{"id":55377,"date":"2023-03-12T10:32:14","date_gmt":"2023-03-12T07:32:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=55377"},"modified":"2023-03-29T19:48:05","modified_gmt":"2023-03-29T16:48:05","slug":"sulton-jaloliddin-mangubergi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sulton-jaloliddin-mangubergi\/","title":{"rendered":"Sulton Jaloliddin Mangubergi"},"content":{"rendered":"\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/muqaddima\/\">Muqaddima<\/a><\/p>\n\n\n\n<p>La\u2019nati totorlar, ular Vatani va ishlarining ilk bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Chingizxon va uning ikki do\u2019sti qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019targanidan keyin buning oqibati nimalarga olib kelgani bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Qushluxonning Chingizxondan ajralganidan keying taqdiri bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Qushluxonning Chingizxon o\u2019g\u2019li Dushixon qo\u2019lida olti yuz yigirmanchi yilda o\u2019lim topishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonning Iroqqa yurishi va bu yerda bo\u2019lib o\u2019tgan voqealar bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Otabek O\u2019zbekning ishlari, uning Isfaxondn ketishi va hayotiga xavf tug\u2019dirgan asirlik to\u2019ridan qutulishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Nusratiddin Muhammad ibn Pishteginning asir olingandan keying taqdiri qanday kechganligi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Fors hukmdori otabek Sa\u2019d ibn Zangining bandilikdan qutilishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonning Bog\u2019dodga yurishi va undan qaytib kelishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Iroqqa yurish qilishdan oldin qonuniy jihatdan va ehtiyotkorlik yuzasidan qanday tadbirlarni amalga oshirib ulgurgani bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonning Iroqdan qaytib kelganidan keying voqealar bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Nizomulmulkning vazirlikdan chetlashtirilganidan keying ahvoli bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonning Movarounnahrga qaytib kelganidan keyin ro\u2019y bergan voqealar bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Savdogarlar o\u2019ldirilganidan keyin Chingizxon elchilarining Sulton huzuriga kelishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Chingizxon qo\u2019shinlari hujumini bilgandan keyin Sulton ularga qarshi qanday noto\u2019g\u2019ri tadbirlar qo\u2019llagani bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Chingizxon foydasiga va Sulton zarariga ishlarilgan bir ayyorlik natijasida Xorazmshohning o\u2019z amirlaridan shubhalanishi, ularni tashlab ketishga majbur bo\u2019lishi hamda ajralishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Turkon xotunning olti yuz o\u2019n oltinchi yilning oxirgi kunlarida Xorazmni tashlab chiqishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Turkon xotun hayotining ba\u2019zi bir jihatlari va uning fe\u2019l-atvori<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonning Chingizxon Buxoroni egallab olganini eshitganidan keyin Kalifdan ketishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonning Qulzum dengizidagi orolda vafot etganiga qadar qanday tashvishlarni va musibatlarni boshidan kechirgani bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Shihobiddin al-Xivaqiyning Xorzmdan Nasaga kelishi, totorlarning uni o\u2019ldirishi va Nsa aholisini qirishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton qochganidan keyin Xurosonda ro\u2019y bergan voqealarning qisqacha tafsiloti<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonning o\u2019r\u2019li Jaloliddin Manguberdini taxt vorisi qilib belgilashi va Qutbiddin O\u2019zlog\u2019shohni taxt vorisligidan chetlatishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Turkon xotunning Xorazmdan ketishi va undan keyin bu yerdagi ahvol bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Jaloliddin va uning ukalari O\u2019zlog\u2019shoh, Oqshohning Xorazmga qaytishi hamda ularning nizo sababli ikki qarama-qarshi guruhga bo\u2019lingan holda bu yerdan jo\u2019nab ketishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Nizomiddin as-Sam\u2019oniy va uning Xurandizga vaqtincha tashrif buyurishi hamda qo\u2019rquv tufayli uni tezlik bilan tark etishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Jaloliddinning Xorazmdan ketishi va buning sabablari bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Jaloliddin ketganidan keyin Qutbiddin O\u2019zlog\u2019shoh va uning ukase Oqshohning Xorazmdan qochishi, buning sabablari hamda ular ikkalasining keying taqdiri bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Jaloliddinning Nishopurga kelishi va shahardan chiqib G\u2019aznaga yo\u2019l olishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Badriddin Inonjxonning Buxorodan qutulib chiqqanidan keyin Xurosonda va boshqa joylarda boshiga tushgan tashvishlar hamda Solmon darasida halok bo\u2019lishiga qadar kechgan ahvoli bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonning o\u2019g\u2019li, Iroq hukmdori Rukniddin G\u2019ursanjtiy ahvoli va u bilan ro\u2019y bergan voqealar bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2019iyossinning ahvoli va uning Kirmonga yurishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2019iyosiddinning Forsga yurishi, bu viloyatdagi bosqinchiliklari va qo\u2019shinlarining bu yerda qilgan jinoyatkorona ishlari bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Jaloliddin G\u2019aznaga kelguncha bu yerda ro\u2019y bergan voqealar bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Jaloliddin G\u2019aznaga qaytib kelganidan keying voqealar bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Jaloliddin va Chingizxon o\u2019rtasida Sind daryosi bo\u2019yida bo\u2019lib o\u2019tgan eng og\u2019ir hamda juda ko\u2019p g\u2019am-kulfatlar keltirgan dahshatli jang bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Jaloliddinning Sind daryosidan o\u2019tishi va 619 yil voqealar bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Jaloliddin bilan Qubacha o\u2019rtasidagi hamkorlik va nizolar bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Jaloliddin Qubachani mag\u2019lub etganidan keyin ular o\u2019rtasida bo\u2019lib o\u2019tgan voqealar va uning Hindistondan ketish arafasida Shamsiddin Eltutmish bilan munosabatlari bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Totorlarning Xorazmni 6q7 yil zulqa\u2019daida qamal qilishi va uni 618 yil safar oyida bosib olishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Jaloliddinning Hindistondan chiqishi, olti yuz yigirma birinchi yilda Kirmonga kirib kelishi va uning Iroqni bosib olgunicha bo\u2019lib o\u2019tgan voqealar bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2019iyosiddinning o\u2019z mamlakatidagi hayot tarzi haqida<\/p>\n\n\n\n<p>Faxriddin Ali ibn Abul Qosim al-Jandiyning vazirlikkacha bo\u2019lgan faoliyati va uning vazir bo\u2019lishi, Sharafulmulk Xoja Jahon laqabini olishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton (Jaloliddin) saroyiga kelishim sababi va xizmatga kirishim bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonning ukasi ustidan g\u2019alaba qozonganidan keyin Xuzistondagi harbiy yurishlari bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonning Ozarbayjonni bosib olishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonning gurjilarni qanday mag\u2019lub qilgani bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonning Dvindan Tabrizga qaytishi va olti yuz yigirma ikkinchi yilning rajabida qo\u2019shinning barong\u2019orining gurjilar mamlakatida qoldirilishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sultoning Ganjani va Arroning boshqa shaharlarini qanday bosib olgani bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonning To\u2019g\u2019rul ibn Arslonning qizi bilan nikohdan o\u2019tishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Tabriz qoziligidan Qavomiddin al-Jidariyning chetlatilishi va Izziddin al-Qazviniyning bu mansabga tayinlanishi sababi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonning gurjilar mamlakatiga qaytishi va Tiflisni bosib olishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonning Kirmonda Baroq Hojibga hujum qilishga intilishi va Kirmonni qo\u2019lga kiritolmay qaytishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton yo\u2019q paytida gurjilar mamlakatida qolgan qo\u2019shinlar boshidan kechgan voqealar bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Olti yuz yigirma uchinchi yilda Mag\u2019rab elchisi Shamsiddinning kelishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Olti yuz yigirma to\u2019rtinchi yilda Sultonning Boylakon va Ardobilni hamda ularga yaqin bo\u2019lgan joylarni Sharafulmulkka mulk qilib berishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Otabek O\u2019zbekning o\u2019g\u2019li Malik Xomush va uning Sulton xizmatiga kelishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Iroq akobirlarining Sultonning Iroqdagi vaziri Sharafiddin Ali at-Tafrishiy ustidan shikoyati bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Urxonning ismoiliylar tomonidan Ganjada o\u2019ldirilishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sultoning olti yuz yigirma to\u2019rtinchi yil Iroqqa yurishi va uning totorlar bilan Isfaxon ostonalarida yuzma-yuz kelishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton bilan ukasi G\u2019iyosiddin Pirshoh o\u2019rtasidagi bo\u2019lib o\u2019tgan nizolar hamda uning Sulton huzuridan ketgandan keying taqdiri bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Alamut hukmdori Alovuddinning Sultonga do\u2019stona munosabat bilan fidoyilar yuborgan bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Safiaddin Muhammad at-Tug\u2019roiyning Xuroson vazirligidan chetlashtirilishi va uning o\u2019rniga Tojiddin Muhammad al-Balxiy al-Mustavfiyning tayinlanishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Mening Nasa vaziri etib tayinlanishim va natijada Duyoulmulk bilan oramizda bo\u2019lib o\u2019tgan voqealar bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonning qozi Mujiriddinni bir sehrning ostida nima borligini aniqlash uchun Bog\u2019dodga yuborgani bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Arron va Ozarboyjondagi voqealar bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019g\u2019rulning qizi Malikaning ahvoli va uning taqdiri bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Ar-Rumdan elchi Imomiddinning kelishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Iroqda paytida Sharafulmulkning Ozarboyjonda ismoiliylar savdogarlarini o\u2019ldirishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Olti yuz yigirma to\u2019rtinchi yilda al-Hojib Ali al-Ashrafiyning Xurshda Sharafulmulkka qilgan hujumi, uning Arronda o\u2019z boyliklarini tashlab qochib qutilib qolishi, odamlarining tarqalib ketishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Al-hojib Ali al-Ashrafiyning Ozarboyjonning ayrim viloyatlarini bosib olishi va Sharafulmulkning unga hujum qilganidan keyin oralarida bo\u2019lib o\u2019tgan voqealar bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Izziddin Balbon al-Xolholiy va uning hayotining yakuni byoni<\/p>\n\n\n\n<p>Imom az-Zohir bi\u2019amrillohning elchilari Najmiddin ar-Roziy va Rukniddin ibn Attorning kelishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sultoning Ozarboyjonda qishlashi, bu yerda Sharafulmulkning xatolaridan ogoh bo\u2019lishi va u haqda fikrlarining o\u2019zgarishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Gurhonning Sulton xizmatiga kelishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sharafulmulk Sultonning o\u2019ziga nisbatan munosabati o\u2019zgarganini bilganidan keyin Muqonda qilgan ishlari bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Shirvonshoh Afridun ibn Fariburzning kelishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonning gurjilar mamlakatidagi Lori shahriga yurishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Bahrom al-Qurjining qal\u2019alarining Sulton tomonidan qamal qilinishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton ustozdor Ixtiyoriddinni qanday bandi qilgani bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonning Hilotga tomon yurishi, uni qamal qilishi va bosib olishi<\/p>\n\n\n\n<p>Hilotni qamal qilish paytida bo\u2019lib o\u2019tgan voqealar bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonning olti yuz yigirma oltinchi yilning oxirida Hilotni bosib olishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Hilot bosib olinganidan va talanganidan keyin Sultonning bu yerdagi faoliyati, shahar atrofidgi yerlarning iqto qilib bo\u2019lib berilishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Hilot bosib olinganidan keyin Oliy devondan elchilar kelgani bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonning ar-Rumga yurishi va bu yerga yozda yetib kelishi bayoni. Uning qo\u2019shining as-Shom va ar-Rum qo\u2019shinlaridan mag\u2019lub bo\u2019lishi<\/p>\n\n\n\n<p>Al-Malik al-Ashrafning Hilotga safari. Uning Sultonga tinch-totuv yashash to\u2019g\u2019risida noma yo\u2019llashi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Iroqqa topshiriqlarni bajarish uchun borishim bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Alamutga borishim va Sulton topshirig\u2019ini qanday bajarganim bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Izziddin Balbon al-Xalxoliy va uning o\u2019limi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Jahon Pahlavon O\u2019zbek Toiyning Hindistondan Iroqqa kelishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Iroq noibi Sharafiddin bilan Qazvinda ajralishim va imkonsiz holda Ozarboyjonga borishim bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Totorlar qo\u2019shini ilg\u2019orining Ozarboyjon chegarasida paydo bo\u2019lishi va Sultonning Tabrizdan Muqonga ketishi<\/p>\n\n\n\n<p>Totorlarning Sultonga Shirkabut chegaralarida qilgan hujumi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Mujiriddin Yoqubni uning akasi al-Malik al-Ashraf Muso huzuriga qanday jo\u2019natishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Totorlar Muqonga hujum qilganidan keyin Sultonning ahvoli bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Shamsiddin at-Tug\u2019roiyning Tabrizdagi faoliyati bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Ganjadan ketishim va Sulton xizmatiga qaytib borishim bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sharafulmulkning Sulton tomonidan Jarbard qal\u2019asida bandi qilinishi va bir oydan keyin o\u2019ldirilishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sharafulmulkning hayoti va fe\u2019l-atvoridan ayrim lavhalar<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonning Ganjaga jo\u2019nashi va uni ikkinchi bor bosib olishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Totorlarning Berkriga Sultonni izlab daryodan kechib o\u2019tgani haqidagi Hilotdan Mayaforiqinga kelgan ma\u2019lumotnoma v amening al-Malik al-Muzaffar huzuridan qaytishim bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Jaloliddinning Amid qasabasida to\u2019xtashi, uning Isfaxonga jo\u2019nash haqida qaror qilishi, Amid hukmdori al-Malik al-Mas\u2019udning elchisi kelganidan keyin uning bu fikridan qaytishi, totorlarning Sultonga hujum etishi bayoni<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton boshidan kechgan voqealar va uning hayotining so\u2019nggi kunlari bayoni <\/p>\n\n\n\n<p>Jaloliddinning fe\u2019l-atvori, uning o\u2019ziga xos xususiyatlari, muxrlari haqida, shuningdek, uning xalifaga, boshqa davlatlar hukmdorlariga va ayni paytda ularning Sultonga nisbatan munosabatlari to\u2019g\u2019risida<\/p>\n\n\n\n<p><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Sulton tarixining tadqiqi<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Moziyga qaytib ish ko\u2019rmoq xayrli, deyishadi. Shu ma\u2019noda istiqloldan keyin mamlakatimizda ko\u2019plab xayrli ishlar amalga oshirildi. Avvalo, tarixni, moziyni o\u2019rganish davlat ahamiyatia molik ish deb belgilandi. Shu asosda Imom Buxoriy, Ahmad al-Farg\u2019oniy, Zamaxshariy, Hakim at-Termiziy, Amir Temur, Ulug\u2019bek, Naqshbandiy, Bobur, Feruz singari ulug\u2019 ajdodlarimizning, allomalarimizning o\u2019lmas merosi o\u2019rganildi. Buxoro, Xiva kabi shaharlarimizning ikki yarim ming yillik to\u2019ylari o\u2019tkazildi, tarixi tadqiq etildi. Ming yillik tarixga ega Ma\u2019mun akademiyasi qayta tiklandi va faoliyat ko\u2019rsata boshladi. O\u2019nlab noyob arxitektura yodgorliklari davlatimiz homiyligida qayta tiklandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixga, moziyga nisbatan munosabat butunlay o\u2019zgardi, endilikda uni yaxshi va yomonlarga ajratmay, har xil sinflarga bo\u2019lmay, qanday mavjud bo\u2019lsa, shunday yaxlit holda xolis, haqqoniy, aniq faktlar asosida dunyo tarixi bilan birgalikda o\u2019rganish talab qilib qo\u2019yildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlatning o\u2019tmish merosimizni tadqiq etish borasidagi xayrli ishlari izchil davom etmoqda. Yurtimizda endilikda \u201cAlpomish\u201d dostonining to\u2019yini, Kamoliddin Behzod, Ogahiy tavallud sanalarini o\u2019tkazishga tayyorgarlik bormoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Mamlakatimiz Prezidenti yurtimiz tarixini o\u2019rganish, xalqimizni o\u2019tmish qadriyatlaridan bahramand etishda yana bir ulug\u2019vor ishni boshlab berdi. 1999 yilda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash to\u2019g\u2019risida farmon chiqardi. Shu asosda Vazirlar Mahkamasining bu haqda qarori qabul qilindi. Farmon va qarorda ulug\u2019 yurtdoshimiz xotirasini abadiylashtirish borasida ko\u2019p ishlar qilish belgilangan. To\u2019y bahonasida Vatan ozodligi yo\u2019lida jonini fido qilgan dovyurak kurashchi, milliy qahramon, jahon xalqlari tarixida o\u2019chmas iz qoldirgan buyuk inson, vatanparvarning hayoti, faoliyati, ajdodlari tarixini tadqiq etish, u haqdagi tarixiy haqiqatni tiklash asosiy maqsad qilib qo\u2019yildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Maqsad ulug\u2019, niyat katta. Lekin tarixiy haqiqatni, o\u2019lmas merosimizni tiklash oson emas. Ochig\u2019ini aytish kerak, xalqimiz Jaloliddin Manguberdining qahramonligi, vatanparvarligidan, bosqinchilarga qarshi kurashidan qanchalik faxrlanmasin, nomini qanchalik ulug\u2019lamasin, keyingi salkam 150 yil davomida haqiqiy tarixidan bexabar bo\u2019lib keldi. Uning hayoti haqidagi asarlar, bitiklar o\u2019tmishning uzoq yillar qatlamlarida goh unutildi, goh o\u2019rganish taqiqlandi. Tadqiqotlar qilinmadi. Shuning uchun mamlakatimiz Prezidentining Jaloliddin Manguberdining 800 yilligini nishonlash haqidagi farmoni uning hayoti, faoliyati, yurt ozodligi uchun kurashi haqidagi tarixiy haqiqatni xalqimizga yetkazish yo\u2019lidagi dastlabki eng katta tadbir bo\u2019ldi, deyish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu o\u2019rinda hali savol tug\u2019iladi: xo\u2019sh, bizda ahvol shunday kechgan ekan, endilikda Jaloliddin tarixini haqqoniy, xolis yoritish uchun imkon bormi? Uning taqdiri haqida, Xorazmshohlar davlati tarixi to\u2019g\u2019risida manbalar, tadqiqotlar, ma\u2019lumotlar mavjudmi?<\/p>\n\n\n\n<p>Ne ajabki, tarixda ham g\u2019alati, g\u2019ayritabiiy holatlar uchrab turadi. Aytaylik, xorazmshohlar \u2013 zaminimizda hukmronlik qilib o\u2019tgan ulug\u2019 ajdodlarimiz, Jaloliddin \u2013 yurtimiz farzandi, xalqimizning ardoqli qahramoni. Lekin ular tarixi haqida o\u2019z tarixchilarimizdan ko\u2019ra boshqa xalqlar muarrixlari ko\u2019proq asarlar yozib qoldirganlar. Bu g\u2019ayritabiiy holat keying davrlarda ham davom etgan. Masalan, XIX-XX asrlarda o\u2019z tariximizda Jaloliddin va uning ajdodlari \u2013 Xorazmshohlar saltanati haqida ilmiy-tadqiqot asarlari nihoyatda kam, umuman yo\u2019q darajada bo\u2019lsa, xuddi shu davrda Yevropa, arab, turk qadimshunosligida ular to\u2019g\u2019risida bir necha o\u2019nlab ilmiy-tadqiqot asarlari yaratilgan. Umuman, dunyo qadimshunosligiga nazar tashlaydigan bo\u2019lsak, bu mard, Vatan ozodligi yo\u2019lida fidoyi inson hayoti, faoliyati haqida ko\u2019plab asarlar borligini ko\u2019ramiz. U haqdagi XIII asrdan to hozirgacha yaratilgan asarlarni sanaydigan bo\u2019lsak, ular salkam 500 jildga yaqin kitobni tashkil etadi. Bu asarlarni shartli ravishda ikki davrga: birinchi davri \u2013 XIII-XVIII asrlarda yozilgan bitiklarga; ikkinchi davri \u2013 XVIII-XX asrlarda yaratilgan asarlarga bo\u2019lib o\u2019rganish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Birinchi davrda yaratilgan asarlarning aksariyati Sharq tarixchilarining, ijodkorlarining qalamiga mansub hisoblanadi. Ularda Jaloliddin hayoti, faoliyati, taqdiri haqida hikoya qilinadi. Mo\u2019g\u2019ullarga qarshi olib borgan kurashlari aks ettiriladi. Bu asarlar mualliflarining aksariyati Jaloliddinni ko\u2019rgan, bilgan, u haqda eshitgan, uning hayotidan xabardor insonlardir. Bu davrda yaratilgan asarlar yodnomalar, yilnomalar, tarixiy hujjatlar va har xil bitiklardan iborat.<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shular orasida ishonchli, asosiy tarixiy manbalardan biri Shihobiddin Muhammad an-Nasaviyning \u201cSulton Jaloliddin Manguberdi hayotining tafsiloti\u201d asaridir. Shihobiddin an-Nasafiy Xurosonning Nasa shahri yaqinida tug\u2019ilgan. Shu viloyatdagi Xurandiz qal\u2019asining voliysi bo\u2019lgan. U turkiy, forsiy, arabiy tillarni mukammal bilgan. Nasa shahri va viloyati Xorazmshohlar qo\u2019l ostidagi mulklardan biri bo\u2019lgan. Asarni an-Nasaviy 1241 yilda Jaloliddin o\u2019limidan 10 yil keyin yozishga kirishgan va 1249 yilda vafotidan sal oldin tugatadi. Asarga 1218 yildan 1231 yilgacha Xorazm, Movarounnahr, Xuroson, Hindiston, Eron, Iroq, Ozarboyjon, Gruziya kabi davlatlarda, aniqrog\u2019i, Jaloliddin qo\u2019l ostida to\u2019plagan saltanatda bo\u2019lib o\u2019tgan voqealar, Xorazmshoh Alovuddin Muhammad va Jaloliddin Manguberdi faoliyatlari, Chingiz bosqini dahshatlari haqqoniy tarzda hikoya qilinadi. Undagi voqea-hodisalar, ularning ishtirokchilari haqidagi ma\u2019lumotlarning haqqoniyligiga Shubha qilmasa ham bo\u2019ladi. Chunki asar muallifi an-Nasaviy Jaloliddinning munshiysi, shaxsiy kotibi bo\u2019lgan, u bilan ko\u2019p masalalarni hal qilishda ishtirok etgan. O\u2019zi ko\u2019rmagan, bilmagan voqealarni esa uni ko\u2019rgan-bilgan ishonchli odamlarning hikoyalari orqali keltiradi. Ushbu asarning yana bir qimmatli tomoni shundaki, agar o\u2019sha davrda xorazmshohlar va mo\u2019g\u2019ullar o\u2019rtasidagi kurash voqealarini ko\u2019pchilik tarixchilar mo\u2019g\u2019ullar tomonida turib yoritgan bo\u2019lsalar, bu asarda tarixga xorazmshohlar tomonidan turib nigoh tashlanadi. Aniqroq qilib aytadigan bo\u2019lsak, o\u2019sha davrning boshqa tarixchilari ko\u2019ra olmagan teran haqiqatni an-Nasaviy yaxshi bilgan va asarida ko\u2019rsatib bera olgan. Masalan, Xorazmshohlar davlatining ichki hayoti, Turkon xotunning mamlakat hayotida tutgan o\u2019rni, saltanatning ichdan yemirila boshlashi, qipchoqlarning Alovuddin Muhammadga nisbatan sotqinligi, Bog\u2019dod xalifasining xorazmshohlarga nisbatan salbiy munosabati, Jaloliddinning Gruziyaga yurishi sabablari, uning ayyubiy, ismoiliy sultonlar bilan o\u2019zaro aloqasi, ularning sultonga xiyonatkorligi kabi masalalar borki, Nasaviy ularni yangicha asosda yoritadi. Shuning uchun ham o\u2019sha davrda va undan sal keyin yashab o\u2019tgan tarixchilardan aksariyati, jumladan, al-Maqdisiy, Abul Fido, ibn Xaldun, al-Fuvatiy, al-Ayniy, al-Xazrajiy, ibn Shaddod, az-Zahabiy, as-Safadiy to\u2019plamlarida an-Nasaviyning bu asariga Jaloliddin Manguberdi hayotini aks ettiruvchi birlamchi, ishonchli manba deb baho berganlar hamda undan iqtiboslar olganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shihobibbin Muhammad an-Nasaviyning \u201cSulton Jaloliddin Manguberdi hayotining tafsiloti\u201d, (\u201cSirat as-sulton Jaloliddin Mankburni\u201d) asari arab tilida yozilgan. Asarning ikkita to\u2019liq bo\u2019lmagan qo\u2019lyozmasi bugungi kungacha yetib kelgan. Ulardan biri \u2013 1260 yilda yozilgan qo\u2019lyozmasi Parij Milliy kutubxonasida, ikkinchisi Britaniya muzeyida saqlanadi. Bu asar haqida g\u2019arb tarixiga ilk ma\u2019lumotni XIX asr o\u2019rtalarida K.D\u2019 Osson olib kiradi. Uning 1852 yilda Amsterdamda nashr etilgan \u201cMo\u2019g\u2019ullarning Chingizxondan Amir Temurgacha bo\u2019lgan tarixi\u201d deb nomlangan asarida bu haqda mufassil m\u2019lumot berilgan. Keyinchalik sharqshunos olim Oktav Udas \u201cSirat\u201dni fransuz tiliga tarjima qiladi va nashr ettiradi. Bu asarning jahon tarixidagi o\u2019rni haqida bir qancha maqolalar yozadi. Shundan keyin g\u2019arb tarixida Jaloliddin to\u2019g\u2019risida A.Myuller, J.Boyl, V.Fishel, V.Allen, X.Xorst, Kl.Kayen. G.Gottshalk, B.Shpuler kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlari paydo bo\u2019ladi. Ular Nasaviy asari bilan birgalikda Jaloliddin Manguberdining tarixdagi o\u2019rniga ham munosib baho beradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>O.Udas tarjimasi asosida Nasaviy asarini 1914-1916 yillarda Yu.Ziyo va A.Tavhiy turk tiliga o\u2019girib, nashr qildiradilar. 1934 yilda bu asar Najib Asim tarjimasida yana bir bor turk tilida nashr qildiriladi. Bunda avvalgi tarjimada yo\u2019l qo\u2019yilgan kamchiliklar to\u2019ldiriladi va asar mukammalshtiriladi. Keyinchalik O.Udas tarjimasidagi asar Qohirada nashr etiladi. 1945 yilda bu asar Muhammad Ali Nasix tomonidan fors tiliga ham o\u2019giriladi. 1953 yilda Hofiz Ahmad Hamdiy uni O.Udas tarjimasi asosida arab tiliga tarjima etib, nashrdan chiqartiradi. Keyinchalik Nasaviy asari boshqa tillarga ham tarjima qilinib, ko\u2019plab ilmiy tadqiqotlar paydo bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cSirat\u201d rus tiliga 1850 yildan 1900 yilgacha qisqartirilgan holda bir necha bor tarjima etilgan. Uning rus tarixida o\u2019rganilishida Peterburg universitetining professori, shayx Muhammad Tantaviyning xizmatlari kattadir. Avvalo, shayx Tantaviy Parij Milliy kutubxonasidagi Nasaviy asari qo\u2019lyozmasini qaytadan ko\u2019chirib oladi. Uning yo\u2019qolgan sahifalari, o\u2019chib ketgan joylaridagi so\u2019zlarni asar ruhidan kelib chiqqan holda to\u2019ldiradi. Ba\u2019zi joylariga aniqlik kiritadi. Shu tariqa an-Nasaviy asarining shayx Tantaviy tayyorlagan nusxasi O.Udas nashr ettirgan nusxasidan ko\u2019ra to\u2019aroq va mukammalroq chiqadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ushbu asar ustidagi ishni keyinchalik ozarboyjonlik tarixchi, sharqshunos olim Ziyo Bunyodov davom ettiradi. U an-Nasaviy asarining arab, fransuz, fors tillaridagi va shayx Tantaviyning nusxalari asosida tanqidiy matnini tayyorladi. Ammo bu ish 60-yillardan beri nashr qilinmasdan qolib kelmoqda. Ayni paytda, olim asarning to\u2019liq nusxasini, tanqidiy matn asosida rus tiliga tarjima qilib, 1973 yilda Bokuda nashr ettirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Afsuski, an-Nasaviyning Jaloliddin Manguberdi haqidagi eng ishonchli manba bo\u2019gan bu asari ham, uni tadqiq qilish asosida xorijlik qadimshunoslar tomonidan yaratilgan boshqa o\u2019nlab asarlar, maqolalar ham o\u2019zbek tiliga o\u2019girilmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Jaloliddin Manguberdi haqida yozilgan asarlardan yana biri Nuriddin Zaydariyning fors tilidagi \u201cNafsat al-masdur fi future zaman as-sudur va zaman as-sudur al-futur\u201d yilnomasidir. Nuriddin Zaydariy ham Jaloliddinning munshiysi, kotibi bo\u2019lgan. Tarixchilardan ayrimlari Zaydariyning bu asarini an-Nasaviyning \u201cSirat\u201didan tarjima deb baholasa, ba\u2019zilari alohida mustaqil asar deb qaraydilar. Ziyo Bunyodov ikkala asarni \u2013 \u201cSirat\u201dni ham, \u201cNafsat al-masdur\u201dni ham o\u2019rganib, bir shaxs, bir voqea-hodisalar, bir tarix haqidagi ikki asar deb yozadi. Nima bo\u2019lmasin, bu asarning borligi, unda Jaloliddin Manguberdi haqida ma\u2019lumotlar berilishi tariximizni o\u2019rganish uchun katta ahamiyatga egadir.<\/p>\n\n\n\n<p>Jaloliddin Xorazmshoh hayoti va faoliyati to\u2019g\u2019risida ma\u2019lumotlar beruvchi tarixiy bitiklardan biri Izziddin ibn al-Asirning o\u2019n ikki jilddan iborat \u201cal-Komil fit-tarix\u201d (\u201cMukammal tarix\u201d) asaridir. Jahon tarixiga oid voqealar xronologik tarzda qayd etilgan bu asarda Xorazmshohlar davlati faoliyatiga alohida o\u2019rin berilgan. Asar muallifi kitobida keltirilgan voqealarni ko\u2019rmagan, shohidi bo\u2019lmagan bo\u2019lsa ham, eshitganlari asosida yaratgan. Shihobiddin an-Nasaviy Ibn al-Asirning bu kitobiga yuqori baho berib, bunday deb yozadi: \u201cU asarida ba\u2019zi o\u2019rinlarda haqiqatdan bir oz chekingan bo\u2019lsa-da, eng muhim va asosiy voqealardan birortasini e\u2019tibordan chetda qoldirmagan\u201d. Shuningdek, Nasaviy uning bu kitobidan ta\u2019sirlanganini, o\u2019z asarini yaratishda undan foydalanganini ham eslatadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Ibn al-Asirning bu asari Nasaviy asaridan o\u2019n yillar ilgari yozib tugallangan. O\u2019tmish tariximiz to\u2019g\u2019risida boy manbalarga ega bo\u2019lgan, jahonning ko\u2019plab tillariga o\u2019girilgan bu asar ham o\u2019zbekchaga tarjima qilinmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Taniqli tarixchilar Juvayniy \u201cTarixi jahongusha\u201d, Rashididdin \u201cJami at-tavorix\u201d, Juzjoniy \u201cTabaqati Nosiriy\u201d asarlarida ham Jaloliddin xususida ma\u2019lumotlr berganlar. Mo\u2019g\u2019ul xonlari xizmatida bo\u2019lgan bu tarixchilar sulton hayoti, faoliyatini rahnamolari talabi bilan bir yoqlama yoritishga majbur bo\u2019lganlar. Ammo shunga qaramay, ular ham sultonning mardliklari, qahramonliklaridan ko\u2019z yumolmaydilar. U haqdagi tarixiy haqiqatni e\u2019tirof etadilar. Bunday e\u2019tiroflar mo\u2019g\u2019ullar tarixi \u201cMuqaddas bitiklar\u201dda ham, Chingiz xizmatida bo\u2019lgan xitoylik tarixchilar Yelyuy Chu-Tsay va Sun Tszi-chjen asarlarida ham uchraydi. Ularda Xorazmshohlarning hayoti, mamlakati tegralari, xalqlar faoliyati qalamga olinadi. Jaloliddinning qahramonliklari, kurash yo\u2019llari, qo\u2019shinlari to\u2019g\u2019risida ma\u2019lumotlar berildi.<\/p>\n\n\n\n<p>XIII-XVI asrlar oralig\u2019ida Sharqda yashagan birorta tarixchi yo\u2019qki, Xorazmshohlar tarixini, xususan, Jaloliddin Manguberdi hayoti, faoliyatini qalamg olmagan yoki ular taqdiridan misollar keltirmagan bo\u2019lsin. Ana shunday asarlar jumlasiga Yoqut Hamaviyning \u201cMo\u2019jam al-buldan\u201d, Sibt ibn al-Javziyning \u201cMi\u2019rat az-Zaman\u201d, Yosin al-Umariyning \u201cAl-asar al-Jaliyya\u201d, Zakariyo al-Qazviniyning \u201cAsar al-bilad\u201d, Al-Kalkashondiyning \u201cSubx al-ash\u2019yo\u201d, Ibn at-Tiktakaning \u201cAl-faxri fil adab as-sultoniyya\u201d, Ibn Tagriberdining \u201cAn-nujum\u2026\u201d, Ibn Xallikoning \u201cVafayat al-a\u2019yan\u201d, Ibn Qosirning \u201cAl-bidaya van-nihaya\u201d, Ibn al-Ibriyning \u201cTarix muxtasar ad-duval\u201d, Ibn al-Vardining \u201cTarix\u201d, Ibn al-Amidning \u201cTarix al-muslimin\u201d, G\u2019ozi Ahmad G\u2019afforiyning \u201cJahonoro\u201d, Boyhaqiyning \u201cTarixi Boyhaqiy\u201d, Abul Farajning \u201cAbul Faraj tarixi\u201d, armanlar, gruzinlar, albanlar va boshqa xalqlarning tarix haqidagi asarlari kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019g\u2019ri, bu asarlardagi tarixiy faktlar, Jaloliddin hayotiga oid ma\u2019lumotlarning hammasini haqqoniy deb bo\u2019lmaydi. Ba\u2019zi fikrlarda ham chalkashliklar uchraydi. Lekin shunga qaramay ularda biz uchun qimmatli bo\u2019lgan bir narsa bor \u2013 bu tariximizning hali ko\u2019pchilikka ma\u2019lum bo\u2019lmagan manbalari, xorazmliklar taqdiriga oid ma\u2019lumotlardir. Biz uchun Jaloliddin tariini o\u2019rganishning birinchi davrida yaratilgan asarlarning qadr-qimmati ham ana shunda.<\/p>\n\n\n\n<p>Jaloliddin Manguberdi tarixini o\u2019rganishning ikkinchi davri XVIII-XX asrlarni qamrab oladi. Bu davrda yaratilgan asarlar, asosan, Jaloliddinning hayoti, faoliyati haqida XIII-XVII asrlar oralig\u2019ida yozilgan tarixiy bitiklar, yodnomalarni ilmiy tabdil qilish, tadqiq etishdan iborat. Tadqiqotchilar doirasi ham nihoyatda kengaygan. Agar Jaloliddin hayoti, faoliyati haqida faqat sharq tarixchilar, solnomachilari yozgan bo\u2019lsalar, ularni tadqiq etishga g\u2019arb tarixshunoslari, rus, arab, turk, eron, gruzin, ozarboyjon olimlari ham qo\u2019shildilar. Dunyo qadimshunolarining Jaloliddin tarixiga qiziqishi avvaldan mavjud edi. Bu qiziqish Shihobiddin Muhammad an-Nasaviyning \u201cSulton Jaloliddin Manguberdining hayoti tafsiloti\u201d asari fransuz, nemis, ingliz tillariga tarjima qilinganidan keyin yanada kuchaydi. Ana shu munosabat bilan yozilgan sarlar sirasiga S.Len-Pulning \u201cMusulmonlar sulolasi\u201d, A.Myullerning \u201cIslom tarixi\u201d, Ye.Davidovichning \u201cMuhammad Xorazmshohning tanga saroyi\u201d, V.Rozening \u201cAn-Nasaviyning \u201cSulton Jaloliddin Mankburning hayoti tafsiloti\u201d asariga so\u2019z\u201d, Ye.Tomasning \u201cXronika\u201d, M.Keymanning \u201cManbalar\u201d, K.Vittfogelning \u201cQoraxitoylar\u201d, S.Bosvortning \u201cTarix\u201d, A.Iqbolning \u201cEron tarixiga doir\u201d, I.Qafaso\u2019g\u2019lining \u201cXorazmshohlar davlati tarixi\u201d, M.Ko\u2019prlining \u201cXorazmshohlar\u201d, O.Tanerining \u201cJaloliddin Xorazmshoh va uning zamoni\u201d, V.Minorskiyning \u201cTabriz\u201d, O.Turonning \u201cTurkon xotun emas, Terken xotun deyish kerak\u201d. A. al-Azzaviyning \u201cAt-tarix\u201d kabi asarlari kiradi. Bunday asarlar ro\u2019yxatini yana ham davom ettirish mumkin. Bulardan xusolosa qilib shuni aytish mumkinki, tarixning O\u2019rta asr qismida jaloliddinshunoslik bo\u2019limi yuzaga kelan. Tarixchi olimlar bu mavzuga doimiy ravishda murojaat qilib, uni yangi-yangi tadqiqotlar bilan boyitib bormoqdalar. Afsuski, xalqimiz benasib bo\u2019lgani kabi, bu asarlar to\u2019g\u2019risidagi tadqiqotlar bilan tanishishdan ham bebahra qolmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu o\u2019rinda haqli savol tug\u2019iladi: dunyo tarixchilarining Xorazmshohlar taqdiriga, Jaloliddin Manguberdi hayoti, faoliyatiga qiziqishi sababi nimada? Nega muarrixlar, ijodkorlar, sharqshunoslar ular merosiga qayta-qayta murojaat qilmoqdalar, uning yangi-yangi qirralarini topishga intilmoqdalar? Buning ma\u2019lum sabablari bor. Avvalo, O\u2019rta asrlar tarixida Xorazmshohlar davlati katta o\u2019rin tutadi. Bu saltanatning tashkil topishi, kuchayishi, juda katta tegrani qamrab olishi, unda ma\u2019naviyatning yuksalishi yirik shaharlarning barpo etilishi, boshqa sohalarning rivojlanishi tarix taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. Ikkinchidan, tanazzulga yuz tutgan bu davlat bosh bir saltanat \u2013 mo\u2019g\u2019ullar hukmronligiga yo\u2019l ochib berdi. Ayni paytda unga, bu yangi qudratli davlatga kuchli zarba ham bera oldi. Tarixda hukmronlikning yangilanish jarayoni yuz berdi Uchinchidan, tarix o\u2019z maydoniga Xorazmshohlar davlati namoyandasi \u2013 mard, vatanparvar, fidoyi, O\u2019rta asr yo\u2019lbarsi, ritsari deb tanilgan qahramon Jaloliddinni olib chiqdi. Uni ozodlik uchun kurashchiga aylantirdi. Qolaversa, Xorazmshohlar saltanati faqat Xorazmning o\u2019zidagina hukmronlik qilmadi. Bu saltanat o\u2019z doirasiga Movarounnahr, Xuroson, Iroq, Arron, Mozandaron, Ozarboyjon, Gruziya, Afg\u2019oniston, Pokiston, Hindiston tegralarini ham birlashtirib olgandi. Demak, bu davlatning tarixi ana shu tegradagi xalqlarning ham tarixi edi. Ana shu sabablarga ko\u2019ra muarrixlar, qadimshunoslar, ijodkorlar O\u2019rta asrlarda yuksak mavqega ega bo\u2019lgan bu davlat tarixiga qayta-qayta murojaat qilayotganlari tabiiy edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sobiq sho\u2019rolar imperiyasi davrida sobiq ittifoqda ham Jaloliddin, Xorazmshohlar davlati tarixini tadqiq etishga ba\u2019zi intilishlar bo\u2019ldi. Tarixchilar, olimlar, ijodkorlar asarlarida bu davr tarixi haqida to\u2019la bo\u2019lmasa ham ayrim ma\u2019lumotlarni yozib qoldirdilar. V.Bartold \u201cTurkiston mo\u2019g\u2019ul bosqini davrida\u201d asarida Xorazmshohlar davlatiga ham, so\u2019nggi xorazmshoh Jaloliddin faoliyatiga ham yuksak baho berdi. Ammo bu asar ham o\u2019zbek tiliga tarjima qilinmadi. Olim S.Tolstov \u201cQadimgi Xorazm madaniyatini izlab\u201d asarida ham bu davr tarixiga to\u2019xtalib o\u2019tgan. Ilmiy tilda yozilgan bu asar nihoyatda kam nusxada nashr etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Jaloliddin Manguberdi haqida asar yozganlardan biri atoqli shoir Maqsud Shayxzoda bo\u2019ldi. Uning urush yillarida yaratgan \u201cJaloliddin Manguberdi\u201d tarixiy dramasi sahnalashtirildi. Ammo asarning asl nusxasi hech qayerda nashr qilinmadi. Mo\u2019g\u2019ullar haqida tarixiy asarlari bilan tanilgan V.Yan ham urush yillarida Jaloliddin to\u2019g\u2019risida qissa yozgan. Qissa Moskvada bir guruh olimlar tomonidan muhokama qilingan. Muhokamada stalinparast olimlar Jaloliddinning Gruziyaga yurishini qoralaganlar. Muallifni Xorazmning qudratini oshirib ko\u2019rsatishda, Gruziyaning mavqeini pasaytirib aks ettirishda ayblaganlar. Ana shu sabablarga ko\u2019ra asar nashr etilmagan. Turkmaniston va Ozarboyjonda yozuvchilar Jaloliddin Manguberdi haqida roman va qissa yozganlari, ular nashr etilgani haqida ma\u2019lumotlar bor. Gruzin adibi G.Abashidzening \u201cLasharela\u201d, \u201cYaldo tuni\u201d, Tsotne\u201d trilogiyasida ham Jaloliddin obrazi yaratilgan. Ozarboyjonlik olim Ziyo Bunyodovning \u201cAnushteginar \u2013 Xorazmshohlar davlati\u201d kitobi keying yillarda bu mavzudagi jiddiy ishlardan biri bo\u2019ldi. Ammo bularning hammasi o\u2019tmish merosimiz, ulug\u2019 vatandoshimiz tarixini o\u2019rganish borasida dengizdan tomchi, xolos.<\/p>\n\n\n\n<p>Yuqoridagilardan anglashtilib turibdiki, Jaloliddin Manguberdi hayoti, faoliyati, tarixini o\u2019rganish, tadqiq etishning o\u2019zi ham bir tarix. Bu jarayonda ulug\u2019 vatandoshimiz, buyuk ajdodimiz, milliy qahramonimiz taqdirini yaxshi bilmaydigan xalqimiz bir tomonda tursa, ikkinchi tomonda Jaloliddin hayotini yoritgan, merosini tadqiq etgan dunyo tarixchilarining asarlari turadi. Bunday holatdan kelib chiqadigan xulosa bitta, bizning olimlarimiz ham tariximizning o\u2019sha davrini, Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyatini jiddiy, xolis o\u2019rganishlari, xalqimizni bu boradagi mavjud merosdan bahramand etishlari kerak. Xorijlik olimlar tomonidan yaratilgan Jaloliddin haqidagi asarlarni tilimizga tarjima etishlari zarur. Bu tarixning egalari sifatida xorijlik olimlarning asarlariga xolislik bilan munosabatlarini bildirishlari kerak. Zero, Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlashdan maqsad ham ana shundan iborat. Ana shunda Prezidentimiz aytganidek, \u201cTarix xotirasi, xalqning, jonajon o\u2019lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o\u2019zlikni anglashda, milliy iftixorni tiklash hamda o\u2019stirish jarayonida g\u2019oyat muhim o\u2019rin tutadi, tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanadi\u201d. <\/p>\n\n\n\n<p>Kamol MUHAMMAD YOQUB<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muqaddima La\u2019nati totorlar, ular Vatani va ishlarining ilk bayoni Chingizxon va uning ikki do\u2019sti qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019targanidan keyin buning oqibati nimalarga olib kelgani bayoni Qushluxonning Chingizxondan ajralganidan keying taqdiri bayoni Qushluxonning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sulton-jaloliddin-mangubergi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-55377","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55377","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55377"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55377\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55853,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55377\/revisions\/55853"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55377"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}