{"id":55522,"date":"2023-03-22T14:09:41","date_gmt":"2023-03-22T11:09:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=55522"},"modified":"2024-07-11T12:45:43","modified_gmt":"2024-07-11T09:45:43","slug":"jizzax-eron-axomaniylari-va-iskandar-zulqarnayn-bosqini-davrida","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jizzax-eron-axomaniylari-va-iskandar-zulqarnayn-bosqini-davrida\/","title":{"rendered":"Jizzax Eron Axomaniylari va Iskandar Zulqarnayn bosqini davrida"},"content":{"rendered":"\n<p>Miloddan avvalgi VI asr o\u2019rtaarida qadimgi fors podshohlari xonadoni \u2013 axomaniylar (Axoman fors qabilalari yo\u2019lboshchisi) vakili Kir II axomaniylar davlatiga asos slogan. Kir II miloddan avvalgi 553-550 yillarda midiyaliklar hukmronligiga qarshi kurashib, g\u2019alaba qozonadi va Eronda qadimgi dunyoning eng buyuk davlatlaridan biri axomaniylar davlati tashkil topadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kir II miloddan avvalgi 350-330 yillarda Midiya, Lidiya, Kichik Osiyo, Bobil, Misr, Frakiya, Makedoniya va Hindistonning shimoli-g\u2019arbiy qismini bosib oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimgi yunon tarixchi olimlari Ktesiy va Ksenofontlarning asarlarida qayd etilishicha, miloddan avvalgi 545-539 yillarda Kir II Marg\u2019iyona, Baqtriya, Xorazm, So\u2019g\u2019diyona viloyatlarini hamda sak qabulalarini o\u2019ziga bo\u2019ysundiradi. Shuningdek, tarixiy manbalarda Kir II qo\u2019shinlari Turkiston va Nurota tog\u2019 tizmalari oralig\u2019idan o\u2019tib, Sangzor va Sirdaryo oralig\u2019ida joylashgan Ustrushona hududlarini ham bosib olganligi to\u2019g\u2019risida ma\u2019lumot bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Kir II miloddan avvalgi 530 yilda To\u2019maris boshliq massagetlar bilan jangda halok bo\u2019lgach, Doro I davrida O\u2019rta Osiyoning katta qismi bo\u2019ydundiriladi. Ahomaniylar davlati qo\u2019shinlari Turkiston va Nurota tizma tog\u2019lari oralig\u2019idan o\u2019tib Sangzor va Sirdaryo oralig\u2019ida joylashgan Ustrushona viloyati hududlarini ham bosib oladi. Ahomaniylar podshosi o\u2019z saltanatining shimoli-sharqiy chegaralarini mustahkamlash maqsadida Sirdaryoning so\u2019l qirg\u2019og\u2019idagi Ustrushona hududlarida 7 ta chegara-shahar qal\u2019asini qurdiradi. Hozirgi Tojikistonga qarashli O\u2019ratepa yaqinidagi Havotag mavzeida qurilgan shahar-qal\u2019aga Kiropol (Kira, Kiresxata) deb nom berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sangzor daryosi quyi oqimi bo\u2019yida \u2013 hozirgi Jizzax shahri o\u2019rnida, qurilgan qal\u2019a-shaharchaga Dizak deb nom beriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Demak, hozirgi Jizzax o\u2019rnida miloddan avvalgi VI asrda Eron axomaniylari davrida qurilgan Dizak yoki Gazo Ustrushonada bunyod etilgan 7 ta shahar-qal\u2019aning biridir.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixiy manbalar, arxeologik materiallarning guvohlik berishicha, O\u2019rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, Jizzax aholisining hayoti axomaniylar davlatida kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bilan bog\u2019liq holda kechgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Axomaniylarning O\u2019rta Osiyo viloyatlaridagi hukmronligi 2 asrdan ko\u2019proq davom etadi. Doro I davrida O\u2019rta Osiyoda ko\u2019tarilgan barcha qo\u2019zg\u2019olonlarni bostirib, axomaniylar hukmronligini mustahkamlaydi. Doro I tomonidan miloddan avvalgi 519 yilda Baxistun qoyalariga o\u2019yib bitilgan yozuvlarda uning izmiga bo\u2019ydundirilgan xalqlar qatorida xorazmiylar, baqtriyaliklar, sug\u2019diylar ham tilga olinadi. Axomaniylar Gretsiyaga qilgan yurishlarida O\u2019rta Osiyolik jangchilardan ham foydalanishgan. Ustrushonaning Chotqol tog\u2019i tizmalaridan oltin, Nurota tog\u2019 tizmalaridan metal, qimmatbaho toshlar qazib olingani va Eronga olib ketilgani haqida tarixiy manbalarda qayd etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019rta Osiyo hududlari to\u2019liq bo\u2019ysundirilgach, Axomaniylar saltanati 20 ta ma\u2019muriy-harbiy qismga \u2013 satrapiyaga bo\u2019lib boshqaradi. Barcha satrapiyalar shoh oilasiga tegisli forslardan tayinlangan satraplar \u2013 hokimlar tomonidan boshqarilgan. 16-satrapiyaga Parfiya, Xorazm, So\u2019g\u2019diyona, jumladan, Ustrushona (Dizak) hududlari kirgan. Axomaniylar naslidan, lashkarboshilardan biri Bess XVI satrapiyaga \u2013 satrap (hokim) etib tayinlangan. Satrapiyaga kiritilgan hududlar aholisidan yiliga 300 talant miqdorida kumush solig\u2019i undirilgan. 1 talant 30 kilogramm kumushga teng bo\u2019lgan, ya\u2019ni yiliga 9 tonna miqdorida kumush miqdoriga teng keladigan miqdorda \u2013 qimmatbaho toshlar, dehqonchilik va hunarmandchilik mahsulotlari, chorva mollari va teri to\u2019lashga majbur qilingan. Aholi satraplar talab qilganda piyoda, otliq, aravalik jangchilar berishga ham majbur qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Eron shohlari qurdirgan 2000 kilometrlik \u201cShoh yo\u2019li\u201d O\u2019rta Osiyodagi mahalliy yo\u2019llar bilan bog\u2019langan. Bu yo\u2019llardan soliq yig\u2019uvchlar, karvonlar, qo\u2019shinlar, shohning \u201cKo\u2019zi va qulog\u2019i\u201d bo\u2019lgan ayg\u2019oqchi-xabarchilar yurgan. Shoh farmonlari, satraplarning shohga axborotlari shu yo\u2019l orqali yetkazib turilgan. O\u2019sha paytlardayoq, Turkiston va Nurota tizma tog\u2019lari oralig\u2019idan o\u2019tadigan yo\u2019lda joylashgan Dizak karvonlar to\u2019xtab o\u2019tadign bekat bo\u2019lgan, savdo-sotiq rivojlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu davrda Dizak ahli beli bog\u2019lanadigan ko\u2019ylak, uzun tor ishton, boshiga hozirgi do\u2019ppiga o\u2019xshash qalpoqcha kiyishgan. Oromiy yozuviga asoslangan sug\u2019d yozuvidan foydalangan. Aholi Zardushtiylik diniga e\u2019tiqod qilishgan. Aholi hunarmandchilik, Sangzor daryosi vohalarida dehqonchilik, cho\u2019l, qir-adirlarda chorvachilik bilan shug\u2019ullanib tirikchilik qilishgan. O\u2019rta Osiyo viloyatlari bilan Eron o\u2019rtasida savdo va madaniy aloqalar o\u2019rnatilgan. Axomaniylar zarb qilgan tanga pullar O\u2019rta Osiyoda ham muomalada bo\u2019lgan, O\u2019rta Osiyoliklar Erondagi me\u2019morchilik qurilish ishlarida qatnashgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Miloddan avvalgi 334 yilda Yunon-Eron urushi avj olib, qisqa vaqtda Axomaniylar davlati mag\u2019lubiyatga uchradi. O\u2019rta Osiyo qochgan Eron shohi Doro III So\u2019g\u2019diyona satrapi Bess tomonidan o\u2019ldirildi va Bessning So\u2019g\u2019diyonaga qochishi Iskandar Zulqarnaydning O\u2019rta Osiyogaa bostirib kirishiga bahona bo\u2019ladi. Iskandar O\u2019kuz (Amu) daryosidan o\u2019tib (miloddan avvalgi 329 yilda) Sug\u2019diyona tomon yuradi va Navtaka viloyati, Marokanda (Samarqand)dagi xalq qarshiligini sindirib, katta hududlarni bosib oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iskandar Samarqandda kichikroq qo\u2019shin qoldirib, miloddan avvalgi 328 yilda Ustrushonaga qo\u2019shin tortadi. Hozirgi G\u2019allaorol, Jizzax, Zomin, Kiropol aholisi bosqinchilardan ona yurt ozodligi va mustaqilligini mardonavor himoya qiladilar. Iskandar Turkiston tizma tog\u2019larining shimoliy qismidagi daralarda aholining qattiq qarshiligiga uchradi. Tog\u2019 daralaridagi janglarda mahalliy aholidan 22 ming kishi halok bo\u2019ladi. Iskandar qo\u2019shinlari uchun Kiropol shahrini egallash oson bo\u2019lmadi. Shahar mustahkam qal\u2019a devorlari, yaxshi qurollangan himoyachilari bilan mudofaa qilinardi. Dushmanning toshotar qurollari qamaldagilarni chalg\u2019itib turgan bir paytda, Iskandar qalqonchi va kamonchi shaxsiy jangchilari bilan suv kirib, suv chiqadigan qurigan o\u2019zan orqali shaharga kirib, shahar darvozasini ochadi. Dushman qo\u2019shinlari shahar ichkarisiga kiradi va og\u2019ir janglar bo\u2019ladi. Iskandaar o\u2019zi ham gardaniga tosh tegib, og\u2019ir jarohatlanadi. Krater va Iskandarning boshqa qo\u2019shin boshliqlari ham kamondan otilgan yoydan halok bo\u2019ladi. Shahar himoyachilaridan 8000 jangchi qurbon bo\u2019ladi. Iskandar Kiropol shahrini egallaydi. Kuchlar teng bo\u2019lmaganligi bois, Iskandar Jizzaxdan Kiropolgacha bo\u2019lgan hududlarni, Arrianning \u201cIskandar yurishlari\u201d nomli asarida qayd etilishicha, Iskandar Ustrusonadagi 7 shaharni egallaydi. Jangu jadallar bilan Iskandar qo\u2019shinlari Sirdaryo (Yaksar)ning chap sohiligacha bo\u2019lgan yerlarni bosib oladi Yunon mualliflarining asarlarida Iskandar Tanais daryosi bo\u2019yigacha borib yetdi, deb yozilgan. Yunonlar Sirdaryoning o\u2019rta oqimini Tanais daryosi, deb ataganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Iskandar daryo bo\u2019yiga o\u2019rnashib olgach, qo\u2019shiniga dam beradi. Ayni paytda u qo\u2019shin joylashgan yer atrofini devor (uzunligi 60 stadiy, 1 stadiy 176.6 metrga teng) bilan o\u2019rab bir shahar qurishni amr qiladi. Uningcha, bu shahar saklarga qarshi urushlarda mudofaa uchun zarur edi. Shahar hatto 17 kun deganda mudofaa inshootlari va turar joylar bilan qurib birkaziladi. Mazkur shahar hozirgi Xo\u2019jand shahriga yaqin joyda qurilgan bo\u2019lib, unga Aleksandriya Esxata (Chekka Iskandariya) deb nom berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sirdaryo (Tanais)ning o\u2019ng qirg\u2019og\u2019ida Choch va Iroq vohasida yashovchi saklar (qang\u2019arlar) bilan Iskandar qo\u2019shinlari o\u2019rtasida qattiq janglar bo\u2019lib ikki tomondan ko\u2019plab kishilar qurbon bo\u2019ladi. Kurtsiy Rufning yozishicha makedoniyaliklardan 60 suvoriy, 100 ta piyoda askar halok bo\u2019lgan, saklardan 1000 kishi halok bo\u2019lgan, 150 ishi asir olingan. Tanais janggi ikki o\u2019rtada sulh tuzish bilan yakunlangan. Asirga olingan saklar ozod qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Iskandarning saklar bilan sulh tuzishiga bosib olingan hududlarda, ayniqsa, Sug\u2019d va Baqtriyada Spitamen boshchiligida kuchli qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tarilgani haqida tashvishli xabarlar olingani sabab bo\u2019lgani ehtimoldan xoli emas.<\/p>\n\n\n\n<p>Spitamen boshliq qo\u2019zg\u2019olonchilar Samarqanddagi yunon-makedon garnizonini qirib tashlab shaharni egallagan edilar. Iskandar qo\u2019zg\u2019olonchilarga qarshi sarkarda Farnux boshchiligida 3 ming piyoda va 800 otliqdan iborat qo\u2019shin jo\u2019natadi. Iskandarning o\u2019zi Ustrushonadagi g\u2019alayonlarni bostirishga kirishadi. Iskandar o\u2019z sarkardasi Kraterni Kiropolga jo\u2019natib, o\u2019z qarorgohiga yaqin joydagi shahar \u2013 Gazoga qo\u2019shin tortadi. Iskandar Gazo (Dizak)da ko\u2019tarilgan qo\u2019zg\u2019olonni bostirish harakatiga tushgan paytda, saklar hukmdorining ukasi Kartazes boshchiligidagi katta qo\u2019shin qo\u2019zg\u2019olonchilarga yordamga keladi. Bundan xabar topgan Iskandar Gazodagi jangga 2000 kishilik qo\u2019shin tashlaydi. Dushman toshotar qurollari bilan shaharning paxsadan ishlangan, uncha baland bo\u2019lmagan mudofaa devorlariga qattiq zarar yetkazadi. Dushman Gazo mudofaa devorlari atrofiga narvonlar o\u2019rnatadi. Biroq mudofaachilar narvonlarni ag\u2019darib tashlashadi. Kartazesning yordamchi qo\u2019shinlari yetib kelgach, qo\u2019zg\u2019olonchilar dushmanni Sirdaryo tomon chekinishga majbur qiladi. Biroq Iskandarning o\u2019zi boshliq katta qo\u2019shinni Gazoga hujum qilib, mudofaachilarni dushman sopqonchilari va kamonchilari o\u2019qqa tutishadi, o\u2019q otuvchi moslamalarni ishga solidi. O\u2019qlar yomg\u2019iri ostida qolgan mudofaachilar devor tepasidan pastga tushishga majbur bo\u2019ladilar. Shunda makedonlar devorga yana narvonlarni qo\u2019yib devor tepasiga chiqadilar. Shu tariqa Gazo qo\u2019zg\u2019oloni bostiriladi. Mudofaachi minglab erkaklar qirg\u2019in qilinadi. Ayollar va bolalar jangchilarga o\u2019lja sifatida beriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Farnux qo\u2019shinlari Samarqandga yaqinlashgach, Spitamen Zarafshon daryosining quyi oqimiga chekinadi. Bu yerdagi o\u2019z otliq qo\u2019shinlari bilan birlashib, Farnux qo\u2019shinlariga to\u2019satdan hujum qiladi. Yunon-makedon qo\u2019shinlarining katta qismini qirib tashlab, Samarqandni qamal qiladi. Iskandar Spitamenga qarshi Andromax, Menadem va Karan boshchiligida otliq va piyoda qo\u2019shin yuboradi. Spitamen mazkur jangda o\u2019zgacha harbiy usul qo\u2019llagan. Har bir otga 2 tadan jangchi mindirilgan. Ular dushmanga ikki tomondan zarba berar, biri nayza, qilich yoki kamon bilan hamla qilsa, ikkinchisi tosh bilan urib, yovning boshini majaqlar edi. Bu jangda dushman katta talafot ko\u2019radi. Shundan keyin Spitamenga qarshi Iskandar asosiy kuchlari bilan jangga otlanadi. Spitamen cho\u2019l ichkarisiga chekinadi. G\u2019azablangan Iskandar Zarafshon vohasining tinch aholisidan o\u2019ch olib \u2013 120 ming kishi qirib tashlanadi. Sug\u2019diy va baqtriyalik zodagonlarning bir qismi Spitamenga xiyonat qilib istilochilar tomoniga o\u2019tib ketadilar. Miloddan avvalgi 328 yil oxirlarida Spitamen xoinona o\u2019ldiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikki yillik natijasiz janglardan so\u2019ng Iskandar mahalliy xalqlarni kuch bilan yengib bo\u2019lmasligini tushunaadi. Endilikda u o\u2019zining jangari harbiy siyosatini o\u2019zgaririb, O\u2019rta Osiyo viloyatlarida o\u2019ziga ishonchli tayanch kuchlarni tashkil etishga kirishadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Birinchi navbatda, O\u2019rta Osiyo satrapiyalari hokimligiga yunon-makedon vakillaridan tayinlaydi, qal\u2019alarga yunon askarlarini joylashtiradi. So\u2019ngra qarshilik ko\u2019rsatayotgan mahalliy zodagonlar bilan yaqinlashish choralarini ko\u2019radi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kurtsiy Rufning \u201cAleksandr Makedonskiy tarixi\u201d asarida yozilishicha, Sug\u2019d qal\u2019asining hokimi Oksiart Iskandani izzat-ikrom bilan kutib oladi. Ulug\u2019 mehmonning tashrif buyurganidan xursand bo\u2019lgan qal\u2019a hokimi Oksiart shohga sovg\u2019a sifatida 30 ta go\u2019zal qizlarni keltirishni buyurdi. Qizlar orasida Oksiartning Roksana (Ravshanak) ismli qizi ham bor edi. U o\u2019zining nihoyada go\u2019zalligi bilan boshqa qizlardan ajralib turardi. Aleksandr Roksnaga ko\u2019ngil qo\u2019yib uylanishga qaror qiladi. Oksiart Aleksandrning Roksanaga uylanishi haqidagi xabarni eshitib behad xursand bo\u2019ladi va sug\u2019diyonaliklarning o\u2019sha zamon udumiga binoan Roksanani Iskandarga unashtirish uchun non keltirishni buyuradi. Nonni ikkiga bo\u2019lib, yarmini Iskandarga yarmini Roksanaga beradi. Iskandar Oksiatrni Baqtriya satrapi etib tayinlaydi. Sug\u2019d hukmdorligi mahalliy aslzoda Oropiyga topshiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sug\u2019diyonalik mahalliy xalqlarning mehnatsevarligi, ko\u2019pgina urf-odatlari Iskandarga ma\u2019qul tushadi. U sug\u2019diyonacha kiyinib yuradi. Iskandar qo\u2019shinlarini ham mahalliy xalq urf-odatlarini qabul qilishga va yerlik xalqning milliy kiyimlarini kiyib yurishga undaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, O\u2019rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Iskandar deyarli 3 yil harakat qildi. Biroq uncha katta bo\u2019lmagan hududni \u2013 Marg\u2019iyona, Baqtriya, Sug\u2019diyona va Ustrushonaning Sirdaryo bo\u2019ylarigacha bo\u2019lgaan yerlardagi aaholini bo\u2019ydunsidirishga muvaffaq bo\u2019ldi. Xorazm, Toshkent vohasi va Farg\u2019ona o\u2019z mustaqilligini saqlab qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Makedon qo\u2019shinlarining bosqinchilik yurishlari O\u2019rta Osiyoning gullab-yashnagan yerlarini xarobazorga aylantirdi, aholining katta qismini qirib tashladi. Miloddan avvalgi 327 yilda Iskandar Hindistonga yurish boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019rta Osiyoda Iskandar hukmronligi o\u2019rnatilgach, ellin madaniyati: grek tili va yozuvi, san\u2019ati kirib keladi. Yunon xudolari Zevs, Afrodita, Gera va Iskandar Zulqarnayn tasvirlari tushirilgan tangalar zarb qilinadi boshlanadi. Shaharlardagi ibodatxonalarda haykallar o\u2019rnatila boshlanib, tasviriy san\u2019atga e\u2019tibor kuchaytirildi. Sug\u2019dda, Ustrushonada pishirilgan g\u2019ishtlardan binolar qurish, suv yo\u2019llari, kanallar qazilib, quvurlar orqali shaharlar va atrof qishloqlarni suv bilan ta\u2019minlash amalga oshirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iskandar Zulqarnaynning 33 yoshida miloddan avvalgi 323 yilning 13 iyunida vafot etishi bilan u tashkil qilgan imperiya parchalnib ketdi. Misrda Ptolemey Lag, Suriya va Kichik Osiyoda Antiganni, Frantsiyada Lisimak, Makedoniyada Kassandr podsholik qildi. Iskandar Zulqarnaynning sarkardasi Salavk esa Dajladan Sirdaryogacha va bu yog\u2019i Hind daryosigacha bo\u2019lgan hududda o\u2019z hukmronligini o\u2019rganib, Salavkiylar davlatini tashkil qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Miloddan avvalgi III asrning 50-yillarida Diodot asos slogan. Yunon-Baqtriya podsholigi yuzaga kelib, bu davlat miloddan avvalgi II asrning o\u2019rtalarigacha hukmronlik qiladi. Miloddan avvalgi II asrning 40-30 yillari oralig\u2019ida Yunon-Baqtriya davlati Sak, Yuechji, Tohar kabi elat va qabilalarning yurishi tufayli inqirozga uchraydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iskandar Zulqarnayn O\u2019rta Osiyoda orttirgan behisob boyliklar Makedoniyaning Iskandariya shahriga olib ketilgan. Rus sharqshunosi M.M.Lyutovning fikricha, Makedoniyaga jo\u2019natish uchun bir karvon boylikni yuklashga o\u2019n ming juft qo\u2019tos va uch yuzta tuya kerak bo\u2019lgan. Bu fikrga qo\u2019shilgan professor V.V.Grigoryev ham \u201cIskandar O\u2019rta Osiyoda shu qadar ko\u2019p boyliklarni o\u2019lja qilib oladiki, uning hisobiga yetish qiyin\u201d deb yozadi. M.M.Lyutov Grigoryev fikrini tasdiqlab, birgina Suz ibodatxonasidan qimmatbaho tillalar, mo\u2019ynali buyumlar va boshqa boylikar bilan birga ellik ming talantga teng summadagi o\u2019lja olinganini yozadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iskandar Zulqarnayn amri bilan miloddan avvalgi 332 yildan boshlab qurila boshlagan Iskandariya shahrini bunyod etish uchun sug\u2019diyonalik ko\u2019plab ajoyib me\u2019morlar, naqqoslar, hunarmandlar, qo\u2019li gul ustalar qul qilib haydab ketilgan. Bu yuksak san\u2019at namoyandalarining ko\u2019pchiligi taqdir taqozosiga ko\u2019ra olis Gretsiya va Makedoniyada umrbod qolib ketgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Makedoniya qo\u2019shinlari, yuqorida qayd qilganimizdek, O\u2019rta Osiyoda talon-tarojlik qilib, turli-tuman boyliklarimizni talab ketganligidan dalolat beradi. Mana shu faktlarning o\u2019ziyoq chet ellik ba\u2019zi tarixchi olimlarning Iskandar shaxsini ulug\u2019lash va idellashtirishlari behuda ekanligini ko\u2019rsatadi. Aslida Iskandar qo\u2019shinlari O\u2019rta Osiyo madaniyatiga vahshiylarcha munosabatda bo\u2019lgan. Mamlakatimizdagi yuksak san\u2019at obidalarini vayron qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Grek yozuvchisi Diodor Sitsiliyskiyning (sitsialik Diodor) \u201cTarix kutubxonasi\u201d (40 kitobdan iborat) asarining yettinchi kitobida yozilishicha, Iskandar harbiy yurish davomida 120000 sug\u2019diyonalikni qurbon qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bundan ko\u2019rinib turibdiki, bunday voqealar Iskandar shaxsini ulug\u2019lash va uni ijobiy shaxs sifatida o\u2019rganishimiz asossizligini isbotlaydi. Holbuki, biz o\u2019rganayotgan asarlarning ayrim sahifalarida Iskandar obrazini ijobiy ma\u2019noda tasvirlashga moyillik borligi sezilib turibdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iskandar vafotidan so\u2019ng hokimiyat uning eng yaqin lashkar boshliqlari qo\u2019liga o\u2019tib, Yevropa, Yaqin Sharq va O\u2019rta Osiyoda o\u2019ziga xos iqtisodiy va ijtimoiy talablarni oldinga surgan, ellinizm deb atalgan davr, ikki qit\u2019a madaniyatining o\u2019zaro ta\u2019sir davri boshlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iskandar Zulqarnaynning maqsadi O\u2019rta Osiyoning bosib olingan hududlarini, shu jumladan, Ustrushonani o\u2019z davlati tasarrufida abadiy saqlab turish edi. Shu boisdan u o\u2019z saroyida mahalliy aholiga xo surf-odtlar, axloqiy me\u2019yorlarni o\u2019rganib, ularga amal qila boshladi. Mahalliy yigitlarni o\u2019z qo\u2019shinlari safiga olib, o\u2019ziga yqinlashtiradi. O\u2019lkada bir qator shaharlar qurdirdi. Yunon tarixchisi Plutarxning ta\u2019kidlashicha, Iskandar bo\u2019ysundirilgan xalqlarning turmush tarziga yaqinlashish, ularning yuqori toifalari bilan do\u2019stona munosabatda bo\u2019lish, bo\u2019ysundirilgan xalqlar ustidan hukmronlikni saqlab turishga xizmat qiladi, deb hisoblar edi. Mahalliy zodagonlarning bir qismi o\u2019z mulkini, mavqeini saqlab qolishga intilib Iskandar tomoniga o\u2019tdilar. \u201cAyrimlar esa\u201d dushmanlik kayfiyatida qoldilar. Iskandarning qo\u2019shi boshliqlari, makedoniyalik zodagonlar orasida Iskandar siyosatiga qarshi chiqqanlar ham bo\u2019ldi. Sarkardalardan Klit, Kallisfin Iskandarga qarshi isyon uyushtirishda ayblanib, qatl etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iskandar Sharqda o\u2019z siyosatini amalda ro\u2019yobga chiqarish maqsadida, Osiyo xalqlarini Yevropaga, Yevropa aholisini Osiyoga ko\u2019chirish ishlarini ham amalga oshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iskandar Zulqarnaynning O\u2019rta Osiyoga bosqinchilik yurishi juda qimmatga tushdi, uning hukmronligi mustahkam bo\u2019lmadi. Iskandar Hindistonni egallash uchun ketgach, uning O\u2019rta Osiyoda qoldirgan kuchlari joylashgan shahar va qal\u2019alar Iskandar zulmidan ozorlangan ko\u2019p sonli mahalliy aholi manzilgohlari qurshovida qolgan edi. Ayniqsa, Iskandarning vafoti haqidagi xabar tarqalgach, bu O\u2019rta Osiyoda tezda o\u2019z aks sadosini bera boshladi. Grek-makedonlar o\u2019z Vatanlariga qaytish harakatiga tushdilar. Mahalliy zodagonlar bilan grek-makedonlar o\u2019rtasida ziddiyat kuchaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iskandar Zulqarnayn tuzgan saltanat parchalangach, Suriyadan Sirdaryogacha bo\u2019lgan hududlarni, shu jumladan, Ustrushona hududlari va Hind daryosigacha yerlarni Iskandar sarkardasi Salavk o\u2019z tasarrufiga kiritdi va Salavkiylar davlatiga asos soldi. Salavk va uning o\u2019g\u2019li Antiox I davrida O\u2019rta Osiyo bitta satrapiyaga birlashtirildi. Salavkiylar sarkardasi Demodam Miletskiy tomonidan shimoli-sharqiy chegaralarni mustahkamlash maqsadida Sirdaryodan o\u2019tib, daryoning o\u2019ng tomonida \u201cYaksart daryosining orqasidagi Antioxiya\u201d deb nom olgan shaharni (hozirgi Toshkent (Choch) shahriga yaqin joyda bo\u2019lsa kerak qurdiradi. Chekka Iskandariya bilan Antioxiya shaharlari o\u2019rtasida yo\u2019l qurilib, bu yo\u2019l Midiyadagi Rey shahri bilan bog\u2019lanadi. Bu yo\u2019l Jizzax shahri orqali o\u2019tardi va shu boisan Jizzaxda savdo-sotiq, hunarmandchilik ancha rivojlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Miloddan avvalgi III asr o\u2019rtalarida Salavkiylar davlati ichki kurashlar oqibatida parokandalikka uchradi. Baqtriya hokimi Diodot o\u2019zini shoh deb e\u2019lon qiladi va miloddan avvalgi III asr o\u2019rtalarida Yunon-Baqtriya davlati tashkil topdi. Shuningdek, Arshak boshchiligidagi daxlar qo\u2019zg\u2019oloni natijasida Parfiya davlati tuziladi. Yunon olimi Yustinning ta\u2019kidlashicha, Sharq xalqlari Makedoniyadan batamom ajralib chiqdi. Bu O\u2019rta Osiyo xalqlarining ozodlik kurashi natijasi bo\u2019ldi, albatta. Salavkiylar davlati parchalanishi natijasida Sirdaryoning o\u2019rta havzasida Qang\u2019 davlati tashkil topadi. Tarixchi olim Karim Shoniyozovning ta\u2019kidlashicha, Qang\u2019 davlati sharqda Farg\u2019ona (Davan), shimoli-sharqda Usun davlatlari, shimoli-g\u2019arbda Sarisu, g\u2019arbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan chegaradosh bo\u2019lgan, Qang\u2019 davlatining yozgi qarorgohi Issiqko\u2019l yonidagi Qorako\u2019l (Prjevalsk), qishki poytaxti Bityan shahri (Shosh (Choch)), hozirgi Toshkent vohasida bo\u2019lgan. Iskandariya Esxata, Kiropol, Dizak yoki Gazo (hozirgi Jizzax) shaharlari Qang\u2019 davlati tarkibida bo\u2019lgan. Keyinchalik miloddan avvalgi II-I asrlard Qang\u2019 davlati kuchayib, uning tasarrufiga Susiyo (Kesh-Shahrisabz), Fumu (Zarafshon vodiysi), Yuschyan (Urganch), Yantsoy (Qizil O\u2019rda), Yan (O\u2019tror) hududlari bo\u2019ysundirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qang\u2019 davlati tasarrufida bo\u2019lgan Jizzax aholisi o\u2019troq hayot kechirib, dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan tirikchilik qilishgan. Sangzor daryosi havzalari dehqonchilik qilish uchun qulay bo\u2019lib, mo\u2019l-ko\u2019l hosil yetishtirilgan. Aholi tog\u2019 daralari va cho\u2019llarda ko\u2019chmanchi chorvachilik, yilqichilik bilan ham shug\u2019ullangan. Jizzaxlik hunarmandlar xo\u2019jalik asbob-uskunalari, zargarlik buyumlari, oybolta, qilich, xanjar, o\u2019tkir uchli nayzalar yasab sotganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Miloddan avvalgi II asr o\u2019rtalarida Xan imperiyasi (Xitoy) imperatori Qang\u2019 davlatiga boradigan karvon yo\u2019llari haqida ma\u2019lumot to\u2019plash, ayg\u2019oqchilik va diplomatic maqsadlarda elchi Chjan Tszyanni yuboradi Chjan Tszyan karvonlar qatnaydigan yo\u2019llar haqida ma\u2019lumotlar to\u2019playdi. Natijada Xitoy va O\u2019rta Osiyo o\u2019rtasida savdo karvonlari qatnay boshlaydi. Makedoniyalik savdogar May Tsian O\u2019rta dengizdan O\u2019rta Osiyoga boradigan karvon yo\u2019li haqida ma\u2019lumotlar to\u2019playdi. Natijada Sharq bilan G\u2019arbni bog\u2019lovchi karvon yo\u2019li shakllanadi. 1877 yili mashhur nemis olim Karl Rixtofen o\u2019zining \u201cXitoy\u201d nomli asarida mazkur karvon yo\u2019lini \u201cBuyuk ipak yo\u2019li\u201d deb atalgan, keyinchalik \u201cBuyuk ipak yo\u2019li\u201d atamasi xalqaro miqyosda e\u2019tirof etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahri Buyuk ipak yo\u2019li chorrahasida joylashgan. Shu boisdan Jizzax shahrining mavqei tobora oshib boradi. Jizzaxda karvonsaroylar, yemakxonalar, savdo rastalari bunyod etilgan. Xitoydan keltirilgan ipak va ipakdan tayyorlangan kiyimlar, chinni buyumlar, choy mahsulotlari, Hindistondan keltirilgan gazlama, ziravor va doirov mahsulotlar, Eron, Arb va Yevropa mamlakatlaridan keltirilgan turli-tuman mahsulotlar Jizzax bozorida mahalliy aholi tomonidan tayyorlangan hunarmandchilik, dehqonchilik, chorvachilik mahsulotlarini xarid qilganlar. Savdo aloqalari Jizzax shahrining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksalishiga turtki bo\u2019ldi, albatta.<\/p>\n\n\n\n<p>Qang\u2019 davlati hududlarida jiddiy migratsion jarayonlar sodir bo\u2019lib turgan. Avvalo, Xun xoqonligi tazyiqiga uchragan, Sharqiy Turkistonda yashovchi Yuechji, aslida turkiy qabila-urug\u2019lari (toxarlar) O\u2019rta Osiyoga kirib keladilar. Yuechji qabilalari So\u2019g\u2019riyona orqali Baqtriyaga o\u2019tib, u yerda yirik davlat \u2013 Kushonlar saltantiha asos soladilar. Bu suronli yillarda bu turkiy qabilalar (yuechjilar)ning bir qismi Ustrushona va So\u2019g\u2019diyona hududlariga o\u2019rnashib qoladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Sharqda tashkil topgan Xunn xoqonligi bilan Tsin (Chin, Xitoy) davlati o\u2019rtasida uzoq yillar davom etgan qirg\u2019inbarot urushlar oxir-oqibat xunnlarning mag\u2019lubiyati bilan tugagan. Natijada xunnlarning bir qismi Xitoy tasarrufiga olingan, bir qismi Qang\u2019 davlati hukmdori bilan Xunn xoqoni Tangriqut (Tangri farzandi) o\u2019rtasida quda-andachilik munosabatlari o\u2019rnatilgan bois Qang\u2019 davlati hududlariga ko\u2019chib kelib joylashgan. Xunnlarning katta qismi G\u2019arbga chekinib, u yerdagi xalqlar bilan aralashib ketgan, ular Yevropada gunnlar nomi bilan mashhurdir.<\/p>\n\n\n\n<p>IV asr o\u2019rtalarida O\u2019rta Osiyoga Yettisuv va Sharqiy Turkistondan ko\u2019chmanchi chorvador Xion nomli turkiy qabilalar qilib keladilar. Ular o\u2019z hukmdori Grumbat boshchiligida So\u2019g\u2019diyona, Ustrushona hududlarini egallaydi va 70-yillarda Sirdaryodan Amudaryogacha hududlarda xioniylar hukmronligi o\u2019rnatiladi. Bu davrda ham Ustrushona va So\u2019g\u2019riyonada bir qator turkiy qabilalar o\u2019rnashib qoladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>V asrning o\u2019rtalarida yana eftaliylar deb nom olgan turkiy qabilalar Sirdaryodan o\u2019tib Amudaryogacha bo\u2019lgan hududlarni egallaydi. Ularga Egraliylar (qabilasi)dan bo\u2019lgan. Vaxshunvar ismli shoh boshchilik qilgan. Eftaliylar xioniylarga zarba berib Sug\u2019diyona va Ustrushonani ham o\u2019z tasarrufiga kiritadilar va bu hududlarda eftaliylar deb atalgan turkiy urug\u2019-qabilalar o\u2019rnashadi. Dastlab ular Sug\u2019diyona, Ustrushonadagi keng yaylovlarda kigiz o\u2019tovlarda yashab, chorvachilik bilan shug\u2019ullanadilar. Keyinchalik ular obod dehqonchilik vohalari va shaharlardagi omilkor mahalliy aholi bilan qorishib ketadilar. Jizzax aholisi charxpalak, dehqonchilik qilinadigan yerlarni kengaytiradilar. Aholining bir qismi sug\u2019d tilida, bir qismi turkiy tilda so\u2019zlashar edi. <\/p>\n\n\n\n<p>VI asr o\u2019rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda tashkil topgan Turk xoqonligi kuchayib, eftaliylarga qarshi yurish boshladi. Istami yobg\u2019u boshchiligidagi qo\u2019shinlar 563 yilda Chirchiq (Parak) daryosi bo\u2019yidagi jangda eftaliylar qo\u2019shini yengadi va Choch (Toshkent)ni egallaydi. Istami yobg\u2019u qo\u2019shinlari Sirdaryodan o\u2019tib, Ustrushonani, shu jumladan, Jizzax shahrini bosib oladi va Sangzor daryosi bo\u2019ylab yurib Ilon o\u2019tti darasidan o\u2019tib, Zarafshon vodiysiga kirib boradilar. Ular Samarqand, Kesh, Naxshab va Buxoroni qattiq janglar bilan bosib oladilar. 567 yilda Buxoro yaqinida bo\u2019lgan 8 kunlik jangda eftallar mag\u2019lub bo\u2019ladi. Natijada eftaliylar davlati qulaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Miloddan avvalgi VI asr o\u2019rtaarida qadimgi fors podshohlari xonadoni \u2013 axomaniylar (Axoman fors qabilalari yo\u2019lboshchisi) vakili Kir II axomaniylar davlatiga asos slogan. Kir II miloddan avvalgi 553-550 yillarda midiyaliklar hukmronligiga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jizzax-eron-axomaniylari-va-iskandar-zulqarnayn-bosqini-davrida\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-55522","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55522","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55522"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55522\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":137775,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55522\/revisions\/137775"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55522"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}