziy oblastlari sanoati uchun har xil xom ashyo yetkazib beruvchi o\u2019lka sifatida zo\u2019rlik bilan tutib turildi. Bu esa qoloqlikni yanada kuchaytirdi, Turkistonning mazlum xalqlari o\u2019rtasida sanoat proletariatning vujudga kelishi va rivojlanishiga to\u2019sqinlik qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ekspluatator tabaqalar shahar va qishloq mehnatkashlari, turli millat vakillari orasida adovat va nizo chiqarishga jon-jahdi bilan harakat qilardi. Ular shaharliklarga dehqonlarni \u201csahroyi muzafahm\u201d \u2013 dasht odami, avom, kalta fahm kishilar deb ko\u2019rsatishga urinardilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahar mehnatkashlarining ahvoli ham nihoyatda og\u2019ir edi. Hunarmandlar yashaydigan mahallalarda qashshoqlik va kasallik hukm surardi. Xalqqa tibbiy yordam ko\u2019rsatish va ular uchun kasalxonalar qurish to\u2019g\u2019risida gap ham bo\u2019lishi mumkin emasdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharning ko\u2019chalari tor, qing\u2019ir-qiyshiq bo\u2019lib, daraxtlar o\u2019tkazilmagan, uylar derazasiz, paxsa devordan qurilgandi. Dam olish joylari va bog\u2019larga oddiy xalq kiritilmasdi. Ariqlardan oqayotgan suvni iflos qilish juda katta gunoh hisoblansa ham, aholini toza suv bilan ta\u2019minlash eng mushkul masalalardan biri edi. Hovuzlar turli kasalliklarni tarqatuvchi son-sanoqsiz mikroblar uyasi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>XIX asrning 70 va 80-yillarida Samarqand shahrining yangi qismi bunyodga keldi, bunda chorizmning harbiy mustamlakachilik ma\u2019muriyati joylashdi. Eski shaharda esa mahalliy hukmdorlar qolishdi. Eski shaharda hunarmandchilik (shoyi to\u2019qish va hokazolar) asosiy o\u2019rin egallar, yangi shaharda esa zavod va fabrikalar barpo etilib, ishchilar sinfi vujuda kela boshlagan edi. Shaharning eski qismida islom dini hukmronlik qilardi, yangi shaharda esa xristian dinini targ\u2019ib qiladigan muassasalardan tashqari, rus-tuzem maktablari, kutubxonalar, muzeylar, kinoteatr va shu kabi madaniy-oqartuv muassasalari paydo bo\u2019la boshlaydi; agar shaharning eski qismida eski uslubdagi uylar saqlanib qolgan bo\u2019lsa, yangi qismida Yevropa arxitekturasi asosida yangi binolar qurila boshlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand shahrining eski va yangi qismlari o\u2019rtasida chegara bo\u2019lib, u chorizmning mustamlakachilik siyosati tufayli belgilangan va xalqlar o\u2019rtasida adovatni kuchaytirishga qaratilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Quldorlik feodal tuzumlari davrida va chorizm vaqtida hukm surgan antagonism shundan iborat ediki, Samarqand, bir tomondan, So\u2019g\u2019diyona, Movarounnahr, Turkistonning madaniyat, ilmiy fikrlar markazi bo\u2019lsa, ikkinchi tomondan esa, O\u2019rta Osiyoda ozodlik harakatlari (Spitamen, Rafi ibn Lays qo\u2019zg\u2019olonlari, sarbadorlar harakati, Namoz qo\u2019zg\u2019oloni va 1916 yilgi xalq ozodligi qo\u2019zg\u2019oloni) ning markazi, asosiy joyi bo\u2019lib qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>XIX asrning ikkinchi yarmida va XX asrning boshlarida Samarqand milliy ozodlik va ishchilar harakatida, Yevropa va ilg\u2019or rus madaniyati hamda sotsial-demokratik g\u2019oyalarni propaganda qilishda muhim rol o\u2019ynay boshladi. Bu esa Samarqand hayoti taraqqiyotidagi asosiy va progressiv voqea edi. Bunga avvalo Samarqandda zavod va favrikalarning vujudga keltirilganligi, temir yo\u2019l o\u2019tkazilganligi, dunyoviy maktablar va bosmaxonlarning paydo bo\u2019lganligi yordam berdi. Shundan so\u2019ng Samarqandda sotsial-demokratik gruppalar tuzildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Keyinchalik milliy ozodlik harakatining lenincha patriya rahbarlik qilayotgan Rossiya proletariatning qudratli revolyutsion harakati bilan qo\u2019shilishi tufayli xalq ommasi manfur chor samoderjaviyesi, uning harbiy-mustamlakachilik ma\u2019muriyatini yemirib tashladi hamda Turkiston mehnatkashlari ozodlik va mustaqillikka erishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019 Oktabr butun mamlakatimizdagidek Samarqand tarixida ham yangi erani boshlab berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand \u2013 O\u2019rta Osiyoda Sovet hokimiyatining birinchi tayanch punktlaridan, Turkiston ASSR ning oblast markazlaridan biri, 1924 yilda milliy davlat chegaralanishi o\u2019tkazilganidan keyin esa O\u2019zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining birinchi poytaxti (1925-1930 yillar) bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oktabr revolyutsiyasining g\u2019alabasi va sotsializmning muvaffaqiyat bilan qurilishi Samarqandning sotsial-iqtisodiy hayotida ham tub o\u2019zgarishlar yasadi. Sovetlar mamlakatining tarkibiy qismi bo\u2019lgan O\u2019zbekistonning, shu jumladan, Samarqand mehnatkashlari ma\u2019naviy-moddiy kuchlarining har tomonlama rivojlanishi buning eng muhim yakuni bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand respublikamiz poytaxti sifatida O\u2019zbekistonni sanoat jihatidan rivojlantirishning eng muhim tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qishloq xo\u2019jalik ishlab chiqarishini yanada yaxshilash manfaatlarini ko\u2019zlab yer-suv islohotini o\u2019tkazishda, mahalliy millat xotin-qizlarini chinakam ozodlikka chiqarishda yetakchi rol o\u2019ynadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kommunistik partiyaning mehnatkashlarni markscha-lenincha g\u2019oyalar ruhida tarbiyalash sohasida olib borayotgan ideologik ishida ham Samarqandning xizmati katta.<\/p>\n\n\n\n<p>Bir vaqtlar Samarqand o\u2019rta asrlar ilmiy va badiiy fikrlarining zabardast namoyandalari ijodining markazi sifatida shuhrat qozongan. Mutafakkir Rudakiy Samarqand orqali Buxoroga yo\u2019l olgan. Buyuk olim Muhammad Mirzo Ulug\u2019bek bu yerda astronomlar maktabiga asos soldi, madrasa va rasadxona qurdi hamda o\u2019z zamonasi ilmiy-nazariy tafakkurining cho\u2019qqisi bo\u2019lgan butun dunyoga mashhur \u201cZiji KO\u2019ragoniy\u201d asarini yaratdi. Genial mutafakkir shoirlar Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy bir qancha vaqt Samarqandda tahsil ko\u2019rdilar, ijod qildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Sovetlar davrida ham Samarqand o\u2019z olimlari, shoirlari, rassomlari, xalq ustalari, o\u2019zlarining kuch va bilimlarini kommunizm qurilishi ishiga bag\u2019ishlayotgan ajoyib kishilari bilan shuhrat qozonmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Sovet hokimiyati yillarida Samarqandda V.V.Bartold, serg\u2019ayrat arxeologik V.L.Vatkin yashadi va mehnat qildi. Professorlardan A.M.Titov, S.A.Lyaskovskiy, N.A.Mirkulovich, Silixonovich, Parfenovich, Faktorovich, Po\u2019lat Soliyev, Abdurauf Fitrat, Abdurahmon Sa\u2019diy, Otajon Hoshim, Mironov, Uspenskiy, Savelyev va boshqa ko\u2019pgina kishilar shaharning ma\u2019naviy hayotini rivojlantirishga o\u2019zlarining salmoqli hissasalarini qo\u2019shdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Sovet badiiy adabiyotining klassiklari Hamza Hakimzoda Niyoziy, Sadriddin Ayniy, Hamid Olimjonlar ham Samarqandda ko\u2019p yil yashab ijod qildilar. O\u2019zbek sovet adabiyotining atoqli arboblari Uyg\u2019un, Mirtemir, Oydin Sobirova, Amir Umariy, Usmon Nosir, Ra\u2019no Uzoqova va boshqa ko\u2019pgina adiblar bu yerda kamolotga yetishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biz Sovet hokimiyati uchun kurashgan samarqandliklar, Ulug\u2019 Vatan urushi qahramonlari, o\u2019zlarining ijodiy mehnatlari orqali kommunizmning nurli binosini qurishdek umumxalq ishiga hissa qo\u2019shayotgan kishilar bilan haqli ravishda faxrlanamiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand o\u2019zining ko\u2019p asrlik yubileyini gullab barq urib, yashinayotgan bir paytda kutib oldi. Kommunistik partiya va Sovet hukumatining tinmay qilayotgan g\u2019amxo\u2019rligi va e\u2019tibori tufayli shahar kun sayin o\u2019sib, go\u2019zallashib bormoqda, ulug\u2019 va jonajon sotsialistik Vatanimizning yanada chiroyli va obod shahriga aylanmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/samarqand-territoriyasida-odamzod-hayotining-eng-qadimgi-izlari\/\">Samarqand territoriyasida odamzod hayotining eng qadimgi izlari<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/quldorlik-jamiyati-davrida-samarqand-shaharning-vujudga-kelishi\/\">Quldorlik jamiyati davrida Samarqand. Shaharning vujudga kelishi<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/qadimiy-samarqandni-suv-bilan-taminlash\/\">Qadimiy Samarqandni suv bilan ta\u2019minlash<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/sogd-va-uning-poytaxti-samarqand\/\">So\u2019g\u2019d va uning poytaxti Samarqand<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/makedoniyalik-iskandarning-orta-osiyoni-zabt-etish-davrida-samarqand-va-sogdning-mustaqillik-uchun-olib-borgan-kurashi\/\">Makedoniyalik Iskandarning O\u2019rta Osiyoni zabt etish davrida Samarqand va So\u2019g\u2019dning mustaqillik uchun olib borgan kurashi<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/arxitektura-sanat-din\/\">Arxitektura, san\u2019at, din<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ilk-feodalizm-davrida-samarqand-ijtimoiy-va-siyosiy-vaziyat\/\">Ilk feodalizm davrida Samarqand. Ijtimoiy va siyosiy vaziyat<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/shaharning-istilochilar-tomonidan-zabt-etilishi\/\">Shaharning arab istilochilari tomonidan zabt etilishi<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/samarqand-xalifalikka-qarshi-olib-borilgan-ozodlik-urushining-markazi\/\">Samarqand \u2013 xalifalikka qarshi olib borilgan ozodlik urushining markazi<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/somoniylarning-yuksalishida-samarqandning-roli\/\">Somoniylarning yuksalishida Samarqandning roli.<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ilk-orta-asrlarda-samarqandning-suv-bilan-taminlanishi\/\">Ilk o\u2019rta asrlarda Samarqandning suv bilan ta\u2019minlanishi<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/din-madaniyat-va-sanat\/\">Din, madaniyat va san\u2019at<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/feodalizm-rivojlangan-davrda-samarqand-ix-asrning-oxiri-va-xiii-asrning-boshlarida-samarqand\/\">Feodalizm rivojlangan davrda Samarqand. IX asrning oxiri va XIII asrning boshlarida Samarqand<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/chingizxonning-shaharni-zabt-etishi\/\">Chingizxonning shaharni zabt etishi<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/samarqandda-sarbadorlar-qozgoloni\/\">Sarbadorlar qo\u2019zg\u2019oloni<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/xiv-asr-oxiri-va-xv-asrda-samarqand-samarqand-temuriylar-davrining-poytaxti\/\">XIV asr oxiri va XV asrda Samarqand. Samarqand \u2013 Temuriylar davrining poytaxti<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/samarqandning-garbiy-yevropa-davlatlari-bilan-tashqi-siyosat-sohasidagi-aloqalari\/\">Samarqandning G\u2019arbiy Yevropa davlatlari bilan tashqi siyosat sohasidagi aloqalari<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/hunarmandchilik-va-savdo\/\">Hunarmandchilik va savdo<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/samarqand-xiv-xv-asrlar-movarounnahrda-ilmiy-tafakkurning-markazi\/\">Samarqand \u2013 XIV-XV asrlar Movarounnahrda ilmiy tafakkurning markazi<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/adabiy-hayot\/\">Adabiy hayot<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/samarqandda-xiv-asr-oxiri-va-xv-asr-arxitekturasi\/\">XIV asr oxiri va XV asr arxitekturasi<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/xvi-asr-xix-asrning-birinchi-yarmida-samarqand-shayboniylar-samarqandda\/\">XVI asr \u2013 XIX asrning birinchi yarmida Samarqand. Shayboniylar Samarqandda<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/xvii-xix-asrning-birinchi-yarmida-samarqandning-siyosiy-tarixi\/\">XVII-XIX asrning birinchi yarmida Samarqandning siyosiy tarixi<\/a><\/p>\n\n\n\n<p>XVI asrda hunarmandchilik va savdo<\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/samarqandda-xvii-asrda-va-xix-asrning-birinchi-yarmida-hunarmandchilik-va-savdo\/\">XVII asrda va XIX asrning birinchi yarmida hunarmandchilik va savdo<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/samarqand-shaharning-suv-bilan-taminlanishi\/\">Shaharning suv bilan ta\u2019minlanishi<\/a><\/p>\n\n\n\n<p>Fan, madaniyat, san\u2019at, arxitektura<\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/mustamlaka-davrida-samarqand-samarqandni-qoshib-olish-oqibatlari\/\">Mustamlaka davrida Samarqand. Samarqandni qo\u2019shib olish oqibatlari<\/a><\/p>\n\n\n\n<p>Birinchi rus revolyutsiyasi yillarida (1905-1907) Samarqanddaa revolyutsion harakat<\/p>\n\n\n\n<p>Reaktsiya va yangi revolyutsion ko\u2019tarilish (1907-1914 yillar) davrida siyosiy hayot<\/p>\n\n\n\n<p>Madaniy hayot<\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/birinchi-jahon-imperialistik-urushi-yillarida-samarqand\/\">Birinchi jahon imperialistik urushi yillarida Samarqand<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/fevral-burjua-demokratik-revolyutsiyasi-davrida-samarqand\/\">Fevral burjua-demokratik revolyutsiyasi davrida Samarqand<\/a><\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand Vatan va jahon fanida<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandda Sovet hokimiyatining o\u2019rnatilishi va mustahkamlanishi (1917-1918 yillar). Samarqandda Sovet hokimiyatining g\u2019alabasi<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharda Sovet hokimiyatining mustahkamlanishi<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand chet el harbiy intervensiyasi va grajdanlar urushi davrida. Samarqand mehnatkashlarining Turkistonda harbiy intervensiya va ichki kontrrevolyutsiyani tor-mor qilishda qo\u2019shgan hissasi<\/p>\n\n\n\n<p>Sovet va xo\u2019jalik qurilishi<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand mehnatkashlari xalq xo\u2019jaligini tiklash uchun kurashda&nbsp; (1921-1927 yillar). Yangi iqtisodiy siyosatga o\u2019tish<\/p>\n\n\n\n<p>Shahar sanoatining tiklanishi<\/p>\n\n\n\n<p>Sotsialistik madaniyatning barpo etilishi<\/p>\n\n\n\n<p>Shahar xo\u2019jaligi va mehnatkashlarining moddiy ahvoli<\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/samarqand-ozbekiston-ssrning-birinchi-poytaxti\/\">Samarqand \u2013 O\u2019zbekiston SSRning birinchi poytaxti<\/a><\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand sotsializmning iqtisodiy poydevorini qurish yillarida (1928-1932 yillar) Samarqand mehnatkashlarining sanoatni rivojlantirish uchun kurashi<\/p>\n\n\n\n<p>Partiya-sovet apparatini qayta qurishda Samarqand bolsheviklarining roli<\/p>\n\n\n\n<p>Shahar mehnatkashlarining qishloqni sotsialistik qayta qurish uchun kurashi<\/p>\n\n\n\n<p>Madaniy qurilish<\/p>\n\n\n\n<p>Shahar xo\u2019jaligining rivojlanishi va mehnatkashlar moddiy ahvolining yaxshilanishi<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand mehnatkashlari sotsialistik jamiyatni qurish va rivojlantirish uchun kurashda (1933-1941 yillar). Samarqand sanoatining rivojlanishi<\/p>\n\n\n\n<p>Qishloq xo\u2019jaligining taraqqiy etishida Samarqand mehnatkashlarining roli<\/p>\n\n\n\n<p>Madaniy qurilishni avj oldirishda Samarqandning roli<\/p>\n\n\n\n<p>Shahar xo\u2019jaligining yanada rivojlantirilishi va Samarqand mehnatkashlari moddiy ahvolining yaxshilanganligi<\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/samarqand-ulug-vatan-urushi-yillarida-1941-1945-yillar-qizil-armiya-uchun-rezervlar-tayyorlash-va-aholini-harbiy-ishga-orgatish\/\">Samarqand Ulug\u2019 Vatan urushi yillarida (1941-1945 yillar). Qizil Armiya uchun rezervlar tayyorlash va aholini harbiy ishga o\u2019rgatish<\/a><\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019 Vatan urushi yillarida Samarqand sanoati<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand ziyolilarining dushmanga qarshi kurashi \u2013 umumxalq ishiga qo\u2019shgan hissasi<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019 Vatan urushi yillarida Samarqandda xalq maorifi<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand mehnatkashlarining Sovet Armiyasi jangchilariga va ko\u2019chirib keltirilgan aholiga g\u2019amxo\u2019rligi<\/p>\n\n\n\n<p>Mamlakatning ozod qilingan rayonlariga Samarqand oblasti mehnatkashlarining qardoshlik yordami<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand sotsializm qurilishini tugallash davrida (1946-1958yillar). Shahar mehnatkashlarining mehnat va siyosiy aktivligining o\u2019sishi<\/p>\n\n\n\n<p>Korxona kollektivlarining qishloq mehnatkashlariga otalig\u2019i<\/p>\n\n\n\n<p>Madaniy qurilishdagi yutuqlar<\/p>\n\n\n\n<p>Shahar xo\u2019jaligining rivojlanishi va mehnatkashlar moddiy farovonligining yaxshilanishi<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand kommunizmning moddiy-texnika bazasini yaratish davrida. Samarqandning sanoat taraqqiyoti va kommunistik mehnat uchun kurashi<\/p>\n\n\n\n<p>Shahar bilan qishloq mehnatkashlari ittifoqi<\/p>\n\n\n\n<p>Fan, madaniyat va san\u2019at<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekistonda markscha-lenincha filosofiyani propaganda qilishda samarqandlik olimlarning roli<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand shahridagi me\u2019morlik obidalarini qo\u2019riqlash, o\u2019rganish va tiklash ishlari<\/p>\n\n\n\n<p>Shahar xo\u2019jaligi va mehnatkashlari uy-joy \u2013 turmushi sharoitining yaxshilanishi<\/p>\n\n\n\n<p>Xalq turmushi<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand-respublikaning yirik sanoat markazi va uning rivojlanish istiqbollari<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand oblastining qishloq xo\u2019jaligi<\/p>\n\n\n\n<p>Sovet O\u2019zbekistonining xalqaro aloqalarida Samarqandning ahamiyati <\/p>\n\n\n\n<p>Temuriylar davri san\u2019atiga bag\u2019ishlangan Xalqaro simpozium<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Samarqand 2500 yoshda Samarqandni buyuk Sovetlar diyorining barcha mehnatkashlari va horijiy ellar yaxshi biladi. Mamlakatimizning boshqa shaharlari singari Samarqand ham kun sayin go\u2019zallashib bormoqda. Samarqand \u2013 ellikta sanoat korxonasida va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/samarqand-tarixi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-393","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/393","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=393"}],"version-history":[{"count":60,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/393\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153529,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/393\/revisions\/153529"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=393"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}