{"id":55515,"date":"2023-03-21T11:54:03","date_gmt":"2023-03-21T08:54:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=55515"},"modified":"2023-03-21T12:30:03","modified_gmt":"2023-03-21T09:30:03","slug":"samarqand-territoriyasida-odamzod-hayotining-eng-qadimgi-izlari","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/samarqand-territoriyasida-odamzod-hayotining-eng-qadimgi-izlari\/","title":{"rendered":"Samarqand territoriyasida odamzod hayotining eng qadimgi izlari"},"content":{"rendered":"\n<p>Samarqand shahri territoriyasi va uning atrof rayonlari juda qadimgi zamonlardan inson ajdodining makoni bo\u2019lib keldi. Ularning dastlabki izlari neandertal odami davriga mansub bo\u2019lib, odamlarning bu territoriyaga juda erta kelib o\u2019rnashishiga uning tabiiy sharoitlari: Zarafshon tizma tog\u2019i daralaridan oqib chiqadigan soy va jilg\u2019alar, jar va chuqurliklardan qaynab chiqqan buloq va chashmalarning serobligi sabab bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1947 yilda Samarqanddan 43 kilometr janubroqda, Taxtaqoracha dovoni yaqinida Omonqo\u2019ton quyi qishlog\u2019idagi Bulbulzorsoyda Omonqo\u2019ton g\u2019ori topildi. Mustye davriga oid bu g\u2019or ibtidoiy odamlar yashagan makondir.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2019orda yashagan odamlarning mehnat qurollari kvarts diorite va chaqmoqtoshdan yasalgan dag\u2019al qirg\u2019ichlar, tig\u2019i qirrali qo\u2019pol qichoqlar, nayzasimon tosh qurollar va diskasimon nucleus (tosh o\u2019zak) lardan iborat.<\/p>\n\n\n\n<p>Omonqo\u2019tonda haybonlarning kuygan mayda suyak bo\u2019laklari, kulga to\u2019la o\u2019choqsimon chuqurlar ochildi. Ohaktosh yuzaidagi tabiiy chuqurlardan o\u2019choq sifatida foydalanilgan, ularning atrofidan esa tosh qurollar topildi.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2019orning inson faoliyati tufayli paydo bo\u2019lgan madaniy qatlamida hayvon suyaklarining bo\u2019laklari ko\u2019plab uchraydi: suyaklar uzunasiga yorilgan, ularda olovda kuygan izlar bor. Suyak qoldiqlariga qarab fikr yuritilganida, odamlar asosan Osiyo arxari, shuningdek, qo\u2019ng\u2019ir ayiq, morol va boshqa hayvonlarni ovlaganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqanddan 50 kilometrcha janubi-sharqda, Taxtaqaracha dovoni rayonida, dengiz sathidan qariyb 200 metr balandlikda joylashgan Taqaliqsoy g\u2019ori mustye zamonidagi yana bir yodgorlikdir. Taqaliqsoy g\u2019ori ham karst tipida bo\u2019lib, Omonqo\u2019ton g\u2019ori singari marmarlashib qolgan ohaktosh massivida vujudga kelgan. G\u2019or maydonchasini shurflash vaqtida 0.25-0.40 metr chuqurlikda hayvonlarning mayda va parchalangan suyaklari, ko\u2019mir bo\u2019laklari hamda bir qancha tosh buyumlar topildi. Ibtidoiy ovchila Taqaliqsoy g\u2019orida Omonqo\u2019tonga nisbatan ancha keyinroq yashagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandda yashagan eng qadimiy aholining xo\u2019jaliklari nihoyatda ibtidoiy bo\u2019lgan. V.I.Lenin aytganidek, ibtidoiy odam tirikchilik qiyinchiliklari, tabiat kuchlari bilan kurash qiyinchiliklari oldida mutlaqo ojiz edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bundan oldingi davrlardagi singari mustye davrida ham ijtimoiy guruhlar, oila bo\u2019lmagan, aholi hali insoniyat taraqqiyotining ibtidoiy poda holatida edi. Ana shu davrning oxiridagina urug\u2019chilik tuzumining va totemistic tasavvurlarning dastlabki kurtaklari paydo bo\u2019lib, ular insoniyat taraqqiyotining bundan keyingi bosqichida rivoj topadi va shakllanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>F.Engels insoniyat tarixining bu ilk davrini \u201cInson urug\u2019ining bolaligi\u201d deb atagan. Bundan keyin ulg\u2019ayish davri, urug\u2019chilik tuzumi boshlanadi, uning moddiy-madaniy qoldiqlari hozirgi shahar territoriyasida ham uchraydi. Shundan keyin ancha mukammal tosh qurollar paydo bo\u2019ladi, ularni ishlash texnikasi yaxshilanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1939 yilda Samarqandda ilk urug\u2019chilik jamoasiga mansub yuqori poleolit makoni topildi. Bu makon 1958 yildan boshlab hozirga qadar o\u2019rganilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Makon Samarqandning markazida, qadimiy Siyobcha soyining o\u2019ng qirg\u2019og\u2019ida, hozirgi Komsomol ko\u2019li barpo etilgan joyda topilgan. Madaniy qoldiqlar sarg\u2019ish sog\u2019tuproqda joylashgan bo\u2019lib, u geologik jihatdan Mirzacho\u2019l tsikli deb atalgan davrning ikkinchi yarmiga to\u2019g\u2019ri keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Arxeologik qazishmalar vaqtida ko\u2019p miqdorda qadimgi hayvon va o\u2019simlik qoldiqlari, gulxan qoldiqlari (ko\u2019mir qoldiqlari to\u2019plangan joylar) topildi, ibtidoiy odamlar tomonidan tayyorlangan 7.5 mingga yaqin tosh qurollar (bolg\u2019a o\u2019rnida ishlatilgan tosh ushatgichlar, plastinka va tosh parchalari sindirib olingan nukleuslar) topildi. Chaqmoqtosh va dioritdan yasalgan turli kattalikdagi \u201csandonlar\u201d ayniqsa diqqatga sazovordir. Bularda tosh qurollar kertilgan. Yasalib tugallanmagan qurollar (yarim fabrikatlar) va ko\u2019pgina chaqmoqtosh parchalari ham topildi. Qurollar asosan yuqori sifatli chaqmoqtoshdan, shuningdek, xaltsedon, amfibolit, rogovik, diorit va boshqa tog\u2019 jinslaridan tayyorlangan. Tosh qurollar xom ashyosi makondan taxminan 8 kilometrcha Shimolda joylashgan Cho\u2019ponota rayonida keltirilgan. Makonda chaqmoqtoshli slanets \u201cxom ashyo\u201dsidan yasalgan qurollar ham uchraydi. Bunday \u201cxom ashyo\u201d Ulug\u2019bek rasadxonasi yaqinida juda ko\u2019pdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Xilma-xil qurollar: qirg\u2019ichlar, keskichlar, sixchalar, pichoqlar, chopqilar, diskasimon sanchkilar, ushatg\u2019ichlar, boltalar, shuningdek hayvon terilarini shilish uchun mo\u2019ljallangan juda mayda chaqmoqtoshdan qilingan yupqa plastinkalar topildi. Bular ichida hayvon terilarini ishlash uchun mo\u2019ljallangan qirg\u2019ichlar va suyakdan yasaladigan buyumlarni ishlash uchun mo\u2019ljallangan keskichlar diqqatga sazovordir.<\/p>\n\n\n\n<p>Qurollar orasida chetlari botiq tig\u2019li tosh parrakchalar alohida ajralib turadi. Qadimgi odamlar bular yordamida yog\u2019och buyumlarni randalanganlar. Samarqand makonida topilgan ko\u2019pgina qurollar mustye davri qurollariga o\u2019xshab ketadi. Ayniqsa chaqmoqtosh, xaltsedon va dioritdan ishlangan va yirik nukleuslardan uchirib olingan keng parrakchalar shular jumlasidandir. Bu tosh \u201cpichoqlar\u201d yordamida qadimgi odamlar go\u2019sht maydalaganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Chaqmoqtosh va dioritdan yasalgan katta-kichik boltalar ayniqsa zo\u2019r qiziqish tug\u2019diradi. Chaqmoqtoshdan yasalgan ba\u2019zi boltachalar qayroq toshlardan ishlangan katta boltalarga o\u2019xshab ketadi. Boltalarning tig\u2019lari bir yoki ikki tomondan kertib ishlangan; og\u2019irligi bir necha kilogramm keladigan katta boltalarning tig\u2019lari ulkan sandonlarda chaqmoqtoshdan yasalgan og\u2019ir ushatg\u2019ichlar yordamida ishlangan. Yog\u2019och dastalarga mahkamlangan bunday boltalar bilan diametric 10 santimetr va undan yo\u2019g\u2019onroq bo\u2019lgan daraxtlarni bemalol yorish mumkin. Ibtidoiy ustalar bolta yasash uchun pishiq va yopishqoq jinslarni tanlab olganlar. Shunday bolatalardan biri (uzunligi 16 santimetr) qurol yasaladigan joyning o\u2019zida topilgan. Uning atrofidan boltaning assimetrik tig\u2019ini kertish vaqtida hosil bo\u2019lgan mayda tosh parchalari ham topilgandir.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimgi samarqandliklarning tosh qurollari ichida tesha vazifasini o\u2019tovchi oval tig\u2019li tosh yo\u2019ng\u2019ichlar ham uchraydi. Ular aniq formadagi neolit davri tosh yo\u2019ng\u2019ichlarining prototipi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandning boshqa joylarida ham yuqori paleolit davriga taalluqli bo\u2019lgan tosh qurollari topilgan: Ovrajnaya ko\u2019chasida chaqmoqtoshdan yasalgan mustye davri nayzasimon tosh quroli, Voykova ko\u2019chasida materiali jihatidan Samarqand makonida uchratilgan chaqmoqtosh parchalariga o\u2019xshash juda ko\u2019p chaqmoqtosh parchalari, Dahbet ko\u2019chasida esa yashil chaqmoqtosh qayrog\u2019idan yasalgan qirg\u2019ich topilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand poleolit makonida qazishmalar o\u2019tkazilgan vaqtda yovvoyi hayvonlarning suyaklari topilgan. Ularning aksar qismi sindirilgan va kuydirilgandir. Zoti jihatidan Prjevalskiy otlariga yaqin bo\u2019lgan qadimiy otlarning ko\u2019pgina suyaklari topilgan. To\u2019rtlamchi davrga oid yovvoyi tuya, turli xil bug\u2019u suyaklari, shu jumladan, shoxlar, shuningdek, Eron bilan Afg\u2019onistonga yondashgan Qoraqumning Badxiz qo\u2019rig\u2019ida hozir ham uchrab turadigan pleystotsen davri yovvoyi eshagining ko\u2019plab suyaklari topilgan. Topilgan nayza va sanchqi uchlari o\u2019sha davr odamlarining baliq ovlash bilan shug\u2019ullanganligidan dalolat beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu yerda ibtidoiy odamlar yasagan chaylalarning izlari uchraydi. Avvallari qora osti g\u2019orlar va ungurlar ibtidoiy ovchilar uchun asosiy boshpana bo\u2019lib xizmat qilgan. Endilikda yuqori paleolit davridan boshlab ibtidoiy odam \u201cg\u2019ordan chiqib\u201d, o\u2019zi uchun turar-joy qura boshlaydi. Natijada odamlar birgina tog\u2019li rayonlarda emas, balki tekisliklarda, kichik daryo va ko\u2019llarning sohillarida ham yangi territoriyalarni o\u2019zlashtira boshladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand makonida topilgan chayla izlarining maydoni 100 kvadrat metrdan ko\u2019proq bo\u2019lib, u deyarli to\u2019g\u2019ri burchak shaklidir. Chayla soy bo\u2019yiga joylashgan va ibtidoiy odamlarning kundalik hayoti shu soy sohilida ovchilik bilan o\u2019tgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Chayla o\u2019rnida xo\u2019jalik maqsadlari uchun ishlatilgan katta gulxanlarning qoldiqlari, tosh qurollar tayyorlaydigan maydonchalar bor: chayla ustunlarining qoldiqlari saqlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustye davri neandertal odamining o\u2019rnini hozirgi zamon odamining bevosita ajdodi bo\u2019lgan yuqori paleolit davri kromanon odami egalladi. Kromanon qiyofasidagi odamlarning suyak qoldiqlari Samarqand makonida ham topildi. Chunonchi, 1962 yilda arxeologik qazishmalar o\u2019tkazilgan vaqtda 3 metr 20 santimetr chuqurlikda minerallashgan pastki jag\u2019 suyagi to\u2019qqizta tish bilan birga topildi. Uning yonida odam qo\u2019l suyagining bo\u2019laklari yotardi. Antropologlar bu jag\u2019 suyagi 25 yoshlardagi ayolniki bo\u2019lsa kerak deb taxmin qilmoqdalar.<\/p>\n\n\n\n<p>1966 yili bu yerdan 2 metr 80 santimetr chuqurlikda odamning o\u2019nta tishi bilan pastki jag\u2019 suyagi topildi. Olimlarning taxminiy xulosalariga ko\u2019ra, bu jag\u2019 suyagi tuzilishi jihatidan dastlabki jag\u2019 suyagiga yaqin bo\u2019lib, aftidan 35 yoshlardagi ayolga mansub bo\u2019lsa kerak. 1967 yilda o\u2019tkazilgan qazishmalar vaqtida bolaning oziq tishi va pastki jag\u2019i topildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1964 yilda yomon saqlangan hayvon qovurg\u2019asi topildi. Unga ibtidoiy odam tomonidan beshta maxsus belgi chizilgan. 1964 yilda 2 metr 55 santimetr chuqurlikda maxsus teshikli dengiz chig\u2019anog\u2019i topilgan. U zebi ziynat buyumi bo\u2019lib, bunday chig\u2019anoqlar Hind okeani, Qizil dengiz va Fors qo\u2019ltig\u2019i tropik zonalarida uchraydi. 1965 yilda ana shunday chig\u2019anoq Samarqandning Dahbet ko\u2019chasida 6 metr chuqurlikda ham topildi. Ilgarilari bu yerda yuqori poleolit davriga mansub bo\u2019lgan va chaqmoqtoshdan yasalgan qurollar ham topilgan edi. Bu esa qadimiy zamonlarda O\u2019rta Osiy qabilalari bilan Hind okeani sohillaridagi qabilalari o\u2019rtasida qandaydir aloqa bo\u2019lganligi va bu chig\u2019aoqlar esa Samarqand territoriyasiga mahsulot ayirboshlash natijasida kelib qolganligi haqida ma\u2019lumot beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimiy odamning zebi-ziynat buyumlari 1965 yilda Samarqand makonini qazish vaqtida ham topilgan. Jumladan, tuxumsimon shakldagi silliqlangan sakkizta danakcha topilgan bo\u2019lib, ulardan birining teshigi bor. 1966 yildagi qazishmalar vaqtida ikki tomonlama teshilgan va silliqlangan to\u2019qqizinchi danakcha topildi. Mutaxassislarning fikricha bular qadimgi ayollarning taqinchog\u2019i bo\u2019lgan. 1967 yildaa kattaligi jihatidan bir xil bo\u2019lgan dumaloq shakldagi ikkita yupqa oq qayroq tosh topilgan. Ulardan birining o\u2019rtasida tosh parmasi izlari yaxshi saqlanib qolgan. Bu esa sochga taqadigan va bo\u2019yinga osadigan tosh tumor yasash uchun tayyorlangan bo\u2019lib, u qadimiy odamlarning bezak buyum yasashi uchun mo\u2019ljallangan.<\/p>\n\n\n\n<p>1967 yili makonni qazish vaqtida ajoyib topilma qo\u2019lga kiritildi. Bu madaniy qatlamning yuqori qismida topilib, o\u2019rtasi ishqalangan va aylanasi bo\u2019ylab to\u2019g\u2019ri ingichka chiziqlar tortilgan yupqa dumaloq shakldagi qayroqtosh edi. Toshdagi tasvir ehtimol odamning qadimgi tafakkuri bilan bog\u2019liqdir. Mutaxassislar makonning madaniy qoldiqlarining geologik joylanishi o\u2019rgandilar. Ularning fikricha madaniy qoldiqlari joylashgan soz tuproq geologik yer qatlami \u2013 yuqori pleystotsen \u2013 Q 3 ga to\u2019g\u2019ri keladi. Bu qatlam esa o\u2019z navbatida Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo vodiysida hosil bo\u2019lgan so\u2019ngi to\u2019rtlamchi davr yotqiziqlari \u2013 II, III sohil usti terrasalariga taalluqlidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Paleolit davridan keyin keladigan davrga (mezolit \u2013 o\u2019rta tosh asri, neolit \u2013 yangi tosh asri, bronza davri) xos bo\u2019lgan buyumlar Samarqand territoriyasining o\u2019zida hozircha topilgani yo\u2019q. Biroq shahar atrofida o\u2019tkazilgan tadqiqotlar keyinchalik bu yerda ham odam yashaganligini ko\u2019rsatdi. Sozog\u2019on va Tim qishloqlarida 2 ta neolit davri manzilgohlari o\u2019rganilgan bo\u2019lib, Samarqanddan 27 kilometr janubi-g\u2019arbda Sozog\u2019onsoy qirg\u2019og\u2019ida joylashgan Sozog\u2019on makoni ayniqsa diqqatga sazovordir. Bu yerda, Zarafshon tizma tog\u2019i yon bag\u2019irlarida hayvonlarni ovlash, baliq tutish va ovqat bo\u2019ladigan o\u2019simliklarni yig\u2019ish yo\u2019li bilan hayot kechirgan, rivoj topgan ona urug\u2019i davrining ibtidoiy odamlari yashagan. U yerdan mikrolitik xarakterga ega bo\u2019lgan va chaqmoqtoshdan yasalgan 600 dan ko\u2019proq mehnat qurollari (pichoqsimon parraklar, qirg\u2019ichlar, randachalar, o\u2019roqlarning qadamlari, bigizlar, nukleuslar, kamon o\u2019qining uchlari va hokazolar) topildi. Bu tosh qurollar miloddan avvalgi uchinchi ming yillikda Zarafshon daryosining etaklaridagi neolit davri manzilgohlaridan topilgan qurollarga o\u2019xshab ketadi. Bu esa Samarqand atrofida yashagan ona urug\u2019i davri odamlarining O\u2019rta Osiyoning boshqa rayonlarida yashagan aholi bilan o\u2019zaro aloqada bo\u2019lganligidan dalolat beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bronza davrida (miloddan avvalgi ikkinchi ming yillik) bundan ilgarigi davrlar uchun xarakterli bo\u2019lgan asosiy xo\u2019jalik tarmoqlari o\u2019z ahamiyatini yo\u2019qotdi va yangi tarmoqlar \u2013 mehnat unumdorligini keskin oshirib yuborgan dehqonchilik va chorvachilik vujudga keladi. Chorvachilik va dehqonchilikning rivoj topishi jamiyatning moddiy bazasini ancha kengaytirdi va turli qabilalar o\u2019rtasida muntazam ravishda ayirboshlash ishlarini olib borish imkonini yaratib berdi. Xo\u2019jalikning ana shu ikki tarmog\u2019i muaayyan territoriyaga sig\u2019maganligi tufayli dastlabki yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti ro\u2019y beradi: chorvador qabilalar ajralib chiqadi, natijada ijtimoiy tuzumda ham o\u2019zgarishlar yuz beradi. Matriarxatdan patriarxatga o\u2019tilib, ajralgan holda mustaqil xo\u2019jalik yuritadigan katta-katta patriarxat oilalar paydo bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand oblastida o\u2019sha davrlar ijtimoiy va iqtisodiy hayotini xarakterlab beruvchi yodgorliklar juda kam. 1959 yilda Kattaqo\u2019rg\u2019on yaqinidagi Novqatepada bronza davri makoni topildi. Novqatepa keyingi davrlarda vayron qilingan qadimgi shahahr xarobasining qoldig\u2019i bo\u2019lib, uning pastki qatlamidan bronza davriga oid bir necha spool bo\u2019laklari, ya\u2019ni boshoqsimon naqshli va parallel chiziqlar bila bitilgan qator mayda uchburchaklar bilan naqsh solingan yassi tubli hurmachalar topildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bronza davrining ikkinchi bir yodgorligi qadimgi qabristondir. U Zarafshonning chap qirg\u2019og\u2019ida tog\u2019 etagidan oqib tushadigan soylardan birining sohiliga o\u2019rnashgan Mo\u2019minobod qishlog\u2019ida (Samarqand yaqinida) joylashgan. Qabriston 1964 va 1966 yillarda o\u2019rganib chiqildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimgi qabriston territoriyasida bukchaytirib yakka-yakka dafn qilingan beshta qabr ochildi. Har bir qabrdan uchburchak, qiyshiq va kalta chiziqlar, zich qilib tekis tortilgan va gorizontal joylashgan egri-bugri yoki siniq chiziqli naqshlar bilan bezatilgan spool idishlar topilgan. Ayrim qabrlarda toshdan yasalgan yorg\u2019uchoqlarning bo\u2019laklari topildi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019lgan odamlar hayot paytlarida kiyib yurgan kiyimlari bilan dafn qilingan. Ust va bosh kiyimlari zig\u2019ir tolasi ipi bilan qadalgan juda ko\u2019p munchoqlar bilan bezatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Dafn etilganlar yonidan quloqqa va burunga taqiladigan, oltin suvi yugurtirilgan kumush xalqalar, keng og\u2019izli qo\u2019ng\u2019irsimon jez va tilla ziraklar topildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Murdalarning qo\u2019l suyaklarida bir tomoni qavariq, ikkinchi tomoni botiq novsimon jezdan yasalgan ikkita, ba\u2019zilarida uchtadan bilakuzuk bor edi; bilakuzuklarning bir uchi ilon boshini eslatadi. Ba\u2019zi qabrlarda o\u2019rtasi ilmoqli dumaloq yupqa jez oynalar bor edi, qabrlardan birida, hatto suyakdan ishlangan sibizg\u2019a ham topilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bronza davri Mo\u2019minobod qabristonidan topilgan bu suyak qoldiqlarining antropologik tipi O\u2019rta Osiyoning ancha qadim zamonlarda yashagan aholisi topiga o\u2019xshab ketadi va ularning qon-qarindosh ekanliklaridan dalolat beradi. Moddiy madaniyat buyumlarida aniqlangan o\u2019xshashliklar esa O\u2019rta Osiyo o\u2019troq qabilalari bilan boshqa rayonlarning o\u2019troq qabilalari o\u2019rtasida yaqin madaniy va etnik aloqa bo\u2019lganligini ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bularning hammasi Samarqandning quldoqlik jamiyati vujudga kelguniga qadar bo\u2019lgan eng qadimiy o\u2019tmishini ifodalaydigan buyumlarning dastlabki topildiqlaridir, xolos.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Samarqand shahri territoriyasi va uning atrof rayonlari juda qadimgi zamonlardan inson ajdodining makoni bo\u2019lib keldi. Ularning dastlabki izlari neandertal odami davriga mansub bo\u2019lib, odamlarning bu territoriyaga juda erta kelib o\u2019rnashishiga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/samarqand-territoriyasida-odamzod-hayotining-eng-qadimgi-izlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-55515","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55515","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55515"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55515\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55518,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55515\/revisions\/55518"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55515"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}