{"id":100699,"date":"2023-08-24T09:40:56","date_gmt":"2023-08-24T06:40:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=100699"},"modified":"2023-08-24T09:40:58","modified_gmt":"2023-08-24T06:40:58","slug":"viruslar-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/viruslar-2\/","title":{"rendered":"Viruslar"},"content":{"rendered":"\n<p>Viruslar (lotincha virus \u2014 zahar) \u2014 faqatgina tirik hujayralarda ko&#8217;payib, o&#8217;simlik, hayvon va odamda yuqumli kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchi mikroorganizmlar. O&#8217;tmishda &#8220;Viruslar&#8221; termini har xil kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchilarga, ayniqsa noma&#8217;lum agentlarga nisbatan qo&#8217;llanilgan. Fransuz olimi L. Paster bir qancha kasalliklarning kelib chiqishida bakteriyalarning rolini isbotlab berganidan so&#8217;ng Viruslar tushunchasi &#8220;mikrob&#8221; so&#8217;zining sinonimi sifatida qo&#8217;llanila boshlandi. Kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchi bu ikki guruh agentlari, ya&#8217;ni bakteriyalar bilan Viruslar o&#8217;rtasidagi muhim farq rus olimi D. I. Ivanovskiy (1892) va keyinchalik boshqalar tamaki mozaikasi hamda juft tuyoqli hayvonlarning oqsil kasali qo&#8217;zg&#8217;atuvchilari bakterial suzg&#8217;ich (filtr)dan o&#8217;tishini isbotlagach, aniqlandi. Viruslar tabiatda keng tarqalgan, odam, hayvonlar va o&#8217;simliklarda har xil og&#8217;ir kasalliklarni paydo qiladi. Ular maxsus tarqatuvchi yoki mexanik yo&#8217;l bilan tarqaladi. Ko&#8217;pchilik Viruslar yillab tiriklik xususiyatini yo&#8217;qotmaydi, qulay sharoitga (tirik hujayraga) tushib qolishi bilan kasallik qo&#8217;zg&#8217;ata boshlaydi. Ayrim Viruslar (masalan, gripp Viruslar) tashqi muhitda o&#8217;z xususiyatini yo&#8217;qotadi. Viruslar qo&#8217;zg&#8217;atadigan kasallikning paydo bo&#8217;lishiga ko&#8217;pincha faqat bitta virus zarrasi sabab bo&#8217;lishi mumkin. Masalan, bitta poliomielit virusi zarrasi (molekulasi)dan bir necha soatda milliardlab Viruslar vujudga keladi. Viruslarning ko&#8217;payishi tsitoplazmadagi aminokislotalar bilan bog&#8217;liq. Millionlab Viruslar molekulalari yig&#8217;indisi mikroskop ostida kristallar yoki X-tanachalar shaklida ko&#8217;rinadi. Kasallik holatini qo&#8217;zg&#8217;atish xususiyati, kasallik qo&#8217;zg&#8217;ovchi boshqa agentlarga nisbatan juda kichikligi va odatdagi sun&#8217;iy ozuqali muhitda rivojlanmasligi Viruslarning o&#8217;ziga xos xususiyatidir. Faqat ba&#8217;zi bakteriofaglar bundan mustasno, ularni laboratoriya sharoitida ko&#8217;paytirish mumkinligi isbotlangan. Laboratoriyada o&#8217;rganish imkoniyati bo&#8217;lgan barcha Viruslar har xil fizik usullar bilan birmuncha aniq &#8220;o&#8217;lchangan&#8221;. Ularning diametri 10-300 mkm. Tayoqcha, shar yoki ipsimon shaklda bo&#8217;ladi. O&#8217;simlik va hayvonlarda kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchi ko&#8217;pgina Viruslar yumaloq shaklda. Bug&#8217;doy va beda mozaikasi Viruslar tashqi ko&#8217;rinishi bilan bakteriya tayoqchasi yoki o&#8217;qqa o&#8217;xshaydi. Viruslar tuzilishini elektron mikroskop va rentgenda tadqiq qilish orqali ba&#8217;zi nozik tarkibiy qismlari aniqlangan. Ularning hammasida ichki modda, asosan nuklein kislotadan iborat bo&#8217;lib, u oqsil qobiq bilan o&#8217;ralgan. Bir necha tur Viruslarning kimyoviy tarkibi o&#8217;rganilgan, xolos. Vaktsinalar Viruslarning tuzilishi ham, chamasi oddiy bakteriyalarniki kabi murakkab. Uning tarkibida nukleoproteinlar, uglevodlar va lipoidlar bor. Nuklein kislotasi dezvksiriboza shaklida, lipoidlar guruhi esa xolesterol, fosfolipid va neytral moy ko&#8217;rinishida uchraydi. Fitopatogen Viruslar tarkibida ribonuklein kislota (RNK), hayvon va odamlarda kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchi Viruslarda esa RNK yoki DNK (dezoksiribonuklein kislota) bor. Ba&#8217;zi Viruslar tozalangan preparatlar holida olinib, ularning bir qismi toza haqiqiy kristallar (masalan, tamaki nekrozining Viruslar), boshqalari esa suyuq kristallar (masalan, tamaki mozaikasi Viruslar) yoki shaklsiz cho&#8217;kmalar hosil qiladi. Viruslarni ajratib olish va tozalash uchun ultratsentrifugalanadi, turli xil fizik-kimyoviy usullardan foydalaniladi. Viruslarning tasnifi (klassifikasiyasi) va ularni ifodalaydigan belgilar hali qabul qilinmagan. Ularga ham xuddi hayvonlar va o&#8217;simliklarga beriladigan tur va turkum nomi beriladi, xalq ifodalari, har xil qisqartmalardan foydalaniladi, kasallanuvchi organizmning turkum nomi bilan atalib, yoniga raqam qo&#8217;yiladi yoki Viruslar morfologik, kimyoviy xossalari va reproduktiv xususiyatlariga binoan urug va oilalarga birlashtiriladi. Viruslar urug&#8217;ining lotincha nomiga virus so&#8217;zi (masalan, Enterovirus), oilasi nomiga viridae so&#8217;zi (masalan, Poxviridae) qo&#8217;shilib yoziladi. Viruslar organizmga har xil yo&#8217;llar bilan kiradi, masalan, Viruslar o&#8217;simlik hujayralariga chetdan faqat ular shikastlanganida kirishi mumkin. Gripp Viruslar va boshqalarda hujayra qobig&#8217;ini buzish xususiyatiga ega bo&#8217;lgan fermentlari bor. Viruslar organizmga kirgach, infektsiyaning latent yoki yashirin davri boshlanadi. Ko&#8217;pgina Viruslar hujayralarda to&#8217;planib, hujayra ichida o&#8217;ziga xos tarkibiy qismlar hosil qiladi. Viruslar bilan zararlangan o&#8217;simliklar, odatda, butun hayoti davomida infektsiya o&#8217;chog&#8217;i bo&#8217;lib qoladi. Viruslar ekologik, biologikva boshqa omillar ta&#8217;sirida vujudga keladigan kuchli o&#8217;zgaruvchanlikka ega. Viruslar tabiatda keng tarqalgan bo&#8217;lib, ular juda ko&#8217;p xo&#8217;jayinga ega. Asosan, so&#8217;ruvchi hasharotlar, kanalar va nematodalar bilan tarqaladi. Ba&#8217;zi Viruslar urug&#8217;lar orqali tarqaladi va deyarli barcha Viruslar kasal o&#8217;simlik jinssiz ko&#8217;paytirilganda avlodga o&#8217;tadi. Viruslarning patologik ta&#8217;siri xilma-xil bo&#8217;lib, asosan, ularning ko&#8217;payishidan xo&#8217;jayin organizmida yuz beradigan oqsil va nuklein almashinuvining buzilishi bilan belgilanadi. Viruslarni virusologiya fani o&#8217;rganadi. Ad.: M etyuz R., Virusi rasteniy, Per. s angl., M., 1973; virusi i mikrobi v jizni rasteniy [SB. st.), Kishinev, 1981. Abdukarim Zikiryoev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Viruslar (lotincha virus \u2014 zahar) \u2014 faqatgina tirik hujayralarda ko&#8217;payib, o&#8217;simlik, hayvon va odamda yuqumli kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchi mikroorganizmlar. O&#8217;tmishda &#8220;Viruslar&#8221; termini har xil kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchilarga, ayniqsa noma&#8217;lum agentlarga nisbatan qo&#8217;llanilgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/viruslar-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-100699","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100699","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=100699"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100699\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":100709,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100699\/revisions\/100709"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=100699"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=100699"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=100699"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}