{"id":100670,"date":"2023-08-23T15:35:20","date_gmt":"2023-08-23T12:35:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=100670"},"modified":"2023-08-23T15:35:23","modified_gmt":"2023-08-23T12:35:23","slug":"ijtimoiy-himoya-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ijtimoiy-himoya-3\/","title":{"rendered":"Ijtimoiy himoya"},"content":{"rendered":"\n<p>Ijtimoiy himoya &#8211; keng ma&#8217;noda \u2014 mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini ta&#8217;minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora-tadbirlar majmui; tor ma&#8217;noda \u2014 davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli ta&#8217;minlanmagani tufayli yordamga, ko&#8217;makka muhtoj fuqarolar to&#8217;g&#8217;risidagi g&#8217;amxo&#8217;rligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining to&#8217;xtovsiz yaxshilanishini ta&#8217;minlash, aholi qatlamlarining ta&#8217;lim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini ta&#8217;minlashga yordam berishdan iborat. Ijtimoiy himoyaning asosiy yo&#8217;nalishlari: erkin ijtimoiy- iqtisodiy faoliyat ko&#8217;rsatishni ta&#8217;minlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, o&#8217;qish va bilim olish; daromadlarning kafolatlanishi; har bir fuqaroning o&#8217;z iqtisodiy faoliyatida daromadga ega bo&#8217;lishi; iste&#8217;molchilar himoyasi, iste&#8217;molchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, iste&#8217;mol kafolatini ta&#8217;minlash; aholiga tibbiy xizmat ko&#8217;rsatish; ijtimoiy ta&#8217;minot tizimi va aholining muhtoj, kam ta&#8217;minlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish. Rivojlangan demokratik jamiyatda Ijtimoiy himoya vazifalarini bajarishni davlat o&#8217;z zimmasiga oladi. &#8220;Ijtimoiy himoya&#8221; tushunchasi birinchi marta 1935 yilda AQShning &#8220;Ijtimoiy xavfsizlik bo&#8217;yicha qonun&#8221; ida qo&#8217;llanilgan, keyinchalik xalqaro mehnat tashkiloti konventsiyalarida bu tushuncha mazmuni mukammallashtirilgan. AQSh, Kanada, Shveytsariya kabi mamlakatlarda Ijtimoiy himoyaning ko&#8217;pgina muammolari hal etilgan, lekin yechimini topmagan muammolari ham juda ko&#8217;p. Shunga qaramay, bu mamlakatlar tajribalaridan foydalanish ahamiyatlidir. Turli mamlakatlarda aholini Ijtimoiy himoya tizimi mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi, demokratik taraqqiyot va uning aholi manfaatiga muvofiqligi, ijtimoiy siyosat darajasi, ijtimoiy ta&#8217;minot tizimi kabi omillarga bog&#8217;liq holda amal qiladi. O&#8217;zbekistonda Ijtimoiy himoya tizimi 20-asrning 20-yillaridan boshlab shakllana boshladi. 90-yillarga kelib, bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tish asosida amaldagi islohotlarga mos ravishda yangidan shakllandi. Ayniqsa, milliylik, o&#8217;zlikni anglash, e&#8217;tiqod va an&#8217;analarning tiklanishi Ijtimoiy himoya tizimiga muhim yangilik bo&#8217;lib qo&#8217;shildi. O&#8217;zbekistonda aholini Ijtimoiy himoya qilish iqtisodiy islohotlar dasturidagi uzluksiz ustuvor yo&#8217;nalishlardan biriga, ya&#8217;ni islohotlarning hamma bosqichlarida ustuvor hisoblanadigan vazifalar qatoriga kiradi. Mamlakatda ijtimoiy yo&#8217;naltirilgan bozor iqtisodiyoti barpo qilishda davlat tomonidan kuchli Ijtimoiy himoya siyosati olib borilmoqda. Kuchli ijtimoiy siyosat O&#8217;zbekistonning o&#8217;z istiqlol va taraqqiyot yo&#8217;lining yetakchi tamoyillaridan biri hisoblanadi. Respublikada Ijtimoiy himoyaning huquqiy muhiti yaratildi, unga qonuniy asos solindi. Ijtimoiy himoya tamoyillari O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlanib, qabul qilingan qonunlarda o&#8217;z aksini topdi. Mamlakatda daromad olishning kafolatlanishi amalga oshirildi. Keng miqyosda yangi ish joylari yaratilishi aholini ish bilan ta&#8217;minlash ishsizlik muammosini hal qilmoqda (mamlakatda ishsizlikning statistik ko&#8217;rsatkichi \u2014 0,5\u20140,6%). Bunda, ayniqsa, kichik va o&#8217;rta biznesni rivojlantirish, kasanachilik qo&#8217;l kelmoqda. Tovarlar sifati, aholiga xizmat ko&#8217;rsatish sohalarida amalga oshirilayotgan tadbir-choralar iste&#8217;molchilar himoyasini shakllantirib, aholi manfaatlarini ta&#8217;minlamoqda. Inflyasiyaning oldini olish, so&#8217;mning xarid kuchini saqlash, biznes-tijorat ustidan davlatning maromiy nazoratini o&#8217;rnatish, marketing, savdo, reklama kabilarni tartiblashtirish Ijtimoiy himoyani rivojlantirmoqda. Ekologiya bilan bog&#8217;liq bir qancha katta himoyalash ishlari amalga oshirilib, suv, havo, yer va mahsulot tozaligiga erishilmoqda. O&#8217;qish, bilim olish, kasb tanlash O&#8217;zbekistonda amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlashning milliy dasturi asosida tubdan yangilanmoqda. Ta&#8217;limga ajratilgan mablag&#8217;lar keyingi 7 yil (1995-2002 yillar) ichida yiliga yalpi ichki mahsulotning 7,1\u20147,76% ini, ajratilgan mablag&#8217; byudjet xarajatlarining 21,77\u201424,12 %ini tashkil etdi. Bu dunyodagi eng yuqori ko&#8217;rsatkichlardan hisoblanadi. Tibbiyotda o&#8217;tkazilayotgan islohotlar natijasida aholiga sog&#8217;liqni saqlash sohasida ko&#8217;rsatiladigan xizmatlar samaradorligini ko&#8217;tarish choralari amalga oshirildi. Inflyasiyata qarshi choralar ham Ijtimoiy himoyada muhim ahamiyatga ega. Keyingi yillarda uning o&#8217;rnini to&#8217;la qoplash mumkin bo&#8217;lmasa ham zarar kuchini pasaytirish maqsadida ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdori oshirilmoqda (1998 yilda &#8211; 50%, 2000 yilda &#8211; 60% va 2002 yilda &#8211; 30%). Bozor munosabatlariga o&#8217;tish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilish davrida aholini yalpi Ijtimoiy himoya qilish tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini, ayniqsa, uning nochor guruxlarini aniq manzilli va maqsadli ijtimoiy qo&#8217;llab-quvvatlash tizimi barpo etildi. Bu tizimda mahalla Markaziy o&#8217;rinda turadi. 1999 yilda ushbu tizim orqali kam ta&#8217;minlangan oilalar \u2014 jami 3 million kishi (mamlakat aholisining 12,2%) va bolali oilalar \u2014 6,5 milliondan ortiq kishi (27%) moddiy yordam oldi. Bir oila uchun yordam puli bolalar nafaqasi bilan birga oyiga 3,4 eng kam ish haqini tashil qiladi. Bu sohada Ijtimoiy himoya, asosan, kam ta&#8217;minlangan oilalar uchun turli nafaqalar berish, aholining ba&#8217;zi guruhlari uchun imtiyozlar yaratish, yolg&#8217;iz qariya va nogironlarni davlat hisobidan boqish va boshqalar asosida amalga oshiriladi. Respublika Prezidentining &#8220;Kam ta&#8217;minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid chora-tadbirlar to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi farmoniga (1994 yil 23 avgust) ko&#8217;ra, voyaga yetmagan farzandlari bo&#8217;lgan ko&#8217;p bolali oilalar, kam pensiya olayotganlarning oilalari, nogironlarning oilalari, ishsizlar va boquvchisini yo&#8217;qotganlarning oilalari, yolg&#8217;iz pensionerlar va kam daromad olayotgan muhtoj oilalarga moddiy yordam berilmoqda. O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 10 dekabrdagi farmoni bilan 16 yoshgacha farzandi bo&#8217;lgan kam ta&#8217;minlangan oilalar davlatning alohida otalig&#8217;iga olindi, 2002 yil 25 yanvardagi farmonga binoan ijtimoiy yordam ko&#8217;rsatiladigan farzandli oilalar doirasi umumta&#8217;lim maktablarida, akademik litseylarda va kasbhunar kollejlarida o&#8217;qiyotgan 18 yoshgacha farzandi bo&#8217;lgan oilalar hisobiga kengaytirildi. Bulardan tashqari O&#8217;zbekistonda norasimiy ijtimoiy yordam turlari ham mavjud; ularga qarindoshlarning o&#8217;zaro yordami, milliy va diniy urf-odatlar asosida qilinadigan yordam, korxona va tashkilotlarning pensionerlarga, kam ta&#8217;minlangan ko&#8217;p bolali oilalarga, beva-bechoralarga yordam puli berishi kiradi. Respublikada ayollar, bolalar, keksalarga alohida g&#8217;amxo&#8217;rlik ko&#8217;rsatiladi. Ijtimoiy himoya doirasida 1998 yil &#8220;Oila yili&#8221;, 1999 yil &#8220;Ayollar yili&#8221;, 2000 yil &#8220;Sog&#8217;lom avlod yili&#8221;, 2001 yil &#8220;Bolalar yili&#8221;, 2002 yil &#8220;Qariyalarni qadrlash yili&#8221; deb e&#8217;lon qilingani va ularga taalluqli maxsus dasturlarni amalga oshirish mavjud Ijtimoiy himoya muammolarini hal qilish va bunga jamoatchilikni jalb etishda yaxshi samaralar berdi. 1995 yilda byudjet xarajatlarining 21,8%, 2000 yilda 29,6% ijtimoiy sohaga ajratildi. 1999 yildan boshlab YAIM o&#8217;sishi aholi o&#8217;sishi sur&#8217;atidan ustun bo&#8217;lishiga erishildi. Bu turmush darajasi o&#8217;sishining va Ijtimoiy himoya rivojining zaminidir. Umr uzunligi 70,3 yoshni (1999 yil) tashkil etdi. &#8220;O&#8217;zbekiston Respublikasi aholisini 2010 yilgacha bo&#8217;lgan davrga mo&#8217;ljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona kontsepsiyasi&#8221; ishlab chiqilgan. Unda Respublikada mavjud bo&#8217;lgan Ijtimoiy himoya va ijtimoiy yordam, pensiya ta&#8217;minoti, bolalarga nafaqa to&#8217;lash, yolg&#8217;iz keksalarga xizmat ko&#8217;rsatish, nogironlarni protez-ortopediya buyumlari, harakatlanish vositalari bilan ta&#8217;minlash, shuningdek, tibbiy, mehnat va ijtimoiy jihatdan tiklash, tibbiy xizmat, ishsizlarni ishga joylashtirish va moddiy yordam berish, bir yo&#8217;la (nomuntazam) yordam tizimlari asoslarida amalga oshirilishi belgilangan. O&#8217;zbekistonda 2000 yilda Respubli- ka davlat byudjetidan 72,4 milliard, so&#8217;m (YaIMning 2,3%) Ijtimoiy himoyaga ajratildi. Ad.: Inson taraqqiyoti to&#8217;g&#8217;risida ma&#8217;ruza. [O&#8217;zbekiston &#8211; 2000], T., 2001. Muxtor Rasulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ijtimoiy himoya &#8211; keng ma&#8217;noda \u2014 mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini ta&#8217;minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora-tadbirlar majmui; tor ma&#8217;noda \u2014 davlat va jamiyatning yoshi, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ijtimoiy-himoya-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-100670","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100670","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=100670"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100670\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":100671,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100670\/revisions\/100671"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=100670"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=100670"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=100670"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}