{"id":55326,"date":"2023-03-08T09:01:16","date_gmt":"2023-03-08T06:01:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=55326"},"modified":"2023-03-08T13:04:14","modified_gmt":"2023-03-08T10:04:14","slug":"ozbek-adabiyoti-tarixi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbek-adabiyoti-tarixi\/","title":{"rendered":"O\u2019zbek adabiyoti tarixi"},"content":{"rendered":"\n<p>Natan Mallayev. O\u2019zbek adabiyoti tarixi<\/p>\n\n\n\n<p>Kirish.<\/p>\n\n\n\n<p>Adabiyot tarixi fani badiiy adabiyotning tarixiy taraqqiyot protsessini o\u2019rganadi va o\u2019rgatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Har bir xalqning o\u2019z tarixi, madaniyati, san\u2019ati va adabiyoti bor. Shunga ko\u2019ra, adabiyot tarixi ma\u2019lum bir xalqning \u2013 shu adabiyotni yaratgan xalqning nomi bilan ataladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Har bir xalq, uning katta-kichikligidan qat\u2019i nazar, jahon madaniyati xazinasiga o\u2019z hissasini qo\u2019shadi. Shunga ko\u2019ra, alohida xalqlarning nomi bilan atalgan adabiyotlar tarixi ayni chog\u2019da umumjahon adabiyoti tarixining ajralmas bir qismidir.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek xalqi qadimiy va boy madaniyatga ega bo\u2019lgan xalqlardan biridir. U jahon ilm-fani, san\u2019ati va adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo\u2019shdi, buyuk olimlarni, san\u2019atkorlarni va yozuvchilarni yetishtirdi, boshqa xalqlar bilan yaqindan madaniy aloqada boldi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek xalqi ma\u2019naviy madaniyatining katta va ajralmas bir qismi o\u2019zbek adabiyotidir.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek adabiyoti tarixi o\u2019zbek xalqining qadim zamonlardan boshlab hozirgi kunga qadar yaratgan badiiy adabiyotini o\u2019z ichiga oladi. Bu adabiyot bir-biridan tubdan farq qiluvchi ikki davrga: Ulug\u2019 Oktabr sotsiaalistik revolyutsiyasigacha bo\u2019lgan davr va Oktabr revolyutsiyasidan keyingi davrga bo\u2019linadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oktabr revolyutsiyasigacha bolgan o\u2019zbek adabiyoti antagonistik sinfiy jamiyatda vujudga kelgan, antagonistik sinfiy jamiyatning ziddiyatlari bilan birga yashagan adabiyotdir. Bu adabiyot bir-biriga qarama-qarshi bo\u2019lgan oqimlardan, reaktsion va progressive oqimlardan \u2013 ekspluatatorlar manfaatiga yoki xalq ommasiga manfaatlariga xizmat qilgan oqimlardan iboratdir. O\u2019zbek adabiyoti tarixi bir-biriga qarama-qarshi bo\u2019lgan aadabiy oqimlarning kurashi tarixidir. Bu kurashda progressive adabiyot o\u2019sdi, chiniqdi va tobora keng xalq ommasi bilan bog\u2019lanib, uning e\u2019tibori va muhabbatiga sazovor bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek adaiyoti turli xil va janrdagi badiiy asarlarni o\u2019z ichiga oladi. Lirika va epos o\u2019tmish o\u2019zbek adabiyotining asosiy xillaridir. G\u2019azal, muxammas, musaddas, noma, ruboiy, doston, masal, hikoya va boshqalar keng tarqalgan adabiy janrlardir. O\u2019zbek adabiyoti tarixi turli adabiy xil va janrlarning shakllanishi va rivojlanishi tarixi hamdir.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019tmish o\u2019zbek adabiyoti bir qator memuar va tarixiy asarlarni ham o\u2019z ichiga oladi. \u201cBobirnoma\u201d (Bobur), \u201cShajarai turk\u201d, \u201cShajarai tarokima\u201d (Abulg\u2019oziy), \u201cFirdavsul-iqbol\u201d (Munis va Ogahiy) va boshqalar shular jumlasidandir, chunki ularda tarixiy voqealar ko\u2019pincha badiiy til vositasida ifodalanadi, badiiy lavhalar va she\u2019rlar ularga yanada ko\u2019proq badiiy tus beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek adabiyoti tarixi \u201cTohir va Zuhra\u201d, \u201cBiz o\u2019g\u2019lon\u201d, \u201cYusuf Ahmad\u201d, \u201cKitoi podsho Jamshid\u201d, \u201cQissai Farhodu Shirin\u201d kabi xalq kitoblarini ham o\u2019z ichiga oladi. Bu asarlar folklorda vujudga kelgan, kitobiy adabiyotga yaqinlashtirib qayta ishlangan yoki yozma adabiyotda paydo bo\u2019lib, keyinchalik xalq ijodi uslubida ishlangan asarlardir. Shunga ko\u2019ra, xalq kitoblari folkloristikaning ham, adabiyot tarixining ham predmetidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarjima adabiyot ham o\u2019zbek adabiyoti tarixining muhim bir qismini tashkil etadi. O\u2019zbek xalqi asrlar davomida bir qancha xalqlar bilan, O\u2019rta Osiyo va Qozog\u2019iston, Kavkaz va Rosiiya, Gretsiya va Eron, Hindiston va Arabiston hamda boshqa o\u2019lkalarning xalqlari bilan yaqin iqtisodiy va madaniy aloqada bo\u2019ldi. Natijada ana shu aloqalarning mevasi sifatida tarjima adabiyot vujudga keldi. O\u2019zbek tiliga tojik, eron, ozarbayjon, hind, arab, rus va boshqa xalqlarning ko\u2019p badiiy asarlari va tarix kitoblari tarjima qilindi. \u201cXisrav va Shirin\u201d, \u201cHaft paykar\u201d (Nizomiy), \u201cGuliston\u201d, \u201cBo\u2019ston\u201d (Sa\u2019diy), \u201cBahoriston\u201d, \u201cYusuf va Zulayho\u201d, \u201cSalomon va Absol\u201d (Jomiy), \u201cShoh va gado\u201d (Hiloliy), \u201cKalila va Dimna\u201d (aslida hind eposi), \u201cMing bir kecha\u201d (arab ertaklari), \u201cRavzatus-safo\u201d (Mirxond), \u201cBadoynul-vaqoe\u201d (Vosifiy) va boshqalar shular jumlasidandir.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarjima adabiyot xalqlar o\u2019rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi, o\u2019zbek xalqini boshqa xalqlarning badiiy ijodi bilan tanishtiradi. Shu bilan birga, tarjima, asarlarning ko\u2019pi konkret tarixiy sharoitning ehtiyoji, talabi hamda o\u2019zbek yozma adabiyoti va xalq og\u2019zaki ijodi tajribalari asosida birmuncha o\u2019zgartirilgan va yangiliklar kiritilgan, ijodiy qayta ishlangan asarlardir. Qutb (XIV asr) tarjima qilgan \u201cXisrav va Shirin\u201d (Nizomiy), Xiromiy (XIX asr) tarjima qilgan \u201cChor darvesh\u201d, \u201cTo\u2019tinoma\u201d va boshqalar shu xildagi erkin tarjima asarlariridir.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019 Oktabr sotsialistik revolyutsiyasigacha bo\u2019lgan o\u2019zbek adabiyoti tarixi kursi o\u2019zbek xalqining ko\u2019p asrlik adabiyoti bilan, bu adabiyotning taraqqiyot yo\u2019li bilan, adabiy yo\u2019nalishlar o\u2019rtasidagi kurash tarixi bilan tanishtirilishi lozim. Bu kurs o\u2019zbek adabiyoti namoyandalari ijodini, ularning asarlarini tahlil qilib va g\u2019oyaviy-badiiy qimmatiga baho berib, badiiy adabiyot bilan mafkuraning boshqa shakllari o\u2019rtasidagi aloqalarni, yozma adabiyot bilan xalq og\u2019zaki ijodi o\u2019rtasidagi adabiy hamkorlikni yoritishi, o\u2019rgatishi kerak. Shuningdek, bu kurs o\u2019tmish adabiyoti ilg\u2019or traditsiyalarining davom ettirilishiga va rivojlantirilishiga yordam berishi lozim. Adabiyot tarixi xalq tarixining ajralmas bir qismidir. Badiiy adabiyotning taraqqiyoti jamiyatning umumiy taraqqiyoti bilan uzviy bog\u2019liqdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Kishilar, K.Marks aytganidek, \u201co\u2019z hayotlarini ijtimoiy ishlab chiqarishda muayyan, zarur, o\u2019zlarining irodalariga bog\u2019liq bo\u2019lmagan munosabatlarda \u2013 ishlab chiqarish munosabatlarida bo\u2019ladilar, bu munosabatlar ularning moddiy ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyotining muayyan bosqichiga muvofiq keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu ishlab chiqarish munosabatlarining hammasi jamiyatning iqtisodiy strukturasini, real bazasini tashki etadi, huquqiy va siyosiy ustqurma shu real basis ustiga quriladi va ijtimoiy ongning muayyan shakllari bu bazisga muvofiq keladi\u2026 Kishilarning ongi ularning borlig\u2019ini belgilamaydi, balki, aksincha, ularning ijtimoiy borlig\u2019ini belgilamaydi, balki, aksincha, ularning ijtimoiy borlig\u2019i ularning ongini belgilaydi\u201d. Shu bilan birga, ustqurma va ijtimoiy ongning turli shakllari o\u2019zaro munosabatda bo\u2019ladi, bir-birlariga va jamiyatning bazisiga aktiv ta\u2019sir qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq ayrim vaqtlarda san\u2019at va adabiyot jamiyatning umumiy taraqqiyotidan ilgari ketishi yoki orqada qolishi ham mumkin. Bu haqda K.Marks bunday degan edi: \u201cSan\u2019atga kelsak, shu narsa ma\u2019lumki, uning muayyan davrlarda gullab-yashnashi jamiyatning umumiy rivojiga, demak, jamiyat tuzilishining skeleti bo\u2019lgan moddiy negizining rivojiga ham hech bir muvofiq kelmaydi. Masalan, greklarni yoki Shekspirni hozirgi xalqlar bilan solishtirsak, xuddi shuni ko\u2019ramiz\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Demak, marksizm-leninizm ta\u2019limotiga ko\u2019ra, adabiyot tarixi xalq tarixining uzviy bir qismi bo\u2019lib, uni davrlashtirishda, bir tomondan, jamiyatning umumiy taraqqiyot qonunlariga, ikkinchi tomondan, adabiyot taraqqiyotining o\u2019ziga xos xususiyatlariga asoslanish lozim.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek adabiyoti tarixini ilmiy asosda o\u2019rganish va yoritish, asosan, Ulug\u2019 Oktabr sotsialistik revolyutsiyasidan keyin boshlandi. Sovet fani o\u2019zbek adabiyoti tarixini o\u2019rganish sohasida mislsiz katta muvaffaqiyatlarga erishdi va erishib bormoqda. Markscha-lenincha fan metodologiyasiga asoslangan sovet adabiyotshunosligi o\u2019zbek adabiyoti tarixini o\u2019rganish sohasida yo\u2019l qo\u2019yilgan xatolarga, jumladan adabiyot tarixi taraqqiyotini sulolalar yoki podsholarning, xonlarning kelib-ketishlari tarixiga qarab davrlashtirish mayllariga uzil-kesil barham berdi. Biroq hali o\u2019rganilmgan yoki hozircha kam o\u2019rganilgan yodgorliklar va masalalar ham oz emas. Arab va mo\u2019g\u2019ul bosqinchilari istilosi hamda dahshatli o\u2019zaro feudal urushlar juda ko\u2019p madaniyat yodgorliklarini, jumladan, adabiyot asarlarini ham yemirib tashladi, yo\u2019qotib yubordi. Bu holat ayrim tarixiy etaplar (masalan, VIII-IX asrlar va XIII asr) adabiyotining to\u2019la manzarasini yoritish, ularni keng tasavvur qilish imkonini bermaydi. Bularning barchasi, shubhasiz, adabiyot tarixini davrlashtirish masalasini nihoyatda qiyinlashtiradi. O\u2019zbek adabiyoti tarixini davrlashtirish bo\u2019yicha sodir bo\u2019lgan ayrim xatoliklar, jumladan ba\u2019zi bosqichlarni sun\u2019y yoki bir yoqlama nomlar bila atash hodisalari ham shu bilan izohlaadi. Lekin, bunga qaramay, Ulug\u2019 Oktabr sotsialistik revolyutsiyasigacha bo\u2019lgan o\u2019zbek adabiyoti tarixini, bir tomondan, jamiyatning umumiy taraqqiyot qonunlarini, o\u2019zbek xalqining tarixan tashkil topishi hamda uning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi taraqqiyot etaplarini; ikkinci tomondan, adabiyot tarixi taraqqiyotining o\u2019ziga xususiyatlarini; badiiy adabiyotning ijtimoiy-estetik mohiyati va funktsiyasining taraqqiy etib borishi, adabiy oqimlarning shakllanishi va taraqqiy etib borishi, adabiy oqimlarning shakllanishi va taraqqiy etishi, adabiy oqimlar o\u2019rtasidagi kurash, adabiy uslub, adabiy xil va janrlarning o\u2019sishi hamda badiiy so\u2019z san\u2019atining boshqa jihatlari takomiliga xos xususiyatlarni ko\u2019zda tutib, quyidagi asosiy taraqqiy bosqichlariga bo\u2019lish mumkin:<\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\" type=\"1\">\n<li>Eng qadimgi adabiy yodgorliklar<\/li>\n\n\n\n<li>X-XII asrlar adabiyoti<\/li>\n\n\n\n<li>XIII asr va XIV asr boshlaridagi adabiyot<\/li>\n\n\n\n<li>XIV asr o\u2019rtalaridan XVII asrgacha bo\u2019lgan adabiyot<\/li>\n\n\n\n<li>XVII asrdan XIX asrning o\u2019rtalarigacha bo\u2019lgan adabiyot<\/li>\n\n\n\n<li>XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi adabiyot. Ayrim bosqichlarni yana ichki bosqichlarga \u2013 etaplarga ham ajratish mumkin. (Bu davrlashtirish \u201cO\u2019zbekiston SSR tarixi\u201d kitobida berilgan davrlashtirish, madaniy-adabiy protsessninng o\u2019ziga xosligini ko\u2019zda tutib, ayrim bosqichlarning qo\u2019shib berilganini mustasno qilsak, mos tushadi va unga tayanadi ham.)<\/li>\n<\/ol>\n\n\n\n<p>Eng qadimgi adabiy yodgorliklar O\u2019rta Osiyo territoriyasida qadim zamonlarda yashagan hamda o\u2019zbek, tojik, turkman va boshqa xalqlarning asosiy etnik qatlami bo\u2019lgan elat va qabilalarning ayrimlari, ayni chog\u2019da, qo\u2019shni xalqlarning ham adabiy yodgorliklaridir. Bu yodgorliklar hozir O\u2019rta Osiyo territoriyasida yashayotgan barcha xalqlarning mushtarak madaniy yodgorligidir. X-XII asrlardagi turkiy tildagi adabiyot O\u2019rta Osiyo va Sharqiy Turkiston (Sintzyan) turkiy xalqlarining mushtarak adabiy merosidir.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek adabiyotining taraqqiy bosqichlari ekspluatator sinflarning manfaatiga xizmat qilgan, islom ideologiyasini targ\u2019ib etgan reaktsion adabiyotga qarshi kurashda progressive adabiyotning o\u2019sib rivojlanganini, o\u2019z davrining ilg\u2019or qarashlarini ifodalab, xalq va mamlakat manfaatlariga xizmat qilganini, ilg\u2019or ijtimoiy-falsafiy qarashlar taraqqiyotiga va adabiy tilning o\u2019sishiga katta hissa qo\u2019shganini ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019 Oktabr sotsialistik revolyutsiyasigacha o\u2019zbek adabiyoti tarixi izchil va ilmiy asosda o\u2019rganilgan va yoritilgan emas. Feodal-klerikal jamiyat tuzumi va islom dini reaktsiyasi bunga imkon bermas edi. Reaktsion feudal-klerikal doira ilg\u2019or ilm-fanning, san\u2019at va adabiyotning ashaddiy dushmani edi. U madaniyat rivojiga qarshi tish-tirnog\u2019i bilan kurashar, xalqqa, kishilik taraqqiyotiga xizmat qilgan madaniyat boyliklarini yemirib tashlashga intilar, olimlarni, san\u2019atkorlarni, yozuvchilarni ta\u2019qib etar va jazolar, zo\u2019r berib din va shariat dogmalarini targ\u2019ib qilar edi. Maktab va madrasalar ham din va shariat qonun-qoidalariga muvofiqlashtirilgan edi. Bu xol ilm-fanning, jumladan adabiyotshunoslikning ham taraqqiy etishiga imkon bermas edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Lekin feodal o\u2019rta asrning dahshatlariga qaramay, ilm-fanning turli sohalarida o\u2019lmas asarlar, buyuk kashfiyotlar yaratib, jahon ilm-fani taraqqiyotiga katta hissa qo\u2019shgan o\u2019zbek xalqi adabiyotshunoslik sohasida ham ma\u2019lum yutuqlarni qo\u2019lga kiritdi, tajriba to\u2019pladi. Adabiyot nazariyasi va adabiyot tarixiga, xususan, poetikaga doir birmuncha ishlar qilindi. Badiiy asarlar, teksti asosida lug\u2019at kitoblari tuzildi, ba\u2019zi bir asarlarning, chog\u2019ishtirma teksti tuzildi, vazn, qofiya va boshqa masalalar bo\u2019yicha adabiyot nazariyasiga doir asarlar yaratildi, tazkira -a antologiya, majmua va bayozlar ishlandi va hokazo. Navoiyning \u201cMezonul-avzon\u201d, \u201cMajolisun-nafois\u201d, \u201cRisolai muammo\u201d asarlari, Bobirning aruz risolasi, Fazliyning \u201cMajmuai shoiron\u201d va Tabibiyning \u201cMajmuatush-shuaro\u201d kitoblari va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday asarlar juda oz bo\u2019lishi va ba\u2019zilarining ayrim kamchilik va xatolari (sub\u2019yektivizm, biografizm, estetik dogmatism va boshqalar)ga qaramay, o\u2019z davrining adabiyotshunosligi, estetik tafakkuri taraqqiyotiga ma\u2019lum hissa bo\u2019lib qo\u2019shildi. Shu bilan birga, turli xil tarix kitoblarida, memuarlarda va, xususan, badiiy asarlarda qisman bo\u2019lsa-da, adabiyot nazariyasi va adabiyot tarixiga doir fikr-mulohazalar, ma\u2019lumot va faktlar berilgan. Bularning barchasidan tanqidiy foydalanish o\u2019zbek klassik adabiyotini o\u2019rganish va yoritishga xizmat qiladi. Fors, tojik va arab tillarida yozilgan adabiyotshunoslik asarlari esa o\u2019zbek adabiyoti bilan boshqa xalqlar adabiyoti o\u2019rtasidagi aloqalarni, mushtarak o\u2019rganish va yoritishga ma\u2019lum darajada yordam beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019tmish sharqshunosligi ham o\u2019zbek klassik adabiyoti masalalari bilan shug\u2019ullandi. Rus va g\u2019arb sharqshunoslari faktik material to\u2019plash, bibliografiya tuzish, tekstologiya ishlab olib borish, turli asarlarni nashr etish va boshqa masalalar yuzasidan ma\u2019lum muvaffaqiyatlarga erishdilar. Bunga rus olimi M. Nikitskiyning Navoiyning hayoti va faoliyatiga bag\u2019ishlangan ilmiy asarini, fransuz olimi Katrmerning \u201cMuhokamatul-lug\u2019atayn\u201dni nashr etishi va boshqalarni misol qilib ko\u2019rsatish mumkin. Lekin burjua sharqshunosligi, xususan, imperialism va mustamlakachilik manfaatlariga xizmat qilgan sharqshunoslar o\u2019zbek xalqining tarixini, uning madaniyatini, shu jumladan o\u2019zbek badiiy adabiyotini buzib, soxtalashtirib tasvirladilar. Reaktsion burjua sharqshunosligi idealistic falsafaga va irqiy nazariyaga asoslanib, Sharq xalqlarini kamsitadi, ularni ilmiy fikrlashga, madaniy jamiyat yaratishga qodir bo\u2019lmagan xalqlar deb tuhmat qiladi va bu bilan Sharq xalqlarini umrbod mustahmlakachilik kishanlariga giriftor qilmoqchi bo\u2019ladi. Reaktsion burjua sharqshunosligi Sharq xalqlarining jahon madaniyati xazinasiga qo\u2019shgan buyuk hissasini inkor qiladi yoki uni soxtalashtiradi. Reaktsion burjua sharqshunosligi kosmopolitizm qarashlarini, uning panislamizm, paniranizm va panturkizm kabi ko\u2019rinishlarini zo\u2019r berib targ\u2019ib qiladi, bu bilan u Sharq xalqlarini imperialistik monopoliyalarga qaram qilmoqchi bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Gibb \u201cTurk poeziyasi tarixi\u201d asarida XV asrdagi O\u2019rta Osiyo xalqalari adabiyoti haqida so\u2019zlar ekan, bu adabiyotning butun ruhini tasavvuf mistitsizmi tashkil etadi, deydi. M. Belen, E. Braun va boshqalar o\u2019zbek adabiyotini \u201ceron adabiyotining mevasi\u201d deb qaraydilar; \u201ceron adabiyoti\u201dga esa, eron xalqi adabiyotidaan tashqari, turli xalqlar tomonidan fors-tojik tilida yaratilgan barcha adabiyotlarni kiritib yubordilar. Ularning da\u2019vo qilishicha, Yaqin va O\u2019rta Sharq adabiyoti taraqqiyotida muhim rol o\u2019ynagan ulug\u2019 o\u2019zbek shoiri va mutafakkiri Navoiy \u201ceron adabiyotining tarjimoni\u201d emish. O\u2019tmish ayrim rus sharqshunoslari ham shunday xatolarga yo\u2019l qo\u2019ygan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek xalqining revolyutsion taraqqiyot yo\u2019liga, uning rus va boshqa qardosh xalqlar bilan internatsionalistik birodarligiga ashaddiy dushman bo\u2019lgan burjua millatchilari ham o\u2019zbek adabiyoti tarixini soxtalashtirishga intildilar. Ular Navoiy, Muqimiy va Furqat kabi so\u2019z san\u2019atkorlarini kamsitib, Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg\u2019oniy kabi mistik yozuvchilarni ko\u2019klarga ko\u2019tardilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Imperializmning malaylari bo\u2019lgan hozirgi reaktsion burjua sharqshunoslari zo\u2019r berib shovinizm va irqchilik nazariyasini davom ettirmoqdalar, ozod Sovet Sharqi xalqlariga, ularning tarixi va madaniyatiga tuhmat qilmoqdaalar, mustamlakachilik kishanlarini parchalab tashlab milliy ozodlikka erishayotgan Osiyo va Afrika xalqlarini kamsitish siyosatini davom ettirmoqdalar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, Ulug\u2019 Oktabr sotsialistik revolyutsiyasigacha o\u2019zbek klassik adabiyotini tekshirish va o\u2019rganish sohasida nihoyatda oz ish qilingan edi. Shovinizm, irqchilik va kosmopolitizm qarashlarini ilgari surgan reaktsion burjua sharqshunosligi esa bu adabiyotni soxtalashtirishga, uning mustaqil taraqqiyot yo\u2019li va progressive mohiyatini inkor etishga qaratilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019 Oktabr sotsialistik revolyutsiyasi o\u2019zbek xalqini ijtimoiy va milliy zulm kishanlaridan ozod qildi. Kommunistik partiya rahbarligi, rus va boshqa qardosh xalqlarning samimiy yordami tufayli O\u2019zbekiston ilg\u2019or sotsialistik respublikaga aylandi. U kollektivlashgan qishloq xo\u2019jaligi, yuksak taraqqiy etgan sanoat va gullab-yashnagan sotsialistik madaniyat o\u2019lkasiga, kommunizmning Sharqdagi mash\u2019aliga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sovet tuzumigina o\u2019zbek xalqiga uning asrlar davomida, feodal-klerikal zulmi ostida yaratgan madaniyat boyliklarini egallash, undan ijodiy foydalaish hamda ilm-fan, san\u2019at va adabiyotning eng yaxshi durdonalarini sotsialistik madaniyat xazinasiga qo\u2019shish imkoniyatini berdi. Sovet tuzumigina o\u2019zbek xalqi ma\u2019naviy madaniyatining katta boyligi bo\u2019lgan badiiy adabiyotini ilmiy asosda izchil va keng tekshirish, o\u2019rganish va yoritishga imkon yaratdi. Bu o\u2019rinda ulug\u2019 o\u2019zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning 500 yillik yubileyi munosabati bilan \u201cPravda\u201d gazetasi bosilgan quyidagi gaplarni eslatib o\u2019tish muhimdir:<\/p>\n\n\n\n<p>\u201c\u2026 Navoiy besh asrdan beri o\u2019zbek xalqining iftixori bo\u2019lib keldi, lekin uning qimmatli go\u2019zal asarlarini o\u2019qish faqat endi, Sovet hokimiyati zamonidagina, har bir o\u2019zbek ishchisi va dehqoniga muyassar bo\u2019ldi. Sovet hokimiyati o\u2019zbek xalqini savodli qilib, madaniyatning bu ulug\u2019 samarasidan uni bahramand qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u2026 Navoiy singari madaniyati quyoshlarining ijodlari ko\u2019pchilik mehnatkash xalq ommasiga muyassar bo\u2019ldi va Navoiy kabi ulug kishilarning nomlari xalq uchun juda qimmatli bo\u2019lib qoldi\u201d (\u201cPravda\u201d, 1948 yil, 15 may).<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019 Oktabrda sotsialiastik revolyutsiyasigacha o\u2019zbek xalqi deyarli yoppassiga savodsiz edi. U klassik yozuvchilarning asarlarini o\u2019qish va o\u2019rganish imkoniyatidan mahrum edi. Kotiblaar tomonidan ko\u2019chirilgan va bosmaxonalarda nashr etilgan (XIX asrning 70-yillaridan boshlab) kitoblar kitobxonlarning ehtiyojini qondirmas edi. Sovet hokimiyati davrida o\u2019zbek xalqi umrbod savodsizlik balosidan qutuldi, kitob har bir xonadonning uyidan keng o\u2019rin oldi. O\u2019zbek kitobxoni ota-bobolari yaratgan badiiy adabiyot boyliklarini o\u2019qish va o\u2019rganish imkoniyatiga ega bo\u2019ldi. Revolyutsiyaning dastlabki yillaridan boshlaboq o\u2019zbek adabiyoti asarlari keng miqyosida nashr etila boshlandi. O\u2019tgan davr ichida o\u2019zbek klassik yozuvchilarining asarlari qayta-qayta nashr etildi, xrestomatiya va antologiya tuzildi. O\u2019zbek adabiyoti tarixining nodir asarlari tarjima qilinib, rus va boshqa qardosh xalqlarning kitobxonlariga manzur bo\u2019lmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Sovet tuzumi o\u2019zbek adabiyoti tarixi asarlarini keng ommalashtirishgagina emas, balki uni chuqur ilmiy asosda o\u2019rganish va yoritish uchun ham barcha shart-sharoitlarni yaratib berdi. Ulug\u2019 Oktabr sotsialistik revolyutsiyasi va lenincha milliy siyosatning samarasi sifatida o\u2019zbek adabiyoti tarixi fani vujudga keldi. Bu fan marksizm-leninizm nazariyasi asosida vujudga kelgan va o\u2019tmishdagi adabiyotshunoslikning eng yaxshi traditsiyalarini takomillashtirgan sovet adabiyotshunosligining uzviy bir qismidir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Natan Mallayev. O\u2019zbek adabiyoti tarixi Kirish. Adabiyot tarixi fani badiiy adabiyotning tarixiy taraqqiyot protsessini o\u2019rganadi va o\u2019rgatadi. Har bir xalqning o\u2019z tarixi, madaniyati, san\u2019ati va adabiyoti bor. Shunga ko\u2019ra, adabiyot &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbek-adabiyoti-tarixi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-55326","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55326","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55326"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55326\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55331,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55326\/revisions\/55331"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55326"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}