{"id":100408,"date":"2023-08-22T16:43:57","date_gmt":"2023-08-22T13:43:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=100408"},"modified":"2023-08-22T16:44:00","modified_gmt":"2023-08-22T13:44:00","slug":"vinochilik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/vinochilik\/","title":{"rendered":"Vinochilik"},"content":{"rendered":"\n<p>Vinochilik \u2014 uzum va boshqa mevalar sharbatini turpsiz yoki turpi bilan bijg&#8217;itib vino tayyorlash. O&#8217;zbekistonda vino oq kishmish, Baxtiyoriy, bihishti, Buvaki, Doroyi, Sultoniy (Jaus), Soyaki, toyfi, Husayni, Vassarg&#8217;a, Tagobi, Nimrang, Parkent, Kattaqo&#8217;rg&#8217;on kabi mahalliy navlardan; bayan shirey, Venger Muskata, Oporto, Risling, Rkasitelli, Sersial, Aleatiko, Kaberne, Pino, Morastel, Murvedr, pushti muskat, saperavi, Tavkveri kabi Yevropa uzum navlardan tayyorlanadi. O&#8217;zbekiston Respublikasida 60 dan ziyod xil vino chiqariladi, ulardan ko&#8217;pchiligi xalqaro ko&#8217;rgazmalarda medallar bilan taqdirlangan. Oq vino (musallas), asosan oq uzumdan, shuningdek sharbati rangsiz bo&#8217;ladigan har xil tusdagi uzumdan tayyorlanadi. Uzum texnik pishiqlik davrida (uzum tarkibidagi qandning miqdori ma&#8217;lum darajada yetganda) uziladi, maxsus mashinada eziladi, keyin meva pusti hamda urug&#8217;idagi rang vinoga chiqmasligi uchun ezilgan uzum sharbati tezda presslanib, turpidan ajratiladi, nasos yordamida Chan va boshqa idishlarga quyilib, 12-24 soat tindiriladi va achib qolmasligi uchun 1 GL ga 8-15 g hisobidan sulfat kislota qo&#8217;shiladi, keyin bijg&#8217;itish uchun bochka, temir-beton rezervuar va metall tsisternalarga o&#8217;tkazilib, bijg&#8217;itish achitqisidan 2% qo&#8217;shiladi. 18\u2014 25\u00b0 da 2-3 haftada vino tayyor bo&#8217;ladi. Tiniq qismi boshqa idishlarga quyilib, omborlarda saklanadi. O&#8217;zbekistonda tayyorlanadigan ovqat ustida ichiladigan oq vinolar: &#8220;Namangan sadafi&#8221;, &#8220;bayan shirey&#8221;, &#8220;Oqtosh&#8221; va boshqalar. Qizil vino (musallas) faqat qizil va qora uzum navlaridan tayyorlanadi. Qizil vino tayyorlashda uzum sharbati turpi bilan bijg&#8217;itiladi. Bunda meva po&#8217;sti hamda urug&#8217;i tarkibidagi bo&#8217;yovchi, oshlovchi va mineral moddalar erib, vinoga rang kiritadi. Uzum turpi aralash sharbatga 2% achitqi qo&#8217;shib, 27-30\u00b0 da 5-6 kun bijg&#8217;itiladi. Keyin vino boshqa idishlarga quyilib, omborlarda toza yetilguncha saqlanadi. O&#8217;zbekistonda tayyorlanadigan ovqat ustida ichiladigan qizil vinolar: &#8220;Sijjak&#8221;, &#8220;Gulbuloq&#8221;, &#8220;Vassarg&#8217;a&#8221;, &#8220;Kaberne&#8221;, &#8220;qora go&#8217;zal&#8221; va boshqalar. Kuchli va desert (shirin) va likyor vinolar etilib pishgan serqand uzum (Buvaki, Aleatiko, Vassarg&#8217;a, Saperavi, Morastel) navlaridan tayyorlanadi. Ularni tayyorlashda oq va qizil musallas vinolarini olish usullari hamda asbob-uskunalaridan foydalaniladi. Bunda ezilib, meva bandlaridan ajratilgan uzum massasi presslanguncha chanlarda tindirilib, isitiladi va spirt qo&#8217;shib kuchaytiriladi. Natijada meva po&#8217;sti hamda urug&#8217;i tarkibidagi xushbo&#8217;y hid va rang beradigan moddalar vinoga o&#8217;tadi, vinoga alohida maza kiradi, spirt ko&#8217;shilsa vino kuchi ortadi. O&#8217;zbekistonda tayyorlanadigan kuchli va desert (shirin) vinolar: &#8220;Farhod&#8221;, &#8220;Portveyn&#8221;, &#8220;O&#8217;zbekistan&#8221;, &#8220;Chashma&#8221;, &#8220;Shohrud&#8221;, &#8220;Shirin&#8221; va boshqalar. Shampan vinosi eng yaxshi uzum navlaridan, O&#8217;zbekistonda, asosan, bayan shirey, Rkasitelli, Kaberne va Rislingdan tayyorlanadi. Bularning tarkibida 17\u2014 20% kand, 8-11% kislota bor. Yangi uzilgan uzum 4 soatdan kechiktirmay ezilib, meva bandlaridan ajratiladi, keyin presslanib sharbati ajratib olinadi. Sharbat past (10-12\u00b0) temperatuada 14-16 soat yoki 25-30\u00b0da 18-24 soat tindiriladi, rangini tiniq qilish uchun har 1 dal sharbatga 2-3 g bentonit qo&#8217;shiladi. Tindirilgan sharbat quyqasidan ajratilib, bijg&#8217;itish idishlariga o&#8217;tkaziladi. Bijg&#8217;itishda temperatura 14-18\u00b0 bo&#8217;lishi kerak. Bijg&#8217;itish tugashi bilan (qandi 0,2% dan ortiq qolmaganda) sharbat boshqa idishlarga quyiladi. Tayyor vino 10\u2014 15 ming dal dan qilib, shampan zavodiga yuboriladi. Shampan zavodlarida vino materiallarga qand va bijg&#8217;itish uchun toza achitqi qo&#8217;shib, maxsus shisha idishlarga quyiladi. Germetik berk shisha idishlarda bijg&#8217;itilgan shampan vinosi karbonat angidridga to&#8217;yinadi. Shuningdek, shampan vinosi germetik yopiladigan metall idishlarda, rezervuarlarda ham tayyorlanadi. O&#8217;zbekistonda tayyorlanadigan shampan vinolari: &#8220;O&#8217;zbekiston shampani&#8221;, &#8220;Durdona&#8221;, &#8220;Navro&#8217;z&#8221;, &#8220;Gulshan&#8221; va boshqalar. Vinolar belgilangan kondisiyada bo&#8217;lishi (raso etilishi) uchun yana idishdan idish ga quyilib, quyqasidan ajratiladi, bir turdagi vinolar aralashtiriladi. Bir necha xil vinolar bir-biriga qo&#8217;shilib, sifatli vino olinadi. Vinoni quyqadan tozalash uchun filtrdan o&#8217;tkaziladi. Meva va rezavor meva vinosi. Bu vino meva va rezavor meva shirasini spirtli bijg&#8217;itish yo&#8217;li bilan olinadi. U ko&#8217;pincha spirt, qand moddasi, ayrim paytlarda (kislotaliligini oshirish uchun) ichimlik suv qo&#8217;shib bijg&#8217;itiladi. Meva rezavor meva shirasidan musallas, kuchli, shirin, xushbo&#8217;y, asalli va mevali vinolar tayyorlanadi. Musallas vinoda qand moddasi deyarli bo&#8217;lmaydi, spirti esa 10-13%. Kuchli vino tarkibida 16-18% spirt, 7-10% qand moddasi bo&#8217;ladi. Shirin vino tarkibida 16% spirt, 10-16% qand moddasi bo&#8217;ladi. Xushbo&#8217;y vinoga xushbo&#8217;y o&#8217;t va ildiz shiralari, dorivor qo&#8217;shiladi; tarkibida 16-18% spirt, 8-16% qand moddasi bo&#8217;ladi. Asalli vino \u2014 meva va rezavor meva shirasiga qo&#8217;shiladigan qandni kamaytirib, uning o&#8217;rniga asal solib tayyorlanadi. Tayyor bo&#8217;lgan vinodan yangi asal hidi kelib turadi. Tarkibida 14\u2014 16% spirt va 30% gacha qand moddasi bo&#8217;ladi. Mevali vino (tarkibida 17% spirt, 7% qand moddasi bo&#8217;ladi) tayyorlashda, xushbo&#8217;y vino singari, meva va rezavor meva, meva qoqi, uzum va shampan Vinolari chiqitlari qo&#8217;shiladi. Keyingi yillarda vinoni mikrobiologik va kimyo-texnologiya jihatidan nazorat qilish sohasida katta ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Vinochilik masalalari O&#8217;zbekistonda akademik P.P. Shreder nomidagi bog&#8217;dorchilik, uzumchilik va vinochilik institutida, shuningdek Toshkent agrar universiteti, Toshkent texnika universiteti, Samarqand qishloq xo&#8217;jaligi instituti va boshqa oliy o&#8217;quv yurtlarining maxsus kafedralarida o&#8217;rganiladi. Oliy ma&#8217;lumotli mutaxassislar asosan Toshkent texnika universiteti va Toshkent agrar universitetida, o&#8217;rta ma&#8217;lumotli mutaxassislar R. Musamuhamedov nomidagi meva va sabzavotchilik kollejida tayyorlanadi. Olim Alimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vinochilik \u2014 uzum va boshqa mevalar sharbatini turpsiz yoki turpi bilan bijg&#8217;itib vino tayyorlash. O&#8217;zbekistonda vino oq kishmish, Baxtiyoriy, bihishti, Buvaki, Doroyi, Sultoniy (Jaus), Soyaki, toyfi, Husayni, Vassarg&#8217;a, Tagobi, Nimrang, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/vinochilik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-100408","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100408","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=100408"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100408\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":100409,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100408\/revisions\/100409"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=100408"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=100408"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=100408"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}