{"id":100505,"date":"2023-08-23T10:30:28","date_gmt":"2023-08-23T07:30:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=100505"},"modified":"2023-08-23T10:30:28","modified_gmt":"2023-08-23T07:30:28","slug":"paleozoy-eratemasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/paleozoy-eratemasi\/","title":{"rendered":"Paleozoy eratemasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Paleozoy eratemasi (erasi), paleozoy (Paleo&#8230; va Yunoncha zoe\u2014hayot) \u2014 Yer geologik tarixining 3-erasi. Radiologik tekshirishlarga ko&#8217;ra, Paleozoy eratemasi 560-570 million yil avval boshlanib, 310-320 million yil davom etgan. 1837 yil ingliz geologi A. Sejvik ajratgan. Hozir Paleozoy eratemasi kembriy, ordovik, silur, devon, toshko&#8217;mir va Perm davrlariga bo&#8217;lingan. Yuqori tokembriy davridan bir oz oldin kuchli burmalanish natijasida platforma (Sharqiy Yevropa, Sibir, Xitoy-Koreya, Janubiy Xitoy, Shimoliy Amerika, Braziliya, Afrika, Hindiston platformalari) va geosinklinallar shakllangan. Vaqt-vaqti bilan platformalarni suv bosib, sayoz dengizlar paydo bo&#8217;lgan. Dengiz ostida uncha qalin bo&#8217;lmagan turli tarkibli cho&#8217;kindilar to&#8217;plangan. Platformalarning chekkalari tomon cho&#8217;kindilarning qalinligi ortib borgan. Geosinklinallar platformalarga nisbatan serharakat bo&#8217;lgan. Ularda ko&#8217;p miqdorda vulkan va kremniyli jinslar to&#8217;plangan. Paleozoy eratemasida kaledon va gersin burmalanishi bo&#8217;lib o&#8217;tgan. Shu davrda tog&#8217;lar paydo bo&#8217;lib, ko&#8217;pgina qizg&#8217;ish molasslar hosil bo&#8217;lgan. Gersin burmalanishi natijasida Markaziy Yevropa, Ural, Appalachi va boshqa tog&#8217; sistemalari qadimgi ko&#8217;targan. Buyuk Gondvana quruqligi Janubiy yarim shar platformalarini egallagan. Shimoliy yarim sharda Paleozoy eratemasining 2-yarmida Sibir platformasi va unga yondosh tog&#8217; tizmalarini o&#8217;z ichiga olgan ulkan angarida bo&#8217;lgan. Paleozoy eratemasi boshlanishida ilgari yashamagan qattiq skeletli hayvonlar (xiolitlar, xiolitelmintlar, gastropodalar, braxiopodalar va arxeosiatlar) paydo bo&#8217;lgan. Quyi paleozoyda trilobitlar kembriy va ordovik davri dengiz hayvonlarining ko&#8217;pchiligini tashkil qilgan. Ular Paleozoy eratemasi oxirida qirilib ketgan. Bu davrda elkaoyoklilar (braxiopodalar)ning turlari ko&#8217;paygan. Ordovik davriga kelib mshankalar hamda stromato-poroidalar paydo bo&#8217;lgan. Umurtqasiz hayvonlardan graptolitlar va boshoyoqlilar ko&#8217;p yashagan. Devon davrida goniatitlar keng tarqalgan. Yuqori Paleozoy eratemasida bir hujayrali hayvonlardan foraminiferalar ko&#8217;paygan. Paleozoy eratemasida umurtqalilardan baliklar yashagan; kembriy va ordovik davrida oddiy va jag&#8217;siz baliklar ko\u2019p bo&#8217;lgan. Silur, ayniqsa, devon davrida ikki yoqlama nafas oluvchi va cho&#8217;tkaqanotlilar juda rivoj topgan. Cho&#8217;tkaqanotlilar suvda va quruqlikda yashovchi (amfibiya)lar vujudga kelgan (ular devon davri oxirlarida quruqlikka chiqqan). Karbon, ayniqsa, Perm davrida o&#8217;txo&#8217;r va yirtqich sudralib yuruvchilar yashagan. Paleozoy eratemasida o&#8217;simliklar tez rivojlangan. Kembriy va ordovikda o&#8217;simliklar, asosan, suvo&#8217;tlardan iborat bo&#8217;lgan. Silur jinslarida spora qoldiqlari saqlangan. Quyi devon davri jinslarida past bo&#8217;yli ibtidoiy o&#8217;simliklar \u2014 psilofitlarning izlari uchraydi. O&#8217;rta va yuqori devonda o&#8217;simliklarning turlari ko&#8217;paygan, daraxtsimon plaunlar, sodda tuzilgan paporotniklar o&#8217;sgan va dastlabki ochiq urug&#8217;lilar vujudga kelgan. Karbon davrida o&#8217;simliklar juda ham rivojlangan. O&#8217;rmonlar o&#8217;rnida toshko&#8217;mir qatlamlari hosil bo&#8217;lgan. Yevrosiyoda Paleozoy eratemasiga mansub platforma va geosinklinal yotqiziqlari ko&#8217;p uchraydi. Sharqiy Yevropa va Sibir platformalari, asosan, Paleozoy eratemasi cho&#8217;kindi jinslari kompleksidan iborat. Sharqiy Yevropa platformasining shimoliy-g&#8217;arbiy qismida kembriy davri dengiz gillari va qumtoshlari, ordovik va silur ohaktoshlari tarqalgan. Devon va karbon davrida dengizda hosil bo&#8217;lgan jinslar orasida ayniqsa ohaktoshlar juda ko&#8217;p. Bu jinslarda kumir, neft, boksit va o&#8217;tga chidamli gil qatlamlari bor. Sibir platformasi Paleozoy eratemasi jinslari orasida kembriy davri dengiz cho&#8217;kindi jinslari \u2014 ohaktosh, dolomit, ayrim joylarda toshtuz, gips va angidrit ko&#8217;p. Karbonat- slanes va qum-toshli gil qatlamlaridan tarkib topgan silur va devon davri yotqiziqlari kam uchraydi. Karbon va Perm davri jinslari ko&#8217;mirli qalin qatlamlardan iborat. O&#8217;zbekistonning deyarli hamma yerlarida Paleozoy eratemasi jinslari uchraydi. Quyi kembriy jinslari 20-50 metr qalinlikdagi vanadiyli, fosforitli, kremniyli va ko&#8217;mir-kremniyli slaneslardan tarkib topgan. Bu jinslar Piskom va Sandalash tog&#8217;larida tarqalgan. Tomditov tog&#8217;larida quyi kembriy jinslari alevrolit, qumtosh, dolomit va ohaktosh qatlamlaridan iborat. O&#8217;rta kembriy, ordovik va quyi silur davri ohaktosh, dolomit, terrigen-vulkan, argillit, alevrolit, slanes, qumtosh va ruda qatlamlaridan tuzilgan. Yuqori silur-quyi devon davri terrigenli ohaktosh va ohaktoshlardan, qizg&#8217;ish vulkan jinslardan tarkib topgan. O&#8217;rta devon va quyi trias davrida shag&#8217;altosh, qumtosh, alevrolit, argillit, oxaktosh, dolomit va vulkan jinslarining qalin qatlamlari hosil bo&#8217;lgan. Paleozoy eratemasi jinslarida turli foydali qazilmalar topilgan. Ural, Qozog&#8217;iston, Oltoy, G&#8217;arbiy Yevropa va shimoliy Amerikadagi boy ruda konlari Paleozoy eratemasining intruziv jinslari bilan bog&#8217;liq. Paleozoy eratemasi cho&#8217;kindi jinslarida neft, toshko&#8217;mir, yonuvchi slanes va misli qum-tosh, shuningdek, fosforit, boksit, tosh- tuz, kaliy tuzi to&#8217;plangan. O&#8217;zbekiston Paleozoy eratemasi yotqiziqlarida mis, qo&#8217;rg&#8217;oshin, qalay (Olmaliq), flyuorit (Novgarzon), volfram (ingichka), oltin, alunit va boshqalar bor. Paleozoy eratemasi tog&#8217;jinslarining ko\u2019pi qurilish materiali sifatida ishlatiladi. Ad.: Straxov N. M., Osnovi istoricheskoy geologii, ch. 1-2, M,\u2014L., 1948; Ax-medjanov M.A. i dr., Geologicheskoe stroenie i sostav paleozoyskogo funda- menta Uzbekistana, t. 1, T., 1967.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Paleozoy eratemasi (erasi), paleozoy (Paleo&#8230; va Yunoncha zoe\u2014hayot) \u2014 Yer geologik tarixining 3-erasi. Radiologik tekshirishlarga ko&#8217;ra, Paleozoy eratemasi 560-570 million yil avval boshlanib, 310-320 million yil davom etgan. 1837 yil &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/paleozoy-eratemasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-100505","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100505","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=100505"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100505\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":100528,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100505\/revisions\/100528"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=100505"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=100505"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=100505"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}