{"id":55529,"date":"2023-03-23T07:29:30","date_gmt":"2023-03-23T04:29:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=55529"},"modified":"2023-09-23T15:50:13","modified_gmt":"2023-09-23T12:50:13","slug":"shohruh-mirzo","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shohruh-mirzo\/","title":{"rendered":"Shohruh Mirzo"},"content":{"rendered":"\n<p>Shohruh Mirzo Amir Temurning to\u2019rtinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 14 rabbiul &#8211; soniy 779\/1377 yil 20 avgust payshanba kuni tug\u2019ilgan. Uning onasi Tag\u2019oy Turkon Og\u2019odir. G\u2019arbiy Yevropa olimlaridan ba\u2019zilari, jumladan Bretshneydey Shohruh Mirzo Saroy Mulk xonimdan tug\u2019ilgan deb yozadi. Biroq tarixiy manbalarda bunday ma\u2019lumot uchramaydi. Tarixchi Xondamirning bergan ma\u2019lumotiga qaraganda, Shohruh Mirzoning onasi Tag\u2019oy Turkon Og\u2019o bo\u2019lib, sohibqiron Amir Temurning xos kanizaklaridan bo\u2019lgan. Keyinchalik o\u2019z nikohiga kiritgan. Xondamir mazkur ma\u2019lumotni Shohruh Mirzoning o\u2019zi tuzdirgan \u201cNasabnoma\u201ddan olganligiga ishora qiladi. Ammo sohibqiron Amir Temur o\u2019g\u2019li Shohruh Mirzo tug\u2019ilgach, uni Saroy Mulk xonim tarbiyasiga topshirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Naql qilinishicha, Shohruh Mirzo tug\u2019ilishi bilan bu xushxabarni Amir Temurga yetkazmoq uchun Saroyga xabarchi yuboradilar. Ayni shu asnoda sohibqiron shatranj (shaxmat) o\u2019yini bilan mashg\u2019ul bo\u2019lib, qo\u2019lini \u201cruh\u201d donasiga cho\u2019zganda, xabarchi kirib yangi mehmon dunyoga kelgani haqida xushxabarni yetkazadi. Sohibqiron qo\u2019lida ushlab turgan \u201cruh\u201d donasiga boqarkan, miyig\u2019ida kulib ismi \u201cShohruh\u201d bo\u2019lsin degan emish.<\/p>\n\n\n\n<p>Shohruh Mirzo 20 yoshgacha otasi sohibqiron yonida bo\u2019lib, uning yurishlarida, jumladan Falastin yurishida ham faol qatnashadi. 1397 yilda unga Xuroson, Seyison va Mozandaron hokimligini topshiradi. Shu davrdan to 1405 yilgacha, ya\u2019ni Amir Temur vafotigacha Xuroson hukmdori degan nom bilan kifolayanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shohruh Mirzo yoshligidanoq ahkomi shariatga qattiq rioya qilar va diniy kitoblarga qiziqardi. Shu sababdanmi, yoki boshqa sabablar bormidi, har holda Amir Temur bu kenja o\u2019g\u2019li Shohruh Mirzoga e\u2019timodi kamroq edi. Binobarin, o\u2019z o\u2019rniga valiahd tayinlashda ham Shohruh Mirzoni chetlab o\u2019tgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Shohruh Mirzo Xuroson hukmdori qilib tayinlangach, u Hirotning buyuk xo\u2019jazodalaridan bir nechasini o\u2019z atrofiga yig\u2019ib, hokimiyatni shularning rahnamoligida boshqargan bo\u2019lsa kerak. Shu boisdan bo\u2019lsa kerak, Fasih Xavofiyning yozishicha, 1404 yilda Amir Temur Xo\u2019ja Faxriddin Ahmad Tusiyni Hirotga favqulodda muxtor vakil qilib jo\u2019natadi. Mazkur vakil Shohruh Mirzo huzuriga kelib, davlat ishlarini tekshirgach, devonbegi lavozimida turgan mashhur Xo\u2019ja Ali Muhammad Shohni Hirotning Malik nomli darvozasiga olib chiqib ostiradi. Shuningdek, Hirot xo\u2019jalaridan 20 kishini badarg\u2019a qilish haqida Amir Temurga ro\u2019yxat taqdim qiladi. Sohibqiron mazkur xo\u2019jalarni Hirotdan Ashpar va Savronga surgun qilinishi haqida farmon beradi. Farmonga muvofiq xo\u2019jalar Hirotdan ko\u2019chiriladi yo\u2019lda ketayotganlarida sohibqironning vafoti haqida xabar kelib, ular yana Hirotga qaytib keladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur vafotidan so\u2019ng Shohruh Mirzo ota taxtiga da\u2019vogar bo\u2019lib, Pir Muhammad Mirzo bilan ittifoq tuzib, Samarqand hukmdori jiyani Xalil Sulton Mirzoga qarshi kurashadi. 1407 yilda Pir Muhammad Mirzo vafotidan so\u2019ng, yakka o\u2019zi turli-tuman makr-hiylalar ishlatib kurashni davom ettiradi. Nihoyat, 1409 yilda Xalil Sulton qo\u2019lidan Samarqand taxtini tortib oladi. Shundan so\u2019ng Movarounnahr hukmronligini o\u2019zining to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li 16 yoshli Ulug\u2019bek Mirzoga, Balx hukmronligini ikkinchi o\u2019g\u2019li Ibrohim Mirzoga, Hisor hukmronligini sobiq valiahd marhum Muhammad Sulton Mirzoning o\u2019g\u2019li Muhammad Jahongir Mirzoga, Farg\u2019onani esa Umar Shayx Mirzoning 22 yoshli o\u2019g\u2019li Ahmad Mirzoga in\u2019om qilib, o\u2019zi Hirotga qaytib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shohruh Mirzo sekin-asta o\u2019z akalari Jahongir Mirzo, Umar Shayx Mirzo va Mironshoh Mirzolarning avlodini har xil yo\u2019llar bilan o\u2019ziga tobe\u2019 qilib, Movarounnahr, Ozarbayjon, Iroq, Xuroson va Shimoliy Afg\u2019onistondan iborat katta bir davlat jilovini o\u2019z qo\u2019liga kiritadi va \u201cUlug\u2019 xoqon\u201d sifatida saltanatni boshqarishga kirishadi. Shohruh Mirzo Hirotni o\u2019zining poytaxti deb e\u2019lon qiladi. Hirot Shohruh Mirzo davrida iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan ancha rivojlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shohruh Mirzo tabiatan mutaassib dindor shaxs bo\u2019lib, ko\u2019p vaqtini toat-ibodat va kitob mutolaasiga sarfladi. Devon ishlari va saltanatni o\u2019ktam va tadbirkor xotini Gavharshod begim boshqarardi. Shohruh Mirzo umrining oxirigacha o\u2019ziga valiahd tayinlashga ikkilanib yuradi. Garchi beshinchi o\u2019g\u2019li Muhammad Jo\u2019ki Mirzoni valiahdlikka mo\u2019ljallangan bo\u2019lsa-da, biroq xotini Gavharshod begimning xohish &#8211; irodasiga qarshilik qila olmas edi. Gavharshod begim esa o\u2019g\u2019li Muhammad Jo\u2019ki Mirzoga nisbatan suyukli nabirasi Alouddavla Mirzoni (Boysung\u2019ur Mirzoning o\u2019g\u2019li) taxtga munosib deb bilardi. 1445 yilda Muhammad Jo\u2019ki Mirzo vafot etgach, Shohruh Mirzo umrining oxirigacha valiahd tayinlash masalasida muayyan bir qarorga kelolmay, 1447 yil 12 martda safar asnosida 70 yoshida vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1446 yilda qarib qolgan Shohruh Mirzo o\u2019z nabirasi &#8211; Qazvin, Ray va Qum viloyatlarining hukmdori Sulton Muhammad Mirzoga (Boysung\u2019ur Mirzoning o\u2019g\u2019li) qarshi g\u2019arbga yurish boshlaydi. Bu yurishdan maqsad, Sulton Muhammad Mirzo o\u2019z bobosiga qarshi bosh ko\u2019tarib, Hamadon bilan Isfaxonni bosib olib, Sherozni qamal qilgan edi. Qo\u2019shinda malika Gavharshod begim va Abdullatif Mirzo Shohruh Mirzo bilan birga edilar. Shohruh Mirzo G\u2019arbiy Eronda hech qanday qarshilikka uchramadi. Chunki bobosining kelayotgan xabarini eshitgan Sulton Muhammad Mirzo Sheroz qamalini tashlab, toqqa qochib ketgan edi. Qo\u2019zg\u2019olon aybdorlari ayovsiz jazolandilar. Chunonchi, malika Gavharshod begimning qat\u2019iy talabi bilan shunday taqvodor, xudojo\u2019y saltanat sohibi deb tanilgan Shohruh Mirzo bir necha sayyidlarni ham qatl qilishga farmon beradi. Sayyidlar ustidan bunday jazo hukmini chiqarishga tabiiyki, na Amir Temur va na Ulug\u2019bek Mirzo botina olmas edilar. Binobarin, Shohruh Mirzo avlodining qirilib ketish sababini, keyinchalik, mazkur sayyidlar qarg\u2019ishiga uchraganligining oqibatidir, deb yozadi Davlatshoh Samarqandiy.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixiy manbalarning xabariga ko\u2019ra, Shohruh Mirzoning uchta xotini bo\u2019lib, ulardan yetti o\u2019g\u2019il va ikki qizi bo\u2019lgan. Ammo Shohruh Mirzo hayotligidayoq Ulug\u2019bek Mirzodan boshqa o\u2019g\u2019illari olamdan o\u2019tgan edilar. Shuningdek, katta qizi Maryam Sulton begim ham vafot etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>GAVHARSHOD BEGIM Shohruh Mirzoning birinchi xotini bo\u2019lib, chig\u2019atoy zodagonlaridan G\u2019iyosiddin Tarxonning qizi edi. Rivoyat qilishlaricha, G\u2019iyosiddin Tarxonning bobokaloni &#8211; Kushlik bir vaqtlar Chingizxon xizmatida bo\u2019lib, jang asnosida uni o\u2019limdan saqlab qolgan ekan. Ana shundan buyon bu avlod chig\u2019atoy ulusida maxsus e\u2019tiborga sazovor bo\u2019lgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Shohruh Mirzo Gavharshod begimga 1388 yilda uylangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Gavharshod begim aql-idroki, ziyrak va tadbirkor hamda husn-latofatda benazir ayol edi. Gavharshod begim 1405 yildan so\u2019ng sekin-asta saltanat ishlariga aralasha boshlaydi. Zotan, Shohruh Mirzo ham Gavharshod begimning oqilona va tadbirli maslahatlariga ehtiyoj sezib turardi. Shu boisdan saltanatga doir ko\u2019pgina ishlar malikaning nazar e\u2019tiboriga havola qilinar va uning xohishicha ish yuritilardi. Shuningdek, viloyatlarga hokim tayinlash, qo\u2019shinga sarkarda belgilash, kimga qanday in\u2019om va kimga qanday jazo berish masalalari ham malikaning ixtiyorida edi. Masalan, 1440 yil 6 mayda XV asr o\u2019rtalaridagi Hirot tarixchisi Fasih Ahmad ibn Jaloliddin Muhammad Xavofiy malika Gavharshod begimning g\u2019azabiga uchrab, ikki marta qisqa muddatli qamoqqa hukm qilinadi. 1444 yilda Hirotda Shohruh Mirzo og\u2019ir kasal bo\u2019lib, o\u2019lim to\u2019shagida yotar edi. Saroy ahli hukmdorning tez fursatda olamdan ko\u2019z yumishiga imonlari komil edi. Binobarin, Balx viloyatining hukmdori Muhammad Jo\u2019ki Mirzoga xabar yuboradilar. Ammo Muhammad Jo\u2019ki Mirzo tezlik bilan Hirotga yetib kelganda, onasi malika Gavharshod begimning buyrug\u2019iga muvofiq, harbiy qo\u2019shinlar sardori Jaloliddin Feruzshohning valiahd Alouddavla Mirzoga bay\u2019at qilib, qasamyod qilgani xabarini eshitadi. Biroq Shohruh Mirzo tez kunda yana sog\u2019ayadi va malikaning bu rejasi bir necha yilga orqaga suriladi. Shohruh Mirzo hukmronligining so\u2019nggi davrlarida mamlakatning ichki va tashqi siyosati deyarli malika Gavharshod begim qo\u2019lida edi. Shohruh Mirzo o\u2019limidan keyingi shahzodalar orasida vujudga kelgan taxt uchun qonli kurashlarning boshida ham Gavharshod begim turardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Gavharshod begim uch o\u2019g\u2019ilning onasi edi; Ulug\u2019bek Mirzo (1394-1449), G\u2019iyosiddin Boysung\u2019ur Mirzo (1398-1433), Muhammad Jo\u2019ki Mirzo (1401-1445).<\/p>\n\n\n\n<p>1457 yilda Sulton Abusayid Mirzo Xuroson taxtiga o\u2019tiradi. Bu paytda malika Gavharshod begim 80 yoshdan oshgan bo\u2019lishiga qaramay, chevarasi Ibrohim Mirzo (Alouddavla Mirzoning o\u2019g\u2019li) bilan Sulton Abusayidga qarshi maxfiy muzokara olib boradi. Bundan voqif bo\u2019lgan Sulton Abusayid Mirzo malikaning chopib tashlashga farmon beradi. Shunday qilib, malika Gavharshod begim 1457 yilda chopib o\u2019ldiriladi va o\u2019zi qurdirgan madrasa yonidagi xonaqohga dafn qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>MULKAT OG\u2019O begim Hizr o\u2019g\u2019lonning qizi bo\u2019lib, avval Amir Temurning ikkinchi o\u2019g\u2019li Umar Shayx Mirzoga turmushga chiqqan edi. Umar Shayx Mirzodan ikki o\u2019g\u2019li &#8211; Iskandar Mirzo va Boyqaro Mirzoni tuqqan edi. 1394 yilda Umar Shayx Mirzo vafot etgach, sohibqiron Amir Temurning xohishiga ko\u2019ra, Shohruh Mirzoning nikohiga kirgan edi. Mulkat Og\u2019o begim 1398 yilda Shohruh Mirzoga bir o\u2019g\u2019il hadya qiladi. Uning nomini Suyurg\u2019atmish Mirzo deb ataydilar. Mulkat Og\u2019o begimning asli ismi Mulk Og\u2019o edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mulkat Og\u2019o begim ham Gavharshod begim kabi Hirotda shifoxona, \u201cdorulhadis\u201d nomli xonaqoh, ikkita hammom hamda Hirotdan 8 farsax narida, Amudaryoga boradigan yo\u2019l ustida bitta ravot Balx shahrida ham madrasa bino qildirgan. 1440 yil oktabrda Mulkat Og\u2019o begim Kobulda vafot etadi. Uning jasadini Balxga olib kelib, o\u2019zi qurdirgan madrasaga dafn qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>ULUG\u2019BEK MIRZO Shohruh Mirzoning to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, malika Gavharshod begimdan 1394 yil 22 mart yakshanba kuni Sultoniyada tug\u2019ilgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning ma\u2019lumotiga qaraganda, Ulug\u2019bek Mirzoning tug\u2019ilish xabari yetib borganda, sohibqiron Amir Temurning Mardin shaharini zabt qilgan paytiga to\u2019g\u2019ri kelgan. Amir Temur bu xushxabar evaziga shahar xalqiga omonlik berib, shahar xirojidan voz kechib, shahar hokimligini sobiq hokim amir Sulton Isoning ukasi amir Sulton Solihga in\u2019om qilib qaytadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yangi tug\u2019ilgan chaqaloqqa Muhammad Tarag\u2019ay deb nom qo\u2019yadilar. Ammo tez kunda Muhammad Tarag\u2019ay nomi Ulug\u2019bekka aylanib ketadi va bu nom abadiylashib qoladi. Amir Temur boshqa nabiralari kabi Ulug\u2019bek Mirzoni ham Saroy Mulk xonim bilan birga bobosining bir necha yurishlarida unga hamroh bo\u2019lib, ma\u2019lum manzilgacha kuzatib, so\u2019ng yana Samarqandga qaytib kelardi. Tarixiy manbalarda yozishicha, Amir Temur 1398 yilda besh yoshli Ulug\u2019bek Mirzoga mashhur olim Shayx Orif Ozariyni murabbiy qilib tayinlaydi. U Ulug\u2019bek bilan to\u2019rt yil birga bo\u2019lib, ilm javohirlaridan saboq beradi. Ulug\u2019bek Mirzo o\u2019z ustozini nihoyatda e\u2019zozlar hamda uning shakl-shamoyili va xatti-harakatini doim ko\u2019z oldida tutgani tufayli, 46 yildan keyin Isfaroinda sayyor darvesh kiyimida yurgan ustozini bemalol tanigan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek Mirzo yoshligidanoq bobosi Amir Temur saroyida tarbiyalanib, ajnabiy mamlakatlardan keltirilgan olimlar ta\u2019sirida ilm-fanga qiziqadi. Darvoqe, Hofizi Abruning yozishicha, Amir Temurning o\u2019zi ham tarix faniga juda qiziqqan va ko\u2019pgina tarixiy asarlardan voqif bo\u2019lgan. Shuningdek, Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Amir Temurning tibbiyot va falakiyot ilmlaridan ham bir oz xabari bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bundan tashqari, Ulug\u2019bek Mirzoning otasi Shohruh Mirzoning jahonning mashhur olimlari va shoirlarining asarlari to\u2019plagan nihoyatda boy kutubxonasi bo\u2019lib, Ulug\u2019bek Mirzo yoshligidanoq ana shu kutubxonada ko\u2019p vaqtini mutolaa bilan o\u2019tkazgan. Binobarin, Aflotun, Arastu, Gipparx, Ptolemey, Farg\u2019oniy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Forobiy va Xorazmiy kabi yirik olimlarning asarlari bilan, shubhasiz, tanishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1404 yil kuz faslida yetti yillik yurishdan qaytib kelgan sohibqiron Samarqand chetidagi bog\u2019lardan biridan katta anjuman o\u2019tkazadi va bu anjumanda 10 yoshli Ulug\u2019bek Mirzoga Muhammad Sulton Mirzoning qizi &#8211; Og\u2019o Begimni unashtirish marosimini o\u2019tkazadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1404 yil noyabr oyida Amir Temur Xitoyga qarshi yurishga taraddudlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu yurish arafasida Ulug\u2019bek Mirzoga &#8211; Toshkent, Sayram, Avliyo ota, Ashpardan to Xitoy chegarasigacha, Ibrohim Mirzoga esa &#8211; Farg\u2019ona, Qoshg\u2019ar va Xo\u2019tanni in\u2019om qiladi. Biro Amir Temur bu yosh shahzodalarga mo\u2019g\u2019ul beklari osonlikcha bo\u2019ysunmasligini bilardi. Binobarin, shahzodalarni o\u2019zi bilan birga olib Xitoy yurishiga ketayotib, yo\u2019l-yo\u2019lakay shahzodalarning ulushlarini olib berishni ham rejalashtirgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq 1405 yil 18 fevralda O\u2019tror shaharida sohibqiron vafot etadi. Ulug\u2019bek Mirzo Saroy Mulk xonim bilan birga Samarqandga qaytib keladi. Samarqandda Xalil Sulton Mirzo taxtga o\u2019tirgach, Ulug\u2019bek Mirzo Shoh Malik vasiyligida qoladi. Endi barcha harakat Shohruh Mirzo boshchiligida Halil Sultonga qarshi qaratilgan edi. Nihoyat, Shohruh Mirzoning ishlatgan hiyla-nayranglari oqibati o\u2019laroq, Halil Sulton Mirzoning arkoni davlatida isyonchi beklari vujudga kelib, 1409 yilda unga qarshi isyon ko\u2019taradilar. Xalil Sulton Mirzo asirga olinib, Xudoydod tomonidan Farg\u2019onaga olib ketiladi. O\u2019sha yili Xalil Sulton Mirzo bilan Shohruh o\u2019rtasida bitim imzolanadi. Bitimga muvofiq Halil Sulton Movarounnahr hukmronligidan voz kichadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1409 yil Shohruh Mirzo Samarqandni qo\u2019lga kiritgach, Movarounnahr hukmronligini Ulug\u2019bek Mirzoga in\u2019om qilib, o\u2019zi Hirotga qaytib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek Mirzo Movarounnahr hukmdori etib tayinlangach, u ko\u2019p vaqtini Samarqandda o\u2019tkazar, hatto otasi Shohruh Mirzoning yurishlarida ham qatnashmas, ammo qo\u2019shin yuborish bilan cheklanardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek Mirzo o\u2019zining qirq yillik hukmronlik davrida deyarli yirik jang-jadallarda bo\u2019lmadi. Mamlakatning tashqi va ichki dushmanlariga qarshi olib borilgan janglarda esa kamdan-kam g\u2019alabaga erishar va ko\u2019p hollarda murosasozlik siyosatiga amal qilardi.<\/p>\n\n\n\n<p>1413 yil kuzida Ulug\u2019bek Mirzo Farg\u2019ona hukmdori Ahmad Mirzoni (Umar Shayz Mirzoning o\u2019g\u2019li) harbiy kengash bahonasida Samarqandga taklif qiladi Ammo Ahmad Mirzo Ulug\u2019bek Mirzoning fe\u2019lidan hadiksirab, mazkur kengashga kelmaydi. Shundan so\u2019ng Ulug\u2019bek Murzo o\u2019z qo\u2019shini bilan Farg\u2019onaga bosib boradi. Ahmad Mirzo shaharni tashlab, Qashqarga qochadi. Ulug\u2019bek Mirzo Axsi bilan Andijonni zabt etib, o\u2019z amirlaridan hokim tayinlab, Samarqandga qaytadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mirzo Ulug\u2019bek 1425 yil 16 fevralda Mo\u2019g\u2019ulistonga qarshi yurish boshlaydi. Shohruh Mirzo bu yurishni to\u2019xtatish maqsadida ikki marta Ulug\u2019bek Mirzoga elchilar yuboradi. Ammo Ulug\u2019bek Mirzo elchilarga javobda, yurish haqidagi farmon allaqachon ovoza bo\u2019lgani, agar endilikda yurishni to\u2019xtatilsa, dushman bizni kuchsiz ekan, deb gumon qilishi mumkin ekanligini bahona qilib, yurishni davom ettiradi. Ulug\u2019bek Mirzo Issiqko\u2019l istehkomini egallab, Jahonshoh qo\u2019shinini ta\u2019qib qiladi. Sarkarda amir Arslonxo\u2019janing jonbozligi tufayli Ulug\u2019bek Mirzoning qo\u2019shini jangda g\u2019olib chiqadi. Ulug\u2019bek Mirzo jangdan qaytayotib, 2000 chapdast botir askarlarini Qarshi istehkomidagi yashm (nefrit) toshini Samarqandga olib kelish uchun jo\u2019natadi. Bu tosh bir vaqtlar Xitoydan Qarshiga keltirilgan bo\u2019lib, Amir Temur uni Samarqandga keltirish uchun Jahonshoh boshchiligida bir necha ming kishini Qarshiga yuborgan bo\u2019lsa-da, biroq toshni olib kelishning ilojini topa olmagan va tosh o\u2019sha yerda qolib ketgandi. Hofizi Abruning yozishicha, Ulug\u2019bek Mirzo tomonidan yuborilgan kishilar ikki bo\u2019lak katta yashm toshini aravaga solib goh ot qo\u2019shib, goh ho\u2019kiz qo\u2019shib Samarqandga keltirganlar. Ammo tarixchi Mirxondning yozichicha, mazkur yashm toshi uch bo\u2019lakdan iborat bo\u2019lib, bir bo\u2019lagi sohibqiron Amir Temur davridayoq Samarqandga keltirilgan. Mazkur yashm toshi Amir Temur maqbarasiga (Go\u2019ri Mir) joylashtiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo Ulug\u2019bek Mirzoning g\u2019alaba shodiyonasi ko\u2019pga cho\u2019zilmadi. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishiga ko\u2019ra, 1420 yilda Baroq O\u2019g\u2019lon Ulug\u2019bek Mirzo yordamida o\u2019zbek hukmdori Muhammadxon ustidan g\u2019alaba qilib, hokimiyatni qo\u2019lga kiritgan edi. 1426 yilda esa Baroq O\u2019g\u2019\u2019lon Sig\u2019noqni egallaydi. Sig\u2019noq Jo\u2019jixon avlodiga qarashli yer bo\u2019lib, 1377 yilda Amir Temurning yordami bilan Baroq O\u2019g\u2019lonning bobosi O\u2019rusxonning harbiy lageri joylashgan edi. O\u2019rusxon davrida Sig\u2019noqda bir necha madrasa, xonaqoh, masjid va boshqa madaniy-maishiy qurilishlar barpo qilingan edi. Keyinchalik Sig\u2019noq Amir Temur saltanatiga qo\u2019shilib ketgandi. 1426 yilda O\u2019rusxonning nabirasi Baroq O\u2019g\u2019lon Ulug\u2019bekdan ijozatsiz Sig\u2019noqni egallab, bu to\u2019g\u2019rida Ulug\u2019bek Mirzoga \u201cshariatga muvofiq, o\u2019z bobom merosiga egalik qildim\u201d, &#8211; deb elchi yuboradi. Ulug\u2019bek Mirzo tarafidan Sig\u2019noqqa hokim qilib tayinlangan amir Arslonxo\u2019ja Ulug\u2019bek huzuriga kelib Baroq O\u2019g\u2019lonning kirdikoridan shikoyat qiladi. Ulug\u2019bek Mirzo darg\u2019azab bo\u2019lib, Baroq O\u2019g\u2019longa qarshi yurish boshlaydi. Bu xabarni eshitgan Shohruh Mirzo o\u2019g\u2019li Ulug\u2019bek Mirzoni bu yurishdan qaytaradi. Ammo Ulug\u2019bek ko\u2019nmay, yurishni boshlab yuborgach, kichik o\u2019g\u2019li Muhammad Jo\u2019ki Mirzo boshchiligidagi bir bo\u2019lak qo\u2019shinni yordamga yuboradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Jo\u2019ki Mirzo o\u2019z qo\u2019shini bilan Hirotdan 1427 yilda 15 fevralda chiqib, Sig\u2019noq yo\u2019lida akasi Ulug\u2019bek Mirzoga qo\u2019shiladi. Har ikki shahzoda o\u2019z harbiy salohiyatlariga ortiqcha baho berib Baroq O\u2019g\u2019lonni nazar-pisand qilmay jangga kiradilar. Baroq O\u2019g\u2019lon esa dushman lashkarining son jihatdan ko\u2019pligini ko\u2019rgach, makr-hiyla yo\u2019liga o\u2019tadi. Sig\u2019noq yaqinidagi past-balanlikda Baroq O\u2019g\u2019lon qo\u2019shini to\u2019satdan hujumga o\u2019tib, Ulug\u2019bek Mirzo qo\u2019shinini parokanda qilib yuboradi. Natijada, har ikki shahzoda jang maydonidan zo\u2019rg\u2019a chiqib olib, orqaga chekinadilar. Ulug\u2019bek Mirzo va Muhammad Jo\u2019ki Mirzo Samarqandga qaytib keladilar. Garchi Samarqand beklaridan ayrimlari mag\u2019lub bo\u2019lgan shahzodalarga shahar darbozasini ochmaslikni targ\u2019ib qilsalar-da, shahar a\u2019yonlari darvozani ochadilar. Ayni paytda Baroq O\u2019g\u2019lon qo\u2019shini Movarounnahrning shahar va qishloqlarini ayovsiz ravishda talon-taroj qilib, Samarqandga yaqinlashmoqda edilar. Bemor Muhammad Jo\u2019ki Mirzo Samarqandda qoladi. Unga tegishli Qandahor va Hirot qo\u2019shinlarini Ulug\u2019bek Mirzo o\u2019z qo\u2019shiniga qo\u2019shib, Sirdaryoni kechib Shohruhiya orqali Toshkentga yetib kelganda, Baroq O\u2019g\u2019lon qo\u2019shinining orqaga qaytgani haqida xabar eshitadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1427 yil 28 mayda Shohruh Mirzo Hirotdan chiqib, Samarqand tomon yuradi. Bu xabarni eshitgan Ulug\u2019bek Mirzo askarlarini Toshkentga qo\u2019yib, o\u2019zi Termizga kelib, otasi Shohruh Mirzoga peshvoz chiqadi. Shohruh Mirzo Samarqandga kelib, mag\u2019lubiyat sabablarini o\u2019rganib bilgach, Movarounnahrlik bir necha amirlarni darra jazosiga mahkum etib, Ulug\u2019bek Mirzoni esa qattiq qiyin-qistov bilan tergov qiladi va bir necha kun e\u2019tibordan chetda saqlaydi. Nihoyat, bir necha do\u2019q-po\u2019pisalardan so\u2019ng Movarounnahr taxtini yana Ulug\u2019bek Mirzoga topshirib, o\u2019zi Hirotga qaytadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abulxayrxon hukmronlik qilgan yillarda (1428-1468) ko\u2019chmanchi o\u2019zbeklar ikki marta &#8211; 1431 va 1435 yillarda Xorazm hududiga bostirib kirib, bir necha shahar va qishloqlarni talon-taroj qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shohruh Mirzo 1447 yil 14 mart kuni vafot etgach, temuriy shahzodalar o\u2019rtasida taxt-toj uchun qonli kurashlar kuchayib ketadi. Ulug\u2019bek Mirzo Xuroson taxti uchun jiyani Alouddavla Mirzo bilan Abulqosim Bobur Mirzolarning birlashgan qo\u2019shiniga qarshi kurashadi. Ayni shu paytda Ulug\u2019bekning Xurosondaligidan foydalangan ko\u2019chmanchi o\u2019zbeklar xoni Abulhayrxon Movarounnahrga bostirib kiradi va Samarqandni qamal qiladi. Samarqand va Buxoro atrofidagi qishloqlarni talaydi. Bu xabarni eshitgan Ulug\u2019bek Mirzo Samarqandga qaytayotganda, Amudaryo bo\u2019yida o\u2019zbek qo\u2019shinidan qattiq shikast yeydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umuman, Ulug\u2019bek Mirzo aslida olim va bunyodkor kishi bo\u2019lib, omadi chopmagan sarkarda va nouddaburon hukmdor edi. Uning davrida Samarqand Sharqning eng gullagan madaniyat o\u2019chog\u2019iga aylangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek Mirzoning birinchi ustozi \u201cZamona Aflotuni\u201d Salohiddin Muso ibn Mahmud Qozizoda Rumiy edi. Ulug\u2019bek Mirzo Qozizoda Rumiydan falakiyotga doir sir-sinoatlarni o\u2019rganib, keyinchalik mazkur allomaning maslahati bilan koshonlik G\u2019iyosiddin Jamshid ibn Mas\u2019udni Samarqandga taklif qiladi. Abdurazzoq Samaqandiyning yozishicha, Ulug\u2019bek Mirzo yana bir koshonlik falakiyot ilmining allomasi &#8211; Mu\u2019iniddinni ham Samarqandga taklif qilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek Mirzoning sa\u2019y-harakati bilan 1424-1428 yillar mobaynida Samarqandning shimoliy tarafida Obirahmat arig\u2019ining bo\u2019yida, Ko\u2019hak tepaligi bag\u2019riga jahonga mashhur rasadxona quriladi. Bungacha falakiyot ilminig kuzatuv ishlai 1417-1420 yillarda qurilgan Ulug\u2019bek madrasasinign hujralaridan birida olib borilardi.<\/p>\n\n\n\n<p>1417-1430 yillar orasida Ulug\u2019bek Mirzo Samarqandning markazi bo\u2019lmish Registon maydonida ulkan madrasa, xonaqoh, muqatta\u2019 masjidi va hammom qurdirdi. Bu haqda Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo shunday yozadi: \u201cUlug\u2019bek Mirzoning imoratlaridin Samarqand qal\u2019asining ichida madrasa va xonaqohdir. Xonaqohning gumbazi bisyor ulug\u2019 gumbazdir, olamda oncha ulug\u2019 gumbaz yo\u2019q deb nishon berurlar\u2026 Yana bu madrasaning janubida bir masjid solibtur, masjidi muqatta\u2019 derlar. Bu jihatdin muqatta\u2019 derlarkim, qit\u2019a-qt\u2019a yig\u2019ochlarni tarosh qilib, islimiy va xitoyi naqshlar solibturlar, tamom devorlari va saqfi ushbu yo\u2019sunluqtur. Bu masjidning qiblasi birla madrasa qiblasining orasida bisyor tafovuttur. G\u2019olibo bu masjid qiblasining samti munajjim tariqa bila amal qilibturlar\u201d. Shuningdek, 1417 yilda Buxoroda va 1433 yilda G\u2019ijduvonda ham madrasa qurdirgan. Mazkur madrasalarda diniy ilmlarga nisbatan matematika, geometriya (handasa, falakiyot, tabiiyot, jug\u2019rofiya va tarix kabi dunyoviy ilmlar ko\u2019proq o\u2019qitilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek Mirzo bundan tashqari ko\u2019pgina jamoat binolari &#8211; karvonsaroylar, timlar, chorsular va hammomlar ham qurdirgan. Karvonsaroylardan eng kattasi Registonda, hozirgi Tillokori madrasasi o\u2019rnida joylashgan bo\u2019lib, karvonsaroyi Mirzoyi nomi bilan mashhur bo\u2019lgan. Bunday karvonsaroylar, hammomlar faqat poytaxt Samarqanddagina emas, balki boshqa yirik shaharlarda va savdo yo\u2019llarida ham qurilgan. Masalan, Samarqanddagi Ulug\u2019bek madrasasi va xonaqohi yaqinida qurilgan Ulug\u2019bek Mirzo hammomi g\u2019oyat nafis san\u2019at bilan ishlangan hashamatli bino edi. Bu haqda \u201cBoburnoma\u201dda shunday satrlar yozilgan: \u201c(Mirzo Ulug\u2019bek) yana ushbu madrasa va xonaqohga yovuq bir yaxshi hammom solibtur. Mirzo hammomig\u2019a mashhurdir, har nav\u2019 toshlardin farshlar qilibtur. Xuroson va Samarqandga oncha hammom ma\u2019lum emaskim, bo\u2019lg\u2019ay\u2026\u201d<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek Mirzo Go\u2019ri Amir maqbarasiga ham ayrim qurilishlar bilan o\u2019zgacha fayz-tarovat bag\u2019ishladi. Chunonchi, maqbaraning Sharq tarafidan eshik ochdirib, maqbara markaziga yetguncha gumbazli naqshinkor yo\u2019lak (gallereya) qurdirdi. Sag\u2019analarni o\u2019rab turgan marmar panjaralar ham Ulug\u2019bek Mirzo zamonasiga mansubdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqanddagi Afrosiyobning janubidagi ulkan qabriston markazida joylashgan Shohi Zinda obidagi me\u2019morchilik san\u2019aining kamyob durdonalaridan hisoblanadi. Mazkur yodgorlik asosan XI asrdan boshlab qurilib kelinayotgan bo\u2019lsa-da, Amir Temur va Ulug\u2019bek Mirzo zamonasida nihoyasiga yetkazilgan. Ulug\u2019bek Mirzoning sa\u2019y-harakati bilan bu yerda ham me\u2019morchilik ishlari olib borildi. 1434-1435 yillar mobaynida rang-barang koshinlar bilan ishlangan Shohi Zindaning asosiy darbozaning qurilishi Ulug\u2019bek Mirzo zamonasining me\u2019morchilik san\u2019atidan yorqin nishonadur. Ulug\u2019bek Mirzo o\u2019z ustozi Qozizoda Rumiy qabri ustiga qo\u2019sh gumbazli maqbara bunyod ettirgan. Mazkur maqbara Shohi Zindadagi eng go\u2019zal maqbaralardan biridir.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek Mirzo rasadxona yonida, ya\u2019ni Ko\u2019hak tepaligining g\u2019arbiy qismida orombaxsh bir bog\u2019 ham qurdirgan. Mazkur bog\u2019 o\u2019z davridagi Bog\u2019i Maydon nomi bilan shuhrat topgan. Bog\u2019i Maydon haqida \u201cBoburnoma\u201dda shunday deyilgan: \u201c(Ulug\u2019bek Mirzo) yana pushtayi Ko\u2019hakning domanasida g\u2019arb sari bog\u2019e solibtur. Bog\u2019i Maydonga mavsum. Bu bog\u2019ning o\u2019rtasida bir oliy imorat qilibtur, Chilsutun derlar, du oshyona, stunlari tamom toshdin. Bu imoratning to\u2019rt burchida to\u2019rt manordek burjlar ko\u2019torib turlarkim, yuqorig\u2019a chiqar yo\u2019llar bu to\u2019rt burjdandur. O\u2019zga tamom yerlarda toshdin sutunlardur, Ba\u2019zini morpech xiyora qilibturlar. Yuqorig\u2019i oshyonaning to\u2019rt tarafi ayvondur, stunlari toshdin. O\u2019rtasi chordara uydur. Imorat kursisini tamom toshdin farsh qilibturlar. Bu imorattin pushtayi Ko\u2019hak sari domanada yana bir bog\u2019cha solibtur, anda bir ulug\u2019 ayvon imorat qilibtu, ayvonning ichida bir ulug\u2019 tosh taxt qo\u2019yubtur, tuli taxminan o\u2019n to\u2019rt-o\u2019n besh qari bo\u2019lg\u2019ay, arzi yetti-sakkiz qari, umri bir qari. Mundog\u2019 ulug\u2019 toshni xili yiroq yo\u2019ldin kelturubturlar. O\u2019rtasida darz bo\u2019lubtur. Derlarki, ushbu yerda keltirilgandin so\u2019ng bu darz bo\u2019lg\u2019ondur. Ushbu bog\u2019chada yana bir chordara solibtur, izorasi tamom chiniy. Chinnixona derlar. Xitoydin kishi yiborib kelturubtur\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek Mirzo hukmdorlar orasida buyuk olim, olimlar orasida ulug\u2019 alloma edi. U matematika, falakiyot, handasa va tarix fanlarida o\u2019zining buyuk kashfiyotlari bilan o\u2019chmas iz qoldirdi. U 1437 yilda jahonga mashhur asari \u201cZichi jadidi Kuragoniy\u201d nomli asarini yozib tugatadi. Bu asar Samarqand rasadxonasining ko\u2019p yillik samarali mahsullaridan biri bo\u2019lib, falakiyot fanining nazariy va amaliy masalalarini o\u2019zida mujassamlashtirgan shohona asardir. Ulug\u2019bek Mirzo aniq fanlardan tashqari tarix va musiqa ilmida qalam tebratgan. \u201cMuhit uttavorix\u201dda yozilishicha, Ulug\u2019bek Mirzo zo\u2019r shinavanda musiqashunos ham bo\u2019lgan. U katta va kichik naqoralarda ijro etiladigan bulujiy, shodiyona, axloqiy, ulusiy va usuli ravon kabi musiqa asarlarini yaratgan. Shuningdek, \u201cTarixi Rashidiy\u201dning muallifi Muhammad Haydar Mirzo Ulug\u2019bnek Mirzoning yetuk olim bo\u2019lganligini ta\u2019riflab, \u201cMirzo Ulug\u2019bek tarixnavis donishmandi edi va \u201cTarixi arba\u2019 ulus\u201d (To\u2019rt ulus) tarixchi G\u2019iyosiddin Xondamir (1475-1534) ham ma\u2019lumot bergan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek Mirzo yirik olim bo\u2019lish bilan birga, o\u2019z davrida fan taraqqiyotiga rahnamolik qilib, ilmu fan ahliga homiylik qilgan. Uning davrida Samarqand shahri ilmu fan va madaniyat markaziga aylanib, ko\u2019plab yetuk olimlar, o\u2019nlab hassos shoirlar va suxandon adiblar saroyda o\u2019zlariga munosib mavqega ega edilar. Chunonchi, yirik matematik va astronom (hayatchi) Qozizoda Rumiy, G\u2019iyosiddin Jamshid, mavlono Mu\u2019iniddin Koshoniy va Ali Qushchi, yetuk mudarrislar Said Imomidddin va Mavlono Muhammad Xavofiy, mashhur sharhchi va tib olimi Burxoniddin Nafis ibn Avaz Kirmoniy, zabardast shoirlar Sakkokiy, Mavlono Hiyoliy, Ismatullo Buxoriy, Kamol Badaxshiy, yirik adabiyotshunos, hamda tilshunos Xoja Fazlulloh Abullaysiy shular jumlasidandir.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek Mirzo turk tilida yozilgan qadimiy yodgorliklarni o\u2019rganish va ularning xalq o\u2019rtasida tarqalishida ham katta xizmat qildi. Jumladan 1444 yilda Ahmad Yugnakiy (XI-XII asr)ning mashhur \u201cHibat ul &#8211; haqoyiq\u201d (Haqiqatlar tuhfasi) nomli asari yangidan ko\u2019chirilgan. Shuningdek, o\u2019sha vaqtda Ulug\u2019bek Mirzo saroyida tarjimonlik ishlari ham yaxshi rivojlanib, bir necha qimmatli asarlar arab va fors tillaridan turkiy tiliga tarjima qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shohruh Mirzo vafotidan (1447 yil 14 mart) so\u2019ng bir butun temuriylar saltanati mayda-mayda bo\u2019laklarga bo\u2019linib ketdi. G\u2019arbiy Eron va Forsda Muhammad Sulton Mirzo, Jurjon va Astrobodda Abulqosim Bobur Mirzo, Xurosonda Alouddavla Mirzo o\u2019zlarini hukmdor deb e\u2019lon qiladilar. Amudaryoning har ikki qirg\u2019og\u2019idagi yerlar: Balx, Xuttalon, Qunduz, Bag\u2019lon, Arhang, Soli Saroy, Andho\u2019y, Shibirg\u2019on, Maymana va Foryob Abdullatif Mirzo tasarrufida edi. Iroq va Ozarbayjon esa Qoraqo\u2019yunlilar sulolasidan Jahonshoh qo\u2019l ostida edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu vaqtda Shohruh Mirzoning Ulug\u2019bek Mirzodan boshqa barcha o\u2019g\u2019illari hayotdan ko\u2019z yumgan edilar. Ulug\u2019bek Mirzo ota taxtiga da\u2019vogar bo\u2019lib, o\u2019z o\u2019g\u2019li Abdullatif Mirzoni Xuroson taxtiga qoyim qilmoq maqsadida, 1448 yil bahorida 90 minglik qo\u2019shin bilan jiyani Alouddavla Mirzoga qarshi hujumga o\u2019tadi. Garchi, Ulug\u2019bek Mirzo Xurosonni jang bilan qo\u2019lga kiritgan bo\u2019lsa-da, biroq bu g\u2019alaba unga shuhrat keltirmadi. Aksincha, Ulug\u2019bek Mirzo bilan Abdullatif Mirzo o\u2019rtasida o\u2019nglanmas nizoni vujudga keltirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayni vaqtda ko\u2019chmanchi o\u2019zbeklar xoni Abulhayrxon Ulug\u2019bek Mirzoning Xurosonda ekanidan foydalanib, Movarounnahrga bosib kirib, ko\u2019psina shahar va qishloqlarni talab, Samarqandgacha yetib keladi. Bu xabarni eshitgan Ulug\u2019bek Mirzo Abdullatif Mirzoni Hirotda qoldirib, o\u2019zi Samarqand tomon ketadi. Ulug\u2019bek Mirzo shu ketishda otasi Shohruh Mirzoning xoki va singlisi Poyanda Sulton begimni birga olib ketadi. Ulug\u2019bek Mirzoning Hirotdan ketgan xabarini eshitgan Abulqosim Bobur Mirzo Saraxsdan Hirotga Abdullatif Mirzoga qarshi katta qo\u2019shin jo\u2019natadi. Jangga bardosh bera olmagan Abdullatif Mirzo Hirotni tashlab Balxga qochadi. <\/p>\n\n\n\n<p>1449 yil bahorida Ulug\u2019bek Mirzo Xurosonni qaytadan zabt etish uchun jang taraddudini ko\u2019rayotgan bir paytda Abdullatif Mirzo o\u2019z amakivachchasi Abulqosim Bobur Mirzo bilan ittifoq tuzib, otasi Ulug\u2019bek Mirzoga qarshi jang harakatlarini boshlab yuboradi. 1449 yil kuzida Samarqand yaqinidagi Damashq qishlog\u2019i yonida bo\u2019lgan jangda Ulug\u2019bek Mirzo mag\u2019lubiyatga uchrab, Samarqandga qaytib keladi. Biroq shahar hokimi Mironshoh qavchin uni shaharga kiritmaydi. Noiloj qolgan hukmdor Shohruhiyaga keladi. Ammo Shohruhiya hokimi Ibrohim ibn Po\u2019lad hukmdorni shaharga kiritish o\u2019rniga uni ushlab Abdullatif Mirzoga topshirish taraddudiga tushadi. Davlatshoh Samarqandiy hamda \u201cTarixi Abulhayxroniy\u201dning muallifi Ma\u2019sud ibn Usmon Ko\u2019histoniy, ana shunday mushkul ahvolda qolgan Ulug\u2019bek Mirzo Abulhayrxon huzuriga borib, undan yordam so\u2019ramoqchi bo\u2019lgani, lekin tezda bu fikridan qaytib, \u201cegilgan boshni qilich kesmas\u201d qabilida hokimiyatni Abdullatif Mirzoga topshirib, umrining qolgan qismini ilmu fanga sarflash maqsadida Samarqandga borib, o\u2019zini o\u2019g\u2019liga topshirganligi haqida yozib qoldirganlar. Abdullatif Mirzo otasi Ulug\u2019bek Mirzoni Ka\u2019batullo ziyoratiga jo\u2019natish haqida farmon beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek Mirzoning o\u2019limi tafsiloti haqida tarixchi Mirxond shunday hikoya qiladi: \u201cKa\u2019batulloni bir necha marta ziyorat qilgan Hoji Muhammad Xusravning rahnamoligida Ulug\u2019bek Mirzo kechqurun Samarqanddan otliq yo\u2019lga chiqqan. Uning vaqti chog\u2019, turli mavzularda so\u2019zlashib borardi. Ko\u2019p o\u2019tmay orqadan bir chopar yetib kelib (sulduz urug\u2019idan), sobiq hukmdorni Ka\u2019batulloga kuzatish marosimini shohona tarzda o\u2019tkazish lozimligi va bunga tayyorgarlik tugallangunga qadar qo\u2019shni qishloqda dam olishlari haqidagi farmonni beradi. Mazkur farmondan dovdirab qolgan Ulug\u2019bek Mirzo qo\u2019shni qishloqdagi uylardan biriga kirib, tunashga majbur bo\u2019ladi. Havo ancha sovuq edi. Ulug\u2019bek Mirzo olov yoqib, go\u2019sht pishirishga amr qiladi. Olov yoqiladi, gulxan yonida chordana qurib, isinib o\u2019tirgan Ulug\u2019bek Mirzoning tizzasiga uchqun tushib, chakmonni kuydiradi. Shunda Ulug\u2019bek Mirzo olovga qarab, turk tilida \u201csen ham bilding\u201d &#8211; deydi-yu, uning kayfiyati buziladi. Hoji esa ulug\u2019bekka tasalli berish uchun behuda urinardi. Shu asnoda eshik ochilib, xonaga Abbos ismli shaxs o\u2019z navkari bilan kirib keladi. Ulug\u2019bek Mirzo Abbosni ko\u2019rgan hamono o\u2019rnidan turib unga tashlanadi va ko\u2019ksiga musht tushiradi. Navkar Ulug\u2019bekni ushlab, uning yelkasidan \u201coltoy po\u2019stin\u201dini yechib oladi. Abbos arg\u2019amchi keltirish uchun tashqariga chiqadi. Ulug\u2019bek Mirzo o\u2019lim oldidan so\u2019nggi tahoratni qilib olsin uchun Hoji darhol eshikni ichidan zanjirlab oladi. So\u2019ngra Abbos kirib, sobiq hukmdorning qo\u2019llarini bog\u2019lab, tashqariga olib hiqib, ariq bo\u2019yiga cho\u2019kkalatib, fonus yorug\u2019ida qilichning bir zarbi bilan kallasini tanidan judo qiladi. Tarixchi Mirxondning yozishicha, bu fojiali halokat 853 yil 8 ramazonda (1449 yil 25 oktabr) sodir bo\u2019lgan. Ammo Ulug\u2019bek Mirzoning qabr toshiga yozilgan lavhada \u201c853 yil 10 ramazon\u201d bitilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Mana shunday qilib, ulug\u2019 olim, ma\u2019rifatparvar podshoh Ulug\u2019bek Mirzo 56 yoshida shahid bo\u2019ladi. Uni shahid qilingan vaqti haqida tarix yozilib, arabiy abjad hisobi bilan tarix moddasi \u201cAbbos kusht\u201d (Abbos o\u2019ldirdi) jumlasidan iborat bo\u2019lib, 853 yil 8 ramazon (1449 yil 25 oktabr)ni anglatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdurazzoq Samarqandiy Ulug\u2019bek Mirzoning Hirot Shayxulislomi bilan uchrashuini tasvirlarkan, quyidagicha hikoya qiladi: \u201cXurosonni Ulug\u2019bek Mirzo tomonidan zabt qilinishi, tabiiyki, e\u2019tiborli mahalliy ruhoniylarga manzur emas edi. Binobarin, Shayxuislom Baxovuddin Alouddavla Mirzo bilan Ulug\u2019bek Mirzo o\u2019rtasida vositachi bo\u2019lish haqida Alouddavla Mirzodan topshiriq olgan edi. Biroq, Shayxulislom Bahovuddin Tarnob (1448) urushigacha Ulug\u2019bek Mirzo huzuriga kelishga ulgura olmadi. Garchi, Tarnob jangidan so\u2019ng Shayxulislom bilan Ulug\u2019bek Mirzoning uchrashuvlari Childuxtaronda voqe\u2019 bo\u2019lgan bo\u2019lsa-da, ammo Shayxislopmning ko\u2019ngli Ulug\u2019bek Mirzodan ozurda bo\u2019lib, qattiq ranjigan edi. Sababi, jangda Ulug\u2019bek Mirzoning qo\u2019shini Shayxulislomni ham nazar pisand qilmay talagan edilar. Garchi voqeadan voqif bo\u2019lgan Ulug\u2019bek Mirzo Shayxulislomning barcha mol-mulkini qaytarib berishga farmon bergan bo\u2019lsa-da, biroq Shayxulislomning ko\u2019ngli yorishmadi. Keyinchalik, go\u2019yo Shayxulislom o\u2019z yaqinlariga Ulug\u2019bek Mirzo o\u2019z o\u2019g\u2019lining xohish va irodasiga ko\u2019ra, shariat qozisining hukmi bilan o\u2019ldiriladi\u201d, &#8211; deb bashorat qilgan ekan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xondamirning ma\u2019lumotiga ko\u2019ra, Ulug\u2019bek Mirzoning besh xotini bo\u2019lib, ulardan faqat uchtasining nomi ko\u2019rsatilgan, xolos. Ulug\u2019bek Mirzoning birinchi xotini O\u2019gi Begi &#8211; Jahongir Mirzoning o\u2019g\u2019li Muhammad Sulton Mirzoning qizi bo\u2019lib, 1395 yilda Samarqandda tug\u2019ilgan. Ulug\u2019bek Mirzo 1404 yilda 10 yoshida O\u2019gi begiga uylangan edi. O\u2019gi begi 1412 yilda qiz tug\u2019adi. Uning nomini Habiba Sulton qo\u2019yadilar. 1419 yil 3 fevralda (822 yil 7 muharram) Samarqandda kasallanib 25 yoshida vafot etadi. O\u2019gi Begini Muhammad Sulton Mirzo qurdirgan madrasaga &#8211; otasi yoniga dafn qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek Mirzoning ikkinchi xotini Oq Sulton Xon Og\u2019o bo\u2019lib, Amir Temur davrida nomigagina xon qilib ko\u2019tarilgan mo\u2019g\u2019ul Sulton Mahmudxonning qizi edi. Ulug\u2019bek Mirzo Oq Sulton Xon Og\u2019oni sevar va uni o\u2019z safarlarida doim birga olib yurardi. Tarixchi Mirxondning hikoya qilishicha, kunlardan bir kun Ulug\u2019bek Mirzo raml (fol ochish) ilmining mohir bilimdoni Muhammad Ardistoniy bila suhbat asosida undan yaqin kelajakda sodir bo\u2019ladigan voqealar haqida fol ochishni so\u2019ragan. Suhbatda Ali Qushchi ham bo\u2019lgani tufayli, Muhammad Ardistoniy bo\u2019lajak voqealar tuguni haram bilan bog\u2019liq ekanligi sababli begona kishilar oldida aytolmasligini bildirgan. Ulug\u2019bek Mirzo esa \u201cAli Qushchi mening do\u2019stim, undan hech narsani sir tutmayman. Binobarin, bemalol gapiravering\u201d &#8211; degan. Shundan so\u2019ng, Muhammad Ardistoniy \u201chukmdor yaqin kunlar ichida xotinlaridan birini o\u2019ldiradi, ikkinchi xotin, ya\u2019ni \u201cxon qizi\u201dni esa taloq qiladi\u201d &#8211; deydi. Ulug\u2019bek Mirzo ramlchining so\u2019ziga ishonmaydi. Chunki \u201cxon qizi\u201d Oq Sulton Xon Og\u2019oni nihoyatda sevardi. Biroq ko\u2019p o\u2019tmay ramlchining birinchi bashorati amalga oshadi. Shunda \u201cxon qizi\u201d kundosh o\u2019limidan shodligini yashira olmay, oshkora tantana bilan hatto Ulug\u2019bek Mirzoni kinoyali so\u2019zlar bilan malomat qiladi. Ulug\u2019bek Mirzo bu xotinni qanchalik yaxshi ko\u2019rmasin, ta\u2019nasiga chidolmay taloq qilib ajrashadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek Mirzoning uchinchi xotini Husn Nigor Xon Og\u2019o bo\u2019lib, Xalil Sultonning qizidir. Akademik V.V.Bartoldning eslatmasiga ko\u2019ra, Husn Nigor Xon Og\u2019o mo\u2019g\u2019ul xonlaridan Shoh Jahonning qizi bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bulardan tashqari Ulug\u2019bek Mirzo o\u2019z qo\u2019l ostidagi xos kanizaklaridan oltitasini o\u2019z nikohiga kiritgan edi. Chunonchi, Ruqiya Sulton Xotun ismli kanizakdan ikki qiz &#8211; Oq Bosh va Sulton Baxt tug\u2019ilgan edilar. Ikkinchi kanizak Mehr Sulton, uchinchisi Davlat Baxt Saodat bo\u2019lib, Ulug\u2019bek Mirzoning bu kanizakdan Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o ismli qizi bor edi. To\u2019rtinchisi Xond &#8211; Sa\u2019idning qizi &#8211; Davlat Sulton, beshinchi Baxt ismli va oltinchisi Shayx Muhammad barlosning qizi Davlat Baxt edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek Mirzoning birinchi xotini O\u2019gi Begi 1412 yilda qiz tug\u2019adi. Shohruh saroyidagi tartibga muvofiq homilador O\u2019gi Begini oy-kuni yaqinlashgach, Samarqanddan Hirotga olib keladilar. 1412 yil 18 avgustda O\u2019gi Begi homiladan bo\u2019shaydi. Tug\u2019ilgan qizga &#8211; Habiba Sulton deb ism qo\u2019yadilar. Shuningdek, O\u2019gi Begi xon avlodiga mansub bo\u2019lgani tufayli qizi &#8211; Xabiba Sultonga \u201cXonzoda begim\u201d unvonini beradilar. O\u2019gi Begi ma\u2019lum muddatdan keyin Hirotdan Samarqandga qaytib ketgan bo\u2019lsa-da, ammo uning qizi &#8211; Habiba Sulton begim Gavharshod begim murabbiyaligida tarbiyalanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixchi Xondamirning yozishicha, Habiba Sulton begim ikki yoshida vafot qilgan. Agar Xondamirning so\u2019ziga amal qilinsa, u holda O\u2019gi begidan tug\u2019ilgan ikkinchi qizga ham aynan Habiba Sulton nomini berib, Xonzoda begim deb ataganlar. Bunday xulosaga kelishimizga sabab, Fasih ul-Xavofiyning yozishicha, 1438 yilda Ulug\u2019bek Mirzo qizi Habiba Sultonni Hirotdan Samarqandga yuborishlarini talab qilgan. Shunga ko\u2019ra, Xabiba Sulton o\u2019sha yili Samarqandga kelgan va 1439 yil aprel oyida yana Hirotga qaytib ketgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek Mirzoning Sulton Baxt ismli qizi bo\u2019lgan. Ammo uning haqida to\u2019liq ma\u2019lumot uchramaydi. Bundan tashqari Ulug\u2019bek Mirzoning Robiya Sulton begim nomli qizi ham bo\u2019lgan. 1451 yilda Sulton Abusayid Mirzo o\u2019zbek xoni &#8211; Abulhayrxon yordamida Samarqandni zabt qilgan vaqtda, Robiya Sulton begimni Abulhayrxon o\u2019z nikohiga kiritib, Turkistonga olib ketadi. Robiya Sulton begim Abulxayrxondan ikki o\u2019g\u2019il tug\u2019adi, kattasiga Kuchkunchi, kichigiga esa Suyunch deb nom beradilar. Xondamirning yozishicha, Ulug\u2019bek Mirzoning yetti qizi bo\u2019lgan. Bulardan biri Tug\u2019a Turkon yoshligida vafot etgan. Ikkinchisi Og\u2019a To\u2019g\u2019on Shohdir. Ammo negadir Robiya Sulton begim haqida hech nima demaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek Mirzoning to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li Ibodullo Mirzo bo\u2019lib, 1412 yilda tug\u2019ilib, 1417 yilda vafot etgan. Ikkinchi o\u2019g\u2019li Abdullo Mirzo esa 1420 yilda tug\u2019ilib, 1433 yilda 14 yoshida vafot etgan. Uchinchi o\u2019g\u2019li Abdurahmon Mirzo esa 1421 yilda tug\u2019ilgan. Tarixchi Mirxondning yozishicha, 1425 yilda mazkur Abduraxmon Mirzo o\u2019z otasi Ulug\u2019bek bilan Mo\u2019g\u2019uliston yurishidan qaytib kelayotgan chog\u2019ida uchrashgan. Ammo bu shahzoda ham yoshligida &#8211; 1432 yilda 12 yoshida Samarqandda vafot etgan. To\u2019rtinchi o\u2019g\u2019li Abdullatif Mirzo esa 1428 yilda beshinchi o\u2019g\u2019li Abdulaziz Mirzo esa 1430 yilda tug\u2019ilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULLATIF MIRZO Ulug\u2019bek Mirzoning to\u2019rtinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, Hirotda buvisi Gavharshod begim tarbiyasida o\u2019sgan. 1437 yilda Hirotda Abdullatif Mirzoning xatna to\u2019yi o\u2019tkaziladi. Abdullatif Mirzo saroydagi boshqa shahzodalar bilan birga tarbiyalanadi. Hatto chet eldan kelgan elchilarni qabul qilish marosimlarida ham ishtirok qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1441 yilda Abdullatif Mirzo bilan momosi Gavharshod begim oralarida gap qochib, arazlab Samarqandga otasi Ulug\u2019bek Mirzo huzuriga ketib qoladi. Arazning bosh omili o\u2019zining jizzakiligi edi. Saroyda tarbiyalanayotgan shahzodalar orasida o\u2019zidan yoshi katta amakivachchasi Alouddavla Mirzo (Boysung\u2019ur Mirzoning o\u2019g\u2019li) ham bor edi. Alouddavla Mirzoga ham Gavharshod begim murabbiylik qilar va kezi kelganda boshqa shahzodalardan katta bo\u2019lgani uchun uni qilgan ishi yoki so\u2019zlagan so\u2019zini ma\u2019qullab, boshqa shahzodalarni undan ibrat olishga da\u2019vat qilardi. O\u2019jar va hudbin Abdullatif Mirzoga bunday pand-nasihat yoqmasdi. Buvisi Gavharshod begimning Alouddavla haqidagi navbatdagi maqtovlarini eshitarkan, qalbida Alouddavla Mirzoga nisbatan paydo bo\u2019lgan hasad o\u2019tiga chidayolmaydi va nihoyat arazlab Samarqandga ketib qoladi. Lekin 1442 yilda Gavharshod begim Abdullatif Mirzoni Hirotga qaytarib olib kelish uchun o\u2019zi Samarqandga boradi va uni ko\u2019ndirib, Hirotga olib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdullatif Mirzo iste\u2019dodli va shuhratparast edi. U otasi Ulug\u2019bek Mirzo kabi ilm-fanni qadriga yetar va olimlar bilan suhbatlashishni yaxshi ko\u2019rardi. O\u2019zi ham falakiyot, tarix va she\u2019riyat bilan shug\u2019ullanardi. Umuman, ilm-ma\u2019rifat, ahliga ixlosmand edi. Masalan, G\u2019arbda &#8211; Qazvin, Ray, Qum va Sultoniya viloyatlarining hukmdori Sulton Muhammad Mirzo (Boysung\u2019ur Mirzoning o\u2019g\u2019li) 1446 yilda bobosi Shohruh Mirzoga qarshi bosh ko\u2019tarib, Isfaxonni bosib oladi va Sherozni qamal qiladi. Shohruh Mirzo nabirasining aqlini kiritib qo\u2019yish maqsadida Sherozga qo\u2019shin tortadi. Mazkur harbiy yurishda Abdullatif Mirzo ham bobosi bilan birga boradi. Sulton Muhammad Mirzo shaharni qamaldan bo\u2019shatib qochadi. Shohruh Mirzo shahzodaning barcha yaqin kishilari va maslahatchilarini ushlatib, javobgarlikka tortadi. Mazkur mahbuslar orasida Sulton Muhammad Mirzoning eng yaqin kishisi va maslahatchisi tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy ham bor edi. Shohruh Mirzo har bir mahbusni shaxsan o\u2019zi tergov qilar va gunohiga qarab jazo belgilardi. Navbat Sharafiddin Ali Yazdiyga kelganda, uning shahzoda uchun yozgan g\u2019azalida \u201cqariyalar yoshlarga yo\u2019l berishlari va ularga imkon yaratishlari lozim\u201dligi haqida so\u2019z yuritib, go\u2019yo Shohruh Mirzo g\u2019arb tomonga kelmaydi, &#8211; deb shahzodani hotirjam qilgani uchun jazolamoqchi bo\u2019ladi. Tergov jarayonida hozir turgan Abdullatif Mirzo bobosi Shohruh Mirzoning fikrini ma\u2019qullab, ataylab, Sharafiddin Ali Yazdiyni kinoyali iboralar ishlatib koyiydi. Shohruh Mirzo tarixchini jazolash huquqini Abdullatif Mirzoga havola qiladi. Abdullatif Mirzo tarixchining hayotini saqlab qolish uchun xuddi shunday farmonni kutib turgan edi. U darhol Sharafuddin Ali Yazdiyni Hirotga jo\u2019natib yuboradi. Keyinchalik tarixchi Hirotdan o\u2019zi tug\u2019ilib o\u2019sgan shahri Taftga ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdullatif Mirzo otasi Ulug\u2019bek Mirzoga nisbatan o\u2019ta g\u2019ayratli va qat\u2019iyatli bo\u2019lib, har qanday qattiq qo\u2019llikni ishlatib bo\u2019lsa-da, o\u2019z maqsadini ro\u2019yobga chiqarardi. Binobarin, uning keskin xatti-harakati dushmanlar ko\u2019ngliga vahima solardi. Abdullatif Mirzo dunyoviy ilmlardan qanchalik xabardor bo\u2019lmasin, diniy aqidalardan, ahkomi shariatdan ham yuz o\u2019girmasin, din peshvolariga, darveshlarga ehtirom ko\u2019rsatar va ularning anjumanlarida ishtirok etib, uning suhbatlari, pandu nasihatlarini jon qulog\u2019i bilan tinglardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shohruh Mirzo vafotidan so\u2019ng Xuroson taxtiga marhum Boysung\u2019ur Mirzoning katta o\u2019g\u2019li Alouddavla Mirzo o\u2019tiradi. Bu vaqtda Shohruh Mirzoning Ulug\u2019bek Mirzodan boshqa barcha o\u2019g\u2019illari hayotdan ko\u2019z yumgan edilar. Ulug\u2019bek Mirzo ota taxtiga da\u2019vogar bo\u2019lib, o\u2019z o\u2019g\u2019li Abdullatif Mirzoni Xuroson taxtiga qoyim qilmoq maqsadida 1448 yil bahorida 90 minglik qo\u2019shin bilan jiyani Alouddavlaga qarshi hujumga o\u2019tadi. Alouddavla Mirzo Tarnob degan joyda Ulug\u2019bek Mirzo qo\u2019shiniga duch kelib yengiladi va Mashhadga, so\u2019ngra ukase Abulqosim Bobur oldiga &#8211; Ko\u2019changa qochib ketadi. Ulug\u2019bek Mirzo Abdullatif Mirzo bilan Hirotga tantanali ravishda kirib keladilar. Ana shu jangdan so\u2019ng Ulug\u2019bek Mirzo shuhratparast va kekchi Abdullatifning jig\u2019iga tegadigan ish qiladi. Chunonchi, Hirotdan 14 farsax narida bo\u2019lgan Tarnob jangida qo\u2019shinning chap qanoti Abdullatif Mirzoga, o\u2019ng qanoti esa nomigagina kasalmand Abdulaziz Mirzoga topshirilgan edi. Zotan, jangni g\u2019alaba bilan tugallanishida Abdullatif Mirzo jasorat ko\u2019rsatib, jonbozlik qilgan esa-da, biroq jangdan so\u2019ng Ulug\u2019bek Mirzo barcha viloyatlarga yo\u2019llagan yorlig\u2019ida g\u2019alaba sha\u2019nini suyukli o\u2019g\u2019li Abdulaziz Mirzo nomiga yozdirgan edi. Boz ustiga poytaxt Hirot qo\u2019lga olingach, o\u2019g\u2019li Abdullatif Mirzoni Ixtiyoriddin qal\u2019asiga kiritmaydi. Holbuki, Shohruh Mirzo hayotlik davrida Ixtiyoriddin qal\u2019asini Abdullatif Mirzoga in\u2019om qilgan edi. Binobarin, 1446 yili Abdullatif mirzo bobosi Shohruh Mirzo bilan Isfaxon yurishiga taraddudlanarkan, o\u2019ziga tegishli bir necha ming misqol oltin va kumush buyumlar va 200 tuman pulni Ixtiyoriddin qal\u2019asiga berkitib ketgan edi. Ulug\u2019bek Mirzoning Abdullatif Mirzoga nisbatan qo\u2019llagan xatti-harakati uning qalbida o\u2019chmas dog\u2019 bo\u2019lib qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu vaqtda ko\u2019chmanchi o\u2019zbeklar xoni &#8211; Abulhayrxon Ulug\u2019bek Mirzoning Xurosonga ketganidan foydalanib, Movarounnahrga bosqin yasab, ko\u2019pgina qishloq va shaharlarni talab, Samarqandgacha yetib keladi. Bu xabarni eshitgan Ulug\u2019bek Mirzo Hirotni Abdullatif Mirzoga topshirib, o\u2019zi har nechuk bo\u2019lsa-da, Samarqandni saqlab qolish uchun shoshilinch ravishda yo\u2019lga tushadi. Ulug\u2019bek Mirzo o\u2019zi bilan birga Shohruh Mirzoning jasadi solingan tobutni hamda Shohruh Mirzoning Gavharshod begim madrasasiga berkitib qo\u2019ygan bir bo\u2019lak xazinasini olib Amudaryo &#8211; Kalif kechuvi tomon yo\u2019l oladi. Shu paytda Abulqosim Bobur Saraxsda edi. U amakisi Ulug\u2019bek ortidan amir Hindukani katta qo\u2019shin bilan jo\u2019natadi. Amir Hinduka yarim kechada Ulug\u2019bek Mirzo qarorgohiga hujum qiladi. Bu bosqinda Ulug\u2019bek Mirzo ko\u2019p kishisi va boylikdan ajraydi. Ertasi tongda Ulug\u2019bek Mirzo Kalif kechuvidan o\u2019tayotganda ko\u2019chmanchi o\u2019zbeklar hujumiga uchraydi. Nihoyat, qolgan qo\u2019shini bilan qishni Buxoroda o\u2019tkazadi. Tobutni esa Samarqandga jo\u2019natadi va Go\u2019ri Amir maqbarasiga dafn ettiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek Mirzo Amudaryodan kechib o\u2019tib ketgach, Abulqosim Bobur Mirzo Saraxsdan Hirotga &#8211; Abdullatif Mirzoga qarshi katta qo\u2019shin jo\u2019natadi. Abdullatif Mirzo jangga bardosh berolmay Hirotni tashlab chiqadi va Balx tomon ketadi. Balx hokimligi bir necha mayda viloyatlardan iborat bo\u2019lib, Abdullatif Mirzoning ulushi hisoblanardi. Tarixchi Mirxondning bergan xabariga ko\u2019ra, 1449 yil bahorida Abdullatif Mirzo qo\u2019l ostidagi mulkdor shahzodalardan biri isyon ko\u2019taradi. Isyon bostirilib, shahzoda qatl qilinadi. Abdullatif Mirzo maqtulning cho\u2019ntagidan maktub topib oladi. Maktub Ulug\u2019bek Mirzo qo\u2019li bilan yozilgan bo\u2019lib, go\u2019yo shahzodani Abdullatif Mirzoga qarshi isyon ko\u2019tarishga da\u2019vat qilingan ekan. Tabiiyki, ana shundan so\u2019ng Abdullatif Mirzo o\u2019z otasiga butunlay ishonchini yo\u2019qotadi va dushmanlik yo\u2019liga kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, go\u2019yo Ulug\u2019bek Mirzo bilan Abdullatif Mirzo o\u2019rtalarida azaldan bir-birlariga ishonchsizlik mavjud bo\u2019lgan. Zero, har ikkovlari ham falakiyot ilmiga mohir bo\u2019lib, munajjimlik jadvali yuzasidan qur\u2019a tashlab, o\u2019z shaxsiy taqdirlarida qanday qismatlar vujudga kelishini aniqlaganlar. (O\u2019rta asrlarda odam tug\u2019ilgan paytda sayyoralarning qanday turganini ko\u2019rsatuvchi hamda tug\u2019ilgan insonning kelajak taqdirini aytib beruvchi jadval asosida qur\u2019a (chek tashlaganlar). Qur\u2019aning dalolaticha, ota-bolaning taqdirlarida sodir bo\u2019lajak fojiali qismatlar o\u2019zgalardan emas, aynan bir-birlaridan vujudga kelishini bilganlar va shunga ishonganlar, degan munozarali ma\u2019lumotlar ham uchraydi. Amalda esa 1448 yilgacha Abdullatif Mirzoning xatti-harakatlarida otasi Ulug\u2019bek Mirzoga qarshi badgumonlik alomatlari sezilmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdullatif Mirzo otasi Ulug\u2019bek Mirzoga qarshi jang taraddudini ko\u2019ra boshladi. Ulug\u2019bek Mirzo ham taqdirga tan berib, o\u2019z o\u2019g\u2019li Abdullatif Mirzoga qarshi qo\u2019shin tortishga majbur bo\u2019ladi. Ulug\u2019bek Mirzo poytaxt Samarqandga kichik o\u2019g\u2019li Abdulaziz mizoni qo\u2019yib, jiyani va kuyovi Abdulaziz Mirzoni (marhum Ibrohim Mirzoning o\u2019g\u2019li) o\u2019zi bilan birga olib, Amudaryo sohilida turgan Abdullatif Mirzoga qarshi qo\u2019shin tortadi. Davlatshoh Samarqandiyning ma\u2019lumotiga qaraganda, Amudaryo qirg\u2019og\u2019ida ota-bolaning qo\u2019shinlari uch oy mobaynida bir-birlariga qarama-qarshi turib har ikki tomon qo\u2019shinidan kichik-kichik guruhlar daryoni kechib o\u2019tib, to\u2019qnashar edilar. Ammo bu to\u2019qnashuvlarda zafar ko\u2019proq Abdullatif tomonida bo\u2019lardi. Ana shunday to\u2019qnashuvlardan birida Abdullo Mirzoni ham asirga oladilar. Ayni vaqtda Ulug\u2019bek Mirzo qo\u2019shin orasida isyon vujudga kelayotgan edi. Bunga sabab, Abdulaziz Mirzoning Ulug\u2019bek qo\u2019shinida xizmat qilayotgan amir va beklarning oilasiga tinchlik bermayotgani va turli kamsitishlarga mahkum etayotganida edi. Bu haqda qo\u2019shinga xabar kelgach, amirlar va beklar o\u2019rtasida norozilik shu darajaga yetdiki, hatto Ulug\u2019bek Mirzoni tutib, Abdulaltif Mirzo qo\u2019liga topshirish xavfi ham yo\u2019q emasdi. Ulug\u2019bek Mirzo darhol amir va beklarga murojaat qilib, ularni tinchitishga harakat qiladi va o\u2019g\u2019li Abdulaziz Mirzoga pand-nasihat va do\u2019q-po\u2019pisalar bilan maktub yo\u2019llaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, ayni shunday qaltis vaziyatda turkmanlarning Arg\u2019un qabilasi o\u2019zlariga 25 yoshli Abusayid mirzoni boshliq qilib, Samarqandni qamal qilgani haqida xabar keladi. Abdurazzoq Samarqandiyning so\u2019ziga ko\u2019ra, mazkur qabila Ulug\u2019bek bilan harbiy yurishda birga bo\u2019lib, Amudaryo sohiliga kelgach, lashkargohdan ajralib chiqib, Samarqandni muhosara qilgan. Ulug\u2019bek Mirzo esa bu voqeadan bexabar bo\u2019lib, faqat Samarqand muhosarasi boshlangach, unga xabar yetib kelgan. O\u2019z-o\u2019zidan ma\u2019lumki, Ulug\u2019bek Mirzo poytaxt Samarqand taqdirini o\u2019z holiga tashlab qo\u2019ya olmas edi. Binobarin, darhol qo\u2019shini Samarqand tomon burib, Abusayid Mirzoni daf\u2019 etib, Samarqandda osoyishtalik o\u2019rnatib, shaharga Mironshoh qavchinni boshliq tayinlaydi va Abdulaziz Mirzoni o\u2019zi bilan birga olib, Amudaryo sohiliga yo\u2019l oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq bu paytda Abdullatif Mirzo qo\u2019shinlari Amudaryodan kechib o\u2019tib, Termiz va Shahrisabzni zabt qilgan edi. Nihoyat, ota-bola o\u2019rtasidagi bo\u2019lajak jang, Samarqand yaqinidagi Dimishq qishlog\u2019ida sodir bo\u2019ladi. Jangda Ulug\u2019bek Mirzo mag\u2019lubiyatga uchrab, Samarqandga qaytadi. Ammo bu shahar hokimi Mironshoh qavchin Ulug\u2019bekni shaharga kiritmaydi. Noiloj qolgan Ulug\u2019bek Mirzo o\u2019z xohishi bilan o\u2019g\u2019li Abdullatif Mirzoga taslim bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdullatif Mirzo tantanali ravishda Samarqandga kirib keladi. Taxtga o\u2019tirgach, otasi Ulug\u2019bek Mirzoni Ka\u2019batullo ziyoratiga jo\u2019natish niqobi ostida qatl qilinishiga rozilik bildiradi. Nihoyat, buyuk alloma Ulug\u2019bek Mirzo 1449 yil 25 oktabrda qatl qilinadi. Abdullatif Mirzo otasining qatlidan ikki kun o\u2019tgach, ukase Abdulaziz mirzoni ham qatl qildiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdullatif Mirzo hokimiyatga kelgach, mamlakatda mustabid tartib o\u2019rnatiladi. U o\u2019z muxoliflarini shafqatsizlik bilan yanchib tashlardi. Saroy a\u2019yonlari &#8211; amirlar va beklar orasida fojiali nizolar hamda xalqning turli tabaqalari orasida ziddiyat kuchayadi. Oddiy mehnakash xalq boshiga og\u2019ir kulfatli kunlar tushadi. Abdullatif Mirzo otasi Ulug\u2019bek Mirzoga yaqin turgan kishilarning ko\u2019pini qatlga buyuradi. Ayrimlarini saltanat ishlaridan chetlatdi. Jumladan, amakivachchasi Abdullo Mirzoni zindonga tashladi. Shuningdek, jangda asirga olingan Abusayid Mirzoni ham Ko\u2019ksaroy avaxtasida tutqunlikda saqlaydi. Ammo 1450 yil bahorida Abu Sayid Mirzo avaxtadan qochib, Buxoroga ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdullatif Mirzo saltanati e\u2019tiborli ruhoniylar uchun qo\u2019l keldi. Chunki Abdullatif Mirzo otasi Ulug\u2019bek Mirzo kabi dunyoviy ilmlar bilan shug\u2019ullanibgina qolmay, din peshvolari bilan ham yaqin munosabatda edi. U har juma kuni jome\u2019 masjidiga borib, juma namozini ado etardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdullatif Mirzo davrida mamlakat salohiyati bo\u2019lgan qo\u2019shin va oddiy xalqning ahvoli nihoyatda achinarli bir darajaga yetadi. U har qanday isyon va itoatsizlikni shafqatsizlik bilan bostirardi. Abdurazzoq Samarqandiyning iborasi bilan aytganda, u \u201ckattaga hurmat, kichikka shafqat\u201d, degan tushunchani tan olmasdi. Uning tutgan siyosatidan norozi bo\u2019lgan kishilar, ovoz chiqarishga ham jur\u2019at qilolmasdilar: Ana shunday qattiqqo\u2019llik natijasi o\u2019laroq, go\u2019yo Movarounnahr hududida osoyishtalik hukmrondek edi. Abdurazzoq Samarqandiyning so\u2019ziga qaraganda, hatto ko\u2019chmanchi o\u2019zbeklar ham Movarounnahrga bosqin qilishga jur\u2019at qilmas edilar. Holbuki, ular har yili qish faslida Samarqandga besh farsax masofa qolguncha bosqin qilib qaytardilar. Endilikda Abdullatif Mirzoning vahshatidan qo\u2019rqib, shahardan yuz farsax naridan qaytib ketardilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo norozilik zimdan davom etardi. Binobarin, hukmdor Abdullatif Mirzoga qarshi suiqasd hozirlanmoqda edi. Suiqasdni uyushtiruvchilar Ulug\u2019bek Mirzo va Abdulaziz Mirzoning navkarlari hamda yaqin kishilari edi. Ular valine\u2019matlarining qasosini olishdek ulug\u2019vor vazifarni o\u2019z oldilariga maqsad qilib qo\u2019ygan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdullatif mirzoga qarshi tayyorlanayotgan suiqasddan uning yaqin kishilaridan ayrimlari xabardor bo\u2019lsalar-da, ammo hukmdorning g\u2019azabidan qo\u2019rqib, aytishga jur\u2019at qilmaganlar yoki umuman \u201cogoh\u201d etishni istamaganlar. Abdullatif Mirzoning yaqin hamnishinlaridan biri keyinchalik tarixchi Abruazzoq Samarqandiyga, suiqasddan xabardor bo\u2019lsa-da, biroq hukmdorning g\u2019azabidan qo\u2019rqib, ogohlantirmaganligi haqida so\u2019zlagan. \u201cTarix-i Abulhayrxoniy\u201dning muallifi Mas\u2019ud bin Usmon al-Ko\u2019histoniyning hikoya qilishicha, Abdullatif Mirzo shahar chetining shimoliy qismida joylashgan \u201cBog\u2019i maydon\u201dda, tarixchi Mirxondning yozishicha, \u201cBog\u2019i chinor\u201dda aysh-ishratga mashg\u2019ul bo\u2019lib, ancha kayfi oshib uxlab qolgan. Shu kecha Abdullatif Mirzo uyquda tush ko\u2019radi, -deb hikoyasini davom ettiradi Mas\u2019ud bin Usmon al-Ko\u2019histoniy. &#8211; Tushida uning oldiga noma\u2019lum bir kishi kirib kelib, qo\u2019lidagi usti harir ro\u2019mol bilan yopilgan laganni uning oldiga qo\u2019yadi. Abdullatif Mirzo ohista qo\u2019l cho\u2019zib, lagan ustidagi ro\u2019molni ko\u2019targanda o\u2019zining kesilgan boshini ko\u2019rdi va dahshatdan qattiq qichqirib, uyg\u2019onib ketadi. Abdullatif Mirzo mazkur qo\u2019rqinchli tush ta\u2019birini Nizomiy Ganjaviyning \u201cXamsa\u201dsidan topmoq istagida jovondan mazkur kitobni olib, to\u2019g\u2019ri kelgan joyini ochadi. Ochilgan varaqda quyidagi bayt yozilgan ekan:<\/p>\n\n\n\n<pre class=\"wp-block-verse\">Padarkush podishohiro nashoyad,\nVa gar shoyad bas hash mohi napoyad.\n<\/pre>\n\n\n\n<p>Ya\u2019ni \u201cOtasini o\u2019ldirgan podshohlikka noloyiqdir, agar loyiq bo\u2019lsa ham uning hukmronligi oltin oydan oshmaydir\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdullatif mirzo ko\u2019rgan tushidan, boz ustiga uning ta\u2019biridan qo\u2019rquvga tushib, bu bexosiyat bog\u2019dan tezroq jo\u2019nab ketishga harakat qiladi. Abdullatif Mirzoning subhidamda \u201cBog\u2019i maydon\u201ddan chiqib, otga minib shahar tomon ketayotganida, yo\u2019l ustida sodir bo\u2019lgan voqealar \u201cTarix-i Abulhayrxoniy\u201d nomli asarda quyidagicha tasvirlanadi: \u201cJangu jadallarda Rustami doston va Isfandiyordek bo\u2019lg\u2019on va Abdulaziz Mirzo tarafidin martabasi yuqorilatdirilg\u2019on Bobo Husayn bahodir ikki nomdor podshoh &#8211; Ulug\u2019bek Kuragon birlan Mirzo Abdulaziz shahid etilg\u2019onlaridan so\u2019ngra qasd qilub, badkirdor Abdullatif Mirzoning xizmatig\u2019a kirdilar va kecha demayin, kunduz demayin ong\u2019a tirishib xizmat qildilar, ammo qalbida ong\u2019a kina saqlab, ul badkirdorni mahv etish xayoli birlan yurdilar. Bobo Husayn bahodir o\u2019sha kuni kamonni yelkaga osub, jonin shu ishga tikdi, sodiq navkari birlan Abdullatifning yo\u2019lini poyladi. Shahzodaning navkari chorraha darbozasidin tashqarig\u2019a chiqdi va tor ko\u2019cha bo\u2019ylab yo\u2019lga tushdi. Ko\u2019chaning bir tarafi jarlik bo\u2019lib, ikkinchi tarafi Bog\u2019i Navning baland devoir edi. Bobo Husayn bahodir va aning navkari ot ustida yo\u2019l chetidagi katta qayrag\u2019och orqasida poylab turdilar. Abdullatif alarming yonginasidan o\u2019tib ketdi, lekin besh-olti qadam o\u2019tgach, Bobo Husayn bahodir kamonni yelkasidin oldi va ani o\u2019qlab shahzodani aniq nishonga oldi. Abdullatif faqat \u201cOlloh, o\u2019q tegdi!\u201d deb aytishga ulgurdi, xolos. U otdan qulab tushdi va shu topdayoq jon berdi. O\u2019q aning chap kuragini teshib o\u2019tib yuragiga qadalg\u2019on erkan. Mirzoning mulozimlari oldi-orqasiga qaramayin tum-taraqay bo\u2019lib qochdilar. Bobo Husayn bahodirning navkari chopub borubb, Abdullatifning boshini kesib oldi va xurjinga soldi. Padarkush Abdullatifning boshini shu paytning o\u2019zidayoq Registonga oluib borub, Mirzo Ulug\u2019bek madrasasining peshtoqiga osub qo\u2019ydilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat, bu voqea hijriy 854 yil rabbi ul &#8211; avval oyining 26 sida, melodiy 1450 yil 9 may kuni sodir bo\u2019lgandi<\/p>\n\n\n\n<p>Abdullatif Mirzoning fojiali halokatidan so\u2019ng, arkoni davlat birlashib, Abdullo Mirzoni Ko\u2019ksaroy avaxtasidan olib chiqib, saltanat taxtiga o\u2019tkazib, podshoh deb e\u2019lon qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cTarixi Kasira\u201dda zikr qilinishicha, Abdullatif Mirzoning besh o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, to\u2019ng\u2019ichi Abdurazzoq Mirzo, ikkinchisi Ahmad mirzo, uchinchisi Mahmud Mirzo, to\u2019rtinchisi Muhammad Jo\u2019ki Mirzo va beshinchisi Muhammad Boqi Mirzo edi. Mazkur shahzodalarning onalari haqida ma\u2019lumot yo\u2019q. Har holda Abdullatif Mirzoning haramida bir emas, bir necha xotinlari bo\u2019lgan bo\u2019lishi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdullatif Mirzo qatlidan so\u2019ng, uning farzandlarini Hirotga &#8211; Gavharshod begim huzuriga jo\u2019natgan edilar. Shahzodalar avval buvilari Gavharshod begim tarbiyasida, keyinchalik Hirot hukmdori Abulqosim Bobur Mirzo saroyida mulozimatda edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1457 yilda Abulqosim Bobur Mirzo vafot qilgach, Sulton Abusayid Mirzo Xuroson taxtini ham o\u2019z tasarrufiga kiritadi. Tabiiyki, Shohruh Mirzo avlodiga mansub bo\u2019lgan shahzodalar Sulton Abusayid Mirzoga nisbatan adovat va husumat nazari bilan qaray boshlaydilar. Binobarin, Sulton Abusayid Mirzo Shohruh avlodining Movarounnahr va Xuroson taxtiga bo\u2019lgan da\u2019volaridan batamom xalos bo\u2019lish maqsadida bir necha shahzodalarni, jumladan Abdullatif Mirzoning to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li 17 yoshli Abdurazzoq Mirzoga zahar berib o\u2019ldiradi. Shundan so\u2019ng Ahmad Mirzo Balxda qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019taradi. Qo\u2019zg\u2019olon shafqatsizlik bilan bostirilib, 16 yoshli Ahmad Mirzo esa qatl qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdullatif Mirzoning uchinchi o\u2019g\u2019li Mahmud Mirzo esa ukase Muhammad Jo\u2019ki Mirzo bilan birgalikda ko\u2019p yillar davomida Sulton Abusayid Mirzoga qarshi kurashadi. Nihoyat, 1463 yilda Mahmud Mirzoga qo\u2019lga olinib qatl qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Jo\u2019ki Mirzo Abdullatif Mirzoning to\u2019rtinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1447 yilda Hirotda tug\u2019ilgan edi. Otasi Abdullatif Mirzo qatlidan so\u2019ng u ham Hirotda &#8211; Abulqosim Bobur saroyida tarbiya topib, 1457 yilda esa Shohruhiya, Axsikent, Toshkent va Sayram viloyatlarini boshqarish uchun yuborilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cTarix-i Abulhayrxoniy\u201d asarining muallifi Mas\u2019ud Ko\u2019histoniyning yozishicha, Xuroson taxtini Sulton Abusayid Mirzo o\u2019z tasarrufiga kiritgach, 1458 yilda Muhammad Jo\u2019ki Mirzo Yassiga (Turkiston) &#8211; Abulhayrxon huzuriga ko\u2019mak istab boradi. Tarixdan ma\u2019lumki, 1451 yilda Abulhayrxon Sulton Abusayid Mirzoning Samarqand taxtiga o\u2019tirishga yordamlashgan va evaziga Ulug\u2019bek Mirzoning Robiya Sulton begim ismli qizini xotinlikka olib ketgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhamamd Jo\u2019ki Mirzo ammasi tufayli Abulhayrxon bilan uchrashadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abulhayrxon shahzodani yaxshi kutib oladi. Abulhayrxon o\u2019zining harbiy sarkardalaridan Bo\u2019rka Sulton boshchiligida katta qo\u2019shinni Muhammad Jo\u2019ki Mirzo ixtiyorida beradi. Bo\u2019rka Sulton qo\u2019shini Movarounnahr hududiga shiddat bilan bostirib kirib, Sulton Abusayid Mirzo qo\u2019shinini Karmana yonida mag\u2019lubiyatga uchratadi. Shundan so\u2019ng o\u2019zbeklar qo\u2019shini Shohruhiyani egallaydi. Muhammad Jo\u2019ki Mirzo o\u2019zbeklar yordamida Shohruhiya, Axsikent va Sayramni qo\u2019lga kiritadi. Sulton Abusayid Mirzo Muhammad Jo\u2019ki Mirzo bilan sulh tuzishdan boshqa iloji qolmaydi. Muhammad Jo\u2019ki Mirzo garchi Sulton Abusayid Mirzoning hukmronligini rasman tan olsa-da, amalda esa mustaqil hukmronlikka erishadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1461 yilda Muhammad Jo\u2019ki Mirzo Sulton Abusayid Mirzoga qarshi bosh ko\u2019taradi. Qo\u2019zg\u2019olonga Shohruhiyaning barcha aholisi qatnashadi. Sulton qo\u2019shinlari shaharni qamal qiladi. Ammo qamal ko\u2019pga cho\u2019zilib, Sulton Abusayid Mirzo qo\u2019zg\u2019olonchilar bilan sulh tuzishga majbur bo\u2019ladi. 1461 yil oxirida sulh tuziladi va shahar qamaldan ozod qilinadi. Ammo ko\u2019p o\u2019tmay 1462 yilda shahar yana Sulton qo\u2019shini tomonidan qamal qilinadi. Qamal bir yildan ortiq davom etadi. Nihoyat 1463 yil kuzida qo\u2019zg\u2019olonchilarning talabiga muvofiq Xo\u2019ja Ahrorni vositachilik uchun taklif qiladilar. Xo\u2019ja Ahrorni kelib har ikki tomonni murosaga keltiradi hamda taslim bo\u2019lgan qo\u2019zg\u2019olonchilarning barchasini gunohidan o\u2019tib, ularga zarar yetkazmaslikka Sulton Abusayid Mirzoni qasamyod qildiradi. Ana shundan so\u2019ng Muhammad Jo\u2019ki Mirzo boshliq shahar xalqi Sultonga taslim bo\u2019ladilar. Sulton Abusayid va\u2019da qilgan avfu umumiyni faqat qo\u2019zg\u2019olon ishtirokchilarigagina joriy qiladi. Qo\u2019zg\u2019olon boshlig\u2019i Muhammad Jo\u2019ki Mirzoni esa 1464 yil yanvarida ushlatib, Ixtiyoriddin qal\u2019asining zindoniga tashlattiradi. Muhammad Jo\u2019ki Mirzo o\u2019sha yili zindonda vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abullatif Mirzoning beshinchi o\u2019g\u2019li Muhammad Boqi mirzo yosh bolalik davridayoq vafot etgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULAZIZ MIRZO Ulug\u2019bek Mirzoning kenja o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1430 yilda Samarqandda tug\u2019ilgan. Shohruh Mirzo saroyida o\u2019rnatilgan tartibga muvofiq, har bir shahzodaning to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li Hirotda Shohruh Mirzo saroyida tarbiyalanardi. Bu o\u2019sha davrda odat tusiga kirgan edi. Binobarin, Ulug\u2019bek Mirzoning ham to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li Abdullo Mirzo Hirotda, Abdurahmon Mirzo esa otasi Ulug\u2019bek Mirzo huzurida Samarqandda tarbiyalangan bo\u2019lsa ajab emas. Abdullo Mirzo vafot etgach, Abdullatif Mirzoni Hirotda, bobosi Shohruh Mirzo saroyida tarbiyalashga jazm qilingan. Ulug\u2019bek Mirzo esa kenja o\u2019g\u2019li Abdulaziz Mirzo bilan qolgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek Mirzo kenja kenja o\u2019g\u2019li Abdulaziz Mirzo Abdullatif mirzoga nisbatan yaxshi ko\u2019rgan hamda ko\u2019p sohalarda uning ko\u2019ngliga qarab ish tutgan. Binobarin, Abdulaziz Mirzo erkatoy va arzanda bo\u2019lib o\u2019sgan. Natijada, uning xatti-harakatlari otasi Ulug\u2019bek Mirzoga pand bera boshlagan. 1449 yil Ulug\u2019bek Mirzo Abdullatif Mirzoga qarshi jangga ketayotib, Abdulaziz Mirzoni o\u2019z o\u2019rniga qo\u2019yib ketadi. Abdulaziz Mirzo ota taxtiga o\u2019tirish bilan hech bir istisnosiz beibolarcha harakat qiladi. U Samarqand shahridagi kazo-kazolar, jumaladan otasi Ulug\u2019bek Mirzo bilan birga jangga ketgan bek va amirlarning xonadonlaridagi go\u2019zal qiz-juvonlar, chiroyli kanizaklarni majburan saroyga keltirib, aysh-ishratga mashg\u2019ul bo\u2019ladi. Albatta, bunday sharmandalika qarshi shahar zodagonlari janggohda turgan bek va amirlar hukmdor Ulug\u2019bek Mirzoning qo\u2019llagan oqilona chora-tadbirlari natijasida xavf solayotgan isyon tinchlik bilan bartaraf qilingan bo\u2019lsa-da, biroq saltanat akobirlarining ko\u2019nglida Ulug\u2019bek Mirzoga nisbatan tug\u2019ilgan kina-kudurat mamlakat poydevoriga rahna solgan edi. Ulug\u2019bek Mirzoning jangda mag\u2019lubiyatga uchrab, Abdullatif Mirzo huzuriga bosh egib borishining, taslim bo\u2019lishining ham bosh omili shunda edi. Voqeaning bunday qaltis rivojlanishida arzanda o\u2019g\u2019il Abdulaziz mirzoning hissasi katta edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur va \u201cTarixi Rashidiy\u201dning muallifi Muhammad Haydarlarning yozganlardan ma\u2019lum bo\u2019lishicha, Ulug\u2019bek Mirzo kenja o\u2019g\u2019li Abdulaziz Mirzoning yoshligidayoq Yunusxonning (keyinchalik Toshkent xoni) singlisi beshik ketti qilib qo\u2019ygan ekan. Binobarin, Abdulaziz Mirzo 1434 yildan boshlab \u201cxon\u201d unvoniga ega edi.<\/p>\n\n\n\n<p>IBROHIM MIRZO Shohruh Mirzoning ikkinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1394 yilda tug\u2019ilgan, Onasi To\u2019ti begim edi. Ibrohim Sulton Mirzoga maxsus otabek tayinlanadi va otabekning xotini esa enagalik vazifasini o\u2019taydi. Shuningdek, Ulug\u2019bek Mirzo Saroy Mulk xonim tarbiyasiga topshirilganidek, Ibrohim Mirzoni Tuman Og\u2019o begim ixtiyoriga topshiriladi. Shohruh Mirzo 1409 yilda Xalil Sulton Mirzodan Movarounnahrni tortib olgach, o\u2019z o\u2019g\u2019li Ibrohim Mirzoga Balx viloyatinign hokimligini in\u2019om qiladi. Keyinchalik fors hukmronligi ham Ibrohim Mirzoga topshiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ibrohim Mirzo o\u2019qimishli, tabiatan muloyim kishi edi. U tarix va jug\u2019rofiya ilmining bilimdoni edi. Ibrohim Mirzo o\u2019z saroyiga olimu fozillarni yig\u2019ar va ular suhbatidan bahramand bo\u2019lishni yoqtirardi. Mashhur tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiy ham Ibrohim Mirzo saroyida ko\u2019p vaqt yashab, o\u2019zining \u201cZafarnoma\u201d asarini shu yerda yozib tugallagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ibrohim Mirzo 1435 yil 4 mayda kasal bo\u2019lib, 42 yoshida vafot etadi. Ibrohim Mirzo uch o\u2019g\u2019ilning otasi bo\u2019lib, to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li Sulton Abu Isxoq Mirzo edi. Sulton Abu Isxoq Mirzo 1419 yilda tug\u2019ilgan bo\u2019lib, 1427 yilda 9 yoshida vafot qilgan edi. O\u2019rtancha o\u2019g\u2019li Ismoil Mirzo 1423 yilda tug\u2019ilib, 1432 yilda vafot etadi. Ibrohim Mirzo vafotidan so\u2019ng kenja o\u2019g\u2019li Abdullo Mirzo qolgan edi. U 1433 yilda tug\u2019ilgan edi. Mazkur shahzodalar Ibrohim Mirzoning Ruqiya begim nomli xotinidan tug\u2019ilgan edilar. Ibrohim Mirzoning Ruqiya begimdan boshqa yana xotini bo\u2019lgan-bo\u2019lmaganligi haqida ma\u2019lumot uchramaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULLO MIRZO Ibrohim Mirzoning kenja o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1433 yilda Ruqiya begimdan tug\u2019ilgan edi. Abdullo Mirzo ikki yoshga to\u2019lganda otasi Ibrohim Mirzo olamdan o\u2019tadi. Shohruh Mirzo ikki yashar nabirasi Abdullo Mirzoni otasining ulushi &#8211; Forsga hokim qilib tayinlaydi. Ammo Abdullo Mirzo hali yosh bo\u2019lgani tufayli, davlat ishlarini shahzodaning onasi Ruqiya begim va otabegi Shamsuddin Sheroziy olib boradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdullo Mirzo otasining saroyiga yig\u2019ilgan olimu fuzalolar orasida o\u2019sdi. U aqlli, ziyrak va zamonasining o\u2019qimishli kishilaridan bo\u2019lib yetishdi. U mashhur muarrix Sharafiddin Ali Yazdiyning ta\u2019limini olgan, binobarin tarix ilmiga havasi zo\u2019r edi. U yoshligidanoq Tabariy, Juvayniy, Vassof, Gardiziy va Hamdulloh Qazviniy singari yirik allomalarning asarlarini mutolaa qilgandi. Shuningdek, ilmi nujum, riyoziyot va she\u2019riyat ilmilardan ham xabari bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1447 yil o\u2019rtasida Abdullo Mirzoning amakivachahsi Sulton Muhammad Mirzo Fors viloyatini bosib olgach, Abdullo Mirzo Hirotga qochib keladi va ma\u2019lum bir muddat Alouddavla Mirzo bilan birga bo\u2019ladi. 1448 yilda Ulug\u2019bek Mirzo Xurosonga qo\u2019shin tortib kelib, Tarnob yaqinida Alouddavlar Mirzodan qochib, amakisi Ulug\u2019bek Mirzoga kelib qo\u2019shiladi. Ulug\u2019bek Mirzo aqlli va ziyrak jiyani Abdullo Mirzo e\u2019zozlar va doim o\u2019zi bilan birga olib yurardi. Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, Ulug\u2019bek Mirzo jiyani Abdullo Mirzoga o\u2019z qizini berib, uni kuyov ham qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1449 yilda Ulug\u2019bek Mirzo bilan Abdullatif Mirzo oralaridagi jang asnosida Abdullo Mirzo Abdullatif Mirzo tomonidan asirga olib, Ko\u2019ksaroy avaxtasiga tashlanadi. 1450 yil 9 mayda Abdullatif Mirzo qatl qilingach, shahar a\u2019yonlari Abdullo Mirzoni Ko\u2019ksaroydan olib chiqib, podshoh ko\u2019taradilar va uning nomini xutbaga qo\u2019shib o\u2019qiydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdullo Mirzo taxtga o\u2019tirgach, amakisi Ulug\u2019bek Mirzo qo\u2019llagan siyosatni qo\u2019llab, mehnatkash xalq ommasining ahvolni bir oz yaxshilaydi. Abdulo Mirzo amakisi Ulug\u2019bek Mirzoning jasadini Ulug\u2019bek madrasasidan ko\u2019chirib, Go\u2019ri Amirga keltirib dafn ettiradi va unga qabr toshi o\u2019rnattiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo Abdullatif Mirzo qatl qilinib, Abdullo Mirzoning taxtga o\u2019tirish xabari atrofga tarqalgach, Samarqand taxtiga da\u2019vogarlar g\u2019imirlab qoladilar. Jumladan, Mironshod Mirzo avlodidan Sulton Abusayid Mirzo Buxoro din peshvolarining madadi bilan darhol Samarqandga hujum qiladi. Biroq Abdullo Mirzo qo\u2019shinlari tomonidan mag\u2019lubiyatga uchrab, dasht orqali shimolga qochadi va Yassi (Turkiston) shaharini bosib olib, o\u2019sha yerda joylashadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdullo Mirzoga tahdid solayotgan ikkinchi raqib ham bor edi. Alouddavla Mirzo Balx, Hisor va Shibirg\u2019onni bosib olib, endilikda Samarqandga yurish taraddudida edi. Abdullo Mirzo Alouddavlaga qarshi o\u2019z qo\u2019shini bilan Shahrisabzdan yo\u2019lga tushadi. Biroq, jang bo\u2019lmay har ikki qo\u2019shin orqasiga qaytib ketadi, sababi Xurosonda Abulqosim Bobur Mirzo Alouddavlaga qarshi qo\u2019shin tortib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1450-1451 yil qishida Abdullo Mirzo Yassiga o\u2019z qo\u2019shinini yuboradi va shahar qamal qilinadi. Sulton Abusayid Mirzo makr-hiyla bilan bir necha ayg\u2019oqchilarini samarqandlilar orasiga yuboradi. Ular qo\u2019shin orasida \u201cAbulhayrxon turkistonliklarga yordamga kelayotir\u201d, &#8211; deb gap tarqatadilar. Samarqandliklar bu gapni rost fahmlab, qamalni tashlab orqaga chekinadilar. Bu xabar Abdullo Mirzoga yetgach, shaxsan o\u2019zi katta qo\u2019shinga bosh bo\u2019lib, Sulton Abusayid Mirzoga qarshi yo\u2019lga chiqadi. Abdullo Mirzoning katta qo\u2019shin bilan kelayotganini eshitgan Sulton Abusayid Mirzo yordam so\u2019rab o\u2019zbek xoni Abulhayrxonga elchi yuboradi. Abulhayrxon fursatdan foydalanib, Samarqandni yana qaytadan talash niyatida o\u2019z qo\u2019shini bilan yo\u2019lga chiqadi. Abulhayrxon Sulton Abusayid Mirzo qo\u2019shini bilan birgalashib Toshkentga, u yerdan Xo\u2019jandga keladilar. Bu vaqtda Abdullo Mirzoning askarlari Mirzachol orqali yurib, Bulung\u2019urda Abdullo Mirzo qo\u2019shiniga ro\u2019para keladilar. 1451 yil iyun oyida Bulung\u2019ur dashtining janubidagi Sheroz qishlog\u2019i yaqinida har ikki qo\u2019shin o\u2019rtasida qonli jang bo\u2019ladi. Natijada, Abulhayrxon qo\u2019shini Abdullo Mirzoning ko\u2019p sonli ustidan g\u2019alaba qozonadi. Abdullo Mirzo mardona kurashib, jang maydonidan orqaga qaytayorganda o\u2019q tegib, 17 yoshida halok bo\u2019ladi. Sulton Abusayid Mirzo esa hech qanday qarshilikka uchramay, Samarqandga kirib, taxtni egallaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>BOYSUNG\u2019UR MIRZO Shohruh Mirzoning uchinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1397 yilda tug\u2019ilgan. Onasi Gavharshod begim edi. Boysung\u2019ur Mirzo tabiatan xushchaqchaq va o\u2019qimishli kishi bo\u2019lgan. 1414 yildan 1416 yilgacha Mozandaron, Astrobod va Jurjon viloyatlariga hokimlik qiladi. U o\u2019z saroyiga olimu fuzalolar va shoirlarni yig\u2019ib, anjumanlar o\u2019tkazib turgan. G\u2019azalxonlikni yoqtirgan, o\u2019zi ham g\u2019azallar bitgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1416 yildan to 1420 yilgach Hirotda otasi Shohruh Mirzoga vazirlik mansabiga qoyim bo\u2019lgan. Boysung\u2019ur Mirzo vazirlik yillarida Hirotda kutubxona tashkil qilgan edi. O\u2019sha zamon tarixchilarining guvohlik berishicha, kutubxona qoshida o\u2019z davrining mashhur hattotlari, naqqoshlari, musavvirlari, sahhof va zarkorlarning qirq nafari to\u2019planib, ilmiy va ijodiy ish olib borganlar. 1425-1426 yillarda mazkur kutubxona qoshidagi kotiblar Boysung\u2019ur Mirzoning bevosita nazorati ostida Firdavsiyning \u201cShohnoma\u201d asarining qirqqa yaqin qo\u2019lyozmalarini solishtirib, asarning mukammal matnini tuzganlar. Mazkur nusxaga \u201cBoysung\u2019ur so\u2019zboshisi\u201d deb atalgan mufassil muqaddima yozilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Boysung\u2019ur Mirzo o\u2019z aql-zakovati, ma\u2019rifatparvarligi, hunarparvarligi va ayniqsa adabiyotga bo\u2019lgan ehtirosi bilan xalq o\u2019rtasida shuhrat qozongan. Otasi Shohruh Mirzo uni 1420 yilda Eron Ozarbayjoniga, keyinchalik 1431 yilda Astrobodga hokim qilib tayinlaydi. Ammo Boysung\u2019ur Mirzo keyingi davlarida kasalga chalinib qoladi. Nihoyat (7 jumod ul-avval 337) 1433 yil 20 dekabr shanba kuni 37 yoshida vafot etadi. Zotan, Boysung\u2019ur Mirzodan yaxshi nom qolgan, u jahon san\u2019at tarixida mashhur sanalgan Hirot tasviriy san\u2019at maktabiga asos solgan edi. Shuningdek, Boysung\u2019ur Mirzo Mashhadda qurilgan Gavharshod begim masjidining devorlariga kitoba bittirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Boysung\u2019ur Mirzodan uch o\u2019g\u2019il qoladi. To\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019il &#8211; Alouddavla Mirzo, ikkinchisi &#8211; Abulqosim Bobur Mirzo, uchinshisi &#8211; Sulton Muhammad Mirzo edi.<\/p>\n\n\n\n<p>ALOUDDAVLA MIRZO Boysung\u2019ur Mirzoning to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1417 yilda Hirotda tug\u2019ilgan. Alouddavla Mirzo saroyida tarbiyalangan. Unga ayniqsa buvisi Gavharshod begim Alouddavla Mirzoni taxt valiahligiga loyiq yagona nomzod deb bilar, hatto eri Shohruh Mirzoning ham bu masalada roziligini olishga tirishardi.<\/p>\n\n\n\n<p>1446 yilda qarib qolgan hukmdor Shohruh Mirzo qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019targan Fors hukmdori o\u2019z nabirasi Sulton Muhammad Mirzoga qarshi yurish boshlaydi. Alouddavlar Mirzoni esa Hirotda qoldirib, Gavharshod begim va Abdullatif Mirzolarni birga olib, Sheroz tomon yuradi. Sulton Muhammad Mirzoni Sherozni tashlab, toqqa qochadi. Qo\u2019zg\u2019olon bostirilib, Shohruh Mirzo Hirotga qaytayotganda yo\u2019lda betoblanib, 1447 yil 12 martda vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Gavharshod begim qo\u2019shin qo\u2019mondonligini Abdullatif Mirzoga topshiradi. Ammo maxfiy ravishda Hirotga &#8211; Alouddavla Mirzoga chopar orqali Hirotni mustahkamlash borasida maktub jo\u2019natadi. Bundan ogoh bo\u2019lgan Abdullatif Mirzo buvisi Gavharshod begimni mahbuslikda saqlab, Amudaryo tomon yo\u2019l oladi. Shuningdek, bobosi Shohruh Mirzoning vafoti haqida o\u2019z otasi Ulug\u2019bek Mirzoga xabar yuboradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Alouddavla Mirzo amakisi Ulug\u2019bek Mirzodan hayiqib, o\u2019zini podshoh deb e\u2019lon qilishga jur\u2019at etmaydi va avvalgidek har juma kunlari masjidlarda bobosi Shohruh Mirzo nomini xutbaga qo\u2019shib o\u2019qitadi. Biroq, Abdullatif Mirzoning kirdikorlari, ayniqsa buvisi Gavharshod begimga nisbatan qo\u2019llagan jazosini eshitgach, taxtni o\u2019z tasarrufiga kiritib, xazinadan qo\u2019shinga va qo\u2019shin boshliqlariga in\u2019omlar ulashib, Abdullatif Mirzoga qarshi qo\u2019shin yuboradi. 1447 yil 29 aprel shanba kuni Abdullatif Mirzo Nishopur yaqinida to\u2019satdan Alouddavla Mirzo qo\u2019shiniga duch kelib, mag\u2019lubiyatga uchraydi va o\u2019zi asir olinadi. Mahbuslikdan ozod qilingan malika Gavharshod begim mahbus Abdullatif Mirzoni birga olib, Hirot tomon yo\u2019lga tushadi. Malikani Jom shahrining yaqinidagi Sa\u2019dabod mavzeida Alouddavla Mirzo kutib oladi. Abdullatif Mirzoni Hirotga keltirib, Ixtiyoriddin qal\u2019asiga qamab qo\u2019yadi. Shohruh Mirzoning jasadini esa Gavharshod begim madrasasidagi Boysung\u2019ur maqbarasiga dafn qiladilar. Shundan so\u2019ng Alouddavla Mirzo o\u2019z qo\u2019shinlarini Ulug\u2019bek Mirzoga qarshi olib yuradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Vaziyatni hisobga olgan holda Ulug\u2019bek Mirzo Alouddavla Mirzo bilan sulh muzokaralarini boshlaydi. Ulug\u2019bek Mirzo Nizomiddin Mirak Mahmud Sadrni Alouddavla huzuriga elchi qilib jo\u2019natadi. Nizomiddin Mirak Mahmud Sadr Alouddavla Mirzoga Ulug\u2019bek Mirzoning payg\u2019omini bayon qilarkan, \u201camakingiz Ulug\u2019bek Mirzo Siz oliy zotni o\u2019z o\u2019g\u2019illari deb hisoblaydilar va ko\u2019ngullarida Hirotga qarshi hech qanday yomon niyatlari yo\u2019q\u201d,-deydi. Alouddavla mirzo uchun bu ayni muddao edi. Chunki Alouddavla Mirzoning ukasi Abulqosim Bobur Mirzo Jom atrofiga qo\u2019yilgan Hirot soqchi qo\u2019shinlarini tarqatib, poytaxt Hirotga xavf tug\u2019dirmoqda edi. Ulug\u2019bek Mirzo bilan Alouddavla Mirzo o\u2019rtasidagi bitimga muvofiq, Alouddavla Mirzoning shimoliy chegarasi Chechektu mavzei deb tan olinadi. Abdullatif Mirzo qamoqda ozod qilinadi. U yana Balx hokimi qilib tayinlanadi. Shu yilning oxirida Alouddavla Mirzo bilan Abulqosim Mirzo o\u2019rtasida ham bitim imzolanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo 1447\/1448 yil qish faslida Abdullatif Mirzo bilan Alouddavla Mirzo o\u2019rtasida yana jang boshlanib ketadi. Bunga sabab Chechektudagi chegara soqchi qo\u2019shinining boshlig\u2019i sifatida Solih Mirzo (Pir Muhammad ibn Umar Shayx Mirzoning o\u2019g\u2019li) turardi. Solih Mirzo Nishopur yaqinida Abdullatif Mirzoni asir olinishida qatnashgan dushmanlaridan biri edi. Abdullatif Mirzoning o\u2019zi ozod qilingan bo\u2019lsa-da, biroq uning ishonchli navkarlaridan 3-4 tasi garov sifatida Alouddavla Mirzo avaxtasida asirlikda edilar. Binobarin, Abdullatif Mirzo eski adovat yuzasidan Solih Mirzo qo\u2019shiniga hamla qilib, uni tor-mor qiladi. Solih Mirzo Hirotga qochib boradi. Shundan so\u2019ng Alouddavla Mirzo Abdullatif Mirzoning garovda turgan navkarlarini qatl qildiradi va qish fasli bo\u2019lishiga qaramay, darhol Balxga yurish qiladi. Abdullatif Mirzo chekinishga majbur bo\u2019ladi va Balxda mustahkamlangach, otasi Ulug\u2019bek Mirodan ko\u2019mak so\u2019radi. Ulug\u2019bek Mirzo Alouddavla Mirzoga maktub jo\u2019natib, \u201cUrush boshlashdan avval Abdullatif Mirzo ustidan shikoyat qilib, Samarqandga &#8211; menga murojaat qilmoq lozim edi\u201d, &#8211; deydi va darhol Hirotga qaytib ketishga rozi bo\u2019ladi. U Chechektu qo\u2019rg\u2019onini yangidan mustahkamlab, urushdan zarar ko\u2019rgan aholining ahvolini yaxshilashga harakat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1448 yil bahorida Ulug\u2019bek Mirzo o\u2019zi qaytadan jang boshlab yuboradi. Ulug\u2019bek Mirzo o\u2019g\u2019li Abdullatif Mirzo bilan birgalikda 90 minglik qo\u2019shin to\u2019plab, Alouddavla Mirzoga qarshi yurish boshlaydilar. Jang Hirotdan 14 farsax narida bo\u2019lgan Tarnob mavzeida bo\u2019lib, Alouddavlaning mag\u2019lubiyati bilan tugaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>1450 yil oxirida Abulqosim Bobur Mirzo Xurosonni o\u2019z tasarrufiga kiritgach, Alouddavla Mirzo saltanatdan mahrum bo\u2019lib, Mo\u2019g\u2019uliston chegaralarida sarson va sargardonlikda yuradi va Xorazmda yashaydi. Biroq, uning o\u2019g\u2019li Ibrohim Mirzo Abulqosim Bobur Mirzo vafotini eshitgach, darhol Hirot dorussaltanatini qo\u2019lga oladi. Bu xabarni eshitgan Alouddavla Mirzo Hirotga o\u2019g\u2019li Ibrohim Mirzo huzuriga qaytib keladi. Ammo tez kunda turkman hukmdori Jahonshoh Xurosonga bostirib kiradi. Undan so\u2019ng Xuroson Sulton Abusayid Mirzo tasarrufiga kiradi. 1458 yilda Alouddavla Mirzo, o\u2019g\u2019li Ibrohim Mirzo va Sanjar Mirzolar birlashib Saraxsda Sulton Abusayid Mirzoga qarshi jang boshlaydilar. Jangda Sanjar Mirzo qatl qilinib, Alouddavla Mirzo va Ibrohim Mirzolar jang maydonini tashlab qochadilar. Shundan ikki yil o\u2019tgach, ya\u2019ni 1460 yil sentabr oyida Alouddavla Mirzo 44 yoshida vafot etadi. Uni Hirotga keltirib, Gavharshod begim madrasasi qoshidagi Boysung\u2019ur maqbarasiga dafn qiladilar. Undan ikki o\u2019g\u2019il va bir qiz qoladi. Qizi Sulton begimni Sulton Abusayid Mirzo Xurosonni zabt etgach, o\u2019z nikohiga kiritadi. Sulton begim 1460 yilda o\u2019g\u2019il tug\u2019adi. Ismini Shohruh Mirzo deb ataydilar. Alouddavlaning katta o\u2019g\u2019li Abul Xoris Boysung\u2019ur Mirzo va kichigi Muhammad Ibrohim Mirzolar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>MUHAMMAD IBROHIM MIRZO Alouddavla Mirzoning kichik o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1440 yilda Hirotda tug\u2019ilgan edi. Muhammad Ibrohim Mirzo avval otasi Alouddavla Mirzo yurishlarida ishtirok qiladi. 1451 yilda Alouddavla Mirzo ukasi Abulqosim Bobur Mirzo tomonidan Xuroson saltanatidan mahrum etilgach, Muhammad Ibrohim Mirzo ham otasi bilan birgalikda amakisi 1454 yilda Abulqosim Bobur Mirzo jiyani Muhammad Ibrohim Mirzoni ushlab Ixtiyoriddin qal\u2019asiga qamab qo\u2019yadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1457 yil 25 mart seshanba kuni Abulqosim Bobur Mirzo Mashhadda vafot etgach, hukmdorning vafoti haqidagi xabar yashin tezligida barcha viloyat va nohiyalarga tarqaladi. Jumladan, bu xabar poytaxt Hirotga ham yetadi. Mamlakatda sarosimalik vujudga keladi. Muhammad Ibrohim Mirzo Ixtiyoriddin qal\u2019asida mahbus edi. Qal\u2019a begi hamda posbonlar tasodifiy mash\u2019um xabardan bir lahza o\u2019zlarini yo\u2019qotib qo\u2019yadilar. Qo\u2019qqiz vaziyatdan foydalangan Muhammad Ibrohim Mirzo qal\u2019adan yashirincha chiqib, Murg\u2019ob suvi tomon qochadi va u yerda qo\u2019shin to\u2019plab, Hirotga yuradi. Shu asnoda otasi Abulqosim Bobur Mirzo o\u2019rniga taxtga o\u2019tirgan Shoh Mahmud Mirzo o\u2019z qo\u2019shini bilan poytaxt Hirotga kelmoqda edi. Muhammad Ibrohim Mirzo qo\u2019shini bilan yo\u2019lda to\u2019qnashadi. Har ikki tomon o\u2019rtasida qattiq jang bo\u2019lib, Shoh Mahmud qo\u2019shinlari mag\u2019lubiyatga uchrab Mashhad tomon ketadi. Muhammad Ibrohim Mirzo esa Hirotga kirib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo bu paytda turkman hukmdori Jahonshoh qulay fursatdan foydalanib, Xurosonga qo\u2019shin tortib kelmoqda edi. Ikkinchi tomonda Movarounnahr hukmdori Sulton Abusayid Mirzo ko\u2019pdan beri Xurosonni zabt etishni o\u2019ylab yurar va Abulqosim Bobur Mirzoning vafoti unga o\u2019z rejasini amalga oshirish uchun qulay vaziyatni vujudga keltirar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Ibrohim Mirzo turkman hukmdori Jahonshohga qarshi kurashmoq uchun Sulton Abusayid Mirzodan ko\u2019mak so\u2019raydi. Sulton Abusayid Mirzo Muhammad Ibrohim Mirzoning iltimosini qabul qiladi va qulay fursatni g\u2019animat bilib Xurosonga qo\u2019shin tortadi. Muhammad Ibrohim Mirzo o\u2019z qo\u2019shini bilan Murg\u2019ob daryosining o\u2019ng qirg\u2019og\u2019ida Jahonshoh qo\u2019shini bilan to\u2019qnashadi va katta talofat ko\u2019rib, mag\u2019lubiyatga uchraydi. Sulton Abusayid Mirzo esa Hirotni egallaydi. Muhammad Ibrohim Mirzo qoldiq qo\u2019shini bilan Balx viloyatiga chekinadi. Biroq Sulton Abusayid Mirzo asta-sekin Xuroson muzofotini o\u2019z tasarrufiga kirita boshlaydi. 1458 yilda Muhammad Ibrohim Mirzo otasi Alouddavla Mirzo hamda Marv hukmdori Sanjar Mirzo bilan ittifoq tuzib, Sulton Abusayid Mirzo foydasiga hal bo\u2019ladi. Sanjar Mirzo jang maydonida halok bo\u2019lib, Alouddavla Mirzo bilan Muhammad Ibrohim Mirzo mag\u2019lubiyatga uchrab qochadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Ibrohim Sulton mazkur jangdan qaytgach, asab kasalligi bilan og\u2019riydi. U ko\u2019p vaqt davomida mahbuslikda hamda og\u2019ir sharoitlarda hayot kechirib, asab kasalligiga mubtalo bo\u2019lgan edi. Binbarin, jang maydonida katta talofat ko\u2019rib, mag\u2019lub bo\u2019lgach, asab kasali huruj qilib, 1458 yil 17 avgust (862 yil 6 shavvol)da 19 yoshida vafot etadi. Uning yaqin kishilari jasadini Hirotga keltirib, Gavharshod begim madrasasi yonidagi xonaqohga dafn etadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>SULTON MUHAMMAD MIRZO Boysung\u2019ur Mirzoning ikkinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1418 yilda Hirotda tug\u2019ilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1142 yilda Sulton Muhammad Mirzo uchun Eronning Sultoniya, Qazvin, Ray va Qum viloyatlaridan iborat yangi davlat (hokimlik) tashkil qilinadi. Ammo shahzoda Sulton Muhammad Mirzo o\u2019z qo\u2019l ostidagi viloyatlar bilan qanoatlanmadi. 1446 yilda u bobosi Shohruh Mirzoga qarshi isyon ko\u2019tarib, Isfaxonni bosib oladi va Sherozni qamal qiladi. Ammo 1446 yilda bobosining qo\u2019shin tortib kelayotganligidan xabar topib Sherozni qamaldan bo\u2019shatib, toqqa qochadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1449 yil Sulton Muhammad Mirzo Xurosonga qo\u2019shin tortib kelib, Mashhad bilan Jom oralig\u2019ida ukasi Abulqosim Bobur Mirzo qo\u2019shinni tor-mor qiladi va Hirotni egallaydi. Ammo Sulton Muhammad Mirzo Hirotda uzoq tura olmaydi. 1452 yilda Abulqosim Bobur Hirotni qayta qo\u2019lga kiritadi. Umuman, Sulton Muhammad Mirzo Fors va Iroqda o\u2019n yil hukmronlik qiladi. Shu davr ichida ukasi Abulqosim Bobur Mirzo bilan uch marta jang qiladi. Uchinchi jang oldidan aka-ukalar o\u2019rtasida muayyan chegara belgilanib, sulh tuzilgan bo\u2019lsa-da, biroq 1451 yil oxirida Sulton Muhammad Mirzo bitimga xiyonat qilib, ukasi Abulqosim Bobur Mirzoga qarshi urush harakatlarini boshlab yuboradi. Har ikki tomon qo\u2019shini Isfaroin yaqinida to\u2019qnashadilar. Jang maydonida Sulton Muhammad Mirzo og\u2019ir yaralanadi. Yarador Sulton Muhamamd Mirzoni asirga olishib, Abulqosim Bobur Mirzo huzuriga keltirishadi. Aka-uka shahzodalar o\u2019rtasida istehzoli savol-javoblar bo\u2019lib o\u2019tgach, g\u2019olib Abulqosim Bobur Mirzo mag\u2019lub Sulton Muhammad Mirzoni qatl qildiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Muhammad Mirzo 34 yoshida olamdan ko\u2019z yumadi. Undan ikki o\u2019g\u2019il-Sa\u2019d Vaqqos Mirzo va Muhammad Yodgor Mirzo qoladi. Sa\u2019d Vaqqos Mirzo 1437 yilda tug\u2019ilib, 1452 yilda vafot etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>ABULQOSIM BOBUR MIRZO Boyg\u2019ung\u2019ur Mirzoning uchinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1422 yilda Hirotda tug\u2019ilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019lumki, Shohruh Mirzo 1446 yilda Sulton Muhammad Mirzoga qarshi so\u2019nggi yurishdan qaytayotgan vaqtda yo\u2019lda vafot (1447 yil) etadi. Mazkur yurishda Abulqosim Bobur Mirzo ham ishtirok qilgan edi. Malika Gavharshod begim to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li Ulug\u2019bek Mirzo hurmati yuzasidan lashkar qo\u2019mondonligiga Abdullatif Mirzoni tayinlaydi. Yosh Abdullatif Mirzoni bunday ulug\u2019 martabaga ko\u2019tarilishi ko\u2019pchilikka, jumladan Abulqosim Bobur Mirzoga ma\u2019qul bo\u2019lmaydi. Shu bois Abdulqosim Bobur Mirzo hamda Muhammad Jahongir Mirzoning o\u2019g\u2019li Xalil Sulton Mirzo birgalikda qo\u2019shindan ajralib, Xurosonga qochadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Abulqosim Bobur Mirzo Jurjonga kelib askar to\u2019plab, Mozandaronni o\u2019z tasarrufiga kiritadi. Ayni paytda Alouddavla Mirzo Mashhadni egallab, aka-uka o\u2019rtasida nizo chiqadi. Ammo 1447 yilda Abulqosim Bobur Mirzo akasi Alouddavla Mirzo bilan bitim imzolaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>1448 yilda Ulug\u2019bek Mirzo Alouddavlar Mirzoga qarshi urush ochgach Alouddavla Mirzo ukasi Abulqosim Bobur Mirzo huzuriga &#8211; Ko\u2019changa qochib keladi. Abulqosim Bobur Mirzo Ulug\u2019bek Mirzo huzuriga elchi yuborib, Ulug\u2019bekni oliy hukmdor deb taniganligini bildiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo Ulug\u2019bek Mirzo harbiy yurishni to\u2019xtatmaydi. Bundan xavfsiragan Abulqosim Bobur Mirzo Damg\u2019onga qochadi. Ulug\u2019bek Mirzo Damg\u2019ongacha bormay orqaga qaytadi. Ulug\u2019bek Mirzoning Samarqand tomon ketayotgan habarini eshitgan Abulqosim Bobur Mirzo yana Mashhadga hujum qilib, o\u2019z tasarrufiga kiritadi. Amudaryo kechigidan o\u2019tayotgan Ulug\u2019bek Mirzo qo\u2019shiniga qo\u2019qqisdan hujum qilib, katta talafot yetkazadi. Ayni vaqtda Abulqosim Bobur Mirzo Hirotga Abdullatif Mirzoga qarshi qo\u2019shin yuboradi. Abdullatif Mirzo Hirotni tashlab, Balxga qochadi. Ammo 1449 yil fevral oyida Fors hukmdori Sulton Muhammad Mirzo Hirotga hujum qilib, ukasi Abulqosim Bobur Mirzoni mag\u2019lubiyatga uchratadi. Lekin Sulton Muhammad Mirzo Hirotda uzoq muddat qololmaydi. 1451 yil oxirida Sulton Muhammad Mirzo ukasi Abulqosim Bobur Mirzoga qarshi yana urush ochadi. Har ikki qo\u2019shin Isfaroin yaqinida bir-birlari bilan to\u2019qnashadilar. Sulton Muhammad Mirzo jang maydonida og\u2019ir yaralanib, asirga olinadi va Abulqosim Bobur Mirzo farmoniga ko\u2019ra qatl qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1450 yil oxirida Abulqosim Bobur Mirzoning katta akasi Alouddavla Mirzo bilan bo\u2019lib o\u2019tgan jangda, Alouddavla Mirzo asirga olinib, mahbuslikda saqlanardi. Abulqosim Bobur Mirzo kichik akasi Sulton Muhammad Mirzoni qatl qildirgach, katta akasi Alouddavla Mirzoning ko\u2019ziga mil tortishga farmon beradi. Biroq mil tortuvchi va nazoratchilar Alouddavla Mirzoga rahm-shafqat qilib, ko\u2019z gavhariga tig\u2019 tekkizmay, faqat ko\u2019z milkigagina nashtar tegizib, qo\u2019yib yuboradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1451 yildan boshlab Abulqosim Bobur Mirzo sekin-asta Xurosonni o\u2019z tasarrufiga kiritadi. 1454 yilda Movarounnahrni zabt etish uchun Sulton Abusayidga qarshi muvaffaqiyatsiz yurish qiladi va tezda Sulton Abusayid Mirzo bilan sulh tuzib, Hirotga qaytadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abulqosim Bobur Mirzo ham boshqa temuriy shahzodalar kabi ilm-ma\u2019rifatga ixlosmand bo\u2019lib, olimu shoirlarni o\u2019z saroyiga to\u2019plab, ularga iltifotlar ko\u2019rgazardi. Uning tabiatida she\u2019riyatga moyillik huvaydo bo\u2019lib, o\u2019zi ham turk va fors tillarida g\u2019azallar bitardi. Binobarin, saroyda shohona anjumanlar o\u2019tkazilib, mushoiralar bo\u2019lib turardi. Zotan, Xurosonning bo\u2019lajak hukmdori Sulton Husayn Boyqaro va buyuk mutafakkir Alisher Navoiy Abulqosim Bobur Mirzo saroyida tarbiyalanib, himmatidan bahramand bo\u2019lganlar. Abulqosim Bobur Mirzodan birgina o\u2019g\u2019il &#8211; 12 yashar Shoh Mahmud Mirzo qolgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>SHOH MAHMUD MIRZO 1446 yilda Hirotda tug\u2019ilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1457 yilda Abulqosim Bobur Mirzo vafot qilgach, uning arkoni davlati va yaqin kishilarni 12 yoshli Shoh Mahmud Mirzoni Mashhadda shoh deb e\u2019lon qiladilar. Shundan o\u2019n kun o\u2019tgach, Shoh Mahmud Mirzo poytaxt Hirot tomon yo\u2019lga chiqadi. Yo\u2019l asnosida Marvga jo\u2019natilgan elchi Shahxzoda kelib, Marv hokimi Sanjar Mirzo Shoh Mahmud Mirzoga bo\u2019ysunishdan bosh tortayotganini ma\u2019lum qiladi. Shuningdek, Hirotdan Ixtiyoriddin qal\u2019asida mahbuslikda yotgan Sulton Ibrohim Mirzoning qal\u2019adan qochganligi haqidagi xabar keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoh Mahmud Mirzo 1457 yil 21 aprelda (861 yil 26 jumod ulavval) Bog\u2019i Muxtorga tushib, bir necha kundan so\u2019ng Bog\u2019izog\u2019onga kiradi. 16 mayda (21 jumod ul-oxir) Hirot dorussaltanasiga kirib, taxtga o\u2019tiradi. Bu vaqtda Sulton Ibrohim Mirzo o\u2019z qo\u2019shini bilan Murg\u2019ob suvidan kechib, Hirotga kelayotgani haqida xabar keladi. Shoh Mahmud Mirzo o\u2019z qo\u2019shini bilan Mashhadga jo\u2019nab ketadi. Ammo yo\u2019lda Sulton Ibrohim qo\u2019shiniga duch kelib, qattiq jang bo\u2019ladi. Jangda Shoh Mahmud Mirzo mag\u2019lubiyatga uchrab, Mashhadga qochadi. Sulton Ibrohim Mirzo esa tantanali ravishda Hirotga kirib boradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoh Mahmud Mirzo Sulton Ibrohim Mirzodan yengilib, Mashhadga borib bir necha kun istirohat qilgach, Mozandaron viloyatiga qarab yuradi. Mozandaron hukmdori amir Bobo Hasan marhum Abulqosim Bobur Mirzoning muxlislaridan bo\u2019lib, binobarin Shoh Mahmud Mirzoga iltifotlar ko\u2019rsatib yaxshi kutib oladi. Ammo shu asnoda turkam hukmdori Jahonshoh Mozandaronga hujum qiladi. Mazkur jangda Shoh Mahmud Mirzo va amir Bobo Hasan mag\u2019lubiyatga uchraydilar. Shoh Mahmud Mirzo Seyistonga qochib boradi. Seyiston hukmdori amir Xalil Hinduka shahzodani yaxshi kutib oladi va Kobul hukmdori amir Boboga qarshi jangga birga olib ketadi. Jang maydonida Amir Xalil Hinduka dushman kuchini pisand qilmay, jangda sustkashlik qiladi. Kobul hukmdori amir Bobo qulay fursatni g\u2019animat bilib, amir Xalil Hindukaga o\u2019nglanmas zarbani beradi. Shu asnoda kamondan otilgan nogahoniy o\u2019q Shoh Mahmud Mirzoga tegib, o\u2019sha yerning o\u2019zida halok bo\u2019ladi. Bu voqea 1459 yilning oxirida sodir bo\u2019ladi. Shoh Mahmud 14 yoshida olamdan o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>SUYURG\u2019ATMISH MIRZO Shohruh Mirzoning to\u2019rtinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1398 yilda Hirotda tug\u2019ilgan. Onasi Mulkat Og\u2019o (Mulk Og\u2019o) begimdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, sohibqiron Amir Temur vafot qilgan vaqtda, Suyur\u2019gatmish Mirzo hali sakkiz yashar bola bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Suyurg\u2019atmish Mirzo yoshlik davrini otasi Shohruh Mirzoning hashamatli saroyida o\u2019tkazadi. U ham o\u2019z aka-ukalari kabi harbiy san\u2019at, qilichbozlik, chavandozlik bilimlarini to\u2019liq egallab, ilm-ma\u2019rifat homiylari davrasida tarbiyalanib, keng ma\u2019lumot sohibi bo\u2019lib yetishadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Suyurg\u2019atmish Mirzo avval saroyida otasi yonida xizmat qiladi. Keyinchalik, 1418 yilda Kobul hukmdori Qaydu Mirzo vafotida so\u2019ng, Kobul ulusi Suyurg\u2019atmish Mirzoga suyurg\u2019ol tarzida in\u2019om qilinadi. Suyurg\u2019atmish Mirzo Kobulda tartib o\u2019rnatib, mehnatkash xalq ommasining hayot tarzini bir oz yaxshilashga muvaffaq bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq 1426 yil oktabr oyida Suyurg\u2019atmish Mirzo to\u2019satdan og\u2019rib, 18 noyabrda vafot etadi. Bu xabar Hirotga 1426 yil 2 dekabr kuni yetib keladi. Suyurg\u2019atmish Mirzodan Ma\u2019sud Mirzo va Qorachar Mirzo nomli ikki o\u2019g\u2019il qolgan edi. Shohruh Mirzo marhum o\u2019g\u2019li Suyurg\u2019atmish Mirzoning o\u2019rniga uning katta o\u2019g\u2019li Mas\u2019ud Mirzoni hukmron etib tayinlaydi. Aburazzoq Samarqandiyning xabariga qaraganda, Mas\u2019ud Mirzo o\u2019ta qattiq qo\u2019l, shafqatsiz hukmron bo\u2019lgan. U hokimiyatga kelishi bilanoq, hech kim bilan maslahatlashishni istamay, o\u2019z bilgicha ish yurita boshlaydi. Mehnatkash xalq ahvoli bilan umuman qiziqmaydi, aksincha uni har xil to\u2019lovlarga giriftor qilib, ochiqdan-ochiq talaydi. Tez kunda shahar va qishloqlarda adolat barham topib, qonunsizlik avjiga chiqadi. Natijada xalq noroziligi kuchayib, Kobul ulusida ahvol mushkullashadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kobuldagi xalq g\u2019alayonlarida xavotirga tushgan Shohruh Mirzo nevarasi Mas\u2019ud Mirzoni darhol Kobul hukumatidan azl qilib, o\u2019rniga Qorachar Mirzoni hukmron qilib tayinlaydi. Qorachar Mirzoni hokimiyatga kelgach, xalq g\u2019alayonlari so\u2019nib, viloyatlarda sekin-asta tartib o\u2019rnatiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>MUHAMMAD JO\u2019KI MIRZO Shohruh Mirzoning beshinchi o\u2019g\u2019li edi. U 1403 yilda Hirotda tug\u2019ilgan. Onasi Gavharshod begim edi. Muhammad Jo\u2019ki Mirzo yoshligidan nimjon va kasalmand bo\u2019lib o\u2019sdi. 1419 yilda Muhammad Jo\u2019ki Mirzoga Mo\u2019g\u2019ulistonning sobiq xoni marhum Sham\u2019i Jahonning Mo\u2019g\u2019ulistonning sobiq xoni marhum Sham\u2019i Jahonning qizi Mehr Nigor Og\u2019oni nikoh qiladilar. To\u2019y taronalari Gavharshod begimning bevosita rahbarligida Bog\u2019i Zog\u2019onda o\u2019tkaziladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Jo\u2019ki Mirzo ko\u2019p vaqtlar Hirotda otasi yonida bo\u2019lgan. U 1427 yilda akasi Ulug\u2019bek Mirzoning Baroq Og\u2019longa qarshi qilgan yurishida qatnashadi. Shuningdek, otasi Shohruh Mirzoning bir necha yurishlarida ishtirok qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1433 yilda Shohruh Mirzo o\u2019g\u2019li Muhammad Jo\u2019ki Mirzoga Garmser va afg\u2019onlar viloyati hokimligini in\u2019om qiladi. Bir necha marta Movarounnahrga akasi Ulug\u2019bek Mirzo huzuriga tashrif buyuradi. Zero, Ulug\u2019bek Mirzo, Boysung\u2019ur Mirzo va Muhammad Jo\u2019ki Mirzolar bir-birlari bilan tez-tez maktub orqali, ayrim hollarda rasmiy muloqotda bo\u2019lardilar. Chunki aka-uka shahzodala o\u2019rtasida g\u2019azaliyot, mantiq va falsafa sohalarida munozarali yozishmalar bo\u2019lib turardi.<\/p>\n\n\n\n<p>1443 yilda Muhammad Jo\u2019ki Mirzo Balx viloyatining hokimi qilib tayinlanadi. Shohruh Mirzo keyingi vaqtlarda tez-tez kasal bo\u2019lib turishi hamda o\u2019g\u2019illari Ibrohim Mirzo bilan Boysung\u2019ur Mirzoning bevaqt olamdan o\u2019tishi bois o\u2019z o\u2019rniga &#8211; taxtga valiahd tayinlash fikriga tushib qoladi. Binobarin, valiahdlikka beshinchi o\u2019g\u2019li Muhammad Jo\u2019ki Mirzoni tayinlashga qaror qiladi. Lekin o\u2019ktam va tadbirkor malika Gavharshod begim o\u2019g\u2019li Muhammad Jo\u2019ki Mirzoning nomzodini qat\u2019iyan rad etadi. Hatto devon ishlariga ham yaqinlashtirishni xohlamaydi. Malika Gavharshod begimning fikricha, valiahdlikka Boysung\u2019ur Mirzoning to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li Alouddavla Mirzodan ko\u2019ra munosibroq nomzod yo\u2019q edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat, malika Gavharshod begim o\u2019z farzandi Muhammad Jo\u2019ki Mirzoni unchalik yoqtirmas, hatto saltanat ishlariga ham aralashtirmas edi. Shohruh Mirzo malikani aksi o\u2019laroq eng kichik o\u2019g\u2019li Muhammad Jo\u2019ki Mirzoni yaxshi ko\u2019rardi. Shahzoda ham ko\u2019p vaqtini otasining yonida o\u2019tkazardi. Nihoyat, 1444 yil voqeasidan so\u2019ng, Muhammad Jo\u2019ki Mirzo onasining iltifotsizligidan qattiq ranjib, Balxa qaytib ketadi. Lekin shahzodaning qalbida paydo bo\u2019lgan jarohat kundan-kun pasayish o\u2019rniga avj olib, oxir oqibat asab qaqshash kasaliga mubtalo bo\u2019lib, 1445 yilda 43 yoshida vafot etadi. Uning jasadini Hirotga keltirib, onasi Gavharshod begim madrasasi yonidagi Boysung\u2019ur maqbarasiga dafn qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Jo\u2019ki Mirzoning uch o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, Ali Mirzo (1423-1424), Muhammad Qosim Mirzo va Abubakr Mirzo edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>MUHAMMAD QOSIM MIRZO Muhammad Jo\u2019ki Mirzoning katta o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1422 yilda Hirotda tug\u2019ilgan. Onasi Mehr Nigor Og\u2019odir. 1445 yilda Muhammad Jo\u2019ki Mirzo vafot etgach, unga tegishli bo\u2019lgan Balx va uning atrofidagi viloyatlar ikki o\u2019g\u2019liga Balx va uning atrofidagi viloyatlar ikki o\u2019g\u2019liga suyurg\u2019ol tarzida bo\u2019lib berilgan edi. Jumladan, Balx, Shibirg\u2019on, Qunduz va Baqlon Muhammad Qosim Mirzoga tekkan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo Shohruh Mirzo vafot etgach, 1447 yil oxirida Muhammad Qosim Mirzoning ukasi Abubakr Mirzo katta qo\u2019shin bilan kelib, akasi bilan jang qilib, Balx, Shibirg\u2019on, Qunduz va Baqlonni to Badaxshon chegarasigacha o\u2019z tasarrufiga kiritadi. Muhammad Qosim Mirzo jang maydonida 27 yoshida halok bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>ABUBAK MIRZO Muhammad Jo\u2019ki Mirzoning kenja o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1427 yilda Hirotda tug\u2019ilgan. Onasi Mehr Nigor Og\u2019odir. Abubakr Mirzo akasi Muhamamd Qosim Mirzoga nisbatan shijoatli, g\u2019ayratli, qoplondek chaqqon, harbiy salohiyatga molik, shuningdek, xushbichim, ko\u2019rkam, xushsurat yigit edi. Otasi Muhammad Jo\u2019ki Mirzo vafotidan so\u2019ng, unga Xuttalon, Arxang va Soli Saroy viloyatlarini suyurg\u2019ol qilib berilgan edi. U akasi Muhammad Qosim Mirzoni yenggach, Balxni egallaydi, darhol Balx qo\u2019rg\u2019onini qaytadan ta\u2019mirlab, mustahkam qal\u2019aga aylantiradi. Shahzodaning harbiy qudratli kundan-kunga oshib boradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayni vaqtda Xuroson taxti uchun Ulug\u2019bek Mirzo, Alouddavla Mirzo, Sulton Muhammad Mirzo va Abulqosim Bobur Mirzolar orasida qonli kurashlar davom etmoqda edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek Mirzo Xuroson taxtini qo\u2019lga olish borasida turli-tuman rejalar tuzmoqda edi. Zotan, Xurosonga qo\u2019shin tortishdan avval Balxda turgan jiyani Abubakr Mirzoni biryoqlik qilish zarur edi. Ammo Balxga hujum qilinsa ko\u2019p talofot ko\u2019rishi muqarrar edi. Chunki Ulug\u2019bek Mirzoning Balxga yo\u2019llagan maxfiy josuslarining bergan ma\u2019lumotiga qaraganda, Balx qo\u2019rg\u2019oni metindek mustahkam, mufofazada turgan qo\u2019shinning hisobi yo\u2019qdek edi. Ulug\u2019bek Mirzoning fikricha, agar Abubakr Mirzo bilan jangga kirishilsa, u holda Xurosonga qo\u2019shin kiritish ancha keying surilib ketardi. Binobarin, yosh shahzodani hiyla bilan o\u2019ziga rom qilishni afzal deb bilardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek Mirzo o\u2019z rejasini amalga oshirish uchun Balxga-Abubakr Mirzo huzuriga e\u2019timodli kishilardan shayxulislom mavlono Isomiddin va amir Tavakkal barlosni qimmatbaho anvoyi sovg\u2019a-salomlar bilan elchi qilib jo\u2019natadi. Shayxulislom mavlono Isomiddin yosh shahzoda Abubakr Mirzoga amakisi Ulug\u2019bek Mirzoning beqiyos muhabbatiyu, beadad ixlosi haqida haddan tashqari mubolag\u2019alar qilgach, so\u2019zining oxirida ul zoti oliy bobarakotning Siz Oliy najod shahzodaga ixloslari bag\u2019oyat balanddur, bovujud Sizni o\u2019z farzandi arjumandlaridek bilib, ko\u2019p sog\u2019ung\u2019ondurlar. Boz ustiga Sizdek shahzodayi juvonbaxtni o\u2019zlarig\u2019a kuyov qilmoq taraddudida bo\u2019lib, pardayi ismatda o\u2019lturg\u2019on Bilqisi davron Robiya Sulton begimni Siz janoblarining ahd-nikohingizga kiritmak fikridadurlar. Binobarin, ul zoti oliy bobarakot amakingizni ziyoratlarig\u2019a biz bilan birga borsangiz savobdin holi bo\u2019lmas erdi, deydi. Soddadil shahzoda Abubar Mirzoning ko\u2019z o\u2019ngida yoshligida ko\u2019rgan lobar Robiya Sulton begimning go\u2019zal chehrasi namoyon bo\u2019ladi. Go\u2019yo malika Robiya Sulton begim uni o\u2019z huzuriga taklif qilayotgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahzoda Abubakr Mirzo ertasi hech kim bilan maslahatlashmay, o\u2019z o\u2019rniga otaliqni tayinlab, elchilar bilan birga amakisi Ulug\u2019bek Mirzo huzuriga jo\u2019naydi. Bu paytda Ulug\u2019bek Mirzo o\u2019z qo\u2019shini bilan Termizda turardi. Ulug\u2019bek Mirzo jiyani Abubakr Mirzoni ochiq ko\u2019ngil bilan qarshilaydi va uning sharafiga bir necha kun ziyofat beradi. Biroq bir hafta o\u2019tmasdanoq bir-ikkita g\u2019alamislar qarindoshlar orasiga nifoq solishga muvaffaq bo\u2019ladilar. Abubakr Mirzoni isyonkor qattoq dushmanlikda ayblaydilar. Ulug\u2019ek Mirzo ham jinoyatni mufassil tekshirmasdan, Abubakr Mirzoni hibsga olishga farmon beradi. Shahzodani darhol ushlab Samarqandga jo\u2019natadilar va u yerda Ko\u2019ksaroyga qamaydilar. Oradan 3-4 kun o\u2019tgach, Abubakr Mirzoni Ko\u2019ksaroyda qatl qiladilar. Abubakr Mirzo 22 yoshida olamdan o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>YODGOR MUHAMMAD MIRZO Sulton Muhammad Mirzoning kenja o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1451 yilda otasining qatlidan so\u2019ng tug\u2019ilgan. Yodgor Muhammad Mirzo yoshlikdan erka va tantiq bo\u2019lib o\u2019sgan. U nihoyat darajada xushbichim, qaddi-qomati kelishgan, chiroyli yigit edi. Yodgor Muhammad Mirzoda saltanatga ega bo\u2019lish istagi bo\u2019lsa-da, biroq buning uchun jo\u2019shqin harakat, g\u2019ayrat yo\u2019q edi. U aysh-ishratga mukkasidan ketgan va sharobxo\u2019rlikni har narsadan ustun qo\u2019yardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yodgor Muhammad Mirzoning ammasi Poyanda Sulton begim o\u2019ta shuhratparast, kalondimog\u2019 ayol bo\u2019lib, shahzodaning murabbiyasi ham edi. Binobarin, Poyanda Sulton begim jiyani Yodgor Muhammad Mirzoning qulog\u2019iga \u201cXuroson taxti biz uchun ota meros\u201d, degan gapni quyardi. Shuning asorati bo\u2019lsa kerakki, Yodgor Muhammad Mirzoning ham ruhiyatida shuhratparastlik keng quloch yozgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yodgor Muhammad Mirzo boshqa temuriy shahzodalaridek harbiy salohiyatli, jang ko\u2019rgan, chiniqqan yigit emas edi. Zotan, o\u2019ziga qolsa Xuroson taxtiga da\u2019vo ham qilmagan bo\u2019lardi. Lekin uning atrofidagi yaqin kishilari, jumladan, amir Hasanbek, ammasi Poyanda Sulton begim va boshqalarning tazyiqi bilan unda jahongirlik havasi shakllanib qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yodgor Muhammad Mirzoning Xuroson uchun boshlagan yurishida ammasi, tadbirkor, jasur malika Poyanda Sulton begim rahnamolik qilardi. Poyanda Sulton begim turkman hukmdor Hasanbekdan katta harbiy ko\u2019mak olib, yosh shahzoda Yodgor Muhammad Mirzoni Jurjon hokimining ustiga qo\u2019qqisdan hujum qilishga ko\u2019ndiradi. Jurjonni osongina qo\u2019lga kiritgach, soddadil shahzodada Hirot taxtiga o\u2019tirib, toj kiyish havasi bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1469 yil sentabrda Yodgor Muhammad Mirzo turkman qo\u2019shinining yordamida Xuroson hududiga qarab yuradi. Bu xabar Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaroga yetgach, darhol dushmanga qarshi yo\u2019lga chiqadi. Sulton Husayn Boyqaro Mashhadda qisqa muddat to\u2019xtab, Chinoron mavzeiga qarab yo\u2019l oladi. Shu asnoda Yodgor Muhammad Mirzo ham Chinoronga yqainlashib kelmoqda edi. Har ikki qo\u2019shin Chinoron yaqinida bir-biriga to\u2019qnashib, shiddatli jang sodir bo\u2019ladi. Jang oqibatida turkman qo\u2019shini parokandalikka uchrab, Yodgor Muhammad Mirzo chekinishiga majbur bo\u2019ladi. Sulton Husayn Boyqaro Hirotga qaytib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo ko\u2019p o\u2019tmay, turkman hukmdori amir Hasanbek Yodgor Muhammad Mirzoni yangi qo\u2019shin bilan ta\u2019minlab, Xurosonga jo\u2019natadi. Yodgor Muhammad Mirzo qo\u2019shini Nishopur va Sabzavorga bostirib kiradi. Bu xabarni eshitgan Sulton Husayn Boyqaro bir necha ishbilarmon amirlar boshchiligida dushmanga qarshi ilg\u2019or jo\u2019natadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo Yodgor Muhammad Mirzoning qo\u2019shini Astrobodni qo\u2019lga kiritgach, endilikda Hirotga yaqinlashmoq taraddudida edi. Binobarin, Yodgor Muhammad Mirzoning hufiya kishilari Hirot atrofida kun sayin ko\u2019paymoqda edilar. Boz ustiga Sulton Husayn Boyqaro qo\u2019shinidan ayrim sotqin amirlar Yodgor Muhammad Mirzo tomoniga qochib o\u2019tardilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Yodgor Muhammad Mirzoning qo\u2019shinlari Mashhad tomon yurganini eshitgan Sulton Husayn Boyqaro darhol Neratu qal\u2019asi tomon yuradi. Shu asnoda Hirot tashqarisida joylashib olgan malika Poyanda Sulton begim Faridun barlos, Sulton Ahmad va boshqa amirlarning ig\u2019vosi va harakati bilan Hirotga kirib, jiyani Yodgor Muhammad Mirzoni Xuroson shohi deb e\u2019lon qiladi. Shahar ichida shodiyonalar chalinadi. Yodgor Muhammad Mirzo poytaxt Hirot qo\u2019lga olinganligi xabarini olgach, Tusdan Hirotga qarab yo\u2019l oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yodgor Muhammad Mirzo Hirotga kelib, Bog\u2019i zog\u2019onga o\u2019rnashib oladi. Saltanat ishini ammasi Poyanda Sulton begim olib boradi. Yodgor Muhammad Mirzo esa ayshu ishratga berilib, ertayu kech mayxo\u2019rlik va chiroyli qizlar og\u2019ushida edi. Turkman qo\u2019shini shahar xalqini talash, mol-mulk orttirish bilan mashg\u2019ul edilar. \u201cXulosat ul-axbor\u201d muallifining ta\u2019kidlashicha, shahar xalqi Yodgor Muhammad Mirzo qo\u2019shinining istibdodidan nihoyat darajada og\u2019ir ahvolga tushgan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1470 yil avgustida Sulton Husayn Boyqaro o\u2019z qo\u2019shini bilan Hirotga yaqinlashib kelib, ulug\u2019 mutafakkir Alisher Navoiy bilan birgalikda, Yodgor Muhammad Mirzoni qo\u2019lga olish rejasini tuzadilar. Rejaga muvofiq, Alisher Navoiy bir necha beklar bilan tun sahar paytida shaharga kirib, Bog\u2019i zog\u2019onda g\u2019avlat uyqusida mast holda yotgan Yodgor Muhammad Mirzoni bog\u2019lab olib chiqadilar. Shundan so\u2019ng shahar darvozalari ochilib, Sulton Husayn Boyqaro qo\u2019shini shaharga bostirib kiradi. Yodgor Muhammad Mirzoning qo\u2019lga tushgan xabari yashin tezligida tarqaladi. Beg\u2019am va iste\u2019dodsiz shahzodaning qo\u2019shini va yaqin kishilari o\u2019z jonlarini saqlash uchun har tomonga qochib ketadilar. Sulton Husayn Boyqaro yosh shahzoda Yodgor Muhammad Mirzoga rahm-shafqat yuzasidan uni o\u2019ldirmasllikka qaror qilgan bo\u2019lsa-da, biroq arkon davlat darhol shahzodani qatl qilishni talab qiladilar. Sulton Husayn Boyqaro Shohruh Mirzo avlodining eng so\u2019nggi namoyandasi bo\u2019lmish shahzoda Yodgor Muhammad Mirzoni qatl qilishga farmon beradi. Shu bilan Xurosonda Shohruh Mirzo avlodining hukumatdorligi batamom tugatiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shohruh Mirzo Amir Temurning to\u2019rtinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 14 rabbiul &#8211; soniy 779\/1377 yil 20 avgust payshanba kuni tug\u2019ilgan. Uning onasi Tag\u2019oy Turkon Og\u2019odir. G\u2019arbiy Yevropa olimlaridan ba\u2019zilari, jumladan Bretshneydey Shohruh &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shohruh-mirzo\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-55529","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55529","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55529"}],"version-history":[{"count":8,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55529\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108087,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/55529\/revisions\/108087"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55529"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}