{"id":968,"date":"2021-09-10T08:01:45","date_gmt":"2021-09-10T05:01:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=968"},"modified":"2021-09-10T08:12:31","modified_gmt":"2021-09-10T05:12:31","slug":"sovet-hokimiyati-davrida-ozbekistonning-manaviy-madaniy-qaramligi-va-uning-oqibatlari","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sovet-hokimiyati-davrida-ozbekistonning-manaviy-madaniy-qaramligi-va-uning-oqibatlari\/","title":{"rendered":"Sovet hokimiyati davrida O\u2019zbekistonning ma\u2019naviy-madaniy qaramligi va uning oqibatlari"},"content":{"rendered":"\n<p>XX asrning 20-30 yillari davrini ko\u2019zdan kechirar ekanmiz, bunda barcha ijtimoiy hayot jarayonlari qatori madaniy-ma\u2019naviy soha ham o\u2019ziga xos murakkablik, qiyinchiliq bilan kechganligiga amin bo\u2019lamiz. Sovetlar hokimiyati va uning hukmron partiyasi butun mamlakatda sotsializm tuzumini barpo etishni o\u2019z oldilariga asosiy maqsad qilib qo\u2019yar ekanlar, bunda madaniy sohaning roli alohidaligini, uningsiz ko\u2019p narsaga erishib bo\u2019lmasligini yahshi tushunardilar. Shu boisdan sovet hokimiyatining dastlabki yillaridan boshlaboq madaniy qurilish jarayonini o\u2019z ta\u2019minoti va g\u2019oyalari asosida rivojlantirishga kirishgan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>20-yillar boshlariga kelib O\u2019zbekiston hududida madaniy qurilishning eng dolzarb vazifalaridan sanalgan sovet ta\u2019lim tizimini shakllantirish ishlari faol boshlab yuborildi. Sovetlar O\u2019zbekistonda yangi ta\u2019lim tizimini yaratishga yo\u2019l tutar ekan, bundan ko\u2019zlagan asosiy maqsadlari o\u2019lkada xalq ta\u2019limi bo\u2019g\u2019inlarini ravnaq toptirish, yalpisiga Xalq savodhonligiga erishish, ilm-ma\u2019rifat chashmalaridan hammasini to\u2019la bahramand etish emas, balki eng avvalo yurt farzandlari ongiga, shuuriga kommunistik g\u2019oyalar va ideallarni chuqur singdirish va shu yo\u2019l bilan o\u2019zlariga quloq qoqmay xizmat qiladigan \u00abmo\u2019min-qobil\u00bb avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sho\u2019rolarning &#8220;madaniy inqilob&#8221; tadbiri jamiyatning barcha jabhalari qatorida ilm-fan, madaniyati, san\u2019at maorif, oliy ta\u2019lim sohalarini o\u2019z izmiga solgan edi. Ta\u2019lim-tarbiyaning o\u2019choqlari bo\u2019lgan milliy maktablarga ham bu siyosat o\u2019zining salbiy ta\u2019sirini o\u2019tkazmasdan qolmadi. Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridanoq an\u2019anaviy ta\u2019lim tizimini yo\u2019q qilish avj oldirildi. Davlat &#8220;proletariat diktaturasi&#8221;ning mavjud barcha kuchlaridan foydalanib, sovet siyosiy rahbariyati qisqa muddat ichida Turkistonda chor imperiyasi o\u2019rnatgan ta\u2019lim tizimini tag-tomiri bilan yo\u2019q qilishga erishdi. Bir vaqtning o\u2019zida an\u2019anaviy maktablarga nisbatan ma\u2019muriy-repressiv hamda iqtisodiy choralar ko\u2019rildi. An\u2019anaviy maktab va madrasa hamda jadid maktablarini yo\u2019q qilish bilan birga sovet organlari mahalliy aholi farzandlari maktablariga ham jiddiy e\u2019tibor berishmagan bo\u2019lsada, sovet o\u2019quv maskanlarini o\u2019qituvchi kadrlar hamda kerakli mablag\u2019 bilan ta\u2019minlash imkoniyatlarini topa olishgan. Chunonchi, sho\u2019ro ta\u2019lim tizimiga mos o\u2019qituvchi kadrlarning miqdoriy o\u2019sishini ta\u2019minlash keng yo\u2019lga qo\u2019yilib, 1917 yilning o\u2019zidayoq Toshkent, Andijon, Samarqand, Qo\u2019qonda dastlabki o\u2019qituvchilar tayyorlaydigan qisqa muddatli kurslar tashkil etilgan edi. 1920 yillarning boshlariga kelib, shunday kurslar orqali 3 ming mahalliy millat va 802 ta yevropalik o\u2019qituvchi tayyorlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shunday sharoitda mahalliy ziyolilarimiz zamonaviy milliy universitet yaratish ishiga bel bog\u2019ladilar va Munavvar Qori Abdurashidhonov boshchiligida Musulmon Xalq Universitetini tashkil etish guruhi saylandi. 1918 yilning 9 aprelida Munavvar Qori Abdurashidhonovning hovlisida Musulmon Xalq Dorilfununining 9 kishidan iborat tashkiliy hay\u2019ati ta\u2019sis etildi. Musulmon Xalq Dorilfununi 1918 yilning 12 mayida Toshkent shahrining Eski shaharida tantanali ravishda ochildi. Uning 13ta maktabi 14-maydan ochila boshladi, eng oxirgisi 17 iyunda tarkib topdi. Ulardan 4 tasi ayollar maktabi edi. 1918 yilning 31 mayida esa Musulmon Xalq Dorilfununining oliy ta\u2019lim bosqichi \u2013 Musulmon Dorilmuallimi tashkil etiladi. Lekin sho\u2019rolar siyosiy va ijtimoiy muhitning murakkabligi va Rossiyadagi siyosiy voqealarni ro\u2019kach qilib, 5 yillik o\u2019qishga mo\u2019ljallangan dorilmuallimini faqat 4 oylik musulmon o\u2019qituvchilari kurslari bilan chegaralab qo\u2019ydilar. Mazkur o\u2019quv dargohida mashg\u2019ulotlar 1918 yilning 1-iyunida quyidagi o\u2019qituvchilar tarkibi bilan boshlandi, Abdurauf Fitrat, Ibrohim Ismoil, Burhon Habib, Munavvar Qori Abdurashidhonov, Abdulla Rahimboyev, Abdurahmon Ismoilzoda, Haydar Shavkat, Anna Poroykova, Vladimir Sergeyev. Institut mudiri qilib Ibrohim Ismoilov va kotib Abdulla Rahimboyev tayinlandi. Musulmon dorilmuallimini Turkiston Xalq Universiteti mablag bilan ta\u2019minlangani sababli, moddiy tomondan tamoman unga buysungan edi. Tez orada Turkiston Xalq Universiteti Boshqarmasi dorilmualliminda 1918 yil 15 avgustdan 1-sentyabrgacha o\u2019qish to\u2019xtatilishi haqida qaror qabul qiladi va shu yilning kuzida dorilmuallimin ikkinchi darajali tashkilot qatorida yopib qo\u2019yiladi. O\u2019lkada milliy ziyolilarni yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etgan musulmon Xalq Dorilfununi faoliyati sho\u2019rolar davri adabiyotida mutlaqo yoritilmagan, u yerda dars bergan 300 ga yaqin o\u2019qituvchilarning nomlari hozirgi kunga kelib aniqlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuni ta\u2019kidlash joizki, 1918 yilning 21 aprelida rus ziyolilari tomonidan Turkiston Xalq Universiteti ochilgan edi. Uning birinchi rektori V.Popov edi. Musulmon Xalq Dorilfununi faoliyati sho\u2019ro hukumati tomonidan to\u2019xtatib qo\u2019yilgandan so\u2019ng faqat rus tilini bilgan mahalliy millat vakillari mana shu dargohda oliy tahsilga ega bo\u2019lishlari mumkin edi. 1926 yilning sentyabr oyida O\u2019rta O\u2019siyo partiya komitetlarining xotin qizlar bo\u2019limlari xodimlari ishtirokida kengash o\u2019tkazildi va u yerda xotin-qizlar orasida olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish va uni majburiy ravishda o\u2019tkazishga qaror qilindi. Bu majburiy tadbir \u201cHujum\u201d deb ataldi ya\u2019ni hujum uslubida ayollar muammosini hal qilish siyosati ustun bo\u2019la boshladi. \u201cHujum\u201d dastlab katta muvaffaqiyatlarni qo\u2019lga kiritdi, 1927 yil bahoriga kelib 100 ming ayol paranjisini tashladi, 5 ming ayol savodsizlikni tugatish kurslarida tahsil oldi, 5202 nafar ayol viloyat, shahar, tuman sudlariga xalq maslahatchilari qilib saylandilar. \u201cHujum\u201d harakatining asl maqsadi faqat paranji tashlashdan iborat emas edi. Uning asosiy maqsadi xotin-qizlarni ijtimoiy ishlab chiqarishga keng jalb etish edi shu maqsadda O\u2019zbekistonda va unga qo\u2019shni respublikalarda bir qator xotin-qizlar atdellari tashkil qilindi. \u201cHujum\u201d kompaniyasi jarayonida jiddiy kamchiliklarga yo\u2019l qo\u2019yildi. Eng avvalo bu tadbir shoshma-shosharlik bilan, o\u2019zbek xalqiga xos milliy xususiyatlar, urf odatlar o\u2019rganilmasdan amalga oshirildi. Kompariyatning madaniy merosni inkor etish siyosati arab yozuvini lotin grafikasiga almashtirish haqidagi qarorida ham o\u2019z aksini topdi. Buning sababini sho\u2019rolar &#8220;madaniy o\u2019sishda texnik xususiyatga ega to\u2019siqlardan biri bu qoloq transkripsiyadir&#8221; hamda &#8220;an\u2019anaviy arabcha yozuv faqatgina diniy&#8221; musulmon an\u2019analari nuqtai nazaridangina qimmatlidir&#8221; deb o\u2019qtirib, arab yozuvining mavqeini pasaytirishga harakat qiladilar. Shu munosabat bilan O\u2019zbekiston kommunistlarining III qurultoyi (1927 yil noyabr) &#8220;Yangi lotin alifbosiga yanada shiddatliroq yo\u2019l bilan o\u2019tishi kerak&#8221; deb ta\u2019kidladi va 1929 yilda arab yozuvi lotin grafikasiga o\u2019zgartirildi. Chunki O\u2019rta Osiyoni arablar istilo qilgan VIII asrdan boshlab nafaqat diniy kitoblar, balki fanning barcha sohalarida o\u2019n uch asr mobaynida yaratilgan yozma madaniyat yodgorliklari, o\u2019lka aholisi amal qilib kelgan huquq manbalari ana shu yozuvda yaratilgan edi. Shu sababdan bu mahalliy Xalqni madaniyatidan, o\u2019ziga hos huquqidan ajratib, sovet qolipiga majburan solish edi. 1940 yilda esa lotin grafikasining kirill bilan shoshilinch almashtirilishi O\u2019zbekiston aholisi bilim darajasining o\u2019sishiga, uzbek tilining rivojiga salbiy ta\u2019sir ko\u2019rsatdi. Ushbu xatolik savodsizlar sonining sun\u2019iy o\u2019sishini keltirib chiqardi. Lekin eng achinarlisi, ma\u2019naviy hayot to\u2019la ruslashtirilib, hamma joylarda o\u2019zbek tili imkoniyatlarining cheklanishiga olib keldi. Shu o\u2019rinda aytish muhimki Sovet Sotsialistik davlatchiligi o\u2019zbek xalqining tub ma\u2019naviy, ahloqiy qadriyatlariga mos kelmas edi. Tarbiyaviy ishlar ham ilmiy manfatlarni aks ettirmas edi. Mustabid tuzum yillari respublikamizda adabiyot bilan bir qatorda milliy san\u2019at ham rivojlandi. 1918 yilda Hamza Fargonada &#8220;O\u2019lka Sayyor&#8221; siyosiy truppasini tashkil etdi. M.Qori-Yoqubov, U. Egamberdiyev, H.Islomov, M.Kuznesovalar shu teatr qaldirg\u2019ochlar bo\u2019ldilar. O\u2019sha yili Mannon Uyg\u2019ur Toshkentda &#8220;Turon&#8221; jamiyati qoshida teatr tuzdi. Bu guruh keyinchalik O\u2019lka Davlat namuna teatriga aylandi. Teatrning birinchi aktyorlari Abror Hidoyatov, Muzaffar Muhamedov, Obid Jalilov, Fathulla Umarov, Sayfi Olimov, Ma\u2019suma Qoriyeva, Bosit Qoriyev, Ziyo Saidlardir. Mannon Uygur vatanparvarlik va ma\u2019rifatparvarlik g\u2019oyalari bilan sug\u2019orilgan Fitrat, G\u2019ulom Zafariy, Cho\u2019lpon, Qodiriy. Ozarbayjon dramaturgi Husayn Jovid asarlarini sahnalashtirdi. Shu yillarda M. Qori-Yoqubov tomonidan birinchi bo\u2019lib o\u2019zbek Xalq musiqa ansambli tashkil etildi. 1926 yilda esa yuzaga kelgan birinchi o\u2019zbek davlat konsert etnografik ansambliga atoqli o\u2019zbek xonanda, aktyor, sozandalari jalb etilib, 1929 yilda uning zaminida Samarqandda O\u2019zbek davlat musiqali teatri tashkil topdi. Aynan o\u2019sha davrlarda atoqli o\u2019zbek ijrochilari chet el gastrollarida bo\u2019lishgan: Tamaraxonim va Qori Yoqubovlar Parij va Berlin (1925) da katta muvaffaqiyat qozonishgan. 1936 yilda o\u2019zbek davlat filarmoniyasining tashkil etilishi ijrochilik san\u2019atining ma\u2019lum darajada tizimlanishiga asos bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Istiqlolchilar kurashi barcha ixtilofdagi siyosiy partiyalar tugatilishi natijasida bolsheviklar mutlaq yakkahokim partiyaga aylandi. U jamiyat ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida o\u2019z mafkuraviy ta\u2019sirini o\u2019tkazib bordi. Ayniqsa bu kishilar ongini o\u2019zgartirishda muhim omil bo\u2019lgan ta\u2019limda, ilmda va madaniyatda jiddiy tus oldi. Dastlabki yillarda madaniyat va uni boshqarish jabhalarida demokratik tamoyillar birmuncha mavjud bulib, hokimiyat mahalliy urf-odatlar va xususiyatlarni hisobga olishga majbur bo\u2019lgan edi. Keyinchalik esa ma\u2019muriy-buyruqbozlik usullari keng quloch otib mustahkamlanib borishi bilan yalpi ko\u2019rsatkichlar ortidan quvish, bolshevikcha \u00abmadaniy inqilob\u00bb yo\u2019li va usullari ustivorlik qila boshladi. Xalqning ma\u2019rifatga, fanga va milliy ma\u2019naviyatga bo\u2019lgan intilishi hukmron kuchlar tomonidan uzoqni ko\u2019zlamay va yahshi o\u2019ylamay olib borgan siyosatlari natijasida siyosiy manfaatlar yo\u2019liga burildi. Yangi ziyoli kadrlarni shakllantirish, eski mavjud milliy ziyolilarni yo\u2019q qilish ana shu maqsadlarni ko\u2019zlab amalga oshirildi. Savodxonlik darajasining o\u2019sishi byurokratik boshqaruv tizimining mustahkamlanib borishi, texnika taraqqiyoti tomon yutish va ilmiy muassasalarning tashkil topish jarayonlari ular ustidan qattiq mafkuraviy nazoratning o\u2019rnatilishi yuz berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sovetlarning \u00abmadaniy inqilob\u00bb tadbiri jamiyatning barcha jabhalarini, ayniqsa fan va madaniyatni o\u2019ta mafkuralashtirib, uning har bir sohasini qamrab oldi. Bolsheviklar tarbiyaning dastlabki va ta\u2019sirchan quroli bo\u2019lgan xalq ta\u2019limini birinchi kunidanoq mafkura izmiga solish uchun butun imkoniyatini ishga soldi. Maktablarda siyosiy tarbiyani yo\u2019lga qo\u2019yishga va uni takomillashtirib borishga e\u2019tibor berdi. Ma\u2019lumki, bolsheviklar mafkurasi negizida asosan sinfiy kurash g\u2019oyasi ustivorlik qilgan. O\u2019zgacha fikrlashga bo\u2019lgan har qanday urinish \u00absinfiy dushman qarshiligi\u00bb deb baholandi.<\/p>\n\n\n\n<p>20-30 yillarda mustabid tuzumiga qarshi fikr bildirganlarni ta\u2019qib ostiga olish avj oldi. Ayni shu paytda &#8220;18lar guruhi&#8221;, &#8220;inog\u2019omovchilik&#8221;, &#8220;qosimovchilik&#8221; kabi siyosiy ishlar to\u2019qib chiqarilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Prezidenti I. A. Karimov ta\u2019kidlaganidek, respublika NKVDsi &#8220;Uchlik&#8221;lari tomonidan 1937-39 yillarida 41 mingdan ziyod kishi qamoqqa olinib, ulardan 6 ming 920 tasi otib tashlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, har qanday o\u2019zgacha fikrni kuch bilan bo\u2019g\u2019adigan, ommaviy o\u2019zboshimchalik va zo\u2019rlik bilan Vatanga sodiq necha minglab kishilarni qirib tashlangan mustabid targ\u2019ibot qaror topdi va kuchaya bordi.<\/p>\n\n\n\n<p>20-yillarning boshida Turkistonda madaniy qurilish ishlari xalq xo\u2019jaligi vayron bo\u2019lgan va bolsheviklar ataylab boshlab bergan sinfiy kurash keskinlashgan murakkab sharoitlarda olib borildi. Bu davrda Turkiston madaniy hayoti o\u2019ziga hos ziddiyatli, bir-birini inkor etuvchi salbiy va ijobiy holatlarning o\u2019zaro kurashi tarzida namoyon bo\u2019ldi. Bolsheviklar yakkahokimligi tiklanib bo\u2019lingach, chor hukumati siyosatiga monand ravishda sovetlar amalga oshirgan madaniy siyosatning ustivor yo\u2019nalishi millat, milliy o\u2019zligini anglashning muhim sharti bo\u2019lgan madaniyatni yo\u2019q qilish, ayniqsa, uning milliy sifatlarini qo\u2019porib tashlashga qaratilgan edi. Maqsadga erishish uchun sovet tuzumi o\u2019rnatilgan dastlabki kundanoq bolsheviklar partiyasi yagona, tanho hukmron partiyaga aylanishini ta\u2019minlash, bolshevizmga hayot bo\u2019lgan barcha nazariya va g\u2019oyalarga qarshi kurashish, ularning ta\u2019sirini yo\u2019qotishga qaratilgan siyosatni olib bordi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ularning bundan ko\u2019zlagan asosiy maqsadi tubida esa, siyosiy manfaatlar yotardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ushbu maqsadda 1921 yil oxirlarida Turkiston Respublikasi bo\u2019yicha 1000 dan ortiq savodsizlikni tugatish maktablari faoliyat ko\u2019rsatayotgan edi. Mustabid tuzum sovetlarcha savodli shaxslarni shakllantirish, &#8220;savodsizlik&#8221;ni tugatish borasida shiddatli kurashni avj oldirib yubordi va 1920 yilning 17 sentyabrida TASSR Maorif xalq komissarligi tomonidan aholi orasida savodsizlikni tugatish to\u2019grisida dekret qabul qilinadi. Unga muvofiq, 8 yoshdan 40 yoshgacha bo\u2019lgan barcha fuqarolar o\u2019qish va yozishni o\u2019rganishlari shart bo\u2019lgan. TASSR Maorif xalq komissarligi huzurida esa savodsizlikni tugatish bilan shug\u2019ullanuvchi favqulodda komissiya ta\u2019sis etiladi. &#8220;Savodsizlikni tugatish&#8221; (likbez) maktab va kurslari tarmog\u2019ini yaratish borasida bir qator tadbirlar amalga oshiriladi. Hususan, 1920 yilning oxiriga kelib, &#8220;likbez&#8221;larning soni bir mingdan oshib ketadi. Ularni bitirganlar esa 70 mingta edi. Ushbu maktablar uchun o\u2019qituvchilar tayyorlashga ham katta e\u2019tibor qaratilib, qisqa muddatda mahalliy millatga mansub 2000ta o\u2019qituvchi tayyorlandi. 1924 yilning boshida esa &#8220;Bitsin savodsizlik!&#8221; jamiyati vujudga keladi. Uning o\u2019zagini o\u2019qituvchilar, talabalar tashkil qilgan. Savodsizlikni tugatish bo\u2019yicha ushbu jamiyat tomonidan dastlabki paytda 35 maktab ochilib 10200 kishi o\u2019z savodini chiqardi. Rasmiy statistik ma\u2019lumotlarga ko\u2019ra, 1937 yilga kelib, respublikamizda savodsizlik tugatilib, kamsavodli kishilar soni 2 milliondan ziyod bo\u2019lgan. Aholining sovetlar idrokidagi umumiy savodhonligi 67,8% ga yetgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1923 yilda Turkiston kommunistik universiteti (SAKU) ish boshladi. Shu bilan bir qatorda Turkistonda 2 ta markaziy, 5 ta viloyat va 5 ta uyezd partiya sovet maktablari ham ishlamoqda edi. 20 yillarning ikkinchi yarmi, 30 yillarda ma\u2019muriy buyruqbozlik usullari keng quloch otib, mustahkamlanishi bilan, bolshevikcha \u00abmadaniy inqilob\u00bb yo\u2019li va usullari ustivorlik qila boshladi. 30 yillarda sovet maktablari darsliklariga muhtoj bo\u2019lib turgan bir paytda, jadid mualliflari yozgan va musulmon bolalarining psihologiyasiga moslashtirilgan darsliklardan foydalanish haqida o\u2019ylab ham ko\u2019rilmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Maktablarda ko\u2019p hollarda ma\u2019lumoti past, malakasiz kishilar muallimlik qildilar. Umuman 1932 yilda respublika pedagogika o\u2019quv yurtlarida ishlayotgan o\u2019qituvchilarning 72% ini boshlangich ma\u2019lumotga ega bo\u2019lganlar tashkil qilgan edi. Bu yillarda respublika oliy o\u2019quv yurtlari tarmog\u2019i ortib bordi. Agar 1932 yilda respublikada 31 ta oliy o\u2019quv yurtida 12,2 ming talaba o\u2019qigan bo\u2019lsa, 1941 yilga kelib ularda ta\u2019lim olayotganlarning soni 18 ming kishiga yetdi. Shu bilan birga bu yillar davomida 100 ga yaqin o\u2019rta maxsus o\u2019quv yurtlari tashkil qilinib, ularda 15 mingga yaqin yoshlar ta\u2019lim olishdi. Oliy va o\u2019rta maxsus ta\u2019lim tizimida bu yillar davomida o\u2019zbek millatiga mansub talabalar soni ham ortib bordi. Lekin oliy o\u2019quv yurtlaridagi mavjud professor-o\u2019qituvchilar o\u2019zagini asosan rus ziyolilari tashkil qilar edi. Shunga qaramasdan 30- yillarda respublikamiz hamda mintaqada ilm-fan ravnaqiga munosib hissa qo\u2019shgan mahalliy millatga mansub olimlar yetishib chiqdilar. Ular: T. Qori-Niyoziy, T. Sarimsoqov, S.Sirojiddinov, O. Sodiqov, N. Dolimov, T. Zohidov, U. Oripov, S. Umarov va boshqalardir. Ilmiy-tadqiqot muassasalari tarmog\u2019i va ilmiy kadrlar sonining jadal o\u2019sishi olimlar oldiga yangi vazifalarning qo\u2019yilishi, ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirib turish ishlarini takomillashtirishni taqozo qildi. 1932 yilga kelib O\u2019zbekiston olimlari Respublika Fanlar Akademiyasini tashkil etishga kirishdilar. Bu yo\u2019lda ilk tashlangan qadam Markaziy Ijroiya Qo\u2019mitasi qoshida 1932 yil 11 oktyabrda O\u2019zbekiston ilmiy tekshirish muassasalariga rahbarlik qiluvchi respublika Fan qo\u2019mitasining tuzilishi bo\u2019ldi. 1940 yil 9-yanvarda Fan qo\u2019mitasi Ittifoq Fanlar Akademiyasining O\u2019zbekiston filiali (O\u2019zFAN)ga aylantirildi. Shu davrdan O\u2019zFAN \u2013 O\u2019zbekistonning ilmiy-tadqiqot markaziga aylandi. Uning tarkibiga geologiya, botanika, kimyo, suv xo\u2019jaligi muammolari, tarix, til va adabiyot institutlari; tuproqshunoslik, zoologiya, fizika va matematika sektorlari; Toshkent astronomiya observatoriyasi; iqtisodiy tadqiqotlar va kartografiya byurosi kiritildi. 1943 yilda O\u2019zFAN asosida O\u2019zbekiston Fanlar akademiyasi (O\u2019zFA) tashkil etildi, uning birinchi prezidenti etib akademik Toshmuhammad Niyozovich Kori-Niyoziy saylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>1946-1985 yillar oralig\u2019ida Markaz ideologlari tomonidan o\u2019ylab topilgan \u00abrivojlangan sosializm\u00bb, \u00absosialistik turmush tarzi\u00bb kabi xayoliy va noilmiy aqidalar girdobida butun mamlakatda bo\u2019lganidek, O\u2019zbekistonda ham maorif, oliy ta\u2019lim, ilm-fan, san\u2019at o\u2019ta siyosiylashgan holda rivojlanishga majbur qilindi. Ushbu davrda madaniyatga xos, uning rivojlanishi uchun muhim omil bo\u2019lgan erkinlik, demokratiya batamom yo\u2019q qilindi. Madaniyat, ayniqsa milliy madaniyatning \u00abrivoji\u00bb maxsus qolipga solindi. Totalitar tizim sharoitida madaniy-ma\u2019rifiy muassasalardan ommaga g\u2019oyaviy ta\u2019sir o\u2019tkazish maqsadida keng foydalanildi. 1960 yillar respublikada 2,977 klub bo\u2019lsa, 1970 yilda ularning soni 3,441taga yetdi. Shu yillari kutubxonalar soni tegishli ravishda 3,418tadan 5,822taga, muzeylar soni 14tadan 26taga, kinoqurilmalar soni 2,178tadan 3,988taga oshdi. Lekin bularning ko\u2019pchiligi statistik hisobotlarda oshirib ko\u2019rsatilgan bo\u2019lib, aslida o\u2019zlarining bevosita funksiyalarini samarali bajarish uchun hayotiy imkoniyatga ega bo\u2019lmadi. Ularning moddiy texnika bazasi past darajada bo\u2019lib, moliya bilan yetarli ta\u2019minlanmadi. Bu jihatdan O\u2019zbekiston sobiq sovet respublikalari o\u2019rtasida eng quyi pog\u2019onada turdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1969 yilda Rossiyada aholining 10 ming nafariga 14 klub muassasi to\u2019g\u2019ri kelsa, Belorussiyada 11ta, O\u2019zbekistonda esa atigi 4ta edi. Madaniy-ma\u2019rifiy muassasalarga davlat tomonidan ajratilgan mablag\u2019 aholi jon boshiga Estoniyada 21,3 so\u2019mni, Armanistonda 17,9 so\u2019m, RSFSRda 9,7 so\u2019mni tashkil qilsa, O\u2019zbekistonda 4,5 so\u2019mni tashkil qilardi. Respublika kutubxonalarining kitob fondi 1950-1970 yillarda o\u2019n barobarga ko\u2019paygan bo\u2019lsa-da, lekin ularning ko\u2019pchiligini mafkuraviy targ\u2019ibot uchun zarur bo\u2019lgan marksizm-leninizmga oid asarlar tashkil qilar edi. Olingan kitoblarning 8- 10 foizigina respublikada nashr etilgan bo\u2019lib, qolganlari chetdan keltirilib, ularning aksariyati rus tilida edi. Madaniy-ma\u2019rifiy muassasalar moliyaviy jihatdan davlat nazoratidan chetda qolganligi uchun ko\u2019pincha jamoatchilik asosida ko\u2019rildi. O\u2019zbekistonda ta\u2019lim tizimini yahshilash uchun o\u2019nlab qarorlar qabul qilinardi. Biroq bu qarorlar milliy maktablarda to\u2019liq bajarilmasdi. Maktablar urushdan keyin ham darsliklar bilan to\u2019liq ta\u2019minlanmadi. O\u2019qituvchi xodimlar masalasi urushdan keyingi yillarda eng jiddiy muammolardan edi. Chunki, malakali o\u2019qituvchilar asosan urushga yuborilgan, ularning ko\u2019pchiligi halok bo\u2019lgandi. 1950 yilda respublika xalq xo\u2019jaligi uchun kadrlar tayyorlashda 26 ta oliy o\u2019quv yurtlari, shuningdek 2 ta universitet faoliyat ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu bilan birga 92 ta texnikum o\u2019rta maxsus ta\u2019lim tizimida ish olib bordi. 1950- 1953 yillarda oliy o\u2019quv yurtini bitirganlarning atigi 30% ini, o\u2019rta maxsus o\u2019quv yurtlari bitiruvchilarining esa 33% ini o\u2019zbeklar tashkil qildi, xolos. O\u2019zbek millatiga mansub yoshlarni oliy va o\u2019rta maxsus ta\u2019lim maskanlariga bunchalik kam jalb etilishining sabablaridan biri bu o\u2019quv yurtlariga kiruvchi yoshlar o\u2019rta maktablarda ommaviy-siyosiy tadbirlarga, qishloq ishlariga asossiz ravishda ko\u2019plab jalb qilinishi oqibatida ular oliy o\u2019quv yurtlariga kira olishlari uchun talab qilinadigan bilimni olish imkoniyatiga ega bo\u2019lmasdilar. Yana bir muhim sabablaridan biri, oliy o\u2019quv yurtlariga kirish uchun sinov sifatida xorijiy tillardan imtihon qo\u2019yilishi va talabalarga 80 yillardan boshlab rus tilida dars o\u2019tilishi edi. Ayni paytda, qayd etish joizki, respublikada oliy o\u2019quv yurtlari soni ham ortib bordi. 1959 yili respublika oliy va o\u2019rta maxsus ta\u2019lim vazirligi tizimida 31 ta oliy o\u2019quv yurtlari mavjud bo\u2019lib, ularda 88 ming kishi ta\u2019lim olgan bo\u2019lsa, 1985 yilga kelib oliy o\u2019quv yurtlari soni 42 taga talabalar soni esa 285,5 ming kishini tashkil qildi. Shuningdek, respublikadagi 249 ta o\u2019rta maxsus bilim yurtlarida 281,7 ming o\u2019quvchi bilim oldi. Bu miqdor mahalliy millat yigit qizlari bilim uchun emas diplom uchun qiziqish degan aqidalar asoslanganligini ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu davrda mutaxassislar tayyorlashda asosiy e\u2019tibor son ko\u2019rsatkichlariga qaratildi. Shu bilan birga, oliy va o\u2019rta maxsus ta\u2019lim tizimida mafkuraviy tazyiqlar kuchaydi; mutaxassislik bo\u2019yicha asosiy fanlarni o\u2019qitishni takomillashtirish o\u2019rniga barcha oliy o\u2019quv yurtlarida kommunistik mafkurani shakllantiruvchi KPSS tarixi, marksizmleninizm falsafasi, siyosiy iqtisod fanlarini o\u2019qitish amalga oshirildi. O\u2019quv jarayoni uchun muhim bo\u2019lgan demokratik va ijodiy jihatlar inkor etildi. Natijada oliy ta\u2019lim tizimida mas\u2019uliyatsiz, loqayd, \u00abo\u2019rtamiyona\u00bb mutaxassislar tayyorlash mexanizmi vujudga keldi. Shunday bo\u2019lishiga qaramay O\u2019zbekistonliklarni, xususan o\u2019zbeklarning ilmga chanqoqligi har qanday sun\u2019iy to\u2019siqlarni yenga boshladi. O\u2019zbekistonda fan va tehnikaning hamma sohalarida yirik olimlar yetishtirilib, fan nomzodlarini va doktorlarini tayyorlash bo\u2019yicha sobik SSSRda oldingi qatorlarga chiqdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1950 yil O\u2019zbekistonda 1760 fan nomzodi, 180 fan doktorlari ilmiy ish olib borar edi. 1965 yilda esa, fan nomzodlarining soni 4000 va fan doktori 324taga yetdi. 50-60 yillari Respublika Fanlar akademiyasining olimlari, ayniqsa, matematika-mexanika, tibbiyot, energetika, qishloq xo\u2019jaligi sohalarida yoshlar olib bordilar. Bir qancha ilmiy-tekshirish institutlari travmotologiya va ortopediya, energetika, matematika, onkologiya va radiologiya, O\u2019rta Osiyo qishloq xo\u2019jaligini mexanizasiyalash va elektrlashtirish, kibernetika va boshqa bir qancha institutlar shu yillarda ishga tushirildi. Fanlar akademiyasi qoshida Falsafa va huquq instituti tashkil etilib, Sharqshunoslik instituti faoliyati kengaytirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>50-yillardan boshlab respublikada ilmiy-tadqiqot ishlarida atom quvvatidan foydalana boshlandi. Dastlabki paytda atom quvvati Toshkent va Samarqand Davlat universitetlari laboratoriyalarida, Fanlar akademiyasining fizika-texnika institutida, politexnika va meditsina institutlarida ishlatildi. 1956 yil boshlarida Toshkentdan 30 km yiroqda, 750 shtat birligiga mo\u2019ljallangan Yadro ilmiy-tadqiqot instituti va barcha qulayliklarga ega bo\u2019lgan shaharcha qurilib, 1958 yili ishga tushirildi. Uning birinchi direktori etib, yirik fizik olim, akademik Ubay Orifov tayinladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1951-1954 yillari respublikada yana bir yirik ilmiy markaz bunyod etildi. 80 gektar maydonda ittifoqda yagona tabiiy sharoitda o\u2019sadigan Toshkent botanika bog\u2019i yaratildi. 1956 yili 5 noyabrda O\u2019rta Osiyoda birinchi Toshkent telemarkazi ishga tushurildi. 1962 yil Urganchda, 1964 yil Nukusda ham television markazlar ish boshladi. O\u2019zbekistonlik olimlarning bir qanchasi, ayniqsa, tabiiy fanlar sohasida o\u2019zlarining ilmiy yutuqlari bilan nafaqat sobiq ittifoq doirasida, balki jahon miqyosida tan olindi va yuqori darajadagi davlat mukofotlariga sazovor bo\u2019ldilar. O\u2019zbek olimlaridan matematiklar \u2013 T.N.Qori-Niyoziy, T.A.Sarimsoqov, S.H.Sirojiddinov, fiziklar \u2013 U.O.Oripov, S.A.Azimov, ximiklar \u2013 O.S.Sodiqov, S.Yu.Yunusov, M.I.Nabiyev, geologlar \u2013 H.M.Abdullayev, I.K.Hamraboyev, G.A.Mavlonov, biologlar \u2013 A.M.Muzaffarov, K.Z.Zokirov, T.Z.Zohidov texnika sohasida M.T.Urazboyev, H.A.Rahmatulin, H.Fayziyev, jamiyatshunoslik fani sohasida I.M.Muminov, H.Sulaymonova, Yo.G\u2019.G\u2019ulomovlar shular jumlasidandir.<\/p>\n\n\n\n<p>Yurtboshimiz I. A. Karimovning mana bu ibratomuz so\u2019zlarida ulug\u2019 ajdodlarimizning muttasil mustaqillik g\u2019oyasiga sodiq bo\u2019lib, shunga intilib yashab kelganligiga yana bir bor amin bo\u2019lamiz: \u00abBiz ona O\u2019zbekiston istiqlolini, uning sha\u2019nu shavkatini qanday himoya etishni ota-bobolarimizdan meros qilib olishimiz va uning himoyasiga hamisha tayyor turmog\u2019imiz darkor\u00bb.<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat, chor mustamlakachiligi o\u2019zining behad zulmkorligi, qabohati bilan yurtimiz, uning jafokash odamlari tanasida o\u2019chmas dard-hasrat qoldirdi, ularning qalbi dilini pora-pora etib, beadad mahrumliklarga giriftor qildi. U ajdodlarimizning qalb olamini azaldan bezab, ularni ma\u2019nan va ruhan qo\u2019llab quvvatlab kelgan ne-ne asl ma\u2019naviy qadriyatlarni zavol toptira borib, ularning jismi-jonida mavj urib kelgan milliy istiqlol va erk tuyg\u2019ularini asta-sekin sundirishga urinib keldi. Yurtimiz tuprog\u2019ini qonga belagan chor zobitlaridan biri bo\u2019lgan general Skobelevning:<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abMillatni yo\u2019q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini,<strong> san\u2019atini, tilini yo\u2019q qilsang bas tez orada o\u2019zi tanazullga uchraydi\u00bb, deb aytgan behayo so\u2019zlari bekorga aytilmagan albatta.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Bolsheviklar hokimiyati o\u2019rnatilgach o\u2019lka xalqlarining ma\u2019naviy madaniy hayotida xuddi shu qoidaga asoslanib, milliy o\u2019tmishni unutgan, sovet tuzumini ardoqlaydigan, fanatik sovet kishisini vujudga keltirish yo\u2019lidan bordi. 20 yillarning oxiri 30 yillarning boshidan madaniy hayotda ma\u2019muriy buyruqbozlik usullarining keng qo\u2019llanilishi, shuningdek qatag\u2019onlar to\u2019lqinining boshlanganligi, albatta milliy ma\u2019naviyatimizga jiddiy to\u2019sik bo\u2019ldi. XX asrning 20-30 yillarida hukmron kommunistik partiyaning madaniy-qurilish siyosati asosan \u00abshaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyatini shakllantirishga qaratildi. Shu bois bu yillarda o\u2019zbek xalqining olis asrlarga borib qadaluvchi moddiy va ma\u2019naviy madaniyati durdonalari, asoriatiqalariga, masjidu madrasalar, gumbazu maqbaralar ko\u2019rinishidagi noyob me\u2019moriy obidalarga zo\u2019r berib hujum uyushtirildi. Hatto ko\u2019p joylarda \u00abHudosizlar jamiyatlari\u00bb tuzilib, ular orqali diniy e\u2019tiqod va tasavvurlarga qarshi, uning pokdamon peshvolariga qarshi hujumkor ateistik kurash, tashviqot va targ\u2019ibot avj oldirildi. Bolshevistik siyosiy doiralar o\u2019zgacha dinni, o\u2019zgacha e\u2019tiqodni xalq ongiga singdirishga harakat qildi. Bu din marksizm g\u2019oyasi edi. Bu go\u2019yani ommalashtirish uchun barcha imkoniyatlar ishga solindi. Jamiyatga asosiy mafkura sifatida marksizmning kiritilishi natijasida boshqa dunyoqarashlar batamom inkor etildi. Marksizm g\u2019oyasini qabul qilmagan har bir kishi \u00abXalq dushmani\u00bb deb e\u2019lon qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek adabiyotining Fitrat, Cho\u2019lpon kabi \u00abkeksa\u00bb avlodi vakillarining 30- yillarda erkin ijod etishga yo\u2019l qo\u2019yilmadi. Shoir va yozuvchilarning o\u2019z asarlarida Lenin va Stalin obrazlarini yaratishlariga alohida e\u2019tibor qaratildi, kommunistik obrazi o\u2019zbek adabiyotining asosiy obraziga aylandi, o\u2019zbek kishisi ongining shakllanishi, albatta rus \u00abog\u2019a\u00bbsining ishtiroki va ta\u2019sirida ro\u2019y berishi lozimligi adabiyot oldiga qo\u2019yilgan asosiy talablardan edi. 1929 yili turli bahonalar bilan uyushtirilgan \u00abtozalash\u00bb kompaniyalarida o\u2019zbek ziyolilarining dastlabki avlodi mahv etildi. Ammo 1929-1930 yillardagi \u00abtozalash\u00bb bilan o\u2019zbek xalqi va uning madaniyatini sovetlashtirish muhim ekanini tushungan davlat va partiya 1937 yilda adabiyotimiz va umuman madaniyatimizning eng sara arboblarini yo\u2019q qilib, hatto ular nomini tarixdan o\u2019chirib tashlash uchun barcha choralarni ko\u2019rdi. A. Fitrat, Cho\u2019lpon, Abdulla Qodiriy, Elbek, Usmon Nosir, Gozi Yunus, G\u2019ulom Zafariy singari yozuvchilar \u00abXalq dushmanlari\u00bb deb e\u2019lon qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu qatog\u2019on qurbonlari Ona yurt uchun, Vatan uchun jonlarini garovga qo\u2019yib, faoliyat yuritganliklarini Prezidentimizning quyidagi so\u2019zlaridan ham bilish mumkin: \u00abXX asr boshidagi ma\u2019rifatchilik harakati haqida gap ketganda bir savol fikrimizni teranlashtiradi. O\u2019sha haraktning namoyandalari boylik uchun, shon-shuhrat uchun maydonga chiqishdimi? Mahmudxo\u2019ja Behbudiy, Munavvar Qori, Fitrat, Tavallolarga maktab ochganlari, xalqni o\u2019z haq-huquqlarini tanishga da\u2019vat etganlari uchun birov maosh to\u2019laganmi? Albatta, yo\u2019q! Ular o\u2019t bilan o\u2019ynashayotganlarini, istibdodga qarshi kurashayotganlari uchun ayovsiz jazolanishlarini oldindan yahshi bilishgan. Bilaturib, ongli ravishda mana shu yo\u2019ldan borganlar. Chunki vijdonlari, iymonlari shunga da\u2019vat etgan\u00bb.<\/p>\n\n\n\n<p>50-yillarning oxirlarida \u00abSSSRda sotsializmning to\u2019la va uzil-kesil galaba qilgan\u00bbligini KPSS XXI s\u2019yezdi (1959 yil yanvar-fevral) tantanali ravishda e\u2019lon qildi. 60 yillardayoq jamiyat taraqqiyotida kundan-kunga sekinlashish mexanizmi tobora kuchayib, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda beqaror rivojlanish ko\u2019zga tashlandi va SSSRda 80 yillarga kelib \u00abva\u2019da qilingan kommunizm\u00bb bo\u2019lmasligi yaqqol sezilib qoldi. Shu boisdan \u00abrivojlangan sotsializm\u00bb g\u2019oyasi o\u2019ylab chiqilib, barcha sohalar kabi madaniy-ma\u2019rifiy soha ham mana shu g\u2019oyaga moslashtirildi. Mustabid tuzum illatlari fan taraqqiyotiga o\u2019zining salbiy ta\u2019sirini o\u2019tkazmay qo\u2019ymadi. Bu narsa, erkinlik, ijodiy muhit yaratish o\u2019rniga, ma\u2019muriy buyruqbozlik usulini qo\u2019llashda fanga ham yuqoridan turib \u00abko\u2019rsatma\u00bb berishda, ayniqsa olimlar tomonidan yaratilgan yangiliklarni ishlab chiqishga o\u2019z vaqtida joriy qilinmaslikda yaqqol ko\u2019rindi. Ayniqsa, bu davrda ijtimoiy-gumanitar fanlarga nisbatan \u00abzo\u2019ravonlik\u00bb, ularni kommunistik mafkura \u00abandozasiga\u00bb solish yanada kuchaydi. Qadimiy tariximizni o\u2019rganish \u00abo\u2019tmishga sajda qilish\u00bb deb qoralandi.<\/p>\n\n\n\n<p>40 yillar oxiri 50 yillar boshidagi yangi qatog\u2019onlar to\u2019lqini M. Shayxzoda, Mirzakalon Ismoiliy, Shuhrat, Sayid Ahmad, Shukrullo singari yozuvchilarni \u00abtemir parda\u00bb orasiga tashladi. 60 yillarning ikkinchi yarmi va 70 yillarda yaratilgan o\u2019zbek adabiyotining eng yahshi namunalari mavjud tuzumga nisbatan muholifat maqomida maydonga keldi. Shuning uchun ham bu davrda yozilgan asarlar hali o\u2019z qiymatini yo\u2019qotgan emas. San\u2019at sohasidagi hodimlarga ham eng avvalo inqilobiy sovet turmush tarzini ulug\u2019lovchi asarlar sonini ko\u2019paytirishga ahamiyat berish vazifasi yuklandi. Milliy-tarixiy mavzularga e\u2019tibor berish esa \u00abburjua mafkurasiga sajda qilish\u00bb deb baholandi.<\/p>\n\n\n\n<p>60-80 yillarda madaniy-ma\u2019rifiy muassasalar ish shakli, uslublari ko\u2019proq badiiylikdan siyosatlashgan \u00abmadaniy yo\u2019lga\u00bb moslasha bordi. Natijada har bir madaniyat maskanlarining ish faoliyati natijalari uning qay darajada xalq madaniy saviyasini oshirganligiga qarab emas, aksincha, qay yo\u2019sinda kommunistik mafkuraning targ\u2019ibotchisi sifatida ish olib borganligiga qarab baholandi. Kino, radio, televideniye mehnatkashlarni \u00abkommunistik\u00bb ruhda tarbiyalashda, xalq ongiga rus madaniyatini singdirishda katta rol o\u2019ynadi. 1946-1985 yillarda O\u2019zbekiston madaniyatining rivoj topishga madaniyat va san\u2019at sohasini moddiy iqtisodiy jihatdan ta\u2019minlashda yo\u2019l qo\u2019yilgan jiddiy hatolar ham salbiy ta\u2019sir ko\u2019rsatdi. Hususan, 1940 yildan boshlab surunkali ravishda mazkur soha uchun davlat byudjetidan mablag\u2019 ajratish kamayib borish sabablardan biri sovet davlati iqtisodiy ahvolining tobora yomonlashib borayotganligidan dalolat edi. Ayniqsa, bu 80 yillarning ikkinchi yarmiga kelib keskin tus ola boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday bo\u2019lsa-da mustabid tuzum o\u2019zining mafkuraviy cheklashlaridan, kommunistik g\u2019oyaga zid bo\u2019lgan qarashlarga murosasiz bo\u2019lishdan voz kechmadi. Aksincha, ijtimoiy-iqtisodiy turg\u2019unlik yillarida ham siyosiy aqidaparastlik yanada kuchaydi. Qonun chiqaruvchi v\u0430 ijrochi hokimiyat ittifoqdagi singari, respublikada ham rasman sovetlar ixtiyorida edi. 1950 \u2014 1959-yillarda O&#8217;zbekiston Oliy Soveti Prezidiumiga Sh.R. Rashidov boshchilik qildi. Hullas, sovet tuzumining murakkab va o\u2019ta ziddiyatli yillarida o\u2019zbek xalqi o\u2019zligini, qadimiy milliy madaniyati va qadriyatlarini saqlab qolishga harakat qildi. Lekin bu oson kechmadi. Bu yo\u2019lda o\u2019ziga hos kurashlar va yo\u2019qotishlar sodir bo\u2019ldi. Kommunistik mafkura mahalliy xalqning milliy g\u2019ururini sindirishga urindi. Xalqni milliy ma\u2019daniyatdan, milliy an\u2019analardan chalg\u2019itish uchun \u201ckommunizm\u201d va \u201crivojlangan sotsializm\u201d kabi hayoliy aqidalarni o\u2019ylab topdi. Ularni xalq ommasi ongiga singdirish uchun barcha choralardan, vositalardan va usullardan foydalandi. Lekin o\u2019zbek halqi bularning barchasiga bardosh berdi. Chunki halq ijtimoiy-siyosiy hayotda muqarrar o\u2019zgarishlar sodir bo\u2019lishiga ishonar edi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XX asrning 20-30 yillari davrini ko\u2019zdan kechirar ekanmiz, bunda barcha ijtimoiy hayot jarayonlari qatori madaniy-ma\u2019naviy soha ham o\u2019ziga xos murakkablik, qiyinchiliq bilan kechganligiga amin bo\u2019lamiz. Sovetlar hokimiyati va uning hukmron &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sovet-hokimiyati-davrida-ozbekistonning-manaviy-madaniy-qaramligi-va-uning-oqibatlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-968","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/968","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=968"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/968\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":974,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/968\/revisions\/974"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=968"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}