{"id":100444,"date":"2023-08-23T08:12:42","date_gmt":"2023-08-23T05:12:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=100444"},"modified":"2023-08-23T08:12:58","modified_gmt":"2023-08-23T05:12:58","slug":"payshanba-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/payshanba-3\/","title":{"rendered":"Payshanba"},"content":{"rendered":"\n<p>Payshanba \u2014 Samarqand viloyati Kattaqo&#8217;rg&#8217;on tumanidagi shaharcha (1989 yildan). Tuman markazi. 450 metr balandlikda joylashgan. Yaqin temir yo\u2019l stantsiyasi \u2014 Kattaqo&#8217;rg&#8217;on (12 kilometr), Samarqand shahrigacha 90 kilometr. Aholisi 19 ming kishidan ziyod (2001). Payshanbadagi tepaliklari miloddan avvalgi 5-4-asrlardagi oid ostadonlarning topilishi u yerda qadimda aholi yashaganligi tasdiqlaydi. Qulay geografik mavqega ega bo&#8217;lgan Payshanba ravnaq topib 18-asr oxirida mudofaa devori bilan o&#8217;ralgan 3 darvozali shaharga aylangan. 18-19-asrlarda Payshanbada to&#8217;qimachilik, chitgarlik, zargarlik, qandolatchilik, kulolchilik, misgarlik, attorlik, ganchkorlik, temirchilik kabi hunarmandchilik turlari rivojlangan. 1868 yildan Payshanba volostining markazi bo&#8217;lgan. Payshanbada 1905-08-yillarda Rossiyaning mustamlakachilik zulmiga qarshi namoz Pirimqul o&#8217;g&#8217;li boshchiligidagi xalq qurolli harakati bo&#8217;lib o&#8217;tgan. Qadimda Payshanbada masjid va madrasalar, karvonsaroylar faoliyat ko&#8217;rsatgan. Bulardan Odina masjidi (taxminan 17-18- asrlar) ulug&#8217;vorligi bilan ajralib turgan, uni &#8220;ona masjid&#8221; deb ham atashgan. 1791 yil Payshanbada Muhammad Aminxo&#8217;ja Naqib madrasa qurdirgan, 1902 yilda rus-tuzem maktabi binosi (hozirgi pochta) qurilgan. Payshanbada tuman hokimiyati binosi, g&#8217;isht zavodi, non kombinati, pilla qabul qilish korxonasi bor. Novvoylik, qandolatchilik, tikuvchilik, etikdo&#8217;zlik, tandirchilik, baqqollik, duradgorlik, temirchilik bilan shug\u2019ullanuvchi kichik korxonalar mavjud. 5 umumiy ta&#8217;lim maktabi, kasb-hunar litseyi, bolalar sport, musiqa maktablari, o&#8217;smirlar futbol maktabi faoliyat ko&#8217;rsatadi. 3 muzey, 4 kutubxona, markaziy kasalxona (400 o&#8217;rin), sil kasalliklari shifoxonasi (40), ambulatoriya va poliklinika, kattalar va bolalar, stomatologiya poliklinikalari ishlab turibdi. Bir qancha madaniy, maishiy, savdo xizmati ko&#8217;rsatish shoxobchalari, Qalandarxona jome masjidi bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Payshanba \u2014 Samarqand viloyati Kattaqo&#8217;rg&#8217;on tumanidagi shaharcha (1989 yildan). Tuman markazi. 450 metr balandlikda joylashgan. Yaqin temir yo\u2019l stantsiyasi \u2014 Kattaqo&#8217;rg&#8217;on (12 kilometr), Samarqand shahrigacha 90 kilometr. Aholisi 19 ming &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/payshanba-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-100444","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100444","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=100444"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100444\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":100464,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100444\/revisions\/100464"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=100444"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=100444"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=100444"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}