{"id":100400,"date":"2023-08-22T16:24:23","date_gmt":"2023-08-22T13:24:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=100400"},"modified":"2023-08-22T16:24:26","modified_gmt":"2023-08-22T13:24:26","slug":"virusli-kasalliklar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/virusli-kasalliklar\/","title":{"rendered":"Virusli kasalliklar"},"content":{"rendered":"\n<p>Virusli kasalliklar, Virozlar \u2014 viruslar qo&#8217;zg&#8217;atadigan kasalliklar. Virusli kasalliklarga odam, hayvon va o&#8217;simliklarda uchraydigan juda ko&#8217;p yuqumli kasalliklar kiradi. Odamlarda viruslar qo&#8217;zg&#8217;atadigan gripp, qizamiq, suv chechak va chin chechak, virusli gepatit, poliomielit, entsefalit, quturish, gemorragik isitma kabi kasalliklar birmuncha mukammal o&#8217;rganilgan. Ko\u2019pincha teri kasalliklarini ham viruslar paydo qilishi aniqlangan. Hayvonlarning Virusli kasalliklariga Kirov (oqsim), o&#8217;lat, ornitoz, Psittakoz, parrandalar grippi, Nyukasl kasalligi, Ruft vodiysi isitmasi, qo&#8217;ylarning kataral isitmasi va boshqalar kiradi. Ular epizootiyalar shaklida kechib, katta iqtisodiy zarar yetkazadi. O&#8217;simliklarda Virusli kasalliklar g&#8217;oyat xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ko&#8217;pgina qishloq xo\u2019jalik ekinlari (ayniqsa, vegetativ yo&#8217;l bilan ko&#8217;payadiganlari) kasallanadi. Virozlar boshoqli o&#8217;simliklar, kartoshka, mevali, sabzavot, rezavor mevali va boshqa o&#8217;simliklarga eng ko&#8217;p zarar keltiradi. Ko&#8217;pincha, o&#8217;simlik hosilining kamayishiga va sifatining pasayishiga sabab bo&#8217;ladi. Masalan, bug&#8217;doy, arpa va boshqa o&#8217;simliklarga g&#8217;umbaklanish virusi erta yuqqanda boshoqlar puch bo&#8217;ladi; virusli mozaika bilan kasallangan kuzgi bug&#8217;doy umuman hosil bermaydi. Ko&#8217;pchilik Virusli kasalliklar qishloq xo&#8217;jaligida yaqindan beri (20-asr) salbiy ahamiyatga ega bo&#8217;lib kelmoqda. Virusli kasalliklar o&#8217;simlik organizmida chuqur o&#8217;zgarishlarga sabab bo&#8217;ladi. Eng xarakterli o&#8217;zgarishlar assimilyatsiya apparatida yuz beradi. Assimilyatsiya mahsulotlari ildiz, ildizmeva, tuganak (ko&#8217;p yillik o&#8217;simlik turlarida qishlovchi organ bo&#8217;lib, odatda, ularda oziq moddalar saqlanadi) va o&#8217;simlikning boshqa qismlariga yetib bormaydi. Umuman, o&#8217;simliklar qator anatomik va morfologik o&#8217;zgarishlarga uchraydi. Natijada o&#8217;simlik rivojlanishi susayadi va umumiy holati yomonlashib, &#8220;nasl aynish alomatlari&#8221; kuzatiladi. Assimilyatsiya mahsulotlarining barglardan oqishi ushlanib qolishi tufayli bargda kraxmal ko&#8217;payib ketadi. Kasallikning o&#8217;zgarish xarakteriga ko&#8217;ra Virusli kasalliklar ikki guruh: mozaikalar va sariqlarga bo&#8217;linadi. Mozaikalarning asosiy belgisi \u2014 barg rangining olachipor bo&#8217;lishi (masalan, tamaki, kartoshka, pomidor, lavlagi va boshqa mozaikasi); bunga xlorofilli apparatdagi o&#8217;zgarishlar sabab bo&#8217;ladi. Sariq kasali uchun umumiy xloroz (bargning rangsizlanishi), o&#8217;sishning buzilishi, ko&#8217;pincha pakanalik xarakterli; barglarning buralishi, burishishi, ularda uglevodlarning haddan tashqari to&#8217;planishi natijasida barglar dag&#8217;al va mo&#8217;rt bo&#8217;lib qoladi (boshoqlilardagi g&#8217;umbaklanish, g&#8217;uza, kartoshka barglari buralishi va boshqalarda). Ko&#8217;pgina Virusli kasalliklarni hasharotlar (o&#8217;simlik bitlari, tsikadalar, tripelar, oqqanotlar, qandalalar va boshqalar), ba&#8217;zilarini (bug&#8217;doyning taram-taram mozaikasi va boshqalar) kanalar tarqatadi. Infektsiya kasal o&#8217;simlikdan sog&#8217;lomiga bir-biriga tekkanida, bir-birini engil jarohatlaganda (masalan, shamol ta&#8217;sirida) o&#8217;tishi ham mumkin. Virusli kasalliklarning deyarli hammasi o&#8217;simlik jinssiz ko&#8217;payganda avlodga osongina o&#8217;tadi. O&#8217;simliklarning viruslarga nisbatan o&#8217;ta sezgirligi amalda katta ahamiyatga ega. Bunda infektsiya to&#8217;qimaning ma&#8217;lum bir qismidagina bo&#8217;lib, boshqa yerga tarqalmaydi va o&#8217;simlikning umumiy kasallanishi ro&#8217;y bermaydi. Himoya choralarini qo&#8217;llash uchun Virusli kasalliklar belgilarini aniqlash zarur. Diagnoz qo&#8217;yishda kasallik belgilari, hujayra ichidagi tarkibiy qism shakli, serologik reaktsiya, kasallikning yuqumliligi, virus qismlarining morfologiyasi, kasallangan o&#8217;simlik shirasini bakteriologik filtrdan o&#8217;tishi va boshqalar hisobga olinadi. Kasallikning oldini olish va kurash choralari: agrotexnik chora-tadbirlar; virus tashuvchi hasharotlarga qarshi kurash; virusga chidamli yoki o&#8217;ta sezgir navlarni ekish. Ad.: Virusnie bolezni rasteniy, M., 1967; Virusnie bolezni selskoxozyaystvennix rasteniy, L., 1974. Sulton Alimuhamedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Virusli kasalliklar, Virozlar \u2014 viruslar qo&#8217;zg&#8217;atadigan kasalliklar. Virusli kasalliklarga odam, hayvon va o&#8217;simliklarda uchraydigan juda ko&#8217;p yuqumli kasalliklar kiradi. Odamlarda viruslar qo&#8217;zg&#8217;atadigan gripp, qizamiq, suv chechak va chin chechak, virusli &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/virusli-kasalliklar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-100400","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100400","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=100400"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100400\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":100401,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100400\/revisions\/100401"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=100400"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=100400"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=100400"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}