{"id":964,"date":"2021-09-10T07:59:50","date_gmt":"2021-09-10T04:59:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=964"},"modified":"2021-09-10T07:59:51","modified_gmt":"2021-09-10T04:59:51","slug":"turkistonda-mustabid-sovet-hokimiyatining-ornatilishi-va-unga-qarshi-qurolli-harakat","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/turkistonda-mustabid-sovet-hokimiyatining-ornatilishi-va-unga-qarshi-qurolli-harakat\/","title":{"rendered":"Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o\u2019rnatilishi va unga qarshi qurolli harakat"},"content":{"rendered":"\n<p>1917 yilning boshlarida Sankt-Peterburgda bo\u2019lib o\u2019tgan voqealar ta\u2019sirida Turkistonda ham yangi jamiyatni shakllantirish uchun harakatlar boshlanib ketdi. Yuz minglab \u00abmudrok\u00bb odamlar uyg\u2019onib, siyosiy faoliyatga kirishdilar. Hukumat tuzilmalarini kayta kurishga kirishildi. Hamma joylarda ijtimoiy-siyosiy tashkilot va partiyalar tuzila boshladi. Siyosiy manfaatlarni ancha erkin ifoda kilish imkoniyati paydo bo\u2019ldi. Fevral inqilobi Turkiston aholisi tomonidan zo\u2019r hayajon bilan kutib olindi. Inqilobiy Qo\u2019mita tomonidan e\u2019lon qilingan \u00abOzodlik, Tenglik, Birodarlik\u00bb shiorlari Rossiyaning mustamlakachilik siyosatidan ezilgan musulmonlar kalbida yorkin kelajakka umid uyg\u2019otdi. Biz so\u2019z erkinligi, matbuot erkinligiga egamiz. Endilikda haqiqatni aytgan va yozgan paytlarimizda og\u2019zimizni yopishmaydi. O\u2019z huquqlarimizni talab qilgan paytda qulok solishadi\u00bb.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019pgina shahar va kishloklarda tartibsiz ravishda miting va norozilik yig\u2019ilishlari boshlandi. Ularda turli demokratik jamoat tashkilotlarini yuzaga keltirish haqida qarorlar qabul qilindi. Orzu-umidlar hademay amalga oshadiganday edi. 3 martda e\u2019lon qilingan bayonnoma va 6 martda e\u2019lon qilingan \u00abRossiya fuqarolariga murojaatnoma\u00bbda Muvaqqat hukumat markaziy hokimiyatning organi sifatida demokratik o\u2019zgarishlarning dikkatini tortuvchi dasturini bayon etdi. U siyosiy erkinliklar \u2013 so\u2019z, matbuot, uyushmalar tashkil kilish, yig\u2019ilishlar o\u2019tkazish, halkka o\u2019z siyosiy irodasini ifodalash huquqini berish, barcha tabaqaviy, diniy va milliy cheklanishlarni man etish; boshqarish shakli va mamlakat Konstitusiyasini qabul qilish lozim bo\u2019lgan ta\u2019sis Majlisini hamda, mahalliy o\u2019z-o\u2019zini boshqarish organlarini umumiy, teng, to\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri va yashirin ovoz berish asosida saylovlar o\u2019tkazish, polisiyani halk milisiyasi bilan almashtirish; to\u2019lik siyosiy amnistiya hakida tantanali ravishda bayon etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tadqiqotlarda 1917 yil mart kunlarida musulmon aholisining siyosiy harakati haqida ayrim ma\u2019lumotlargina kiritildi, milliy ziyolilarning, eng avvalo, jadidlarning vatanparvarlik faoliyati buzib ko\u2019rsatildi, mahalliy aholini mustamlakachilikning saltanat tuzilmalariga qarshi kurashi, Turkistonning milliy uyg\u2019onishdagi safarbarlik roli kamsitildi. Holbuki, chor samoderjaviyasi apparatini tugatish va yangilanish jarayonlarini yanada chukurlashtirishda milliy tashkilot va harakatlar faol ishtirok etgan edi. Ta\u2019kidlash kerakki, Turkiston mahalliy xalqlarining inqilobiy o\u2019zgarishlarga qo\u2019shilishi birhil kechmagan. O\u2019lkaning hozirgi kuni va kelajagiga turlicha qaraydigan xilma-xil kuchlar mavjud edi. Umumiy jihatdan olganda ikki muqobil oqim &#8211; o\u2019nglar va so\u2019llarni ajratib ko\u2019rsatish mumkin. O\u2019nglar konservativ feodal-diniy mafkura vakillari sifatida maydonga chiqishdi. Ular mahalliy ma\u2019muriyatda mansabga ega bo\u2019lgan va tegishli imtiyozlardan foydalangan amaldorlar, feodallar va ruhoniylar manfaatlarini ifoda etardilar. So\u2019llar ijtimoiy tuzumning tubdan o\u2019zgarishidan, mustamlaka-feodal siyosiy va iqtisodiy institutlarni tugatishdan o\u2019ta manfaatdor bo\u2019lgan ijtimoiy guruh va qatlamlar manfaatlarini o\u2019zida aks ettirgan edi. O\u2019nglar chor hokimiyati yillarida mustamlakachilik ma\u2019muriyati va samoderjaviya siyosatini to\u2019la-to\u2019kis quvvatlab kelishgandi. Ular fevralgacha bo\u2019lgan davrda qurolli qo\u2019zg\u2019olon yo\u2019li bilan ozodlik va mamlakat mustaqilligiga erishish, xon hokimiyati va shariat qonunlari, zamindorlar va musulmon ruhoniylarining yo\u2019qotilgan imtiyozlarini tiklash, o\u2019lka xalq ommasini yevropacha madaniyat va ahloq ta\u2019siridan saqlash g\u2019oyalarini ilgari surishdi. O\u2019lka mahalliy aholisi ushbu qismining aksari qarashlarini \u00abSho\u2019roi Ulamo\u00bb siyosiy tashkiloti o\u2019zida aks ettirdi. So\u2019llar harakatidagi boshqa yo\u2019nalishda radikal kayfiyatdagi milliy ishchi, dehqon, hunarmand va boshqa mehnatkashlar bor edi. Fevralgacha bo\u2019lgan davrda ular chor samoderjaviyasiga qarshi qurolli chiqishlarda faol ishtirok etishdi. Chor tuzumi ag\u2019darilgandan so\u2019ng ularning bir qismi hokimiyatni zo\u2019rlik bilan egallashni maqsad qilib qo\u2019ydi va jumladan, \u00abishchi-musulmon va kambag\u2019allar huquqlarini qo\u2019lga kiritish\u00bbga va\u2019da bergan bolsheviklashgan sovetlarning g\u2019oyaviy ta\u2019siri ostida bo\u2019ldi. Ko\u2019pchiligi esa Muvaqqat hukumat, so\u2019ngra sovet hokimiyati siyosatidan kattik norozi bo\u2019lib, keyinchalik keng quloch yozgan, mustakillik uchun kurashgan ommaviy harakat \u2013 \u00abistiqlolchilik harakati\u00bbning asosini tashkil etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fevral inqilobidan keyingi sharoitlarda \u00abSho\u2019roi Islomiya\u00bb, \u00abTurk odami markaziyati\u00bb firqasi, \u00abAlash o\u2019rda\u00bb va boshqalar musulmon \u00abmarkazchilari\u00bbning eng ko\u2019zga ko\u2019ringan siyosiy tashkilotlari edi. \u00abMusulmon mehnatkashlari Ittifoqi\u00bb &#8211; \u00abIttifoq\u00bb mahalliy aholi siyosiy kuchlarining joylashuvida alohida o\u2019rin tutgandi. Siyosiy yo\u2019nalish bo\u2019yicha \u00abIttifoq\u00bb a\u2019zolari asosan \u00abkelishuvchi\u00bb partiyalar qarashlariga yaqin turgan, bu partiyalar podshoh ag\u2019darilgandan so\u2019ng dastlabki oylarda hokimiyatni egallashni o\u2019z oldiga maqsad qilib qo\u2019ymadi, balki milliy demokratlar kabi jamiyatni qayta qurishning muammolarini hal etishda tsivilizasiyaviy usullarini taklif etdi. Ko\u2019rsatilgan siyosiy tashkilotlar yetuk tuzilma va g\u2019oyaviy birlashmalar emas edi. Ularning har birida izchil siyosiy tabaqalanish jarayoni ro\u2019y berardi, yangi yo\u2019nalishlar ajralib chiqardi. Ijtimoiy shart-sharoitlar ta\u2019sirida ularning qaysidir qismi kurashning keskinroq yo\u2019lini tanlar, boshqasi, aksincha, ancha mo\u2019tadil va hatto konservativ, qoloq munosabatlarga o\u2019tardi. Biroq inqilobning boshlariga kelib, g\u2019oyaviy kelishuvchiliklarga qaramay, yangilanishdan manfaatdor bo\u2019lgan barcha siyosiy guruh va musulmon jamiyati qatlamlari chor mustamlaka ma\u2019muriyatini tugatishga intilishda birdamlik namoyish etdilar. Mart oyining dastlabki kunlarida yevropalik siyosiy harakatlar tashabbusni ko\u2019p jihatdan o\u2019z qo\u2019llariga oldilar. Jumladan, 2 martdayoq O\u2019rta Osiyo temir yo\u2019li Bosh ustaxonalari ishchilarining deputatlari soveti tuzildi. 3 martda Toshkent ishchi deputatlari soveti 4 martda Toshkentda soldat deputatlari Soveti tashkil etildi. Mart oxirlarida bu ikki Sovet birlashtirildi. Shundan keyin dehqon deputatlari Sovetlari ham tuzila boshladi. O\u2019zining milliy tarkibiga ko\u2019ra tashkil etilayotgan Sovetlar o\u2019lka aholisining ko\u2019proq yevropaliklar qismi vakillari bo\u2019lib, ularning manfaatlari ko\u2019p jihatdan mahalliy turkistonliklar manfaatlariga to\u2019g\u2019ri kelmasdi. Shuni aytish kerakki, boshida Sho\u2019rolar ham yevropalik, ham musulmon aholisining ko\u2019pchiligi tomonidan ruhlanib kutib olindi. Ko\u2019pchilik ularda chinakkam halqchil, chor boshqaruv tuzilmalariga muqobil bo\u2019lgan demokratik hokimiyat organlarini ko\u2019rdi. O\u2019lka aholisining ijroiya qo\u2019mitalariga turli iltimos, shikoyat kabilar bilan murojaat qilishi ham shunga guvohlik beradi. \u00abSho\u2019roi Islom\u00bb yaratilishining o\u2019zi ham Sovetlar g\u2019oyasining obro\u2019si yuqoriligini ko\u2019rsatib turibdi. Biroq sof musulmon sho\u2019rosini shakllantirish haqidagi qaror Toshkentda dastlabki sovetlarni tashkil qilish chog\u2019ida namoyon bo\u2019lgan aholining yevropalik qismning etnosentrizmi va buyuk davlatchilik da\u2019volariga javobi bo\u2019lgan edi. Mahalliy aholi yevropaliklarning sovetida keng musulmon vakolati yo\u2019qligi, musulmonlarga ishonchsizlikning ifodalanishi ularning milliy huquqlari kamsitilishini ko\u2019rdilar. Ular \u00abSho\u2019roi Islom\u00bbni tashkil etish bilan fevral inqilobidan so\u2019ng ham qolayotgan ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish xoxishini namoyish etdilar. Yangi organ yevropalashgan Sovetlardan farqli ravishda islom diniga e\u2019tiqod qiluvchi mahalliy aholidan saylangan deputatlar Sho\u2019rosi (ya\u2019ni Sovet) deb qaralgan. \u00abSho\u2019roi Islomiya\u00bb, ya\u2019ni \u00abMusulmonlar sho\u2019rosi\u00bb nomi ham shundan olingan.<\/p>\n\n\n\n<p>1917 yilning 14 martida bo\u2019lib o\u2019tgan \u00abSho\u2019roi Islom\u00bb majlisida 15 kishidan iborat boshqaruvni tashkil etish haqida qaror qabul qilindi. Boshqaruv tarkibiga Abdulvohid qori o\u2019g\u2019li, Munavvar qori Abdurashidxon o\u2019g\u2019li, Kattaxo\u2019ja Hidoyatboy o\u2019g\u2019li, Ubaydulla Ho\u2019jayev va boshqalar kirdi. \u00abSho\u2019roi Islom\u00bb va uning boshqaruvi tarkibi bu tashkilot saflarida musulmon birligi g\u2019oyasi birlashtirgan turli dunyoqarashdagi vakillar mavjudligi haqida guvohlik berdi. Biroq Ubaydulla Ho\u2019jayev, Munavvar qori, Abdulla Avloniy kabi jadidchilik harakatining taniqli yo\u2019lboshchilari \u00abSho\u2019roi Islom\u00bbning yuragi, uning faol kuchi edilar. 15 martda Munavvar qori honadonida bo\u2019lib o\u2019tgan tashkilot boshqaruvining birinchi yig\u2019inida qabul qilingan vaqtinchalik Nizomda \u00abSho\u2019roi Islomiya\u00bbning asosiy maqsad va vazifalari quyidagicha keltirildi: Turkiston musulmonlari orasida zamonaviy ruhdagi ilmiy va ijtimoiy islohotchilik g\u2019oyalarini tarqatish; g\u2019oyalar maqsadlar birligi asosida Turkiston musulmonlarini jipslashtirish bo\u2019yicha ishlarni kuchaytirish: horijiy yurtlardagi davlat hokimiyati tizimi haqida axborot yig\u2019ish va Ta\u2019sis majlisiga tayyorgarlik ko\u2019rish: targ\u2019ibot maqsadlarida shahar, qishlok va ovullarda namoyishlarni muttasil o\u2019tkazish: eski ma\u2019muriyatni iste\u2019foga chiqarish va yangisini tayinlash zaruriyatini tushuntirish: o\u2019lkadagi turli milliy qo\u2019mitalar va partiyalar bilan aloqalarni yo\u2019lga qo\u2019yish, musulmon aholisining ehtiyojlari haqida o\u2019z vakillari orqali ma\u2019lumotlar yetkazish va zaruriyat tug\u2019ilganda ulardan yordam so\u2019rash va hokazolar. 25 martda \u00abSho\u2019roi Islomiya\u00bbning 4-umumiy majlisi bo\u2019lib o\u2019tdi. Unda 15 aprelga mo\u2019ljallangan Umumturkiston musulmonlari syezdini o\u2019tkazish bo\u2019yicha mahsus dasturni tayyorlash bilan bog\u2019liq bir qator muhim masalalar ko\u2019rib chiqildi; musulmon bayroqlari kunlarini belgilash va ularni o\u2019tkazish tartibini tuzish; rus vatandoshlar ushbu siyosiy tashkilotning maqsad va dasturi haqida axborot olish imkoniyatiga ega bo\u2019lishlari uchun rus tilida gazeta nashr etish; Toshkent shahrining ruslar yashaydigan qismida \u00abSho\u2019roi Islomiya\u00bbning bo\u2019limini ochish (\u00abNajot\u00bb, 1917, 23 mart). \u00abSho\u2019roi Islomiya\u00bb, \u00abNajot\u00bb va \u00abKengash\u00bb gazetalari uning nashr organlari sifatida faol chop etila boshladi. Bu gazetalar sahifalarida ma\u2019rifiy harakterdagi materiallardan tashqari mahalliy turkistonliklarning siyosiy ongi va ijtimoiy faolligini uyg\u2019otishga yo\u2019naltirilgan maqolalar ham e\u2019lon qilindi. \u00abSho\u2019roi Islomiya\u00bbning tashkil etilishi umumturkiston miqyosida mahalliy aholining g\u2019oyaviy-siyosiy va tashkiliy jipslanishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratdi. Jumladan \u00abSho\u2019roi Islomiya\u00bb tashabbusi bilan 16-21 aprelda 1-Umumturkiston musulmonlari syezdi o\u2019tkazildi faqat shuni aytib o\u2019tish lozimki, mazkur siyosiy yig\u2019inda o\u2019sha davrning asosiy masalalari: urushga, Muvaqqat Hukumatiga munosabat, Ta\u2019sis majlisiga tayyorgarlik, Rossiya va o\u2019lkada boshqarishning bo\u2019lg\u2019usi shakllari, oziq-ovqat taqchilligini yengib o\u2019tish yo\u2019llari va boshqa masalalar diqqat markazida turdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1917 yilda Toshkentda jadidchilik harakati yo\u2019lboshchilarining tashabbusi bilan Turkiston musulmonlari Qurultoyi chaqirildi, unda o\u2019lka musulmonlari Sho\u2019rosi saylandi. Uning tarkibiga o\u2019sha davrning mashhur siyosiy arboblari Mahmudho\u2019ja Behbudiy, Ubaydulla Ho\u2019jayev, Nosirxon To\u2019ra, Muhammadjon Tinishbayev, Mustafo Cho\u2019qayev va boshqalar kirdilar. Shunday qilib, o\u2019lkaning siyosiy hayoti tobora tezkor sur\u2019atlarda rivojlana bordi. Bunda musulmon tashkilotlari harakatlarining ta\u2019siri kundan-kunga kuchaya bordi. Ular hususan, chor ma\u2019muriyatining eng chidab bo\u2019lmaydigan institutlarini butunlay tugatishda sezilarli hissa qo\u2019shdilar. Biroq g\u2019oyaviy kelishuvga erishish mumkin bo\u2019lmasdi. Butunrossiya miqyosida ham, Turkistonda ham turli musulmon siyosiy oqimlari o\u2019rtasida ziddiyatlar saqlanib qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, \u00abfevral yangilanishi\u00bb jarayonlari turli-tuman natijalarga olib keldi. Fevral inqilobi Turkiston aholisida o\u2019lkani boshqarish bo\u2019yicha demokratik o\u2019zgarishlar qilish, yetilgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarni hal etish, mustamlaka zulmini tugatish borasida katta umidlar uyg\u2019otdi. Chor yakkahokimligi (samoderjaviyasi)ning barham topishi bilan ijtimoiy hayotni demokratlash, siyosiy-iqtisodiy munosabatlarning yangi tuzilmalarini tarkib toptirish bo\u2019yicha muayyan shart-sharoitlar yaratildi. Butun mamlakatda bo\u2019lgani kabi, Turkistonda ham yangi partiya va siyosiy harakatlar jadal tashkil etildi, vakolatli ijtimoiy tashkilotlar yuzaga keldi, hokimiyat vazifalarining bir qismini o\u2019ziga olishga intilgan sovetlar shakllandi. Fevral inqilobi tufayli, ijtimoiy hayotda yuz bergan demokratik jarayonlar tufayli Turkistonning mahalliy aholisi orasida tarixiy taraqqiyotning o\u2019z yo\u2019lini taklif etgan ko\u2019p sonli milliy-siyosiy tashkilotlar yuzaga keldi. O\u2019lkaga milliy-hududiy muhtoriyat berish pozitsiyalarida turgan O\u2019lkamusho\u2019rosi ana shunday tashkilotlardan biridir. O\u2019lkamussho\u2019rosi va uni qo\u2019llab quvvatlovchi milliy-demokratik partiya va birlashmalar muhtoriyat g\u2019oyasini targ\u2019ib etish va muhtoriyatchilik harakatiga musulmon aholisining keng qatlamlarini jalb etish bo\u2019yicha katta ishlarni olib bordi. Suverenitet va milliy turmush tarzini muhofaza kilish, asriy an\u2019analar va islomning ma\u2019naviy qadriyatlarni asrab-avaylash kabilarni o\u2019ziga jamlangan muhtoriyat g\u2019oyalari Turkiston jamiyatida tobora keng tarqaldi. Biroq o\u2019lka aholisining musulmon qismini siyosiy jipslashtirish jarayoni ziddiyatli tarzda kechdi. Mahalliy aholi esa mustaqil milliy rivojlanish huquqini ta\u2019minlashga intildi. Fevraldan keyingi davrda mahalliy turkistonliklarning siyosiy faolligi tez o\u2019sib, ularning ijtimoiy hayotdagi ta\u2019siri kuchaydi. Birinchi navbatda, jadidchilik yo\u2019nalishidagi siyosiy tashkilotlar musulmon aholining erkparvarlik orzu-umidlari ifodasi sifatida maydonga chiqdi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abOktyabr to\u2019ntarishi\u00bb Rossiya davlati va Turkiston tarixida yangi sahifani ochdi. Ma\u2019lumki 1917 yil 25 oktyabrda Petrograda qurolli qo\u2019zg\u2019olon amalga oshirildi. O\u2019sha kuni kech soat beshda Toshsovet ijroqo\u2019mining yashirin majlisida o\u2019lkada qurolli chiqish rejasi muhokama etildi. 28 oktyabr ertalab soat oltida yangragan bosh temiryo\u2019l ustahonalari gudogi Toshkentda oktyabr to\u2019ntarishi boshlaganidan darak berdi. Shundan so\u2019ng butun hokimiyat Toshsovetga o\u2019tdi. 1 noyabrda Toshsovet temiryo\u2019l liniyasi orqali quyidagi telegrammani yo\u2019lladi: \u00abSovet butun hokimiyatni qabul qildi. Hokimiyatni o\u2019z qo\u2019lingizga olingiz\u00bb.<\/p>\n\n\n\n<p>Petrogradda bolshevistik qo\u2019zg\u2019olonning g\u2019alabasi va sovet hokimiyatining dastlabki hujjat va dekretlari Turkiston siyosiy hayotida murakkab jarayonlarga sabab bo\u2019ldi. Bu paytga kelib uch asosiy yo\u2019l ajralib chiqdi. Birinchisi mahalliy aholining keng qatlamlari manfaatlarini o\u2019z ichiga olgan bo\u2019lib, bu milliy o\u2019z taqdirini o\u2019zi belgilashga oid huquqini ta\u2019minlashda o\u2019z ifodasini topdi. Rus eserlari va mensheviklari manfaatlarini ifodalovchi ikkinchi siyosiy yo\u2019l Rossiya tarkibida cheklangan muhtor huquqlarni beruvchi demokratik jarayonlarni kengaytirishga qaratilgan edi. Uchinchi yo\u2019l &#8211; yagona sovet imperiyasi makonida hayoliy kommunistik jamiyatni barpo etishga yo\u2019naltirilgan bo\u2019lib, biroq dastlabki paytda lenincha rahbariyat o\u2019zining asl maqsadlarini turli vositalar yordamida niqoblashga intilgan edi. Milliy chet o\u2019lkalar keng xalq ommasining siyosiy qo\u2019llab-quvvatlanishini ta\u2019minlashga harakat qilgan yangi sovet hukumatining boshlig\u2019i oktyabr to\u2019ntarishining dastlabki kunlaridayoq milliy masalani keskin hal qilishning serva\u2019da istiqbollarini bayon etishga shoshildi. 1917 yil 2 noyabrda V. I. Lenin va I. V. Stalin imzosi bilan \u00abRossiya xalqlarining huquqlari deklaratsiyasi\u00bb e\u2019lon qilindi. Unda alohida ta\u2019kidlash bilan xalqlar irodasini bajara borib, \u00abXalq Komissarlari soveti Rossiya millatlari haqidagi masala bo\u2019yicha o\u2019z faoliyatida quyidagilarga asoslanishini qaror qildi: 1. Rossiya xalqlarining tengligi va suverenligi. 2. Rossiya xalqlarining ajralib chiqish mustaqil davlat barpo etishgacha bo\u2019lgan o\u2019z taqdirini o\u2019zi erkin belgilash huquqi. 3. Har qanday milliy, milliy-diniy imtiyozlar hamda cheklanishlarni ma\u2019n etish\u2026\u00bb ayni paytda, Xalq Komissarlari Soveti (sovnarkom) Tatariston, Boshqirdiston, Turkiston, Kavkaz va Qrim musulmon xalqlarining Rossiya tarkibida siyosiy loyalligini ta\u2019minlash va saklashning favqulodda muhimligini hisobga olib, 1917 yil 20 noyabrda \u00abMurojaat\u00bb bilan chiqdi, unda shunday deyiladi: \u00abBiz sizga, Rossiya va Sharqning mehnatkash va mazlum musulmonlariga murojaat qilmoqdamiz. Rossiya musulmonlari, Volgabo\u2019yi va Qrim-tatarlari, Sibir va Turkiston qirg\u2019izlari va sartlari, Kavkazorti turklari va tatarlari, Kavkaz chechenlari va tog\u2019liklari, Rossiya podshohlari tomonidan masjid va ibodatxonalari vayron qilingan, e\u2019tiqod va urf odatlari toptalgan. Bundan buyon sizning e\u2019tiqod va urf-odatlaringiz, sizning milliy va madaniy muassasalaringiz erkin va dahlsiz deb e\u2019lon qilinadi. O\u2019z milliy hayotingizni erkin va to\u2019siqsiz barpo eting. Siz bunga haqlisiz. Siz o\u2019z mamlakatingizga o\u2019zingiz xo\u2019jayin bo\u2019lmog\u2019ingiz lozim\u00bb. Biroq keyingi voqealar ishonarli ko\u2019rsatilganidek, yangi hokimiyat o\u2019ziga hos milliy rivojlanish imkoniyatini so\u2019zlarda bayon etib, amalda ularga to\u2019sqinlik qildi. Jumladan, Boshqardiston, Tatariston, Qrim va Kavkazning musulmon xalqlari hukumat \u00abmurojaati\u00bb bilan to\u2019liq kelishgan holda o\u2019zlarining mustaqil musulmon davlatlarini tashkil etishlarini e\u2019lon qilganda, ularning hammasi qurol kuchi bilan Rossiya tarkibiga qaytarildi. Bolshevistik markaziy rahbariyat ulug\u2019 davlatchilik siyosatini davom ettirdi. Bu hol mahalliy kommunistlarning ochiqdan-ochiq shovinistik harakatlari tufayli yanada chuqurlashdi. Biroq oktyabrning dastlabki kunlarida yangi hokimiyatning xalqqa qarshi munosabati hali ochiqdan-ochiq ko\u2019rinmagandi. Aksincha, ozodlik haqidagi va\u2019dalar ezilgan xalqlarda mustamlakachilik zulmidan qutulish umidini uyg\u2019otdi. Mahalliy aholi asosiy ommasining orzu-umidlari Rossiya imperiyasining mustamlakachilik zulmidan ozod bo\u2019lish, mustaqil demokratik milliy davlat barpo etish, asriy urf-odatlar, an\u2019analar, butun musulmon turmush tarzini saqlab qolishdan iborat edi. Birok \u00abInqilob\u00bb to\u2019lqinida hokimiyat tepasiga kelgan bolsheviklar va ularning vaqtinchalik ittifoqchilari bo\u2019lgan so\u2019l eserlar Turkiston xalqlarining irodasi va istaklari bilan mutlaqo hisoblashmadilar. Lenin hukumati va o\u2019lkada uning siyosatini amalga oshiruvchi turkistonlik bolsheviklar o\u2019lkaning mustamlaka holatini o\u2019zgartirishni va uning xalqlariga yengillik berishni mutlaqo istamas edilar. Boshqa partiyalardan farqli o\u2019laroq, mahalliy bolsheviklar turli bahonalar bilan hokimiyatni aholining 95%ni tashkil etuvchi mahalliy aholiga berishni, hatto ular bilan bo\u2019lishib olishni ham hohlamas edi. Turkistonlik bolsheviklarning tutgan bu buyuk davlatchilik yo\u2019li Toshkentda 1917 yil 15-22 noyabrda bo\u2019lib o\u2019tgan sovetlarning III o\u2019lka syezdida ayniqsa yaqqol namoyon bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hukumat, birinchi galda bolsheviklar, mohiyatan chorizm mustamlakachilik siyosatiga amal qildilar. Shu bilan birga oktyabr to\u2019ntarishidan keyin Rossiyada bo\u2019lgani singari, Turkistonda ham inqilobiy aqidalarga, eng avvalo sinfiylik tamoyillariga amal qilindi. Asosiy inqilobiy kuch-proletariat va kambag\u2019al dehqonlar, aholining boshqa qatlamlari esa reaksion va ekspluatatar guruhlar deb e\u2019lon kilindi. Mulkdorlar-ekspluatatorlar, ezuvchilar, milliy ziyolilar, o\u2019qimishli, obro\u2019-e\u2019tiborli xalq vakillari-milliy burjuaziya korchalonlari va malaylari; islom dini rahnamolari-reaksion oqim deb, ularga qarshi ayovsiz kurash boshlab yuborildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiston o\u2019lkasidagi dastlabki sovet hukumatining ziddiyatli tarkibi mintaqada yevropalik aholi hukmronligini mustahkamlashga qaratilgan edi. Mahalliy millatlarning siyosiy jarayonga aralashtirilmaganligi o\u2019lka xalqlarining sovet hokimiyatiga bo\u2019lgan ishonchsizligini yanada kuchaytirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hokimiyat bolsheviklar qo\u2019liga o\u2019tishi bilan o\u2019lkada Muvaqqat hukumatning barcha bo\u2019g\u2019inlari tugatilib, o\u2019rniga avvalo jazo organlari va sovet boshqaruv tizimi o\u2019rnatildi. Shu vaqtning o\u2019zida Butunrossiya Favqulodda komissiya (cheka) organlari va inqilobiy tribunallar tashkil etildi. Proletariat diktaturasining bu jazo organlari ozodlik va demokratiyani bo\u2019g\u2019ishda, o\u2019zgacha fikrlaydigan kishilarni qatag\u2019on qilishda muhim qurol bo\u2019ldi. Turkiston bolsheviklari va so\u2019l eserlari musulmon aholisining o\u2019lkani boshqarishga bo\u2019lgan huquqini inkor qilib, hokimiyat to\u2019g\u2019risidagi masalani kelishib hal kilish imkoniyatini yo\u2019qqa chiqardilar va shu bilan o\u2019lka siyosiy hayotidagi kuchlarning kelgusida muholifatga aylanishini oldindan muqarrar qilib qo\u2019ydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1917 yil 26 noyabrda Qo\u2019qon shahrida O\u2019lka musulmonlarining IV favqulodda syezdi ish boshladi. Unda o\u2019lkaning barcha mintaqalari va ko\u2019pgina jamoat tashkilotlaridan 200 nafardan ortiq vakil hozir bo\u2019ldi. Kun tartibiga o\u2019lkani boshqarish shakli, Turkiston Markaziy musulmonlar sovetini qayta saylash, Turkiston Ta\u2019sis majlisi, militsiya, moliya va boshqa masalalar qo\u2019yildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Syezdda Farg\u2019onadan \u2013 100, Sirdaryodan \u2013 22, Samarqanddan \u2013 21, Buxorodan \u2013 4 va Kaspiyortidan \u2013 1 vakil qatnashayotgan edi. Shuningdek, viloyat vakillaridan tashqari syezda \u00abSho\u2019roi Islom\u00bb, \u00abSho\u2019roi Ulamo\u00bb, musulmon harbiylari kengashi, O\u2019lka yahudiylar jamiyati (Paoley Sion), mahalliy yahudiylar vakillari qatnashdilar. Muhokamadan keyin 13 kishidan iborat hay\u2019at saylashga kelishib olindi. Ochiq ovoz bilan hay\u2019at a\u2019zoligiga quyidagilar saylandilar: M.Cho\u2019kayev, U.Ho\u2019jayev, Yu.Agayev, S.Gersfeld, O.Mahmudov, A.O\u2019razayev, I.Shoahmedov, Kigichinboyev, Kamol Qozi, Abdul Badin, Tiliyev, Karimboyev. Syezdda uch kunlik munozaradan so\u2019ng vakillar Turkistonning bo\u2019lg\u2019usi siyosiy tuzumi to\u2019g\u2019risida qat\u2019iy bir fikrga yakdillik bilan kelishib oldilar. 27 noyabr kuni kechasi soat 12da 2 kishi qarshi bo\u2019lib qabul qilingan qarorda, jumladan, shunday deyiladi: \u00abTurkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da\u2019vat etgan xalqlarning o\u2019z huquqlarini o\u2019zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni federativ Rossiya respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muhtor deb e\u2019lon qiladi, shu bilan birga muhtoriyatning qaror topish shakllarini Ta\u2019sis majlisiga havola etadi\u00bb. Shundan keyin syezd \u00abTurkistonda yashab turgan milliy ozchilik aholi huquqlarining muttasil himoya qilinishini tantanali ravishda e\u2019lon qiladi\u00bb.<\/p>\n\n\n\n<p>28 noyabrda tashkil topayotgan mazkur davlatning nomi \u00abTurkiston Muhtoriyati\u00bb deb ataladigan bo\u2019ldi. Hokimiyatni esa Ta\u2019sis syezdi chaqirilgunga qadar Turkiston muvaqqat Kengashi va Turkiston Halk (Milliy) Majlisi ko\u2019lida bo\u2019lishi ta\u2019kidlandi. Shuningdek, syezdda Muvaqqat Kengash tarkibiga 12 kishidan iborat a\u2019zolar saylash taklif etildi. Xalq majlisi tarkibiga saylanadigan 54 o\u2019rindan 18 o\u2019rin o\u2019lkadagi turli yevropalik aholi tashkilotlarining vakillari uchun ajratildi. Bu esa uchdan bir o\u2019rin yevropalik aholi vakillariga tegishini bildirar edi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Muvaqqat hukumat tarkibiga quyidagi a\u2019zolar saylanadi:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>1. M.Tanishbayev \u2013 bosh vazir, ichki ishlar vaziri, 2 chakirik Davlat<\/strong><strong> <\/strong><strong>Dumasining a\u2019zosi, Muvaqqat hukumat Turkiston komitetining a\u2019zosi, muhandis.<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>2. Islom Sulton Shoahmedov (Shaahmedov) \u2013 bosh vazir o\u2019rinbosari,<\/strong><strong> <\/strong><strong>Butunrossiya musulmonlari kengashi Markaziy qo\u2019mitasining a\u2019zosi,<\/strong><strong> <\/strong><strong>huquqshunos.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>3. Mustafo Cho\u2019qayev \u2013 tashqi ishlar vaziri, Turkiston Musulmonlar Sho\u2019rosi<\/strong><strong> <\/strong><strong>Markaziy ko\u2019mitasining raisi, huquqshunos.<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>4. Ubaydullo Ho\u2019jayev \u2013 harbiy vazir, Butunrossiya musulmonlar kengashi<\/strong><strong> <\/strong><strong>MK a\u2019zosi, huquqshunos.<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>5. Yurali Agayev \u2013 yer va suv boyliklari vaziri, agronom.<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>6. Obidjon Mahmudov \u2013 oziq-ovqat vaziri, Qo\u2019qon shahar dumasi Raisning<\/strong><strong> <\/strong><strong>o\u2019rinbosari, tog\u2019-kon sanoati muhandisi.<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>7. Abdurahmon O\u2019razayev \u2013 ichki ishlar vazirining o\u2019rinbosari, huquqshunos.<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>8. Salomon Abramovich Gersfeld \u2013 moliya vaziri, huquqshunos.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Muvaqqat hukumat tarkibiga 12 a\u2019zo o\u2019rniga 8 kishi saylanganligining sababi yana to\u2019rt kishi \u2013 yevropalik aholi vakillari ichidan nomzodlar ko\u2019rsatilgach, qayd etilishi ko\u2019zda tutilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Syezdda, shuningdek, Xalq Majlisi a\u2019zolari ham saylandi. Umummusulmon syezdining 27 noyabrda Turkiston Muhtoriyatini tashkil qilganligi haqidagi qarori o\u2019lka xalqlarini ruhlantirib yubordi. Turkiston xalqlari muhtoriyatni qo\u2019llab-quvvatlab mitinglar, yig\u2019inlar uyushtirdilar. Turkiston xalqining muhtoriyat uchun olib borgan kurashida 1917 yil 13 dekabrda bo\u2019lib o\u2019tgan fojiali voqealar muhim o\u2019rin tutadi. O\u2019sha kuni Toshkentda eski shahar aholisi \u00abMuhtor Turkiston uchun!\u00bb shiori ostida tinch bayram namoyishini o\u2019tkazdi. Ammo Toshkent Sovetidagi bolsheviklar shaharda qurolli kuch bilan tartib o\u2019rnatishga buyruk beradilar. Oqibatda tinch namoyish qatnashchilari pulemyotdan o\u2019qqa tutildi, eski shaharlik 16 kishi ana shu to\u2019qnashuv qurboni bo\u2019ldi. Muhtor hukumatning xalq o\u2019rtasidagi obro\u2019-e\u2019tibori va nufuzi bolsheviklarni tashvishga solib qo\u2019ydi. 1918 yil 19-26 yanvar (yangi hisob bilan 1-8 fevral) da Toshkentda bo\u2019lgan Turkiston o\u2019lkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining favqulodda IV syezdida muhtoriyat masalasi asosiy o\u2019rinda turdi. Syezd Turkiston Muhtoriyati hukumati va uning a\u2019zolarini qonundan tashqari holatda deb, hukumat a\u2019zolarini qamoqqa olish to\u2019g\u2019risida qaror chiqardi. Bolsheviklar o\u2019zlarining bu qabih va mudhish \u00abhukmi\u00bbni amalga oshirishga zudlik bilan kirishdilar. 30 yanvar (yangi hisob bilan 12 fevral) da Turkiston HKS muhtoriyat hukumatini tugatish uchun harbiy harakatlarni boshladi. Turkiston bolsheviklari buning uchun qizil askarlardan tashqari armanlarning \u00abDashnoksutyun\u00bb partiyasi a\u2019zolaridan tuzilgan qurolli to\u2019dalardan ham keng foydalandi. Ularga qarshi dastlabki jangda muhtoriyatning milliy qo\u2019shinidan qashkari Qo\u2019qonlik tinch aholi vakillari ham qatnashdi. Asosan, bolta, cho\u2019kich, tayoq ko\u2019targan haloyiqning soni 10000 kishiga yetdi. Shunga qaramay, qurolsiz bu kishilar qizil askarlarning Qo\u2019qon shahriga hujumini uch kun davomida mardonavor qaytardilar. Shahar ustiga uch kun davomida to\u2019plardan yondiruvchi snaryadlar otildi. Muhtoriyat qo\u2019shinining tirik qolgan qismi Kichik Ergash Qo\u2019rboshi boshchiligida shahardan chiqib ketdi. Turkiston Muhtoriyati hukumati qizil askarlar va dashnoklarning qonli hujumlari oqibatida ag\u2019darib tashlandi. Ammo Qo\u2019qon va uning atrofidagi tinch aholini talash, o\u2019ldirish avjiga chiqdi. Faqat Qo\u2019qonning o\u2019zida uch kun davomida 10000 kishi o\u2019ldirildi. Shahar butkul vayronaga aylantirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hukumat boshlig\u2019i Mustafo Cho\u2019kay shaharni tark etib, yashirinishga majbur bo\u2019ldi. Vazirlarning ayrimlari halok bo\u2019ldi. Ba\u2019zilarini bolsheviklar ko\u2019lga olishdi. \u00abUlug\u2019 Turkiston\u00bb gazetasi xabar berganidek, \u00ab20 (eski hisob bilan 7) fevral Ko\u2019kand (Qo\u2019qon) tarixining eng dahshatli kuni edi. Armanilar ayricha faoliyat ko\u2019rsatganlar\u00bb. Gazetadagi ushbu maqola \u00abHo\u2019qand hozir o\u2019liklar shahri\u00bb, degan dahshatli ibora bilan tugaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiston respublikasi HKS va MIK ichida hokimiyat uchun o\u2019zaro kurashlar, mojarolar va janjallar avjiga chiqdi. Oktyabr oyida Turkiston HKS raisi F. Kolesov va boshqa ayrim amaldorlar egallagan lavozimdan bo\u2019shatildi. 1919 yil 19 yanvarda harbiy komissar K. Osipov boshchiligida Toshkentda isyon ko\u2019tarildi. K. Osipovning buyrug\u2019i bilan 14 komissar otib tashlandi. Isyonchilar tomonidan sovet hokimiyati ag\u2019darildi, hokimiyat masalasi Ta\u2019sis Majlisida hal qilinadi, deb e\u2019lon qilindi. Biroq isyon Toshkent temir yo\u2019l ustahonalari ishchilari va boshqa harbiy qismlar tomonidan tezda bostirildi. K. Osipov avval Farg\u2019ona vodiysiga, so\u2019ngra Buxoro amirligiga qochib ketdi. Bu isyon bahonasida bolsheviklar 1919 yil mart oyi boshida so\u2019l eserlarni hukumatdan siqib chiqarib, yakka o\u2019zlari hukmron bo\u2019lib oldilar.1919 yil 8 oktyabrda Moskvada Turkkomissiya (Rossiyaning Turkiston ishlari bo\u2019yicha komissiyasi) tashkil qinilinib, u Toshkentga jo\u2019natildi. Turkkomissiya, keyinchalik tuzilgan Turkbyuro va O\u2019rta Osiyo byurosi kabi turli komissiya va byurolar muntazam ravishda Rossiya Markazidan Turkistonga jo\u2019natib turildi. Markaz o\u2019zining bu favqulodda organlari orqali Turkiston mintaqasi boshqarishga, mahalliy xalqlarni mustamlakachilik asoratida ushlab turishga intildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu paytda butun Rossiyada bo\u2019lgani singari Turkiston respublikasida ham \u00abharbiy kommunizm\u00bb siyosati joriy kilindi. Bu siyosat o\u2019z mohiyatiga ko\u2019ra xalqqa qarshi qaratilgan edi. U xususan dehqonlarga katta zarba bo\u2019lib tushdi. Turkistonda ham sovet rejimi bir qator dekretlar chiqarib, ozik-ovqat razvyorstkasi (taqsimoti)ni joriy qildi. Aslini olganda, dehqondan u yetishtirgan mahsulotning deyarli hammasi tortib olindi. Bozorlar yopildi, savdo-sotiq taqiqlandi. 16 yoshdan 55 yoshgacha bo\u2019lgan barcha erkak va ayollar uchun mehnat majburiyati joriy kilindi. \u00abQo\u2019qon fojiasi\u00bb shu haqiqatni yaqqol tasdiqladiki, Lenin boshchiligidagi bolsheviklar hukumati va Turkistonda bolshevik F. I. Kolesov rahbarligidagi o\u2019lka Xalq Komissarlari Kengashi (HKK) so\u2019zda \u00abmillatlarning o\u2019z taqdirini o\u2019zi belgilash\u00bb huquqi uchun jonbozlik ko\u2019rsatsalarda, amalda \u00abyagona va bo\u2019linmas Rossiya\u00bb uchun kurash olib bordi va bu borada chorizmning mustamlakachilik siyosatini ochiqdan-ochiq davom ettirdi. Ularni har qanday muhtoriyat emas, balki RSFSR tarkibida sovet muhtoriyati shaklidagi, bolsheviklarga ma\u2019qul bo\u2019lgan va ular homiyligida tashkil etiladigan muhtoriyatgina qanoatlantirar edi. Bolsheviklar \u00abmillatlarning o\u2019z taqdirini o\u2019zi belgilash\u00bb tushunchasiga o\u2019ta sinfiy mazmunni singdirib, o\u2019z taqdirini o\u2019zlari belgilaydigan millatlar irodasi bilan va mavjud mahalliy voqelik bilan mutlaqo hisoblashmadilar. 1918 yil 20 aprelda Toshkentda sovetlarning V o\u2019lka syezdi ochildi. Uning ishida 263 delegat, shu jumladan, mahalliy millatlardan 50 delegat ishtirok etdi, bu esa delegatlarning bor yo\u2019g\u2019i 20 foizidan ko\u2019prog\u2019ini tashkil etardi. Ko\u2019rinib turibdiki, mahalliy millat vakillari syezdda mutloq ozchilikni tashkil qilgan. Ulardan ikki nafari \u2013 Husayn Ibrohimov va Sa\u2019dulla Tursunho\u2019jayev syezd hay\u2019ati tarkibiga saylandi. Delegatlarning aksariyati bolsheviklar va so\u2019l eserlar edi. Bolsheviklar 86, so\u2019l eserlar 70 kishi edi. Binobarin, ular syezd ishining yo\u2019nalishini belgilab berdilar. Syezd kun tartibida quyidagi masalalar turardi: Xalq Komissarlari Kengashining ma\u2019ruzasi, sanoatni natsionalizasiya qilish, ocharchilikka va ishsizlikka qarshi kurash, hozirgi sharoit, Turkiston sovet Muhtoriyatining e\u2019lon qilinishi munosabati bilan komissarliklarni, hokimiyatni qayta tashkil etish va boshqalar. Syezdning asosiy vazifasi Turkiston sovet Muhtoriyatini e\u2019lon qilish edi. Moskvadan kelgan hujjatda o\u2019lka muhtoriyatining qanday bo\u2019lishi haqida aniq ko\u2019rsatma mavjud bo\u2019lib, syezd delegatlariga RSFSR hukumati Turkistonning har qanday muhtoriyatini ham qo\u2019llab-quvvatlamasligini, faqat Markazga ma\u2019qul keladigan sovet muhtoriyatini qabul qilishini ochiqchasiga bildirib qo\u2019ygan edi. Delegatlar uchun Moskvaning bunday ko\u2019rsatmasidan keyin Turkistonning sovet muhtoriyatini e\u2019lon qilishdan boshqa iloji qolmagan edi. 1918 yil 30 aprelda syezd \u00abTurkiston Sovet Federativ Respublikasi to\u2019g\u2019risida Nizom\u00bbni qabul qildi. Bu nizomga ko\u2019ra Turkiston o\u2019lkasining hududi \u00abRossiya Sovet Federasiyasining Turkiston Sovet Respublikasi\u00bb deb e\u2019lon qilinadi. Uning tarkibiga Turkistonning barcha hududi o\u2019zining geografik chegarasi bilan kiritildi, Xiva bilan Buxoro esa bundan mustasno edi. Turkiston respublikasi muhtoriyat tarzida boshqarilib, o\u2019zining barcha faoliyatini RSFSR hukumati bilan muvofiqlashtirar va uni e\u2019tirof qilar edi. Rossiya bilan o\u2019zaro munosabatlarni belgilash uchun syezd 5 kishidan iborat komissiya saylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>1917 yilda sodir bo\u2019lgan oktyabr to\u2019ntarishi va buning natijasida hokimiyatni qo\u2019lga kiritgan bolsheviklar tomonidan ilgari surilgan kommunistik mafkura Turkiston xalqlari uchun mutlaqo yot tushuncha edi. Mahalliy aholi bu g\u2019oyani avval boshdanok o\u2019ziga singdira olmadi va unga qarshi turdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchidan, sovet hukumati o\u2019rnatilgan dastlabki davrda hokimiyatni boshqarishga mahalliy xalq vakillari jalb qilinmadi, ularning milliy g\u2019ururi, haq-huquqi inkor qilindi. Turkistonda bolsheviklar tomonidan o\u2019rnatilgan sovet rejimi chor Rossiyasi mustamlakachiligining yangi shakli ekanligi o\u2019sha dastlabki kunlardanoq oshkor bo\u2019lgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uchinchidan, yangi tuzum o\u2019rnatilgan ilk kunlardanok mahalliy xalqning asrlar davomida shakllangan urf-odatlari, milliy qadriyatlari toptaldi. Shariat asoslari va qozixonalar bekor qilindi, vaqf yerlari tortib olindi, mulkchilikning barcha shakliga chek qo\u2019yildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmi ostida ezilib kelgan farg\u2019onaliklar Turkistonda birinchi bo\u2019lib bolsheviklar rejimiga qarshi qurolli kurashga otlandilar. Shu tariqa, Turkistonda sovet hokimiyati va bolshevikcha rejimga qarshi qurolli harakat 1918 yil fevral oyining ohirlarida boshlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu harakatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar, chorikorlar, mardikorlar, hunarmandlar va kosiblar bo\u2019lgan. Turkiston respublikasi rahbarlaridan birining e\u2019tirof etilishicha, unga asosan dehqonlar va hunarmandlar qatnashdi. Ularga shahar aholisining aksariyat qismiga o\u2019ziga to\u2019q badavlat oilalarning vakillari, savdogarlar, islom dini arboblari hamda ba\u2019zi boylar qo\u2019shildi. Harakat qatnashchilari orasida tanigan ziyolilar ham ko\u2019pchilikni tashkil qilar edi va ular jadidlar safidan ajralib chiqqan edi. Bir so\u2019z bilan aytganda, ular safida xalqning barcha tabaqasiga mansub kishilar bor edi. Qo\u2019qondagi dastlabki guruhlarning tashkil topishi Kichik Ergash (taxminan 1885-1918) va Katta Ergash (taxminan 1880-1921) larning nomi bilan bog\u2019liqdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Marg\u2019ilonda esa militsiyaning sobiq boshlig\u2019i Muhammad Aminbek o\u2019g\u2019li &#8211; Madaminbek (1892-1920) kurash boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Farg\u2019ona vodiysida 1918 yilning o\u2019rtalariga kelib, taxminan yuzga yaqin qo\u2019rboshilar o\u2019z dastalari bilan qizil armiya qismlariga qarshi kurash olib bordilar. Bu guruhlarda 15000 yigit bor edi. Turkistondagi bu harakatning o\u2019ziga hos milliy ko\u2019rinishi va hususiyatlari mavjud bo\u2019lgan. Bu hususiyatlar harakatdagi qo\u2019rboshilar dastalari va guruhlari faoliyatida, ularning maqsad va istaklarida o\u2019z ifodasini topgan bo\u2019lib, unda islom shariati qonun-qoidalari asosidagi milliy davlat barpo qilishdan tortib, to milliy demokratik tartibdagi mustaqil davlat tuzishgacha kabi g\u2019oyalar mujassamlashgan edi. Turkiston mintaqasidagi mazkur harakatning muhim hususiyati shundaki, bu harakatda maqsadlar va vazifalar qanday bo\u2019lishidan qat\u2019iy nazar boshidan oxirigacha bir ustuvor g\u2019oya \u2013 Turkistonning milliy mustaqilligi yotadi. Bu harakat goh kuchayib, goh pasayib turishiga qaramay, unda ishtirok etuvchilarning tarkibi o\u2019zgarib turishi va ikkilamchi manfaatlar o\u2019rtada turganligi, hamda ob\u2019yektiv va sub\u2019yektiv omillar kuchlar muvozanatiga salbiy ta\u2019sir qilishiga qaramay, harakatning asosiy maqsadi Turkiston mustaqilligi bo\u2019lib qolaverdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkistondagi bu harakatning uyushgan bir shaklda namoyon bo\u2019lishida qo\u2019rboshilar ko\u2019rsatgan g\u2019ayrat\u2013shijoatni alohida ta\u2019kidlab o\u2019tish kerak. Qo\u2019rboshilar harakatning harbiy rahbarlari bo\u2019lib ular o\u2019z jangovorliklari bilan mashhur edilar. O\u2019z vaqtida Farg\u2019ona vodiysida Kichik Ergash, Katta Ergash, Madaminbek, Shermuhammadbek, Muhiddinbek, Islom Polvon, Yormat Mahsum, Samarqand viloyatida Ochilbek, Bahrombek, Buxoro respublikasida Ibrohimbek, Mulla Abdukahhor, Anvar Poshsho, Salim Poshsho, Davlatmandbek, Fuzayl Mahdum, Xorazm respublikasida Junaidhon kabi qo\u2019rboshilar bu harakatni yagona kuchga birlashtirishi uchun rahbarlikni birin\u2013ketin o\u2019z qo\u2019llariga olsalarda, lekin Turkiston mintaqasidagi qurolli harakat boshdan oxirigacha yagona markazga to\u2019liq uyusha olmadi. Farg\u2019ona vodiysidagi bu harakat 1919 yil yozining oxiri va kuzida o\u2019zining eng yuqori cho\u2019qqisiga chiqdi. 1919 yilning kech kuziga kelib Madaminbek qo\u2019l ostida 30000ga yaqin yigit qizil armiyaga qarshi janglarni olib bordilar. Bu paytda Shermuhammadbek qo\u2019l ostida 20000, Katta Ergash qo\u2019rboshida 8000 askar bo\u2019lgan. Ana shu 3ta lashkarboshi vodiydagi jangovor harakatlarni yo\u2019naltirib turdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkistondagi bu harakat 1920 yilning yozi va kuzida o\u2019zining yangi bosqichiga qadam qo\u2019ydi. Kurash yana ham shavqatsiz va murosasiz tus oldi. Turkiston MIK raisi Inomjon Hidiraliyevning keyinchalik yozishicha, \u00ab1920 yil sentyabrda bosmachilarning soni 70 ming kishiga yetdi va kuchli vahima uyg\u2019otdi\u00bb. Sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatni tashkiliy jihatdan uyushtirishda Farg\u2019ona vodiysi, Buxoro va Xorazmdagi qo\u2019rboshilarning mazkur davrda bo\u2019lib o\u2019tgan o\u2019ttizdan ortiq qurultoylarining ahamiyati katta bo\u2019lgan. Bu qurultoylarda harakat rahbarlari saylangan, qo\u2019rboshilar yagona qo\u2019mondonlik ostiga birlashtirilgan. Ammo bunga doim ham amal qilinmas edi. Shuningdek, qurultoylarda qo\u2019rboshilar guruhlari harakat qiladigan joylar va ularning ta\u2019sir doirasi belgilab olingan. Ba\u2019zi ko\u2019rboshilar Oliy bosh qo\u2019mondonga bo\u2019ysunmay, o\u2019zlaricha mustaqil harakat qilganlar. Farg\u2019ona vodiysidagi vatanparvarlar qo\u2019shiniga 1923-1924 yillarda oldin Islom Polvon (taxminan 1882-1923), so\u2019ng Yormat Mahsum (1929 yil halok bo\u2019lgan) kabi qo\u2019rboshilar rahbarlik qildilar. Bu paytda qo\u2019rboshilarning kichik-kichik guruhlari jang harakatlarini olib bordilar. Farg\u2019onada ularning soni 1923 yilda 350-400 atrofida edi. Lekin qo\u2019rboshilar kurashning mazkur bosqichida turli sabab va mahalliy shart\u2013sharoitlar natijasida doim ham bir-birlari bilan kelishib ish ko\u2019rmadilar. 1920\u20131924 yillarda bu harakat Buxoro va Xorazm respublikalarida ham avj oldi. Buxoro va Xorazmdagi milliy muholifatning ozodlik kurashlari alohida, o\u2019ziga xos yo\u2019nalish va hususiyatga ega bo\u2019lib, o\u2019ta murakkabligi va ziddiyatligi bilan Turkiston respublikasidagi sovetlarga qarshi qurolli harakatdan ajralib turardi. Bolsheviklar qizil armiya yordamida Buxoro amirligi va Xiva xonligini kuch bilan ag\u2019darib, hokimiyatni Buxoroda asosan Yosh Buxoroliklardan, Xorazmda esa Yosh Xivaliklardan iborat demokratik kuchlar qo\u2019liga berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro va Xorazm Xalq Sovet Respublikalarida yuzaga kelgan qurolli muholifat shu boisdan ham bir yo\u2019la ikki kuchga qarshi, birinchidan, bu davlatlar hududida joylashib olgan qizil armiya qarshi, ikkinchidan esa bolsheviklar yordamida hokimiyatni egallab olgan demokratik kuchlarga qarshi muholiflik urushini olib bordilar. Bu urushning Turkistondagi, hususan, Farg\u2019ona vodiysidagi harakatdan farqi ham ana shunda. Buxorodagi qo\u2019rboshilar o\u2019rtasida Ibrohimbek (1889-1932) alohida salmoqqa ega edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ibrohimbek amirlik ag\u2019darilib tashlangach, Sharqiy Buxorodagi qo\u2019rboshilar guruhlariga umumiy rahbarlik qilib, bolsheviklar va bosqinchi qizil armiyaga qarshi kurash boshladi. U o\u2019z oldiga Buxoro tuprog\u2019ini qizil askarlardan tozalab, ag\u2019darib tashlangan amirlik tuzumini qayta tiklash va saltanatni sobiq amir Said Olimxon (1881-1944) qo\u2019liga olib berishni asosiy maqsad qilib qo\u2019ydi. Shuning uchun ham u kurashga kirgan dastlabki kunlardanok sobiq Buxoro amiri tomonidan moddiy va ma\u2019naviy jihatdan har tomonlama qo\u2019llab-qo\u2019vvatlandi va rag\u2019batlantirildi. Mujohidlarning asosiy maqsadi qizil qo\u2019shinni haydab yuborish, milliy qadriyatlar, asriy e\u2019tiqod va urf-odatlarning poymol qilinishi, barham berish edi. 1914-1918 yillarda yuz bergan jahon urushi, 1917 yilda Rossiyada amalga oshirilgan fevral burjua-demokratik inqilobi, undan keyingi oktyabr harbiy to\u2019ntarishi va nihoyat, Turkiston o\u2019lkasidagi milliyozodlik va istiqlolchilik harakatlarining oqibatlari natijasida iqtisodiy hayot keskin tus oldi. Har ikkala davlat hududida iqtisodiy tanglik kuchaydi, narx-navo mislsiz darajada ko\u2019tarildi, qashshoklik, ochlik avj oldi, paxta ekin maydonlari keskin qiskarib ketdi. Rossiyaga olib borib sotiladigan pahtaning miqdori 1917 yildan 1919 yilgacha bo\u2019lgan davr mobaynida 20 barovar, qorako\u2019lning miqdori qariyb 10 barovar va junning miqdori esa 6 barovar qamaydi. Bir pud paxtaning narxi 1917-1919 yillar oralig\u2019ida 11 so\u2019mdan 1 so\u2019m 80 tiyinga, bir pud junning narxi 6 so\u2019mdan 2 so\u2019mga, bir dona qorako\u2019lning narxi 7 so\u2019mdan 1 so\u2019m 20 tiyinga tushib qoldi. Ayni paytda oziq-ovqat mahsulotlari narxi haddan ziyod oshib ketdi. Yana buning ustiga ustak amir qo\u2019shinlariga mehnatkashlardan ommaviy safarbarlik e\u2019lon qilinishi xalqning qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tarilishiga sabab bo\u2019ldi. Buxoro amirligi va Xiva xonligida sodir bo\u2019layotgan xalq kurashining mafkuraviy asosini jadidchilik harakati tashkil etdi. Buxoro va Xiva jadidlari hokimi mutloq, o\u2019z monarhlari bo\u2019lgan amir va xon zulmiga qarshi kurashni bosh maqsad deb bildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abYosh Buxoroliklar\u00bb va \u00abYosh Xivaliklar\u00bbning pirovard maqsadlari konstitusiyaviy monarhiya tuzumi edi. Ular ana shu konstitusiyaviy monarhiya tuzumi doirasida islohotlar o\u2019tkazish yo\u2019li bilan adolatli va insonparvar jamiyat ko\u2019rish mumkin, deb ishonardilar. \u00abYosh Buxoroliklar\u00bb va \u00abYosh Xivaliklar\u00bb ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot darajasi taqozosiga ko\u2019ra xalq ommasi o\u2019rtasida mustahkam tayanch bazaga ega emas edilar. Ular o\u2019zlariga Ittifoqchilarni chetdan izladilar va Rossiya timsolida amir va xon zulmidan ozod bo\u2019lish mumkin, degan fikrga borib katta siyosiy xatoga yo\u2019l qo\u2019ydilar. \u00abYosh Xivaliklar\u00bb qo\u2019mitasi tomonidan tayyorlangan manifestga Asfandiyorhon 1917 yil 4 aprelda imzo chekishga majbur bo\u2019ldi. Bu hujjat asosida Xivada xon boshchiligida konstitusiyaviy monarhiya tuzumi qaror topadi, deb e\u2019lon qilindi. Saylov yo\u2019li bilan deputatlar majlisi va Nozirlar kengashi tashkil topdi. Keyinchalik majlis va hukumat butunlay \u00abYosh Xivaliklar\u00bb qo\u2019liga o\u2019tdi. Majlis nomidan e\u2019lon qilingan Manifestga ko\u2019ra xonlikda vaqf, mulk (xususiy) va podsholik yerlari dahlsizligicha saqlanib qoldi, xazinaning kirim va chiqimlari ustidan nazorat o\u2019rnatildi, shariat so\u2019zlari davlat ta\u2019minotiga o\u2019tkazildi, yangi usuldagi jadid maktablari ochilishi belgilandi. Asfandiyorhon mamlakatda xalq norozoliklarini bostirish va Boboohun Salimov boshchiligidagi jadidlarni tartibga chaqirishda rus askarlaridan foydalandi. Harbiy komissar Zaysev honga yordam uchun jazo otryadlarini tashkil etdi. Xalq haq-huquqlari rus askarlari tomonidan toptaldi va oyoq osti qilindi. Bu ham yetmagandek, 1917 yilda xonlik hududida ocharchilik avj oldi. May oyida Xiva shahrida \u00abochlik isyoni\u00bb ko\u2019tarildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mamlakatda ana shunday og\u2019ir bir sharoitda 1917 yil sentyabrida Junaidhon o\u2019z qurolli to\u2019dalari bilan Xivaga qaytib keladi. U 1916 yildagi qo\u2019zg\u2019olon davrida Afg\u2019onistonga o\u2019tib ketgan edi. Junaidhon xonlikda juda katta o\u2019zgarishlar yasashga muvaffaq bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xorazm Xalk Sho\u2019ro Jumhuriyati 1920 yil 27-30 aprelda Xorazm Muvvaqqat hukumati tomonidan chaqirilgan Butun Xorazm Xalq vakillarining 1 qurultoyida tashkil topdi. Uning Nozirlar sho\u2019rosining raisi (Polvonniyozhoji Yusupov) va muovini (Boboohun Salimov) hamda 15ta nozirlari saylandi. Jami 17ta hukumat rahbarlaridan 11tasi \u00abYosh Xivaliklar\u00bbdan bo\u2019ldi. Ular hukumatni milliy manfaat, mahalliy urf-odat va shariat qoidalari va eng muhimi, mustaqillik asosida boshqarishga harakat qilganlar. Bu esa Turkiston va Xivadagi vakolatli firqa va sho\u2019ro rahbarlariga yoqmadi. Shuning uchun bu gal ham \u00abYosh Xivaliklar\u00bb firqasiga uyushgan jadidlar hukmronligi o\u2019n oy to\u2019lar-to\u2019lmas, 1921 yil martda sho\u2019ro hukumati va komfirkasi tomonidan ag\u2019darib tashlandi. P. Yusupov hukumati a\u2019zolari qamoqqa olindi. 1920 yilning kuzidayoq hukumat boshlig\u2019ining o\u2019rinbosari va turkman bo\u2019limining 600 jangchisi otib tashlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>1921 yil martida Ota Maqsum rahbarligida saylangan yangi hukumat ham 1922 yil noyabrida ag\u2019darib tashlandi. 1923 yil oktyabrda Xorazm Sho\u2019rolarining IV qurultoyiga Xorazmni Xorazm Sho\u2019ro sotsialistik jumhuriyati deb e\u2019lon qiladi va uning Konstitusiyasini qabul qiladi. Bu mamlakatdagi beqaror ijtimoiy siyosiy va milliy vaziyatni yanada og\u2019irlashtirib yuboradi. Eskilik bilan yangilik, mutaassiblik bilan taraqqiyparvarlik o\u2019rtasidagi kurash Buxoroda ham XX asrning boshlarida jadidchilikni yuzaga keltirdi. 1917 yilga kelib esa faol ijtimoiy-siyosiy va demokratik kuchga aylandi. \u00abYosh Buxoroliklar\u00bb firqasi paydo bo\u2019ldi. Abduvohid Burhonov (Markaziy Ko\u2019mita raisi), Usmon Ho\u2019jayev (Usmonho\u2019ja Po\u2019latho\u2019jayev), Muso Saidjonov, Abdurauf Fitrat, Ota Ho\u2019jayev, Mirkomil Burhonov, Fayzulla Ho\u2019jayev, Sadriddin Ayniy, Fazlitdin Mahsum va boshqalar bu firqaning faollaridan edilar. Uning dastlabki faoliyati davlat boshqaruvi va yer-suv islohotini o\u2019tkazish harakatidan boshlandi. \u00abYosh Buxoroliklar\u00bb amir hukmronligini yevropacha konstitusiyaviy monarhiya bilan almashtirmoqchi bo\u2019ldilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Buning uchun ular Rossiya va Turkistondagi komfirqa hamda sho\u2019ro hukumati tazyiqi ostida Amir Olimhonni 1917 yil 7 aprelda islohot o\u2019tkazish haqidagi Manifestga imzo chekishga majbur etdilar. Bu voqeani F. Ho\u2019jayev boshliq bir guruh ko\u2019cha namoyishiga chiqish bilan kutib oladi. Musulmon dunyosida g\u2019ayrimusulmonlar alohida yashashi, o\u2019z diniy e\u2019tiqodiga oid ko\u2019cha marosimlarini faqat o\u2019z mahallasida o\u2019tkazishi odatga aylangan edi. Buxoroda ham shunday edi. Bu musulmonlar orasida norozilikka sabab bo\u2019ldi. Ko\u2019chada 5-7 ming olomon to\u2019plandi. Amir qo\u2019rqqanidan xalqni tarqatib, jadidlarni ushlab kaltaklatadi. Kaltak zarbidan o\u2019lganlar ham bo\u2019ldi. Namoyish fojeaga aylandi. Jadidlar esa ta\u2019qib ostiga olingach, horijga ketishga majbur bo\u2019ldilar. Shundan so\u2019ng F. Ho\u2019jayev va boshqalar fevral inqilobiga ishonib Turkiston hukumati boshlig\u2019i, bosqinchi Kolesovdan harbiy yordam so\u2019raydilar. Uning uchun bu ayni muddao bo\u2019ldi. U katta armiya bilan 1918 yil martining birinchi kunlarida Buxoroga bostirib bordi. Biroq Amir Olimxon sarbozlaridan yengilib, Qiziltepa degan joyda sulh tuzishga majbur bo\u2019ldi. Buxoro Rossiya vassaligidan chiqadi. Rossiya sho\u2019ro hukumati Buxoroning mustaqilligini rasman tan olib, katta tovon to\u2019lash majburiyatini ham oladi. Lekin bunga Rossiya rioya qilmay, Buxoroning ichki ishlariga aralashaveradi. Kolesov hujumining konli fojeasi amirlikda siyosiy tenglikni yanada kuchaytirdi. Juda ko\u2019p begunoh odamlar hon tomonidan qirg\u2019in qilindi. Jadidlar orasida \u00abKolesov hujumi\u00bbning uyushtirilishiga qarshi bo\u2019lganlar ham ko\u2019p edi. Amir qatag\u2019onligidan qochib, jadidlar Qizil armiya safiga kiradilar, ular Toshkent, Samarqand va boshqa joylarda Rossiya homiyligida boshpana topib, kommunistlar yordamida amirni ag\u2019darishga tayyorgarlik ko\u2019ra boshlaydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Kolesov bosqinidan so\u2019ng \u00abYosh Buxoroliklar\u00bb firqasi avval uch, so\u2019ng ikki guruhga bo\u2019linib ketdi. Ular alamzada sho\u2019ro hukumati va komfirkasi yordamida A. Burhonov rahbarligidagi Buxoro komfirqasi va F. Ho\u2019jayev boshliq \u00abYosh Buxoroliklar\u00bbning inqilobiy firqasiga birlashdilar. Bu ikki rahbar va firqa a\u2019zolari orasida jiddiy o\u2019zaro kelishmovchiliklar bo\u2019lsa-da, ularga Moskva va Toshkentda \u00abkatta g\u2019amho\u2019rlik\u00bb ko\u2019rsatiladi. Komfirqaning \u00abTong\u00bb jurnali va \u00abQutulish\u00bb gazetasi, inqilobchilarning \u00abUchqun\u00bb gazetasi Toshkentda bosilib, Buxoroga tarqatilib turiladi. Sho\u2019ro hukumati va komfirqasi Buxoroga inqilobni \u00abeksport qilish\u00bb orqali uni bosib olish uchun mablag\u2019 va \u00abyordami\u00bbni ayamadi. Shunday bo\u2019lsa-da, bu firqa qovushmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>F. Ho\u2019jayev o\u2019z firqasining to\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri Rossiya komfirqasiga qo\u2019shib olinishini so\u2019rab Leninga xat yozadi. Biroq Lenin F. Ho\u2019jayev dasturiga firqa shariat udumiga rioya qilishi ko\u2019satilganligi sabab, bunga rozi bo\u2019lmaydi. Ammo u F. Ho\u2019jayevga har tomonlama \u00abyordam\u00bbni kuchaytiradi. Qizil Armiya Buxoroga bostirib kirib, amir hokimiyatini ag\u2019dargandan keyin hukumat tarkibiga kirgan yosh Buxoroliklarning inqilobiy firqasi Buxoro komfirqasiga qo\u2019shiladi. Buxoro komfirqasi Rossiya komfirqasi va sho\u2019ro hukumati homiyligida tashkil topadi va hokimiyatni egallaydi. Sho\u2019ro tarixida Buxoro xalqi \u00abYosh Buxoroliklar\u00bb tuzgan komfirqa rahbarligida inqilobga ko\u2019tarilib amirni ag\u2019dardi, degan yolg\u2019on tushuncha bor. Xalq amirdan norozi bo\u2019lsa-da, inqilobga ko\u2019tarilmagan. Unda inqilob tushunchasining o\u2019zi ham bo\u2019lmagan. Rus kommunistlari huddi Turkistonda bo\u2019lgandek, Buxoroni ham inqilob niqobi ostida katta harbiy kuch bilan bosib oldilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ular amirdan jabrlangan, alamzada jadid va boshqalarni kommunistik va \u00abinqilobchi\u00bb qilib tayyorladilar. Buni Buxoro \u00abinqilobi\u00bbga rahbarlik qilgan \u00abHarbiy inqilobiy byuro\u00bbning tarkibi ham isbotlab turibdi. Undagi 6 kishidan faqat ikkitasi (N. Husinov va F. Ho\u2019jayev) Buxorolik, qolganlari esa Buxoroga dahli bo\u2019lmagan sho\u2019ro hukumati hamda komfirqasining bosqinchi vakillari edilar. \u00abHarbiy inqilobiy byuro\u00bb, ya\u2019ni bosqinchilar byurosi rahbarligida 1920 yil 29 avgust erta tongdan Frunze qo\u2019mondonligidagi 12 ta bombordimonchi samolyot, 74 ta zambarak va pulemyot, 10 ming askarga ega bo\u2019lgan Qizil Armiya mustaqil Buxoro mamlakatiga hujum boshlaydi. Buxoro 1918 yildagi Qiziltepa sulhidan so\u2019ng Rossiya vassaligidan chiqqan edi. Amir Olimxon 1 sentyabr kuni shahar va xalqni asrash maqsadida, Frunze bilan kelishgan holda shaharni tashlab chiqishga majbur bo\u2019ladi. Hokimiyat \u00abInqilobiy qo\u2019mita\u00bb qo\u2019liga o\u2019tadi. 6 oktyabrda esa nomigagina chaqirilgan xalq vakillarining qurultoyida oldindan belgilab qo\u2019yilgan \u00abBuxoro Xalq jumhuriyati\u00bb va uning hukumati tashkil etiladi. Shunday qilib, sho\u2019ro bosqinchilari tomonidan Buxoro amirligi tugatildi va Buxoro Xalq jumhuriyati tashkil topadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Birinchi kundan boshlaboq Rossiya Buxoro hukumatining mustaqilligini tan olsada, to\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri uning ichki ishlariga aralashib, unga o\u2019z ta\u2019sirini o\u2019tkaza boshlaydi. Shuning uchun ham Buxoro hukumatining ko\u2019pgina rahbarlari o\u2019zlarining aldanganliklarini anglab yetadilar va tezlikda milliy-ozodlik urushi \u2013 \u00abbosmachilik\u00bb tomon o\u2019tib ketadilar. Amirlik xazinasida o\u2019zbeklarning mang\u2019it urug\u2019i sulolasiga tegishli oltinu zebu ziynatlardan iborat juda katta boylik to\u2019plangan edi. Bu boylik chorakam ikki asr davomida hech kamaytirilmagan, aksincha, doimo to\u2019ldirib turilgan, siyosat, harbiy va boshqa sarf-harajat talab qiladigan ishlarga butunlay dahlsiz hisoblangan va o\u2019ta mahfiylikda saqlangan. Hatto undan xabardor bo\u2019lganlar o\u2019ldirilgan, degan ma\u2019lumotlar ham bor. Uning miqdori haqida aniq ma\u2019lumot bo\u2019lmagan. Ochlikdan sillasi qurigan Rossiya va uning yo\u2019qsil sho\u2019ro hukumati, komfirqasini qiziktirgan narsa ham eng avvalo mana shu afsonaviy boylik bo\u2019ldi. Shuning uchun ham bosqinchilar sulh shartlarini buzib, Buxoroni tezda bosib oldi. Frunze boshliq Qizil armiya bu oltin zahirasini hamda Buxoro shahri xalqining qo\u2019lidagi boyliklarni ham talab, Rossiyaga olib ketdi. Bu oltinlar Rossiyani ochlikdan qutqarib, Olmoniyaga to\u2019laydigan tovonni (kontribusiyasi)ni yengillashtirdi. Hokimiyat bosib olinishi bilanoq, sho\u2019ro hukumati va komfirqasining vakillari hamda missionerlari Buxoroda hukmronlik qila boshlaydilar. Bundan norozi bo\u2019lganlar \u00abbu istiqlolmi yo bosib olishmi?\u00bb deb tashvishlanadilar. Hatto Turkkomissiya a\u2019zosi G. Safarovning ichki mustaqillikka doir ishlarga aralashgani uchun uning ustidan Moskvaga shikoyat ham yoziladi. Umuman, bosqinchilar mahalliy hukumat rahbarlari orasida ihtilofni ham kuchaytirib, bundan ustalik bilan foydalanadilar. Mana shuning uchun ham Buxoro hukumati rahbarlarining ko\u2019pchiligi kommunistik bosqinga qarshi ko\u2019tarilgan \u00abbosmachilik urushi\u00bb tomon o\u2019tib ketadilar. Bu urushga Amir Olimxonning o\u2019zi Afg\u2019onistondan turib rahbarlik qildi. Istiqlol harakati kuchlari asosan Sharqiy Buxoroda to\u2019planib, sho\u2019ro bosqiniga qarshi muvaffaqiyatli urush olib bordi. Bu urush O\u2019rta Osiyodagi \u00abbosmachilik urushi\u00bbning ajralmas qismi sifatida uzoq yillar davom etdi. Biroq, kuchlar nisbati teng bo\u2019lmaganligi va o\u2019zaro birlik yo\u2019qligi sabab u yengildi. 1920 yil 29 avgustda Frunze qo\u2019mondonligidagi 12ta bombordimonchi samolyot, 74ta zambarak va pulemyot, 10 ming askarga ega bo\u2019lgan Qizil Armiya mustaqil Buxoro mamlakatiga hujum boshlaydi. Buxoro shahriga to\u2019rt kun berilgan uzluksiz katta zarba va yetkazilgan zararlardan so\u2019ng Amir Olimxon 1 sentyabr kuni shahar va xalqni asrash maqsadida, Frunze bilan kelishilgan holda shaharni tashlab ketishga majbur bo\u2019ladi. Hokimiyat inqilobiy qo\u2019mita qo\u2019liga o\u2019tadi. 6 oktyabrda esa nomigagina chaqirilgan xalq vakillarining qurultoyida oldindan belgilab qo\u2019yilgan \u00abBuxoro Xalq Jumhuriyati\u00bb va uning hukumati tashkil etiladi. Shunday qilib, sho\u2019ro bosqinchilari tomonidan Buxoro amirligi tugatiladi va Buxoro Xalq jumhuriyati tashkil topadi. Birinchi kundan boshlaboq Rossiya Buxoro hukumatining mustaqilligini tan olsa-da, to\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri uning ichki ishlariga aralashib, unga uz ta\u2019sirini o\u2019tkaza boshlaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>1917 yilning boshlarida Sankt-Peterburgda bo\u2019lib o\u2019tgan voqealar ta\u2019sirida Turkistonda ham yangi jamiyatni shakllantirish uchun harakatlar boshlanib ketdi. Yuz minglab \u00abmudrok\u00bb odamlar uyg\u2019onib, siyosiy faoliyatga kirishdilar. Hukumat tuzilmalarini kayta kurishga kirishildi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/turkistonda-mustabid-sovet-hokimiyatining-ornatilishi-va-unga-qarshi-qurolli-harakat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-964","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/964","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=964"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/964\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":965,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/964\/revisions\/965"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=964"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}