{"id":977,"date":"2021-09-10T08:19:17","date_gmt":"2021-09-10T05:19:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=977"},"modified":"2021-09-10T08:19:18","modified_gmt":"2021-09-10T05:19:18","slug":"mustabid-sovet-tuzumining-ozbekistondagi-qatagonlik-siyosati-va-uning-oqibatlari","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mustabid-sovet-tuzumining-ozbekistondagi-qatagonlik-siyosati-va-uning-oqibatlari\/","title":{"rendered":"Mustabid Sovet tuzumining O\u2019zbekistondagi qatag\u2019onlik siyosati va uning oqibatlari"},"content":{"rendered":"\n<p>XX asr 20-yillarining yarmiga kelib sovetlar mamlakatining hokimiyat boshqaruv idora tizimida ham keskin o\u2019zgarish hollari yuz berdi. Stalin asta-sekinlik bilan o\u2019zining yakka hokimligini butun choralar bilan qaror toptirish harakatida bo\u2019ldi. 20-yillar oxirlarida Stalin tomonidan yangi nazariy qarash sifatida ilgari surilgan \u00abSotsializm mustakamlanib borgan sari sinfiy dushman qarshiligi ham shunchalik kuchayib boradi\u00bb degan g\u2019oya qonuniy hatti-harakatlharning avj olishiga olib keldi. Stalin va uning atrofdagilari mamlakat va partiya hayotiga oid har bir masalada o\u2019z irodasi, hukmini boshqalarga majbur yetib har qanday muolifatchi qarashlarni, ularning tashuvchilarini mahv yetib bordilar. Su tariqa, mamlakatda Lenin tomonidan asos solingan totalitar boshqaruv tizimini Stalin yanada kuchaytirdi. Bu tizimning mohiyati shundaki, unda davlat boshqaruvi markazlashgan va buyruqbozlik harakterida bo\u2019ladi. Ijtimoiy, iqtisodiyot, madaniyat, ma\u2019naviyat sohalhari ustidan qattiq nazorat o\u2019rnatildi. Turli xil tarzda fikr, tafakkur yuritish, muolifatchilik harakatlarida bo\u2019lish qat\u2019iyan man etildi, siyosiy yorqinliklar taqiqlanadi. Ayni chog\u2019da demokratiya buzildi, ilg\u2019or, taraqqiyparvar kuchlar qatag\u2019onlikka maxkum etiladi. Hukmron partiyaning yagona irodasi, o\u2019zboshimchaligi, chegara bilmas zo\u2019ravonligi avjiga mindi. Mamlakatda totalitar tuzumning qaror topishi milliy sovet respublikalari hayotiga ham dahl qilib, ularning butun inon ixtiyorini Ittifoq davlati tasarrufiga bog\u2019lab qo\u2019ydi. Bu O\u2019zbekiston timsolida ham ko\u2019zga yaqqol tashlanadi. Avvalo, respublika hokimiyati, boshqaruvining hamma bo\u2019g\u2019inlari to\u2019liq ravishda SSSR organlariga bo\u2019ysundirildi. Shuningdek, bu yerdagi yagona rahbar tashkilot \u2013 O\u2019zbekiston Kompartiyasi ham VKP(b)ning tarkibiy qismi sifatida, ya\u2019ni viloyat bo\u2019limi maqomiga tushirildi. Binobarin, hukmron partiya qabul qiladigan har qanday qaroru farmoyishlar, rahbariy ko\u2019rsatmalar respublika partiya tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy va shart edi. Stalincha ma\u2019muriy-buyruqbozlik tizimi ko\u2019zga ko\u2019rinarli va ko\u2019zga ko\u2019rinmas ming xil qizil iplar bilan O\u2019zbekistonni o\u2019z domiga kiritib, uning amaldagi rasmiy mustaqilligini ham yo\u2019qqa chiqargan edi. Uning mahalliy rahbariyati respublikaning iqtisodiy, xo\u2019jalik, madaniy-ma\u2019naviy hayotiga oid biror bir masala, muammoni mustaqil tarzda hal etishga haqli, huquqli emas edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustabid tuzum markazdan O\u2019zbekistonga o\u2019zining ko\u2019p sonli sadoqatli xodimlari, vakillarini rahbariy lavozimlarda ishlashga uzluksiz yuborib turdi. Ular yordamida o\u2019lka hayotida kechayotgan barcha jarayonlar, o\u2019zgarishlardan doimiy xabardor bo\u2019lib, mahalliy kadrlar faoliyatini kuzatib, nazorat qilib bordi. O\u2019z xalqi, yurtining milliy manfaatlarini himoya qilib, uning istiqbolini ko\u2019zlab, o\u2019zida kuch iroda topib, bor haqiqatni aytishga jur\u2019at qilgan millat kishilari birinchi navbatda hukmron Markazning qahr-g\u2019azabiga duchor bo\u2019ldi. Qatag\u2019onlik zulmkorlari, ularning gumashtalari bir imo-ishora bilan bunday yurt fidoyilarini oradan olib tashlash, faoliyatini og\u2019machilik, buzg\u2019unchilikda ayblash, sha\u2019niga millatchi, xalq dushmani, aksilinqilobchi, burjua malaylari kabi asossiz bo\u2019htonlar bilan la\u2019nat tamg\u2019asini tirkashga doimo tayyor turardilar. Buning yorqin ifodasini sovet mafkurachilari tomonidan to\u2019qib chiqarilgan va o\u2019zbek milliy kadrlari sha\u2019nini bulg\u2019ashga qaratilgan \u00ab18lar guruhi\u00bb, \u00abinog\u2019omovchilik\u00bb, \u00abQosimovchilik\u00bb degan siyosiy ishlar misolida ko\u2019rish mumkin. Mazkur guruhlar faoliyatiga oid tarixiy hujjatlarni ko\u2019zdan kechirib, tahlil etar ekanmiz, bu insonlar hatti-harakatida, faoliyatida ularni ayblashga hech bir asosli ashyo-dalillar bo\u2019lmaganligiga to\u2019la amin bo\u2019lamiz. Ularning yagona \u00abgunohi\u00bb &#8211; bu o\u2019z millati dardi, tashvishi va manfaatini ko\u2019zlab, ayrim muhim muammolarni ko\u2019targanligi va ularni hal etishga yuqorining e\u2019tiborini jalb etganligi, holos. Ho\u2019sh, \u00ab18lar guruhi\u00bb tarkibi kimlardan iborat bo\u2019lgan? Ular sovet mutasaddilari oldida qanday gunoh kilgan edilar? Respublikaning taniqli arboblaridan tashkil topgan bu guruh (I. Hidiraliyev, M.Saidjanov, U.Ashurov, R.Rahimboboyev, R.Rafiqov va b.) ga tirkalgan asossiz aybga, uyushtirilgan bo\u2019htonga ko\u2019ra, go\u2019yo uning a\u2019zolari hukmron Markazning ulug\u2019 davlatchilik va shovinistik siyosatiga, milliy kadrlarga nisbatan bepisandlik, loqaydlik yo\u2019liga qarshi chiqib, adolat va haqqoniylik tamoyillarini himoya qilib chiqqandilar. \u00abO\u2019n sakkizlar guruhi\u00bb bolsheviklar tomonidan boy-quloq deb nomlangan o\u2019ziga to\u2019q xo\u2019jaliklarning yer-suv islohoti jarayonida belgilangan me\u2019yordan ortiqcha mol-mulki tortib olinishiga qarshi chiqdi. Shuningdek sovetlarga saylovlar vaqtida, \u00abquloq\u00bb deb tadbirkor, to\u2019q xo\u2019jaliklarning saylov huquqidan mahrum qilinishi bilan kelisha olmadi. Ular tijorat, hunarmandchilikni yo\u2019qotishga qaratilgan og\u2019ir soliqlarni kamaytirishni talab qildilar, o\u2019zbek ayollarini ozodlikka chiqarishda shoshma-shosharlikka yo\u2019l qo\u2019ymaslik, qon to\u2019kilishiga olib kelmaslik zarurligini ko\u2019rsatdilar. Ularning bu talab va istaklari O\u2019zbekistondagi markaz vakillariga yoqmadi. Shu bois rasmiy partiya organlari tomonidan mazkur guruh keskin qoralandi va uning a\u2019zolari o\u2019z lavozimlaridan olinib, turli partiyaviy jazolarga giriftor etildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abInog\u2019omovchilik\u00bb guruhi to\u2019g\u2019risida gap borganda ham unga qo\u2019yilgan barcha ayblarning to\u2019liq tarzda to\u2019qib chiqarilganligi ayon bo\u2019ladi. Ma\u2019lumki Rahim Inog\u2019omov O\u2019z KP(b) MK Matbuot bo\u2019limi mudiri va O\u2019zSSR Maorif xalq komissari vazifasida faoliyat yuritib kelgan. Shuningdek, R. Inog\u2019omov o\u2019zining bir qator nutqlarida O\u2019zbekiston Kompartiyasining mustaqil faoliyat yurita olmayotganligiga, Markazning nazoratchi organlarining o\u2019lka hayotidagi zo\u2019ravonligiga ham alohida e\u2019tibor qaratgan. Respublikaning bir qator mahalliy partiya, sovet organlari mas\u2019ul hodimlaridan M. Mavlonbekov, I. Isamuhamedov, M. Aliyev singari hammaslaklar R.Inog\u2019omov qarashlarini qo\u2019llab-quvvatlab chiqqandilar. Albatta, bunday muholifatchi chiqishlar hukmron partiya mutasaddilarining qahriga uchramasdan, jazolanmasdan qolmasdi. Shu bois 1926-1931 yillarda bu guruh faoliyati partiya tashkilotlarida bir necha bor muhokama qilinib, og\u2019machi guruhbozlikda ayblandi. R. Inog\u2019omov 1926 yil oxirida \u00abO\u2019zbekiston ziyolilari\u00bb risolasini matbuotda e\u2019lon qildi. Unda \u00abOktyabrdagi o\u2019zgarish o\u2019zbek xalqi uchun kutilmagan voqea bo\u2019ldi va o\u2019zbek mehnatkashlari tayyor emas edi\u00bb, &#8211; degan fikrni ilgari surdi. Shuningdek R. Inog\u2019omov o\u2019zining bir-qator nutqlarida O\u2019zbekiston kompartiyasini Rossiyaning mustamlakachilik siyosatiga qarshi kuzatilayotganlikda, markazning Sredazbyuro, SredazEKOSO kabi \u00abnazoratchi\u00bb organlarini zo\u2019ravonlikda aybladi. 1926 yil 12 dekabrda bo\u2019lgan O\u2019zKP(b) MK Ijroiya byurosi \u00abR.Inog\u2019omov faoliyati\u00bb haqidagi masalasini ko\u2019rib chiqib \u00abinog\u2019omovchilik\u00bbni O\u2019zbekiston Kompartiyasidagi \u00abmayda burjuachilik, millatchilikka tomon og\u2019ish\u00bb deb baholadi va respublika partiya tashkilotlarida keng muhokama qilib \u00abinog\u2019omovchilik\u00bbka \u00abbaho berish\u00bbni topshirdi. Shunga ko\u2019ra barcha partiya tashkilotlari majlislarida \u00abinog\u2019omovchi\u00bblik qoralandi. R.Inog\u2019omov va uning tarafdorlari vazifalaridan olinib, nomlari qoralandi, o\u2019zlari esa tavba tazarru qilishga majbur etildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abQosimovchilik\u00bb guruhi ham 1929-1930 yillarda sovet hukmron rejimi tomonidan milliy kadrlarni, ziyolilarni qatag\u2019on qilish, jazolash maqsadida atayin uyushtirilgan navbatdagi uydirma bo\u2019lgan. O\u2019zSSR Oliy Sudining raisi lavozimida ishlab kelgan Sa\u2019dulla Qosimov va uning yaqin maslakdoshlari deb topilgan N.Alimov, B.Sharipov kabi 7 kishi 1929 yilning 2-yarmida qamoqqa olinadilar. Ularning atayin to\u2019qib chiqarilgan \u00abayblov ishi\u00bbga siyosiy tus beriladi. Bunga ko\u2019ra, ular respublikadagi millatchi tashkilotlar bilan aloqa bog\u2019laganlikda qoralandilar. Bu guruhning 4ta a\u2019zosi mana shu asossiz ayblar bilan ayblanib, otib tashlandi, qolgan 3 kishi esa ko\u2019p yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Eng so\u2019nggi ma\u2019lumotlar, tarixiy hujjatlarni har tomonlama o\u2019rganish, tahlil qilish, surishtirishlar bunday tashkilotlarning respublika hududida butunlay bo\u2019lmaganligini tasdiqlamoqda. Demak, bunday aksilinqilobiy tashkilotlar qatag\u2019onlik tuzumi buyurtmasi asosida Markaz jallodlari va jazo organlari tomonidan atayin to\u2019qib chiqarilgan. Buning orasida ming-minglab begunoh, aybsiz insonlar shafqatsiz jazolangan, aziz umrlari hazon bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Mamlakatda ma\u2019muriy buyruqbozlik tizimi qaror topib mustahkamlanib borishi bilan bir qatorda respublikaning butun ijtimoiy-siyosiy hayoti muttasil siyosatlashtirilib va baynalminallashtirilib borildi va hukmron partiya tomonidan \u00absotsialistik qurilish\u00bb va mustabid tuzumni mustahkamlash vazifalariga bo\u2019ysundirildi. Ijtimoiy-siyosiy hayot shu qadar shiddat bilan o\u2019zgarib bordiki, mavjud har bir masalaga siyosiy nuqtai nazardan qaraldi. Buning natijasida milliylik o\u2019rniga amalda baynalmilallik ustivor qilib qo\u2019yildi, milliy qadriyatlar an\u2019ana, urf-odatlar oyoqosti qilindi. Kommunistik partiya o\u2019rnatgan ana shu mustabid tuzumni, u amalga oshirgan, \u00absotsialistik tajriba\u00bbni mahalliy xalq, avvalo uning ilg\u2019or vakillari zo\u2019r norozilik bilan kutib oldilar, ular xalqning milliy madaniyatini, an\u2019analari va urf-odatlarini, ko\u2019p asrlik ma\u2019naviy merosini saqlab qolishga intildilar, Markazning zo\u2019ravonligiga qarshi ochiq tanqidiy fikrlar bildirdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Kommunistik partiya hukmronligi davridagi siyosiy qatag\u2019onlarning bosqichlari haqida gapirganda, uni 3 davrga bo\u2019lish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>1.O\u2019tgan asrning 20-30 yillar qatag\u2019onlari. Bu davrda juda ko\u2019plab davlat va partiya rahbarlari, ziyolilar, o\u2019qituvchilar, jadidlar qatag\u2019on qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>2.XX asrning 50-yillar qatag\u2019onlari. Bu davrda shoirlar, yozuvchilar, ularning asarlari qatag\u2019on qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>3.XX asrning 80-yillar qatag\u2019onlari. \u00abPaxta ishi\u00bb, \u00abO\u2019zbek ishi\u00bb nomi bilan Markaz tomonidan to\u2019qib chiqarilgan buhtonlar natijasida yuzlab respublika, viloyat, tuman rahbarlari, oddiy pahtakorlar qo\u2019shib yozishda, ko\u2019zbo\u2019yamachilikda, poraho\u2019rlikda ayblanib, turli hil muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi, ularga ma\u2019naviy va moddiy zarar yetkazildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Milliy madaniyatni qayta tiklash xalq turmushini yahshilash muammolariga diqqatni jalb etishga uringan rahbar hodimlar va ijodiy ziyolilar ustidan 20-yillar davomida hufiyona zo\u2019rlik va repressiyalar siyosati o\u2019tkazildi. Shu munosabat bilan Turar Risqulov, Fayzulla Ho\u2019jayev, Abdulla Rahimboyev, Nazir To\u2019raqulov, Inomjon Hidiraliyev, Kayg\u2019usiz Otaboyev, Akmal Ikromov, Sultonbek Hujanov singari mashhur arboblar millatchilikda ayblandilar. Turar Risqulov (1894-1938) 1919 yil mart oyida tuzilgan musulmon kommunistlari byurosi raisi, Turkiston MIK raisi, keyinchalik Turkiston HKS raisi bo\u2019lib ishlab kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p>T.Risqulov 1919 yilda Turkistonda bolsheviklar hokimiyatini saqlab qolish uchun bu yerga kelgan Sh.Eliava boshchiligidagi Turkkomissiya faoliyatiga qarshi chiqdi. Hatto Turkiston HKS raisi bo\u2019lib ishlagan K. Otaboyev katta yig\u2019inda kelganida yevropaliklar mahalliy sharoitni yerli halq tilini bilmaydi, shuning uchun ular o\u2019lkada foydali ish qilmayapti deb ochiq gapirgan edi. T.Risqulov Turkiston XKS raisi qilib tayinlanayotganda yerli halqlar qobiliyatli kadrlarini ishga faol jalb qilish shartini qo\u2019ydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkkomissiya faoliyatidan norozi bo\u2019lgan yerli xalq vakillari uni tugatishni, Turkfront RVS (inqilobiy harbiy kengash) huquqlarini cheklash, qizil armiya qismlarini Turkistondan chiqarish yoki qurolsizlantirishni qat\u2019iy talab qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1920 yillarning boshlaridayoq Turkiston ASSRni bo\u2019lib tashlash va milliy til belgisiga qarab muhtor (avtonom) respublikalar tuzish masalasidagi Turkkomissiya raisi H.Rudzutak tashabbusi bilan qabul qilingan tezislarga ham T.Risqulov qarshi chiqadi. U turkiyzabon xalqlarni alohida qismlarga bo\u2019lib tashlab bo\u2019lmaydi degan g\u2019oyani ilgari surdi. Markaz bu fikrni inkor etib, uni panturkizm, panislomizm, burjua millatchiligida aybladi. 1938 yilda u qatag\u2019on qurboni bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Akmal Ikromov (1898-1938) davlat va siyosiy arboblardan biri edi. Dastlab u o\u2019lkada tashkil topgan \u00abizchillar\u00bb, \u00abChig\u2019atoy gurungi\u00bbning a\u2019zosi bo\u2019lib sovet tuzumiga qarshi maqola va she\u2019rlar yozgan. U she\u2019rlarida Elhon tahallusini qo\u2019lladi. 1921 yilda Turkiston KP MK kotibi lavozimiga saylangan A.Ikromov 1922-1924 yillarda Moskvada o\u2019qidi va kommunistik g\u2019oyalar bilan qurollantirildi. 1925 yil fevralda A.Ikromov O\u2019zKP MKning mas\u2019ul kotibi, 1929 yilda MKning birinchi kotibi lavozimlariga tayinlanadi. U sovet hokimiyatining siyosatini izchillik bilan amalga oshirdi. O\u2019zbekistonda yer-suv islohoti, majburiy jamoalashtirish, \u00abquloqlarni sinf sifatida tugatish\u00bb kabi tadbirlarda faol ishtirok etdi va ularga rahbarlik qildi. O\u2019sha davrda milliy ziyolilarni qatag\u2019on bo\u2019lishiga maydon hozirlagan \u00abSiyosiy ko\u2019rlarmiz\u00bb degan maqolasini e\u2019lon qildi. A.Ikromov \u00abinog\u2019omovchilik\u00bbka qarshi bir-necha bor chiqishlar qilib, ularni \u00abmilliy og\u2019machilik\u00bb va \u00abmillatchilikda\u00bb ayblaydi. 1927 yil oktyabrda Samarqandda bo\u2019lgan O\u2019zSSR madaniyat xodimlarining II qurultoyida A.Ikromov \u00abMafkuraviy jabhadagi kurash va madaniyat hodimlarining vazifalari\u00bb nomli ma\u2019ruzasidan so\u2019ng, 1929 yilda Munavvar Qori boshliq taraqqiyparvarlar qatag\u2019onga uchradilar. Uning rahnamoligida millat ravnaqi va istiqloli yo\u2019lida faoliyat yuritgan, xalqqa ziyo taratib kelgan \u00abMilliy Ittihod\u00bb va \u00abMilliy istiqboli\u00bb tashkilotlarining 87 a\u2019zosi ustidan sud uyushtirildi va ularning 15tasi 1931 yilda Moskvada otib tashlandi, qolganlari uzoq muddatga qamoq jazosiga tortildi. Ular xalqimizning asl farzandlari edi. Masalan, ulardan biri \u2013 professor G\u2019ozi Olim Yunusov edi. U kishi 50dan ortiq asarlar muallifi, arab, fors, nemis, ingliz, barcha turkiy tillarning bilimdoni, rus, nemis, arab tillarida mahsus kurslardan Samarqand universitetida dars bergan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hullas, bolsheviklar rejimiga sidqidildan xizmat qilgan A.Ikromovni ham mustabid tuzum qatag\u2019onlari ayab o\u2019tirmadi. U 1937 yil sentyabrda Toshkentda hibsga olindi va 1938 yil mart oyida Moskvada otib tashlandi. Inomjon Hidiraliyev (1891-1928) Farg\u2019ona viloyati Namangan uyezdining Pop volostida dehqon oilasida tug\u2019ilgan. U 1922-1924 yillarda Turkiston ASSR MIK va HKKning RSFSRdagi Muhtor vakili bo\u2019lib ishladi. I.Hidiraliyev 1924 yil aprel-avgustda Londonda bo\u2019lgan Sovet-Angliya muzokaralarida ishtirok etdi. U F.Ho\u2019jayev, T.Risqulov, K.Otaboyevlar bilan hamkorlikda bolsheviklarning shovinistik siyosatini izchillik bilan fosh etdi. Turkistondagi istiqlolchilik harakatiga hayrihoh edi. U \u00abo\u2019n sakkizlar guruhi\u00bbning tashkilotchilardan biri bo\u2019lib, bolsheviklar tomonidan o\u2019tkazilayotgan \u00abquloqlarni sinf sifatida tugatish\u00bb siyosatiga qarshi chiqqan edi. Pahtakor dehqonlarni himoyachisi edi. Mustabid tuzumning ruhiy tazyiqiga uchragan I.Hidiraliyev 1928 yil 31 dekabrda Moskvadagi \u00abNasional\u00bb mehmonhonasida o\u2019z joniga qasd qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ularning faoliyati GPU (davlat siyosiy boshqarmasi) hamda NKVD (ichki ishlar halq komissarligi) tomonidan doimiy ravishda kuzatib borilgan. 30-yillarda o\u2019zbek adabiyotining Fitrat va Cho\u2019lpon kabi \u00abkeksa\u00bb avlodi vakillarining erkin ijod etishiga yo\u2019l qo\u2019yilmadi. Fitrat 1938 yil 4 oktyabrda \u00absovet hokimiyatiga qarshi aksil-inqilobiy, pantyurkisti ishlar olib borganlikda\u00bb ayblanib, otib tashlandi. Fitrat Buxoroda F. Ho\u2019jayev bilan birga adolatli hukumat tuzish niyatida o\u2019z dasturini ishlab chiqdi. Bu dastur 10dan ortiq banddan iborat bo\u2019lib, unda davlatning tashkiliy tizimi, idora qilishda armiyaning roli, milliy pul, xususiy mulk egaligi, vakflar, din erkinligiga alohida e\u2019tibor berilgan edi. U rus inqilobiga totalitar tuzumga qarshi edi. Fitratning madaniy merosidagi yagona buyuk fazilat: milliy mustakillik uchun kurash edi. U o\u2019zining \u00abTemur oldida\u00bb asarida \u00abQaysi bir yurt nobob shaxs qo\u2019liga tushib qolsa, xalqi o\u2019zaro ahil va totuvlikka erisha olmasa, boshqalarga yem bo\u2019lishi muqarrar\u00bb, \u2013 deb yozadi. Fitrat o\u2019zining \u00abChin sevish\u00bb va \u00abHind ihtilochilari\u00bb asarlari milliy mustaqillik uchun kurash g\u2019oyasini ifoda etgan. Bu asarlarida talangan, kamsitilgan, bo\u2019lingan To\u2019ron elini birlashtirish uchun Ollohdan Amir Temur va Abdullahonni tiriltirishni iltijo qildi. U konstitusion monarhiya tizimidagi davlatni tuzish g\u2019oyalarini ilgari surgan. O\u2019zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy 20-yillarda \u00abO\u2019tgan kunlar\u00bbdan keyin \u00abMehrobdan chayon\u00bb asarini yaratib, o\u2019zbek romanchiligini jahon madaniyatiga olib chiqdi. Biroq sovet rejimi uning \u00abO\u2019tgan kunlar\u00bb asari kitobxonlarni sovet voqeligidan uzoqlashtiradi va unda millatchilik qarashlari ochiq aks etgan deb, tanqid ostiga oladi va bu uning 1937 yilda qamoqqa olinishi uchun asos bo\u2019lib xizmat qiladi. U 1938 yil 4 oktyabrda otiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Taniqli o\u2019zbek shoiri, dramaturg va tarjimon Usmon Nosir o\u2019zining \u00abYurak\u00bb, \u00abMehrim\u00bb, \u00abNorbuta\u00bb kabi she\u2019riy dostonlari bilan shuhrat qozongan. U Dobrolyubov, Lermontov asarlarini o\u2019zbek tiliga tarjima qilgan. 1936 yilning oxiridan 1940 yilgacha bo\u2019lgan davrda respublika bo\u2019yicha yozuvchilar, jurnalistlar, davlat va jamoat arboblari 5758 kishi qamoqqa olingan. Ulardan 4811 kishi otib tashlangan. O\u2019ylab chiqarilgan soxta ayblovlar bo\u2019yicha O\u2019zbekistonda 1937-1939 yillar bo\u2019yicha hammasi bo\u2019lib 41 mingdan ziyod kishi qamoqqa olingan, ulardan 37 mingdan ortig\u2019i jazolangan, 6920tasi otib tashlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>20-30 yillardagi mustabid tuzumning qatag\u2019onlik siyosati jiddiy va fojiali ahvolga olib keldi. Milliy ziyolilarning jismonan yo\u2019q qilinishi oqibatida milliy madaniyat to\u2019la to\u2019kis rivojlana olmadi. 30-yillarning boshida dindor va e\u2019tiqodli kishilarga ham zo\u2019ravonlik siyosati amalga oshirildi. Minglab masjidlar yo\u2019q qilinib hudosizlar uyiga, ateizm muzeylariga aylantirildi. Ko\u2019plab ko\u2019hna masjidlar qarovsiz qoldirildi, yangilari esa umuman qurilmadi. Diniy marosimlar, qadimiy urf-odatlar ta\u2019qiqlandi. Diniy ulamolarning asosiy qismi qamoq lagerlariga jo\u2019natildi. 1925 yilda O\u2019zbekistonda 97 ta vaqf maktablari va 1500 ortiq eski maktablar yashirin holda ish olib borar edi. Ular ham 1928 yilga kelib o\u2019z faoliyatini amalda tugatdilar. Bu davrda \u00abSotsializmda dinga o\u2019rin yo\u2019q, unga din begona\u00bb degan fanatik qarash, qoida ustun bo\u2019lib qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchi jahon urushidan so\u2019ng mamlakatning ijtimoiy-siyosiy tizimida partiyaning yakka hukmronligi kuchayib bordi. Respublikaning partiya organlari Markazning yo\u2019l-yo\u2019riqlariga tayanib, dunyoqarashi va ijodi partiya mafkurasiga to\u2019g\u2019ri kelmaydigan ijodiy ziyolilar vakillariga hujum qila boshladilar. Go\u2019yoki ularning asarlarida millatchilik g\u2019oyalari \u00abmavjudligi\u00bb, o\u2019rta asr tarizi, o\u2019sha davrda o\u2019tgan tarixiy shaxslarning roli ideallashtirilgan degan ayblar qo\u2019yildi. Oybek, Abdulla Qahhor, Mamarasul Boboyev, Mirtemir, Shayhzoda kabi o\u2019zbek yozuvchilari badnom qilindi. Shu bilan birga \u00abFarhod va Shirin\u00bb, \u00abLayli va Majnun\u00bb, \u00abTohir va Zuhra\u00bb, \u00abAlpomish\u00bb, \u00abGulandom\u00bb va boshqa afsonaviy folklor syujetlariga asoslangan opera, balet va musiqali drama spektakllari ijodkorlari ham \u00abzararli\u00bb g\u2019oyalarni targ\u2019ib qilishda ayblandilar. O\u2019zbekiston gumanitar va ijtimoiy fanlarining ko\u2019pgina arboblari ham qoralandi. O\u2019z KP(b) MK byurosi 1950 yil 1-sentyabrda \u00abO\u2019zbekiston SSR FAning ishi to\u2019g\u2019risi\u00bbdagi masala ko\u2019rib chiqib, bu masala yuzasidan qabul qilgan qarorida Respublika FAning gumanitar fanlar bo\u2019limi va uning institutlari \u00abo\u2019z ishlarini VKP(b) MKning masalalariga doir qarorlariga muvofiq ravishda qayta ko\u2019rmadilar\u00bb, bu institutlarga siyosiy ishonchga sazovor bo\u2019lmagan va burjua obyektivizmi hamda kosmopolitizm g\u2019oyasini tashib yuradigan kishilar joylashib olganlar- deb ko\u2019rsatib o\u2019tdi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston yozuvchilari, shoirlari va olimlarini badnom qilish yuzasidan 1952 yil 21-22 fevralda bo\u2019lib o\u2019tgan O\u2019z KP(b) MKning X-plenumi keng suratda siyosiy kompaniyaning cho\u2019qqisi bo\u2019ldi. Unda O\u2019z KP(b) MKning 1-kotibi A.Niyozovning \u00abRespublikada mafkura ishining ahvoli va uni yaxshilash choralari to\u2019g\u2019risida\u00bbgi ma\u2019ruzasi tinglandi. Unda aytilishicha, \u00abO\u2019zbekistonda adabiyotchi xodimlar orasida sovetlarga qarshi millatchilik kayfiyatidagi bir guruh shaxslar bo\u2019lgan. Bu guruh qatnashchilari O\u2019zbekistonni sovet ittifoqidan zo\u2019rlik bilan ajratib olmoqchi bo\u2019lgan\u00bb. Ma\u2019ruzada To\u2019rob To\u2019la \u00abQo\u2019pol millatchilik xatolari\u00bbga yo\u2019l qo\u2019yganlikda, Temir Fattoh \u2013 \u00abMilliy mahdudlik\u00bbda, M.Oybek \u2013 \u00abJiddiy mafkuraviy aynish\u00bbda, M.Shayhzoda \u2013 \u00abO\u2019tmishni ideallashtirishda, tarixiy shaxslarni noto\u2019g\u2019ri tasvirlash\u00bbda, ularning hammalari birgalikda \u00abBurjua\u2013millatchilik qarashlarining namoyon bo\u2019lishi\u00bbda ayblandi. 1951 yilda M.Shayxzoda, Shukrullo Yusupov, G\u2019ulom Aliyev va boshqa bir qator ijodkorlar \u00abAntisovet millatchilik faoliyati\u00bbda ayblanib qamoqqa olindi va 25 yillik qamoq jazosiga hukm ostiga olindi. Shu yillarda faylasuf V.Zohidov, iktisodchi O.Aminovlar panturkizmni tashviqot qilishda va burjua millatchilikda ayblanib, ta\u2019qib qilindi. Ana shu mazmunda qatag\u2019on qilinganlarning soni 60 dan ortiq edi. 1952 yil 22-avgustdagi O\u2019z KP(b) MKning byurosi qarori bilan V.Zohidov \u00abQo\u2019pol siyosiy va millatchilikdan iborat xatolarga yo\u2019l qo\u2019yilgani uchun\u00bb partiyadan o\u2019chirildi va SAGU (hozirgi O\u2019zbekiston Milliy universiteti) o\u2019qituvchisi va O\u2019zbekiston FA Sharkshunoslik universitetining katta ilmiy hodimi lavozimidan bo\u2019shatildi.<\/p>\n\n\n\n<p>40-yillar oxiri\u201350-yillar boshlari stalin davridagi ommaviy qatag\u2019onlar natijasida sobiq SSSR bo\u2019yicha 3778234 kishi hibsga olindi, ulardan 786098 kishi otib tashlandi.<br>1937-1953 yillar qatag\u2019onligi davrida O\u2019zbekistonda NKVD \u00abuchligi\u00bb tomonidan yuz ming kishi qamoqqa olindi, ulardan o\u2019n besh ming nafari otib tashlandi. Bu dahshatli holatni tariflab, O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Toshkentdagi \u00abShahidlar hotirasi\u00bb yodgorlik majmuasining ochilishiga bag\u2019ishlangan marosimda so\u2019zlagan nutqida \u00abZulm va zo\u2019ravonlikka qurilgan mustabid, beshafqat tuzum davrida o\u2019zligini, millat qadr-qimmatini teran anglagan, ijtimoiy-siyosiy ongi yuksak, halqni uyg\u2019otishga, xalqni boshqarishga qodir bo\u2019lgan, ma\u2019rifat va ma\u2019naviyat yo\u2019lida fidoyilik ko\u2019rsatgan barcha aql zakovat sohiblarining\u00bb qancha-qanchalari jismonan yo\u2019q qilinganligi haqida gapirdi. Assossiz qatag\u2019on qilinganlarni oqlash Stalin vafotidan keyin boshlandi. Natijada O\u2019zbekiston bo\u2019yicha qatag\u2019on qilingan, tiriklar va halok bo\u2019lganlardan 40 mingga yaqini oqlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>XX asrning 80-yillar o\u2019rtalarida qatag\u2019onlik siyosati yana boshlandi. Unga nafaqat milliy kadrlar, ijod ahli balki, xo\u2019jalik xodimlari va davlat arboblari ham tortildi. O\u2019zbekistonda qonunchilik va huquq tartiblarini tiklash, partiya davlat organlarini kadrlar bilan mustahkamlash degan niqoblar bilan markazdan katta vakolatga ega bo\u2019lgan mas\u2019ul xodimlarining \u00abdesant\u00bb guruhlari kela boshladi. Ularga partiya va sovet, sud organlaridan katta lavozimlar berildi. \u00abPaxta ishi\u00bb, \u00abO\u2019zbeklar ishi\u00bb, \u00abSharqiy front\u00bb deb atalgan mash\u2019um siyosat niqobi ostida minglab begunoh kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi. Moskvaga yuborilgan generallar, prokurorlar, tergovchilar istagan odamlarni hibsga olishardi. Markaziy matbuotning ba\u2019zi bir mualliflari Kavkaz, O\u2019rta Osiyo va Qozog\u2019iston xalqlari yuziga qora choplashga harakat qila boshladilar. 1983 yilning oxirida respublikada juda og\u2019ir vaziyat vujudga kelgan edi. Jinoyatchilikka qarshi kurashish niqobi ostida sobiq Markazdan ketma-ket turli tergov guruhlari tashlandi. O\u2019zbekiston Kompartiyasi MKning 2-kotibligiga Anishchev, Ministrlar soveti raisining 1-o\u2019rinbosari Ogarok, Oliy Kengash Prezidiumi raisining o\u2019rinbosari etib Romanovskiylar tayinlandi, Toshkent shahrining taqdiri Satinga topshirildi. \u00abPaxta ishi\u00bb va \u00abO\u2019zbeklar ishi\u00bb deb yuzsizlarcha nomlangan tergovlar boshlanib ketdi. Gdlyan guruhi O\u2019zbekistonliklarga nisbatan qonunsiz, beshavqat ishlarni boshlab yubordi. 1989 yilgacha bu ishlar bo\u2019yicha 4,5 mingdan ko\u2019proq kishi sudlandi. O\u2019sha paytda respublikadagi qamoqxonalarda joy qolmagani sababli sudlanganlarning mingdan ortig\u2019i jazoni o\u2019tash uchun Sibir qamoqxonalariga jo\u2019natildi. O\u2019zbekiston mustaqillikka erishgach Islom Karimov tashabbusi bilan \u00abpahta ishi\u00bb qayta ko\u2019rib chiqildi va minglab begunoh kishilar oqlandi, qatag\u2019onlarga chek qo\u2019yildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XX asr 20-yillarining yarmiga kelib sovetlar mamlakatining hokimiyat boshqaruv idora tizimida ham keskin o\u2019zgarish hollari yuz berdi. Stalin asta-sekinlik bilan o\u2019zining yakka hokimligini butun choralar bilan qaror toptirish harakatida bo\u2019ldi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mustabid-sovet-tuzumining-ozbekistondagi-qatagonlik-siyosati-va-uning-oqibatlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-977","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/977","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=977"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/977\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":978,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/977\/revisions\/978"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=977"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}