{"id":448,"date":"2021-08-31T21:32:53","date_gmt":"2021-08-31T18:32:53","guid":{"rendered":"http:\/\/milliycha.uz\/?page_id=448"},"modified":"2024-02-28T14:21:36","modified_gmt":"2024-02-28T11:21:36","slug":"andijon-tarixi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/andijon-tarixi\/","title":{"rendered":"Andijon tarixi"},"content":{"rendered":"<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" src=\"http:\/\/milliycha.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/andijan-uzbekistan-aerofotosemka-300x191.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"191\" \/><\/p>\n<p>Mualliflar: Rustambek Shamsutdinov, Abdurahmon Isxoqov<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\"><b>Muqaddima<\/b><\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">\u201cIstiqlol yillarida boy tariximiz, bebaho merosimiz, dinu diyonatimiz, ko\u2019hna urf-odat va an\u2019analarimizning qayta tiklangan, istiqlol davri Vatanimiz uchun chinakam ma\u2019naviy tiklanish va yuksalish davri bo\u2019lganini ifoda etishimiz kerak\u201d. (O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cO\u2019zbekiston Respublikasi mustaqilligining 22 yillik bayramiga tayyorgarlik ko\u2019rish va uni o\u2019tkazish to\u2019g\u2019risida\u201dgi qaroridan. \u201cXalq so\u2019zi\u201d 2013, 19 iyun.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2013 yil 26 aprel kuni Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi nutqida bayrog\u2019ida Amir Temur ordeni xilpirab turgan qadimiy va hamisha navqiron Andijon va uning o\u2019tmishi, buguni va kelajagiga dahldor purma\u2019no g\u2019oya va fikrlar, ilhombaxsh maslahatlar, yo\u2019l-yo\u2019riqlar ko\u2019rsatdi. Har bir andijonlik qalbi va ongida o\u2019chmas iz qoldirgan, yangidan-yangi bunyodkorlik ishlariga da\u2019vat etuvchi so\u2019nggi yetti yillikdagi erishgan yutuqlarni yuksak baholab, viloyatimiz xalqi sha\u2019niga ko\u2019pdan-ko\u2019p ilhomlantiruvchi ezgulikka, bunyodkorlikka chorlovchi fikrlarni bayon etdi. Prezidentimiz mamlakatimiz qo\u2019lga kiritayotgan, jahon hamjamiyati tan olayotgan yutuq va marralarga erishish yo\u2019lida butun O\u2019zbekiston aholisi qatori Andijon viloyati mehnatkashlari ham munosib hissa qo\u2019shayotgani, ko\u2019p sohalarda yetakchi o\u2019rinlarni egallab kelayotganini e\u2019tirof etib viloyat markazi, barcha shahar qishloqlar qiyofasi tubdan o\u2019zgarib, tobora obod bo\u2019lib, xalqning hayot sifati va darajasi yuksalib borayotganidan quvonayotganini mamnuniyat bilan izhor etdi. \u201cAndijon ahli, &#8211; deb ko\u2019rsatdi Yurtboshimiz, &#8211; o\u2019z yurtiga bo\u2019lgan mehri va sadoqatini, g\u2019urur va iftihorini, or-nomusini yuksak qadrlab, o\u2019z kuchi va qudratiga ishonib yashaydigan xalq\u201d.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Yurtboshimiz viloyat aholisi sha\u2019niga aytilgan quyidagi so\u2019zlari ham har bir andijonlik uchun faxrlidir: \u201cAndijon viloyatining markazi, shahar va turar joylarning ko\u2019rinishini butunlay o\u2019zgartirish, go\u2019zal va o\u2019ziga xos maydonlar, ko\u2019cha va uylarga barchaning havasini tortasigan yangi qiyofa berish, obod va betakror o\u2019kaga aylantirish, bunday olijanob va ulkan ishlaga qo\u2019l urgan barcha-barcha Andijon ahliga har qancha tasannolar aytsak arziydi, albatta.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Ko\u2019p yillar, balki yuz yillar o\u2019tar, lekin Siz, azizlarning amalga oshirgan ishlaringiz abadiy saqlanib qolur\u2026.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Andijon ahli bunday ishlari bilan ta\u2019bir joiz bo\u2019lsa, o\u2019ziga haykal qo\u2019ydi. Bu balandparvoz gap emas, ayni haqiqat va bu bilan g\u2019ururlansk arziydi\u201d (Xalq so\u2019zi. 2013, 10 may).<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Buyuk istiqlol inson faoliyati va hayotining barcha sohalari bo\u2019yicha o\u2019xshashi yo\u2019q isjobiy o\u2019zgarishlar uchun mustahkam poydevor yaratdi. Xususan, ma\u2019naviy hayotimizda asrlar davomida yuz bergan o\u2019zgarishlardan ham buyuk ezgulik ishlari amalga oshirilmoqda. O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o\u2019zining \u201cYuksak ma\u2019naviyat \u2013 yengilmas kuch\u201d asarida el-yurtimiz o\u2019zining ko\u2019p asrlik tarixi davomida ko\u2019plab mash\u2019um xatarlarni necha bor ko\u2019rgani, ularning jabru-jafosini tortgani haqida to\u2019xtalib, mana bunday deb yozgandi: \u201cShunday asoratlar tufayli tilimiz, dininmiz va ma\u2019naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Ana shu fojiali o\u2019tmish, bosib o\u2019tgan mashaqqatli yo\u2019limiz barchamizga saboq bo\u2019lishi, bugungi voqelikni teran tahlil qilib, mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo\u2019lib yashashga da\u2019vat etishi lozim. O\u2019z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo\u2019q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko\u2019p bora o\u2019z isbotini topgan\u201d. (Karimov Islom. Yuksak ma\u2019naviyat \u2013 yengilmas kuch. \u2013 Toshkent \u201cMa\u2019naviyat\u201d, 2008. \u2013 B 4).<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Milliy mustaqil davlatning barpo qilinishi bilan O\u2019zbekistonning haqiqiy, chin yangi tarixini tiklash uchun zaruriyat va imkoniyat yaratildi va bu masala respublikada davlat siyosati darajasiga ko\u2019tarildi. Islom Karimovning tashabbusi bilan O\u2019zbekistonning yangi tarixini yaratish bo\u2019yicha ilmiy markaz tashkil etildi. 2000 yildayoq uch jildlik O\u2019zbekistonning yangi tarixi nashrdan chiqdi. Viloyatlar, shaharlar tarixini tiklash va ularning tarixiy sanalarini o\u2019tkazish bo\u2019yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Samarqand, Marg\u2019ilon kabi qadimiy shaharlarning tantanali yubileylari o\u2019tkazildi. Hozirda Andijon va yana ko\u2019plab shaharlarning yoshini aniqlash bo\u2019yicha arxeologik, etnografik ishlar olib borilmoqda. Xullas, mustaqil O\u2019zbekiston Respublikasi davlati va hukumati shahar va viloyatlar tarixini o\u2019rganishga va uni ommalashtirishga, ularda istiqomat qilgan aholining mamlakat, jahon sivilizatsiyasiyasiga qo\u2019shgan xizmati va hissalarini o\u2019rganish, bu shahar va viloyatlarning kundalik hayotimiz va faoliyatimizning barcha sohalaridagi ulkan yutuqlarini o\u2019rganishga, targ\u2019ib-tashviq etishga juda katta e\u2019tibor bermoqda.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Bashariyat tamadduniga katta hissa qo\u2019shgan qadimgi kentlar qatorida Andijon shahri ham o\u2019zining munosib o\u2019rniga ega. Bu azim shahar dunyoga buyuk davlat arbobi, betakror shoir va olim Zahiriddin Muhammad Boburni, xassos shoira Nodirabegimni, afsonaviy lashkarboshi, sarkarda Amirlashkar Alimulni, istiqlolning yalovbardor kurashchisi, buyuk shoir va adib, jahon adabiyoti durdonalarini o\u2019zbek tiliga tarjima qilgan Sulaymon o\u2019g\u2019li Abdulhamid Cho\u2019lponni, akademik, shoir, yozuvchi, dramaturg Komil Yashinni, betakror shoir Muhammad Yusufni, teatr va kino san\u2019atining yorqin yulduzlari Abbos Bakirovni, Soyib Xo\u2019jayevni, bastakor To\u2019xtasin Jalilovni, buyuk matematik olim Toshmuhammad Sarimsoqovni, jahon va Olimpiada chempioni Muhammadqodir Abdullayev kabi mashhu insonlarni yetkazib bergan.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Andijon ko\u2019plab sinov va qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Ammo har qanday mushkul ahvoldan chiqish uchun andijonliklar o\u2019zlariga bo\u2019lgan ishonchni yo\u2019qotmaganlar, barcha qiyinchiliklarni mardona bartaraf qilganlar, o\u2019z ajdodlari xotirasiga hamisha sodiq qolganlar, hech qachon o\u2019z g\u2019ururi va vijdoniga qarshi turmay, uni ko\u2019z qorachig\u2019iday asrab-avaylab kelganlar, ertangi yorug\u2019 kunlariga hamisha ishonganlar.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Ana shunday buyuk bunyodkorlik yo\u2019lidan borib, olam-olam zafarlar yuksakligidan turib bosib o\u2019tilgan tarixiy yo\u2019lga boqarkanmiz, biz andijonliklar haqli ravishda o\u2019tmishimiz, boy va betakror tariximiz bilan haqli faxrlanamiz.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Qadimiy va hamisha navqiron Andijonning hozirgi kungacha bo\u2019lgan tarixi yaxlit, bir butun holatda yoritilgan emas. Bu ko\u2019hna zamin tarixining faqat ayrim davrlariga, ba\u2019zi bir masalalarg bag\u2019ishlagan kichik-kichik risola, maqolalar bor, xolos. 1980 yilda O\u2019zbekiston FA Tarix institute tomonidan rus tilida nashr etilgan \u201c\u0418\u0441\u0442\u043e\u0440\u0438\u044f \u0410\u043d\u0434\u0438\u0436\u0430\u043d\u0430\u201d kitobi kommunistik g\u2019oya va mafkura ruhida yozilgan bo\u2019lib, qadimgi davrdan XIX asr o\u2019rtalarigacha bo\u2019lgan davr uchun bor-yo\u2019g\u2019i 5-6 bet ajratilgan. Unda chor Rossiyasi bosqini buzib ko\u2019rsatilib, Andijonning Rossiyaga qo\u2019shib olinishi degan mutlaqo noto\u2019g\u2019ri konsepsiya asosida 9-10 bet hajmda talqin etilgan. Kitobning qolgan qismi sho\u2019ro davriga bag\u2019ishlangan bo\u2019lib, tarixiy jarayon buzib ko\u2019rsatilgan, sovet rejimi sun\u2019iy ravishda madh etilgan.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">1977 yili \u201cO\u2019zbekiston\u201d nashriyotida rus va o\u2019zbek tillarida chop etilgan \u201cXalqlar do\u2019stlik bayrog\u2019i ostida\u201d nomli maqolalar to\u2019plamida Andijon tarixiga oid bir qancha faktik materiallar berilgan bo\u2019lsada, biroq ular sove rejimi g\u2019oyasi va mafkurasi ruhida tahlil qilingan, tarixiy voqealar bir tomonlama tavsiflangan, faqat ijobiy holatlar, voqealarga o\u2019rin berilgan.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">XX asrning 80-yillarida M.X.Muhiddinov, K.M.Narinskiy, R.T.Shamsutdinovlarning viloyat gazetalari sahifalarida Andijon viloyati siyosati tashkilotining sovet davridagi faoliyatini sharhlovchi bir turkum maqolalari e\u2019lon qilindi. Ular ham kommunistik ruhda yozilgan edi.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Yaqin vaqtlarga qadar Farg\u2019ona vodiysi hududidagi urbanizatsiya jarayoni, jamiyat rivojlanishida shaharlarning paydo bo\u2019lishi, rivojlanishi, shahar madaniyatining shakllanish jarayoni yetarli darajada o\u2019rganilmay kelingan edi. Oqibatda, biz mintaqadagi qadimgi shaharlarning dastlabki genezisi, kelib chiqishi masalalari bo\u2019yicha deyarli ma\u2019lumotlarga ega emasdik. Bunday holatning asosiy sababini sovet davrida bu hududni o\u2019rganishga bo\u2019lgan alohida yondashuvidan axtarmoq lozim. Chunki bu zaminga O\u2019rta Osiyo tsivilizatsining chekka periferiyasi va tarixiy taraqqiyotdan orqada qolib ketgan hudud deb qarab kelingandi. Ba\u2019zan mavjud arxeologik komplekslarga baho berishda shaharlarning qadimiy ekanligiga shubha bildirilib, asosiy e\u2019tibor ularning yoshini imkoni boricha kamaytirishga qaratilgandi. Sankt-peterburglik taniqli arxeolog olim Yu.A.Zadneprovskiyning tadqiqot ishlari tufayli Farg\u2019ona vodiysidagi shaharlarning qadimiy ekanligi to\u2019g\u2019risidagi masala qo\u2019yildi. Vodiydagi shaharlar haqiqatan ham qadimgi shaharlar ekanligini isbotlash uchun beshta arxeologik mezon aniqlandiki, ular o\u2019z ahamiyati va muhimligini hozirda ham yo\u2019qotgan emas.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Vodiyning qadimgi, respublikaning eng sharqiy qismida joylashgan shaharlaridan biri Andijondir. U o\u2019zining jo\u2019g\u2019rofiy joylashishi va iqtisodiy salohiyatiga ko\u2019ra o\u2019ziga xos va qadimiy tarixiga egadir. Uning qadimgi davri tarixini o\u2019rganishda Ya.G\u2019ulomov, M.Ye.Masson, A.K.Pisarchik, B.Abdulg\u2019oziyeva, G.Dadavoyev, S.Jalilov, B.X.Matboboyev kabi tadqiqotlarning asarlarini ko\u2019rsatish mumkin. Ayniqsa, 2000-2008 yillar mobaynida B.X.Matboboyevning arxeologik qazishmalaridagi topilmalarini alohida qayd etish lozim. Masalan, ayni shu olimning tadqiqotlari asosida shaharning qadimgi va o\u2019rta asrlar davridagi rivoji tarixi, shaharning tuzilishi to\u2019g\u2019risida qimmatli materiallar to\u2019plandi. Andijonning qimmatli topografiyasi bo\u2019yicha dastlabki tadqiqotlar etnograf A.K.Pisarchik tomonidan 1938, 1944 va 1947 yillarda olib borilgan. Buning natijasida shaharning tarixiy planini yaratish, darvozalari va masjidlarini aniqlash mumkin bo\u2019ldi.<\/p>\n<p style=\"margin-bottom: .0001pt; text-align: justify;\">Hozirgi vaqtda Andijonning o\u2019rta asrlar davri (IX-XIX asrlar) to\u2019g\u2019risida va ayniqsa, uning XIV-XVI asrlardagi tarixi haqida yetarli darajada ma\u2019lumotlar to\u2019plandi. Xususan, shahar joylashgan manzil, Arki-a\u2019lo, Shahriston, rabot chegaralari aniqlandi.<\/p>\n<p>Qadimgi Andijon<br \/>\nBuyuk Ipak yo\u2019lidagi Andijon<br \/>\nAndijon toponimi<br \/>\nAndijon ilk va o\u2019rta asrlarda<br \/>\nTemur va temuriylar davrida Andijon<br \/>\nBoburning ilk davlatchilik va sarkardalik faoliyati<br \/>\nSulton Sayidxon \u2013 Andijon hokimi<br \/>\nAndijon farzandi Bobur va uning jahon sivilizatsiyasiga qo\u2019shgan hissasi<br \/>\nBoburiylarning hozirgi avlodi<br \/>\nAndijonning o\u2019rta asrlar davridagi tarixiy, me\u2019moriy obidalari nega bizgacha yetib kelmadi?<br \/>\nAndijon Qo\u2019qon xonligi tarkibida<br \/>\nAmirlashkar Alimqul<br \/>\nAndijon matonati (1875-1876)<br \/>\nMustamlakachilik boshqaruvi<br \/>\nIjtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot<br \/>\nOzodlik kurashi sarchashmalarida<br \/>\nAndijon taraqqiyparvarligi<br \/>\n1916 yilgi Andijon qo\u2019zg\u2019oloni<br \/>\nAndijondagi 1917 yil voqealari<br \/>\nAndijon XX asr boshidagi iqtisodiy, siyosiy bo\u2019hron iskanjasida<br \/>\nAndijon ozodlik kurashchilari<br \/>\nAndijon \u201corzudagi sotsializm\u201d qurish uchun kurash<br \/>\nKollektivlashtirish va uning qurbonlari<br \/>\nSurgun qilingan andijonliklar<br \/>\nMadaniy qurilish<br \/>\nAndijondagi \u201ckatta terror\u201d fojialari<br \/>\nKatta Farg\u2019ona kanali va Andijon suv ombori qurilishida<br \/>\nBuyuk g\u2019alabaga andijonliklarning qo\u2019shgan hissasi<br \/>\nAndijon sovetlar istibdodining yanada kuchayishi va milliy uyg\u2019onishining yangi bosqichi davrida (1946-1991 yillar)<br \/>\nEllarni ellarga bog\u2019lab<br \/>\nAndijon mustaqillik yillarida<br \/>\nSanoat<br \/>\nQurilish va bunyodkorlik<br \/>\nQishloq xo\u2019jaligi<br \/>\nAndijon \u2013 hunarmandlar yurti<br \/>\nInson manfaatlari yo\u2019lida<br \/>\nIlmiy, adabiy va madaniy jarayon<br \/>\nO\u2019zbekiston Qahramonlari<br \/>\nAndijon mahallalari: o\u2019tmishda, hozirda<br \/>\nBuyuk kelajagimiz ishonchli yoshlar qo\u2019lida<br \/>\nAndijon sporti<br \/>\nBirlik va hamjihatlik \u2013 taraqqiyot omilidir<br \/>\nTinchlikka solingan rahna<br \/>\nAndijonliklar boqiy qadriyatlarini e\u2019zozlaydi<br \/>\nKelajakka yo\u2019l<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mualliflar: Rustambek Shamsutdinov, Abdurahmon Isxoqov Muqaddima \u201cIstiqlol yillarida boy tariximiz, bebaho merosimiz, dinu diyonatimiz, ko\u2019hna urf-odat va an\u2019analarimizning qayta tiklangan, istiqlol davri Vatanimiz uchun chinakam ma\u2019naviy tiklanish va yuksalish davri &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/andijon-tarixi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-448","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/448","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=448"}],"version-history":[{"count":11,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/448\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116524,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/448\/revisions\/116524"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=448"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}