{"id":55341,"date":"2023-03-08T15:22:23","date_gmt":"2023-03-08T12:22:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=55341"},"modified":"2023-03-08T15:22:24","modified_gmt":"2023-03-08T12:22:24","slug":"mustamlakachilik-siyosati-va-milliy-zulm","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mustamlakachilik-siyosati-va-milliy-zulm\/","title":{"rendered":"Mustamlakachilik siyosati va milliy zulm"},"content":{"rendered":"\n<p>Chor hukumati butun Turkistoni qonga belab, shahar, qishloq va ovullarni vayron etib uni bosib olgandan keyin milliy davlat va qo\u2019shinni yo\u2019q qildi. Mahalliy boshqaruv tizimi qo\u2019porib tashlandi. U mintaqani Turkiston general-gubernatorligi, Buxoro va Xiva xonliklaridan iborat uch qismga parchalab boshqaradi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019lkaning eng unumdor va obod yerlari Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. Masalan, u Sirdaryo, Farg\u2019ona, Samarqand, Yettisuv va Kaspiy orti viloyatlarini o\u2019z ichiga olgan edi. Toshkent gubernatorlikning poytaxti hisoblandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Gubernatorlikning oliy va o\u2019rta bo\u2019g\u2019in lavozimlariga rus generallari va ofitserlari tayinlanib quyi mansablarga mahalliy aholi vakillari qo\u2019yildi. Bular rus ma\u2019muriyatining ko\u2019rsatmalarini so\u2019zsiz ado etuvchi kishilar edi, xolos. Buxoro va Xiva xonliklari sirtdandina mustaqil ko\u2019rinib amalda ularning hukmdorlari rus ma\u2019muriyatining xizmatkorlari bo\u2019lgan. Chor hukumat iqtisodiyot bo\u2019yicha ham mustamlakachilik siyosatini izchillik bilan amalga oshirdi. U mintaqadagi yersuv va tabiiy boyliklarning egasi sifatida ish yuritib, ko\u2019pdan-ko\u2019p mablag\u2019lar hukumat xazinasi va kapitalistlarning cho\u2019ntagiga daryo suvi kabi oqib boraberdi. Ayniqsa paxta ularga katta daromad keltirdi. Garchan paxtachilik rivojlantirilgan bo\u2019lsa-da, lekin undan dehqonlar foyda ko\u2019rmay qashshoqlashdi. Bundan tashqari mustamlakachilar o\u2019lkaga tayyor sanoat mollarini keltirib sotib orqali ham boylik orttirardilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu tariqa o\u2019lkani Rossiyaning xom-ashyo manbai va tayyor mahsulotlar bozoriga aylantirilgan edi. Bunday holat o\u2019zbek va boshqa tub aholining ma\u2019naviy hayotini ham qashshoqlanishiga olib keldi. Rus ma\u2019muriyati ongli ravishda milliy madaniyat va milliy tilni rivojlanishiga yo\u2019l bermay xalqni o\u2019rta asr qoloqligida saqlashga harakat qildi. Rus tiliga davlat tili maqomi berildi. Ayniqsa, xalq maorifiga mablag\u2019 ajratilmasdan o\u2019z holiga tashlab qo\u2019yilishi yomon oqibatlarga olib keldi. Natijada, xalqning deyarlik hammasi savodsiz bo\u2019lib qoldi. O\u2019lkada mahalliy aholi uchun birorta oliy va o\u2019rta o\u2019quv yoki hunar bilim yurti ochilmadi. Aksincha milliy his-tuyg\u2019u va siyosiy uyg\u2019onishga qarshi choralar ko\u2019rildi. Ta\u2019qib va nazoratlar avjiga chiqib, islom dini burchakka siqib qo\u2019yildi. Xalq ommasi og\u2019ir va xilma-xil soliq va majburiyatlarning ham azobini boshidan kechirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019lkada ko\u2019plab rus posyolkalarini tashkil etilishi fojiali oqibatlarni yuzaga keltirdi. Xalq unumdor yer-suvlaridan mahrum bo\u2019lib, tirikchilikni o\u2019tkazish juda qiyinlashib ketdi. Birinchi jahon urushi davrida (1914-1918) ahvol yanada yomonlashib qashshoqlik keng quloch yoydi. Umuman aytganda, mustamlakachilik siyosati va milliy zulm, siyosiy va insoniy huquqlarning yo\u2019qligi, adolatsizlik va zo\u2019ravonlik mazlum xalqning ozodlik kurashlariga zamin hozirladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Chor hukumati butun Turkistoni qonga belab, shahar, qishloq va ovullarni vayron etib uni bosib olgandan keyin milliy davlat va qo\u2019shinni yo\u2019q qildi. Mahalliy boshqaruv tizimi qo\u2019porib tashlandi. U mintaqani Turkiston &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mustamlakachilik-siyosati-va-milliy-zulm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-55341","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55341","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55341"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55341\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55342,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55341\/revisions\/55342"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55341"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}