{"id":950,"date":"2021-09-10T07:39:54","date_gmt":"2021-09-10T04:39:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=950"},"modified":"2021-09-10T07:39:55","modified_gmt":"2021-09-10T04:39:55","slug":"ozbek-davlatchiligining-shakllanishi-va-dastlabki-taraqqiyot-bosqichlari","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbek-davlatchiligining-shakllanishi-va-dastlabki-taraqqiyot-bosqichlari\/","title":{"rendered":"O\u2019zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari"},"content":{"rendered":"\n<p>O\u2019zbek xalqi davlatchiligi tarixini o\u2019rganishning o\u2019ta muhimligini I. Karimovning quyidagi so\u2019zlaridan bilish mumkin: &#8220;O\u2019zbekiston \u2013kelajagi buyuk davlatdir. Bu mustaqil, demokratik huquqiy davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e\u2019tiqodlaridan qat\u2019iy nazar<br>fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta\u2019minlab beradigan davlatdir&#8221;.<\/p>\n\n\n\n<p>Ushbu masalani yoritishdan oldin davlatchilik tushunchasiga, jahon tarixidagi eng kadimgi davlatlar yuzaga kelishi tajribasiga qisqa bo\u2019lsa ham e\u2019tibor qilish o\u2019ta o\u2019rinlidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat &#8211; insoniyat sivilizasiyasi rivojlanishining mahsuli, elatlar, xalqlar va millatlar hayotining ma\u2019lum huquq va qonunga asoslanib tashkil etishning siyosiy shaklidir. U o\u2019z mohiyatiga ko\u2019ra kishilarning talablari va ehtiyojlarini amalga oshirish huquqlarini himoya qilish, amaliyotda barqarorlikni o\u2019rnatish va saqlashga mo\u2019ljallangan, muayyan aholi jamoalari tomonidan tashkil etilgan maxsus vakolatli va qonun-qoida asosida faoliyat ko\u2019rsatadigan vakillar guruhlari majmuasidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat siyosiy va ma\u2019muriy tashkilot sifatida xalqni uyg\u2019unlashtiradi. Davlat tufayli jamiyatning butun tuzilishi (iqtisodiy, huquqiy normalari, turmushi, urf-odati, texnikasi va bilim darajasi, etikasi, dini, falsafasi, ijtimoiy qarashlari va boshqalar) to\u2019la kuch bilan namoyon bo\u2019ladi. Boshqacharoq, aytilganda, davlat boshqaruvida quyidagi ikkita muhim jihatlar hal etilganligini sezish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Birinchidan, davlat paydo bo\u2019lishi bilan amaliyot hayotini tashkil etish va uni boshqarishning tarixan dolzarb bo\u2019lgan yangi shakllari qaror topdi. Hokimiyatning vakolatli shakli yuzaga kelib, katta-katta ijtimoiy vazifalarni bajarish uchun keng xalq ommasini safarbar etishning tashkiliy usullari va vositalari ishlab chiqilib, doimo takomillashtirilib borildi. Davlat doirasida aholining ijtimoiy jihatdan farqlanadigan tarkibiy tuzilishi yuz berdiki, natijada urug\u2019, qabilachilik aloqalaridan etnik va sinfiy umumiylikka o\u2019tish ta\u2019minlandi. Shuningdek, davlat mavjudligi tufayli ijtimoiy manfaatni shaxsiy manfaatdan ajratib, uning ahamiyatliligi ta\u2019minlandi. Ijtimoiy intizom qaror topib, insonning shaxs sifatida ijtimoiy qiyofasi birinchi o\u2019ringa chiqdi. Demak, davlatning kelib chiqishi nafaqat tarixiy zaruriyat, balki ijtimoiy taraqqiyot omili ham bo\u2019ldi;<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchidan, davlat ibtidoiy jamiyatda mavjud bo\u2019lgan boshqaruvdagi tamoyillarga barham berdi. Oqibatda, butun jamoaning jamiyat hayotida bevosita ishtiroki, boshqaruvda jismoniy zo\u2019ravonligi emas, balki jamoa fikri va obro\u2019si kuchining tan olinishi, iqtisodiy majburlashning yo\u2019qligi va boshqa ko\u2019pgina tomoyillar yo\u2019qolib ketdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahonda eng qadimgi davlatlar miloddan avvalgi 4-ming yillik oxiri 3-ming yillik boshida Mesopotamiya va Misrda, birmuncha keyinroq Gang daryosi vodiysida va Old Osiyoda, Egey dengizi havzasida va Xuanxe daryo vohasida vujudga kelgan va rivoj topgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimgi Sharqda davlatlarning yuzaga kelishi jarayoni juda murakkab kechdi va bir necha yuz yilliklarni o\u2019z ichiga olgan uzoq davrga cho\u2019zildi. Chunki, bu yerda urug\u2019chilik tuzumi qoldiqlari va uning organlari tezda o\u2019z o\u2019rnini yangi jamiyatga bo\u2019shatib bermadi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019rta Yer dengizi havzasidagi qadimgi Gretsiya va Rimda shahar davlatlaripolislarning yuzaga kelishi va rivojlanishlari uchun butunlay boshqacha qulay sharoit bo\u2019lgan. Bu yerda polislar demokratik (qadimgi Afinada) yoki aristokratik (qadimgi Rimda) xarakterga ega bo\u2019lishganlar va o\u2019zlarida mulkning shaklini aks ettirganlar. Lekin, antik dunyodagi xo\u2019jalikni rivojlantirish ehtiyoji, iqtisodiy aloqalar takomillashuvi asta-sekinlik bilan davlatlarning yiriklashuvini taqozo etgan. Bu hududda Etoliy, Axey va boshqa shahar &#8211; davlatlari ittifoqi bilan birga yirik Ptolemeylar Misri va Salavkiy davlatlarining yuzaga kelishi, nihoyat O\u2019rta Yer dengizi havzasida yagona Rim imperiyasining paydo bo\u2019lishi yuqoridagi fikrimizning isbotidir. Ellin davlatlarida sharqiy harbiy-ma\u2019muriy despotik imperiyalar belgilari o\u2019z-o\u2019zini boshqaruvchi shahar-davlatlari sistemasi bilan qo\u2019shilib ketgan deyish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlatchilik munosabatlari rivojlanishi va shakllarining ortishi natijasida davlat apparati ham murakkablashib bordi. Soliq tizimi yuzaga keldi, kemasozlik barpo bo\u2019ldi, doimiy armiya tashkil etildi va b. Endi ilgarigi shahar-davlatlari apparatiga xos senat, magistratura, komisiya va boshqalar o\u2019rnida Rim respublikadan imperiya tartibotiga o\u2019tdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oliy hukmdor monarx bo\u2019lib qoldi va uning atrofiga asta-sekinlik bilan yirik yer egalari, shaharning boy kishilari to\u2019plana bordi. Demak, jamiyat takomilllashmoqda edi. Davlatning yiriklashib, hayotda muammolar ko\u2019payib borishi bilan boshqaruvni takomillashtirish ehtiyoji kelib chiqqan. Mukammal, doimo harakatda bo\u2019lgan hujjatlar ishlab chiqish davr talabi bo\u2019lib qolgan. Bu hujjatlar davlat qonunlari darajasiga ko\u2019tarilgan. qonun esa huquq ma\u2019nosida davlat hokimiyati oliy organining tartibga solingan qarorlari bo\u2019lib, bularni barcha fuqarolar, tashkilotlar, uyushmalar va idoralar bajarishga majbur bo\u2019lganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Bobilda miloddan avvalgi 1760 yilda podshoh Xammurapi qonunlar majmuasini qabul qilgan edi. U tarixda Xammurapi qonunlari deb ataladi. Qadimgi Rimda XP qonunlar kodeksi, Arab xalifaligida islom dini shariat qonunlari qabul qilingan. Hattoki, Chingizxon tomonidan tuzilgan deyarlik ko\u2019chmanchilar davlatida ham &#8220;Yaso&#8221; nomi bilan qonunlar majmuasi bo\u2019lgan. &#8220;Temur tuzuklari&#8221; dagi &#8220;qonun hukmron bo\u2019lgan joyda erkinlik bo\u2019ladi&#8221;, &#8220;Kuch adolatdadir&#8221; degan qoidalarni alohida eslashimiz zarur.<\/p>\n\n\n\n<p>Shimoliy Amerika mustaqilikka erishgach 1776 yilda &#8220;Mustaqillik deklarasiyasini&#8221;ni, Fransiya esa 1789 yilda &#8220;Inson va fuqoro huquqlari Deklarasiyasi&#8221;ni qabul qilgan edi. O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Kengashning 1990 yil 20 iyunida bo\u2019lgan ikkinchi sessiyasida qabul qilingan &#8220;Mustaqillik Deklarasiyasi&#8221;, 1991 yil 28-31 avgustdagi O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qabul qilingan &#8220;O\u2019zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari&#8221; to\u2019g\u2019risidagi qonun, 1992 yil 8 dekabrdan hayotimizga joriy etilgan O\u2019zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi (Asosiy qonuni) davlatimizning asosiy poydevori bo\u2019lib qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ishonchli tadqiqotlarda bizning qadimgi davlatlarimizning Xitoy, Hindiston, Eron davlatlari bilan tengdosh bo\u2019lganligi e\u2019tirof etilmoqda. Bu fikrimizni olimlarimizning o\u2019sha davr ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini, ya\u2019ni yirik sug\u2019orish inshootlari qurilishini, o\u2019troq joylashuvi o\u2019lkalari bo\u2019lgan viloyatlarning yuzaga kelishini, Markaziy Osiyoning janubida mustahkam devorlar bilan o\u2019ralgan, ichida hokimlarning qarorgohlari, mudofaa burjalari mavjud bo\u2019lgan qal\u2019alar, ko\u2019hna shaharlar va uy-qo\u2019rg\u2019onlar barpo etilishini, chorvachilik va hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishidan iborat bo\u2019lgan mehnatning dastlabki taqsimotlarini, pul muomalasining yuzaga kela boshlanganligini tahlil qilishliklari, rimlik, yunonlik, xitoylik, eronlik va boshqa mualliflar qoldirgan ma\u2019naviy ma\u2019lumotlar, mahalliy yozma manbalar (&#8220;Avesto&#8221; kitobi, Beruniyning &#8220;qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar&#8221; asari va b.) to\u2019laligicha tasdiqlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharlarning paydo bo\u2019lishi dastlabi davlatchilik shakllanishida asosiy omil, bu ikkala jarayon uzviy bog\u2019liq holda kechgan. Shaharlarning paydo bo\u2019lishi dastlabki davlatchilik shakllanishida asosiy omil bo\u2019lib, bu ikkala jarayon uzviy bog\u2019liq holda kechgan. Ilk shaharlar O\u2019zbekistonda bronza davrida, ya\u2019ni millodan avvalgi 2-ming yillik boshidan paydo bo\u2019lgan bo\u2019lib, buni Sherobod tumanidagi Jarqo\u2019ton yodgorligidan bilish mumkin. Bu yodgorlikda qal\u2019a ark, shahar qismi va qabristondan iborat bo\u2019lib, unda shohlar saroyi, olov ibodatxona, kulollar mahallasi, turar joy manzilgohlari, qal\u2019a devolari va ikki mingdan ortiq qabrlar mavjud edi. Jarqo\u2019tonda yashagan aholini quyidagi ijtimoiy guruhlarga bo\u2019lish mumkin: shahar-davlat amaldorlari, dindorlar va oqsoqollar, harbiylar, savdogarlar, chorvadorlar va dehqonlar. Ularning barchasi saroyda yashagan amaldorlar va dindorlar tomonidan boshqarilgan. Jarqo\u2019ton aholisi o\u2019rtasida antagonistik qarama-qarshiliklar bo\u2019lmagan, ko\u2019proq urug\u2019chilik an\u2019anasi saqlangan. Ushbu shahar-davlatning hududi shahar qismdan, dehqonchilik qilinadigan Sherobod daryosi uzanidan va chorvachilik uchun zarur bo\u2019lgan Ko\u2019hitong tog\u2019 yonbag\u2019ri yaylovlaridan iborat bo\u2019lgan. Bu yodgorlikni davlatchilikning birinchi bosqichi bo\u2019lgan qadimgi Sharq shahar \u2013 davlatlarining nusxasi deyish mumkin. Demak, Jarqo\u2019ton yodgorligi O\u2019zbekiston hududidagi eng qadimgi shahar-davlatdir yoki \u201cAvesto\u201d tilidagi \u201cnoma\u201d davlatdir. Milodgacha IX-VII asrlar jamiyatining ijtimoiy tarkibi to\u2019g\u2019risida ma\u2019lumot beruvchi zardushtiylik dinining muqaddas kitobi &#8220;Avesto&#8221;da ko\u2019rsatilishicha, Markaziy Osiyo va Sharkiy Erondagi jamiyatning asosini katta patriarxal oila tashkil etgan. Bu \u201cimana\u201d deb atalgan. Shunday oilalarning bir nechtasi urug\u2019 jamoasini \u2013 \u201cvis\u201dni tashkil etgan. Hududiy qo\u2019shnichilik jamoasi &#8220;varzana&#8221; deb atalgan. Bunday jamoalar birlashib qabilani &#8211; &#8220;zantu&#8221; ni tashkil qilgan. qabilalar o\u2019rtasida turli sabablarga ko\u2019ra kelishmovchiliklar ham bo\u2019lgan. O\u2019z hududlarini himoya qilish maqsadida bir necha qabilalar yagona ittifoqqa &#8220;dax\u2019yu&#8221;ga birlashganlar. Ularning boshqaruv tizimi ham bo\u2019lgan: Oqsoqollar kengashi-xalq yig\u2019ini qabilalar boshliqlari. Vujudga kelayotgan davlat tuzilishiga aholining urug\u2019-qabilaviy emas, hududiy belgilar bo\u2019yicha bo\u2019linishi asos bo\u2019lgan. Bu uyushma dastavval harbiy-siyosiy birlashma sifatida paydo bo\u2019lgan, o\u2019zi yashagan hududni mudofaa qilgan, xo\u2019jalik sohasida esa yerni ishlash, ekinlarni sug\u2019orish ishlarini uyushtirgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik boshlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning jadal rivojlanishi natijasida jamiyatda dehqonchilik, xonaki chorvachilik, hunarmandchilik va sug\u2019orish ishlarida mashg\u2019ul ishlab chiqaruchilar hamda ishlab chiqarish bilan shug\u2019ulanmaydigan oqsoqollar va harbiy boshliqlar ajralib chiqa boshlaydi. O\u2019zbekiston hududida milodgacha 1-ming yillikning X-VIII asrlaridagi jamiyatning bunday tuzilishi davlatchilikning ikkinchi bosqichida shohlik boshqaruviga asoslangan hududiy va milliy kichik davlat birlashmalari mavjudligidan dalolat beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>&#8220;Baqtriya podsholigi&#8221; haqidagi ma\u2019lumotlarni Yunonistonlik tabib Ktesiy va solnomachi Diodordan ham olish mumkin. Diodor Ossuriya hukmdori Ninning 1910 ming (ma\u2019lumot bo\u2019rtirilgan) piyoda va otliq harbiy qo\u2019shin bilan Baqtriyaga qarshi hujum uyushtirganligini, mahalliy podshoh Oksiartning esa 400 ming kishilik armiya bilan uning hujumini qaytarishga harakat qilganligini, natijada baribir Baqtriya poytaxti Balx egallanib, uning boyligi talanganligini yozadi. Biroz vaqt o\u2019tgach Ossursiya va Midiya davlatlari o\u2019rtasida urush kelib chiqadi. Unda Baqtriya dastlab Ossursiya tomonida, keyinchalik Midiya aslzodalari Baqtriya qo\u2019shinlari boshlig\u2019ini o\u2019z tomoniga ag\u2019darib olganidan keyin Midiya bilan birgalikda Ossursiyaga qarshi harbiy harakatlarni olib borgan. Tarixchi Gerodot ham podshoh Kirning Midiya davlati ustidan harbiy g\u2019alabaga erishganidan keyin navbatdagi urushning Vaviloniya va Baqtriya xalqlariga, saklar va misrliklarga qarshi davom etishligi to\u2019g\u2019risida xabarni bergan. &#8220;Baqtriya podsholigi&#8221; harbiy-demokratik tipdagi konfederasiyadan iborat bo\u2019lgan. Baqtriya davlati hozirgi Surxondaryo, qisman Qashqadaryo viloyatlari, Janubiy Tojikiston va Shimoliy Afg\u2019oniston hududlarida joylashgan. Sug\u2019diyona va Marg\u2019iyona ham uning tarkibida bo\u2019lgan. Baqtriya Misr va Bobil davlatlari qatorida edi. U qudrati jihatidan ham qo\u2019shni davlatlardan qolishmagan. Uning tabiiy boyliklari Old Osiyoga mashhur bo\u2019lgan. Xususan, Badaxshon Lojuvardi (lazuriti) juda qadrlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu davrda yana bir qadimiy davlat &#8220;Katta Xorazm&#8221; tashkil topgan. U Amudaryo quyi oqimidagi shimoliy yerlarda Marv va Xirot atrofida joylashgan ulkan davlat bo\u2019lgan. Uning markazlaridan biri Ko\u2019zaliqir shahri edi. Shahar qalin va mustahkam mudofaa devorlari bilan o\u2019ralgan. Uning dehqonchilik bilan shug\u2019ullangan aholisi turli xil o\u2019y-qo\u2019rg\u2019onlarga va qishloqlarda yashagan. &#8220;Katta Xorazm&#8221; da hunarmandchilik, binokorlik va savdo sotiq sezilarli darajada rivojlangan. Uning inqirozga uchragan vaqti to\u2019g\u2019risida aniq ma\u2019lumotlar bo\u2019lmasa-da, lekin milodgacha IX-VII asrlardagi Midiya davlati hukmronligi davrida &#8220;Katta Xorazm&#8221;ning Janubiy qismi ajralib ketgan, uning yana bir qismini esa Eron ahmoniylari bosib olganligi ma\u2019lum. Natijada &#8220;Katta Xorazm&#8221;ning Amudaryo quyi qismida milodgacha IV asrda &#8220;qadimgi Xorazm&#8221; davlati paydo bo\u2019lgan. Uning podshosi Farasman makedoniyaliklar Baqtriya va Sug\u2019diyonani zabt etgan paytda katta qo\u2019shin va sovg\u2019a-salomlar bilan Iskandar Zulqarnayn huzuriga tashrif buyurib, unga agar sohibqiron Markaziy Osiyoning shimol qismiga harbiy yurish qilsa, unga yordam berajagini izhor etgan. Shu bois makedoniyalik hukmdor Xorazmga harbiy yurish qilmadi va u o\u2019zining davlat mustaqilligini saqlab qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qisqasi, milodgacha IX-VII asrlarda O\u2019zbekiston hududida ilk temir asriga o\u2019tish boshlangan. Milodgacha VII-VI asrlarda bu yerda qadimgi yirik davlatlar faoliyat ko\u2019rsatgan. Bu davlatlar harbiy-demokratik tipdagi qabilalar ittifoqidan o\u2019sib chiqqan, bu davrdagi davlatchilik taraqqiyoti mahalliy aholining yuqori darajada rivojlangan ziroatchiligiga asoslangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq, keyingi davrdagi arxeologik ma\u2019lumotlar Markaziy Osiyodagi Murg\u2019ob vohasi va qadimgi Baqtriya yodgorliklari orasida milodgacha 2-ming yillikning o\u2019rtalariga oid yozuvlar borligidan dalolat bermoqda. Ammo, hali ular mutaxassislar tomonidan o\u2019qilmagan. Demak, hududimizda 3,5 ming yil ilgari ham davlat bo\u2019lgan degan mantiqiy xulosani e\u2019tibordan chetda qoldirmasligimiz zarur.<\/p>\n\n\n\n<p>Milodgacha 545- 540 yillarda Eron ahmoniylari shohi Kir II harbiy qismlari Markaziy Osiyoga kirib keladi. Natijada Xorazm, Parfiya, Baqtriya, Marg\u2019iyona va Sug\u2019diyona xalqlari 200 yildan ko\u2019proq Ahmoniylar imperiyasi tarkibida mustamlakachilik zulmini o\u2019z boshidan o\u2019tkazdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu davrda Markaziy Osiyo uchta satrapliklarga bo\u2019lindi, ularning boshliqlari (satraplari) etib fors amaldorlari tayinlandi. Satraplar harbiy-ma\u2019muriy viloyatlarning hukmdorlari sifatida o\u2019z hududida qo\u2019shinlar lashkarboshisi bo\u2019lgan, mahalliy aholini turli soliqlar to\u2019lashga majbur etganlar. Soliqlar sifatida qimmatbaho toshlar, chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlari berib turilgan. Lekin, ular bosib olingan hududlarda mahalliy xalqning urf-odatlarini, dini, qonun-qoidalari, og\u2019irlik va uzunlik o\u2019lchovlari, yozuvi va tilini saqlab qolganlar. Eron ahamoniylarining zulmiga qarshi O\u2019rta Osiyoda juda ko\u2019plab qo\u2019zg\u2019olonlar ko\u2019tarilgan. Masalan Kir II ning bosqinchilik siyosatiga qarshi massagetlar malikasi To\u2019maris va uning o\u2019g\u2019li Sparangiz kurash olib borgan bo\u2019lsa, Doro I ga qarshi sak cho\u2019pon yigiti Shiroq va mil.avv. 522 yilda Marg\u2019iyonada Frada boshchiligida qo\u2019zg\u2019olonlar ko\u2019tarildi. Ular shavqatsizlik bilan bostirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu davrda ko\u2019plab yangi shaharlar qurilganligini, hunarmandchilikning kengayishini,&#8221;shoh yo\u2019li&#8221; nomi bilan xalqaro aloqa yo\u2019li barpo etilganligini, savdo-sotiq, san\u2019at va musiqa ishlarining ancha jonlantirilganligini, Markaziy Osiyo xalqlarining birinchi marta zarb etilgan tanga pullar bilan muomala qilinganliklarini ham qayd etish o\u2019rinlidir. Umuman ahmoniylar davri madaniyati va san\u2019atini tahlil qilar ekanmiz, unda Yunoniston, Ossuriya, Misr va boshqa chet el xalqlari o\u2019zaro ta\u2019sirini sezish qiyin emas. Bu o\u2019zgarishlar, shubhasiz, mavjud davlatchilikka ta\u2019sir o\u2019tkazmasdan qolmasdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Milodgacha IV asrga kelib ahmoniylarning markaziy hokimiyati o\u2019zining ilgarigi mavqeini yo\u2019qota boshlagach ayrim o\u2019lkalar o\u2019z mustaqilligini qo\u2019lga kirita boshladilar. Jumladan, Xorazm milodgacha IV asrdayoq ahmoniylar tassarrufidan chiqqan edi. Baqtriya satrapligi boshqaruvi ham mahalliy aristrokratiya vakillari qo\u2019liga berilgandi. Lekin, bu yerda ahmoniylarga tobelik yunon \u2013 makedoniyalik bosqinchilar kirib kelguncha saqlanib qolgandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Milodgacha 329 yilning bahoridan boshlangan Yunon-Makedon istilochilari zulmidan qutulish uchun Sug\u2019diyona xalqlariga 150 yil, Baqtriya xalqlariga esa 180 yil kerak bo\u2019ldi. Iskandarning Markaziy Osiyoni boshqaruv siyosati haqida yunon olimlari Gerodot, Kvint Kursiy Ruf, Arrian, Plutarx, Diodor, Strabon kabilar ko\u2019plab ma\u2019lumot berganlar. Ularning ko\u2019rsatishicha, Iskandar mamlakatni boshqarishda ahmoniylar joriy qilgan satrapliklar tizimini qoldirsada, ularning pul zarb etish va o\u2019z ixtiyorlarida yollanma qo\u2019shin saqlash huquqini bekor qildi. Satrapliklarda makedoniyaliklar nazorati episkoplar roli kuchaytirildi. Satrapliklar devonidagi episkop ayni vaqtda lashkarboshi ham hisoblanardi. Moliya boshqaruvi uchun esa alohida lavozim tayin qilindi. Eroniy satraplar o\u2019rniga makedoniyaliklar quyildi. Ko\u2019rinadiki, mamlakatni boshqarishda Iskandar deyarli katta o\u2019zgarishlar kiritmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yevtidemning o\u2019g\u2019li Demetriy davrida (milodgacha 199-167 y.) Yunon-Baqtriya davlati Hindistonning bir qismni bosib olish hisobiga kengayadi, hukmdor nomi bilan tanga pullar zarb qilinadi, davlatni boshqa<\/p>\n\n\n\n<p>Lekin, milodgacha 174 yildan Yunon-Baqtriyada separatistik harakatlar kuchayadi. Bundan foydalangan Parfiya hukmdori Mitradat I Margiyonani bosib oladi. Sug\u2019diyona ham Yunon-Baqtriya tarkibidan chiqadi. Ana shunday og\u2019ir damlarda Yunon-Baqtriya davlati uchun shimoli-sharqiy tomondan ko\u2019chmanchilar xavfi ham kuchaydi. U paytda shak qavmlarining bir qismi bo\u2019lgan yuechjilar sharqiy Turkistonda yashaganlar. Ular o\u2019zlarining shimoli-sharqdagi qo\u2019shnisi bo\u2019lgan xunnlar siquvida O\u2019rta Osiyoga quvilishga majbur bo\u2019lgan edilar. Ular dastlab Farg\u2019ona vodiysidagi shak qavmlarini mag\u2019lubiyatga uchratdilar, keyinchalik milodgacha 140-130 yillar orasida Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladilar. U yerda yashagan toxar qabilalari Yunon-Baqtriya davlati tugatilgandan keyin Tohariston deb atashgan. Unga Amudaryo chap qirg\u2019og\u2019idagi yerlardan Hisor tog\u2019 tizmalarigacha bo\u2019lgan joylar, ya\u2019ni hozirgi Surxondaryo viloyati va Janubiy Tojikiston kirgan. Toharlar qisman ko\u2019chmanchi bo\u2019lib, yagona davlatga ega bo\u2019lishmaganlar, har bir shahar o\u2019z hukmdoriga ega bo\u2019lishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yunon-Baqtriya davlati 120 yil yashagan. U markazlashgan davlat bo\u2019lib, hokimiyatni podsho boshqargan. Davlat bir necha viloyatlarga bo\u2019lingan bo\u2019lib, viloyat hokimlari podshoga bo\u2019ysinishgan. Bu davrda Markaziy Osiyoda qishloq xo\u2019jaligi, madaniy hayot, hunarmandchilik va shaharlar rivojlanishini ko\u2019rish mumkin. Bu davrga oid mis tangalar tovar-pul munosabatlari mavjudligidan dalolat beradi. Dalila daryosi bo\u2019yi \u2013 Salavkiyadan Baqtriyagacha karvon yo\u2019lining ishga tushirilishi bilan xalqaro savdo va madaniy aloqa jonlandi. Baqtriya orqali Xitoydan Hindistonga boradigan karvon yo\u2019li va Buyuk Ipak yo\u2019li tarmoqlarga bo\u2019lingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Taxminan miloddan avvalgi III asrdan milodning II asrlarigacha o\u2019lkamizda Dovon-Farg\u2019ona deb nomlangan davlat ham bo\u2019lgan. Xitoy tarixchilarining milodning I-II asrlariga doir ma\u2019lumotlarida qayd etilishicha, Dovon davlati hududlari Toshkentgacha borgan. Uning poytaxti Ershi shahri edi (hozirgi Andijon viloyatining Marhamat tumani yonida). U bug\u2019doyi, bedasi, arpasi, uzumlari, anorlari va armug\u2019oni, kulolchiligi bilan mashhur bo\u2019lib, hunarmandchilik ham rivoj topgan edi. Aholisi 300 ming kishidan iborat bo\u2019lib, shaharlari soni 70 gacha yetgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xitoy hukmdorlari milodgacha 104-101 yillarda 2 marta bu davlatni bosib olmoqchi bo\u2019lganlar-da, lekin mahalliy aholining tazyiqi ostida tovon evaziga uning hududini tashlab chiqishga majbur bo\u2019lganlar. Dovon podsholigi tepasida mahalliy aholining aslzodalaridan chiqqan hukmdor turgan. Hukmdor yonida eng yaqin qarindoshlaridan 2 ta yordamchi bo\u2019lgan. Hukmdor davlat ishlarini olib borishda oqsoqollar kengashiga tayangan. Kengash davlat ahamiyatiga molik ijtimoiy, siyosiy va diniy masalalarni hal qilishdan tashqari hukmdor faoliyatini ham nazorat qilgan. Demak, hukmdor huquqi kengash oldida cheklangan edi. Oliy kengash hukmdorni hokimiyatga qo\u2019yishi yoki undan chetlatishi mumkin edi. Dovon davlatini asragan bir sulola vakillari uzluksiz boshqarib kelgan. O\u2019zbek xalqi davlatchiligi jarayonini Kushon podsholigisiz tasavvur etish qiyin. U davlatchiligimiz poydevorlaridan biri sifatida o\u2019rganishga va faxrlanishga arzigulik meros qoldirgan. Uning katta hududida turli tildagi va dindagi xalqlarni birlashtirishga, Sharq va G\u2019arbning barcha shaharlari bilan keng miqyosdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar olib borishga qaratilgan faoliyatini o\u2019rganish katta ahamiyatga ega.<\/p>\n\n\n\n<p>Markaziy Osiyodagi turli xalqlarning qadimgi davrlardagi diniy qarashlari va e\u2019tiqodlari, payg\u2019ambarlari va ular ta\u2019limotlarining yoyilishi ko\u2019pgina olimlar orasida ilmiy munozalarga sabab bo\u2019layotgan masaladir. Ahmoniylar davri Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng yoyilgan va asosiy din zardushtiylik edi. Bu ta\u2019limotning asoschisi Zaratushtra va uning faoliyati, bu dinning muqaddas kitobi \u00abAvesto\u00bb va u paydo bo\u2019lgan hudud haqidagi masalalar ham hozirgi kunda ko\u2019pchilik tadqiqotchilarning diqqat markazida turibdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Juda ko\u2019pchilik tadqiqotchilarning fikricha Zaratushtra afsonaviy bo\u2019lmasdan tarixiy shaxs hisoblanadi. U Yunon manbalarida Zoroastr nomi bilan eslatiladi. Zaratushtra nomi qadimgi Eron \u00abZara-ushtra\u00bb so\u2019zidan kelib chiqqan. \u00abZar\u00bb &#8211; oltin, \u00abushtra\u00bb &#8211; tuya, yoki uch xil ma\u2019noda \u2013 \u00abOltin tuyali\u00bb, \u00abOltin tuya egasi\u00bb, \u00abOltin tuya yetaklagan odam\u00bb deb tarjima qilinadi. U Spitama avlodidan (so\u2019g\u2019diycha Spitaman degan ism ham shundan kelib chiqqan) bo\u2019lib, otasini Porrushasp, onasini Dugdova deb atashgan. Zaratushtraning otasi kohinlar tabaqasiga mansub bo\u2019lib, u tug\u2019ilgan mamlakat bizga noma\u2019lum. Bularning barchasi Zaratushtra hayoti tarixi, ayniqsa uning tug\u2019ilgan joyi va sanasi haqida to\u2019la ma\u2019lumot berolmaydi. Bunga yanada aniqliklar kiritish maqsadida zaradushtiylarning muqaddas diniy kitobi hisoblangan va eng eski qismlari Zaratushtra tomonidan bitilgan \u00abAvesto\u00bb kitobiga murojaat etishimiz lozim. Avestoning maxsus boblari Zaratushtrani tarixiy shaxs sifatida yoritiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Al-Beruniy Zaratushtraning tug\u2019ilgan yilini makedoniyalik Iskandardan 258 yil oldin edi, deb belgilaydi. Ba\u2019zi tadqiqotlar bu sanani to\u2019g\u2019ri desa, ba\u2019zilari noto\u2019g\u2019ri deb hisoblaydilar. Mil. Avv. 330 yilda Ahmoniylarning so\u2019nggi vakili bo\u2019lgan Doro III vafot etadi. Hokimiyat makedoniyalik Iskandarning qo\u2019liga o\u2019tadi. Agar Beruniy ma\u2019lumotlaridan xulosa chiqaradigan bo\u2019lsak (330+258=588), Zaratushtra mil. Avv.588 yilda tug\u2019ilgan. V.I. Abayev va I.M. Dyakonov xulosalariga ko\u2019ra Zarashtura yashab o\u2019tgan vaqt \u2013 bu mil. Avv. VII-VI asrlardir. Olimlar fikriga ko\u2019ra, Zaratushtra mil. Avv. 553-541 yillar atrofida 77 yoshida vafot etgan. Bu sana hisobidan Zaratushtra 630-553 y. yoki 618-541 yillar davomida yashagan bo\u2019lishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Zaratushtraning tug\u2019ilgan joyi haqida hozirgacha ham bahslar davom etayotgan bo\u2019lishiga qaramasdan, bu muammoga aniqliklar kiritilmagan. U haqda turli fikrlar mavjud. Bir guruh olimlar Zarashtrani hozirgi Ozarbayjon hududida tug\u2019ilgan deb hisoblaydilar. Bu guruh olimlar \u00abAvestoda\u00bb keltirilgan Ar\u2019yonam Vayjo (forscha \u00abEron yoj\u00bb &#8211; aynan tarjimasi, \u00aberon tekisligi\u00bb degani, bu viloyat \u2013 Zaratushtra ta\u2019limoti dastlabki tarqalgan viloyat hisoblanadi) viloyatini o\u2019zlariga asos qilib oladilar. Yana bir guruh olimlar Zaratushtrani Baqtriyada (hozirgi O\u2019zbekistonning Surxandaryo vohasi, Tojikistonning janubi, shimoliy Afg\u2019oniston) tug\u2019ilgan deb hisoblaydilar. Bu guruh olimlar Yunon tarixchisi Ktesiy (mil. Avv. V asr oxiri \u2013 IV asrning boshi) ma\u2019lumotlariga asoslanadilar. Undan tashqari, bu guruh tadqiqotchilar \u00abAvesto\u00bbning eng qadimgi qismlari Baqtriyadi yozilgan deydilar. Yana boshqa bir olimlar guruhi Zaratushtraning vatani \u2013 qadimgi Xorazm deb hisoblaydi. Payg\u2019ambar Zaratushtra tug\u2019ilgan joy va vatani haqida \u00abAvestoda\u00bb hech qanday ma\u2019lumot yo\u2019q. \u00abAvesto\u00bbda keltirilgan geografik hududlarni o\u2019rganishdan xulosa chiqargan ko\u2019pchilik hozirgi tadqiqotchilar Zaratushtraning Markaziy Osiy viloyatlaridan birida<br>hech bo\u2019lmaganda bu hududga qo\u2019shni bo\u2019lgan shimoli-g\u2019arbiy Eron hududida tug\u2019ilgan deydilar. Umuman olganda, Zaratushtraning vatani Markaziy Osiyo deb hisoblovchi olimlar ko\u2019pchilikni tashkil etadi. Zaratushtraning diniy islohotlar o\u2019z vatanida tarafdorlarini topmagan. Shuning uchun ham payg\u2019ambar o\u2019z yurtidan ketishga majbur bo\u2019lgan. Zaratushtra e\u2019tiqodini qabul qilgan birinchi tarafdorlari \u2013 bu qadimgi Baqtriya podshosi Kavi Vishtasp, malika Xutaosa va ularning yaqin qarindoshlaridir.<\/p>\n\n\n\n<p>Zaratushtra dinining yoki aniqroq qilib aytganda diniy islohotning mohiyati nimada? Ko\u2019p xudolikdagi eroniy xalqlardan qay birlari unga ko\u2019proq kirgan? Zaratushtra o\u2019z g\u2019oyalarida qonli qurbonlik (mil. Avv. VII asrgacha bo\u2019lgan dinlarda odamlar va hayvonlar xudolarga qurbonlik qilgan) qilishni qat\u2019iyan qoralaydi. Zaratushtra yana shuni ta\u2019kidlaydiki, odamzod yashashga haqli bo\u2019lib, bu huquqdan uni mahrum qilishga hech kimning haqqi yo\u2019q. Zaratushtra o\u2019z g\u2019oyalarini targ\u2019ib qila boshlagan davr Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixida eng muhim davr edi. Ibtidoiy jamoa munosabatlari o\u2019zgarib, sinfiy munosabatlar qaror topmoqda edi. Yangi din bu o\u2019zgarishlarni o\u2019zida aks ettirar va tug\u2019ilayotgan sinfiy jamiyatga xizmat qilardi. U sinfiy jihatdan birlashishga va kuchli markazlashgan hokimiyat tuzishga, o\u2019sha davrda o\u2019troq dehqonchilik bilan shug\u2019ullanuvchi vodiy aholisi uchun \u00abxudoning qamchisi\u00bb (tig\u2019i)\u00bb hisoblangan ko\u2019chmanchi xalqlarga qarshi keskin kurashga chaqirdi. Zaratushtra islohotlari diniy jihatdan ham, ijtimoiy jihatdan ham bita \u2013 ulug\u2019 va donishmand xudo Axuramazdaga (so\u2019zma-so\u2019z tarjimasi \u00abjanobi dono\u00bb) sig\u2019inishga va Axuramazdaning dushmanlari deb e\u2019lon qilingan sobiq qabila xudolari \u2013 asuralar va devlarga qarshi kurashga olib keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zardushtiylarning muqaddas kitobi \u00abAvesto\u00bb shu tariqa yuzaga kelgan. Bir qator olimlar zardushtiylik aqidalariga tayanib \u00abAvesto\u00bbni ilk Sosoniylar (milodning III-VI asrlari) davriga bog\u2019lasalarda, shunga qaramay uning birinchi tahriri miloddan oldingi I asrlarda bo\u2019lib o\u2019tgan deb hisoblanadi. \u00abAvesto\u00bb jumlasi ham o\u2019sha paytda paydo bo\u2019lgan bo\u2019lib, u o\u2019rta fors tilida, \u00abapastak\u00bb, ya\u2019ni \u00abasos\u00bb, \u00abasosiy matn\u00bb degan ma\u2019noni bildiradi. Eng qizig\u2019i Videvdat bo\u2019lib, to\u2019plam ma\u2019nosi \u2013 \u00abdevlarga qarshi qonun\u00bb demakdir. U kohinlar majmui bo\u2019lib, poklanish marosimlari qoidalari, gunohlarni yuvish va sahovatli bo\u2019lish, har xil urf-odat qoidalari, shu bilan birga Dafn etish marosimlari haqidagi bo\u2019limdir.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abAvesto\u00bbning yana bir qimmatli tomoni shundaki, u O\u2019zbekiston xalqlari qadimgi tarixini o\u2019rganishda dastlabki yozma manbalardan biri hisoblanadi. \u00abAvesto\u00bbni to\u2019plam holida yig\u2019gan olim anketil Dyupperon (Fransiya) bo\u2019lib, u XVIII asrning o\u2019rtalarida uni Hindistondagi Gujarat viloyatidan keltiradi va Fransuz tilida Chop ettiradi. Bizgacha \u00abAvesto\u00bbning ayrim kitoblari yetib kelgan. Tadqiqotchilar uni quyidagi qismlardan iborat deb hisoblaydilar. \u00abYasna\u00bb \u00abqurbonlik keltirish\u00bb, \u00abYasht\u00bb (qadrlash), \u00abVidevat\u00bb (devlarga qarshi qonunlar). \u00abVisprat\u00bb (hamma hukmronlar). \u00abYasna\u00bbdagi 72 bobdan 17 tasi payg\u2019ambar Zaratushtraga tegishli. Ular \u2013 \u00abGota\u00bblar nomli \u00abmuqaddas qo\u2019shiqlar\u00bbdir. Videvdatda Markaziy Osiyodagi viloyatlar va davlatlar haqida quyidagicha ma\u2019lumotlar beriladi: \u00abMen, Axuramazda eng yaxshi yerlar va mamlakatlar orasida birinchi bo\u2019lib Vanxvi Daiti bo\u2019yida (ko\u2019pchilik tadqiqotchilar uni Amudaryo deydilar) Aryonam vayjoni yaratdim, shunda o\u2019lim keltiruvchi Anxro Manyo devlar va qishni yaratdi Men Axuramazda eng yaxshi yerlar va mamlakatlar orasida ikkinchi bo\u2019lib sug\u2019diylar yashaydigan Gava makoniga asos soldim\u00bb. Shundan so\u2019ng Mouru (Marg\u2019iyona), Bahdi (Baqtriya) kabi ko\u2019plab davlat va viloyatlar eslatiladiki, bu \u00abAvesto\u00bbning tarixiy manbai sifatida qimmatini yanada oshiradi. Ba\u2019zi olimlar, makedoniyalik Iskandar qadimgi forslar sulolasini tor-mor etganidan so\u2019ng \u00abAvesto\u00bbning eng eski qismlarini yo\u2019q qilgan deb hisoblaydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo, Parfiya podshosi Vologez I davrida (mil. 51-78 yillari). \u00abAvesto\u00bbning qolgan qutgan qismlari to\u2019planadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019lumki, milodgacha IV asr o\u2019rtalarida yunon-grek bosqinchilarining harakati natijasida yuqorida eslatuvchi yuechji deb eslatilgan massaget qabilalari Sharqiy Turkistondan to Mug\u2019ulistongacha bo\u2019lgan yerlarga ketib qolgan edilar. Lekin, ular o\u2019sha vaqtda Balxashdan to Xitoygacha bo\u2019lgan hududlarda yashovchi xunnlar zarbasi bilan milodgacha 165 yilda G\u2019arbga uloqtirib tashlanganlar. Yuechjilar dastlab Farg\u2019onada, keyinroq milodgacha 155 yildagi Yunon Baqtriya inqirozidan foydalanib, Sug\u2019d va Baqtriya yerlariga ham kirib borgan edilar. Hokimiyat uchun kurashgan 5 ta qabilalar orasida Guyshuan (Kushon) guruhi g\u2019olib chiqib, milodgacha I asr oxirida yuqorida qayd etilgan Tohariston va Kushon podsholigini barpo etgan. Bu davlatning asoschisi Kujula Kadfiz bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>U o\u2019z davlatini Kushon bekligi sifatida e\u2019lon qiladi va hozirgi Surxandaryo viloyatining Sho\u2019rchi tumanida joylashgan Dalvarzintepani bu beklikning poytaxtiga aylantirdi. Kudzula Kadfiz o\u2019z davlat chegaralarni kengaytirish va uning mustahkamlash maqsadida Amudaryoning chap sohili tumanlarini egallashga bel bog\u2019ladi. U tez orada Parfiya, Afg\u2019oniston va Kashmirni egalladi. Kudzula Kadfiz 80 yoshida tark etdi. Uning davrida Kushon davlatining o\u2019z pullari bo\u2019lmagan. Kudzulla Kadfiz tangalarni Rim saltanati va Parfiya podsholari zarb etgan tangalarga taqlid qilib chiqargan. Shu boisdan ham bu davrdagi tangalarda \u00abKudzula Kadfiz Yabg\u2019u\u00bb degan yozuvlarni uchratamiz. Keyinroq esa \u00abHukmdor Kadfiz\u00bb degan yozuvda tangalar zarb etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Kudzula Kadfiz vafotidan so\u2019ng uning o\u2019g\u2019li Vima Kadfiz taxtga o\u2019tradi. Bu davrda Kushonlar davlati Pokiston va Hindiston markaziy viloyatlarini bosib oladi. Vima Kadfiz o\u2019z nomidan tangalar zarb etadi. Unga atab tosh haykali o\u2019rnatadilar. Bu haykal Hindistonning Mathura shahrida qad ko\u2019taradi. Vima Kadfiz 30 yil podsholik qiladi. Mamlakatda pul islohotini o\u2019tkazadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Vima Kadfizdan so\u2019ng mamlakatni idora etish Kanishka zimmasiga tushgan. U podsholik qilgan davrda Hindistonning janubiy tumanlari, Markaziy Osiyoning Sug\u2019diyona, Xorazm va choch viloyatlarini zabt etadi. Kanishka davrida \u00abshahlarning shohi \u2013 ulug\u2019 xaloskor\u00bb yozuvi bilan tanga pullar zarb etiladi. Kanishka tangalari Ashgabatdan Xorazmgacha, buyog\u2019i Toshkent vohasigacha bo\u2019lgan katta hududlarda ko\u2019plab topilgan. Kushon davlati bu davrda eng gullagan va hududlari juda ham kengaygan davrida o\u2019z boshidan kechiradi. Kanishka Budda dinini rasmiy ravishda davlat dini deb e\u2019lon qiladi, buddizmni qabul qilib, uning saltanat miqyosidagi tashviqotchisi va himoyachisiga aylanadi. kanishka davlat poytaxtini Dalvarzindan peshovardga ko\u2019chiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>102 yilda Xitoyning nomdor va yengilmas lashkarboshisi Ban Chao vafot etadi. Bundan foydalangan Sharqiy Turkiston viloyatlari xalqlari birin-ketin Xitoyga qarshi qo\u2019zg\u2019olonlar ko\u2019tardilar. Bu qulay vaziyat tufayli kushonlar 107 yilda Sharqiy Turkistonga Yana lashkar tortadilar. Kushonlar sharqiy Turkistonga o\u2019zlari bilan buddizmni ham olib keldilar. Ular Sharqiy Turkistonda o\u2019z hukmdorlarini o\u2019rnata olmagan bo\u2019lsalarda, Hindiston yilnomalarida Kanishkaning Tarim havzasini bosib olganligi haqida ma\u2019lumotlar berilgan. Xullas, Kanishka podsholik qilgan 23 yillik davrda Kushonlar davlati hududlari juda ham kengaygan.<\/p>\n\n\n\n<p>Soson podshosi SHOPUR 1 (241-242 yillar) yozdirgan \u00abZoroastr Kaabasi\u00bbda kushonlar saltanatining hududi haqida: \u00abKushonlar mamlakati Peshavor, Qashg\u2019ar, So\u2019g\u2019d va Chochgacha cho\u2019zigan\u00bb, &#8211; deyiladi. Markaziy Osiyoda kushonlar asos solgan 3 ta shahar bo\u2019lgan: 1. Koson \u2013 Farg\u2019ona vodiysida; 2. Kattaqo\u2019rg\u2019on \u2013 Zarafshon vohasida va 3. Kesh \u2013 Qashqadaryo viloyatidadir.<\/p>\n\n\n\n<p>Kanishka vafotidan keyin kushonlar taxtiga uning o\u2019g\u2019li Vasishka o\u2019tirdi. U 4 yilgina podsholik qildi xolos. Vasishkadan so\u2019ng hokimiyat Xuvishka qo\u2019liga o\u2019tadi. U 32 yil hukmronlik qiladi. Undan so\u2019ng Vasudeva podsholik qildi. Vasudeva 34 yil mamlakatni idora qildi. Bu davrga kelib Kushon podsholigi ikki qismga bo\u2019linadi. Mamlakatning bir qismiga Vasudeva, ikkinchi qismiga Kanishka III hukmronlik qiladi. Buni ularning har ikkalasi nomidan zarb etilgan tanga pullar isbotlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahar qurilishiga katta e\u2019tibor berilgan, me\u2019moriy-monumental, tasviriy va amaliy san\u2019at, haykaltaroshlik rivojlanish borasida eng yuqori nuqtaga ko\u2019tarilgan. Ichki va tashqi savdo taraqqiy etgan. Mamlakatda tinchlik va osoyishtalik hukmronligiga erishilganligi tufayli dehqonchilik va uning yurak tomirlari hisoblangan sug\u2019orish inshootlarini barpo etish davlat tasarrufida bo\u2019lgan. Hunarmandchilikning deyarli barcha tarmoqlari keng ko\u2019lamda yuksalgan. Bu davrda etnik madaniyati, tili va dini bir xil bo\u2019lgan xalqlarning siyosiy jihatdan birlashishi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etgan. Turli xalqlar madaniyatining chatishishi natijasida bu yerda o\u2019ziga xos yangi madaniyat shakllanib rivoj topadi va keyingi asrlar madaniyatining taraqqiyotiga ham zamin bo\u2019lib xizmat qiladi. Shu bilan birga kushonlar davri Markaziy Osiyo xalqlarining oldingi davridagi taraqqiyotiga yakun yasadi. Shundan so\u2019ng Sharq va G\u2019arb madaniyatlarining o\u2019zaro ta\u2019siri yangi tarixiy bosqichga qadam qo\u2019ydi. Ellin madaniyatining an\u2019analari Kushonlar davrida ijodiy jihatdan qayta shakllandi va yangicha talqin qilina boshlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Lekin, markazlashgan davlat barpo qilish va kengaytirish uchun uzoq davr olib borilgan harbiy harakat milodiy III asrdan Kushon imperiyasining inqirozga yuz tutishiga sabab bo\u2019ldi. Uning asosiy qismi Sosoniylar sulolasi qo\u2019liga o\u2019tishdi. Qisman esa shimoldan kirib kelgan xionit, eftalit va oq xunnlar deb nomlangan yarim ko\u2019chmanchi xalqlar tomonidan egallandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu davrda Xorazm ham mustaqil davlat bo\u2019ldi va unda milodiy III asr 40-50 yillaridan Afrig podsholari hukmronligi boshlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umuman olganda Kushonlar hukmronligi sharoitida o\u2019zbek davlatchiligining deyarlik 1,5 ming yil davom etgan qadimgi davriga yakun yasaldi va davlatchiligimizning yangi bosqichi uchun shart-sharoitlar yaratildi deyish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Vatanimiz hududlarida zardushtiylik bilan bir qatorda MONIYLIK dini ham milodimizning III asri o\u2019rtalaridan boshlab keng tarqala boshlagan dinlardan biridir.<\/p>\n\n\n\n<p>Moniylikning asoschisi Moniy ibn Fatak (216-277) dir. U 216 yilda Taysafun (Ktesifon) yaqinida tavallud topgan. Shu bilan birga Moniy 230-yillarda Eron, Markaziy Osiyo, Hindiston bo\u2019ylab safar qilib zardushtiylik, buddiylik, bahramandlik dinlari bilan va turli diniy ta\u2019limotlar bilan tanishadi. 240-yillardan boshlab Moniy o\u2019zining mustaqil ta\u2019limotini targ\u2019ib qila boshlaydi. O\u2019z ichiga zardushtiylik, buddiylik, brahmanlik, xristianlik dinlarining ba\u2019zi tomonlarini olgan bu ta\u2019limot boshqa mamlakatlarda ham qiziqish uyg\u2019ota boshlaydi. Jumladan, sosoniylar sulolasidan bo\u2019lgan Eron shohi Shopur I bu ta\u2019limotni quvvatlab Moniyni Eronga taklif etadi. Moniyning 242 yilda Shopur I ning taxtga o\u2019tirib toj kiyish marosimi paytida birinchi marta o\u2019z ta\u2019limotini bayon etib va\u2019z o\u2019qiydi. Shopur I Ushbu moniylik ta\u2019limotini xristianlik va mahalliy dinlarga qarshi chiqadilar. Zardusht kohinlarining kuchayishi tufayli Moniy muvaffaqiyatsizlikka uchrab Erondan qochishga majbur bo\u2019ladi. Shundan so\u2019ng Moniy Markaziy Osiyo yerlarida, shu jumladan O\u2019zbekiston hududida faoliyat ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Moniy 273 yilda Eronga qaytadi va Shoh Bahrom Ining topshirig\u2019i bilan 275 yilda hisbga olinib zindonband qilinadi va 277 yilda qatl etiladi. Moniy bir necha kitoblar muallifidir. Jumladan \u00abShOBURAQON\u00bb, \u00abKANZ ULAHYO\u2019\u00bb, (\u00abTirilganlar xazinasi\u00bb) \u00abJABBORLAR HAQIDA\u00bb, \u00abSIRLAR KITOBI\u00bb, \u00abAVANGELION\u00bb, \u00abKEFALAYA\u00bb, \u00abBUNGOXIK\u00bb, (Bungohang) kitoblari uning qalamiga mansubdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Moniylik ta\u2019limoti Moniy o\u2019limidan keyin ham keng tarqaladi. U VIII asrda Uyg\u2019ur xonligida hukmron dinga aylanadi. Ammo keyinchalik moniylik islom dini ta\u2019qibiga uchraydi va asta-sekin Yevropa va Osiyo mamlakatlarida barham topadi. XIV asrga bu diniy ta\u2019limot Xitoyda ham taqiqlanadi. Biroq moniylikdagi yaxshilik va yomonlik kurashi haqidagi dualistik ta\u2019limot keyinchalik Yevropa mamlakatlarida pavlikianchilik, Sharq mamlakatlarida esa mazdakiychilik harakatlarini keltirib chiqardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Moniy o\u2019rta asr sharq she\u2019riyatida mashhur naqqosh va rassom sifatida doimo tilga olingan. Buyuk shoirlardan Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiylar o\u2019z \u00abXamsa\u00bblarida Moniyni ta\u2019rif va tavsif etib o\u2019tganlar. Jumladan Alisher Navoiy o\u2019z \u00abXamsa\u00bbsiga kirgan. \u00abFarhod va Shirin\u00bb, \u00abSab\u2019ai sayyor\u00bb kabi dostonlarida Moniyni alohida tilga olgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Markaziy Osiyo xalqlari dunyodagi eng boy tarixga ega bo\u2019lgan xalqlardan ekanligi yuqoridagi mavzularida qayd etildi. Bu o\u2019lkada qadim-qadimdan yashab kelgan Xorazmiylar, Baqtriyaliklar, Sug\u2019diyonaliklar, Parfiyonlar, Davanlilar, Qang\u2019ililar, Kushonlar va boshqalar o\u2019z paydo bo\u2019lish, rivojlanish va tarqqiy qilish tarixlariga monan o\u2019z madaniyatlari va yozuvlariga ham ega bo\u2019lganlar. Hozirgacha bizga ma\u2019lum bo\u2019lgan manbalarda Markaziy Osiyo xalqlarining yozuv tarixi yoshini taxminan, 2500- 2700 yillar atrofida deb hisoblaydilar, Xorazm, baqtr va sug\u2019dda eron tillari bir necha laxjalardan iborat bo\u2019lgani kabi, turkiy tillar ham xilma-xil laxjalarni o\u2019z ichiga olgan. Uzoq yillar o\u2019tishi bilan eron tillari zaminida fors tili &#8211; tojik tili, turkiy tillar laxjalari zaminida turkiygo\u2019y xalqlar tillari paydo bo\u2019lgan. Qadim-qadimdan bu hududda yonma-yon, yelkama-yelka yashab kelgan domo iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan aloqador va bog\u2019lanib ketgan eron va turk tillarida so\u2019zlashuvchi xalqlar so\u2019zlashuv tili jihatidan ham bir-birlariga kuchli ta\u2019sir o\u2019tkazganlar. Buni nafaqat og\u2019zaki so\u2019zlashuv tilida balki yozma madaniyatda ham ko\u2019rish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Mil.avv. I ming yillik o\u2019rtalarida Eron, Markaziy Osiyo va boshqa o\u2019lkalarda oromiy yozuvi keng tarqalgan. Markaziy Osiyoni Zulqarnayn bosib olgach, u yerga Yunon yozuvi kirib keldi. Oromiy yozuvi, Yunon yozuvi, forsiy mixxat muayyan davrlarda ma\u2019muriy hujjatlarda qo\u2019llanilgan. Mi. avv. I ming yillik o\u2019rtalarida oromiy yozuvi negizida Ovesto, Xorazm, So\u2019g\u2019d, Kushon-Baqtriya, Rum (Urxun \u2013 Enasoy) Uyg\u2019ur kabi bir qator mahalliy yozuvlar vujudga kelgan. Tarixi yozma manbalarning guvohlik berishicha, Kushon davlati davrida Hind xalqlari bilan o\u2019zaro aloqadorlik negizida Braxma va Qharoshhi deb atalgan hind alifbolari ham ishlatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Muarrixlar muqaddas \u00abAvesto\u00bb kitobini milloddan avvalgi VII-V asrlarda bitilganligini taxmin qiladilar. Markaziy Osiyoda uzoq vaqtlar qo\u2019llanib kelingan Xorazm va so\u2019g\u2019d yozuvlari ham qadimiydir. Xorazm yozuvi oromiy yozuvning qadimiy an\u2019analarini o\u2019zida saqlab qolgan edi. Buni rus olimi S. P. Tolstov o\u2019z hamkasblari bilan Xorazmdagi Qo\u2019yqirilgan qal\u2019asida arxeologiyada oid tadqiqotlar uyushtirib topgan ashyolar asosida isbotladi. Bu yerdan u Xorazm yozuvi namunalarini topdi. Bu yozuvlar qadimgi Xorazm tangalari, muhrlari, hujjatlari, san\u2019at asarlari, uyro\u2019zg\u2019or buyumlarida aks etgan edi. Shunday qilib yuqoridagi dalil asoslar Markaziy Osiyo hududidagi xalqlar eng qadimgi yozma madaniyatga ega bo\u2019lganligini isbot qiladi. Bu g\u2019oyatda muhim siyosiy ahamiyatga molik masaladir. Chunki, qadimgi ajdodlarimiz o\u2019z rivojlangan davlatchiligi, yuksak rivoj topgan madaniyati va yozuviga ega bo\u2019lgan qadim-qadim zamonlarda shimoliy mintaqalarda yashovchi xalqlar hali yovvoyilik bosqichidan ham chiqmagan edilar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2019zbek xalqi davlatchiligi tarixini o\u2019rganishning o\u2019ta muhimligini I. Karimovning quyidagi so\u2019zlaridan bilish mumkin: &#8220;O\u2019zbekiston \u2013kelajagi buyuk davlatdir. Bu mustaqil, demokratik huquqiy davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbek-davlatchiligining-shakllanishi-va-dastlabki-taraqqiyot-bosqichlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-950","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/950","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=950"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/950\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":951,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/950\/revisions\/951"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=950"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}