{"id":100849,"date":"2023-08-24T13:19:30","date_gmt":"2023-08-24T10:19:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=100849"},"modified":"2023-08-24T13:19:31","modified_gmt":"2023-08-24T10:19:31","slug":"viskoza-tolalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/viskoza-tolalar\/","title":{"rendered":"Viskoza tolalar"},"content":{"rendered":"\n<p>Viskoza tolalar \u2014 tabiiy tsellyulozani kimyoviy usulda qayta ishlab olinadigan sun&#8217;iy tolalar. Yog&#8217;och tsellyulozasi, arzon ximikatlar Viskoza tolalar uchun xom ashyo hisoblanadi. Viskoza tolalar olish uchun tsellyuloza 18% li ishqor eritmasiga solinadi. Ishqorlangan tsellyuloza uglerod sulfid bilan ishlanib, tsellyuloza ksantogenati hosil qilinadi. Ksantogenat o&#8217;z navbatida kuchsiz o&#8217;yuvchi natriy eritmasida eritiladi. Olingan qovushoq eritma \u2014 viskoza filtrlanadi, 1-2 sutka yetiltiriladi, so&#8217;ngra mayda teshikcha (filera) lar orqali o&#8217;tkazilib, sulfat kislota va uning tuzlari solingan cho&#8217;ktirish vannalariga kuyiladi. Bu yerda tola qotadi, keyin suvda yuviladi va g&#8217;altaklarga o&#8217;rab olinadi. Viskoza tolalarni sanoatda ishlab chiqarish dastlab 1905 yilda Angliyada boshlangan, keyin boshqa davlatlarga tarqalgan. Hozir Viskoza tolalar ishlab chiqarish hajmi boshqa sun&#8217;iy tolalar hajmining taxminan 40-45% ini tashkil qiladi. Viskoza tolalar to&#8217;qimachilik va kord iplari, shtapel tolalar holida ishlab chiqariladi. Viskoza tolalardan to&#8217;qilgan gazlamani bo&#8217;yash oson, u gigiena talablariga javob beradi, xom ashyosi arzon. Kamchiligi \u2014 nam tekkanda pishiqligini ancha yo&#8217;qotadi, g&#8217;ijimlanuvchan bo&#8217;ladi. Maxsus tarkib bilan ishlov berib, bu kamchiliklarni yo&#8217;qotish mumkin. Viskoza tolalarni paxta, jun, shtapel tolalarga qo&#8217;shib, undan turli-tuman gazlamalar to&#8217;qiladi. Viskoza tolalardan shoyi va shtapel gazlamalar, trikotaj buyumlar, texnikaviy mahsulotlar olish, ulardan to&#8217;qilgan gazlamalardan kiyimlar tikish mumkin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Viskoza tolalar \u2014 tabiiy tsellyulozani kimyoviy usulda qayta ishlab olinadigan sun&#8217;iy tolalar. Yog&#8217;och tsellyulozasi, arzon ximikatlar Viskoza tolalar uchun xom ashyo hisoblanadi. Viskoza tolalar olish uchun tsellyuloza 18% li ishqor &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/viskoza-tolalar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-100849","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100849","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=100849"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100849\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":100855,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/100849\/revisions\/100855"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=100849"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=100849"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=100849"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}