{"id":100551,"date":"2023-08-23T10:49:10","date_gmt":"2023-08-23T07:49:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=100551"},"modified":"2023-08-23T10:49:13","modified_gmt":"2023-08-23T07:49:13","slug":"paleontologiya-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/paleontologiya-3\/","title":{"rendered":"Paleontologiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Paleontologiya (Paleo&#8230; va Yunoncha ontos \u2014 jonzot va &#8230; logiya) \u2014 o\u2019tmish geologik davrlarda mavjud bo&#8217;lgan, qazilma qoldiqlari saqlangan organizmlar, ularning hayot faoliyati va oriktosenozlar (toshqotgan organizmlar) haqidagi fan. Paleontologiya 2 yirik bo&#8217;lim \u2014 paleozoologiya va paleobotanikadan iborat. Toshqotgan organizmlar to&#8217;g&#8217;risidagi dastlabki ma&#8217;lumotlar antik davrdan tabiatshunos olimlarga ma&#8217;lum. Biroq bu toshqotganlar qirilib ketgan organizmlarning qoldiqlari ekanligi haqida hali aniq tasavvur yuzaga kelmagan edi. Tabiatshunoslardan daniyalik N. Steno va ingliz R. Guk o&#8217;lib ketgan qayvonlarning turlari haqida dastlabki fiqolarni aytishgan. 18-asr o&#8217;rtalari Rossiyada M. V. Lomonosov, Frantsiyada J. Byuffon va Jiro-Sulavi, Buyuk Britaniyada J. Getton va boshqa g&#8217;oyalarining rivojlanishi bilan qadimgi davr jonli tabiatidagi uzluksiz o&#8217;zgarishlar va o&#8217;tmishni bilishning muhimligi haqidagi qarash tarafdorlari tobora ko&#8217;paya boshladi. Britaniyalik U. Smit birinchi bo&#8217;lib umurtqasiz toshqotgan organizmlar asosida qatlamlarning nisbiy geologik yoshini aniqladi va shu asosda dastlabki geologik xaritani tuzdi (1794). Paleontologiya fan sifatida tarixiy geologiya bilan uzviy bog&#8217;liq holda vujudga keldi. Har 2 fan asoschisi J. Kyuve hisoblanadi; u kollejda &#8220;qazilmalar tarixi&#8221; fanidan dars bergan va sut emizuvchilarning qazilma suyaklarini chuqur qiyosiy-anatomik o&#8217;rganish natijasida umurtqalilar Paleontologiyasini yaratgan (1808). Keyinroq Fransuz botanigi A. Bronyarning &#8220;Qazilma o&#8217;simliklar tarixi&#8221; nashr etilgach, Paleobotanika vujudga keddi. J. Kyuve va A. Bronyar (1811) geologiyada tosh-qotgan organizmlar haqidagi tasavvurlarni rivojlantirdilar; ularning har ikkisi qazilmalar bilan hozirgi zamon organizmlarini o&#8217;zaro bog&#8217;lab, halokatlar nazariyasini yoqlab chiqdilar. &#8220;Paleontologiya&#8221; terminini 1-marta (1822) frantsuz zoologi A. de Blenvil ishlatgan. Dastlabki evolyutsion nazariya asoschisi bo&#8217;lgan J. B. Lamark umurtqasizlar Paleontologiyasini yaratgan. 19-asrning 1-yarmida Paleontologiyada turlarning o&#8217;zgarmasligi va ularning hayotida ketma-ket keskin o&#8217;zgarishlar bo&#8217;lib turishi haqidagi g&#8217;oya hukmron bo&#8217;lgan. Shu bilan birga, bu umumiy qarashlarni shveytsariyalik L. Agassis, angliyalik A. Sejvik va frantsiyalik A. D. Orbinilar rivojlantirdilar. Natijada stratigrafik Paleontologiya shakllandi va 40-yillarning boshida erning umumiy stratigrafik shkalasi ishlab chiqildi. 19-asrning 60-yillaridan Paleontologiyada yangi bosqich vujudga kelib, u tabiatshunoslik fanlarining keyingi rivojiga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan evolyusion nazariyaning yaratilishi (Darvinning &#8220;turlarning kelib chiqishi&#8221; asari, 1859 yil) bilan bog&#8217;liq. 19-asrning ko&#8217;pgina paleontologlari darvinist bo&#8217;lmasalarda, evolyutsionizm g&#8217;oyalarini Paleontologiyada tez yoya boshladilar. V. O. Kovalevskiy hoz. evolyutsion Paleontologiyaning chinakam asoschisi sifatida muhim o&#8217;rin tutadi. Uning umurtqalilar Paleontologiyasi va avstriyalik geolog Neymayrning umurtqasizlar Paleontologiyasiga oid asarlaridan keyingi-na darvinizm paleontologik asosga ega bo&#8217;ldi. Umurtqalilar Paleontologiyasi evolyutsiyaning nazariy masalalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Paleontologiya biologiya, tsitologiya, biokimyo, biometriya kabi fanlar bilan uzviy bog&#8217;liq bo&#8217;lib, qisman ularning metodlaridan foydalanadi. U qiyosiy anatomiya, hayvonlar va o&#8217;simliklar morfologiyasi va sistematikasi bilan uzviy bog&#8217;liq bo&#8217;lib, bu fanlar bir-birini boyitmoqda. Morfologik funktsional analiz va qazilmalarning skeletlari strukturasi morfogenezini o&#8217;rganish Paleontologiyani fiziologiya, embriologiya, biomexanika bilan yaqinlashtiradi. Qadimgi organizmlarni qiyosiy-tarixiy o&#8217;rganish natijasida Paleontologiya ekologiya, biogeosenologiya, biogeografiya, gidrobiologiya va okeanologiya bilan tobora ko&#8217;proq bog&#8217;lanmoqda. Yer to&#8217;g&#8217;risidagi fanlar ichida Paleontologiyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Geologiya 18-19-asrlarda stratigrafiyaning vujudga kelishi bilan yer haqidagi tarixiy fanga aylandi. Tabiiy tanlanish nazariyasi, evolyutsion jarayonning tanazzulsiz kechishi haqidagi kontsepsiyasiga tayangan evolyutsion ta&#8217;limot Paleontologiyaning stratigrafik geologiyada qo&#8217;llanishi muhim ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. Litologik fasial xaritalar tarixiy geol.da katta ahamiyatga ega bo&#8217;lishi bilan birga, ko\u2019mir, neft, gaz, boksit, tuz, fosforit va boshqa foydali qazilmalarni qidirib topishda ham muhim vositadir. A. D. Arxangelskiy, V. N. Veber, A. P. Karpinskiy va boshqalar O&#8217;rta Osiyoda, jumladan, O&#8217;zbekistonda dastlabki Paleontologik tadqiqotlar olib borishgan. O&#8217;zbekistonda Paleontologiyaning rivojlanishi V. A. Vaxrameev, S. X. Mirkamolova, O. I. Sergunkova, E. A. Repman, K. A. Alimov, Ya. X. Iminov, N. Eshnazarov, R. Abdullayev va boshqa nomlari bilan bog&#8217;liq. Ad. L.Davitashvili L. Sh., Istoriya evolyusionnoy paleontologii ot darvina do na-Shix dney, M.\u2014L., 1948; Sikstel T. A., Xudayberdiyev R., O florax proshlogo Sredney Azii, &#8220;Paleobotanika Uzbekistana&#8221;, t. 1, T., 1968. Xoldor Chiniqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Paleontologiya (Paleo&#8230; va Yunoncha ontos \u2014 jonzot va &#8230; logiya) \u2014 o\u2019tmish geologik davrlarda mavjud bo&#8217;lgan, qazilma qoldiqlari saqlangan organizmlar, ularning hayot faoliyati va oriktosenozlar (toshqotgan organizmlar) haqidagi fan. Paleontologiya &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/paleontologiya-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-100551","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100551","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=100551"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100551\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":100552,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100551\/revisions\/100552"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=100551"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=100551"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=100551"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}