{"id":455,"date":"2021-09-01T06:54:28","date_gmt":"2021-09-01T03:54:28","guid":{"rendered":"http:\/\/milliycha.uz\/?page_id=455"},"modified":"2021-09-26T11:22:19","modified_gmt":"2021-09-26T08:22:19","slug":"shaytanat-5-qism","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shaytanat-5-qism\/","title":{"rendered":"Shaytanat 5-qism"},"content":{"rendered":"\n
Muallif: Tohir Malik<\/p>\n\n\n\n
Bismillahir Rohmanir Rohiym<\/strong>
\u201cParvadigor shaytonga aytdi:<\/strong>
\u201cMaloikalar maqomidan tush. Bas, senga bu maloikalar maqomida turib gardankashlik qilish yarashmaydi. Sen xorlik bilan jannatdan chiq!\u201d Shayton aytdi: \u201cQiyomatgacha menga muxlat ber, meni o\u2019ldirmagil\u201d. Xudo aytdi: \u201cSenga Qiyomatga qadar muhlat berildi\u201d.<\/strong>
Iblis aytdi: \u201cMeni rahmatingdan mahrum qilganing badaliga Odam farzandlarini to\u2019g\u2019ri yo\u2019ldan ozdirish uchun muntazir bo\u2019lib turaman.<\/strong>
So\u2019ngra o\u2019ng taraflaridan kelib, vasvasa qilaman va orqalaridan kelaman va chap taraflaridan kelib, yo\u2019ldan ozdiraman. So\u2019ngra ularning ko\u2019plarini shukr qilguvchi hollarida topmassan\u201d.<\/strong>
Parvardigor aytdi: \u201cEy shayton, mardudlik holatida xor bo\u2019lib, Xudoning azobiga uchrab, jannatdan chiqib ket! Albatta,<\/strong>
O\u2019z zotimga qasamki, sen bilan va zurriyoting bilan va senga tobe bo\u2019lganlar bilan jahannamni to\u2019ldiraman\u201d.<\/strong>
(A\u2019rof surasidan ma\u2019no tarjima.)<\/strong><\/p>\n\n\n\n
MUALLIFDAN<\/strong><\/p>\n\n\n\n
Buyuklik va qudratda yagona, shirk va nuqson kirlaridan pok, baqoning egasi, rahmli va shafqatli Alloh taborak va taoloning muqaddas nomini dilimga muhrlagan holda so\u2019z boshlayapman. Barcha ne\u2019malarni ato qilguvchi \u2013 Alloh, so\u2019ngsiz qahr bilan intiqom oluvchi ham Alloh. Osmonlaru yerda U zotga shukrlar adadi behisobdir. Avvalu oxir U zot uchun hamdlarga to\u2019la!<\/em>
Ochiq mo\u2019jizalari bilan bani Odam ichra mumtoz janobi Payg\u2019ambarimiz Muhammad alayhissalomga, ahli baytlari hamda sahobalariga salovatu salomlar bo\u2019lsin!<\/em>
Assalomu alaykum, ardoqli kitobxon!<\/em>
Sizlar bilan yana g\u2019oyibona tarzda bo\u2019lsa-da, uchrashtirayotgan Allohga ham etish barobarinda Ul zotdan Siz azizmonlar xonadoniga qut-barakot bermog\u2019ini, shaytanat ofatidan O\u2019z hifzi-himoyasiga olmog\u2019ini iltijo qilaman.<\/em>
Rixsiya shu kuni o\u2019g\u2019il ko\u2019rdi.
Sururga to\u2019la qizlik paytlarida, shirin xayollar qanotida uchgan damlarida botir va halol bir o\u2019g\u2019lonni uchratishni, sevib-sevilib turmush qurishni, olti yo yetti o\u2019g\u2019il va uch qiz kurib, umrni shukronalik bilan o\u2019tkazishni orzu qilardi.
Bir o\u2019g\u2019lon uchrab, qiz ko\u2019nglini rom etdi. Ammo, nadomatkim, y botir emas, nomard bo\u2019lib chiqdi. Uning ayyorlik va muttahamlik chodiriga burkalgan, haromni kasb qilgan ablah ekanini Rixsiya keyinroq \u2014 taqdir yozug\u2019idan nolib, qamoqda o\u2019tirganida anglab yetdi. Undan bo\u2019lgan bolani oldirib tashlashni istadi. Biroq, qamoqxona vrachi vaqt o\u2019tganini aytib, ruxsat bermadi. Bola tushib keta qolsin, deb og\u2019ir-og\u2019ir narsalarni ko\u2019tardi, vujudni zaharlashi mumkin bo\u2019lgan narsalarni ham yeyaverdi. Lekin haromi bo\u2019lsa-da, bir o\u2019g\u2019il ko\u2019rishi taqdir yozug\u2019ida bor ekan, uning barcha harakatlari zoye ketdi. Qamoqxonada tug\u2019ilgan chaqaloq ozodlikdagi ayollar ham havas qiladigan darajada sog\u2019lom va ko\u2019rkam edi. qamoqxonadagi xotinlar har kuni bola tug\u2019avermaydilar. Tuqqanlari esa bolasini emizishdan, hatto unga bir qarab qo\u2019yishdan voz kechavermaydilar. Shu bois Rixsiyaning “emizmayman ham, qaramayman ham”, deb boladan yuz o\u2019girishi hamshiraning jahlini chiqardi. Avval yaxshi gapirdi, so\u2019ng po\u2019pisa qildi, kor qilmagach, shapalog\u2019ini ishga soldi.
Qadimda Ovrupoda hamshiralarni “mehribonlik olihalari” deb sharaflashgan ekan. Agar bu sifat qamoqxona hamshirasiga nisbatan qo\u2019llanilsa, “oq ishtonga jun jiyak” deganlaridek, ham kulgili, ham ensani qotiradigan bir hol vujudga kelishi mumkin edi. Ehtimol, bu ayol ozod ekanida mehribonlik nima ekanini bilgandir. Lekin kasalxonadagi tinchlantiruvchi va og\u2019riq qoldiruvchi dorilarni o\u2019g\u2019irlab, giyohvandlarga sotishi oqibatida qamoqqa tushgach, eng vahshiy hayvonlarga kam bemehrlik darsidan saboq bera oladigan darajaga yetdi. Tili esa eng sukong\u2019ich erkaklarni ham aro yo\u2019lda qoldirib ketadigan bo\u2019ldi. Mahkumalardan qay biri kasalga chalinib, turma shifoxonasiga bir marta tushsa-yu, keyinroq ikkinchi bor xastalansa, shu xotinni ko\u2019rmay o\u2019lib ketishiga ming marta rozi bo\u2019lib qolardi. Hamshirani ana shu illatlari uchun qamoqxona ma’muriyati izzat qilar, mahkumalar esa nafratlanishardi. “Yomonning bir qilig\u2019i ortiq”, deganlariday xushbichimroq mahkumalarni qandaydir bazmlarga qantday qilib tayyorlab berish ham uning zimmasida edi. Mahkumalar orasidagi go\u2019zallarning aksari bu xizmatdan bo\u2019yin tovlamas, aksincha, chorlanmay qolishsa ko\u2019ngillari xufton bo\u2019lardi. Ular boshqa narsadan \u2014 bazm yakunlangach, tunni shu erkakshoda hamshira bilan o\u2019tkazishdan bezishardi. Bezishsa -da, ko\u2019nglini ovlashga majbur edilar. Chunki bazmu maishat orqasida homilador bo\u2019lib qolishsa, bu hamshira doyalik qilib, ularni bu yukdan qutqarardi.
Rixsiyaning oy-kuni yetib, ko\u2019zi yoriydigan paytda shu hamshira doyalik qildi. Dunyoning ajabtovurligi shundaki, haromdan bo\u2019lgan bola haromni kasb qilgan xotin qo\u2019lida ko\u2019zlarini ochdi.
Ikki yuziga shapaloq tushgan Rixsiya ko\u2019zlarini katta-katta ochib, hamshiraga qo\u2019rqo\u2019v bilan qaradi, navbatdagi zarbani kutdi. Lekin hamshira boshqa urmay, mahkumalarning eski choyshabiga yo\u2019rgaklangan bolani uning tizzasiga qo\u2019ydi.
–\u00a0Agar shu bola ochdan o\u2019lsa, seni qiynab-qiynab o\u2019ldiraman. Shu paytgacha odamzod ko\u2019rmagan azoblarni senga atab tayyorlab qo\u2019yganman, \u2014 deb o\u2019z hukmini ma’lum qilib qo\u2019ygach, chaqaloqning yuzini ochdi.
Qornida qimirlay boshlaganidan beri o\u2019limini istagan bolaning javdiragan ko\u2019zlariga ko\u2019zi tushishi bilan Rixsiyaning vujudi titrab ketdi. Ko\u2019kragida iliqlik sezildi. Bir oz qarab turgach, ko\u2019kragini ochib, emiza boshlaganini o\u2019zi ham sezmay qoldi. Chaqaloq ema-ema uxladi. Rixsiya uni bag\u2019riga bosganicha o\u2019tirmoqchi edi, hamshira ruxsat bermadi. Bolani yulqib olib, temir panjarali eshikning temir panjarali darichasini ochdi-da, dahlizda poylab turgan ayol nazoratchiga uzatdi. Rixsiya emizayotgan paytda hamshiraning ketmay qarab turgani sababini bilolmay ajablangan edi. Bolasi xuddi keraksiz buyumday panjara naryog\u2019iga berib yuborilgach, vujudida titroq turdi.
– Nega u yoqqa berib yubordingiz? Bolam o\u2019zim bilan yotmaydimi? \u2014 dedi yig\u2019lamsirab.
–\u00a0Uyingda tuqqaningda yoningda yotardi. Bu yer onangning uyi emas, \u2014 deb hamshira gapni kalta qildi. Keyin asabiy ravishda to\u2019ng\u2019illadi: – Hozirgina bolangga o\u2019lim tilayotuvding-ku, endi mehring uyg\u2019onib qoldimi?
Bu gapni aytgandan ko\u2019ra, hamshira uni tepa-tepa abjag\u2019ini chiqarib yuborgani ma’qulrok edi. Hamshira tuhmat qilmadi, haq gapni aytdi. Achchiq haqiqatni tan olish bu mushtipar uchun nihoyatda og\u2019ir edi. Emiza turib “bolada hech qanday gunoh yo\u2019q-ku?! Nega unga o\u2019lim tiladim, undan ko\u2019ra tug\u2019ib o\u2019lganim a’loroq emasmidi?” deb o\u2019zini o\u2019zi la’natladi. Bola to\u2019yib emib, shirin uyquga ketgach, o\u2019zining o\u2019lishi mumkin emasligini, go\u2019dagini ko\u2019krak suti bilan boqishga majbur ekanini tushundi. Onalik mas’uliyatiga itoat etgan nafasda farzandini bag\u2019ridan yulib oldilar. Shunda y dahshatli haqiqatni angladi: qamoqxonada dunyoga kelgan o\u2019g\u2019li o\u2019zi kabi ozodlikdan mahrum edi! O\u2019zi-ku, jinoyati uchun jabr tortyapti, ammo bolada nima gunoh!
Nazoratchilar insof qilishsa, kunda to\u2019rt yoki besh marta, bolaning big\u2019illab yig\u2019lashidan bezishsa, tunda ham temir panjarali eshikning temir panjarali darichasini ochib, bolani lattaga o\u2019ralgan buyum kabi uzatardilar. Chaqalok emib, nafsi orom topgach, yana shu holda qaytarib olardilar. Rixsiya bolasining og\u2019ziga ko\u2019kragini solgach, uning sekinroq, shoshilmay emishini istardi. Bag\u2019rida ko\u2019proq olib o\u2019tirishni xohlardi. Har safar bolani qaytarib berayotganda Rixsiyaning yuragidan bitta tomir uzilganday bo\u2019laverardi.
Bir haftadan so\u2019ng hamshira unga bir yangilikni ma’lum qildi:
– Bolangga tug\u2019ilganlik haqida guvohnoma yozib berishdi. Otasining tayini bo\u2019lmagani uchun o\u2019zingning familiyangda qoldi. Oti “Axtam” bo\u2019ldi.
Rixsiya maktabda o\u2019qib yurganida sinfdosh bolaga ko\u2019ngil qo\u2019ygandi. Bu tuyg\u2019u sevgi martabasiga yetmagan bo\u2019lsa-da, uni ko\u2019p eslardi. O\u2019g\u2019liga o\u2019sha yigitning ismini berishni niyat qilib o’tirganda bu xabarning ma’lum qilinishi uni ajablantirdi:
– Nega “Axtam”?
– Kuz ochib ko\u2019rgan yigitimning oti Axtam edi. U butun Tataristonni yotqizib-turg\u2019izardi. Moskvaga borsa, eng zo\u2019r mafiozlar ham qulluq qilib turardi. O\u2019shanga o\u2019xshab yursin, deb niyat qildim. Shu ism mendan senga yodgorlik bo\u2019lib qolsin. Qamoqxonada o\u2019lib ketmasang, ozodlikka chiqqaningda eslab yurarsan.
Bu gapni eshitib Rixsiyaning ko\u2019z oldi qorong\u2019ilashdi. Bola tug\u2019ilganda kelajagi go\u2019zal bo\u2019lsin, deb umid qilinardi. Bu xotin esa bir o\u2019g\u2019ri-kallakesarga o\u2019xshashini niyat qilibdi. Rixsiya hujjatda zikr etilgan ismni sira tilga olmadi. Bolasini qo\u2019liga olganda suyganining ismini aytib, erkalardi. Axtam bu ismga ko\u2019nikib ham qolgan edi. Bolalar uyiga jo\u2019natilgach, onasi suygan ismni unutib yubordi.
Axtam chaqaloqlik yoshidan o\u2019tib, emmay qo\u2019ygach, Rixsiyaga qamroq ko\u2019rsatadigan bo\u2019lishdi. Bola uch yoshga to\u2019lgan kuni hamshira uni yetaklab kirib, ona qalbini tilka-tilka qilib yuboruvchi yangilikni aytdi:
– O\u2019g\u2019ling bilan xayrlashib ol, endi, o\u2019lmasang, qamoqdan qutulganingdan keyin ko\u2019rishasan.
– Nega? \u2014 deb so\u2019radi Rixsiya bolasini xavotir bilan bag\u2019riga bosganicha.
– Negaligini bilmaysanmi? Qamoqxonada tug\u2019ilganlar uch yoshga to\u2019lgandan keyin tashqaridagi bolalar uyiga yuboriladi. O\u2019g\u2019ling ozod bo\u2019ldi, quvonsang-chi!
Uch yil mobaynida qamoqxona bog\u2019chasida ulg\u2019aygan, ozod dunyo, ozod bolalar qanday bo\u2019lishini bilmaydigan begunoh go\u2019dakning erkinlikka chiqishi, albatta, quvonarli edi. Lekin y qaysi shaharni qaysi bolalar uyiga boradi? Qanday davrada kamolga yetadi?
Bu qamoqxonada ona uchun ham, bola uchun ham birgina yupanch, birgina baxtli daqiqalar bor edi. Ko\u2019rishmoqlik, diydor saodati bu onda barham topdi. Naqadar berahmlik! Bundan so\u2019ng diydorga qachon yetishadilar? Diydor qiyomatga qolsa-chi?
Onaning qalbi shu savollar iskanjasida. Bola qalbi bu azobdan holi bo\u2019lsa-da, onasini boshqa ko\u2019rmasligini sezibmi, yig\u2019lay boshladi.
– Vaqt bo\u2019ldi, tashqarida kutib turishibdi. O\u2019lmasang, yetti yildan keyin ko\u2019rasan bolangni, \u2014 hamshira shunday deb, Axtamni yelkasidan ushlab o\u2019ziga tortdi.
Rixsiya qo\u2019yib yuborgisi kelmadi.
– Jonim bolam, esingda tursin, sen bilan meni bebaxt qilgan odamni ulg\u2019ayganingda topasan! Bu xo\u2019rliklarimiz uchun o\u2019ch ol! Uning oti…
Bolasi eslab qolsin uchun bu ismni uch marta qaytardi. Uch yoshli bolaning bu gaplapra tushunishi qiyin edi. Shunga qaramay, umid bilan aytdi. Hamshira Axtamni ona bag\u2019ridan yulqigancha ajratib, tugun kabi qo\u2019ltiqlab oldi-da, tashqari tomon yurdi. Bolaning yig\u2019isi dahlizdan eshitilib turdi. Yig\u2019i tinmay turib, Rixsiya hushsiz yiqildi.
Bu dunyoda yigirma besh yil umr ko\u2019rgan juvon bu ayriliqqa chidolmadi. Kundan kunga so\u2019lib boraverdi. Uch oydan keyin adolatsiz dunyoni tashlab ketdi…
Erkinlikdagi bolalar uyida o\u2019yinchoqlar ko\u2019p bo\u2019lgani bilan Axtamga yoqmadi. Ozodlikda tugilib-o\u2019sayotgan bolalar bilan qamoqxonadan kelgan Axtamning til topishishi qiyin kechdi. Ozodlikda ulg\u2019ayayotgan ikki bola o\u2019yinchoq talashsa yoki urishib qolsa, enagalar ularga tanbeh berib qo\u2019ya qolishardi. Ahtam talashsa yoki birontasini ursa, jazoga tortilardi. qamoqxona bog\u2019chasidan kelgan bolaga munosabat o\u2019zgacha edi. Axtam buni go\u2019daklarga xos fahmi bilan angladi. Atrofiga nafrat ko\u2019zi bilan qarash hissi shu yerda tug\u2019ildi.
Maktab yoshiga yetganda yana boshqa yetimxonaga jo\u2019natildi. Onasining kamoqdan chiqib olib ketishini toqat bilan kutdi. Kun sanab yashadi. O\u2019n yoshga to\u2019lganida onasi ozodlikka chiqishi kerak edi. Bu shodlik kuni yaqinlashgan sayin soat va daqiqalar sanab yashadi. O\u2019sha kun, o\u2019sha soat, o\u2019sha daqiqa yetdi. Ammo onasi kelmadi.
Yetimxonada bir mehribon enaga bor edi, so\u2019rab-surishtirib, Rixsiyaning vafot etganini aniqladi. Lekin o\u2019sha yili buni bolaga bildirmadi. Axtam kun, soat sanamasa ham onasining kelib, olib ketishini kutib, umid bilan yashayverdi. Mehribon enaga “onasi o\u2019lgan bo\u2019lsa, tog\u2019alarimi yo amakilarimi bordir?” degan ilinjda yana so\u2019rab-surishtirdi. Rixsiyaning akasi yashaydigan manzilni aniqlab, unga xat yozdi. Jiyanining ahvolini bayon qildi. Tog\u2019adan kelgan maktub ochib o\u2019qilgunicha mehribon enaga qalbiga quvonch baxsh etdi. “Biz u badbaxt singildan yuz o\u2019girganmiz, demak, jiyanimiz ham yo\u2019q”, degan satrlar esa bu quvonchni zaharli tirnoqlari orasiga olib ezg\u2019ilab tashladi. Enaga bu xatni Axtamga bermadi. Axtam maktabni bitirish arafasidagina ko\u2019rsatdi.
\u00a0– Nima uchun bunday deb yozganini bilmayman. Balki o\u2019shanda nimadandir norozi bo\u2019lgandir, endi hovuridan tushgandir. Uning oldiga bor, yolg\u2019iz yurma, yolg\u2019izlik yomon, – dedi.
– Shu yoshgacha qarindoshlarsiz yashadim, bundan keyin kam yashayman, – dedi Axtam o\u2019jarlik bilan.
Fazliya erining qimor o\u2019ynashiga ham, kech kelishiga ham, bir necha kunlar yo\u2019q bo\u2019lib ketishiga ham ko\u2019nikib qolgan. Eri paydo bo\u2019lganda “nega kech keldingiz?”yoki “kecha qayerda sang\u2019ib yuruvdingiz?”deb ko\u2019kragiga sanchqi tiramaydi. “Ovqat isitaymi, choy ichasizmi?”deb so\u2019raydi. Qimorda baxt quyoshi qiyagina kulib boqqan bo\u2019lsa ham, eri olib kelgan pulini o\u2019rtaga tashlab, to tongga qadar maqtanishdan charchamaydi. Fazliya pullarni ko\u2019rib shodlanib ketmaydi, sarflashga ham shoshilmaydi. Ro\u2019zg\u2019orga keraklisini olib, qolganini erining ko\u2019zidan panaroqqa yashiradi. Eri yutqizib kelsa suvga bo\u2019kkan mushukday kunishib oladi. Tonggacha uxlamaydi, dardini ichiga yutib, o\u2019zi yog\u2019iga o\u2019zi qovrilib jimgina o\u2019tiraveradi. Oxiri u “puldan qolganmi?”deb xotiniga yalinadi.
Fazliya qimorbozlarning yaxshi-yomon odatlari haqida ko\u2019p mish-mishlarni ham, to\u2019g\u2019ri gaplarni ham eshitgan. Xotinlarni qimorga tikib yuborish oqibatlarini ozmi-ko\u2019pmi biladi. Joynamozda o\u2019tirgan xotinga qimorbozlarning tegmasligini unga aytishgan. Lekin u erining bu qadar pastkashlikka bormasligiga ishongani uchun sira joynamoz ustida kutib o\u2019tirmagan.
Eri bu kech uyida tunamay, peshinga yaqin qaytdi. Fazliya uning tund chehrasiga bir qarashdayoq yutqizib kelganini angladi. Odatiga ko\u2019ra, ortiqcha gap-so\u2019z qilmay, oshxonaga kirib ovqat isitdi. Eri ovqatga karamadi. Uzatilgan piyolani oldi-yu, hatto choyni ho\u2019plamay dasturxon ustiga qo\u2019ydi. Fazliya undan sado chiqishini toqat bilan kutib o\u2019tiraverdi. Eri qarzga botgan bo\u2019lsa, sandiqda ehtiyotlab qo\u2019ygan tugunchani ochadi, yetmasa, sigir-buzoqni sotar… Uning xayoli erini qarzdorlik botqog\u2019idan qutkarib olish bilan band. Erining uch-to\u2019rt marta xursinib, so\u2019ng pushaymon bo\u2019lgan odamning xasta ovozi bilan “puldan bormi?”deb so\u2019rashini, pulning daragini eshitgach esa “ikkinchi o\u2019ynamayman”, deb qasam ichishini kutdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"