{"id":947,"date":"2021-09-10T07:38:34","date_gmt":"2021-09-10T04:38:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=947"},"modified":"2021-09-10T07:38:35","modified_gmt":"2021-09-10T04:38:35","slug":"markaziy-osiyo-insoniyat-sivilizatsiyasining-qadimgi-ochoqlaridan-biri","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/markaziy-osiyo-insoniyat-sivilizatsiyasining-qadimgi-ochoqlaridan-biri\/","title":{"rendered":"Markaziy Osiyo insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o\u2019choqlaridan biri"},"content":{"rendered":"\n<p>Markaziy Osiyo insoniyat olamida juda qadimdan madaniyati rivojlangan, tarixi boy mintaqalardan biridir. Bu muqaddas zaminda odamzotning ilk ajdodlari faoliyatidan guvohlik beruvchi ko\u2019pgina materiallar topilgan. O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ham O\u2019zbekiston deb ataluvchi hudud, ya\u2019ni Vatanimiz nafaqat Sharq, umumjahon sivilizasiyasi beshiklaridan biri bo\u2019lganligini butun jahon tan olmoqda deb qayd qilgandi. (Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo\u2019q. -T. \u00abSharq\u00bb, 1998. 3-bet).<\/p>\n\n\n\n<p>Sivilizatsiya so\u2019zi &#8211; lotincha so\u2019z bo\u2019lib, fuqoraviy va ijtimoiy ma\u2019nosida jamiyatning o\u2019z taraqqiyoti jarayonida yaratgan moddiy va ma\u2019naviy boyliklarning, ularni yanada ko\u2019paytirib va takomillashtirib borish usullarning majmuidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Insoniyat o\u2019z boshidan katta uch davrni: yovvoyilik, vahshiylik va sivilizasiyani kechirdi. Sivilizasiya bundan 5-6 ming yil muqaddam boshlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sivilizasiya ayrim hududiy, bir-biri bilan bog\u2019lanmagan sivilizasiya maskanlari sifatida shakllana boshlab (Qadimgi Misr sivilizasiyasi, Qadimiy Hind sivilizasiyasi, O\u2019rta yer dengizi sivilizasiyasi, Markaziy \u041esiyo sivilizasiyasi va hakozo), bozor munosabatlari iqtisodiy hukmronlik shakillanishi davrida umumjahon sivilizasiyasiga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sivilizasiyaning tarixi qonli urushlar va diniy jaholatparastlikka qarshi, dunyoviy madaniyat uchun kurash tarixidir. XX asrning 2- yarimiga kelib ilg\u2019or fan, texnika va texnologiya asosida ish ko\u2019rib, o\u2019zlarida demokratik, insonparvar jamiyat va huquqiy davlat qurgan mamlakatlargina haqiqiy sivilizasiya yo\u2019liga chiqmoqdalar. Sivilizasiya inson taraqqiyotining mahsuli va ayni vaqtda uning asosidir. U insoniyat jamiyatining nihoyatda nozik holati bo\u2019lib, vaqt jihatdan 5 mln. yillik insoniyat tarixining bor-yo\u2019g\u2019i 0,1 foizni tashkil qiladi, ya\u2019ni insoniyat o\u2019zining bosib o\u2019tgan yo\u2019lining 99,9 foizi davomida ibtidoiy jamoa darajasida hayot kechirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustaqil O\u2019zbekistonning maqsadi &#8211; hozirgi zamonning insonparvar, demokratik va huquqiy davlatiga, ya\u2019ni sivilizasiyali, ma\u2019rifiy davlatga aylanib, xalqning<br>farovonligini ta\u2019min etish hamda ilg\u2019or mamlakatlar qatoridan joy olishdir. Buning asosi va zaruriy sharti davlatimizda ta\u2019min etilgan tinchlik, barqarorlik va hamjihatlikdir.<br>Tabiatshunos va jamiyatshunos olimlar inson faoliyati bilan bog\u2019liq bo\u2019lgan yuksak rivojlanishni kuzatar ekan, bu yo\u2019lda ko\u2019p yillar davomida izlanishlar olib borib, inson tarixiy taraqqiyotini turli ijtimoiy-iqtisodiy davrlarga va bosqichlarga bo\u2019lib o\u2019rganishni taklif qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Janubiy Qozog\u2019iston, Tojikiston, O\u2019zbekistonning Toshkent viloyatidagi Ko\u2019lbuloq va Farg\u2019ona vodiysidagi Selung\u2019ur g\u2019ori arxeologik qazishmalar natijalariga ko\u2019ra, odamzotning O\u2019rta \u041esiyodagi ilk faoliyati ashel davriga, ya\u2019ni bir million yilga yaqin yillarga tegishli ekanligi aniqlanmoqda. Endilikda hududimiz jahonda odamzodning ilk ajdodlari yashagan mintaqaga kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Eng qadimgi jamoa tuzimi &#8211; kishilik jamiyati tarixining boshlang\u2019ich va tarkibiy qismidir. Bu tuzumning ilk bosqichi &#8220;ibtidoiy to\u2019da&#8221; keyingi bosqichi esa &#8220;urug\u2019chilik jamoasi&#8221; deb ataladi. Bu tuzumning boshlang\u2019ich davrida odamlar toshdan, yog\u2019ochdan va suyakdan har-xil qurollar yasab, oddiy termachilik bilan shug\u2019ullanganlar. Bu davrda odamlarning turmush tarzi oddiy bo\u2019lib, boy va kambag\u2019al bo\u2019lmagan. Ular har jihatdan tabiat ne\u2019matlariga qaram bo\u2019lishgan. \u041edamlar g\u2019or, ungur va chakalakzorlarda hamda qamishzorlarda yashab tunaganlar. Ularni umumiy turmush va umumiy mehnat birlashtirgan. Ibtidoiy jamoa tizimida qadimgi odamlarning asosiy mashg\u2019uloti termachilik va ovchilik bo\u2019ldi. Termachilik inson hayotida muhim vazifa bo\u2019lib, insonlar qorin to\u2019ydirish maqsadida nima uchrasa istemol qilgan. Bu ularning sog\u2019ligiga ta\u2019sir qilib manbalarda ko\u2019rsatilishicha ilk paleolit odamlarining o\u2019rtacha yoshi 28 dan oshmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Eng qadimgi jamoa tuzumi odamlarning hayoti va ularning mashg\u2019ulotlarining o\u2019rganishda asosan moddiy manbalar yaqindan yordam beradi. Moddiy manbalar inson qo\u2019li bilan yaratilgan barcha narsa kiradi. Ular asosan yer ostida topilgan mehnat va ov qurollari, odam va hayvon suyaklari, turli xil idishlar, turli xil manzilgoh qoldiqlari shular jumlasidandir. Umuman olganda tarix fanini o\u2019rganishda moddiy va ma\u2019naviy manbalar muhim rol o\u2019ynaydi. <strong>Tarixni mana shu manbalar asosida o\u2019rganadigan fan Arxeologiya deb atalib, bu esa &#8220;qadimiyat to\u2019g\u2019risidagi fan&#8221; demakdir. <\/strong>Arxeologlar moddiy manbalardan tashqari eng qadimgi odamlar suyaklarini ham topadilar. \u041edamlar qiyofasi, kelib chiqishi va rivojlanishining o\u2019rganadigan fan antropologiya &#8211; odam haqidagi fan deb ataladi. Xalqlarning urf-odatlari, xo\u2019jalik va madaniyatni o\u2019rganuvchi fan etnografiya, ya\u2019ni yunoncha so\u2019z bo\u2019lib, &#8220;urf-odatlarni o\u2019rganuvchi fan&#8221; shug\u2019ullanadi.<br>Eng qadimgi odamlar yasagan qurollar asosan toshdan bo\u2019lgani uchun insoniyat tarixining dastlabki bosqichi tosh davri deb ataladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Arxeologlar eng qadimgi jamoa tuzumi, uning tarixiy davrlarini quyidagicha bo\u2019lib o\u2019rgangan:<\/p>\n\n\n\n<p><strong>1)Paleolit <\/strong>&#8211; qadimgi tosh davri, bu davr taxminan 700-100 ming yilliklarni o\u2019z ichiga oladi. O\u2019z navbatida ushbu davr 3 bosqichga bo\u2019linadi. Ilk paleolit, o\u2019rta paleolit, va so\u2019nggi paleolitga. O\u2019rta paleolit 100-40 ming yilliklarni o\u2019z ichiga olsa, so\u2019nggi paleolit esa 40-12 ming yilliklarni o\u2019z ichiga oladi;<\/p>\n\n\n\n<p><strong>2)Mezolit <\/strong>&#8211; O\u2019rta tosh davri, 12-7 ming yillikni o\u2019z ichiga oladi;<\/p>\n\n\n\n<p><strong>3)Neolit <\/strong>&#8211; yangi tosh davri, 6-4 ming yillikni o\u2019z ichiga oladi;<\/p>\n\n\n\n<p><strong>4)Eneolit <\/strong>va bronza &#8211; mis &#8211; tosh davri 4-3 ming yillikni va 2-ming yillikning oxirigacha bo\u2019lgan davrni o\u2019z ichiga oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u041edamzotning paydo bo\u2019lishi muammosi birgina biologiya fanining vazifasi bo\u2019lmay, balki bu jumboq bilan arxeologiya va antropologiya fanlari ham shug\u2019ullanadi. Bu muammoning ilmiy va ilohiy yechimlari mavjud bo\u2019lib diniy ta\u2019limotdan odamzodning yaratilishi ilohiyot bilan bog\u2019lanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Insoniyatning paydo bo\u2019lishi haqida ham olimlar o\u2019rtasida biron ilmiy asoslangan aniq natijalar yo\u2019q. Bu muammo bilan qadimdan olimlar shug\u2019ullanib kelishgan. XVIII asr oxirida Jems Monboddo birinchi bo\u2019lib odamning eng oliy tipdagi aqlli zotli odamsimon &#8220;maymun&#8221;dan tarqadi degan g\u2019oyani ilgari surdi. U &#8220;maymun&#8221;larning odamga aylanishida mehnatning roli katta ekanligini ta\u2019kidladi. \u041edamzodning eng oliy tipidagi maymunsimon ajdodlari bilan bog\u2019liqligi haqidagi ilmiy g\u2019oya Charlz Darvinga nasb etdi. Bu mavzu haqida ham hozirda turli qarashlar vujudga kelmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Ilmiy izlanishlarga qaraganda insonning maymunsimon ajdodlarini quydagi guruhlarga bo\u2019lish mumkin:<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirgi kunda bu aqlli odamlarning qoldiqlari yer kurrasining 100 dan ortiq nuqtalaridan topib o\u2019rganildi. Markaziy \u041esiyoda xususan O\u2019zbekistonda yashagan ilk ajdodlarimizning manzilgohlari Farg\u2019ona vodiysining So\u2019x rayonidagi Seleng\u2019ur g\u2019oridan va Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinidagi Ko\u2019lbuloq makonidan topib o\u2019rganildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Seleng\u2019ur g\u2019ori 1958 yilda akad. A.P.\u041ekladnikov tomonidan tadqiq etilgan O\u2019zbekiston FAsining muxbiri a\u2019zosi U.Islomov 1980 yildan boshlab Seleng\u2019ur g\u2019ori arxeologiyasiga oid takroriy ishlar olib borib yangi kashfiyot qildi. U g\u2019ordan topilgan tosh qurollari va hayvon suyaklarini chuqur o\u2019rganib Seleng\u2019urda yashagan ajdodlarimiz ashelu davriga, ya\u2019ni ilk poleolitga mansub ekanligini isbotladi. Ilk poleolit 1 million 100 ming yilliklarni o\u2019z ichiga oladi. Demak, bu g\u2019orda yashagan ajdodlarimizning yoshi yaqin 1 million yil atrofida degan xulosa qilindi. Ushbu g\u2019ordan topilgan ajdodlarimizning nomi fanga &#8220;Fergantrop&#8221; yoki &#8220;Farg\u2019ona odami&#8221; nomi bilan kirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019rta poleolit davrida (bundan 100-40 ming yil avval) arxeologiya fanida mustuye davri ham deb ataladi. Mustuye Fransiyadagi bir shaharning nomi. Bu davrda havo soviy boshlab muzlik keng tarqalgan. Insonlar ovchilikning takomillashtirib yirik hayvonlarni ov qila boshlagan. Turli xil yo\u2019llar bilan o\u2019t chiqarishni o\u2019rganganlar. Kishilar bu davrda o\u2019zlariga yashash uchun boshpanalar (g\u2019orlar, kapa, chayla) qurganlar. Poda &#8211; poda bo\u2019lib yurish bu davrda ham davom etgan. Bu davrning odami Neandertal deb atalgan. Ular past bo\u2019yli, pastgi jag\u2019i ham yo\u2019q, ikki og\u2019iz tishi bo\u2019rtib chiqqan, qo\u2019l panjalar kalta va yo\u2019g\u2019on, boldir suyaklari bir oz egri bukulganligi sababli rosa tikka yura olmagan. Ular ko\u2019p jihatdan deyarli hozirgi zamon odamlariga yaqin bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019rta poleolit davri yodgorliklari O\u2019zbekiston hududidan juda ko\u2019p topilgan. Surxondaryo (Teshiktosh), Samarqand (\u041emonqo\u2019ton, Qo\u2019turbo\u2019loq, Zirabo\u2019loq), Toshkent (\u041ebiraxmat, Xo\u2019jakent, Ko\u2019lbuloq), Navoiy (Uchtut) viloyatlarida ko\u2019plab bu davr manzilgohlari mavjud.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekistonda topilgan mustye davri yodgorliklari orasida Teshiktosh g\u2019ori alohida ahamiyat kasb etadi. Bu g\u2019or Surxondaryo viloyatida bo\u2019lib, 1938 yili arxeolog A.P.\u041ekladnikov tomonidan o\u2019rganildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu yerda o\u2019tkazilgan arxeologik izlanishlar natijasida toshdan yasalgan ov va mehnat qurollari bilan birga, muhim topilma 9 yashar Neandertal bolasining suyagi topildi. Qabr hayvon shoxlari bilan atrofi o\u2019rab olingan, demak, bu davr odamlarning asosiy mashg\u2019uloti hayvon ovi bo\u2019lgan. Ilmiy natijalar shuni ko\u2019rsatadiki O\u2019rta paleolitdan boshlab diniy tasavvurlarning dastlabki belgilari asta-sekin paydo bo\u2019la boshlagan. Tarixga diniy tasavvurlarning paydo bo\u2019lishi bundan 35 ming yil ilgari deb ko\u2019rsatiladi. Bu davrda totimizm, animizm, fitshizm, magiya kabi diniy qarashlarning turlari bo\u2019lganligi tarixda ma\u2019lum. Bularga ko\u2019ra qadimgi ajdodlarimiz o\u2019zlari ovlaydigan hayvonlarga, jon va ruhlarga, sanamlarga, budlarga, jonsiz narsalarga sig\u2019inishgan. Teshiktosh g\u2019orini o\u2019rganishda gulxan qoldiqlari borligi aniqlangan. Shundan bilish mumkinki, bu davrda havo nihoyatda sovugan, olov esa inson uchun juda zarur bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimgi tosh davrining so\u2019nggi bosqichi eng qadimgi jamoa tuzumi arxeologik davrlashtirishda yuqori paleolit nomi bilan ataladi. Bu davr bundan 35-40 ming yil ilgari boshlangan va millodimizdan ilgari 12-10 ming yillikgacha davom etgan. Yuqori paleolit davrida Markaziy \u041esiyo hududida iqlim quruq bo\u2019lgan. Bu davr odamida rosmana peshona va pastki jag\u2019 shakllangan. \u041eyoq qo\u2019l harakatlari chaqqon bo\u2019lib hozirgi zamon odamlariga xos jismoniy xususiyatlar vujudga kelgan. \u041elimlar bunday odamlarni aqlli, ongli odamlar deb atagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Zamonaviy ko\u2019rinishdagi odamlarning shakllanishi davrida uch asosiy irq tashkil topdi: Yevropa, Negr (Zanji) va Mangol irqlari. Bu davrda mehnat qurollari ancha takomillashdi, odamlarning ongi o\u2019sdi, natijada, ular turli xil taqinchoqlar yasay boshladi. \u041edamlar yog\u2019ochni bir-biriga ishqalash yoki chaqmoq toshni bir-biriga urish yo\u2019li bilan sun\u2019iy tarzda olov hosil qilishni o\u2019rganib oldilar.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2019nggi paleolit davrida insonlar orasida dastlabki diniy qarashlar va marosimlar paydo bo\u2019ldi. Ulardan Animizm &#8211; tabiatdan tashqari kuchlarga ishonish, jon va ruhlarning mavjudligiga ishonish, Totimizm ajdodlar ruhiga sig\u2019inish, Magiya &#8211; sehrgarlik shular jumlasidandir.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu davrga oid 30 ga yaqin yodgorliklar Markaziy \u041esiyo hududidan topilib o\u2019rganilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2019ngi paleolit davrining eng muhim sifat o\u2019zgarishi onalar atrofida dastlabki urug\u2019 jamoalarining paydo bo\u2019lishidir. Chunki, tug\u2019ilgan bola dast avval o\u2019z onasini tanigan. \u041eta esa noma\u2019lum bo\u2019lgan. Bu davr jamoasi Materiarxat deb atalgan. Endi odamlar to\u2019da bo\u2019lib yashashdan qarindosh urug\u2019chilik jamoalariga bo\u2019lingan. So\u2019nggi paleolit odamlarning muhim kashfiyoti &#8211; turar joylar qurish bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu davrning yana bir yutug\u2019i &#8211; insonlar ov qurollarini mukammallashtirib nayzani ixtiro qildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2019nggi paleolit davrining tugashi bilan ulkan muzlik davri ham tugaydi. Yer isiy boshlab insonlar yashash uchun qulay sharoit paydo bo\u2019ladi. Bu davr fanda Mezolit &#8211; o\u2019rta tosh davri deb atalib, bu davr 12-7 ming yilliklarni o\u2019z ichiga oladi. Bu davr yodgorliklari Surxondaryodagi Machoy g\u2019or makonidan, markaziy Farg\u2019onaning ko\u2019pgina yodgorliklaridan topib o\u2019rganilgan. Farg\u2019ona vodiysining tog\u2019li va tog\u2019 oldi tumanlarida, Markaziy Farg\u2019onada vujudga kelgan katta va kichik qullar bo\u2019yinlarida mezolit davri ajdodlarimizning juda ko\u2019plab manzilgohlari topilgan. Olim U. Islomov va uning hamkasblari bu hududda 1970-1980 yillarda arxeologik to\u2019qnashuvlar olib borgan va So\u2019h yaqinida Obisher bilan aholi o\u2019rtasida ma\u2019lum bo\u2019lgan ung\u2019urlarda mezolit davri jamoalarining qarorgohlarini kashf etdilar. Bu joylar fanda Obisher-1 va Obisher-5 nomlari bilan ataladi. Ayniqsa Markaziy Osiyoda 100dan ortiq mezolit davri yodgorliklari topilgan. Ularning asosiy qismi qadimgi qo\u2019l yoqlarida joylashganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Mezolit davriga oid manzilgohlar, Toshkentning Sariqamish tumanida qadimgi Bo\u2019zsuv havzasida ham topilgan. Bu tadqiqotlarda ham arxeologi olim U. Islomovning xizmati kattadir.<\/p>\n\n\n\n<p>1970-1971 yillarda Surxandaryo viloyatidagi Machay g\u2019ori tekshirilganda machayliklar shoxli va mayda hayvonlarni xonakilashtirganlar. Bu g\u2019ordan topilgan buyumlar mezolit davrining so\u2019nggi bosqichiga taaluqli ekanligi aniqlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Mezolit davri termachilikning roli ham kuchayib bu termachilik qadimgi termachilikdan tubdan farq qilgan. \u041edamlar endi o\u2019simliklarning ildizi bilan emas mazali mevalari bilan, boshoqli o\u2019simliklarning donlari bilan oziqlanadigan bo\u2019ldi. Ular suyakdan qurol yasab baliq tuta boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Surxondaryoning Zarautsoy darasidagi ov manzarasi mezolit davrida tasviriy san\u2019atning paydo bo\u2019lishidan dalolat beradi. Bu davrda amaliy san\u2019atda ham katta yutuqlarga erishildi. Jamoada onalarning roli nihoyatda kattaligini bu davrda topilgan tosh va mamont suyaklaridan yasalgan ona haykalchalaridan ham bilish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Insoniyat o\u2019z taraqqiyot yo\u2019lida mezolit davridan so\u2019ng neolit deb atalgan yangi tosh davrini o\u2019z boshidan kechirdi. Bu davrda odamlar toshlarni randalash, pardozlashni o\u2019rganib oldilar. Tosh qurollar ichida tosh boltalar paydo bo\u2019ldi. Bu davr Markaziy \u041esiyoda 6-4 ming yilliklarni o\u2019z ichiga oldi. Bu davrda insonlar sopoldan turli xil buyumlar yasay boshlaydilar. To\u2019qimachilik, kemasozlik paydo bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Neolit davrining asosiy xususiyatlari qadimgi ajdodlarimiz termachilikdan o\u2019troqlashishga o\u2019ta boshlab o\u2019zlari uchun doimiy makonlar qura boshlaydi. Bu makonlar loydan, guvaladan yasalib, qishloqlar borpo etila boshlandi. Ana shu tariqa doimiy o\u2019troqlik xo\u2019jaligi vujudga kela boshladi. Bu hol dehqonchilikning kelib chiqishiga, cho\u2019lli mintaqalar azim daryo va ko\u2019l bo\u2019ylarida o\u2019troq ovchilik xo\u2019jaligining qaror topishiga sabab bo\u2019ldi. Hozirgi Turkmanistonning Kopetdog\u2019 tog\u2019i oldi rayonlarida neolit davri odamlari miloddan avvalgi VI ming yillikning oxiri va V ming yillikning boshlarida ilk dehqonchilik madaniyati bilan band bo\u2019ldilar. Bungamisol qilib &#8220;Joyi Tun&#8221; (qorong\u2019u joy) madaniyatini olish mumkin. Bu yerda rus arxeologi S. P. Tolstov ilmiy izlanishlar olib borgan. Tekshirish natijasida bu yerdan ko\u2019plab mehnat qurollari, paxsa uy qoldiqlari sopol idishlar hayvon suyaklari topilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Neolit davriga oid manzilgohlar Zarafshonning o\u2019rta havzasidan, hozirgi Samarqand viloyatining Sazag\u2019on qishlog\u2019ida ham topilgan. Bu yerda odamlar tog\u2019 oldi joylarida yashaganlar. Ular yirik shoxli hayvonlarni boqib chorvachilik bilan shug\u2019ullanganlar. Neolit davri o\u2019ziga xos madaniyatlaridan yana biri Kaltaminor madaniyatidir. Kaltaminorga oid makonlar dastlab Amudaryo etaklari va Xorazm hududidan topilgan. Bular orasida Xorazmdagi Yonboshqal\u2019a makoni diqqatga sazovor. Bu yerni qazish vaqtida chayla shaklidagi makon ochilgan. Bu makon yog\u2019och ustun, sinchlar bilan ko\u2019tarilgan. Ustiga ko\u2019ndalang yog\u2019ochlar tashlanib, usti qamish bilan berkitilgan. Chayla o\u2019rtasidan katta markaziy o\u2019choq qoldig\u2019i, atrofida mayda o\u2019choq qoldiqlari ochilgan. Makondan nayza poykonlari, kamon o\u2019qlarining uchlari va boshqa tosh qurollar topilgan. Makonning qatlamlaridan baliq, yovvoyi cho\u2019chqa, qirg\u2019ovul suyaklari va jiyda danaklari ham topilgan. Jonbosqal\u2019a topilmalari orasida sopol idish parchalari ham bo\u2019lib, tadqiqotchilar fikricha bu sopollar mil. avv. V-IV ming yilliklarga oiddir.<\/p>\n\n\n\n<p>Kaltaminor madaniyatiga oid yodgorliklar, Zarafshon etaklaridagi Darvozaqir makonidan ham topib o\u2019rganilgan. Bu yerdan topilgan sopol idish namunalari Jonbosqal\u2019a sopollariga juda o\u2019xshashdir. Quyi Zarafshon va Qashqadaryo etaklaridagi Darvozaqir, Katta va Kichik Tuzkon, Qorong\u2019isho\u2019r, Poykent makonlaridan topilgan tosh qurollar va sopol buyumlar hamda boshqa ashyolarni chuqur o\u2019rganish, Yaqin Sharq, Qozog\u2019iston, Ural va boshqa joylardan topilgan neolit davri ashyolari bilan qiyoslash natijasida tadqiqotchilar yuqorida eslatilgan makonlar Kaltaminor madaniyatiga mansub bo\u2019lib mil.avv. IV-III ming yilliklarga oid degan xulosaga keldilar. Bu makonlarda yashagan neolit davri odamlari termachilik, jayron, yovvoyi ot, yovvoyi cho\u2019chqa, bug\u2019u va boshqa hayvonlar, baliq ovlab kun kechirishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Keyingi 25-30 yil ichida Markaziy Osiyoning neolit davri Xisor madaniyatiga oid yodgorliklarini o\u2019rganishda katta yutuqlarga erishilib sharqiy tumanlarda asosan Hisor \u2013 Pomir tog\u2019laridan topilgan, neolit davri makonlari Hisor madaniyati nomi bilan ataladi. Bu madaniyat tog\u2019 madaniyati bo\u2019lib Tojikistonning tarkibidan, Hisor-Bobotog\u2019 oralig\u2019idan topib tekshirilgan. Hisor madaniyatiga mansub yodgorliklar 200 dan ziyod bo\u2019lib, ularning eng mashhurlari Tutqovul, Soysayyod, Quyi Bulyon va boshqalardir. So\u2019nggi vaqtda Tojikistonning Vaxsh, Kofirnihoi daryolari, Ko\u2019lob shahri atrofidan topilgan neolit davri yodgorliklari ham Hisor madaniyatiga mansub bo\u2019lib, miloddan avvalgi V-III ming yilliklarga borib taqaladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hisorliklar sopol idishlar yasab, asosan chorvachilik, ovchilik, qisman termachilik bilan shug\u2019ullanganlar. Tadqiqotchilarning fikricha, Hisor madaniyatiga oid yodgorliklar qoldirgan neolit davri qabilalari mezolit madaniyatining bevosita avlodlaridir.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Neolit davri manzilgohlarini o\u2019rganish natijasida shunday xulosa keladiki<\/strong> <strong>dehqonchilikdan ajralgan chorvachilik bir vaqtning o\u2019zida sodir bo\u2019ladi. Birin-ketin emas. Bu hol tarixda birinchi mehnat taqsimoti deb atalib uni kashf etishda<\/strong> <strong>ayollar asosiy rol o\u2019ynagan.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Neolit davri kashfiyotlaridan yana biri hunarmadchilikning vujudga kelishidir. Endi ibtidoiy odamlar faqat hayvon terilaridan yasalgan kiyim-kechaklarnigina emas, balki uni junidan hamda o\u2019simliklar tolasidan to\u2019qilgan matolardan kiyim-kechaklar tikib kiyadigan bo\u2019ldilar. Bu davrda jamoada hali ibtidoiy urug\u2019chilik jamoasi hukmron bo\u2019lib, ona urug\u2019i davom etar edi. Shu boisdan dunyo olimlari neolit davrini materiarxat urug\u2019chilik tartiblarining gullagan davri deb baho beradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Millodan avvalgi 3 ming yillikning oxiriga kelib, Markaziy \u041esiyoda tosh davri tugadi, u o\u2019z o\u2019rnini eneolit va so\u2019ng bronza davriga bo\u2019shatib berdi. Insonlar ilk bor mis metalini kashf etdi. Undan dastlab taqinchoqlar yasay boshlagan. Shu sababli bu davr Eneolit mis-tosh davri deb ataladi. \u041edamlar bu davrda ham misdan, ham toshdan yasalgan qurollardan foydalanganlar. Chunki mis metal sifatida yumshoq va undan yasalgan qurollar mo\u2019rt bo\u2019lganligi tufayli mehnat qurollarining ko\u2019pchiligi hali toshdan ishlanardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mehnat qurollari takomillashtirilib rudali metallar, mis, qalay, kumush, oltin ixtiro etilib ularni eritib, foydalanish o\u2019rganildi. Qadimgi \u00abmetallurglar\u00bb mis va qalayni qorishtirib bronza (jez) olishni bilib oldilar. Bronza egiluvchan, mustahkamroq metal edi. Natijada millodan avvalgi 3-2 ming yillikning oxiri tarixga bronza davri bo\u2019lib kirdi. Ilk bor bronza milloddan avvalgi 3-ming yillikdan \u041eld \u041esiyo va Hindistonda kashf etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bronzaning kashf etilishi qadimgi jamoa xo\u2019jaligida ro\u2019y bergan buyuk madaniyxo\u2019jalik ixtiro edi. Bu bilan mehnat qurollarining turi ko\u2019paydi, harbiy qurollarning jangovorligi ortdi. Ammo bronzaning kamchiligi, toshdan yasalgan mehnat qurollarini uzil-kesil siqib chiqara olmadi.<br>Arxeologik kuzatishlar shuni ko\u2019rsatadiki, O\u2019rta \u041esiyoda bu davrda ovchilik va termachilik hayotda o\u2019zining dastlabki rolini yo\u2019qotdi. Aholining asosiy xo\u2019jaligi dehqonchilik va chorvachilik bo\u2019lib qoldi. Zarafshon vohasida ilk dehqonchilik izlari bronza davriga borib taqaladi. Buni isboti uchun Buxoro yaqinidagi Zamonbobo madaniyatini misol tariqasida aytish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Arxeologiyaga oid qazishlar vaqtida Zamonbobo ko\u2019li atrofidagi qabrlardan naqshli sopol idishlar, erkaklar qabrlaridan chaqmoqtoshdan yasalgan qurollar, pichoqsimon buyumlar, ayollar qabrlaridan qizil va sariq oxra, surma ushoqlari, tosh bezaklar, oltindan yasalgan marjonlar topilgan. Ulardan tashqari qabrlardan sopol idishlarga solingan don qoldiqlari ham topilgan. Bu shundan dalolat beradiki bu manzilgohda yashagan aholi bronza davridan boshlab dehqonchilik va chorvachilik bilan shug\u2019ullanganlar. Yuqori Zarafshonning Panjikent shahridan 15 km g\u2019arbda topilgan Sarazm qishlog\u2019i xarobasi muhim arxeologik yodgorlikdir. U dehqonchilik qabilalarining Markaziy Osiyo shimoli-sharqiga yoyilganligidan dalolat berib, qadimgi dehqonchilik aholisining geografik chegaralarini ham ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sarazm 1 davri sopol idishlari rangli naqshlar bilan bezatilgan bo\u2019lib, Turkmanistonning Anov II, Geoksyur tipidagi moddiy buyumlarga ancha o\u2019xshaydi. Idishlar sirtida qora va qizil bo\u2019yoqlar bilan ishlangan turli geometrik naqshlar bor. Shuningdek, topilmalar orasida misdan yasalgan qurollar ham uchraydi. Bu topilmalar miloddan avvalgi IV ming yillikning oxiri \u2013 III ming yillikning boshlariga oiddir.<\/p>\n\n\n\n<p>Sarazm 1 davri qurilishlari ko\u2019p xonali uy massivlaridan iboratdir. Ular katta jamoa uylari hamdir. Hozirgi vaqtgacha bu yerdan 48 ta paxsadan qad ko\u2019targan xonalar topib tekshirildi. Umumiy turar joylar yakka kichik oilalarga mo\u2019ljallangan bo\u2019lib, 2-3 xonali qilib qurilgan. Ular uy-joy va ro\u2019zg\u2019or xo\u2019jalik inshootlari vazifasini bajargan. Turar joylarga moslashgan xonalarda dumaloq shaklda ishlangan o\u2019choqlar ham topilgan. Yuqori Zarafshon vohasining tabiiy sharoiti dastlabki dehqonchilik rivojlanishi uchun uncha qulay emas edi. Shuning uchun tog\u2019larga yaqin joylashgan Sarazm aholisi hayotida metall ishlatish muhim ahamiyat kasb etgan bo\u2019lishi mumkin. Bunday madaniyat yodgorliklari O\u2019zbekistonda Surxondaryo (Sopollitepa, Jarqo\u2019rg\u2019on), Xorazm (Tozabog\u2019iyob) Toshkent (Achiqul), Namangan (Dolvarzintepa), Qashqadaryo (Yer qo\u2019rg\u2019on, To\u2019rtqultepa) va boshqa viloyatlarda ham ko\u2019plab topilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019lkamizda dehqonchilikni rivojida sun\u2019iy sug\u2019orish asosiy rol o\u2019ynaydi. Mintaqa iqlimi issiq bo\u2019lganligi sababli, dehqonchilik dastlab daryo va jilg\u2019a bo\u2019yinlarida tashkil topgan. Ekinlar daryolardan qazib olib borilgan ariq va kanallar orqali sug\u2019orilgan. Bu ish nihoyatda og\u2019ir va mashshaqqatli mehnatni talab qilgan. Afsuski, o\u2019lkada boshqa yo\u2019l bilan dehqonchilikni rivojlantirish mumkin emas edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Inson g\u2019ildirakni kashf etib undan qo\u2019l tegirmoni, arava, charxpalak yasab, ulardan foydalana boshladi. Yuk tashish vositalari vujudga keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019lkamizda paxtachilik va ipakchilikning kashf etilishi haqida gapirganda Surxondaryo viloyatidagi Sopollitepa yodgorligini gapirib o\u2019tish zarur. Sopollitepaning dastlabki maydoni 4 gektar bo\u2019lib, atrofi uch qator mudofaa devorlari bilan o\u2019rab olingan. 1969-1974 yillarda bu yerda A. Asqarov rahbarligida ilmiy izlanishlar olib borilgan. Qazish jarayonida bu yerdan xom g\u2019ishtdan qurilgan ko\u2019p xonali uy-joy qoldiqlari, turli xil mehnat qurollari, uy-ro\u2019zg\u2019or buyumlari, sopol idishlari, bezaklar, taqinchoqlar topilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sopollitepaliklar abadiy o\u2019limga ishonmaganlar, \u00abnarigi dunyo\u00bb tushunchasi ularda kuchli bo\u2019lgan. Shu sababli ular marhum yoniga uning mol-mulki, idish tovoqlarda ovqatlar bilan ko\u2019mgan. Agar jamoa a\u2019zosi bedarak yo\u2019qolsa, unga qabr kovlanib, qabrga odam haykalchasi, qo\u2019y yoki echki bolasi ko\u2019milgan. Bunday mozorlar fanda \u00abkenetaf\u00bb deb yuritilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sopollitepada hunarmandchilikning boshqa turi-to\u2019qimachilik ham yuksak rivoj topgan. U yerdagi mozorlardan kiyim qoldiqlari topilgan. Bu kiyim qoldiqlari tekshirilganda ular paxta va tabiiy ipakdan ishlanganligi ma\u2019lum bo\u2019ldi. Bu buyuk ixtiro bo\u2019lib, o\u2019tmishdagi ajdodlarimiz bronza davridan boshlab paxta ekish va uni ko\u2019paytirish bilan shug\u2019ullanganliklaridan dalolat beradi. Bu ilmiy dalillari shu bugungacha darsliklarda aniq yoritilmagan. Ipakning vatani Xitoy bo\u2019lgan va O\u2019zbekistonga ipak Xitoydan olib kelingan degan fikrlarni inkor etmoqda. Markaziy \u041esiyoda jumladan, O\u2019zbekistonda ipakchilik tarixining ildizlari bronza davriga borib taqalishi isbotlandi. Arxeologiyaga oid tekshiruvlar shundan dalolat beradiki o\u2019lkamizda paxtachilik tarixi 3,5 ming yildan kam emas. Bronza davri bilan shug\u2019ullangan tadqiqotchilar bu davrni uchta katta yilnoma davrga: ilk, rivojlangan va so\u2019ngi bronza davrlariga bo\u2019ladilar. Markaziy Osiyoning shimoliy va sharqiy hududlarida mavjud bo\u2019lgan bronza davri yodgorliklari madaniyati janubiy hududlardagi o\u2019troq madaniyatdan ajralib turadi. O\u2019zbekiston hududida bronza davrida asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug\u2019ullangan qabilalarning moddiy-madaniy yodgorliklari Xorazmda Tozabog\u2019yob madaniyati (shu nomli kanal atrofidan topilgan) nomi bilan mashhur. Bu davrga mansub sopol buyumlar Qozog\u2019iston va Sibir cho\u2019l hududlaridagi sopollarga ancha o\u2019xshab ketadi. Lekin, Tozabog\u2019yob madaniyati o\u2019ziga xos xususiyatlari bilan Sharqiy Yevropadagi chorvadorlar yaratgan Yog\u2019ochband madaniyatidan, Qozog\u2019iston va Sibirdagi Andronov madaniyatidan ham farq qiladi. Bunga asosiy sabab, tozabog\u2019yobliklar orasida dehqonchilik keng tarqalgan.<br>Xorazmda tekshirilgan so\u2019nggi bronza davri yodgorliklari Amirobod madaniyati nomi bilan atalgan. Amirobod madaniyati miloddan avvalgi IX-VIII asrlarga oiddir. Bu davr yodgorliklari Tozabog\u2019yob madaniyati xususiyatlarini saqlab, yarim yerto\u2019la, turarjoy, sug\u2019orish inshootlari izlari va qo\u2019lda yasalgan sopol idishlar bilan izohlangan. Qadimgi ajdodlarimiz hayotida metall bilan ishlab hunarmandchilik qilish yuksak darajada taraqqiy etgan. Qazishmalar vaqtida yer tagidan juda ko\u2019plab metall buyumlar \u2013 oddiy uy ro\u2019zg\u2019or buyumlaridan tortib to harbiy qurollargacha, ayollarning surmadonlari, oyna va boshqa turli xil idishlar metaldan ishlanganligi ma\u2019lum bo\u2019ldi. \u041eltin va kumushdan turli xil taqinchoqlar yasalgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Markaziy Osiyo insoniyat olamida juda qadimdan madaniyati rivojlangan, tarixi boy mintaqalardan biridir. Bu muqaddas zaminda odamzotning ilk ajdodlari faoliyatidan guvohlik beruvchi ko\u2019pgina materiallar topilgan. O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ham O\u2019zbekiston &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/markaziy-osiyo-insoniyat-sivilizatsiyasining-qadimgi-ochoqlaridan-biri\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-947","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/947","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=947"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/947\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":948,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/947\/revisions\/948"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=947"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}